Universal International Scientific Journal
30
Nizamov Komil Burxonitdinovich
Toshkent kimyo xalqaro unversituti Namangan filiali
Iqtisodiyot fakultiteti., Mester of Buzness Administrasion MBA mutaxassisligi magistranti
Uzbekistan
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy ishda Namangan viloyatidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalarining boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Qayd etilgan korxonalar
iqtisodiy faoliyatining tahlili orqali ularning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlaridagi mavjud
muammolar aniqlanib, samarali boshqaruv usullarining qo‘llanilishi zarurati ko‘rsatilgan. Shuningdek,
zamonaviy menejment texnikalari va innovatsion boshqaruv tizimlarining o‘rnatilishi orqali korxonalar
faoliyatining samaradorligini oshirish imkoniyatlari muhokama qilingan. Ishda Namangan viloyatidagi
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy o‘sishiga, raqobatbardoshlikni oshirishga va
resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan boshqaruv strategiyalari ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot
natijalari, viloyatdagi qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va uning iqtisodiy ahamiyatini
mustahkamlash uchun amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
UNIVERSAL XALQARO ILMIY
JURNAL
Jurnalning bosh sahifasi:
QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING BOSHQARUV
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Universal International Scientific
Year: 2025 Issue: 2 Volume: 1
Published: 06.01.2025
International indexes
Universal International Scientific Journal
3
1
Kalit so‘zlar:
boshqaruv samaradorligi, qurilish materiallari, sanoat korxonalari, iqtisodiy o‘sish,
resurslardan samarali foydalanish, raqobatbardoshlik, innovatsiya, ishlab chiqarish jarayoni, strategik
rejalashtirish, ishlab chiqarish sanoati.
Аннотация:
В данной научной работе рассматриваются вопросы повышения эффективности
управления предприятиями по производству строительных материалов в Наманганской области.
Анализ экономической деятельности этих предприятий выявил существующие проблемы в их
производственных и управленческих процессах, что подчеркивает необходимость применения
эффективных методов управления. Также обсуждается внедрение современных управленческих
техник и инновационных систем управления для повышения эффективности работы этих
предприятий. Исследование предлагает стратегии, направленные на улучшение экономического
роста предприятий по производству строительных материалов в Намангане, повышение их
конкурентоспособности и оптимизацию использования ресурсов. Результаты исследования
содержат практические рекомендации по развитию отрасли строительных материалов в регионе и
укреплению ее экономической значимости.
Ключевые слова:
эффективность управления, строительные материалы, промышленные
предприятия, экономический рост, оптимизация ресурсов, конкурентоспособность, инновации,
производственный процесс, стратегическое планирование, производственная отрасль.
Abstract:
This scientific paper explores the issues related to improving the management efficiency
of construction materials manufacturing enterprises in the Namangan region. The analysis of the economic
activities of the enterprises revealed existing problems in their production and management processes,
highlighting the necessity of applying effective management methods. Furthermore, the introduction of
modern management techniques and innovative management systems is discussed as a means to enhance
the efficiency of these enterprises. The study presents strategies aimed at improving the economic growth
of construction material manufacturers in Namangan, increasing their competitiveness, and optimizing
resource utilization. The findings of this research provide practical recommendations for the development
of the construction materials industry in the region and strengthening its economic significance.
Keywords:
1. management efficiency, construction materials, industrial enterprises, economic
growth, resource optimization, competitiveness, innovation, production process, strategic planning,
manufacturing industry.
Language:
Uzbek
Citation:
Nizamov , K. (2025). INCREASING MANAGEMENT EFFICIENCY OF BUILDING
MATERIALS PRODUCTION ENTERPRISES. Universal International Scientific Journal, 2(1), 30–39.
