ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
42
HARBIY-PEDAGOGIK TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK OFITSERLARDA
“SOFT SKILLS” KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING O‘ZIGA XOS
JIHATLARI.
SOXIBOYEV Z.E.
dotsent, podpolkovnik, Chirchiq OTQMBYU Taktika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh
ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini rivojlantirishning o‘ziga xos
xususiyatlari, ahamiyatli tomoni, bo‘lajak ofitserlarni tayyorlashda ularning o‘rni va
roli shuningdek oliy harbiy ta’lim muassasalarda ta’lim olayotgan bo‘lajak
ofitserlarning “Soft Skills” (yumshoq) ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy
tamoyillari yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Bilim, malaka, ko‘nikma, qobiliyat, tarbiya, ta’lim, ofitser, “Soft
Skills”, xususiyat, psixologik holat, emotsiya, tahlillar.
Аннотация.
В данной статье рассмотрены особенности и значение
развития “Soft Skills” у будещих молодых офицеров в высших военных учебных
заведениях, их цель и роль в подготовке будещих офицеров, а также основные
принципы формирования, выделены “Soft Skills” будещих офицеров,
обучающихся в вузах.
Ключевые слова:
навыка, способности, знания, компетентность,
подготовка, оброзование, офицер, “Soft Skills”, черта характера, психологическое
состояние, эмоция, анализ.
Annotation.
This article discusses the features and significance of the
development of “Soft Skills” among future young officers in higher military
educational institutions, their purpose and role in the training of feature officers, as well
as the basic principles of formation, “Soft Skills” of feature officers studying at
universities are highlighted.
Keywords.
skill, ability, knowledge, swimmer competence, education,
officers, “Soft Skills”, character trait, psychological characters.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
43
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy-pedagogik ta’lim jarayonida ta’lim tizimi
shaxsni shakllantirishi va rivojlantirishi uchun, davlat standarti talablari asosida hamda
jahon ta’lim tizimi darajasida kadrlar yetishtirish uchun avvalo pedagog shaxsining har
tomonlama mukammal bo‘lishini talab qiladi.
Pedagogika fanining hozirgi zamon yutuqlariga asoslanib, davr talabiga mos
keladigan yosh bo‘lajak ofitserlarga ta’lim va tarbiya berishda ularning boshqaruvchanlik
qobiliyatlarini rivojlantirishda “Soft Skills” yumshoq ko‘nikmalarini va mahoratini
shakllanish yo‘llari va uning ayrim nazariy asoslarini yaratish juda muhimdir. Barkamol
avlodni rivojlantirish va shakllantirish vazifalarining serqirraligi va murakkabligi, ta’lim-
tarbiya nazariyasi va amaliyoti uchun o‘ta zarurligini hisobga olganda eng dolzarb
masaladir. O‘zbekiston Respublikamiz Qurolli kuchlariga har tomonlama yetuk,
mustahkam bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan o‘z bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkibni
mohirona boshqara oladigan komandirlar nihoyatda zarur.
1
Shu jihatdan oliy harbiy ta’lim
muassasalarida ta’lim-tarbiyani optimallashtirishning kasbiy ko‘nikma va malakalari
tizimi hisoblanib, asosan, yosh avlodni maqsadga muvofiq yo‘naltirish, ularning ma’naviy
e’tiqodini, dunyoqarashini, qobiliyatini ijtimoiy ehtiyoj nuqtai nazardan har tomonlama
rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat.
Ushbu maqolani dolzarbligi shundaki va undan ko‘zlangan asosiy maqsad bo‘lajak
yosh komandirlarning madaniy tafakkuri, o‘z bo‘ysunuvidagi shaxsiy tarkib bilan
muomala qila olish ko‘nikmasi, o‘z xulqini o‘zi boshqara olish qobiliyatini rivojlantirish
bo‘yicha faoliyat tizimini ishlab chiqishdan iborat
2
.
Maqolaning dolzarbligi shundaki oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh
ofitserlarda “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Tadqiqot obyekti va predmeti: va uning oldiga qo‘yilgan asosiy maqsad oliy
harbiy ta’lim muassasalarida “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirish, shakllantirish
jarayonini o‘rganish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
1
O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni 23.09.2020 y.
