TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY-ILMIY RENESSANS

Annotasiya

Temuriylar davri – Markaziy Osiyoning eng yorqin madaniy va ilmiy uyg‘onish davrlaridan biri bo‘lib, bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at keng miqyosda rivojlandi. Amir Temur va uning avlodlari til masalasiga katta e’tibor qaratgan bo‘lib, bu siyosat keyinchalik Temuriylar davrining yuksak madaniy darajaga erishishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, Alisher Navoiy turkiy tilning ilm-fan va adabiyot maydonida o‘z o‘rnini topishiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tilning boyligini va adabiy til sifatida fors tilidan kam emasligini isbotlashga xizmat qilgan. Ushbu maqolada Temuriylar imperiyasida olib borilgan til siyosati, uning jamiyatdagi o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritiladi.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14866683
CC BY f
119-124
80

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shoimov Quvonchbek, & A.Aripova. (2025). TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY-ILMIY RENESSANS. Universal Science Research Jurnali, 3(2), 119–124. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/68906
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Temuriylar davri – Markaziy Osiyoning eng yorqin madaniy va ilmiy uyg‘onish davrlaridan biri bo‘lib, bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at keng miqyosda rivojlandi. Amir Temur va uning avlodlari til masalasiga katta e’tibor qaratgan bo‘lib, bu siyosat keyinchalik Temuriylar davrining yuksak madaniy darajaga erishishiga zamin yaratdi. Ayniqsa, Alisher Navoiy turkiy tilning ilm-fan va adabiyot maydonida o‘z o‘rnini topishiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tilning boyligini va adabiy til sifatida fors tilidan kam emasligini isbotlashga xizmat qilgan. Ushbu maqolada Temuriylar imperiyasida olib borilgan til siyosati, uning jamiyatdagi o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritiladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

119

TEMURIYLAR DAVRIDA MADANIY-ILMIY RENESSANS

Shoimov Quvonchbek

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: PhD A.Aripova

JIDU, O‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti,

Annotatsiya:
Temuriylar davri – Markaziy Osiyoning eng yorqin madaniy va ilmiy uyg‘onish
davrlaridan biri bo‘lib, bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at keng miqyosda rivojlandi.
Amir Temur va uning avlodlari til masalasiga katta e’tibor qaratgan bo‘lib, bu siyosat
keyinchalik Temuriylar davrining yuksak madaniy darajaga erishishiga zamin yaratdi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy turkiy tilning ilm-fan va adabiyot maydonida o‘z o‘rnini
topishiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tilning
boyligini va adabiy til sifatida fors tilidan kam emasligini isbotlashga xizmat qilgan.
Ushbu maqolada Temuriylar imperiyasida olib borilgan til siyosati, uning jamiyatdagi
o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so`zlar:

Temuriylar, Samarqand, turkiy til, Shoxruh Mirzo, Alisher Navoiy, Xamsa,

Abu Rayhon Beruniy.

CULTURAL-SCIENTIFIC RENAISSANCE IN THE TIMURID ERA Shoimov

Quvonchbek

1

st

year student at the Faculty of International Relations,

University of World Economy and Diplomacy

Scientific supervisor: UWED, Associate Professor of the Department of Uzbek and

Russian Languages, PhD Aziza Aripova


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

120

Annotation:
During the Timurid era, science, literature, and art developed on a wide scale in Central
Asia, one of the brightest periods of cultural and scientific revival. The high culture of
the Timurid period, relying on the language policy in Amir Timur and his descendants,
has received great attention. In particular, Alisher Navoi played a decisive role in the
promotion of the Turkic language to the level of scientific and literary language. His
notable work Muhokamat al-Lug‘atayn, was mainly targeted to show the richness of
Turkic language and to verify that as a literary language Turkic was not any less refined
than Persian. This article discusses the language policy framed by Timurid Empire, the
role of this language policy in society and the impact of this language policy.

Key words:

Timurid, Samarkand, Turkic language,

Shahrukh Mirza, Alisher Navoi,

Khamsa,

Abu Reikhan Beruniy

КУЛЬТУРНО-НАУЧНЫЙ РЕНЕССАНС В ЭПОХУ ТИМУРИДОВ

Shoimov Quvonchbek

Студент 1 курса факультета Международных отношений,

Университета мировой экономики и дипломатии

Научный руководитель: УМЭД, доцент кафедры Узбекского и русского языков,

PhD Азиза Арипова

Аннотация:

В Тимуридское время на Центральноазиатском светиле, ярчайшем периоде
культурно-научного ренессанса, наука, литература, искусство пробуждались в
эпохальных масштабах. Богатая и культурная эра времен Тимуридов во многом
опиралась на лингвистическую политику, которой много внимания уделяли Амир
Темур и его потомки. Особенно стоит отметить Алишера Нации, который,
безусловно, послужил основоположником взлета тюркского языка как научного и
литературного языка. Легендарное произведение Muhokamat al-Lug‘atayn было
сосредоточено на демонстрации глубины тюркского языка, и в качестве его


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

121

доказательства - то, что в литературном плане он не уступает персидскому. В
рамках данной статьи лет языка, проводимой Тимуридской империей, её социос
ubicыла и её влияние анализируется.

