USMON AZIM HIKOYALARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI VA KO‘CHIMLAR TAHLILI

Annotasiya

Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada 
badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif 
foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qaratilgan. 

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Javliyev Poyonbek Shavkat o‘g‘li. (2025). USMON AZIM HIKOYALARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI VA KO‘CHIMLAR TAHLILI. Universal Science Research Jurnali, 3(1), 177–181. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/64237
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada 
badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif 
foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qaratilgan. 


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

177

USMON AZIM HIKOYALARIDA BADIIY TASVIR VOSITALARI VA

KO‘CHIMLAR TAHLILI

Javliyev Poyonbek Shavkat o‘g‘li

Termiz davlat muhandislik va

agrotexnologiyalar universiteti

Annotatsiya

Ushbu maqolada Usmon Azimning ayrim hikoyalari tahlilga tortilib, hikoyada

badiiy tasvir vositalari o‘rni hamda adabiy asarlarni badiiylashririshda muallif
foydalanadigan usul va vositalar ochib berishga e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar

Uslub, hikoyada badiiy ko‘chimlar, adabiy asarlarni badiiylashtirish, yozuvchining

tasviriy tuyg‘ulari, stilizatsiya.
Ko‘chimlar va badiiy tasvir vositalari adabiyot va san’atda obrazlilik yaratish, asar
mazmunini ta’sirchanroq va qiziqarli qilish, shuningdek, muallif fikrini bilvosita
ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Usmon Azim hikoyalarida bu vositalar keng
qo‘llanib, asarda obrazlilik, tuyg‘ularning teranligi va uslubiy yuksaklikni ta’minlashga
hizmat qiladi. Umuman olganda, XX asr soʻnggi choragidan boshlab badiiy soʻz
san’atining shiddat bilan oʻzgarish va yangilanish jarayoni ancha faollashdi. Eskirgan
nazariy qolip va tushunchalarning yemirilishi natijasida ijodkorlar oldida yangicha ijod
tamoyillari, yangi-yangi shakllarni kashf etish muammosi paydo boʻldi. Adib
hikoyalarida yangilik sifatida oʻziga xos tasvir usulini yaratdi. Bu esa Ijodkorning ona
tilimiz imkoniyatlaridan keng foydalanishida yaqqol namoyon boʻladi.
Stilizatsiya–“Biror uslubga solib, keltirish yoki monand,o‘xshatib asar yaratishdir”(1)
uslubidagi badiiy jihatdan pishiq va goʻzal asarlar yaratib, uni kitobxon ommasiga taqdim
etish, katta mashaqqat, ijodiy kuch talab qiladi. Ijodkorning “Jodu” nasriy toʻplamidan
joy olgan “Siz bilmaydigan zamonlarda”, “Gʻoz” kabi hikoyalari shu uslubda yaratilgan
nodir asarlar sirasiga kiradi. Adibning hikoyalari badiiy tili xalq tiliga juda yaqinligi
bilan ajralib turadi:

Alpomish chohga tushganini bilasiz. Chohga yarador gʻoz qulaganini ham bilasiz.

Gʻozni otolmagan shakaman mergan oru nomusdan yurak bagʻri ezilib yiqilganini ham
bilasiz. Alpomish gʻozni davolab, qanotiga xat boylab, yurtiga elchi qilib uchirganidan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

178

ham xabaringiz bor. Gʻoz yana mergan kulbasi ustidagi togʻning boshiga qoʻnib,
qangʻillaganidan ham, kasal yotgan ovchi qoʻliga yoy olganidan ham, shu gʻoz oʻlsa
Alpomish xor, Qoʻngʻirot eli zor boʻlishini xudo koʻngliga solgan merganning enasi «hay-
hay»lab qushni uchirib yuborganini ham eshitgansiz. Alpomish yurtiga qaytib, Barchin
yoriga tasallilar aytib, Yodgor oʻgʻlini bagʻriga bosib, Qoʻngʻirotning koʻnglini yozib
oʻtganini ham qulogʻingiz ilib qolgan.”