Retrieved from
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1396
Doi:
Universal International Scientific Journal
3
2
KIRISH (INTRODUCTION)
Bugungi shiddat bilan oʻzgarayotgan
dunyoda
iqtisodiyotning
rivojlanishi
birinchi oʻrinda inson resurslarining
salohiyati va samaradorligiga bogʻliqdir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni
koʻrsatadiki, faqat yuqori malakali, chuqur
bilimga ega va oʻz kasbi boʻyicha yetarli
koʻnikmalar
bilan
qurollangan
shaxslargina jamiyatning eng qimmatli
boyligi hisoblanadi. Shu munosabat bilan
jahonda
oliy
ta‘lim
tizimini
takomillashtirish, uning imkoniyatlarini
ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlariga
moslashtirish asosiy muammolardan biri
hisoblanadi.
Jahonda
globallashuv
sharoitida
qurilish materiallarini ishlab chiqarish
korxonalari
faoliyatida
boshqaruv
jarayonlarning samaradorligini oshirishda
ichki imkoniyatlardan keng foydalanish,
bu borada yangi usul va mexanizmlarni
shakllantirish
zaruriyati
kuchayib
bormoqda. “2023-yildan 2025-yilgacha
qurilish materiallari sanoati ham ichki, ham
xalqaro bozorlardagi yaxshi sharoit tufayli
yaxshilanish istiqboliga ega bo‘ladi”[5].
Bu borada qo‘shimcha kichik tizimlar va
ma’lumotlar bazalarini yaratish yo‘li bilan
qurilish materiallarini ishlab chiqarish
sohasini raqamlashtirish va obyektlar
qurilishida innovatsion texnologiyalarni
joriy etish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar
olib borishni, aholi punktlarini kompleks
rivojlantirish tizimini takomillashtirish,
yangi
qurilish
materiallarini
ishlab
chiqarish texnologiyalarini yaratish ishlab
chiqarish texnologik zanjirida boshqaruv
samaradorligini oshirish yo‘nalishlarida
ilmiy tadqiqotlarni tadqiq etish bu boradagi
ilmiy
izlanishlarning
ustuvor
yo‘nalishlaridan
hisoblanadi.
Yangi
O‘zbekistonning
“O‘zbekiston-2030”
strategiyasida ham qurilish mahsulotlari
bozorini rivojlantirish bo‘yicha “Qurilish
materiallarini ishlab chiqarish hajmini 2
baravarga ko‘paytirish va yangi turdagi
energiya tejamkor materiallarini ishlab
chiqishni
kengaytirish”[6]
bo‘yicha
ustuvor vazifalar belgilangan. Ularning
samarali ijro etilishini ta’minlash sohada
energiya tejamkor materiallarni keng joriy
etib qurilish materiallari ishlab chiqarish
tannarxini
pasaytirish,
ularni
ishlab
chiqarishda boshqaruv samaradorligini
oshirishni nazarda tutadi. Aynan shu
yo‘nalishlarda qurilish materiallari ishlab
chiqarish
korxonalarini
rivojlantirish
hamda sohada boshqaruv ta’sirini baholash
asosida
o‘rta
muddatga
prognoz
parametrlarini ishlab chiqish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Jahonda qurilish materiallarini ishlab
chiqarish sohasi aholi birlamchi zaruriy
ehtiyojlari tarkibidagi yashash ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiladi. Ushbu soha eng
innovatsion o‘zgarishlarga boy bo‘lib, har
qanday mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy
va sifat jihatdan o‘sishida katta o‘rin tutadi.
Qurilish materiallari sanoati hajmi 2023-yil
boshida 1121,1 mlrd AQSh dollari [1] ni,
shu jumladan, AQSh bozori hajmi 136,8
Universal International Scientific Journal
33
mlrd AQSh dollari [2] , Yevropada 110,0
mlrd AQSh dollari [3] , Rossiyada 15,9
mlrd AQSh dollar [4] ni tashkil etmoqda.
