ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
13
SURXONDARYO KUTUBXONACHILIGIDA KADRLAR MASALASI
Egamov Nazirbek Nurullayevich
TerDU “O’zbekiston tarixi va manbashunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Har qanday sohani rivojlantirish va undan ko’zlangan maqsadni
ro’yobga chiqarish uchun o’sha sohaning harakatlantiruvchi omillariga e’tibor qaratish
lozim. Jumladan, kutubxonachilik sohasini yuksaltirish uchun uning eng asosiy
harakatlantiruvchi kuchi sifatida undagi kadrlarning salohiyatiga e’tibor qilish zarur.
Aynan shuning natijasida yuksak sifat samaradorligiga erishish mumkin.
Kalit so’zlar:
kadrlar masalasi, xodimlarning salohiyati, malaka oshirish
kurslari, oliy ma’lumotli kadrlar, kitobxonlik darajasi, kadrlar qo’nimsizligi,
kutubxonachi ta’minoti.
КАДРОВЫЙ ВОПРОС В СУРХОНДАРЬИНСКОЙ БИБЛИОТЕКЕ
Эгамов Назирбек Нуруллаевич – докторант кафедры «История и
источниковедение Узбекистана» ТерГУ.
Аннотация:
Чтобы развивать любую отрасль и реализовывать цели,
необходимо обращать внимание на движущие факторы этой отрасли. В
частности, для совершенствования сферы библиотечного дела необходимо
обратить внимание на потенциал его кадров как его основной движущей силы. В
результате можно добиться высокого качества эффективности.
Ключевые слова:
кадровые вопросы, кадровый потенциал, курсы
повышения квалификации, высокообразованные кадры, уровень чтения,
кадровый дефицит, библиотечное обеспечение.
PERSONNEL ISSUE AT SURKHONDARYO LIBRARY
Egamov Nazirbek Nurullayevych is a doctoral candidate of the
Department of "Uzbekistan History and Source Studies" of TerSU
Abstract:
In order to develop any industry and realize the goal, it is necessary to
pay attention to the driving factors of that industry. In particular, in order to improve
the field of librarianship, it is necessary to pay attention to the potential of its personnel
as its main driving force. As a result, it is possible to achieve high quality efficiency.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
14
Key words:
personnel issues, staff capacity, training courses, highly educated
personnel, reading level, staff shortage, librarian supply.
Dunyodagi barcha sohalarning rivoji bevosita uni amalga oshirayotgan kadrlar
salohiyatiga bog’liq bo’ladi. Sohaning rivojlanishi, xalqqa naf keltirishi va mamlakat
hukumatining sohadan ko’zlagan maqsadiga erishishi uchun kadrlarning yuqori
saviyadaligi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu barcha sohalar uchun birday taalluqli. Shu
jumladan, kutubxonachilik sohasi ham bundan mustasno emas.
Kadr so’zi fransuzcha “cadre” so’zidan olingan bo’lib, “shaxsiy tarkib” degan
ma’noni bildiradi, mohiyatan esa biror bir tashkilotdagi xodimlarning asosiy tarkibi
tushuniladi. Biz o’rganayotgan tadqiqotimizda mamlakatimizdagi butun kadrlar
muammosini emas, balki faqat kutubxonachilik sohasidagi kadrlar muammosi va
ularning yechimiga e’tibor qaratdik. Sohaning rivojiga to’sqinlik qilayotgan asosiy
masalalardan biri bo’lmish kadrlar muammosi hal etilishi zarur bo’lgan vazifa bo’lib
turibdi. Shuning uchun bu masalaning o’rganilishini vaziyat taqazosi sifatida qabul
qilish kerak.
Xo’sh, mustaqillikka erishganimizdan so’ng Surxondaryo viloyatining
kutubxonachilik sohasida kadrlar masalasi qay ahvolda edi? Bugun bu masala qanday
hal etilmoqda, qanday yechimlar bor? Tadqiqotimiz davomida ushbu masalalarga
atroflicha yondashishga harakat qildik. Bu borada, asosan, arxiv hujjatlari va
mutaxassislar fikr-mulohazalariga asoslanib, uni ilmiy jihatdan tahlil qilishga urinib
ko’rdik.
