O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASI: MUHIM O’ZGARISHLAR VA RIVOJLANISHLAR

Аннотация

ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun tavsiyalar bayon etilgan.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15289125
CC BY f
218-222
26

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Sobirova Lobar Raximovna. (2025). O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASI: MUHIM O’ZGARISHLAR VA RIVOJLANISHLAR. Журнал универсальных научных исследований, 3(4), 218–222. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/81681
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun tavsiyalar bayon etilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

218

O’SMIRLAR PSIXOLOGIYASI: MUHIM O’ZGARISHLAR VA

RIVOJLANISHLAR

Sobirova Lobar Raximovna

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

“Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi o’qituvchisi

Annotatsiya:

ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalar organizmida kevhadigan

jarayonlar, xususiyatlar, ijtimoiy-psixologik o’zgarishlari va hamda ota-onalar uchun
tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

o’smirlik, o’spirinlik, psixologik, ijtimoiy, kognitiv rivojlanish, noverbal

aloqa, ijtimoiy media, inqiroz, balog’at, kechinmalar, psixologik tuzilmalar

O'smirlik davri - bu muhim o'zgarishlar va rivojlanish davri. O’smirik yillari – ota-
onalar uchun ham, bolalar uchun ham murakkab davr. Bu yoshda farzandllar ham o’z
fikrini to’g’ri deb hisoblashadi. Ota-onalar ham kichkintoy deb hisoblab yurgan
bolasining endi o’z fikrlari, o’z qarashlari, o’z qadriyatlarini bayon qilishlarini qabul
qilishlari qiyin bo’ladi. O’tish davri yoki o’smirlik bu – bolaning katta insonga
aylanishining uzoq va qiyin bosqichi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti o’smirlarni 10
yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan bolalar va yoshlar deb belgilaydi. Bu davrda inson nafaqat
jismonan, balki psixologik jihatdan ham o’sadi.

O’spirinlik davri- bu shaxsning qaramlik darajasini shakllantirishi mumkin bo’lgan
davr bo’lib, turli madaniy nuqtayi nazarlarga ko’ra turli yo’llar bilan belgilanishi mumkin.
Shaxsiy tajriba insonning madaniy me’yorlari yoki urf odatlari bilan belgilanadi,
yoshlarning qaramlik darajasi esa oilasiga hissiy va iqtisodiy jihatdan qanchalik
tayanishini anglatadi. Bu davrda o’smirda turli psixologik o’zgarishlar bo’ladi.

O'smirlar rivojlanishining asosiy xususiyatlari

-

Jismoniy Rivojlanish


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

219

O'smirlik davri - bu tez sur'atlar bilan jismoniy o'sish davri. Balandlik va vaznning keskin
o'sishi kuzatiladi.

-

Kognitiv Rivojlanish

O'smirlar abstrakt fikrlash, muammolarni hal qilish va mulohaza yuritish qobiliyatlarini
rivojlantiradi.

-

Ijtimoiy-Emotsional Rivojlanish

Shaxsning o'z-o'zini anglashi, ijtimoiy munosabatlar va o'ziga xos qadriyatlar shakllanadi.

O'smirlik davrida shaxsning ijtimoiy-psixologik o'zgarishlari

1.

Mustaqillikka intilish O'smirlar o'zlarining mustaqilligini va o'ziga xosligini
namoyon qilishni istaydi.

2.

O'ziga xos qadriyatlarni shakllantirish Ular o'zlarining qadriyatlari va e'tiqodlarini
shakllantiradi, ularni oila va jamiyatdan farqlash mumkin.

3.

Ijtimoiy aloqalar O'smirlar o'z tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarni muhim deb
hisoblaydi va guruhlarga qo'shiladilar.

O'smirlik davrida o'z-o'zini anglashning o'zgarishi

1.

Kimman ? Ular o'zlarini kim deb hisoblaydi? Qiziqishlar, qobiliyatlar va
e'tiqodlarni aniqlash.

2.

Nima? Ular nimaga qiziqishadi? O'ziga xos qiziqishlar, hobbi va martaba tanlovlari

3.

Qayerda? Ular o'zlarini qayerga tegishli deb hisoblaydi? Jamiyatdagi o'rni va
guruhlar.

4.

Qanday? Ular qanday odam bo'lishni istaydi? Shaxsning qadriyatlari va maqsadlari.

O'smirlik davrida kommunikativ xususiyatlar, quyidagilar:

Til

O'smirlar o'zlarining tengdoshlari bilan muloqot qilish uchun o'ziga xos til va
slenglardan foydalanadilar.

Ijtimoiy Media


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

220

Ular ijtimoiy media orqali muloqot qilish, g'oyalarni almashish va o'zlarini ifoda
etish uchun keng imkoniyatlarga ega.

Noverbal Aloqa

O'smirlar his-tuyg'ularini ifoda etishda tanadagi imo-ishora

va yuz ifodalari muhim rol o'ynaydi.

Psixolog L.S.Vigotskiy o’smir yoshi psixologiyasini,,psixik rivojlanishdagi

inqiroz’’ deb nomlagan. O’smirlik davridagi inqiroz-o’smir kechinmalari, uning
strukturasi, mazmunining qat’iy o’zgarishi, buzilishidir. U 13 yoshni inqirozni
sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keying davrlar ota-onalar va
o’qituvchilar tomonidan subektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik
tuzilmalar shakllanadi.

Maktabda o’qitiladigan fanlar o’smir uchun taxminlarni yuzaga keltirish yoki
tekshirish uchun sharoit bo’lib xizmat qiladi. J. Piajening ta’kidlashicha “Ijtimoiy hayot
uch narsaning ta’siri –til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi. Bu borada
o’zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o’z-o’zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini
yaratadi.

