AXBOROT TA’LIM MUHITIDA XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNING IJTIMOIY ZARURATI

Annotasiya

Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ularning metodik aspektlari haqida qisqacha bayon qiladi. Ingliz tilini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish bugungi kun ta’lim dasturining zalvorli qismiga aylanib ulgurdi. Buning yutuqli tomoni esa ta’lim beruvchining ham, ta’lim oluvchining ham qisqa muddatda natijali bilim egallashidir. Shu bois, ushbu maqolada samara beradigan yondashuvlarga va ularning metodik aspektlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://zenodo.org/records/15312749
CC BY f
433-436
15

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Fayziyeva Maftuna Kamolovna. (2025). AXBOROT TA’LIM MUHITIDA XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHNING IJTIMOIY ZARURATI. Universal Science Research Jurnali, 3(4), 433–436. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/83858
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ularning metodik aspektlari haqida qisqacha bayon qiladi. Ingliz tilini zamonaviy yondashuvlar asosida o‘qitish bugungi kun ta’lim dasturining zalvorli qismiga aylanib ulgurdi. Buning yutuqli tomoni esa ta’lim beruvchining ham, ta’lim oluvchining ham qisqa muddatda natijali bilim egallashidir. Shu bois, ushbu maqolada samara beradigan yondashuvlarga va ularning metodik aspektlariga alohida e’tibor qaratilgan.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

433

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INGLIZ TILINI

O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ULARNING

METODIK ASPEKTLARI (8-9-SINF INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI

MISOLIDA)

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti

mustaqil izlanuvchisi Fayziyeva Maftuna Kamolovna

+998900544200

mfayziyeva33@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqola umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf

o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va ularning metodik
aspektlari haqida qisqacha bayon qiladi. Ingliz tilini zamonaviy yondashuvlar asosida
o‘qitish bugungi kun ta’lim dasturining zalvorli qismiga aylanib ulgurdi. Buning
yutuqli tomoni esa ta’lim beruvchining ham, ta’lim oluvchining ham qisqa muddatda
natijali bilim egallashidir. Shu bois, ushbu maqolada samara beradigan yondashuvlarga
va ularning metodik aspektlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim-tarbiya, ingliz tili, o‘qituvchi, optimal, umumiy o‘rta ta’lim,

modernizatsiya, ko‘nikma, tizim, metodik, didaktik, kasbiy imidj, ta’lim paradigmasi,
component, pedagog

Аннотация.

В данной статье кратко изложены современные подходы к

обучению английскому языку старшеклассников общеобразовательных школ и
их методические аспекты. Обучение английскому языку на основе современных
подходов стало неотъемлемой частью сегодняшней образовательной программы.
И выигрышной стороной этого является то, что и педагог, и получатель
образования получают эффективные знания в краткосрочной перспективе.
Поэтому в данной статье особое внимание уделяется подходам, которые дают
эффект, и их методологическим аспектам.

Ключевые слова

: образование, английский язык, учитель, общее среднее

образование, модернизация, навыки, методика, дидактика, профессиональный
имидж, образовательная парадигма, компонент, педагог

Annotation

. This article summarizes modern approaches to teaching English and their

methodological aspects to high-class students in comprehensive schools. English
language teaching based on modern approaches has become an integral part of
nowaday's educational program. And the winning side of this is that both the teacher
and the recipient of education receive effective knowledge in the short term. Therefore,
this article focuses on effective approaches and their methodological aspects.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

434

Keywords:

education, English, teacher, optimal, general, secondary and

comprehensive education, modernization, skills, methodology, systematic, didactics,
professional image, educational paradigm, component, teacher

Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 10 mingdan ziyod umumta’lim maktablarida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6 apreldagi “Umumiy
o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi 187-son qarorlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan keng qamrovli
islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi davr statistikasiga ko‘ra, Respublikamizning 9963 nafar umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining birgina 8-9-sinflarida 3378671 ta o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularga 1002
nafar o‘qituvchi ingliz tilidan dars berishadi. Ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirish,
uni ijodiy tashkil etish, ta’lim mazmunini modernizatsiyalash va integratsiyalash
masalalari bugungi kunda juda dolzarb va asosiy masalalar sirasiga kiradi. Ayni shu
sababdan, ta’lim-tarbiya jarayonida barkamol insonni shakllantirish, uning mahsuli
orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, ishchan, g‘oyaviy e’tiqodli,
ma’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kamol toptirish joiz.