Surxondaryo viloyati davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarning guvohlik
berishicha, mustaqillikka erishilgan ilk davrlarda joylardagi bir qator shahar va rayon
hokimlari hech qanday asossiz ravishda o’zboshimchalik bilan klub muassasalari,
bolalar musiqa maktablari va hatto, kutubxonalardagi mavjud ish o’rinlarni qisqartirib
yuborganlar. XV chaqiriq xalq deputatlari Angor rayon kengashining 1992-yil 12-
iyunda bo’lib o’tgan XI sessiyasi qabul qilgan qarorga binoan, rayondagi
kutubxonalardan 14,5 o’rin, rayon madaniyat tarmog’idan 14 o’rin, bolalar musiqa
maktabidan 3 o’rin - jami 31.5 o’rin qisqartirib yuborilgan.
Xuddi shunday o’zboshimchalik Denov shahar hokimligida ham mavjud. U
yerda ham kutubxonalar bo’yicha 10 ta o’rin qisqartirib yuborilgan. Boysun, Termiz
rayonlari hokimliklari qishloq kutubxonalari va klublari o’rinlarini to’g’ridan to’g’ri
ular o’rnashgan xalq deputatlari qishloq kengashlari ixtiyoriga o’tkazib yuborganlar.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
15
Viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi bunday o’rinsiz harakatlarga qarshi
chora-tadbirlar ko’rib, asossiz qisqartirilgan o’rinlar yana qaytarib olindi. Joylardagi
hokimliklar tomonidan sodir etilayotgan noto’g’ri harakatlar viloyat hokimligiga
yozma ravishda yetkazildi va hokimlik viloyat madaniyat ishlari boshqarmasiga amaliy
yordam ko’rsatdi. Natijada kutubxonalardagi shtatlar va kadrlar masalasidagi ahvol
yanada qiyin vaziyatga tushib qolishining oldi olindi.
Surxondaryo viloyati
madaniyat boshqarmasining 1992-yildagi kadrlar
masalasidagi hisobotlarida shunday deyiladi: “Kutubxonalar ishida ham burilish
bo’lmayapti. Hamon rayon, shahar markazlashgan kutubxonalar tizimlari xo’jalik
yurtishning yangicha usuliga o’tishning mohiyatiga tushunmay, nimalarnidir kutib,
eskicha ishlab kelishyapti. Endigi vazifa bunday xotirjamlikka barham berib, ishni davr
talabiga mos ravishda tashkil etishdir. Bizga qorovul kutubxonachi emas, balki
tashabbuskor, o’z vazifasiga jonkuyar bo’lgan xodimlar kerak. Ana shunday
mas’uliyatli kutubxonachining maoshi har qancha oshirilsa ham birov hech narsa
demaydi. Shuning uchun faqat oyma-oy maosh olishni bilib, ish desa chekkada panalab
yuradigan xodimlarning bahridan kechish lozim. Kutubxonalar ommaviy tadbirlar
o’tkazishga, oilaviy, brigada abonementlarini ko’paytirishga harakat qilishlari, har xil
qiziqarli tadbirlar o’tkazish, tashkiliy ishlar bilan shug’ullanish bilan kitobxonlar sonini
ko’paytirishga erishishlari shu kunning talabidir. Bularni amalga oshirishda viloyat
kutubxonalari katta tashkilotchilik ishlarini olib borishlari, o’zlarining uslubiyat
markazi degan nomlarini oqlashlari lozim”.
Ushbu hujjatning keyingi betlarida G’afur G’ulom nomidagi viloyat bolalar
kutubxonasi haqida so’z yuritilib, u yerda kadrlar imkoni boricha to’g’ri joylashtirishga
harakat qilingani, kutubxonada beshta bo’lim faoliyat ko’rsatayotgani va har bir
bo’limda o’zbek va rus tiliga mansub bo’lgan kadrlar ish olib borayotgani, bu esa
kelgan kitobxonning har biri erkin muloqot qila olishiga imkon berayotgani
ta’kidlangan. Hujjatda kutubxonada yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmagan xodimlar
tashkil etilgan 6 oylik kutubxonachilik kursida o’qiyotgani, avvalgi (1991-) yilda ushbu
kursni 15 ta xodim tamomlagani haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan. Shu bilan birga
viloyatdagi madaniyat tashkilotlarining rahbarlari kadrlar ishi yuzasidan yetarlicha ish
olib bormayotganligi ham qayd etilgan.
“Kutubxonalarda yuqori malakali mutaxassis kadrlar ozchilikni tashkil etmoqda.