Uning yillik o‘sish sur‘ati 4,9% bo‘lgan
holda 2028-yilda 1493,8 mlrd AQSh
dollarigacha o‘sishi kutilmoqda. Ushbu
ko‘rsatkich
dunyo
mamlakatlarida
sanoatning barqaror rivojlanib borishini
taʻminlash maqsadida, ishlab chiqarish
omillaridan samarali foydalanish orqali
mazkur tarmoq korxonalari boshqaruv
samaradorligini
oshirish
muhim
ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
MAVZUGA OID
ADABIYOTLARNING TAHLILI
(LITERATURE REVIYEW)
Hozirgi
kunda
ayrim
qurilish
materiallari ishlab chiqarish korxonalarida
asosiy fondlarning eskirganligi, ishlab
chiqarishni texnik va texnologik qayta
qurollantirishga
talabning
ortib
borayotganligi ham ushbu mavzuning
dolzarbligini belgilab beradi. Shu bilan bir
qatorda,
innovatsiya
faoliyat
samaradorligini
oshirishga
qaratilgan
tadqiqotlar qurilish materiallari sanoatida
progressiv o‘zgarishlarni amalga oshirish
va
ishlab
chiqarish
samaradorligini
ko‘tarish
orqali
kuchli
industrial
salohiyatni yaratishda asosiy hal qiluvchi
rol
o‘ynaydi.
Qurilish
materiallari
sanoatida ushbu yilda o‘zlashtirilgan
investitsiyalar salmog‘i 1,3 mlrd dollarni,
shundan,
to‘g‘ridan
to‘g‘ri
xorijiy
investitsiyalar 680,4 mln dollarni (52 %)
tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga
(360,2 mln dollar) nisbatan qariyb 4
baravarga ko‘p. Sohada to‘g‘ridan to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalarni (72,5 mln dollar)
oqimi esa 9 baravardan oshdi. Ushbu soha
bo‘yicha hududlarni rivojlantirish dasturi
doirasida umumiy qiymati 248,6 mln dollar
bo‘lgan 757 ta loyiha ishga tushirildi.
Bunda mablag‘lar zamonaviy, energiya
tejamkor
qurilish
materiallari
ishlab
chiqarish loyihalariga qaratildi. Jumladan,
mazkur yilda 3,5 mln tonna sement, 150
ming kub metr temir-beton mahsulotlari,
1,8 mln rulon gulqog‘oz (oboi), 200 ming
dona sanitar-texnik buyumlar, 180 ming
tonna qurilish armaturasi, 27 mln dona
keramik bloklar, 35 ming kub metr
gazobeton bloklari, 30 ming dona smesitel,
10 mln kv metr gipsokarton listlari, 250
ming kv metr dekorativ panellar, 10,2 ming
tonna lak-bo‘yoq mahsulotlari, 2,7 mln kv
metr keramik plitkalar ishlab chiqarish
kabi yangi quvvatlar yaratildi. Ushbu yangi
ishga
tushirilgan
loyihalar
va
o‘zlashtirilgan investitsiyalarning tarmoq
rivoji uchun qulaylik tarafi shundaki, eng
avvalo, sohaga yangi zamonaviy texnika va
texnologiya kirib keladi, mahsulot turi
ko‘payadi, yangi ish o‘rinlari yaratiladi
hamda
energiya
tejamkor
qurilish
materiallari ishlab chiqarish faoliyati
yuqori
kompyuter
texnologiyasi
yordamida boshqariladi. Bundan tashqari,
ishlab
chiqarish
jarayonida
ish
unumdorligining
oshishi
kuzatiladi,
sarfxarajatlar miqdori kamayadi.
Qurilish materillari ishlab chiqaruvchi
korxonalarning samaradarligini oshirish
bo‘yicha
D.Rikardo,
M.X.Meskon,
Universal International Scientific Journal
3
4
D.J.Rechmen,
H.Bouvi,
M.Porter,
R.Chase,
E.Demming,
M.Veksler,
V.M.Ryfa, L.F.Vasylevich, X.S.Uerta[7]
singari xorijiy olimlar ilmiy ishlarida
tadqiq
qilingan.