Su maqsadda ya’ni, ta’lim tizimini modernizatsiyalash hamda rivojlangan mamlakatlar
ta’lim standartlari talablariga har tomonlama javob beradigan raqobatbardosh, kreativ
fikrlovchi mutaxassiskadrlarni tayyorlashga qaratilgan o‘qitish jarayonini
takomillashtirish zarurati yuzasidan ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
ixtisosligida ta’lim muassasalarida ingliz tilidan dars berayotgan o‘qituvchilarning
ta’lim jarayonlarini ham didaktik ham metodik jihatdan loyihalash ko‘nikmalariga ega
bo‘lishi talab etilmoqda. Ularning bilim, ko‘nikma, malaka egallashlarini
takomillashtirish, intellektual va deentologik kamolotini rivojlantirish, ta’lim sifatini
oshirish, uni pedagogizatsiyalash, o‘quv predmetlariga sog‘lomlashtiruvchi
texnologiyalarni joriy etish, uzviyligi va uzluksizligi, rivojlantiruvchi va
ijtimoiylashtiruvchi maqsadlarini ta’minlash, mutaxassislarni, shu jumladan, umumiy
o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining kasbiy imijini rivojlantirish vazifalari ham
qo‘yilmoqda.

Hozirgi kunda mutaxassislar kasbiy faoliyatlarini hayotiy muvaffaqiyatga erishish
uchun shaxsiy shakllanishning asosi deb tushunib, pedagogik qo‘llab-quvvatlanishga
ehtiyojlari mavjudligini tan olishmoqda. Shu jihatdan zamonaviy o‘qituvchi o‘z
kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafakat sohaga oid kompenetsiyalarni, balki
o‘qituvchi imijini egallashi, ta’lim texnologiyalari asosida shaxslarning ruhiy holatiga
ta’sir ko‘rsatishni ham yaxshi bilishi kerak bo‘ladi.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

435

Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ta’lim subyektlarining iste’dodi va
iqtidorini namoyon etishlariga shart-sharoit yaratish, kreativ fikrli shaxslarning
yutuqlarini kengaytirishga yo‘l ochadi.
Zamonaviy ta’lim paradigmasida kadrlarning, shu jumladan ingliz tili
o‘qituvchilarining kommunikativ qobiliyatlari, so‘zlashuv madaniyatini rivojlantirish,
ularda kirishimlilik, empatiyaga moyillik kabi sifatlarni tarkib toptirish ham muhim
ahamiyat kasb etadi va mutaxasisslarning kasbiy faoliyatida tayanch komponentlardan
bo‘lib hisoblanadi.

Har qanday mutaxassisning, shu jumladan ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy
kompetensiyasi o‘z ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, muloqotga kirishuvchanlik,
shirinsuxanlik, to‘g‘ri muomala qila bilish, tahsil oluvchilar qalbiga yo‘l topib, ularga
yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabat
o‘rnata bilishdir.

Ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish va ularning mamlakatda
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash masalalari
ham e’tirof etilmoqda Shu bilan birga ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga,
respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ijtimoiy va iqtisodiy
sohalardagi yangilanishlarda ushbu muassasalarning faol ishtirokini ta’minlashga
to‘siq bo‘layotgan bir qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan:
birinchidan, ‘qituvchilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik ko‘nikmasini o‘qitish
metodikasi nuqtai nazaridan baholashning zamonaviy tizimi mavjud emasligi ta’lim va
tarbiya sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
ikkinchidan, ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotganlar
bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti;
uchinchidan, ingliz tilini o‘qitishda qator muammolar saqlanib qolmoqda, xususan,
ta'lim oluvchilarga ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy metodikalardan foydalanish, nutq
ko‘nikmalarini o‘stirishda amaliy fonetik, reduksiyalangan o‘qitish tizimini joriy
qilishdagi