Jumladan, Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat markaziy kutubxonasida faoliyat olib
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
16
borayotgan xodimlarning atigi 26,8 foizigina oliy va o’rta maxsus ma’lumotli
mutaxassislardir. Rahbarlik lavozimlariga kadrlarni tanlab, bo’sh joylarni malakali
kadrlar bilan to’ldirish muammo bo’lib turibdi. Yetti oydirki, kutubxona direktorining
o’rinbosari joyi bo’sh. Buning oqibatida rayon va shahar markazlashgan kutubxonalar
sistemasiga borib, metodik yordam ko’rsatish rejasi bajarilmay qolmoqda. Qolaversa,
ishning og’irligi kutubxona direktoriga ham tushyapti. Bundan tashqari kutubxonadagi
ilg’or ish tajriba maktabi faoliyati to’xtab turibdi. Bu maktabning dasturi tuzilgan
bo’lsada, o’tkazilishi kerak bo’lgan seminarlar vaqti hamda javobgar xodimlar
haligacha belgilab olinmagan”. Mana shunday e’tiborsizliklar natijasida kutubxonadagi
ish samaradorligi past ko’rsatkichlarda qolib ketavergan, kitobxonlarga xizmat
ko’rsatish ham sifatsizligicha qolavergan.
Ushbu hujjatdagi ma’lumotlarga ko’ra, o’sha paytda G’afur G’ulom nomidagi
viloyat bolalar kutubxonasida ishlayotgan yuqori malakali mutaxassis kadrlar barcha
xodimlarning atigi 20,8 foizni tashkil etgan. Kutubxona xodimlari orasida rus tiliga
mansub bo’lgan kutubxonachilarning ayrimlari o’zbek tili darsiga borishni unchalik
xush ko’rmaganlar. Oqibatda esa ish jarayonida kitobxonlar bilan o’zaro
munosabatlarda qiyinchiliklarga duch kelingan. Bu esa o’z navbatida ish
samaradorligiga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmagan. “Kutubxona ishining
samaradorligi bevosita uning barcha tarkibiy elementlarining rivojlanishi va
izchilligiga bog’liq. Ayniqsa, sohaning kadrlar salohiyatiga”, - degan edi rus
kutubxonashunos olimasi Yelena Yegorova.
1990-1991-yillarda viloyat madaniyat tashkilotlarida e’tibor mehnat intizomiga
qaratilganligi, rahbarlarning mehnat intizomini buzgan xodimlarga o’z vaqtida
ma’muriy jazo berib borganliklari natijasida kadrlar qo’nimsizligi biroz bo’lsada
kamaygan. Jumladan, Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat markaziy kutubxonasida
1990-yilda 21 xodim ishdan ozod qilingan bo’lsa, 1991-yilda bu raqam qariyb 2
baravarga kamaygan. Viloyat bolalar kutubxonasida esa 1990-yilda 11 xodim ishdan
bo’shab ketgan bo’lsa, 1991-yilda yana 7 kishi ishdan bo’shatilgan. Bu raqamlar
kadrlar qo’nimsizligi masalasining birozgina bo’lsa ham yaxshi tomonga o’zgara
boshlaganidan dalolat beradi.
Viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish
ishlariga ham katta e’tibor berishiga to’g’ri keldi. Shuni aytib o’tish joizki, Respublika
malaka oshirish oliygohi kadrlar tayyorlash ishlari bo’yicha viloyatdagi barcha
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
17
madaniyat maskanlariga yordam berdi. 1992-yil mobaynida bu oliygoh kurslarida
viloyatimizdan 48 ta xodim tahsil oldi. Ular orasida o’z malakasini oshirib qaytgan
kutubxonachilar ham bor edi. Yana shunisi diqqatga sazovorki, 1992-da
kutubxonachilik va klubshunoslik mutaxassisligi bo’yicha Termiz davlat musiqa bilim
yurtida yangi bo’limlar tashkil etildi. Shu yilda bo’limning kutubxonachilik
mutaxassisligi yo’nalishida (kunduzgi va sirtqi shaklda) 30 ta talaba tahsil oldi. Bu esa
kutubxonachilik faoliyatini mutaxassis kadrlar bilan to’ldirish ishini biroz bo’lsada
yaxshiladi.
