O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA ICHKI AUDIT XIZMATINING TAKOMILLASHTRISH

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan. Maqolada ichki auditning davlat boshqaruv tizimidagi ahamiyati, uning moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda o‘rni va davlat budjetining to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlashdagi roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ichki audit xizmatining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tajriba va standartlarga mos ravishda uning faoliyatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola ichki auditni samarali tashkil etish uchun tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlarga to‘xtaladi. Mazkur izlanish ichki audit tizimining kuchaytirilishi va uning davlat boshqaruvida yangi yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14629708
CC BY f
13-20
68

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Asrayeva , M. (2025). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA ICHKI AUDIT XIZMATINING TAKOMILLASHTRISH. Журнал универсальных научных исследований, 3(1), 13–20. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/64206
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan. Maqolada ichki auditning davlat boshqaruv tizimidagi ahamiyati, uning moliyaviy resurslarni samarali boshqarishda o‘rni va davlat budjetining to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlashdagi roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ichki audit xizmatining zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tajriba va standartlarga mos ravishda uning faoliyatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola ichki auditni samarali tashkil etish uchun tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, davlat moliyaviy nazoratini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlarga to‘xtaladi. Mazkur izlanish ichki audit tizimining kuchaytirilishi va uning davlat boshqaruvida yangi yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

13

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATIDA

ICHKI AUDIT XIZMATINING TAKOMILLASHTRISH

Asrayeva Munisa

International school of finance and technology institute magistranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyaviy

nazoratida ichki audit xizmatining takomillashtirilishi masalasi yoritilgan. Maqolada
ichki auditning davlat boshqaruv tizimidagi ahamiyati, uning moliyaviy resurslarni
samarali boshqarishda o‘rni va davlat budjetining to‘g‘ri ishlatilishini ta’minlashdagi
roli ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ichki audit xizmatining zamonaviy tendensiyalari,
xalqaro tajriba va standartlarga mos ravishda uning faoliyatini yaxshilash uchun zarur
bo‘lgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Maqola ichki auditni samarali tashkil etish uchun
tavsiyalar va amaliy yo‘riqnomalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, davlat moliyaviy nazoratini
takomillashtirishga qaratilgan muhim qadamlarga to‘xtaladi. Mazkur izlanish ichki audit
tizimining kuchaytirilishi va uning davlat boshqaruvida yangi yuksakliklarga
erishishidagi ahamiyatini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: audit; ichki audit; rivojlanish; mexanizm, moliyaviy nazorat, tashqi

audit, ichki audit, ichki audit xizmati bo‘limi yig‘ma hisoboti, ichki audit natijalari, ustav,
kuzatuv kengashi, bo‘lim boshlig‘i, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot.


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekiston Respublikasida davlat

moliyaviy nazorati tizimi mamlakat iqtisodiyoti va davlat boshqaruvining samarali
ishlashi uchun alohida ahamiyatga ega. Davlat byudjeti va moliyaviy resurslarning to‘g‘ri
va samarali ishlatilishi, davlat xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishi, shuningdek, moliyaviy
va iqtisodiy xavf-xatarlarni minimallashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tizimning
samarali ishlashi uchun ichki audit xizmati katta ahamiyat kasb etadi. Ichki auditning
asosiy vazifalari moliyaviy hisobotlarning to‘g‘riligi va aniqligini ta'minlash, moliyaviy
resurslarning samarali va maqsadga muvofiq ishlatilishini nazorat qilish, tashkilotning
ichki nazorat tizimini mustahkamlashni asosiy vazifa sifatida belgilaydi.

Biroq, global iqtisodiy o‘zgarishlar, yangi texnologiyalar, xalqaro moliyaviy

standartlar va audit usullarining rivojlanishi bilan ichki audit xizmati ham doimiy ravishda
takomillashtirishni talab etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ichki audit tizimining


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

14

samaradorligini oshirish, uning xalqaro tajribalarga asoslangan ilg‘or usullardan
foydalanishini ta'minlash zarurati mavjud. Bu, ayniqsa, davlat byudjeti va moliyaviy
resurslarining to‘g‘ri boshqarilishini kafolatlash, korrupsiyaga qarshi kurashishda,
shuningdek, davlat organlarining faoliyatini shaffofligini oshirishda muhim ahamiyatga
ega.