Ключевые слова:

Тимуриды, Самарканд, тюркский язык, Шахрух Мирза, Алишер

Навои, Хамса, А

бу Райхан аль-Бируни

Temuriylar davri – Markaziy Osiyoning eng yorqin madaniy va ilmiy uyg‘onish

davrlaridan biri bo‘lib, bu davrda ilm-fan, adabiyot va san’at keng miqyosda rivojlandi.
Amir Temur va uning avlodlari til masalasiga katta e’tibor qaratgan bo‘lib, bu siyosat
keyinchalik Temuriylar davrining yuksak madaniy darajaga erishishiga zamin yaratdi.
Ayniqsa, Alisher Navoiy turkiy tilning ilm-fan va adabiyot maydonida o‘z o‘rnini
topishiga ulkan hissa qo‘shgan. Uning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asari turkiy tilning
boyligini va adabiy til sifatida fors tilidan kam emasligini isbotlashga xizmat qilgan.
Ushbu maqolada Temuriylar imperiyasida olib borilgan til siyosati, uning jamiyatdagi
o‘rni va ta’siri haqida so‘z yuritiladi. Temuriylar davri XIV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo
tarixida chuqur iz qoldirgan va bu davr ilm-fan, madaniyat va davlat boshqaruvi
sohalarida rivojlangan yuksak davrlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu davrda nafaqat
harbiy muvaffaqiyatlar va hududiy kengayishlar balki madaniy, ilmiy taraqqiyot va davlat
boshqaruvi tizimining mukammallashuvi bilan ham ajralib turadi.

Temuriylar davrida ko‘p tillilik odatiy hol bo‘lib, turk, forsiy va arab tillari bir-

birini to‘ldirib, jamiyat hayotining turli sohalarida faol qo‘llanilgan. Turkiy til asosiy til
boʻlgan xalq tili bo‘lish bilan birga, harbiy, ma’muriy va diplomatik yozishmalarda ham
ishlatilgan. Forsiy til esa saroy adabiyoti va ilmiy asarlar tili sifatida katta nufuzga ega
bo‘lgan. Shuningdek, arab tili diniy va falsafiy bilimlarning asosiy vositasi bo‘lib xizmat
qilgan. Ushbu tillarning barchasi bir-biriga ta’sir ko‘rsatib, ilm-fan va madaniyat rivojiga
o‘z hissasini qo‘shgan.

Amir Temur va uning avlodlari til masalasini befarq qoldirmagan, balki uni davlat

siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘rgan. Temur o‘z davlati tarkibiga
kirgan turli xalqlar va millatlarning tillariga hurmat bilan yondashgan. U davlat
boshqaruvida, diplomatiya sohasida, ayniqsa diplomatik yozishmalarda turli tillardan
foydalanishni rag‘batlantirgan. Shuning uchun Temuriylar imperiyasida til siyosati
muvozanatli bo‘lib, bu xalqning ijtimoiy hayotida tilning beqiyos o‘rnini saqlab qolgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

122

Turli Temuriy hukmdorlar, ayniqsa Shohrux Mirzo, Ulug‘bek va Husayn Boyqaro
davrida til siyosati yanada rivojlangan. Xususan, Alisher Navoiy ona tili – turkiy tilni
adabiyot va ilm-fan maydoniga olib chiqib, uning mavqeini mustahkamlashga ulkan hissa
qo‘shdi.Navoiy oʻsha davrda fors tilining hukmronligi davom etayotgan bir paytda turkiy
tilning imkoniyatlari, uning boyligi va ifoda vositalari jihatidan hech qanday kamchilikka
ega emasligini isbotlashga harakat qildi. U o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” (“Ikki til
muhokamasi”) asarida turkiy va forsiy tillarni qiyoslagan holda turkiy tilning ham
adabiyot va ilm-fan tili bo‘lishga loyiq ekanini ta’kidlagan. Bu asar til siyosati nuqtai
nazaridan inqilobiy ahamiyatga ega boʻlib, turkiy tilning rivoji Bu asar til siyosati uchun
muhim manba sifatida xizmat qilgan. Buyuk mutafakkir faqat turkiy tilni qo‘llash
bilangina cheklanib qolmay, balki uning mavqeini mustahkamlash yo‘lida ham faol
harakat qilgan. U o‘z asarlarini sodda, ravon va ommaga tushunarli va qabul qilinarli
darajaga olib chiqdi. Bunga misol qilib uning “Xamsa” asari fors tilida yaratilgan shu
kabi dostonlarga munosib javob bo‘lib, turkiy tilning adabiyotdagi imkoniyatlarini
namoyish etdi.

