BOSHLANG’ICH SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda xorijiy tillarni o’rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. CLIL metodi, rolli o‘yinlar, juftlik va guruhli ish hamda o’yinlashtirish metodlarini ta’lim jarayonida qanday natijalar berishi ko‘rib chiqiladi.                 

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Mutalliyeva Malika Baxodirovna. (2025). BOSHLANG’ICH SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH. Журнал универсальных научных исследований, 3(4), 453–455. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/83871
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda xorijiy tillarni o’rgatishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. CLIL metodi, rolli o‘yinlar, juftlik va guruhli ish hamda o’yinlashtirish metodlarini ta’lim jarayonida qanday natijalar berishi ko‘rib chiqiladi.                 


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

453

BOSHLANG’ICH SINFLARDA XORIJIY TILLARNI O’RGATISHDA

INNOVATSION TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH.

Mutalliyeva Malika Baxodirovna

Namangan Davlat Unversiteti

2-bosqich doktoranti

malikamutalliyeva89@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda xorijiy tillarni o’rgatishda

qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va metodlarning samaradorligi tahlil
qilinadi. CLIL metodi, rolli o‘yinlar, juftlik va guruhli ish hamda o’yinlashtirish
metodlarini ta’lim jarayonida qanday natijalar berishi ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

boshlang’ich ta’lim, xorijiy tillarni o‘rgatish, innovatsion

texnologiyalar, interfaol metodlar,CLIL va o’yinlashtirish(gamefication)metodi .

Аннотация:

В данной статье анализируется эффективность инновационных

технологий и методов, используемых при обучении иностранным языкам в
начальных классах. В частности, рассматривается влияние таких методик, как
метод CLIL, ролевые игры, парная и групповая работа, а также геймификация, на
образовательный процесс и его результаты.

Ключевые слова

: начальное образование, изучение иностранных языков,

инновационные технологии, интерактивные методы, CLIL, геймификация.

Annotation:

This article analyzes the effectiveness of innovative technologies and

methods used in teaching foreign languages in primary school. In particular, it
examines the impact of methods such as the CLIL approach, role-playing games, pair
and group work, and gamification on the learning process and its outcomes.

Keywords:

primary education, foreign language learning, innovative technologies,

interactive methods, CLIL, gamification.


Hozirgi zamon ta’lim tizimi doimiy rivojlanishda bo’lib, bu tizimning asosiy
o’zagini boshlang’ich ta’lim tashkil etadi. Boshlang’ich ta’lim yoshi(6-10 yosh)
bolaning intellektual, ijtimoiy va jismoniy rivojlanishi uchun asosiy bosqich sanaladi.
Bu bosqichda ular yangi bilimlarni o’zlashtirib, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantiradilar hamda, ijtimoiy muhitga moslashishga o’rganadilar. Bolalarning
jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishi va bilim olishi yuzasidan bir qator olimlarning
bergan nazariyalarni ko’rib chiqamiz. Jean Piaget nazariyasiga ko’ra, boshlang’ich
maktab yoshidagi bolalar mantiqiy fikrlashni boshlaydilar, lekin abstrakt
tushunchalarni tushunishda qiyinchilik sezadilar. Lev Vygotskiyning ijtimoiy-madaniy
rivojlanish nazariyasiga ko’ra, bolalar bilimlarni atrofdagi insonlar bilan o’zaro aloqa
qilish orqali o’zlashtiradilar. Maria Montessorning ta’kidlashicha, boshlang’ich
yoshidagi bolalar harakat orqali yaxshiroq o’rganadilar.Quyida berilgan nazariyalarni


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

454

umumlashtirib, boshlang’ich ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish muloqot, tajriba
va harakat orqali samarali kechadi deb hisoblaymiz. Boshlang’ich sinflarda xorijiy
tillarni o’rgatish bolalarning kelajakda global muloqatga tayyorlanishi va turli
madaniyatlarni yaxshiroq tushunishiga ko’maklashadi. O’zbekiston Respublikasida
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Xorijiy tillarni o’rganishni
ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora tadbirlari
to’g’risida “ 2021- yil 19-maydagi PQ-5117 son qarorini qabul qilinishi sohani
rivojlanishiga turtki bo'ldi[1]. Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish bo’yicha
tashkiliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi va qator istiqbolli rejalar tuzildi. Jahonga yuz
tutgan ilg’or davlatlarning asosiy talabi bir nechta tilda erkin muloqat qila oladigan,
kompyuter texnologiyalaridan xabardor va innovatsion g’oyalarga ega bo’gan
kadrlardir. Respublikamizda xorijiy tillarni o’qitishda an'anaviy yoki ancha eskirgan
dasturlardan voz kechgan holda ularni o’rnini bosa oladigan dunyoning yetakchi
davlatlari tajribalariga tayangan holda ishlab chiqilgan yangi dasturlar, samarali
metodlar va usullardan oqilona foydalanish lozim. Quyida zamonaviy pedagoglar
foydalanishi mumkin bo’lgan ilg’or texnologiyalar va metodlar bayon etiladi.
Interfaol metodlar. Interfaol o’qitish o’quvchilarning faollikka undaydi va ularning
xorijiy til muhitiga kirishiga yordam beradi. Ushbu metodlar orqali bolalar o’z
fikrlarini erkin ifoda etish, so’z boyligini oshirish va amaliy til bilimlarini
mustahkamlash imkoniga ega bo’ladilar[2;184].Interfaol metodlardan eng keng
qo’llanadigani bu

CLIL

(Content and Language Integrated Learning) metodi

hisoblanadi. Bu metod 1990 yillarda David Marsh va Dokoyle tomonidan fanga olib
kirildi. Marsh til va fanlarni integratsiyalash orqali ta'lim samaradorligini oshirish
mumkin deya ta'kidlagan[3;171]. Bu metod o’quvchilarga Ingliz tilini boshqa fanlar
bilan hamkorlikda o’rganishlariga yordam beradi. Masalan, Matematika va
tabiatshunoslik darslari ingliz tilida olib borilishi mumkin. Marsh ushbu metod orqali
tilni tabiiy muhitda o’ganish samarali bo'ladi deya ta'kidlaydi.