Bu davrda viloyat miqyosida kutubxonachilik sohadagi kadrlar masalasiga
imkon qadar e’tibor berilgan bo’lsada, oliy ma’lumotli yetuk kadrlarning yetishmaslik
holatlari yaqqol ko’zga tashlanardi. 1992-yil 4-5-6-mart kunlari Adib Sobir Termiziy
va G’afur G’ulom nomidagi kutubxonalar xodimlari tomonidan Qumqo’rg’on
nohiyasidagi kutubxonalar ishi o’rganib chiqildi. Nohiyada o’sha vaqtda 28 ta
kutubxona aholiga xizmat ko’rsatgan bo’lib, umumiy kutubxonachilar soni 41 kishini
tashkil qilgan. Tekshirish hisobotida shulardan bor-yo’g’i 5 kishi oliy ma’lumotli, 1
kishi esa o’rta maxsus ma’lumotga ega bo’lgan kadrlar ekanligi qayd etilgan. Bu
Qumqo’rg’on nohiyasi kutubxonalaridagi oliy ma’lumotli kadrlar atigi 12,5 foiznigina
tashkil qiladi, degani edi.
O’zbekiston milliy arxivida saqlanayotgan hujjatlardagi ma’lumotga ko’ra, oliy
ma’lumotli kadrlar nafaqat tumanlarda, balki viloyatning markaziy kutubxonalarida
ham kamchilikni tashkil qilardi. 1993-yilda Surxondaryo viloyati kutubxonalarida 733
xodim xizmat qilgan bo’lsa, ularning bor-yo’g’i 137 tasi oliy, 101 tasi maxsus oliy, 116
tasi o’rta maxsus ma’lumotli kishilar edi. Qolganlari esa umumiy o’rta ma’lumot bilan
ish-faoliyatini olib borardi. Bunda kutubxonachilik mutaxassisligini tamomlagan oliy
ma’lumotli xodimlar 18,69 foizni tashkil qilayotganini ko’rishimiz mumkin. Bu
ma’lumotlarning o’ziyoq sohada qilinishi kerak bo’lgan vazifalarning anchagina
ekanligini ko’rsatardi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan madaniyat sohasiga ko’rsatilgan e’tibor
tufayli bir qator o’zgarishlar yuz berdi. 1994-yil boshqa sohalarda bo’lgani kabi
viloyatimiz kutubxonalari faoliyatida ham salmoqli yil bo’ldi. 1993-yilda viloyatimiz
aholisiga 425 ta ommaviy kutubxona xizmat ko’rsatgan bo’lsa, 1994-yilda
kutubxonalar soni 428 taga yetdi. Bu sohaga hukumat e’tibori qaratilayotganligining
namunasi edi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
18
Viloyat kutubxonalari tomonidan viloyatimizdagi kutubxona xodimlarining
malakasini oshirish, maxsus ma’lumotga ega bo’lmagan xodimlarga boshlang’ich
maxsus ma’lumotlar berish maqsadida 5 kunlik o’qishlar tashkil qilindi. Ayanchli
tomoni shundaki, rayon kutubxonalariga yordam tariqasida tashkil etilgan ana shu
o’qishlarga Uzun, Sherobod, Jarqo’rg’on rayonlari hamda Termiz shahri madaniyat
ishlari bo’limlari mas’uliyatsizlik bilan yondashib, xodimlarni o’z vaqtida o’qishga
yuborishni ta’minlamadilar. Hatto shu narsani ta’kidlash mumkinki, Termiz shahrida
birorta ham maxsus ma’lumotli mutaxassis yo’q bo’lishiga qaramay, o’qishga uch kishi
o’rniga bir kishi naridan beri qatnashgan. Bu kabi mas’uliyatsizliklar o’sha davr
kutubxonachilik sohasi uchun ham yaxshigina muammolar keltirib chiqargan,
madaniyat boshqarmasining kadrlar borasidagi kamchiliklarni to’ldirish uchun tuzgan
rejalarining bajarilmay qolishiga sabab bo’lgan.
Bu davrda kutubxonalarning ish faoliyatida ham jiddiy kamchiliklarga yo’l
qo’yildi. Masalan, hukumat tomonidan ajratilgan mablag’ evaziga kutubxona
jamg’armasini to’ldirish ishlari Denov rayonida 65 foizga, Jarqo’rg’on rayonida 26
foizga, Qumqo’rg’on rayonida 81 foizga, Qiziriq rayonida 85 foizga, Sariosiyo
rayonida 11 foizga, Termiz rayonida 84 foizga, Uzun rayonida 63 foizga, Sherobod
rayonida 46 foizga bajarildi, xolos.