(2)

“Gʻoz hikoyasidan keltirilgan mazkur parchada adibning ishlatgan soʻzlarga eʼtibor

qaratsak, bular shevaga xos soʻzlardir:

kulba, enasi, qangʻillaganidan, mergan, oʻtakasi

yorilib;

Adib qoʻllagan fraziologik birliklar ham oʻziga xos:

yurak bagʻri ezilib, xudo

koʻngliga solgan, bagʻriga bosib, koʻnglini yozib, qulogʻingiz ilib qolgan

Hikoyani oʻqimishli qilishini oshirgan muhim jihatlardan biri ham asar tilining

xalqona ibora-yu qochirimlar bilan ziynatlanganligidir. Hikoyada eng koʻp ana shunday
ibora va qochirimlar qoʻllanilgan. Merganning kasal yotgandagi holati koʻrsatilgan
oʻrinlarda uning aniq tasvirlab berishdagi iboralar ham nihoyatda xalqchildir: “

Mergan

kun sayin kuchdan ketib, qoq suyak boʻlib qolyapti, soʻnggi kuni armonda – Azroilning
sharpasini sezib boryapti… Or-nomus uchun oʻladigan zamonlar ham boʻlgan-da,
birodarlar

!”(3) Hikoya xuddi xalq dostonlari kabi jonli suhbat-muloqot tarzida bitilgan.

“Siz bilmaydigan zamonlarda” hikoyasidan olingan boshlanmaga eʼtibor qaratamiz:

“Kunduzi boshingizda pulning hisob-kitobi,
Kechqurun koʻzingiz oynayi jahonda –
Bizning zamonlar esingizdan chiqib ketgan.
Men Elomon baxshi nur toʻla lahadimdan chiqib,
Xunobar oʻz gʻoringizga qoʻshilib yurarkanman,
Shuncha oʻtgan dono dunyodan
Bularni olib qolgani
Mana shu aldar koʻsa qutiyu
necha-necha pastkash ajdarholar
sassiq bagʻrini bosgan
pul ekanda deb, oʻpkam toʻladi”

(4)

.

Hikoya ilk jumlalardan oq tanbeh, istehzo ohangi bilan boshlanib, lahad, xunoba

roʻzgʻor, aldarkoʻsa quti, pastkash ajdarholar, sassiq kabi umum isteʼmoldagi soʻzlarning
zamirida yotgan achchiq istehzo va kinoyaga boy ohang uygʻunlashib ketadi. Hikoyaning


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

179

boshlanishidayoq Usmon Azimning mavjud milliy oʻzbek leksikasiga murojaat qilgani
koʻzga tashlanadi. Isteʼmolga kirib boʻlgan va odatiy holga aylanib borayotgan «yangi
soʻz»(telivizor)lar qoʻllashdan qochadi va bu soʻz oʻrnida «oynayijahon» va «aldarkoʻsa
quti» kabi milliy leksikadan foydalanadi. Birinchi marta ushbu soʻzning oʻzbekcha
varianti (oynayi jahon)ni qoʻllasa, ikkinchi martada esa «aldarkoʻsa quti» deya metafora
yaratadi. Shuningdek, «pastkash ajdarholar» deya soʻz qoʻllashida ham majozning
allegorik («Mavhum tushuncha yoki hodisani konkret narsa orqali ifodalashga asoslangan
koʻchim turi») turiga guvoh boʻlamiz. Hikoyadagi ilk ovoz yaʼni kinoya va istehzo ohangi
mana shu kabi badiiy koʻchimlar zamiriga singdirib yuborilgan.

Hikoyada, odatda, xalq ogʻzaki ijodining epik janrlariga xos boʻlgan

paralellizmning uchrashi, asarning ritmik quvvatini oshirib, folklorizmga xos boʻlgan
badiiy tasvir vositalari va badiiy tilni qaytadan jonlantirgan. Shuningdek, adibning
dastlabki hikoyalari faqat dostonlargagina xos boʻlgan badiiy ifoda va obrazli tasvirlarga
boyligi bilan ajralib turadi.

