ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA FARZAND TARBIYASI

Annotasiya

Ushbu maqola Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Oila” asarida farzand tarbiayasiga bag‘ishlangan o‘gitlari, pand-nasihatlari va ularning tahlili haqida. Shuningdek, “Oila” asarida farzand tarbiyasida jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda ushbu tamoyillarga asoslanish kerakligi ta’kidlangan.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14907281
CC BY f
180-185
98

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Alibekova Hafiza Suvon qizi. (2025). ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA FARZAND TARBIYASI. Universal Science Research Jurnali, 3(2), 180–185. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/68921
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Oila” asarida farzand tarbiayasiga bag‘ishlangan o‘gitlari, pand-nasihatlari va ularning tahlili haqida. Shuningdek, “Oila” asarida farzand tarbiyasida jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaga katta e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda ushbu tamoyillarga asoslanish kerakligi ta’kidlangan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

180

ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARIDA FARZAND TARBIYASI

Alibekova Hafiza Suvon qizi

O‘zDSMI “Madaniyat va san’at muassasalari faoliyatini tashkil etish hamda

boshqarish ta’lim yo‘nalishi” 3-bosqich talabasi

hafizaalibekova766@gmail.com

Anotatsiya:

Ushbu maqola Abdurauf Fitrat qalamiga mansub “Oila” asarida

farzand tarbiayasiga bag‘ishlangan o‘gitlari, pand-nasihatlari va ularning tahlili haqida.
Shuningdek, “Oila” asarida farzand tarbiyasida jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaga katta
e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda ushbu tamoyillarga asoslanish
kerakligi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

Farzand, jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya, axloqiy tarbiya, bilim,

tarqqiyot, zakovat, badan tarbiyasi, idrok, xotira, diqat, din, siyosat, ta’lim.

Abstract:

This article is about the teachings, advice and their analysis in the work

“Oila” written by Abdurauf Fitrat. Also, in the work “Oila”, it is emphasized that physical,
mental and moral education should be paid great attention to the upbringing of children,
and it should be based on these principles when raising children to maturity.

Key words:

Child, physical education, mental education, moral education,

knowledge, progress, intelligence, physical education, perception, memory, attention,
religion, politics, education.

Bu dunyo kurash maydonidir. Bu

maydonning quroli sog‘lom jism-u tan, aql
va axloqdir.

Abdurauf Fitrat

KIRISH

Bugungi globallashuv davrida mamlakatimiz ham yangi dunyoga, jahon

innovatsion iqtisodiyotiga yuz tutdi. Mustaqilligimizga endi chorak asr bo‘lgan bo‘lsada,
yurtimiz rivojlanish va tarqqiyotda dunyoning boshqa rivojlangan davlatlaridan hech ham
ortda qolmay balki, peshqadamlikda bormoqda. Yurtimiz bayrog‘i jahon minbarlarida


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

181

baland hilpiramoqda, madhiyamiz jahon arenalarida yangramoqda. Albatta, bu kunlarga
erishish oson bo‘lmadi. bugungi kunlarga yetishishimizda tarixda ajdodlarimiz, jadid
bobokalonlarimiz, allomalarimizning xizmati beqiyos ulkandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shulardan biri buyuk jadid allomasi, birinchi o‘zbek professori Abdurauf Fitratdir.

Yurtimizning barqaror rivojlanishida farzandlar tarbiyasining o‘rni benihoya kattadir.
Abdurauf Fitrat ham yurt kamoli, xalq farovonligini farzandlar tarbiyasi bilan uzviy
bog‘liq ekanligini angladi va kelgusi avlodlarga ham shu fikrlarni anglashlariga
ko‘makchi bo‘ldi. Ushbu yo‘lda Abdurauf Fitratning “Oila” asari yo‘lchi yulduz
vazifasini bajaradi. Asarda, Fitrat o‘zining pedagogik va axloqiy qarashlari orqali farzand
tarbiyasining nazariyasi va amaliyotiga oid muhim g‘oyalarni ifodalaydi. “Oila” asarida
Fitrat farzand tarbiyasiga chuqur va keng qamrovli yondashadi, axloqiy, ilmiy va
ma'naviy tarbiyaning ahamiyatini o‘quvchilarga etkazishga harakat qiladi. Bu asar faqat
o‘z davrining tarbiya tizimi haqida emas, balki hozirgi kunda ham oila tarbiyasiga oid
dolzarb g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. “Oila” asarining 2-qismi farzand tarbiyasiga
haqidadir. Ushbu qismda Fitratning farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan hikoya, rivoyat,
pand-nasihat, o‘git va hikmatlari keltirilgan.

