ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 2023-
5.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024
VOLUME-5, ISSUE-7
359
STOMATOLOGIYA YO‘NALISHIDA BIOLOGIK KIMYONI O‘QITISHDA YANGI
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Kuryazov A.Q., Kuryazov Sh.A., Abdullayeva X.D.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Urganch, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada stomatologiya yo‘nalishida biologik kimyo fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati, ularning samaradorligi, ta’lim jarayonidagi o‘rni va amaliy
misollar asosida yoritib berilgan. Maqola fanlararo integratsiya, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari (AKT) hamda muammoli o‘qitish asosida yondashuvlar va ilg‘or metodik tajribalarni
o‘z ichiga oladi.
Kalit so‘zlar
Blits-so‘rov, insert, fishbone, case-study, chemcollective, reflektiv.
Аннотация
В данной статье рассматривается использование современных педагогических технологий при
преподавании биологической химии в стоматологическом образовании. Обсуждается их
эффективность, место в учебном процессе и практические примеры применения на основе
междисциплинарной интеграции, ИКТ и проблемного обучения.
Ключевые слова
Блиц-опрос, инсерт, фишбоун, кейс-стади, химколлектив, рефлективный.
Annotation
This article explores the application of modern pedagogical technologies in teaching biological
chemistry in dental education. It discusses their effectiveness, role in the educational process, and
practical examples based on interdisciplinary integration, ICT, and problem-based learning.
Keywords
Blitz-survey, insert, fishbone, case-study, chemcollective, reflective
Kirish
Biologik kimyo – tirik organizmdagi kimyoviy jarayonlar mohiyatini o‘rganuvchi asosiy fanlardan
biridir. Stomatologiya sohasida bu fan alohida ahamiyat kasb etib, bemor organizmidagi biokimyoviy
o‘zgarishlarni tushunishda muhim o‘rin egallaydi. Biologik kimyo fanini samarali o‘qitish orqali
stomatologik bilimlarning ilmiy asoslari mustahkamlanadi. So‘nggi yillarda bu fan o‘qitilishida yangi
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmaga
aylantirish imkoniyati kengaymoqda.
Asosiy qism
1. Yangi pedagogik texnologiyalar: mohiyati va maqsadi
Pedagogik texnologiyalar – bu o‘quv jarayonini samarali tashkil qilishga xizmat qiluvchi metod va
vositalar majmuasidir. Biologik kimyo o‘zining murakkabligi sababli tushunishga qiyin bo‘lgan
mavzularni oddiylashtirish, tushunilishini osonlashtirish uchun quyidagi texnologiyalar samarali
hisoblanadi:
• Blits-so‘rov
• Insert
• Fishbone
• Case-study
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 2023-
5.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024
VOLUME-5, ISSUE-7
360
Bu texnologiyalar laboratoriya mashg‘ulotlarini chuqurlashtirish, talabalarda mantiqiy fikrlashni
shakllantirish va mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni
Biologik kimyoda laboratoriya tajribalari va modellashtirish jarayonlarini AKT vositalari orqali
jonlantirish imkoniyati mavjud. Virtual laboratoriyalar, simulyatorlar, video darsliklar va ilovalar
yordamida o‘quv jarayonini interaktiv qilish mumkin. Masalan:
• Virtual Lab – fermentativ reaksiyalarni simulyatsiya qilish
• ChemCollective – masofadan laboratoriya ishlari
• Excel yoki Python – hisob-kitoblar uchun zamonaviy tahlil vositalari
3. Laboratoriya mashg‘ulotlarida innovatsiyalar
Biologik kimyo fanining laboratoriya mashg‘ulotlari – amaliyot bilan bog‘liq. Shu bois:
• QR-kodli metodik vositalar
• Raqamli portfoliolar
• Talabalarning mustaqil eksperimentlari
jarayonni jonlantirib, talabalarning fan bo‘yicha mustaqil faoliyatini kuchaytiradi.
4. Fanlararo integratsiya
Biologik kimyo fanini stomatologiya, anatomiya, fiziologiya kabi fanlar bilan integratsiyalash orqali
talabaning tibbiy fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi. Misollar:
• Og‘izdagi fermentlar ta’sirini fiziologiya bilan bog‘lash
• Tish emalidagi minerallar tahlilini bioanorganik kimyo bilan integratsiyalash
• Laboratoriyada tupik va qon tarkibini aniqlash orqali klinik tafakkurni shakllantirish
Xulosa va takliflar
Biologik kimyo fanini stomatologiya yo‘nalishida o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash talabalarni mustaqil fikrlashga, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Quyidagilarni tavsiya qilamiz:
• Har bir mavzu uchun raqamli resurslar bazasini yaratish;
• Laboratoriya topshiriqlari uchun muammoli vazifalar to‘plamini ishlab chiqish;
• Reflektiv fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan savol-javob texnologiyalarini keng qo‘llash.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Kuryazov A.K., Kuryazov Sh.A., Iskandarova A.I. Parodontal disease and oral mucosa among
pregnant women living in various environmental conditions. // International Journal of health
systems and medical sciences. – USA. - 2024. - Vol. 3. - P. 117-119.
