TARBIYASIDA SALBIY O'ZGARISHI BO'LGAN TALABALAR BILAN ISHLASH METODLAR

Аннотация

Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish 
uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. 
Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.14475430
CC BY f
16-20
45

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Omarova Sabina Serik qizi, & Sharipov Mirjalol Jamoladdin o’g’li. (2024). TARBIYASIDA SALBIY O’ZGARISHI BO’LGAN TALABALAR BILAN ISHLASH METODLAR. Журнал универсальных научных исследований, 2(12), 16–20. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/60336
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish 
uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. 
Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-12

16

TARBIYASIDA SALBIY O'ZGARISHI BO'LGAN TALABALAR BILAN

ISHLASH METODLAR

Omarova Sabina Serik qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tyutori

omarovasabina018@gmail.com

Sharipov Mirjalol Jamoladdin o’g’li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

shakharipovmirjalol@gmail.com


Tarbiya-jamiyantning yuksak ma’navaiyatini ifodalaydigan kuchdir.

(E.Vohidov)

Annotatsiya:

Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish

uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim.
Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz

Kalit so’zlar:

qiziqarli ish, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og’ir bolalar.

.

Oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar jarayonlarini tashkil etish va

boshqarishda talabalar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo‘li, ularning umumiy
qiziqishlari asosida talablar qo‘yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan
puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi: 1) Talaba shaxsiga qo‘yiladigan
pedagogik talablar har bir jamoa a‘zosini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak. Bu
pedagogik odobni muhim qismi bo‘lib, har bir guruh rahbari yoddan chiqarmasligi shart.
Guruhning ya‘ni jamoaning eng yaxshi o‘quvchilariga ko‘proq talablar qo‘yiladi,bu bilan
ularga alohida ishonch va hurmat bildiriladi. 2) Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan
guruhning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo‘yadi. Har yili o‘quvchilarga ma‘lum bir
chorakda, yarim yillikda yoki o‘quv yili davomida qanday talablar qo‘yish maqsadga
muvofiqligi belgilab olinadi. O‘quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib
qo‘yilgan narsani talab qilish kerak. 3) Talablar aniq bo‘lib, bajarish imkoniyatlari hisobga
olinadi. Talabalar o‘zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari
lozim.O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-12

17

sohalarida poklanish, ijtimoiy munosabatlar, jismoniy barkamol yosh avlodni amalga
oshirilishida ma’naviy va tarbiyalash borasida jiddiy o‘zgarishlar qilishni taqozo etdi.
Jumladan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga bog‘liq milliy an'analar, sermazmun milliy
qadriyatlarning ildizlari ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ommalashtirish, milliy
ma’naviy-axloqiy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish va uning
talabalar shaxsida uyg‘unlashuvini ta’minlash, o‘zbek talabasiga xos xususiyatlarni
(mentalitetini) yaratish va keng targ‘ib etish jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish
yoshlarni Yangi O‘zbekiston ma’naviyatiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning
garovidir. Asosiy qism. Har bir millatning ma'naviy boyligi milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la,
odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodning vazifasidir. O‘z madaniy merosini,
qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik manqurtlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga
ko‘tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqloli uchun fojeadir. Ma’naviy-axloqiy
tarbiyasi yuksak darajada rivojlangan insongina istiqlol, jamiyat va davlat kelajagi uchun
mehnat qilishga o‘zida kuch va qudrat topa oladi. Shaxs ma’naviy-axloqiy tarbiyasi
dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida
namoyon bo‘ladi. Buning asosida ta’lim muassasasida o‘quvchi va talabalarning
ma’naviy-axloqiy tarbiyasini ta’minlash va mustahkamlashda maxsus ta’lim-tarbiyaviy
dasturlar asosida ma’naviy-axloqiy ishlar samaradorligi oshirib boriladi. Shu boisdan,
madaniy merosdan, bugungi kun qadriyatlaridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to‘g‘ri
xulosa chiqara bilish, o‘z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va ma'naviy
qadriyatlariga, diniga va axloqiga va huquqiy amaliyotiga, turmush tarziga tanqidiy ko‘z
bilan qaray olish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim ma'naviy asosidir.