Badiiy adabiyot namunalari tilida uslub talabiga koʻra muayyan tarixiy davr

koloritini tasvirlash maqsadida turli xil qadimiy leksik va sintaktik birliklar oʻz ifodasini
topadi. Zamonaviy tilimiz uchun eskirgan, hozirgi kundalik nutqiy jarayonlarda
ishlatilmaydigan bunday birliklar deyarli barcha turdagi asarlar matnida keng koʻlamni
tashkil qiladi. Tarixiy soʻzlar ilmiy adabiyotlarda istorizm atamasi bilan yuritilib,
“oʻtmishga oid voqea-hodisalarni ifodalaydigan”(5). Leksik birliklar nazarda tutiladi.
Arxaizm yunon tilidagi “archaios – qadimgi” soʻzidan olingan boʻlib, maʼlum davr uchun
eskirgan, isteʼmoldan chiqa boshlagan til birliklari (soʻz, ibora va boshqalar)
tushuniladi.(6).

Usmon Azim asarlari tilida uchraydigan tarixiy soʻzlar va arxaizmlar tematikasi

rang-barang boʻlib, xalqimiz turmushining turli sohalariga aloqador birliklar boʻlib
chiqadi. Quyida shunday birliklardan ayrimlari borasida toʻxtalamiz.

Qabo –

xotin-qizlar kiyadigan yengil chopon. Ushbu birlik arabiy tillarga aloqador

deb hisoblanadi. Izohli lugʻatda “uzun va keng ustki kiyim”(7) deb izohlangan. Ushbu
kiyinish madaniyatiga aloqador istorizm Usmon Azim asarlari leksikasida turli sabablarga
koʻra qoʻllanilgan. Birinchidan, voqealar tasvirida badiiylikni taʼminlashga, ikkinchidan
esa, tinglovchilarga kuchli hissiy taʼsir oʻtkazish uchun zarur deb hisoblangan:

Uning keng oq koʻylak ustidan tortib kiygan aqiqday qip-qizil qabosi shamolda

hilpirab, qonli sharsharaday orqasida toʻlgʻonar, qora sochlari esa qon isini sezgan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

180

quzgʻunday boshiga mahkam yopishib, bezovtalikdan mavjlanar – Ragina bu vahshatning
qutqusidan qochib, Artibning panohi tomon jon-jahdi bilan talpinayotganday edi.(8)

Jarchi – tarixiy soʻzi “odamlar koʻp toʻplanadigan joylarda baland ovoz bilan

rasmiy eʼlonlar eshittirib yuruvchi kishi”(9) maʼnosini anglatadi:

Jazoni ovoza eta fuqarolarni haqdan yetgan jazoning guvohligiga chorlovchi

jarchining chaqirigʻi bozor tarafdan eshitilavermagach, asta-asta paydo boʻlgan uzun-
qisqa sukunatlar birlashib, suhbatni zabt etdi.(10)

Eshik ogʻasi – Oʻrta Osiyo xonliklarida xon saroyidagi bosh xizmatkor; oliy

hukmdorning turli qabul marosimlarini oʻtkazish ishlariga mutasaddi boʻlgan shaxs(10).

Amir Jondorning qaytganini eshikogʻ

asi eʼlon etganda, sukunatdan zoʻriqqan majlis

erkin nafas oldi.(11)

Aqcha – tarixiy soʻzi Usmon Azim asarlarida aynan bugungi kunda ishlatiluvchi

“pul” soʻzining sinonimi sifatida ishlatilgan.(12)

- Usta boshidan qancha aqcha olding!? (13)

Ulus – ushbu birlik moʻgʻul tillarga aloqador deb hisoblanib, izohli lugʻatda

“davlat; el, xalq” deb izohlangan.(14)

- Usta Saroyi ulusidan, sohibqiron.(15)

Mashvarat – kengash, koʻrsatma; yoʻl-yoʻriq.(16) Usmon Azim asarlari tilida

qoʻllanilgan mazkur arxaiklashgan leksema, arabiy tillarga aloqador birlik sifatida tilga
olinadi. Mazkur lisoniy birlik forsiy va turkiy tillar taraqqiyotining muayyan davrlarida
oʻzlashgan hamda ancha faol qoʻllanilgan. Y.A.Rubinchik tahriri ostida nashr qilingan
lugʻatda ham mazkur nofaol leksema Usmon Azim asarlari tilida qoʻllanilgan maʼnolar
doirasida “sovet, konsultatsiya, soveщanie” deya sharhlanadi.(17)

“Sohibqiron va usta” hikoyasidan olingan quyidagi parchada kuzatamiz:

Bomdod namozini oʻqib, ertalabki nonushtadan soʻng odatiy mashvaratga

yigʻilgan beklar bugun sohibqiron saltanat shaʼniga yarashmaydigan beparda
gʻiybatlarning paymonasiga yetishga ahd qilganligini eshitdilar.

