O‘zbekiston ta’lim tizimidagi innovatsiyalar

Annotasiya

 Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’limning ahamiyati
va undagi o‘zgarishlar, shuningdek ta’lim tizimidagi islohotlar haqida so‘z yuritiladi.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://zenodo.org/records/15305959
CC BY f
408-410
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Abdulxayeva Malika Maratovna, & Obitova Jasmina Jo‘rabekovna. (2025). O‘zbekiston ta’lim tizimidagi innovatsiyalar. Universal Science Research Jurnali, 3(4), 408–410. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/83846
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

 Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’limning ahamiyati
va undagi o‘zgarishlar, shuningdek ta’lim tizimidagi islohotlar haqida so‘z yuritiladi.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

408

O‘zbekiston ta’lim tizimidagi innovatsiyalar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Ingliz tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Abdulxayeva Malika Maratovna

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Xorijiy filologiya va tillarni o‘qitish ingliz tili yo‘nalishi 1-kurs talabasi

Obitova Jasmina Jo‘rabekovna

Annotatsiya

Ushbu maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’limning ahamiyati

va undagi o‘zgarishlar, shuningdek ta’lim tizimidagi islohotlar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, elektron ta’lim, MOOC, AI, “Yosh pedagog” dasturi.

Инновации в системе образования Узбекистана

Аннотация

В данной статье говорится о важности образования и изменениях

в Узбекистане, а также реформах в системе образования.

Ключевые слова: система образование, электронный обучение, MOOC,

искусственный интеллект,” молодой педагог” программа.

Innovations in the education system in Uzbekistan

Annotation

This article refers the importance of education and its changes in modern

Uzbekistan, as well as reforms in the education system.

Key words: system education, electronic education, MOOC, artificial intellect,

the program of “young teacher”.


“Hammaga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatning qudratli,

millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” - deb bejizga
prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlamadilar. Chunki marifati jarlikka
qulayotgan millatga faqatgina ilm to‘g‘ri yo‘l bo‘la oladi. Ertangi kunimiz, yurtning
yorug‘ ravnaqi istiqboli uchun ta’lim tizimi va yoshlarga berilayotgan tarbiya
bir-biriga chambarchas bog‘liq. Zamonaviy hayotni bugun ilm-marifat
va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Buning isboti sifatida jahonning
yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish asosiy vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz
emas. Sababi, mamlakatning kelajakdagi ravnaqi aynan yoshlar qo‘lida va faqatgina
bilimli yoshlar o‘z bilimlari orqali yurtga manfaat keltiradilar. O‘zbekistondagi ta’lim
tizimi so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘zgargan va innovatsiyalar bilan boyitilib,


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

409

yoshlar uchun zarur sharoitlar yaratilib berilmoqda. Ta’lim tizimida yangi
yondashuvlar,

raqamli

texnologiyalar

va zamonaviy pedagogik metodikalar kiritilishi o‘quvchilarning sifatli bilim olishiga
va ta’lim tizimining global miqyosda raqobatbardosh bo‘lishiga imkon yaratmoqda.

O‘zbekistonda ta’lim tizimi ko‘plab islohotlarga duch kelmoqda. 2017-yilda

prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’lim tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan
farmoni ta’lim sohasida jadal va sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.
Shu va shu kabi farmonlar ta’limni sifatli, adolatli va raqamli texnologiyalarga
asoslangan tarzda takomillashtirishga yo‘naltirilgan edi. Yurtimizda maktab ta’limi,
shuningdek, oliy ta’lim va kasb-hunar ta’limiga e’tibor kuchaytirilib, zamonaviy
talablar asosida yangi o‘quv dasturlarini va o‘quv metodikalarini joriy etilishi ta’lim
sifatining yaxshilanayotganidan ham darak beradi.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim

sifatini oshirishga katta hissa qo‘shdi. Maktablarda interaktiv ta’lim platformalari,
smart ta’lim vositalari va onlayn kurslar keng tarqalmoqda. Bu islohotlarga misol qilib
“Elektron ta’lim” tizimining joriy etilishi orqali o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida
interaktiv aloqalarni o‘rnatishga sabab bo‘la oldi. Shuningdek, “Maktab” elektron
tizimi orqali o‘quvchilar o‘z bilimlarini baholash, dars jadvalini kuzatish
va o‘quvchilar bilan aloqada bo‘lishga erishildi. Bunday islohotlar orasida bugungi
yoshlar orasida tanilib ulgurgan onlayn ta’lim platformalari, “Ziyonet”
va “O‘qituvchi.uz” kabi resusrlar, o‘quvchilarga darslarni masofadan turib ta’lim olish
imkonini ham yarata oldi. Bu tashabbus esa chekka hududlarda yashaydigan ilmga
chanqoq o‘quvchi yoshlar uchun katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, oliy ta’lim
muassasalarida MOOC (Massive Open Online Course) formatidagi kurslar, yoshlar
uchun xalqaro platformalarga ulanish imkoniyatini yarata oldi. Ta’lim sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar
tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun poydevor vazifasini
bajarib beradi. Ushbu Konsepsiya intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh
kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda
xalqaro hamkorlikni mustahkamlash sifatida fan, ta’lim va ishlab chiqarish
integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar bugun yurtimiz ravnaqini yanada
oshirish uchun xizmat qilmoqda. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini
kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim
platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ilmiy tadqiqotlar
natijalarini

shakillantirish

va

tijorat

darajasiga

ko‘tarish

va xalqaro e’tiroflarga erishish bugungi kunda ta’limning asosiy prinsipga aylanib
ulgurdi.


background image

"ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK VA TARJIMASHUNOSLIKNING DOLZARB MUAMMOLARI"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

410

O‘zbekistonda ta’lim metodikalari ham sezilarli darajada rivojlanganligini

ta’lim sohasidagi yutuqlardan ham sezish mumkin. Bunga misol tariqasida aktiv ta’lim
metodlarini ya’ni (problem-based learning, inquiry-based learning, cooperative
learning) keng qo‘llanilmoqda. Bu metodlar o‘quvchilarga nafaqat bilim olishni, balki,
bilimlarini tahlil qilish va yanada izlanishlari bilan ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yordam beradi. O‘zbekistonning ta’lim tizimini rivojlantirish va bilimli
yoshlarni yaratish uchun malakali o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun
ham o‘qituvchilarni tayyorlash va ularning bilimlarini oshirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Hozirda ko‘plab o‘qituvchilar uchun innovatsion metodlarni o‘rganish
va yangi pedagogik yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha treninglar, suhbatlar va
seminarlar tashkil etilmoqda. Ta’lim sifatini oshirish uchun O‘zbekistonning ta’lim
markazlari, shu jumladan, o‘qituvchilarni malakasini oshirish markazi va Pedagogik
institutlar o‘qituvchilarni yangi metodlar va metodologiyalar bilan tanishtirishni
davom

ettirmoqda.

Shu

jumladan,

“Yosh pedagog” dasturi orqali yosh o‘qituvchilarni malakali kadrlar sifatida tayyorlash
ham dolzarb masala bo‘lib bormoqda. O‘qituvchilarni xalqaro malaka oshirish
kurslarida qatnashish imkoniyatlari kengaymoqda ya’ni professor-o‘qituvchilarning
xorijda oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishini ta’minlovchi
tizim yaratildi. Bu jarayonlar o‘qituvchilarning ta’limga bo‘lgan yondashuvlarini
yangilash va o‘z bilimlarini doimiy ravishda oshirib borishga yordam beradi.
Innovatsion dasturlar orqali yurtimizda “Ustoz- shogird” dasturi, xorijiy universitetlar
bilan hamkorlikdagi ta’lim dasturlar ham albatta yaxshi va sifatli ta’lim uchungina
xizmat qiladi. O‘qituvchilarning 70% dan ortig‘i yangi pedagogik texnologiyalar
bo‘yicha qayta tayyorgarlikdan o‘tmoqdalar. Sun’iy intellekt va robotlashtirish
yurtimiz ta’lim tizimiga o‘z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. Sun’iy intellekt (AI) va
robototexnika ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda muhim rol o‘ynaydi. Bu bilan
esa, ta’lim sharoitini yaxshilash kreativ, iqtidorli yoshlarni robototexnika bilan ham
shug‘ullana olishlariga zamin yaratadi. Demak, xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerak-
ki, ta’lim tizimidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy
ahamiyati bilan boshqa sohalardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi
islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish faqatgina yurt uchun ya’ni
O‘zbekiston taraqqiyoti uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi rasmiy hisobotlari. 2024.
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi ma’lumotlari. 2024.
3. Jahon Banki hisobotlari. 2024.
4. UNESCO. “Global Education Monitoring Report.” 2024.
5. Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti ilmiy markaziy tadqiqotlari.

2024.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim Vazirligi rasmiy hisobotlari. 2024.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi ma’lumotlari. 2024.

Jahon Banki hisobotlari. 2024.

UNESCO. “Global Education Monitoring Report.” 2024.

Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti ilmiy markaziy tadqiqotlari. 2024.