J.K.ROULINGNING “BARD BIDL ERTAKLARI” ASARIDA QO‘LLANILGAN ALLITERATSIYALARNING SEMANTIK GURUHLANISHI VA ULARNI TARJIMA QILISH METOD VA USULLARI.

Abstract

This research analyzes examples of alliterations semantically as well as their translation methods and techniques found in “The Tales of Beedle the Bard” by J.K. Rowling.

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar
https://zenodo.org/records/15305487
CC BY f
370-372
14

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Azizova Madina Bahromjon qizi,. (2025). J.K.ROULINGNING “BARD BIDL ERTAKLARI” ASARIDA QO‘LLANILGAN ALLITERATSIYALARNING SEMANTIK GURUHLANISHI VA ULARNI TARJIMA QILISH METOD VA USULLARI. Journal of Universal Science Research, 3(4), 370–372. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/84014
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This research analyzes examples of alliterations semantically as well as their translation methods and techniques found in “The Tales of Beedle the Bard” by J.K. Rowling.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

370

J.K.ROULINGNING “BARD BIDL ERTAKLARI” ASARIDA

QO‘LLANILGAN ALLITERATSIYALARNING SEMANTIK

GURUHLANISHI VA ULARNI TARJIMA QILISH METOD VA USULLARI.

Azizova Madina Bahromjon qizi,

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti

azizova-madina@internet.ru

Annotation:

This research analyzes examples of alliterations semantically as

well as their translation methods and techniques found in “The Tales of Beedle the
Bard” by J.K. Rowling.

Keywords:

Onomastic, anthropo-onomastic alliteration, emotional and action-

state alliteration, descriptive alliteration, literal translation method, transliteration
translation method, equivalence translation method.

Аннотация:

В данном исследовании рассматриваются примеры

аллитераций, встречающихся в произведении Дж. К. Роулинг «Сказки Барда
Бидля», классифицированные по семантическим категориям, а также методы и
способы их перевода.

Ключевые слова:

Ономастическая, антропо-ономастическая аллитерация,

эмоциональная аллитерация и аллитерация выражающая действие или
состояние, изобразительная аллитерация, метод дословного перевода, метод
транслитерации, метод эквивалентного перевода.

Annotatsiya:

Ushbu tadqiqot ishida J.K.Roulingning

“Bard Bidl ertaklari”

asarida uchrovchi alliteratsiyalarning semantik klassifikatsiyasiga ko‘ra turlanuvchi
misollari hamda ularning tarjima metodlari va usullari tahlili yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

Onomastik, antropo-onomastik alliteratsiya, hissiyot,harakat-

holatni ifodalovchi alliteratsiya, tasviriy alliteratsiya, so‘zma-so‘z tarjima usuli,
transliteratsiya tarjima usuli, ekvivalent (muqobillik)tarjima usuli.


J.K.Roulingning

Bard Bidl ertaklari” asarida uchrovchi alliteratsiyalarni

miqdoriy va mazmuniy jihatdan boyligini hisobga oladigan bo‘lsak, semantik
kategoriyaga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

-

onomastik alliteratsiyalar

(shaxs, narsa va hodisalar nomlanishini bir xil

undoshlar bilan boshlanuvchi assotsiatsiya ko‘rinishida tasvirlab beruvchi
alliteratsiya);

-

hissiyotni va harakat-holatni ifodalovchi alliteratsiyalar

(hissiy holatni,

reaksiyani va harakat yoki holatlarni ifodalashda qo‘llanilgan alliteratsiya);

-

tasviriy alliteratsiyalar

(xarakter, ko‘rinishni yoki holatni tasvirlovchi va

odatda ot so‘z turkumi bilan birikib keluvchi tasvirlovchi xususiyatga ega alliteratsiya).


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

371

Ushbu guruhlarga mansub alliteratsiya misollarini, jumladan onomastik

alliterativ birliklarni tarjimon Sh.Abdullayev tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima
metodi doirasidagi so‘zma-so‘z va transliteratsiya usullari qorishmasida tarjima
qilinganini ko‘rish mumkin.Shu o‘rinda bu tarzdagi tarjimani metod va usullarga
bo‘lish nazariyasini fransuz tarjimashunoslari J.Vinay va J.Darbalnelar tomonidan
amaliyotga kiritilganini va aynan ushbu nazariyaga asoslanib tadqiqotimiz obyektini
tarjima qilish yo‘li belgilab olinganini ta’kidlab o‘tish zarur[1;31.]. Asarda qo‘llangan
antroponimik alliteratsiyalarning ayrim birliklari ma’no tashish xususiyatiga ega.
Masalan, “Wee Willykin” (Kichkintoy Uilli), “Bertrand de Pensees-Profondes”
(Bertran de Tubsiz-Fikr),”Lisette de Lapin”(Lizetta de la Krol).

Biroq tadqiqot davomida tarjimon tanlagan usulda tarjima qilish alliteratsiya

misollaridagi asliyat ko‘rinishini nisbatan yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligi
aniqlandi. Shu sababdan biz o‘z tarjima talqinimizda faqatgina transliteratsiya usuliga
murojaat qilishni lozim topdik, ya’ni “Ui Uillikin” “Bertran de Penziz-Profondes”,
“Lizette de Lapin” tarzida tarjima qilinganda kitobxonga ham so‘zlar asl ko‘rinishida
yetkaziladi va yanada jarangli eshitilishiga va xotirada saqlanib qolishiga sabab
bo‘ladi. Bu o‘rinda asar so‘ngida izoh tariqasida tarjimon ko‘rsatganidek tarjima
qilingan birliklar tarjimasini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, izoh:
“Bertran de Penziz-Profondes”-“Bertran de Tubsiz-Fikr”, fransuzchadan,
Sh.Abdullayev), bu shaklda izoh qo‘shishdan maqsad asarda keluvchi ushbu shaxslar
nomining xarakter-xususiyatiga ko‘ra nomlanganini o‘quvchiga ham yetkazish
hisoblanadi.

Asarda uchrovchi onomastik alliteratsiyalarga boshqa misollar asardagi

ertaklarning nomlanishida ham berilganini ko‘rib o‘tamiz. Shu o‘rinda tarjima
xususiyatidagi yana bir jihatni ta’kidlab o‘tish joiz, ya’ni ushbu birikmalar sodda
strukturali alliteratsiyalar bo‘lganligi sababli so‘zma-so‘z tartibda tarjima qilinganda
ham ma’no asl holatida saqlanib qolinishiga erishish mumkin. Masalan, “Toadstool
Tales”-“Qo‘ziqorin Bobo ertaklari”, “The Warlock’s Hairy Heart”-“Afsungarning
paxmoq yuragi”, “Grumble the Grubby Goat”-“Vaysaqi isqirt echki”.

Biz ushbu misollarni tarjimon murojaat qilgan usulga tayangan holda o‘girishga

harakat qildik va ushbu o‘rinda alliterativ ko‘rinishni saqlab qolishga erishdik:
”Toadstool tales”-“Qo‘ziqorinbobo qissalari”, “The Warlock’s Hairy Heart”-
”Afsungarning

y

ovuz

y

uragi”, “

G

rumble the

G

rubby

G

oat”-Irkit

e

zma

e

chki”. Ushbu

misollar tarjimasini to‘gridan-to‘g‘ri tarjima qilish metodi doirasida so‘zma-so‘z
tarjima qilish usuliga murojaat qilgan holda amalga oshirdik.

Hissiyotni va harakat-holatni ifodalovchi alliteratsiyalar misollari va tarjimasiga

to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagi misollarda alliterativ birliklar harakat holatni hamda
hissiyotni ifodalovchi birliklarda namoyon bo‘lgan:“appetites grown powerful and
perverse”-(tarjima qilinmagan), “soon sank out of sight”-(tarjima qilinmagan), “bayed


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

372

for Babbitty’s blood”-(tarjima qilinmagan) misollari tarjimon tomonidan tarjimada
tushirib qoldirilganini ko‘rishimiz mumkin.

Biz esa o‘z talqinimizda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va erkin tarjima qilish metodlarini

qo‘llagan holda quyidagi tarjima talqinini berib o‘tdik va alliteratsiya ko‘rinishini
saqlab qolishga erishdik: “appetites grown powerful and perverse”-“nafsi

h

ayvonlarcha

h

akalak otdi” (erkin tarjima metodi, ekvivalent (muqobillik) usuli),

“soon sank out of sight”-“bir zumda

k

o‘zga

k

o‘rinmay

k

etdi” (to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima

metodi, so‘zma-so‘z tarjima usuli), “bayed for Babbitty’s blood”-“kampirning

q

oniga

t

ashna bo‘lib

q

idirishga

t

ushishdi” (erkin tarjima metodi, ekvivalent (muqobillik)

usuli).

“Bard Bidl ertaklari” asarida uchrovchi tasviriy alliteratsiyalar misollari va

tarjimasi ham yuqorida sanab o‘tilgan ikki turdagi alliteratsiyalar tarjimasida faol
qo‘llangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima metodi doirasidagi so‘zma-so‘z tarjima qilish
usulida o‘girilgan. Chunki, ushbu misollar ham strukturasiga ko‘ra sodda tarkibga ega
so‘z birikmalari hisoblanadi. Masalan, “bloated and blind(worm)”-“ko‘zi ojiz va qorni
nihoyatda ishib ketgan(ilon)”, “fully functioning fountain of fair fortune”-“favvora”,
“smooth, shining scarlet heart”- “qip-qizil yurak” tarzida tarjima qilingan. Biroq, sanab
o‘tilgan misollarning hech qaysi birining tarjimasida alliterativ xususiyat saqlab
qolinmagan. Shu sababdan o‘z talqinimizda so‘zma-so‘z tarjima qilish usuli yordamida
quyidagicha alliterativ birikmali tarjima variantlarini berib o‘tamiz: “bloated and
blind(worm)”-“

k

o‘zi

k

o‘r va

q

orni

q

appaygan”, “fully functioning fountain of fair

fortune”-“

t

o‘lib-

t

oshib

t

ushayotgan

f

arishta

F

ortuna

f

avvorasi”, “smooth, shining

scarlet heart”-“

y

umshoq,

y

oqutday qizil

y

urak”.

Xulosa qilib aytganda, semantik jihatdan uch xil ko‘rinishga ega alliteratsiya

misollari tarjimasida qo‘llaniladigan asosiy tarjima metodlari: to‘g‘ridan-to‘g‘ri
tarjima metodi doirasida-so‘zma-so‘z va transliteratsiya tarjima usullari bo‘lsa, erkin
tarjima metodi doirasida esa ekvivalent (muqobillik) tarjima usuli hisoblanadi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Vinay.J., Darbalnet.J. Comparative stylistics of French and English. A methodology
for translation. Amsterdam: John Benjamins.1984.-p 353.
2. Lawrence V. The translation studies reader. London and New York: Routledge.2012.-
p 561, p 56.
3. Newmark P. Approaches to Translation. Hertfordshire: Prentice Hall.1988.–p 81.2.
4.

https://openacessjournals.eu/idex.php/ijiaet/article/view1515

.

5. t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi. Mumtoz adabiyot namunalaridan(she’riy san‘at).

References

Vinay.J., Darbalnet.J. Comparative stylistics of French and English. A methodology for translation. Amsterdam: John Benjamins.1984.-p 353.

Lawrence V. The translation studies reader. London and New York: Routledge.2012.-p 561, p 56.

Newmark P. Approaches to Translation. Hertfordshire: Prentice Hall.1988.–p 81.2.

https://openacessjournals.eu/idex.php/ijiaet/article/view1515.

t.me/Ogahiy_ijod_Maktabi. Mumtoz adabiyot namunalaridan(she’riy san‘at).