MDH
mamlakatlari
iqtisodchi
olimlaridan
О.Г.Тyровец,
В.Н.Родионова,
О.П.Страхова,
Т.И.Батракова,
А.В.Кyценко,
Т.А.Говорyшко,
Н.И.Климаш,
М.М.Петровцы, Я.В.Светличная[8] va
boshqalar qurilish materiallari ishlab
chiqarish
korxonalarda
iqtisodiy
samaradorligini oshirish o‘ziga xos
hususiyatlarini hamda muhim omillarini
o‘rganishgan.
O‘zbekistonda
qurilish
materiallari ishlab chiqarish korxonalari
samaradorligini
oshirish
masalalari
bo‘yicha bir qator olimlar tomonidan
tadqiqotlar
olib
borilgan.
Jumladan
Sh.N.Zаynutdinоv,
T.S.Ismаilоvа,
R.I.Nurimbetov,
Sh.A.Dexqonov,
E.B.Iskandarov,
D.Yu.Matrizayeva
A.T.Mirsodiqov,
A.J.Metyakubov,
K.S.Tashmuxamedova,
I.Rajabov,
R.Rashidov,
A.V.Nazarov[9]
kabi
olimlarni keltirib o‘tishimiz mumkin.
Mazkur masalaning ilmiy-uslubiy va
amaliy jihatlarini rivojlantirish, qurilish
materillar ishlab chiqarish korxonalarining
boshqaruv
samaradorligini
oshirish
bo‘yicha ilmiy izlanishlariga kam e’tibor
qaratilgan.
Ushbu
holat
mazkur
yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borish
zarurligini taqozo etadi hamda tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
TADQIQOT
METODOLOGIYASI (RESEARCH
METHODOLOGY)
Boshqarish nazariyasining dastlabki
kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib,
Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda
esa oʻrta asr davrida Amir Temur
hukmronligi vaqtidan shakllana boshlagan.
Dastlabki paytlarda u oddiy shaklda boʻlib,
asosan harbiy tavsifga ega boʻlgan. Oʻsha
davr menejerlari harbiy intizomni oʻrnatish
maqsadida insonlarni jazo bilan qoʻrqitish,
har qanday buyruq va farmonlarga soʻzsiz
itoat etish kabi usullarni qoʻllaganlar.
Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan
foydalanish, ulardan iloji boricha koʻproq
qoʻshimcha qiymat undirishning gʻoyatda
samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur
davrida
markazlashgan,
intizomli
davlatning
barpo
etilganligiga
ham
Sohibqironning oʻz qoʻl ostidagilarni
"qoʻrquv bilan umid oʻrtasida ushlash"
boʻyicha boshqargani sabab boʻlgan. XIX
asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida
texnika
va
texnologiyaning
takomillashuvi,
ishlab
chiqarishning
keskin
oʻsishi
boshqarishni
murakkablashtirib yubordi va uni maxsus
bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning
maxsus sohasiga aylantirdi.
Faoliyat samaradorligini ta’minlash
har
qanday
korxonaning
asosiy
vazifalaridan biridir. Zamonaviy sharoitda
ushbu vazifani bajarishni boshqarish
xarajatlarning o‘sishiga va korxonalar
daromadlarining
kamayishiga
yordam
beradigan ko‘plab tashqi hamda ichki
omillarning
ta’siri
tufayli
murakkablashadi. Qurilish materiallari
Universal International Scientific Journal
3
5
ishlab
chiqarish
korxonalari
boshqaruvidagi salbiy omillarga qarshi
kurashish uchun ishonchli usullar va
vositalarga muhtojdir. Shuning uchun
samaradorlikning
barqaror
o‘sishini
ta’minlash
uchun
XX-asr
oxirida
tashkilotni boshqarishning maxsus bo‘limi
-
samaradorlikni
boshqarish
paydo
bo‘ldi10 . Chunki, iqtisodiyotning beqaror
sharoitida har qanday korxona uchun
samarali tamoyillar va samarali boshqaruv
tizimini shakllantirish muhim ahamiyatga
ega.