Ichki audit xizmatining bugungi holati, uning mamlakat iqtisodiyoti va davlat

boshqaruvida o‘rni, hamda tizimdagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinadi. Shu bilan birga,
ichki auditni takomillashtirishning zamonaviy usullari, xalqaro tajribadan foydalanish va
audit faoliyatini samarali tashkil etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola ichki auditning
samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar, amaliy yondashuvlar va texnologik
yangiliklarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tahlilni taqdim etadi. Ushbu izlanish ichki
audit xizmati tizimining mustahkamlanishi va uning davlat moliyaviy nazoratida yangi
yuksakliklarga erishishidagi ahamiyatini izohlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Moliyaviy hisobotning xalqaro

standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 2020 yil 24
fevraldagi PQ-4611 qarori yurtimizda hisob siyosatida yangi sahifa ochildi.
Bu jarayonlar O‘zbekiston korporatsiyalari faoliyati ustidan ichki nazoratni tashkil etishda
muhim o‘zgarishlarga sabab bo‘lib, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi axborotni
oshkor qilishning boshqa talablarini ilgari suradi.

Mamlakatdagi korxonalar ichki auditi tizimining asosiy vazifasi –maxsulot ishlab

chiqarishni ko‘paytirish va tan narxini pasaytirish yo‘llarini izlab topishdir. Ichki auditor
yana korxonaning mehnat unumdorligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha maslaxatlar
berishi kerak. Iqtisodiy tizimning buzilishini tekshirish ko‘p mehnat talab qiladigan
auditdir. Bunda korxona moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari
o‘rganiladi. Ichki auditor korxonada u yoki bu rivojlanish yo‘nalishini ma’qullashi yoki
ma’qullamasligi mumkin. Ichki audit maqsadi korxona xodimlarining qonun hujjatlariga,
me’yoriy hujjatlarga va kasb faoliyati standartlariga rioya etishini nazorat qilish, tamonlar
manfaatlari o‘rtasidagi nizolarni bartaraf etish, korxona amalga oshirayotgan
operatsiyalarning xususiyatlari va ko‘lamlariga mos ishonchlilikni ta’minlash xamda
korxona faoliyatidagi xatarlarni kamaytirish yo‘llaridan iboratdir. O‘zbekiston
Respublikasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit qonun
va me’yoriy hujjatlarga asosan tashkil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

15

yil 27 sentyabrdagi PQ-475-son qaroriga, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali
boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq aktivlarining
balans qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalarda ichki auditni tashkil etishga
qo‘yiladigan yagona talablarni hamda uning ishini tashkil etishning metodologik
asoslarini belgilash maqsadida «Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizom»
qabul qilindi. Hozirgi kunda ushbu Nizom xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni
tashkil qilish tartibi ko‘rsatilgan me’yoriy hujjat hisoblanadi.

1-rasm. Mikrodarajadagi nazorat tizimi

Ichki audit bo‘limi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va

qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, vazirlik
Nizomi va vazirlikning ichki me’yoriy hujjatlari talablariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
Ushbu bo‘lim korxonaning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va o‘z vakolati doirasidagi
masalalar yuzasidan korxona rahbariga bo‘ysunadi va hisobot beradi. Shuningdek, bo‘lim
korxonada ichki auditorlik nazoratini o‘tkazish, shuningdek, korxona ichki nazorat
tekshiruvlari rejalari va ichki audit natijalari bo‘yicha hisobotlarini mustaqil ravishda

Mamlakatning ichki auditi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

16

tayyorlaydi. Bizningcha, korxonalar ichki audit xizmati bo‘limining asosiy vazifalari,
funksiyalari va huquqlari quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

1-jadval

Ichki audit bo‘limining asosiy vazifa va funksiyalari hamda huquqlari

Bo‘limning asosiy

vazifalari

Bo‘limning asosiy

funksiyalari

Bo‘limning asosiy

huquqlari

I.

Korxona

kuzatuv

kengashini

ishonchli

axborot bilan ta’minlash
va

ichki

auditorlik

tekshiruvlari

natijalari

bo‘yicha

kompaniya

faoliyatini
takomillashtirish
bo‘yicha

takliflar

tayyorlash.

II.

Korxonada o‘tkazilgan

ichki audit tekshiruvlari
jarayonida

aniqlangan

kamchiliklarni

bartaraf

etish, ularni bartaraf etish
ustidan nazoratni amalga
oshirish

bo‘yicha

kompaniya

boshqaruv

organlariga

tavsiyalar

kiritish.

III.