Bu davrda ilm-fan va adabiyot rivojini jadallashtirish maqsadida turli tillardagi

asarlarni tarjima qilish va ularni keng ommaga yetkazish muhim ahamiyat kasb etgan.
Tarjima faoliyati natijasida turkiy, forsiy va arab tillari o‘rtasida madaniy almashinuv
kuchayib, ilmiy merosning boyishi hamda rivojlanishiga zamin yaratildi. Temuriy
hukmdor Mirzo Ulugʻbek ilmiy faoliyatga beqiyos hissa qo‘shgan hukmdor sifatida
tarixda juda katta iz qoldirgan.Uning davrida Samarqandda madrasalar va rasadxona
barpo etib, ilmiy ishlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Uning homiyligi ostida
ko‘plab ilmiy asarlar arab va fors tillaridan turkiy tilga tarjima qilindi va bu esa o‘z
navbatida ilm-fanning keng tarqalishiga olib keldi. Bu davrda astronomiya, matematika,
tibbiyot va tarixga oid asarlar o‘rganilib, tarjima qilindi.

Masalan, Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari ilmiy jihatdan juda katta

ahamiyat kasb etib, nafaqat Sharqda, balki Yevropada ham tan olingan. Shu bilan birga,
Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi buyuk allomalarning asarlari ham qayta nashr
etilib, ularning ba’zilari turkiy tilga o‘girilgan. Tarjima jarayoni faqatgina ilm-fan rivojiga
emas, balki Temuriylar davrida turkiy tilning mavqeini oshirishga ham xizmat qilgan.
Temuriylar davrida shakllangan til siyosati nafaqat o‘sha davrda, balki bugungi kunda
ham dolzarb ahamiyatga ega. Bugungi globallashgan dunyoda ham ko‘p tillilik muhim
ahamiyat kasb etadi va bu ayniqsa, ona tilini rivojlantirish bilan birga, boshqa tillarni


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-2

123

o‘rganish va ilmiy muloqotga ochiq bo‘lish Temuriylar tajribasidan o‘rganishimiz kerak
bo‘lgan muhim saboqlardan biridir. Alisher Navoiy turkiy tilni davlat va ilm-fan tili
sifatida rivojlantirishga harakat qilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘zbek tilining xalqaro
maydondagi o‘rnini mustahkamlashga intilish ham muhim vazifa sanaladi. Temuriylar
davrida turkiy til saroy va ilm-fan sohalarida tobora nufuz kasb eta boshlagan bo‘lsa,
bugun ham o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy maqomini mustahkamlash uning xalqaro
miqyosda obro‘sini oshirish har birimiz uchun dolzarb vazifalardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davridagi til siyosati ko‘p tillilik asosida

shakllangan bo‘lib, davlat boshqaruvi, ilm-fan va adabiyot rivojiga xizmat qilgan. Amir
Temur va uning avlodlari turkiy, forsiy va arab tillaridan maqsadga muvofiq foydalanib,
madaniy merosni boyitishga xizmat qilganlar. Ayniqsa, Alisher Navoiy turkiy tilni
adabiyot maydoniga olib chiqib, uning rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan. Ushbu til
siyosati bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bartold V. V. Turkiston tatarlari tarixi bo‘yicha tadqiqotlar. – Toshkent: Fan, 2002.

2.

Ahmedov B. Temuriylar davlati tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.

3.

Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug‘atayn. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot, 1991.

4.

Xudoyberdiyev A. Temuriylar davrida madaniyat va ilm-fan. – Toshkent: Sharq,
2010.

5.

G‘ulomov Ya. Amir Temur davlati va uning siyosati. – Toshkent: Ma’naviyat,
2005.

6.

Erkinov A. Temuriylar davrida til va madaniyat rivoji. – Toshkent: Yangi asr
avlodi, 2015.

7.

Sodiqov M. O‘zbek tilining tarixiy shakllanishi va rivoji. – Toshkent: Fan, 2018.

8.

Bobur Z. Boburnoma. – Toshkent: Fan, 1989.

9.

https://cyberleninka.ru/article/n/shar-ning-buyuk-noti-lari

Sharqning

buyuk

notiqlari //2021

10.

Hazrat Alisher Navoi a great representative of the art of speech

// 2021

11.

Буюк сўз санъаткори Алишер Навоийнинг серқирра ижодий мероси

// 2021


Bibliografik manbalar

Bartold V. V. Turkiston tatarlari tarixi bo‘yicha tadqiqotlar. – Toshkent: Fan, 2002.

Ahmedov B. Temuriylar davlati tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.

Alisher Navoiy. Muhokamat ul-lug‘atayn. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1991.

Xudoyberdiyev A. Temuriylar davrida madaniyat va ilm-fan. – Toshkent: Sharq, 2010.

G‘ulomov Ya. Amir Temur davlati va uning siyosati. – Toshkent: Ma’naviyat, 2005.

Erkinov A. Temuriylar davrida til va madaniyat rivoji. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015.

Sodiqov M. O‘zbek tilining tarixiy shakllanishi va rivoji. – Toshkent: Fan, 2018.

Bobur Z. Boburnoma. – Toshkent: Fan, 1989.

https://cyberleninka.ru/article/n/shar-ning-buyuk-noti-lari Sharqning buyuk notiqlari //2021

Hazrat Alisher Navoi a great representative of the art of speech // 2021

Буюк сўз санъаткори Алишер Навоийнинг серқирра ижодий мероси // 2021

STUDY OF THE SCIENTIFIC AND LITERARY HERITAGE OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR // 2020