Yuqoridagilarni
umumlashtirib,
qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalari boshqaruv samaradorligini o‘z
mazmuni
bo‘yicha
bu
korxona
faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi.
Bu, xususan, korxonani rivojlantirish
strategiyasini ishlab chiqish, samarali
boshqaruvni tashkil etish, rejalashtirish,
tahlil qilish, hisob yuritish va nazorat
qilish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlab
turish uchun tegishli usullar, boshqaruv
modellari, tizimlari va dasturiy ta’minotini
o‘zida mujassam etgan boshqaruvga
kompleks yondashuvi ekanligini ta’kidlash
lozim. Shu bilan birga, boshqaruv
samaradorligini
oshirish
siklini
bosqichlarga
bo‘lishning
yagona
yondashuvi mavjud emas. Shu sababli,
boshqaruv samaradorligini oshirish tizimi
korxonaning umumiy boshqaruv tizimi
bilan organik ravishda integratsiyalangan
bo‘lishi
kerak,
chunki
korxona
faoliyatining
har
qanday
sohasida
boshqaruv
qarorlarini
qabul
qilish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita foyda
darajasiga ta’sir qiladi, bu esa o‘z
navbatida asosiy manba hisoblanadi.
Namangan
viloyati
shahar
va
tumanlarining “o‘sish nuqtalari” va
“drayver
sohalari”ga
ixtisoslashuvini
hisobga olib, Pop, Chust, Yangiqo‘rg‘on
tumanlarini qurilish materiallari sanoatiga
ixtisoslashtirish taklifidan O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2022-yil
25-apreldagi
VMQ-211-son
“2022-2026- yillarda Namangan viloyati
hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish va aholi turmush darajasini
yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 3-
ilovasida
foydalanilgan
(O‘zbekiston
qurilish materiallari sanoati korxonalari
uyushmasining
2023-yil
26-iyundagi
№05/15- 1318-sonli ma’lumotnomasi).
Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish
natijasida 10 tumanning “o‘sish nuqtalari”
va “drayver sohalari” bo‘yicha qurilish
materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 3 ta
tuman ixtisoslashtirilgan.
Ilmiy tadqiqot ishidagi masalani
o‘rganish uchun tizimli tahlil, iqtisodiy-
matematik modellashtirish, ma’lumotlarni
guruhlash, tanlanma, korrelyatsion va
regression
tahlil,
SWOT-tahlil,
ekonometrik
modellashtirish
hamda
prognozlash usullardan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
(ANALYSIS AND RESULTS)
Hozirgi davrda qurilish materiallari
ishlab chiqarish korxonalari innovatsiya
Universal International Scientific Journal
3
6
faoliyatining
natijalaridan
samarali
foydalanishi yangi imkoniyatlar yaratadi
hamda raqobatbardoshlikka ega bo‘ladi.
O‘z navbati bilan ishlab chiqaruvchida
mehnat unumdorligi oshadi, sarf-xarajatlar
kamayadi, mahsulot sotish hajmi ortadi va
rejalashtirilgan foydaning kelishi kabi
omillarga ega bo‘ladi. Bu esa korxonani
moliyaviy
barqarorlikka
erishishiga
imkoniyat yaratadi. Shuning uchun hozirgi
rivojlanish bosqichida sanoat korxonalari
iqtisodiy samaradorlik, raqobatbardoshlik
va eksport salohiyatni oshirishi uchun
ularni ishlab chiqarishda innovatsion
rivojlanish darajasini baholash maqsadga
muvofiqdir. Tadqiqot jarayonida qurilish
materiallari
ishlab
chiqarish
korxonalaridagi innovatsion faoliyatining
iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari
borasida olib borayotgan ilmiy, nazariy va
amaliy tadqiqotlar shuni taqozo etmoqdaki,
korxonalar faoliyatidagi turli vaziyatlarda
innovatsion rivojlanish darajasini turli
parametrlar
asosida
baholovchi
koeffitsiyentdan foydalanish mumkin.