Bundan tashqari Jarqo’rg’on, Qumqo’rg’on, Bandixon rayonlarida kutubxona
ishidagi hujjatlar to’g’ri yuritilmagan. Ana shu rayonlarda uslubiyat ishi hozirgi kun
(1994-yil) talabiga javob bermaydi, maxsus ma’lumotli xodimlar tayyorlash masalasiga
e’tibor berilmayapti. Masalan, Jarqo’rg’on rayonida jami xodimlarning 18 foizigina
oliy va o’rta maxsus ma’lumotga ega, Qumqo’rg’onda bu ko’rsatgich 21,6 foizni,
Bandixonda 14 foizni tashkil etadi. Jarqo’rg’onda hatto ma’lumotli mutaxassislar ham
to’g’ri ishlamayapti. Kutubxona fondini hisobga oluvchi hujjatlar, uslubiyat hujjatlari
– hammasi noto’g’ri. Vaholanki, bu lavozimlarda, ya’ni uslubiyat bo’limi mudiri
hamda kutubxona jamg’armasini to’ldirish bo’limi mudirlari oliy ma’lumotli
mutaxassislar hisoblanishadi. Lekin mutaxassislarning va xodimlarning ishi nazoratsiz
qolgan. Bundan tashqari viloyat madaniyat ishlari boshqarmasining 1994-yil 25-
fevraldagi “Viloyat kutubxonalarida kitob jamg’armalaridagi kitoblarni sanoqdan
o’tkazish haqida”gi buyrug’i ko’p joylarda, madaniyat ishlari bo’limlari hamda
markazlashgan kutubxonalar tizimlari rahbarlarining mas’uliyatsizligi, loqaydliklari
oqibatida bajarilmagan. Buyruqning bajarilmasligida viloyat kutubxonalarining ham
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
19
“hissasi” bor, albatta. Chunki ular buyruqning bajarilishini o’z vaqtida nazorat
qilmaganlar. Oqibatda, sustkashlikka yo’l qo’yilgan, ishning borishi rejadagidek
ketmagan.
Shuningdek, arxiv manbalarida viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig’i
Abdurasul Ibragimovning bir yig’ilishda Sherobod rayoni kutubxonalar tizimi rahbari
O’. Safarova bilan bo’lgan suhbati keltirilgan.
A. Ibragimov: “Kutubxonada nechta xodim bor?”
O’. Safarova: “49 ta xodim bor, shundan 16 tasi o’qimishli”.
A. Ibragimov: “Nega kutubxonada tartib-intizom yo’q?”
O’. Safarova: “Haqiqatdan ham, tadbirlarga ko’proq e’tibor berib , hujjat ishlarini
va tartib-intizomni chetda qoldiribmiz”.
A. Ibragimov: “Ishda tartib-intizom bo’lmasa, qog’oz ishlari bo’ladimi? Nega
boshqarmaning buyrug’ini bajarmagansiz?”
O’. Safarova: “Buyruqni olgan edik, hujjatlarning ichida qolibdi, ko’rmabmiz,
natijada bajarmaganmiz”.
A. Ibragimov: “Men sizning bu gapingizdan keyin siz haqingizda qanday fikrda
bo’lishim mumkin? Siz shuncha yil kutubxonada rahbar bo’lib, shu gaplarni
aytyapsizmi?”
O’. Safarova: “. . .”.
Birgina Sherobod rayoni misolidagi ushbu suhbatdan shu narsa anglashiladiki,
o’sha davr kutubxonachilik sohasida kadrlar masalasidan boshqa muammolar ham
talaygina bo’lgan. Hujjat yuritish ishlarining o’lda-jo’ldaligi, kutubxonachilarning ish
saviyasining pastligi, tartib-intizomga amal qilinmasligi va shu kabi ko’plab
kamchiliklar mavjud bo’lgan. Bu kamchiliklarni bartaraf etmasdan turib esa
kutubxonachilik sohasini rivojlantirish juda mushkul ish edi.
Sherobod rayonidagi madaniyat sohasida talabchanlik ancha bo’shashtirib
yuborilganligini ayta turib, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari D.
G’ulomov: “Inson bir necha yillik ish stajiga emas, balki ish tajribasiga ega bo’lishi
kerak”, - degan edi. “Kadrlarning haqiqatdan ham ko’pchiligi ma’lumotga ega
bo’lmagan kadrlardir. Madaniyat uyi rahbarlaridan, qishloq madaniyat uyi
mudirlaridan qanday ishlar qilinayotganligini so’rasang, nuqul konsertdan gapirishadi.
To’garaklar, nizomlar haqida gapirmaydilar ham, balki ular bu narsaning nimaligini
bilishmas ham. Kutubxonalarda ham shu ahvol”. Ko’rinib turibdiki, bu davrda
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
20
madaniyat sohasida, xususan, kutubxonachilikda ahvol qoniqarli emas edi,
rahbarlarning olib borilgan ishlardan ko’ngli to’lmagan.
Mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun hukumat bir qator tadbirlarni
amalga oshirdi, ammo mavjud ahvolni darrov o’nglash juda mushkul edi. Shunday
bo’lsada madaniyat boshqarmasi kutubxonalarga yo’l-yo’riq ko’rsatishda davom etdi.
Boshqarma boshlig’i A. Ibragimov yig’ilishlarning birida shunday degan edi: “Joylarda
hamma borib o’z ishlarini qaytadan ko’rib chiqsin. Kadrlar masalasi degani bir nechta
kishini o’qishga yubordik, bir nechtasi o’qishdan keldi, degan gap emas. Biz ularning
tarbiyasi bilan ham shug’ullanishimiz kerak. Mana hozir biz 3 ta rayonda tekshirish
o’tkazdik. Aslida bu tekshirish tekshirish emas, balki amaliy yordamdir”. Viloyat
madaniyat sohasini uzoq yillar boshqargan ushbu mehnat faxriysining ko’rsatmalari
viloyat kutubxonachilari uchun ham anchagina yaxshi dasturulamal bo’lib xizmat qildi,
deyish mumkin.
Ana shunday amaliy yordam sifatida Termizda tashkil etilgan kutubxona
xodimlarining qisqa o’quv seminarlarida ko’plab kutubxonachilar, xususan,
Sheroboddan 5 ta, Oltinsoydan 8 ta kutubxonachi o’z bilim va tajribalarini orttirib
ketishdi. Bu malaka oshirish ishlarida, asosan, Adib Sobir Termiziy nomidagi viloyat
markaziy kutubxonasi xodimlari o’z mehnatini ayamadilar.
Bu davrda kadrlar masalasini yanada og’irlashtiradigan bir jarayon bu
kadrlarning qo’nimsizligi edi. Chunki kutubxonachilik sohasi xodimlari moddiy
jihatdan yaxshi ta’minotga ega emasdilar. Shuning uchun xodimlar darrov boshqa
“yog’liroq” joyga ishga o’tib ketishni yoki tirikchilikning boshqa manbalari bilan
shug’ullanishni afzal bilishardi. Tadqiqotchi T. Arzunyan kutubxonalar va
kutubxonachilik kasbi nufuzining pasayishiga sabab bo’layotgan omillarni sanar ekan,
ulardan eng asosiylaridan biri sifatida kutubxonachilik sohasi mutaxassislarining kam
ta’minlanganligini misol qilib ko’rsatgan edi. Shundan ham anglashiladiki, bu davrda
moddiy ta’minot masalasi juda zarur edi. Shuning uchun madaniyat ishlari boshqarmasi
bu masalani atroflicha o’rganib, uni imkon qadar hal etishga harakat qildi. Buning
natijasida kadrlar qo’nimsizligini bartaraf etish va ularning samarali mehnat qilishlari
uchun kutubxonachilarning ayrimlariga o’zlari yashab turgan uylarini xususiylashtirib
berish, ayrimlarini turar joy bilan iloji boricha ta’minlash, vijdonan mehnat qilayotgan
xodimlar yoki faxriylar uchun vaqti-vaqti bilan ma’naviy va moddiy rag’batlantirish
ishlarini olib bordi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
21
Sherobodda 1995-yilda Prezident farmonlariga asosan, musiqa maktablaridan 3
kishiga, markaziy kutubxona xodimlaridan 2 kishiga o’zlari yashab turgan uylari
xususiylashtirib berilgan, Oltinsoyda madaniyat uyi va kutubxona xodimlaridan 8
kishiga o’zlari yashab turgan uylari bepul xususiylashtirib berilgan. Xodimlarni
ma’naviy rag’batlantirish borasida hamda ularga nisbatan moddiy g’amxorlikni
kuchaytirish maqsadida madaniyat bo’limining 1995-yil 25-yanvardagi 2-sonli
buyrug’iga asosan sobiq kutubxona xodimi Safiya Saidova 200 so’m pul miqdorida
moddiy rag’batlantirilganligi ham shu borada olib borilgan ishlardan biri edi.
Kutubxonachilik sohasida 1993-1994-1995-yillar davomida 6 ta yosh mutaxassis
oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarini tugatib kelishgan. 2 kishi Toshkent davlat
madaniyat oliygohini tugatib, 18-sonli filial Kampitepa qishloq kutubxonasiga va 28-
sonli filial Muzrabot rayon hokimiyati binosida joylashgan kutubxonaga, 2 kishi esa
Toshkent madaniyat oqartuv texnikumini tugatib, bittasi 1-tarmoq bolalar
kutubxonasiga, ikkinchisi 15-tarmoq Poshxurt qishloq kutubxonasiga ishga joylashgan.