(18)

Usmon Azim ona tili imkoniyatlaridan foydalanish, va baʼzan uni kengaytirishda

yangichalikka intiladi. Injular tizmasidek jilolangan ona tili lugʻat boyligini botiniy koʻz
bilan koʻra olgan shoir, nosir, dramaturg har bir soʻzni chertib-chertib tanlaydi, tafakkur
“tarozusi”da oʻlchab qoʻllaydi.

Umuman olganda, Usmon Azim ijodida tilimizdagi soʻzlardan badiiy foydalanish

bir necha koʻrinishlarga ega. Demak, adibning nasriy asarlari tilini oʻrganishga har


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

181

birida ijodkorning betakror poetik idroki, badiiy mahoratining ochib berilishiga xizmat
qiladi. Bu esa serqirra ijodkor fenomenini talqin qilish va tegishli xulosalar berishda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Usmon Azim. Jodu. —Toshkent: Sharq, 2003.

2.

Quronov D., Mamajonov Z.,Sheralieva M. Adabiѐtshunoslik lug‘ati. –Toshkent:
Akademnashr, 2010.

3.

Sarimsoqov B. O‘zbek adabiyotida saj. – Toshkent:Fan. – 1978.

4.

Adabiy tur va janrlar. 3 jildlik. 1 jild. Epos. – Toshkent: Fan, 1991.

5.

Adabiyot nazariyasi. Ikki jildlik. I jild (Adabiy asar). – Toshkent: Fan, 1978.

6.

Ahmedov H. Nasriy sheʼr – adabiy hodisa. /Soʻz hayrati va saboqlari./ Risola. –
Toshkent: Innovatsiya-ziyo. – 2020.

7.

www.vikipediya.uz

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi matbuoti, 2022.

O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to‘plami, 2017.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5177-sonli “Davlat byudjet mablag‘laridan foydalanishning samaradorligini oshirish choralari to‘g‘risida”gi qarori. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy sayti, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi. “Davlat byudjeti mablag‘lari samaradorligiga oid tahliliy hisobot”. Toshkent: Moliya vazirligi nashriyoti, 2023.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi. “2023-yilgi korrupsiyaga qarshi kurash va byudjet mablag‘laridan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha hisobot”. Toshkent: Bosh prokuratura matbuoti, 2024.

Tursunov, R. “Qurilish sohasida davlat buyurtmalarini taqsimlashda shaffoflikni ta’minlash muammolari”. Iqtisodiyot va boshqaruv jurnali, 2022, №3, 45–52-betlar.

Karimov, F. “Byudjet mablag‘larini boshqarishda korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari”. O‘zbekiston iqtisodiyoti rivoji bo‘yicha tadqiqotlar to‘plami, Toshkent, 2021, 78–86-betlar.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (IMF). “Korrupsiya va davlat byudjeti: Global tahlil va tavsiyalar”. Washington, DC: IMF Publications, 2020.

Transparency International. “Korrupsiya darajasini baholash va uning iqtisodiy oqibatlari”. Berlin: Transparency International, 2022.

World Bank. “Strengthening Public Financial Management for Better Governance”. Washington, DC: World Bank Publications, 2021.

Rasulov, I. va Ahmedov, Z. “Davlat mablag‘laridan foydalanishda texnologik yondashuvlar”. Axborot texnologiyalari va boshqaruv jurnali, 2023, №4, 12–20-betlar.

OECD. “Public Sector Integrity: Fighting Corruption and Enhancing Transparency”. Paris: OECD Publications, 2020.