Rolli o’yinlar.

Ushbu metod o’quvchilarning ingliz tilida muloqat qilish

ko’nikmalarini rivojlantirish uchun juda samaralidir. Masalan “Sotuvchi va xaridor"
yoki “Doktor va bemor” mavzularida rolli o’yinlarni tashkil qilish orqali bolalar
amaliy nutq ko’nikmalarini shakllantiradilar[4;122].

“Aqliy hujum” (Brainstorm

).Yangi mavzuni tushuntirish yoki muhokama qilish

jarayonida o’quvchilardan erkin fikr bildirish so’raladi. Bu esa ularning ijodiy fikrlash
qobilyatini rivojlantirishga yordam beradi. Aqliy hujum metodini ishlab chiqqan Alex
Osborn o’z asarlarida “Tanqidni kechiktirish tamoyilini ilgari surdi”. U hech bir fikrni
darxol rad etmaslik kerak, avval barcha g’oyalar yig’lishi lozim degan g’oyani
ta’kidlagan [5;98]. Shu bilan birgalikda bu metod bo’yicha De Bona Terranse kabi
tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib borganlar.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

455

Juftlik va guruhli ish (Pair and Group Work

) metodi. Bu metod orqali o’quvchilar

o’zaro hamkorlikda muammolarni hal qilish va muloqat qilish ko’nikmalarini
oshiradilar Boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’qitishda juftlik va guruhli ish
metodlaridan foydalanish ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun muhimdir.
Ushbu metodlar o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi va tilni o’rganish
jarayonida ko’proq muloqat qilish imkoniyatini yaratadi.
Tilshunos Nunan juftlik va guruhlik ishlash o’quvchilarning faolligini oshirish,
tabiiy muloqat muhitini yaratish va o’zaro ta’lim berish imkoniyatini kengaytirish
uchun samarali usul ekanligini ta'kidlagan[6;210].

O’yinlashtirish (Gamefication

)

metodi – ta’lim jarayoniga o’yin elementlarini qo’shish orqali uni yanada jozibador va
samarali qilish usulidir. Oddiy dars jarayoni ba’zan ayniqsa yosh o’rganuvchilar uchun
zerikarli bo’lishi mumkin, biroq darsga o’yin elementlari qo’shilganda esa o’quvchilar
o’rganish jarayonini o’yin sifatida qabul qilishadi. Shvetsariyalik psixolog Piaget
o’yinlarning kognitiv rivojlanishidagi o’rnini tadqiq qilgan. U o’yin bollarning
dunyoni tushinish va muamolarni hal qilish ko’nikmalarini shakllantirishga yordam
beradi deb hisoblagan[7;58].

Boshlang‘ich sinflarda xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar va

interfaol metodlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. CLIL metodi, rolli
o‘yinlar, juftlik va guruhli ish, shuningdek, raqamli texnologiyalarning joriy etilishi
xorijiy til o‘rganish jarayonini osonlashtiradi va o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi.
Kelajakda ushbu metodlarni yanada rivojlantirish va ta’lim tizimiga keng joriy etish
muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1)Mirziyoyev Sh.M.”Chet tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish
chora-tadbirlari to’g’risida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori

2)Vygotsky.L.S. Mind in Society: The Development of Higher psychological Processes
Harvard University Press. 1978.-184p
3)Marsh D “Bilingual Education Content and Language Integrated Learning” Paris.
International Association for Cross – cultural communication. 1994.-171p
4) Wright.A and Buckby.M. Games for Language Learning. Cambridge Universite
Press.2006.-122 p
5) Osborn. A.F. “Applied Imagination: Principles and Procedures of Creatiwe Problem
– Solving” 1953.-98 p
6)Nunan. D. Language Teaching Methodology: A Textbook for Teachers. Prentice Hall
1991.-210 p
7) Piaget.J ”Play,Dreams and Imitation in childhood”.1951.-58p

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M.”Chet tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarori

Vygotsky.L.S. Mind in Society: The Development of Higher psychological Processes Harvard University Press. 1978.-184p

Marsh D “Bilingual Education Content and Language Integrated Learning” Paris. International Association for Cross – cultural communication. 1994.-171p

Wright.A and Buckby.M. Games for Language Learning. Cambridge Universite Press.2006.-122 p

Osborn. A.F. “Applied Imagination: Principles and Procedures of Creatiwe Problem – Solving” 1953.-98 p

Nunan. D. Language Teaching Methodology: A Textbook for Teachers. Prentice Hall 1991.-210 p

Piaget.J ”Play,Dreams and Imitation in childhood”.1951.-58p