O‘zbekistonda
2017-2022-yillarda
islohotlarning natijasi o‘laroq, qurilish
sektori
iqtisodiyotning
boshqa
tarmoqlariga nisbatan jadal sur’atlarda
o‘sayotganligini, xususan, qishloq xo‘jaligi
2017-yilda 1,2%, 2018-yilda 0,3%, 2019-
yilda 3,1%, 2020-yilda 3,0%, 2021-yilda
4,0 %, 2022-yilda 3,6 %ga va sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish 2017-yilda
5,2%, 2018-yilda 10,8%, 2019- yilda 5,0%,
2020-yilda 0,9%, 2021-yilda 8,8 %, 2022-
yilda 5,2 %ga o‘sgan bo‘lsa, qurilish hajmi
2017-2022-yillarda mos ravishda 6,0%,
14,3%, 22,9%, 9,5%, 6,8 % va 6,6 %ga
o‘sgan.
Mazkur
tarmoqning
milliy
iqtisodiyot tarkibida ulushi ham yildan-
yilga
oshib
bormoqda.
Qurilish
tarmog‘ining YaIM tarkibidagi ulushi
2021-yilda 6,6 %ni tashkil etgan bo‘lsa,
2022-yilda ushbu ko‘rsatkich 6,7 %ga
yetgan. 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra,
qurilish sohasida korxona va tashkilotlar
soni 41,0 mingtani tashkil etib, 2017-yilga
nisbatan 1,7 barobar yoki 17,1 ming
birlikka
oshgan.
Qurilishda
band
bo‘lganlarning soni 2022-yilda 2021-yilga
nisbatan 15,6 ming nafarga oshib, 1,3 mln.
nafarni tashkil etmoqda va hozirgi kunda
iqtisodiyotda band bo‘lganlarning qariyb
10 foizi mazkur tarmoqqa to‘g‘ri
kelmoqda. 2020-yilda bajarilgan qurilish
ishlari hajmi 37,3 trln. so‘mni tashkil
qilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich
45,6 trln. so‘m va 2022-yilda esa 55,5 trln.
so‘mga yetgan. Iqtisodiy faoliyat turlari
bo‘yicha tahlil qilinganda, bajarilgan
qurilish ishlarining asosiy qismi bino va
inshootlarni qurish ishlari hajmiga (jami
ko‘rsatkichga nisbatan ulush 74,5%ga)
to‘g‘ri kelmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 23-may 2019-
yildagi Qurilish materiallari sanoatini jadal
rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar
to‘g‘risidagi
PQ-4335-sonli
qaroriga asosan Namanagan viloyatida
qurilish materiallari ishlab chiqarish
bo‘yicha mavjud zaxiralarni aniqlashni
amalga
oshirish
hamda
tadqiqotlar
natijasida ko‘rishimiz mumkinki vilοyatda
Universal International Scientific Journal
3
7
qurilish materiallarini ishlab chiqarish
uchun qulay imkοniyatlarga ega va
vilοyatda ο‘ndan οrtiq turdagi fοydali
qazilmalarga bοyligi va tabiiy resurslar
ichida qurilish materiallari xοm ashyοsi
zaxiralari bilan ajralib turadi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
(CONCLUSION/RECOMMENDATIO
NS)
Qurilish materiallari ishlab chiqarish
korxonalari samaradorligini boshqarish o‘z
mazmuni
bo‘yicha
bu
korxona
faoliyatining turli sohalarini qamrab oladi.
Xususan,
strategiya,
xodimlarni
motivatsiyayalash
asosida
boshqarish,
operativ boshqaruv, rejalashtirish, tahlil 23
qilish, hisob yuritish va nazorat qilish,
moliyaviy barqarorlikni ta’minlab turish
uchun
tegishli
usullar,
boshqaruv
modellari, tizimlari va dasturiy ta’minotini
o‘zida mujassam etgan boshqaruvga
kompleks yondashuvi ekanligini ta’kidlash
lozim.