sustkashlik,

interferensiyani

bartaraf

etish

metodikalarining

takomillashuviga bo‘lgan ehtiyoj mavjudligi;
to‘rtinchidan, respublikamizning umumiy o‘rta ta'lim maktablarida CEFR, IELTS,
TOEFL va boshqa xalqaro til bilish darajalarini bildiruvchi sertifikatlarga egalik
qiluvchi o‘qituvchilarning dars berish holatini monitoring qilishni keng jamoatchilikka
yetkazish yo‘lga qo‘yilmagan;
beshinchidan, ta’lim muassasalari innovatsion va texnologik g‘oyalar bilan fikr
almashadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegishli sohalarda mavjud muammo
va kamchiliklarni tizimli o‘rganish, tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha taklif
kiritish borasida o‘qituvchilar tashabbus ko‘rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlar
yaratilmagan.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

436

Ushbu ta’kidlangan muammolarga bog‘liq ravishda ta’lim muassasalarida o‘quv-
tarbiyaviy jarayoni xizmatlarini tashkil etish o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati sifati
bilan uzviy bog‘liqdir.
Ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar:

kompetensiyaviy yondashuv, faoliyat

mazmunini belgilash yondashuvi, faoliyatga refleksiv baho berish yondashuvlaridan

foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, ta’lim mazmuni, o‘qitish metodlari, shakli, o‘quv
jarayonini, kadrlar tarkibi va salohiyati kabilar muhim ahamiyat kasb etganligi kabi,
pedagogning o‘z kasbiy va jtimoiy, bilimlarini rivojlantirishi bilan bog‘liq ehtiyojlari
va intilishlarini o‘rganishi ham ta’lim sifati va o‘quv faoliyatining turli yo‘nalishlarini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar yig‘indisi hisoblanadi. Demak, bugungi kunda ta’lim
muassasalarida ingliz tilidan saboq berayotgan o‘qituvchilar o‘z ish faoliyatini to‘g‘ri
tashkil etishlari uchun yuqorida qayd etilgan ta’limiy maqsadlarni optimal tanlashga
o‘rganishlari, o‘quv maqsadlarini loyihalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari talab
etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1 Эмомов Исматулло Боронович. Воспитание гражданственности на уроках
иностранного (английского) языка в общеобразовательной школе: на материалах
Республики Таджикистан: диссертация ... кандидата педагогических наук:
13.00.01 / Эмомов Исматулло Боронович; [Место защиты: Науч.-исслед. ин-т
пед. наук Акад. пед. наук Респ. Таджикистан]. - Душанбе, 2010. - 169 с.: ил. РГБ
ОД, 61 10-13/1111
2. О.П.Жиянов “Педагогик таълим мақсади, мазмуни ва тамойиллари“ (2002)
3. “Modern approaches in educational planning” Webster. Maureen M.1970
4. Яковлева, Н.О. Педагогическое проектирование инновационных систем
[Текст]: дис. ... д-ра пед. наук / Н.О. Яковлева. - Челябинск, 2003. - 355 с.;
Яковлева,

Н.О. Теоретико-методологические

основы

педагогического

проектирования [Текст]: монография / Н.О. Яковлева. - М.: Информационно-
издательский центр АТиСО, 2002. - 239с.
5. Lex.uz sayti: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 - yillarga
mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida”gi PF-60-son
Farmoni;

Bibliografik manbalar

Эмомов Исматулло Боронович. Воспитание гражданственности на уроках иностранного (английского) языка в общеобразовательной школе: на материалах Республики Таджикистан: диссертация ... кандидата педагогических наук: 13.00.01 / Эмомов Исматулло Боронович; [Место защиты: Науч.-исслед. ин-т пед. наук Акад. пед. наук Респ. Таджикистан]. - Душанбе, 2010. - 169 с.: ил. РГБ ОД, 61 10-13/1111

О.П.Жиянов “Педагогик таълим мақсади, мазмуни ва тамойиллари“ (2002)

“Modern approaches in educational planning” Webster. Maureen M.1970

Яковлева, Н.О. Педагогическое проектирование инновационных систем [Текст]: дис. ... д-ра пед. наук / Н.О. Яковлева. - Челябинск, 2003. - 355 с.; Яковлева, Н.О. Теоретико-методологические основы педагогического проектирования [Текст]: монография / Н.О. Яковлева. - М.: Информационно-издательский центр АТиСО, 2002. - 239с.

Lex.uz sayti: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni;