HARBIY TA’LIM JARAYONIDA HARBIY XIZMATCHILARDA KOMPETENTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Annotasiya

Ushbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.13895371
CC BY f
32-37
29

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Yadgarov , J. (2024). HARBIY TA’LIM JARAYONIDA HARBIY XIZMATCHILARDA KOMPETENTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI. Universal Science Research Jurnali, 2(10), 32–37. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/58987
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

32

HARBIY TA’LIM JARAYONIDA HARBIY XIZMATCHILARDA

KOMPETENTLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI

Yadgarov Jamshid Narzievich

O‘R QK Kichik mutaxassislar tayyorlash

markazi boshlig‘ining o‘quv-uslubiy ishlar

bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik


Annotatsiya

: Ushbu maqola etuk va kompetentli harbiy xizmatchi shaxsini

shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilarning jismoniy, ruhiy va
kasbiy jihatdan tayyorgarliklari yukori darajada bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Kompetentlik

,

kreativ, innovatsion, kommunikativ, professional,

axloqiy barkamol, mehribon, talabchan, ma’naviy pok, qanoatli, rostgo‘y, sadoqatli,
pokiza, ziyrak, andishali, vazmin, sabr-bardoshli.

Annotation:

The article focuses on the formation of a mature and competent

serviceman who provides a high level of physical, mental and professional training of
servicemen.

Key words:

Competence, creative, innovative, communicative, professional,

morally competent, king, demanding, spiritually pure, contented, honest, intelligent,
thoughtful, calm, patient.

Annotatsiya

: В данном стате основное внимание уделяется формированию

зрелого и компететного военнослужащего, обспечивающего высокой уровен
физической, умственной и профессионалной подготовки военнослужащих.

Ключевые

слова:

Компетентност,

творческий,

новаторский,

коммуникативный,

профессионалный,

морално

громадный,

добрый,

требователный, духовно чистый, доволный, честный, лоялный, чистый, умный,
вдумчивый, спокойный, терпеливый.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

33

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti

Sh.M.Mirziyoev aytganidek: “Hech qachon unutmaylik, go‘zal va betakror
O‘zbekiston barchamizniki ekan, uning taqdiri va kelajagi uchun barchamiz
mas’ulmiz”.

Bu borada shaxsning muayyan ta’lim yunalishi yoki mutaxassisligi bo‘yicha olgan

bilim, malaka va ko‘nikmalari hamda shakllangan shaxsiy xislatlarini mehnat
faoliyatida muvaffaqiyatli qo‘llay olishi uning kompetentligini namoyon etadi.

Kasbiy kompetentlik kasbiy bilimlar, ko‘nikmalar yig‘indisi, shuningdek, kasbiy

faoliyatni amalga oshirish usullari bo‘lib, ular -ijtimoiy, maxsus, psixologik, metodik,
informatsion

kreativ,

innovatsion,

kommunikativ,

shaxsiy,

texnologik

va

autokompetentlik yo‘nalishida o‘ziga xos ta’sir kuchiga egadir.

Kompetentlik harbiy xizmatchilarning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy

faoliyatlarini amalga oshirish uchun zarur bulgan bilim, ko‘nikma va malakalarning
egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan ifodalanadi.

Pedagogik faoliyat jarayonida, ta’lim oluvchilar tegishli bilim, ko‘nikma va

malakalarga ega bo‘ladilar. Shu bilan bir vaqtda ularning tafakkuri rivojlanadi, irodasi
va xarakteri chiniqadi, jangovar vaziyatlarda harakat qilish uchun ruhiy tayyorgarligi
shakllanadi. Bu esa o‘z navbatida keng tajribalardan unumli foydalanish va ilg‘or
texnologiyalarni qo‘llash, zamon talablari asosida, harbiyxizmatchilarning o‘z
professional, nazariy va amaliy bilimlarini uzluksiz oshirib borishi, kasbiy
kompetentligini shakllantirish qoidalarini nazarda tutadi. Kasbiy kompetentlik harbiy
xizmatchilarning kasbiy faoliyatini tashkil etish jarayonida hayotiy ko‘nikmalarni
egallashlariga ham imkon beradi.

Harbiy xizmatchilar kasbiy faoliyati davomida quyidagilarni uddalay olishlari

lozim:

- nazariy va amaliy bilimlarini uzluksiz oshirib borishi, o‘zining dunyoqarashi,

bilim va tajribasini doimiy ravishda kengaytirib, yangi bilimlarni o‘zlashtirishi,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, yangi axborotlarni olish,
ilg‘or tajribalarni o‘rganishi;

- xizmat burchini bajarishga vijdonan yondashib, vatanga sidqidildan xizmat

qilish, moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash, milliy qadriyatlarga hurmat
bilan munosobatda bo‘lish;


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

34

- yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, kasbiy malaka, mantikiy fikrlash

qobiliyatiga ega bo‘lish, sezgirlik, ziyraklik, kuzatuvchanlik, bilish bilan bog‘liq
intellektual salohiyat va ijtimoiy faollikni rivojlantirish;

- keng bilim va yuksak professional mahoratga ega harbiy xizmatchi bo‘lish, o‘zi

mustaqil ravishda favqulodda va har qanday keskin sharoitlarda ham nostandart
qarorlar qabul qila olishi;

- o‘z kasbiy bilimdonligini doimiy tarzda oshirib borib, harbiy san’atni o‘rganishi,

mustakil tarzda harbiy qurilish, harbiy taktika va strategiya, harbiy boshqaruv va kasb
odobiga oid ilmiy adabiyot va ommaviy nashrlardan foydalanish asosida yuksak
dunyoqarashga ega bo‘lishi;

- umumharbiy nizomlarga ko‘ra, xizmat munosabatlarida xushmuomalalikka amal

qilib, harbiy burch va majburiyatlarni bajarish, jamoat joylarida o‘zini munosib tutishi,
shaxsiy xulq-atvorini nazorat qilib borishi;

- xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirish, xorijiy tilda turli janrdagi (teleko‘rsatuv,

radio eshittirish, e’lonlar, yangiliklar va h.k.) audio va video matnlarni eshitib, asosiy
ma’nosini tushunib muhokama qila olishi, har qanday og‘zaki nutqni tinglab
tushunishi;

- ruhan tetik va jismonan bardam, xushyor, doimo ogoh bo‘lish, irodasini

chiniqtirib borishi, og‘ir damlarda sabr-bardoshli bo‘lish, xizmat va kasb sirlarini
saqlash;

- kasbiy faoliyatning jarayon, hodisalarini tahlil etishga imkon beruvchi fikr

doiralarini kengaytirishi va juda ko‘p uchraydigan nostandart vaziyatlarda mustaqil
qaror qabul qilishi;

YUkorida aytilgan mulohazalardan kelib chiqqan holda, kasbiy kompetentlikni

shakllantirishda harbiy ta’lim jarayonini ham mazmunan, ham shaklan o‘zgartirish,
bunda ta’lim oluvchilarga faqat ma’lum bir kompetensiyalar bo‘yicha bilim berish
emas, balki harbiy ta’lim jarayoni davomida faoliyat olib borishni ta’minlash nazarda
tutiladi.

Fan va texnikaning rivojlanishi, Qurolli kuchlarning zamonaviy va murakkab

jangovar texnika, qurol-yarog‘lar bilan ta’minlanishi, yangi ta’lim texnologiyalarining
yaratilishi va boshqa shu kabi hozirgi zamonga xos o‘zgarishlar ta’lim jarayonini
tashkil etishga nisbatan tobora yangi talablar qo‘ymokda. Bu esa o‘z navbatida kasbiy
kompetentlikni rivojlantirishni talab qiladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

35

Harbiy ta’lim tizimi samaradorligini oshirishda kasbiy ta’lim yo‘nalishlarini

to‘g‘ri belgilash, loyihalashtirish va joriy etishni samarali amalga oshirish, ta’limning
moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, ta’lim muassasalarini yuqori malakali
pedagog va muxandis-pedagog xodimlar bilan ta’minlash, ta’lim muassasalari va
mehnat bozori o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, ta’lim-tarbiya tizimida yangicha ilmiy-
uslubiy yondashuvlarning kiritilishiga jiddiy e’tibor berish talab etiladi.

Harbiy xizmatchi - axloqiy barkamol, mehribon, talabchan, ma’naviy pok,

qanoatli, rostgo‘y, sadoqatli, pokiza, ziyrak, andishali, vazmin, sabr-bardoshli,
muloyimlik kabi o‘zining shaxsiy fazilatlariga ega bo‘lishi kerak. SHuningdek,o‘z
sohasining puxta bilimdoni bo‘lib, hunar sirlarini puxta o‘rganishi, o‘z ehtiyojlari va
yutuq-kamchiliklarini idrok eta olishi, nutq madaniyatiga egallashi asosida barchaga
har jihatdan shaxsiy namuna va ibratli bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir.

Harbiy xizmatchining bilimlar quvvati uning o‘z-o‘zini rivojlantirish unsuri

bo‘lib, mustaqil izlanish, ijodiy faoliyatini tashkil etish va yangilik yaratishini
ta’minlaydi. Bu borada samarali natijaga erishish uchun quyidagi jihatlarga jiddiy
etibor berish lozim:

-harbiy xizmatchining yuqori darajadagi madaniyat, bilim va aql-zakovatning

yuksak ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;

-o‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibiga aylanishi;
-kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilishi

ayniqsa, pedagogik va psixologik bilimlarni puxta egallab, ulardan kasbiy faoliyatida
foydalana olishi;

-kreativ qobiliyatga ega bo‘lishi va harbiy texnika sirlarini puxta egallashi;
-ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli yondashgan holda harbiy mahorati, nutq va

muomala madaniyati, yuksak xulq-atvorining rivojlanishiga jiddiy e’tibor berishi,
ma’naviy jihatdan sog‘lom va keng fikrlay olishi;

-o‘z milliy qadriyatlari, urf-odatlari va millatimizning buyuk siymolari ijodiy

merosini o‘zlashtirishi,o‘zi tanlagan mutaxassislik va fan sohasida izlanishlar olib
borgan allomalarning hayoti va ijodini teran va yaxshi bilishi hamda mantiqiy
tafakkurga ega bo‘lishi;

-kasbiy faoliyatda mas’uliyatli bo‘lish, jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan

o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab
etishi va ularga xolisona baho bera olishi,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

36

-ilm-fan, texnika va axborot-kommunikatsion texnologiyalarining yangiliklari va

yutuqlaridan xabardor bo‘lib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha chuqur va puxta bilimga ega
bo‘lishi, barcha fanlar integratsiyasini o‘zlashtirib, bunda o‘z ustida mustaqil ishlay
olishi, tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi;

-o‘ziga xos kiyinish madaniyatiga ega bo‘lishi ya’ni ozoda, bejirim kiyinishi,

mulohazali, bosiq bo‘lishi, har qanday vaziyatni to‘g‘ri baholashi hamda mustaqil
ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi;

-ota-onalar hamda hamkasblari bilan muloqot jarayonida fikrining aniq va lunda

bayon etilishiga ahamiyat qaratishi, suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik,
do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyatda bo‘lishi;

-ta’lim jarayonini loyihalashdafaoliyatli yondashuv, o‘zaro tenglik, modullilik,

tizimli kvantlash, qiziqtirish, muammolilik, xatoliklarga tayanish, ta’lim vaqtini tejash,
texnologik, uzviylik, refleksivlik, natijaviylik, ko‘p omillilik, o‘quv-tarbiya
jarayonining shaffofligi va o‘z-o‘zini boshqarish asosida rivojlanish kabi zamonaviy
tamoyillardan foydalanish;

-kasbiy kompetentlikni rivojlantirishda muntazamlilik, masalaga yangicha

yondashish, konseptual bilimlarning tizimli va ilmiy mohiyatini oshirish, kelajakni
ko‘ra olish, bashorat qilishda etakchilik qilish, innovatsion faoliyatni intensivlashtirish,
ta’lim muhitida o‘zgaruvchanlik, dinamiklik, uzluksizlik, moslashuvchanlik hamda
o‘qish va o‘rganishning yangi usullaridan foydalanish kabi tamoyillarni keng qo‘llash;

Abdulla Avloniyning ta’kidlashicha, “Vatan tuyg‘usi eng insoniy, eng mo‘‘tabar

tuyg‘ulardan biri. Vatanni shunchaki sevish mumkin emas. Uning dardi bilan
yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanish kerak. Vatan onadek
muqaddas.”

.

Xulosa

o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi vazifalarning so‘zsiz bajarilishi esa

mamlakatimizda adolatli demokratik jamiyatni barpo etishga o‘zining beqiyos hissasini
qo‘shadi. Har bir shaxsning kompetentligini rivojlantirish jarayoni individual bo‘lib,
o‘ziga xos xususiyatga egadir. Kompetensiyaviylik keng tushuncha sifatida ongli
anglagan holda xarbiy xizmatchilarning o‘z professional, kasbiy vazifalarini bajarishga
bo‘lgan nazariy va amaliy tayyorligini kuchaytirish hamda vatanparvarlik tuyg‘usini
oshirishda innovatsion faoliyatning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, eng
muhimi komil insonga xos xususiyatlarini hamda axloqiy-ma’naviy fazilatlarini
tarbiyalash muhim ahamitga egadir.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

37

Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘qituvchi va
murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.30 sentyabr 2020 yil.

2.Satib-Aldiev A. Muloqotni tashkil etishning psixologik-pedagogik artlari.

O‘quv- metodik qo‘llanma. – T.: TOUQBYU, 2012.

3.Satib-Aldiev A. Ofitser-o‘qituvchining pedagogik mahorati [Matn]: darslik/ –

T.: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, 2019.

4.Etiketning oltin kitobi. – T.: Yangi asr avlodi, 2013.
5. “Interfaol usullar” “Xalq ta’limi” jurnali Toshkent – 2008
yil. № 3
6.“Ta’limda interfaol usullardan foydalanish”, Boshlang‘ich ta’lim jurnali 2009
y., № 2.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.30 sentyabr 2020 yil.

Satib-Aldiev A. Muloqotni tashkil etishning psixologik-pedagogik artlari. O‘quv- metodik qo‘llanma. – T.: TOUQBYU, 2012.

Satib-Aldiev A. Ofitser-o‘qituvchining pedagogik mahorati [Matn]: darslik/ – T.: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, 2019.

Etiketning oltin kitobi. – T.: Yangi asr avlodi, 2013.

“Interfaol usullar” “Xalq ta’limi” jurnali Toshkent – 2008 yil. № 3

“Ta’limda interfaol usullardan foydalanish”, Boshlang‘ich ta’lim jurnali 2009 y., № 2.