Jumladan, yuqoridagi taklif etilganlar
asosida shakllangan tahlillar natijasida
qurilish
materiallari
korxonalarida
innovatsion rivojlanish bosqichiga ega
bo‘lish uchun quyidagi vazifalarning
bajarilishi maqsadga muvofiqdir: —
qurilish materiallari sanoatidagi mavjud
innovatsion texnologiyalaridan samarali
foydalanish, shuningdek, yangi texnika va
texnologiya, nou-xau va intellektual
mulklarni sotib olishni yo‘lga qo‘yish; —
qurilish
materiallari
sanoatidagi
korxonalarda
ilmiy
tadqiqot
va
eksperimental bazani rivojlantirish orqali
ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlarini
yanada
faollashtirish;
—
innovatsiya jarayonidagi tajriba ishlarini
olib
borishda
unga
mos
keluvchi
tashkilotlarga buyurtmalar berish va ularni
moliyalashtirish masalalarini hal etishning
samarali mexanizmlarini ishlab chiqish; —
yangiliklarni ishlab chiqish va joriy etishni
tezlashtirish uchun aksiya, obligatsiya va
chet el investitsiyalarini yanada ko‘proq
jalb etish yo‘llarini aniqlash. Yuqoridagi
sanab o‘tilgan yo‘nalishlar qurilish
materiallari
tarmog‘idagi
xo‘jalik
subyektlarining innovatsion rivojlanishini
jadallashtirishga,
shuningdek,
kam
xarajatli ishlab chiqarish, yuqori sifatga
ega
bo‘lish,
mahsulotlar
raqobatbardoshligi
va
korxonalarning
innovatsion ishlab chiqarish samaradorligi
oshishi uchun qulay shart-sharoitlarni
yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
https://www.businessresearchinsights.com/market-reports/construction-materials-market-
2.
https://www.ibisworld.com/industry-statistics/market-size/lumber-building-material-stores-
united-states/
3.
https://www.gminsights.com/industry-analysis/europe-building-materials-market.
4.
https://www.researchandmarkets.com/reports/5397477/construction-materials-in-russia-
market.
Universal International Scientific Journal
3
8
5.
Industry Outlook 2023-2025: Construction Materials. https://www.krungsri.com/en/
research/industr
y/
industryoutlook/construction-construction-materials/construction-
materials/io/construction-materials-2023-2025
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida to‘g‘risidagi Farmoni,
https://lex.uz/ru/docs/-6600413
7.
7 Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. М.: Эскмо,
2007. 960 с.;
8.
Мескон М.Х. Основы менеджмента: пер. с англ. / М.Х. Мескон, М. Альберт, Ф.
Хедоyр. М.: Изд-во «Дело», 1998. 704 с.;
9.
Rechmen D. J., Meskon M. H., Bouvi K. L., Till J. V. 1995. Sovremennyj biznes
[Contemporary Business]. Moscow: Respublika.;
10.
Michael Porter Competition. - M.: "Williams", 2006. - P. 608. - ISBN 5-8459-0794-2.;
11.
Chase R. Production and operational management / R. Chase, N. Ekviline, R. Jacobs. – Ed.
8th - M.: Williams, 2009. - 976 p.;
12.
E. Demming. Quality, productivity, competitiveness / E. Demming. - 1982. - 253 p.;
13.
Veksler E. M. Quality management: teaching. manual / E. M. Veksler, V. M. Ryfa, L. F.
Vasylevich; undergeneral ed. E. M. Veksler. - K.: "VD "Professional", 2008. - 320 p.;
14.
Сороко В. Фyнкционирование и развитие системы yправления качеством: yчеб.-
метод. матер. / В. Сороко.; Уэрта де Сото Х. Социально-экономическая теория динамической
эффективности. Челябинск: Социyм, 2011. 37 с.