2. Kuryazov A.K., Kuryazov Sh.A., Iskandarova A.I. Dental caries among pregnant women living
in various environmental conditions in Uzbekistan. // Valeology: International Journal of medical
anthropology and bioethics. – USA. -2024. - vol. 02. - P. 6-9.
3. Kuryazov A.K., Kuryazov Sh.A., Iskandarova A.I. Immunological effectiveness of immune-and
biocorrective treatment of dental diseases in pregnant women. // Central Asian Journal of medical
and natural sciences. – Spain. - 2024. - vol. -05. - P. 347-350
4.Хабибова Н.Н.Курязов Ш.А Тишларда понасимон нуқсон билан касалланган беморларда
касалликнинг мажмуавий олдини олиш чоралари// Тиббиётда янги кун. – Бухоро. - 2023. - №
6 (56) – С. 371-377
5. Хабибова Н.Н.Курязова А.К.. Курязов Ш.А Болағот ёшидаги қизларда стоматологик
саломатлик : клиник ва тиббий ижтимоий омиллар тахлили // Тиббиётда янги кун. – Бухоро.
- 2025. - № 5 (79) – С. 463-467
ISSN: 2582-4686 SJIF 2021-3.261, 2022-2.889, 2023-
5.384, 2024-6.875 ResearchBib IF: 9.948 / 2024
VOLUME-5, ISSUE-7
361
6. Хабибова Н.Н, А.К.Курязов, Ш.А.Курязов. Профилактика стоматологических заболеваний
у девочек подроскового возраста: современный взглд.// Фундаментал ва клиник тиббиёт
ахборотномаси.- 2025.- № 3.( 17).- 161-165 б.
7. Курязов А.К., Курязов Ш.А. Новые подходы к био- и иммунокоррекции
стоматологических заболеваний беременных. //Материалы. Abu Ali ibn Sino (Avicenna)
Human health and ecologiy.- Urgench - 2020.- Р. 252-253.
8. Курязов А.К., Курязов Ш.А. Оценки антибактериалбной активности неспецифических
факторов защиты ротовой полости у беременных // Материалы международная научно-
практическая конференция “Актуальные проблемы Морфологии в связи с пандимией Covid-
19. - Ургенч. - 2021. С.-78-80.
9. Курязов А.К., Собиров Ю.А., Курязов Ш.А. Хар хил экологик-географик минтақаларда
яшовчи хомиладор аёллар оғиз бўшлиғи махаллий иммунитет омиллари хусусиятлари.
//Материалы. Abu Ali ibn Sino (Avicenna) Human health and ecologiy – Urgench.- 2020. - Р.250-
252.
10. Sh.B.Formanova,B.A.Jo’rayeva,Z.X.Xamroqulova,X.D.Abdullayeva,G’.T.Ikromov Noorganik
kimyo darslik .ISBN:978-9910-9352-5-2 Xorazm nahriyoti-2025
11. Машарипов, Отабек Садуллаевич; Курьязов, Акбар Курамбаевич; Курьязов, Шохрух
Акбарович ТЕЧЕНИЕ ИНФИЛЬТРАТИВНОГО ТУБЕРКУЛЕЗА ЛЕГКИХ И
ТУБЕРКУЛОМЫ У БОЛЬНЫХ САХАРНЫМ ДИАБЕТОМ //журнал Вестник науки и
образования 1 (144)-1. 81-85ст
12. Искандарова, Адиба Ихтияровна; Курьязов, Акбар Курамбаевич; Курьязов, Шохрух
Акбарович. ОБЗОР СОВРЕМЕННЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ И ПОДХОДОВ К
ИСПОЛЬЗОВАНИЮ ФИТОТЕРАПИИ И КУМЫСОТЕРАПИИ В
СТОМАТОЛОГИИ.Журнал Проблемы современной науки и образования 2024-8 (186)
13. Абдуллаев, Давронбек Равшанович; Курьязов, Акбар Курамбаевич; Курьязов, Шохрух
Акбарович;. ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ МИЛИАРНО-ЯЗВЕННОГО ТУБЕРКУЛЕЗА
ПОЛОСТИ РТА журнал-Проблемы современной науки и образования2024-28-32
14. Abdullayeva X.D.Karimova O,Palvanov N.S, ,Tillayeva A.F Organik kimyoni o’qitishda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish//The Multididisciplanary Journal of science and
Technology5(6)1257-1259,2025
15. Abdullayeva X.D,Karimova O,Palvanov N.S, Tillayeva A.F Analitik kimyoni o’qitishda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanish//The Multididisciplanary Journal of science and
Technology5(6)1260-1262,2025