2
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi. 2018
-
yil 9
-
yanvar.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
44
“Soft Skills” (yumshoq)
ko‘nikmalar tushunchasi bu muomala, yetakchilik, qaror qabul
qilish va boshqa ko‘nikmalar ofitser faoliyatida muhim jihatlar hisoblanadi.
3
Oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lajak yosh
ofitserlarda “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishning
o‘ziga xos xususiyatlari shundaki bugungi kunda
qo‘mondonlik va yetakchilikning zamonaviy talablari
asosida harbiy faoliyatda rahbarlar, boshliqlar, komandirlar
nafaqat qo‘mondonlik qiladi yoki boshqaradi balki jamoani
birlashtirish, rag‘batlantirish va o‘zgaruvchan sharoitlarda
tezkor qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalarga ham ega bo‘lishi kerak.
“Soft Skills” ko‘nikmalarga ega bo‘lgan rahbar, boshliq o‘z qo‘l ostidagilar bilan
samarali muloqot qilib, ularning ishchanligini oshirish mumkin. Shu asosda bir qator
ko‘nikmalarni shakllantirish joiz.
Kuchli muloqot ko‘nikmalari
- Globallashuv davom etayotgan va xalqaro
munosabatlarning butun tizimi o‘zgarib borayotgan sharoitlarda jahondagi harbiy-siyosiy
vaziyat xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka xavf-xatar hamda tahdidlar ko‘lami kengayib
borayotganligi-geosiyosiy qarama-qarshilikning kuchayishi, mojarolar va tang
vaziyatlarni kuch ishlatib hal etishga bo‘lgan yondashuvning ustunlik qilishi, kuch
ishlatish, shu jumladan taktik harakatlarning yangi ko‘rinishlari ehtimoli oshganligi,
harbiylashtirish, xalqaro terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makoni va
3
Anderson, P. “Leadership and “Soft Skills” for Military officers, A Strategic Guide”. Military press. Bo‘lajak ofitserlarda
rahbardik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma. (2018).
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
45
kibermakonda o‘zaro kurash, tavsiflanib borayotgan davrda ayniqsa global va koalitsiya
doirasidagi missiyalarda, jangovar harakatlar davomida bo‘linmani mohirona
boshqarishda, turli tillar va madaniyatlar vakillari bilan samarali muloqot o‘rnatish talab
qilinadi. Bu borada “Soft Skills”, xususan, madaniy sezgirlik va til bilgichligi muhim
ahamiyat kasb etadi.
4
Tez o‘zgaruvchan sharoitlarda moslashish ko‘nikmasi
- zamonaviy harbiy
mojarolarda, turli-xil sharoitlarda tezkorlik va moslashuvchanlik muhim ahamiyatga ega.
Shu borada bo‘lajak yosh ofitserlar tez o‘zgaradigan vaziyatlarga moslashish,
murakkab va aniqlanmagan sharoitlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalariga esha
bo‘lishi lozim. Bu ko‘nikmalarni rivojlantirish harbiy rahbarlar uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.
“Soft Skills” (yumshoq)
ko‘nikmalarni shakllantirish- bu bo‘linmalarga yuklatilgan
vazifalarni va topshiriqlarni o‘z vaqtida samarali bajarish va muammolarni hal yetish
uchun asosiy vosita hisoblanadi.
5
4
Goleman, D. “ Emotional Intelligence Bantam Books”. (1995). Emotsional intellekt va uning “Soft Skills”
ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatli mashhur asar.
5
Katz, R.L. Menejment va rahbarlikdagi “Soft Skills” ko‘nikmalari haqidagi klassik maqola. (1974).
“Soft Skills”
ko‘nikmalar
tanqidiy fikrlash
qaror qabul qilish
moslashuvchanlik
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
46
Harbiy faoliyatda qo‘l ostidagilar bilan ishlash va undagi ijtimoiy ko‘nikmalar-
harbiy faoliyatda rahbar muvaffaqiyatli bo‘lish uchun harbiy jamoa bilan samarali ishlash,
ishonchli munosabatlar o‘rnatish, hamkorlik va hamjihatlik muhimdir. Aynan shu nuqtai
nazarda “Soft Skills”, ko‘nikmalarning rivojlanishning yuqori darajasi qo‘l ostidagi
bo‘ysunuvchi shaxsiy tarkib o‘rtasida ishonch va o‘zaro hamkorlikni oshirishga yordam
beradi.