15.
О.Г.Тyровец.Организация производства/–М.:Экономика и финансы, 2010.–452с.,
В.Н.Родионова. Организация производства на предприятиях в современных yсловиях /– Воронеж:
ВГТУ, 2015. – 212 с.;
16.
О.П. Страхова.О методах организации yправления / / Менеджмент в России и за
рyбежом. – 2016. – №5. – С. 25- 29., Т.И.Батракова.Управление эффективностью деятельности
предприятия – залог yспешного фyнкционирования // Экономический анализ. 2015. Том 19. №2. С.
14.,
17.
Кyценко А.В. Организационноэкономический механизм yправления эффективностью
деятельности предприятий потребительской кооперации Украины: монография. Полтава: РОВ
ПУСКУ, 2008. 87 с.,
18.
Говорyшко Т.А., Климаш Н.И. Управление эффективностью деятельности
предприятий на основе стоимостно ориентированного подхода: монография. Киев: Логос, 2013. 78
с.,
19.
Петровцы М.М.Эффективность деятельности предприятийприродопользователей (по
материалам предприятий Закарпатской области): автореф. дис…канд. экон. наyк: 08.06.01.
Ужгород, 2004. 20 с.,
20.
Я.В.Светличная. Оценка и обеспечение экономической резyльтативности
фyнкционирования дорожно-строительных предприятий: автореф. дис…канд. экон. наyк: 08.07.03.
Харьков, 2002. 19 с.,
21.
9Zаynutdinоv SH.N., Ismаilоvа T.S. «Ishlаb chiqаrish mеnеjmеnti». Dаrsliк, Tоshкеnt,
TDIU, 2007. 485 bеt.
22.
Нyримбетов.Р.И. (2022). Тенденции развития отрасли строительных материалов в
Узбекистане за годы независимости. Miasto Przyszłości, 24, 478-482b.;
23.
Dexkanov.SH.A.. Qurilish materiallari sanoati aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ
boshqaryv mexanizmi samaradorligini oshirish. i.f.f.d. (PhD) ilmiy daraja olish uchun diss. Avtoreferati.
ADU, 2022y.;
24.
Iskandarov.E.B. O’zbekiston qurilish sanoati korxonalarida barqaror innovatsion
rivojlanishni ta’minlash. i.f.f.d. (PhD) ilmiy daraja olish uchun diss. Avtoreferati. TDTU, 2022y.;
25.
Matrizaeva.D.Yu. Sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini boshqarishni
takomillashtirish. i.f.f.d. (PhD) ilmiy daraja olish uchun diss. Avtoreferati. TDIU, 2021y.;
Universal International Scientific Journal
3
9
26.
Mirsodiqov.A.T. Qurilish sohasi logistik zanjirlarida xarajatlarni boshqarish jarayonlarini
takomillashtirish. i.f.f.d. (PhD) ilmiy daraja olish uchun diss. Avtoreferati. TDIU, 2022y.;
27.
Metyakybov.A.J. Qurilish materiallari sanoatiga investitsiyalarni jalb etishning boshqarish
samaradorligini oshirish. i.f.f.d. (PhD) ilmiy daraja olish uchun diss. Avtoreferati. TDIU, 2019y.;
28.
Ташмyхамедова.К.С.
Повышение
конкypентного
потенциала
пpедпpиятий
пpомышленности стpоительных матеpиалов в yсловиях инновационного pазвития. и.ф.ф.д. (PhD)
ilmiy daraja olish uchun diss. Avtoreferati. TDTU, 2023y.;
29.
Rajabov I. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida agroresyrslar bozori myvozanati va ishlab
chiqarishning samaradorligi. Dis. iqtisod fanlari doktori. T.2006y 11 b.;
30.
R.Rashidov “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-
aprel, 2017 yil.; Назаров А.В. Нейросетевые алгоритмы прогнозирования и оптимизация систем / –
Сб.: наyка и техника, 2003. –384 с.