Bu kabi ma’lumotlar kadrlar masalasini yaxshilashga urinishlar bo’lganligini, lekin
ishlar ancha sust borganligini ko’rsatadi. Kadrlar muammosi osongina hal bo’ladigan
ish emas edi. Shuning uchun mutasaddilar kadrlar masalasini umumdavlat miqyosida
hal etish kerak, degan fikrni ilgari surdilar. Bu juda to’g’ri mulohaza edi va
mamlakatimiz hukumati bu borada jiddiy ishlarni amalga oshirishga urinayotgan edi.
Buning natijasida 1997-yil 29-avgustga kelib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni qabul qildi. Unga ko’ra kadrlar tayyorlash
masalasi butun bir tizimda olib borildi.
Kadrlarning asosiy kontingenti kasb-hunar
kolleji, bakalavriat va magistratura orqali tayyorlanadigan bo’ldi. Yuqori malakali,
zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan, hozirgi kun talablari asosida fikrlay oladigan yetuk
kadrlarni tayyorlash - ham ijtimoiy-siyosiy, ham iqtisodiy muammolarni hal etishning
kaliti hisoblanadi. Shuni inobatga olgan holda mamlakatimiz hukumati
avvaldan
mavjud bo’lgan kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish kerak, degan fikrga kelgan edi.
(Bu hujjat bugungi kunda o’z kuchini yo’qotgan, 24. 09. 2020)
Avvaldan mavjud bo’lgan kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar
va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‘quv jarayonining moddiy-texnika
va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi,
sifatli o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta’lim
tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida puxta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
22
integratsiyaning yo‘qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar
sirasiga kiradi. Mazkur dasturni tuzishdan maqsad ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat edi.
Butun mamlakat bo’yicha kadrlar tayyorlash masalasiga ahamiyat berila
boshlangan bo’lsada, bu ishlar aynan kutubxonachilik sohasini to’liq qamrab olmadi.
Kutubxonachilik bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash ishlari faqatgina
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidagi kutubxonachilik fakulteti bilan
cheklanib qoldi. Oxirgi yillarda institutning Farg’ona filiali ochildi, Namangan, Qarshi
va Termiz davlat universitetlarida kutubxonashunoslik yo’nalishlari tashkil etildi. Bu
ishlar sohada siljish qilish uchun yaxshigina qadam bo’ldi, deyish mumkin. Lekin
shunda ham ahvol u qadar yaxshilanmadi. Buni viloyat kutubxonalarida faoliyat olib
borayotgan xodimlar statistikasidan ham ko’rish mimkin. 2022-yil oxiriga kelib, Adib
Sobir Termiziy nomidagi viloyat AKM mutaxassislari Surxondaryo viloyatidagi
axborot-kutubxona markazlarining kadrlar bilan ta’minlanishi, mutaxassislarning soni,
yoshi, ma’lumotini o‘rganib chiqdilar.
2020-2021-2022
yilllar hisobiga ko‘ra, viloyat axborot-kutubxona
muassasalarida 2020-yilda 291 nafardan ziyod xodimlar ishlayotgan bo‘lsa, ularning
36 nafari kutubxonachilik bo’yicha oliy ma’lumotga, 31 nafari boshqa soha bo’yicha
oliy ma’lumotga, 148 nafari soha mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus, 50 nafari
boshqa soha bo’yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligi aniqlandi. 2021-yilda
306,25 nafardan ziyod xodimlar ishlayotgan bo‘lsa, ularning 28 nafari kutubxonachilik
bo’yicha oliy ma’lumotga, 30 nafari boshqa soha bo’yicha oliy ma’lumotga, 164 nafari
soha mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus, qolganlari esa boshqa soha bo’yicha o‘rta
maxsus ma’lumotga ega ekanligi aniqlandi.
2022-yilda 305.25 nafardan ziyod xodimlar ishlayotgan bo‘lsa, ularning 31
nafari kutubxonachilik bo’yicha oliy ma’lumotga, 26 nafari boshqa soha bo’yicha oliy
ma’lumotga, 161,5 nafari soha mutaxassisligi bo’yicha o’rta maxsus, qolganlari esa
boshqa soha bo’yicha o‘rta maxsus ma’lumotga ega ekanligi aniqlandi. Yoshi bo‘yicha
mutaxassislar tarkibi tekshirilganda esa 2020-2021-2022-yillar kesimida 30 yoshli
xodimlar soni 157 nafar, 31-45 yoshdagi xodimlar 466.5 nafar, 46-53 yoshdagi
xodimlar soni 223 nafar, 54 yoshdagi xodimlar soni 56 nafardan iborat ekanligi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
23
ma’lum bo’ldi.