Ta’lim tizimida tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan tuzatish ishlar:

maktab ichki nazoratiga olish va ular bilan davra suhbatlari tashkil etish; o’quvchilarni

qiziqishlariga qarab to’garaklarga jalb etish; o’quvchilarning oilaviy sharoitini o’rganish;
ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish; maktablarining alohida ichki nazoratiga
olingan o’quvchilar bilan tushuntirish ishlarini

olib borish; o’quvchilarning ushbu

ro’yhatga olingaligini o’ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda profilaktik
tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglarga biriktirish; Muhim
masalani hal etishda guruh rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal qilish lozim: O’smir


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-12

18

shaxsini shakllantirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga
munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o’smirda muayyan narsalarga nisbatan
munosabat shakllangan bo’ladi. O’smir xulq atvorini baholashda (rag’batlantirish yoki
jazolashda) kattalarning qat’iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o’quvchi tomonidan tahlil
qilinadi. Shuning uchun rag’batlantirish va jazolash usullari oqilona, o’z vaqtida
qo’llanilishi kerak. Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o’smir
psixologiyasida keskin o’zgarish yasashi ifodalangan. Ma’lumki, hamma o’quvchilarga
mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib, kelinadi. Favqulodda mehnatdan
jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon ta’sir ko’rsatadi.

O‘zbek xalqida ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xosligini inobatga olgan holda Vataniga,

xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, fidokor, mustaqil fikrlaydigan,
dunyoqarashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy va
jismoniy barkamol avlod voyaga yetadi. Ma’naviy-axloqiy tarbiyasi shakllangan talabalar
o‘z kasbining mas’uliyatini hamda jamiyat osoyishtaligini saqlash kabi vazifalarni anglab
yetadi. Yuksak manaviyatli pedagoglar esa o‘zi ta’lim beraligan talabalarini insonparvar,
vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi. Ma’naviy-
axloqiy tarbiya ilm-fan, falsafa, axloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy
axborot vositalari, urf-odatlar, an'analar, din va boshqa ko‘plab tarixiy amaliy va
zamonaviy qadriyatlarning ta'sirida shakllanadi. Aynan shu qadriyatlar avvalo oilada
hamda ta’lim muassasalarida ota-ona va pedagoglar ta'sirida shakllanadi. O‘zbek xalqi
qadimdan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga alohida e'tibor qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy-
axloqiy merosdan foydalanib, Yangi O‘zbekistonning talablariga javob beradigan, o‘zi
egallagan kasbining mahoratli kadrlarini tarbiyalash har bir oliy ta’lim muassasasining
muqaddas burchidir. Bu burchni sharaf bilan ado etish oliy ta’lim muassasasida yosh
avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an'analari, tarbiya usullari, jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos ijobiy tarixmi singdirish, undan g‘ururlanish hissini
tarbiyalashdan boshlanadi. O‘z yurtining tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, millati,
xalqi, tili, madaniyatidan g‘ururlanishi, uni avavlab-asrashi, dunyoga ko’z-ko’z qilishi
tabiiydir. Buning uchun ta’lim jarayonida talabalarning ongiga boshlab «siz tarixi boy,
ulug‘ millatning farzandisiz», “sen ulug‘ mutafakkirlar, allomaizamonlarni dunyoga


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-12

19

keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarning avlodisiz” kabi tushunchalarni singdirib bormoq
lozim.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda talabalar o‘zlariga qo‘yilgan maqsadlarga

erishish o‘zlariga bog‘liq ekanligini, ya’ni bu narsa ularning sobitqadam shijoatiga, to‘la-
to‘kis fidokorligiga va cheksiz mehnatsevarligiga bog‘liq ekanini anglab yetishlari kerak.
Ya’ni talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi davlat va jamiyatimiz taraqqiyotining
asosiy shartidir. Shu boisdan ham talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga alohida
e'tibor berish, ularni jamiyatimizning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotida faol
ishtirok etishlarini ta’minlash oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining burch
va mas’uliyati hisoblanadi. XXI asrda yashab samarali mehnat qilish, Yangi
O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini oshirishda yosh avlodning hissasi katta
bo‘ladi. Shuning uchun yoshlarni chuqur bilimli, yuksak madaniyatli, mehnatsevar va
tashabbuskor shaxslar etib shakllantirish oliy ta’lim muassasasida hayot tajribasiga ega,
hayotda ko‘pni ko‘rgan ustozlarning va jamoatchilikning asosiy vazifasidir.

Ta’lim oluvchilarning ongini, ruhiyatini, ismu jismini poklantirish hoziigi kundagi

ma’naviy-axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etmoqda. Bunga sabablar ko‘p. Bir o‘rinda
o‘tmish davrlar asoratidan qutilish ko‘zda tutilsa, ikkinchi o‘rinda inson tabiatida
uchraydigan hamda ommaviy madaniyat ta’sirida xuruj qilib turadigan xatarlardan ogoh
bo‘lish ehtiyoji ham mavjud. Masofaviy ta’lim sharoitida talaba shaxsi millat
qadriyatlariga teskari qo‘ymagan holda va aksincha, boshqa millat ma’naviyatini chuqur
his qilish va o‘z milliy qadriyatini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lsa, milliy
munosabatlarda do‘stona iqtisodiy va ma’naviy muloqotda kasbiy mahoratini ifodalay
olsa, ana shunda turli millatlarning ma’naviyatini ifodalovchi umumbashariy qadriyatlar
o‘sib boraveradi. O‘z tarixini, ma’naviyatini, qadriyatlarni o‘zi bunyod etuvchi xalq, elat
va millatlarga endi shunday imkoniyatlar yaratilmoqdaki, xalqimizning ham jahon
xalqlariga faxrlanib, iftixor tuyg‘usi bilan ko‘z-ko‘z qiladigan fazilatlari qanchalik mo‘l-
ko‘l bo‘lsa, texnologiyalar ta’siridagi axborot xatarlarini bartaraf etishga qodir
yoshlarning ma’naviy axloqiy tarbiyasi darajasi oshib boradi. Buni milliy urf-odatlarimiz,
axloqu odobimiz, chin insoniy ne’matlarimiz taqozo etadi. Yoshlar ma’naviy-axloqiy
tarbiyasida milliy an’analardan samarali foydalanish, milliy sport o‘yinlari va
musobaqalarini, boshqa millat ma’naviyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, yoshlar


background image

ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073

VOLUME-2, ISSUE-12

20

kitobxonligini tashkil etish, masafaviy ta’limda til, muloqot madaniyatiga alohida e'tibor
berish, ularning bo‘sh vaqtini ijtimoiy foydali mehnat vositasida samarali tashkil etish
talaba ma'naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishning muhim sharti hisoblanadi.
Mamlakatimizda har bir fuqaroning ma’naviy-ma’rifiy yuksakligiga erishish davlatimiz
tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etar
ekan, bu boradagi ishlarning tamal toshlari aynan pedagoglarning muqaddas burchlari
hisoblanadi.

Xulosa:

Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, diniy aqidaparastlikning oldini
olish, ma’naviy tubanlik, zo‘ravonlik kabi illatlarni batamom yo‘q qilishga erishish
maqsadida har bir ta'‘im-tarbiya tnuassasalarida maxsus «ma’naviyat kunlari»,
«ma’naviyat saboqlari» o‘quvlari, muzey, tarixiy qadamjolarga virtual sayohatlar,
O‘zbekiston, mehnat qahramonlari va taniqli shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish,
yoshlar klublari tashkil etish kabi tadbirlarning tashkil etilishida oliy ta’limda masofaviy
ta’limning imkoniyatlaridan keng foydalanish albatta ijobiy samara berishi tabiiy. Xulosa
qilib aytish mumkinki, o‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy sifatlari, milliy odat, an’ana va
fazilatlar borki, ular boshqa xalqlarda yo‘qligidan tashqari, insoniyat ma’naviyatining
nodir zarvaraqlari sifatida boshqalarda hayrat uyg‘otishi tabiiydir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Turg‘unov S.T. Boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar // Maktab va hayot
jurnali. – 2006. – № 1. – 20-23-b.
2. Turg‘unov S.T., Uluqov N.M., Shodmanov Q.O., Maqsudova L.A. Ta’lim
muassasalarida boshqaruv. - Toshkent: Fan, 2008.
3. Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. -
Toshkent: Fan, 2009

Библиографические ссылки

Turg‘unov S.T. Boshqaruv jarayonida tarbiyaviy munosabatlar // Maktab va hayot

jurnali. – 2006. – № 1. – 20-23-b.

Turg‘unov S.T., Uluqov N.M., Shodmanov Q.O., Maqsudova L.A. Ta’lim

muassasalarida boshqaruv. - Toshkent: Fan, 2008.

Turg‘unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish. -

Toshkent: Fan, 2009