Kuzatuv kengashi va

ijro

etuvchi

organni

kompaniya

faoliyatida

aniqlangan firibgarlik va
qonun buzilish holatlari
to‘g‘risida o‘z vaqtida

I.

Korxonaning

kuzatuv

kengashi tomonidan har
yili

tasdiqlanadigan

rejaga

muvofiq

ichki

nazorat

tekshirishlarini

amalga oshirish.

II.

Korxonaning tarkibiy

bo‘linmalariga
buxgalteriya

hisobini

yuritish va moliyaviy
hisobotlarni

tuzishda

uslubiy

yordam

ko‘rsatish,

ularga

moliyaviy, soliq, bank va
boshqa

qonunchilik

masalalari

bo‘yicha

maslahat berish.

III.

Korxona

kuzatuv

kengashiga

tashqi

auditorlik tashkilotlarini
xizmatini tanlash uchun
texnik

topshiriqlarni

ishlab chiqishda, ularning
takliflarini

baholashda

ko‘maklashish,
shuningdek

auditorlik

I.

Korxona

hujjatlarini

olish

(buyruqlar,

farmoyishlar, boshqaruv
organlarining

qarorlari,

ma’lumotnomalar, hisob-
kitoblar,

zarur

hujjatlarning tasdiqlangan
nusxalari

va

boshqa

hujjatlar), ichki auditni
amalga

oshirish

jarayonida

yuzaga

keladigan

masalalar

bo‘yicha kompaniyaning
mansabdor va mas’ul
shaxslaridan og‘zaki va
yozma

tushuntirishlar

olish;

Ichki

auditni

o‘tkazishda

yordam

berish uchun korxonaning
tegishli mutaxassislarini
jalb qilish.

II.

Ichki

audit

xizmatining joriy davr va
istiqboldagi

asosiy

yo‘nalishlari

bo‘yicha

korxona

kuzatuv


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

17

xabardor

qilish,

shuningdek,

korxona

boshqaruvi
samaradorligini oshirish
bo‘yicha

tavsiyalar

berish.

tekshiruvini

o‘tkazish

uchun tashqi auditorlik
tashkilotini

tanlashda

tavsiyalar tayyorlash.

kengashiga

takliflar

kiritish.

III.

Kuzatuv kengashi

qarorlari, korxona ijro
etuvchi

organining

buyruqlari

va

boshqa

qarorlari, korxona tashqi
auditorining

tavsiyalari

va

ko‘rsatmalarining

bajarilishini

nazorat

qilish.

Korxonalarda ichki audit faqat ichki audit xizmati xodimlari tomonidan tekshirishlar

va monitoring o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonda korxonaning
tasdiqlangan biznes-rejasining bajarilish holati, korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya
qilinishi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot holati, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligi, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga
oshirishda qonun hujjatlariga rioya qilish, aktivlar holati, ichki nazorat holati o‘rganiladi.
O‘tkazilgan ichki audit tekshiruvlari natijalari bo‘yicha ichki auditning yig‘ma hisoboti
tayyorlanadi. Mazkur yig‘ma hisobotda biznes-reja bajarilishining miqdoriy va sifat
ko‘rsatkichlari tahlili, biznes-rejaning bajarilmasligiga aybdor bo‘lgan mansabdor
shaxslar to‘g‘risida ma’lumot va rejaning bajarilmaslik sabablari, korxonaning boshqaruv
organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning natijadorligi tahlili, korxona
ustav(nizomi) talablariga rioya etilishi va korporativ boshqaruv sohasidagi qonun
hujjatlarini buzganlik holatlarining tavsifi (korxona boshqaruv organlarining umumiy
yig‘ilishlari va majlislarini o‘tkazilishi va boshqalar) ko‘rsatilishi maqsadga muvofiqdir.

Fikrimizcha, ichki audit natijalari bo‘yicha yig‘ma hisobotda yuqoridagilar bilan

birga korxonaning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tekshirish natijalari,
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning to‘g‘riligini tekshirish
natijalari, moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi
hamda korxona ichki nazorat holatini tekshirish natijalari bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar
kiritilishi zarur. (2-chizma)


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

18

2-rasm. Ichki audit natijalari bo‘yicha yig‘ma hisobotda aks ettiriladigan

ma’lumotlar.