Stressni boshqarish va emotsional barqarorlik-
Hozirgi vaqtda zamonaviy
qurolli to‘qnashuvlarda, jang harakatlaring yangicha taktik ko‘rinishlari davomida
shaxsiy tarkib orasida katta stressga duch kelishi aniq. Shu borada stressni boshqarish,
emotsional barqarorlik va o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilishda “Soft Skills” harbiy
faoliyatda rahbar va boshliqlar uchun juda katta ahamiyatga ega. Bu ko‘nikmalarni
shakllantirish va rivojlantirish orqali harbiy jamoalar uchun yengilroq va samaraliroq
qarorlar qabul qilishlariga yordam beradi.
6
6
Maxwell, J.C. Liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar to‘plami. (2007).
shaxsiy tarkibga e’tibor
loyihalarni boshqarish
murabbiylik
zo‘ravonsizlik aloqa
qatiyatlik
muammolarni yechish
kreativlik
Hissiy boshqaruv
tejamkorlik
bilmilarni nazorat qilish
stressga qarshilik
Jamoa bilan ishlash
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
47
“Soft Skills” (yumshoq)
ko‘nikmalarni kelajakdagi harbiy faoliyatda qo‘llash-
Harbiy xizmatdan keyingi hayotda ham “Soft Skills” yumshoq ko‘nikmalarni
rivojlantirish ofitserlarga fuqarolik jamiyatiga integratsiyalashni, yangi faoliyatda
muvaffaqiyat qozonishda katta ahamiyat kasb etadi.
7
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, “Soft Skills” yumshoq
ko‘nikmalarni rivojlantirish harbiy sohada nafaqat ofitserlar va
harbiylar uchun, balki butun harbiy tizim uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu ko‘nikmalarni oliy harbiy ta’lim
muassasalarida bo‘lajak ofitserlarning harbiy-kasbiy faoliyatida
zamonaviy turli xil turdagi kundalik va jangovar vazifalarni o‘z
vaqtida sifatli aniq bajarish va o‘z jamoasi bilan samarali
muloqot o‘rnatish imkoniyatlarini yaratib beradi, shuningdek,
ularni zamonaviy harbiy qiyinchiliklarga tayyorlaydi.
8
Shu nuqtai nazarda harbiy-pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak yosh ofitserlarni
kompetentlikni shakllantirish bo‘lajak harbiy pedagoglarda kasbiy mohirlik, ijod,
ko‘nikmalarini hosil qilish, muomala madaniyati, pedagogik texnika malakalarini
shakllantirish, rahbarlik, tarbiyachilik mahoratining dastlabki malakalarini tarkib
toptirishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni
23.09.2020 y.
7
Abdurahimova D.Harbiy pedagogika. Darslik.T.: Akademiya, 2022.
8
Abdurahimova D.A., Abidjanova M.A. Harbiy ta’lim tizimida innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish. O‘quv qo‘llanma.: “Akademiya” nashriyoti 2021 y.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-3
48
2. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi. 2018-yil 9-yanvar.
3. Anderson, P. “Leadership and “Soft Skills” for Military officers, A Strategic
Guide”. Military press. Bo‘lajak ofitserlarda rahbardik va boshqaruv ko‘nikmalarini
rivojlantirishga qaratilgan o‘quv qo‘llanma. (2018).
4. Goleman, D. “ Emotional Intelligence Bantam Books”. (1995). Emotsional intellekt
va uning “Soft Skills” ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatli mashhur asar.
5. Katz, R.L. Menejment va rahbarlikdagi “Soft Skills” ko‘nikmalari haqidagi klassik
maqola. (1974).
6. Maxwell, J.C. Liderlik va boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy
tavsiyalar to‘plami. (2007).
7. Abdurahimova D.Harbiy pedagogika. Darslik.T.: Akademiya, 2022.
8. Abdurahimova D.A., Abidjanova M.A. Harbiy ta’lim tizimida innovatsion ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish. O‘quv qo‘llanma.: “Akademiya” nashriyoti 2021 y.