Jumladan, barkamol avlodni voyaga yetkazishda farzand tarbiyasida jismoniy,

axloqiy va aqliy tarbiyaga katta e’tibor berish va farzandlarni kamolga yetkazishda
quyidagi tamoyillarga asoslanish lozim ekianligini keltiradi.

NATIJALAR

2-qism 9 bobdan iborat. 1-bob. Farzand tarbiyasi haqida.
Odamning siyosiy, diniy, ijtimoiy inqiloblarining asosi- “farzand tarbiyasi” dan

iboratdir. Zero, bola tarbiyasi farzandni jismonan, fikran,va va axloqan tarbiya qilib,
kamolga yetishtirish demakdir.

2-bob. Badan tarbiyasi.
Bolani badan tarbiyasi 7 yoshgacha ota-onaning vazifasi sanaladi. Bolani harakat,

yorug‘lik, havodan doimo bahramand etish joizdir. Ushbu bobda bolaning badan
tarbiyasi, jismoniy barkamollikka yetishishi uchun barcha chora-tadbirlar keltirib o‘tilgan.
Bolani yo‘rgaklashdan to uni yeyish-ichish, yuvintirilishi, emlanishi barcha-barchasi
mufassal yoritilgan. Shuningdek bolaning ovqatlanishida halollik, intizom va kifoyaga
amal qilish lozimdir. Fitrat shunday deydi: “Badanning rohati harakat sanaladi”.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

182

3-bob. Aqliy tarbiya.
Aqliy tarbiya, ya’ni odam aqlini tarbiyalash bu odam zehni, aql-idrokini kamolga

yetkazishdir. Odam aqlining kamoli esa yaxshi bilmoq, yaxshi o‘rganmoq va mukammal
fikr qilmoqdir. Ushbu bobda muhokama, zakovatning 3qismi ya’ni isbot, fikrning to‘g‘ri
kelishi, qaror va bular asosida hukm chiqarish, diqat, idrok, xotira va shu kabi mukammal
tafakkur omillari batafsil yoritilgan.

4-bob. Axloqiy tarbiya.
Ushbu 3 ta tarbiyaning eng muhimi axloqiy tarbiya hisoblanadi. Fitrat axloqiy

tarbiyani quyidagi tamoyillarga bo‘ladi:

-Ixtiyoriy amal va harakatlar;
-Fe’llarning tamoyillari va tarbiyasi;
Axloqiy tarbiya uchun mayl va istaklarning tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lish lozim.

Olimlar odam ruhining mayllarini 3 qismga bo‘lganlar: shaxsiy mayl, ijtimoiy mayl va
oily mayl. Shaxsiy mayl ham 3qismdir: baxt mayli, faoliyat mayli, izzat mayli. Ijtimoiy
mayllar ham 3 xil: aloqa mayli, o‘zgalarga nisbatan mehr-muhabbat mayli va ibrat olib
e’tiborda bo‘lish mayli. Oliy mayl ham 3 xil bo‘ladi: bilish istagi, go‘zallikka mayl,
fazilatga mayl. Farzand tarbiyasida axloqiy tarbiyaning yuqorida keltirilgan omillari iroda
va ixtiyor bilan chambarchas bog‘liqdir. Iroda va ixtiyor- tasavvur, muhokama,
solishtirish, qaror va ijroning natijasidir.

5-bob. Maktab.
7 yoshdan farzandlarimiz maktabga borishadi. U yerda ilm olib, o‘qituvchilardan

ta’lim-tarbiya olishadi. Maktab – ta’lim maskani, tarbiya o‘chog‘idir. Ushbu bobda
farzandlarimizni qanday maktablarda o‘qitish lozimligi haqida gap boradi. Islom olimi va
arab faylasufi Abdurahmon ibn Xaldunning “Muqaddima” asaridan: “Ta’lim va tarbiya
jarayonida bolaning harakatlarini qat’iy chegaralamang, jahl va zulm qilmang” [1:123-
bet], kabi fikrlari keltiriladi. Zero, mamlakatdagi maktablarning ahvoli shu yurtda ilm va
ziyolilarga bo‘lgan e’tiborni bildiradi. Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonimizda ta’lim
va tarbiyaga, ilm maskanlariga e’tibor yuqori darajada. Ilmga talpingan va bilimli yoshlar
har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Zero, xalqimiz ishonadiki, ertangi kunimiz
salohiyatli va ilmli yoshlarimiz qo‘lida.

6-bob. Qizlar ham ilm olishlari kerakmi?
Ushbu bobda Fitrat ayollarning ilm olishlari, albatta zarur ekanligi haqida dalillar

keltirib isbotlaydi. Ayollarning ilmli bo‘lishlari islom millatining umumiy axloqini isloh


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

183

etish bilan uzviy bog‘liq. Farzandlarimiz yaxshi xulq, imonli, fidokor, g‘ayratli, barkamol
bo‘lib yetishishlari uchun ayollarimiz – millat onalari tarbiya va ilm olishlari lozim, axloq
va bilimlarini kamolga yetkazishlari zarur. Bu xususda janobi payg‘ambarimiz (s.a.v):
“Ilm olish har bir muslim va muslimalar uchun farzdir”, – deya marhamat qilganlar.
Hozirgi kunda mmlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ayollarimiz
ham jamiyatning har sohasida o‘z o‘rinlarini topmoqdalar, ilm yo‘lida ham yuksak
cho‘qqilarni zabt etmoqdalar. Ayollarimizning erkaklar bilan teng huquqliligi bosh
qomusimizda ham belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 58-
moddasi da erkaklar va ayollar teng huquqliligi va Konstitutsiyaning 50-moddasida
bugungi kunda har kim ayolmi, erkakmi ilm olish huquqiga o‘zaro teng huquqliligi,
boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’lim barcha uchun bepul va majburiy ekanligi, bularning
barchasi davlat nazoratida ekanligi qayd etilgan.

7-bob. Ota-onaning haq-huquqlari.
Ahd-paymon qoidasiga binoan har bir haq-huquqning vazifasi va har bir vazifaning

burchi mavjud. Ota-ona farzandlariga nisbatan shuncha vazifalarni bajarib kulfat tortar
ekanlar evaziga farzandlarning bo‘yniga haqlari ham tushadi. Ushbu bobda esa Fitrat ota-
onaning farzandi ustidagi haq-huquqlarini keltirib o‘tgan. Farzandning vazifasi haqida
Qur’onda shunday keltirilgan: “Xudoga ibodat qiling, o‘zgani unga sherik qilmang va ota-
ona haqlariga mehribonlik va yaxshilik qiling”. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida oila masalasiga alohida XIV bob tashkil qilingan bo‘lib, u 76-80-
moddalarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 80-moddasida:
“Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga
majburdirlar”, deya keltirilgan [2:45-bet].

8-bob. Yetimlarning haq-huquqlari.
Bu bobda yozuvchi inson rahmdil va muruvvatli bo‘lishi lozimligini keltiradi.

Rahmdil va muruvvatli odam yetimlar haqqiga yaxshilik qiladi, deyiladi asarda. Bu
borada ham Fitrat bir qancha oyatlar va hadislarni keltirib o‘tadi. Imom Buxoriy Sahl ibn
Sa’d va Imom Muslim Abu Hurayradan rivoyat qiladilar: “Payg‘ambarimiz (s.a.v) ikki
barmoqlarini birlashtirib aytdilar: “Kimki yetimlar saodatini o‘z zimmasiga olsa,
ikkalamiz ana shu ikki barmoqdek u bilan bir-birimizga yaqin bo‘lamiz” [3:141-bet].

9-bob. Xizmatkorlar huquqlari.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

184

Bir oiladagi oxirgi munosabatlardan biri uy egalarining xizmatkorlar bilan bo‘lgan

munosabatlari bo‘ladi. Bu bobda Fitrat xizmatkorlarga muomala va munosabatlarini
oqilona tavsif etgan. Hadislar yordamida ushbu munosabatni yanada oydinlashtirgan.

MUHOKAMA

Abdurauf Fitratning “Oila” asari behad ajoyib asardir. Asarning davlat va

jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sanalmish oila to‘g‘risidagf ekanligi undagi barcha haq-
huquqlar va majburiyatlar batafsil yoritilganligi bilan e’tiborga molikdir. Har bir
millatning asosi oila va mana shu oilaning davomchilari, asosiy negizi farzandlardir. Fitrat
asarining bosh mavzusi ham mana shu g‘oyalarga yo‘g‘rilgan. Abdurauf Fitratning
qarshlari millat taraqqiyotining asosiy omili frarzandlarimiz tarbiyasi ekanligining yorqin
dalilidir. Zero, har qachon har qayerda najot-ilm, ta’lim-tarbiyadadir.

1991-yil 25-sentabrda adibga o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan xissasi uchun,

xususan o‘zbek drammarurgiyasini rivojlantirishdagi, realistik tanqidchilik va
adabiyotshunoslik maktabiga asos solishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy nomidagi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi [4].
Buxoro shahrida Fitrat haykali o‘rnatildi. 1996-yil Abdurauf Fitrat tavalludining 110-
yilligi mamlakat miqyosida nishonlandi. “O‘zbekiston pochtasi” tomonidan Fitratga
bag‘ishlangan pochta markalari chiqarildi [5]. Abdurauf Fitrat va uning asarlari haqida
gap borar ekan muhtaran prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlarini keltirib
o‘tishim joiz: “Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning
mana shu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz
amal qilishlarini men juda-juda istardim: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi,
davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib, izzat-hurmat topishi,jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib
xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir
bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq” [6:3-bet].

XULOSA

Darhaqiqat, bugungi kunda jadidlarimiz, xususan Abdurauf Fitrat siymosi va uning

asarlari o‘rganilmoqda. Uning hayoti va ijod yo‘li, asarlari ustidan ko‘plab izlanishlar olib
borilmoqda. Fitratning biz yoshlarga qarata aytgan pand-nasihatlari millatimiz uchun
behad qadrli va e’tiborlidir. Bugun yoshlarimiz Abdurauf Fitrat va uning asarlarini katta
qiziqish va jo‘shqinlik bilan o‘rganishmoqda. Uning shiorlari esa ilmga chanqoq va
tirishqoq avlodlar tilida yangramoqda. Ta’lim – tarbiya yo‘lida aytgan so‘zlariga bugun
xalqimiz amal qilmoqda va farzandlariga o‘rgatmoqda. Tobora rivojlanib, taraqqiy etib


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

185

boryotgan davlatimizda bugun Abdurauf Fitrat orzu qilgandek yoshlarga, ilm, ta’lim-
tarbiyaga katta e’tibor berilmoqda. Yurtimizda amalga tatbiq etilyotgan barcha islohotlar
zamirida ham shu orzu-niyatlar mujassamdir.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. Abdurauf Fitratning “Oila” asari. 123-bet.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 45-bet.
3. Abdurauf Fitratning “Oila” asari. 141-bet.
4. “Qatag‘on va qalam:Abdurauf Fitrat”.bbc.com. (2016.26-aprel)
5.uz.wikipedia.org/wiki/Abdurauf Fitrat.
6.Jadidlar to‘plam. Abdurauf Fitrat.3-bet.
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
8.Unutilmas siymolar (Jadidchilik harakatining namoyondalari) O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi DJQA “Akademiya” Toshkent.1999.

9. Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE AND

ART." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.

10. Samiyev, Baxtiyor Norbobo O‘G‘Li, and Mo‘Minmirzo Xolmo‘Minov.

"YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA AXLOQIY
O ‘GITLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 359-364.


Bibliografik manbalar

Abdurauf Fitratning “Oila” asari. 123-bet.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 45-bet.

Abdurauf Fitratning “Oila” asari. 141-bet.

“Qatag‘on va qalam:Abdurauf Fitrat”.bbc.com. (2016.26-aprel)

uz.wikipedia.org/wiki/Abdurauf Fitrat.

Jadidlar to‘plam. Abdurauf Fitrat.3-bet.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Unutilmas siymolar (Jadidchilik harakatining namoyondalari) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi DJQA “Akademiya” Toshkent.1999.

Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE AND ART." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.

Samiyev, Baxtiyor Norbobo O‘G‘Li, and Mo‘Minmirzo Xolmo‘Minov. "YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA AXLOQIY O ‘GITLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 359-364.