Buxgalteriya

hisobi va

moliyaviy

hisobotni

tekshirish

natijalari

bo‘yicha

ma’lumotlar

Buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishning

belgilangan tartibiga rioya etilishini baholash

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha

belgilangan tartib-qoidalarning aniqlangan buzilishlarining tavsifi

Soliqlar va boshqa

majburiy to‘lovlarni

hisoblash va

to‘lashning belgilangan

tartibini buzish

holatlari va soliq

solinadigan bazani

aniqlashda me’yordan

og‘ishishlar

Tegishli organlarga tuzilgan va taqdim etilgan soliqlar va boshqa

majburiy to‘lovlarning to‘g‘riligini baholash

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning

belgilangan tartibini buzish holatlari va soliq solinadigan bazani

aniqlashda me’yordan og‘ishishlar

Moliya-

xo‘jalik

operatsiyalarini

amalga oshirishda

qonunchilikka

rioya etilishi

bo‘yicha

ma’lumotlar

Amalga oshirilgan moliya-

xo‘jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga

muvofiqligini baholash

Ichki audit davomida aniqlangan qonunbuzilish va moliyaviy hisobotni

buzib ko‘rsatish holatlari tavsifi

Korxona ichki

nazorat
holatini

tekshirish

natijalari

bo‘yicha

ma’lumotlar

Ichki nazorat tizimi va uning faoliyatidagi mavjud kamchiliklar tavsifi

Korxona tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomining holati va ijro intizomi

buzilish holatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

19

Korxonaning mavjud mulki va mablag‘larining holatini tekshirish natijalari

inventarizatsiya natijalariga asoslanishi va ular harakati, mavjudligi va saqlash holati
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim. Ichki auditning yig‘ma hisobotida
korxona tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini baholash, aniqlangan me’yordan chetga
chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar hamda tekshiruvni
amalga oshirgan ichki auditor fikrini asoslovchi dalillar nusxalari kiritilishi shart. Ichki
audit natijalari bo‘yicha yig‘ma hisobot ichki audit xizmati rahbari tomonidan tuzilib,
ushbu hisobot kirish, analitik qism, oxirgi qism va to‘plangan dalil hujjatlari to‘plamidan
iborat bo‘lmog‘i lozim. Mazkur ichki auditning yig‘ma hisoboti ichki auditorlik
tekshiruvlari tugaganidan so‘ng o‘n kun ichida tayyorlanishi hamda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri
korxonaning kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Hisobotlar nusxalari
tasdiqlanganidan keyin korxona rahbari (o‘rinbosari)ga taqdim etiladi. Shuningdek,
korxona kuzatuv kengashi yoki rahbari ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi hamda ko‘rilgan chora-tadbirlarning o‘z
vaqtida va to‘g‘ri bajarilishi ichki auditorlar tomonidan nazorat qilinishi maqsadga
muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Arens A., Lobbek Dj. Audit. /Per. s angl. pod red. Ya.V. Sokolova. – Moskva: Finansы
i statistika, 2023. – 560 s.

2. Axmedjanov K.B. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ichki auditning uslubiy
usullari, tekshiruv ob’ektini tanlashning aniqlash masalalari. // Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar, 2024. – № 4, iyul-avgust.

3. Axmedjanov K.B. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit metodologiyasini
takomillashtirish: iqd.f.nom. diss.avtoref. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi bank-
moliya akademiyasi, 2022. – 76 b.

4. Dusmuratov R.D. Audit asoslari: darslik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2023. – 612 b.

5. Meliev I.I. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uslubiyati: muammo va yechimlar:
monografiya. – Toshkent: VNEShINVESTPROM, 2024. – 191 b.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-1

20

6. https://www.imv.uz. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
rasmiy sayti

Библиографические ссылки

Arens A., Lobbek Dj. Audit. /Per. s angl. pod red. Ya.V. Sokolova. – Moskva: Finansы i statistika, 2023. – 560 s. 2. Axmedjanov K.B. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ichki auditning uslubiy usullari, tekshiruv ob’ektini tanlashning aniqlash masalalari. // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 2024. – № 4, iyul-avgust. 3. Axmedjanov K.B. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit metodologiyasini takomillashtirish: iqd.f.nom. diss.avtoref. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi bank- moliya akademiyasi, 2022. – 76 b. 4. Dusmuratov R.D. Audit asoslari: darslik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2023. – 612 b. 5. Meliev I.I. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uslubiyati: muammo va yechimlar: monografiya. – Toshkent: VNEShINVESTPROM, 2024. – 191 b.

https://www.imv.uz. - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy sayti