O’smir farzand tarbiya qilayotgan yoki bo’lajak ota-onalar uchun tavsiyalar:

-

Bunday davrda o’smir bilan qanday muoloqot qilish kerak

Balog’at davrini hech kim chetlab o’tolmaydi. Farzandlaringiz ulg’aymoqda, sizdan
uzoqlashmoqda va bu normal holat. O’smirning o’zini topishi va mustaqil bo’lishiga
urunishlarini rag’batlantirib, uni asta sekin qo’yib yuborishga tayyor bo’ling.

-

Bu yoshdagi o’zingizni eslang

Albatta, siz ham farishta bo’lmagansiz, siz ham ota-onangizni asablarini buzgansiz. Agar
o’zingizni o’smirdek his qilsangiz, gormonlar va tengdoshlarining fikri bilan
boshqariladigan bolangiz bilan gaplashish osonroq bo’ladi.

-

Farzandlaringizning sevimli mashg’ulotlarini qo’llab quvvatlang


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

221

Agar farzandingiz o’zini qiziqtirgan narsa haqida siz bilan gaplashishga tayyor bo’lsa
ajoyib. Bu shuni anglatadiki, gormonal bo’ronlarga qaramay, orangizdagi aloqa saqlanib
qolgan. Bunday paytda uning tanlovi va samimiy qiziqishiga hurmat ko’rsatish kifoya.

-

Unga yangi tanasi bilan kelishishiga yordam bering

O’smirlar uchun juda tez o’zgarib turadigan yangi tanasi bilan kurashish oson emas. Hech
qachon uning tashqi ko’rinishini tanqid qilmang. Aksincha, unga o’zining yangi shaxsini
qabul qilishiga va sevishiga yordam bering. Uning o’z-o’zini qadrlashini qo’llab-
quvvatlang, boshqa odamlar bilan solishtirmang. Sportga rag’batlantiring, birga stadionga
yoki sport zaliga olib boring.

-

Savollar va maslahatlar bilan bosim o’tkazmang

O’smirlar ko’pincha haddan tashqari g’amxo’rlik,maslahatlar va so’roqlarga o’xshash
suhbatlardan

jahli

chiqadi.

Agar

bola

istaklarsiz

javob

bersa,

taktikani

o’zgartiring.Kamroq gapiring, ko’proq tinglang va unga gapirish imkoniyatini bering. U
bilan kattalar kabi suhbat quring.

-

Xato qilishiga ruxsat bering

Farzandingizni qattiq nazorat ostida ushlamang, uning uchun hamma narsani hal qilishni
to’xtating. Siz maslahat berishingiz, noto’g’ri qadamning mumkin bo’lgan oqibatlari
haqida gapirishingiz mumkin, lekin o’smirga muommoga duch kelishiga imkon bering.
Aksariyat hollarda u bundan saboq oladi. Shunchaki uni: “Men senga aytgandim” degan
jumla bilan boshlamang

-

Ko’proq quchoqlang

O’smir qanchalik qaysar va asabiy bo’lib ko’rinmasin, u vaqti-vaqti bilan ota-onasining
mehriga muhtoj. Bag’riga bosish-g’amxo’rlik va xavfsizlik belgisi. Muhimi, uni omma
ko’z o’ngiga, tengdoshlari oldida erkalab, quchoqlamang.

-

Farzandingizni qanday bo’lsa shunday qabul qiling

Aslida bu qoida nafaqat o’smir bilan, balki har qanday odam bilan muloqot qilish uchun
qo’llaniladi. Farzandingizni o’z munosabatingiz va qarashlaringizga muvofiq qayta


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-4

222

yasashga urinmang. U qanday bo’lishidan qat’iy nazar mehr berish kerak bo’lgan alohida
odam.

Xulosa va tavsiyalar

O'smirlik davri - bu o'zgarishlar va rivojlanish davri. O'smirlarga tushunish, qo'llab-
quvvatlash va muvaffaqiyatli rivojlanish uchun zarur sharoitlarni yaratish muhimdir.
Ushbu ma'lumotlar o'smirlarning muvaffaqiyatli kelajagini shakllantirishga yordam
beradi. Ta’lim muassasalarida pedagoglar o’smirlarga ta’lim berishda quyidagilarga
e’tibor berishlari muhim:
- o’smirning darsdagi faoliyati
- maktab jamoasiga munosabati
- tengdoshlar bilan hamfikrlilikning yo’lga qo’yilganligi
- o’quv jarayonidagi o’quvchilarning qiziqish va e’htiyojlariga e’tiborli
bo’lishi
-mustaqil fikrlashlari uchun o’zlarini qiziqtirgan soha bo’yicha faoliyat olib borishlari
uchun sharoit yaratilishiga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1. Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya.- T.:TDPU, 2014 y.

2. Karimova V.M., Akramova F.A. "Psixologiya". 1-qism. Ma'ruzalar matni. -T.: TDIU,
2005. - 208 b.

3. E.G'oziev. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent. "O'qituvchi". 1990.

4. Umumiy psixologiya. A.V.Petrovskiy tahriri ostida. "O'qituvchi", T., 1992.

Библиографические ссылки

Axmedova M.T. Pedagogik konfliktologiya.- T.:TDPU, 2014 y.

Karimova V.M., Akramova F.A. "Psixologiya". 1-qism. Ma'ruzalar matni. -T.: TDIU, 2005. - 208 b.

E.G'oziev. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent. "O'qituvchi". 1990.

Umumiy psixologiya. A.V.Petrovskiy tahriri ostida. "O'qituvchi", T., 1992.