Yillar
3
0
y
o
sh
g
a
cha
31
-4
5
y
o
sh
o
ra
li
g
'i
46
-5
3
y
o
sh
o
ra
li
g
i
5
4
y
o
sh
v
a
undan k
a
tt
a
Jami
2020-yil
39
161
78
13
291
2021-yil
57
156
74,25
19
306,25
2022-yil
61
149,50
70,75
24
305,25
Bu ma’lumotlar viloyatdagi kutubxonachilik sohasida kadrlar masalasi hali ham
juda nochor ahvolda ekanligini ko’rsatadi. Soha bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlar bor-
yo’g’i 9-13 foizni tashkil etayotganining o’zi anchagina achinarli holat. Adib Sobir
Termiziy nomidagi viloyat AKM rahbari M. Abdushukurov ham madaniyat
boshqarmasi uchun tayyorlagan o’z hisobotida oliy ma’lumotli kadrlar
yetishmovchiligi “juda dolzarb muammo” ekanligini ta’kidlagan. Shuning uchun
kutubxonalarimizda oliy ma’lumotli yetuk kadrlarni ko’paytirishimiz va ularni
2020
2021
2022
Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassislar tarkibi
Oliy soha
Oliy-boshqa
O'rta-maxsus boshqa
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
24
tayyorlashda malaka va saviya jihatlariga alohida e’tibor berishimiz zarur. Chunki
kutubxonalardagi kitobxonlarga xizmat ko’rsatish darajasiga xodimlarning malakasi
juda katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir kutubxonaning kitobxonlar uchun jozibadorligi
nafaqat muassasaning axborot salohiyati, balki kutubxonachilarning shaxsiy
xususiyatlari bilan ham belgilanadi.
Yosh nuqtai nazaridan oladigan bo’lsak, 30 yoshgacha bo’lgan ishchilar soni
13-20 foizdan oshmayotganini ko’rish mumkin. Bu esa ushbu soha yoshlar uchun
sevimli kasbga aylanolmayotganining isboti bo’lib turibdi. Tan olib aytish zarurki,
bugungi kunda yoshlar yoshi kattalarga nisbatan zamonaviy axborot texnologiyalari
bilan yaxshi til topisha oladilar, shuning uchun zamonaviy kutubxonalar ishini
yuritishda yoshlarga ehtiyoj seziladi. Mutaxassislarning fikricha, kutubxona
muassasalari ishini yangi talablar asosida tashkil etishga qodir kadrlarning keskin
tanqisligi kutubxonachilik rivojiga to’sqinlik qilayotgan asosiy muammolardan biri
hisoblanar ekan. Shundan kelib chiqqan holda kutubxonachilik sohasini ilg’or yosh
kadrlar bilan to’ldirish masalasini kun tartibiga qo’yish, ularni sifatli kadr bo’lib
yetishishlariga alohida ahamiyat berish zarur. Shundagina biz o’zimiz xohlaganday
zamonaviy kutubxonalarga, o’qimishli va salohiyatli kadrlarga ega bo’lishimiz
mumkin. Uning pirovardida esa mamlakatimiz yana bir bor dunyoning eng ilg’or ilm-
ma’rifat o’chog’laridan biri, degan yuksak sharafga erishadi.
Foydalanilgan dabiyotlar
1. Арзунян Т. Г. История библиотечного дела в 1950-х-1990-х гг (на примере
Иркутской области и Краснаярского края). Афт. Иркутск 2011.
2. Егорова Е. В. Библиотечное дело Удмуртии: история становления и развития
(второя половина ХIХ-первая половина ХХ вв). Ижевск 2006.
3. Onwubiko E. Ch. Effect of Library staff Attitudes on Job Performance: A study of
the Library of Alex Ekwueme Federal University, Nigeria. Library Philosophy and
Practice (e-journal). 2019
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son,
295-modda.
5. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 150-modda;
2013-y., 41-son, 543-modda.
6. OʻzMA, 7-fond, 1-roʻyxat, 79-ish.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
25
7. Surxondaryo viloyat davlat arxivi M-1279-fond, 1-ro’yxat, 30-ish.
8.
