KO’RISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK TEKSHIRISH

Abstract

Ushbu maqolada ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik va pedagogic tekshirish to’g’risida ma’lumot beriladi. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarni psixologik tekshirish bolaning me’yorida rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqgan xolda tiflopsixologlar tomonida ishlab chiqilgan nazariya asosida olib boriladi

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Qahramonova Zebuniso. (2024). KO’RISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK TEKSHIRISH. Journal of Universal Science Research, 2(10), 271–274. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/58881
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik va pedagogic tekshirish to’g’risida ma’lumot beriladi. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarni psixologik tekshirish bolaning me’yorida rivojlanish qonuniyatlaridan kelib chiqgan xolda tiflopsixologlar tomonida ishlab chiqilgan nazariya asosida olib boriladi


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10

271

KO’RISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALARNI PSIXOLOGIK VA

PEDAGOGIK TEKSHIRISH

Qahramonova Zebuniso Raufjon qizi

ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni psixologik va

pedagogic tekshirish to’g’risida ma’lumot beriladi. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan
bolalarni psixologik tekshirish bolaning me’yorida rivojlanish qonuniyatlaridan kelib
chiqgan xolda tiflopsixologlar tomonida ishlab chiqilgan nazariya asosida olib boriladi.

Kalit so’zlar:

ko’rish nuqsoni, tekshiruv, zaif ko’ruvchi, g’ilaylik, psixik,

anomaliya, brayl, tiflopedagogika.

Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni tekshirish va tashhis qilish turli

mutaxassislar: oftalmolog, psixolog, pedagog tomonidan kompleks o'rganishni
ko‘zlaydi.

Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar ko'rishining xolatini tavsifi bo‘yicha hamda
kasallikning yuzaga kelishi, ijtimoiy rivojlanishi bo'yicha juda katta turli xil

guruhni

tashkil etadilar. Tekshiruv obyekti ko'rmaydigan (ko‘zi ojiz), zaif ko’ruvchi bola,

shuningdek g'ilaylik hamda ambliopiyali boladir.

Hozirgi vaqtda “ko'zi ojizlik” (ko'rmaydiganlar) tushunchasi ma’lum bir

analizatorlarning yetakchi sistemasi sifatida qaralib, uni asosida pedagogik jarayon

olib boriladi. Shuning uchun ko'zi ojizlarga ikki guruh toifadagi bolalar kiradi:
ko'ruv vizusi va yorug'likning sezishi “0” bo'lgan, shuningdek, ko'ruv o‘tkirligi
qoldig'i 0.04 gacha bo'lganlar, ta’lim Brayl tizimi asosidagi darsliklar orqali

amalga

oshiriladigan bolalar.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirish jarayonida ularning
rivojlanishi ham meyorida rivojlanayotgan bolalarning rivojlanishining umumiy
qonuniyatlariga mos kelishi kuzatilgan. Bularga quyidagilar kiradi: psixik

rivojlanish

jarayonlarining senzitiv davrini mavjudligi; psixik jarayonlarning rivojlanishini
ketma-ketligi, psixik rivojlanishda faoliyatining roli, nutqning- oliy psixik

jarayonlarni shakllanishidagi roli; psixik rivojlanishda ta’limning yetakchi roli
(L.S.Vigotskiy, V.I.Lubovskiy).


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10

272

L.S.Vigotskiy turli nuqsonlarga bolalarni psixik rivojlanishini qonuniyatlarini
o'rganish jarayonida turli nuqsonlarda namoyon bo'ladigan umumiy o'ziga xos
qonuniyatlariga ajratgan. U anomaliyani yuzaga keltiruvchi sabablar birlamchi

nuqson sifatida keluvchi psixik faoliyatni asosiy nuqsonlarini yuzaga keltiradi, natijada
bu bolani psixik rivojlanishini o'ziga xos o'zgartirib, psixik faoliyat ikkilamchi,
uchlamchi va x.k. nuqsonlarini yuzaga keltiradi.

Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tekshirishni o'tkazish va
tashkillashtirish bo'yicha umumpsixologik talablar mavjuddir. Ularga

quyidagilar

kiradi: bolani rivojlanish tarixi bilan oldindan taxminiy tanishuv, bolani

guruhdagi,

mashg'ulot paytidagi, darsdan tashqari bo'sh vaqtidagi faoliyati va xulqini

kuzatish.

Bola bilan muloqot o'rnatishga, tekshiruvni o'tkazish joyini tashkillashtirishga,
maqsadga mos keluvchi metodikalarni tanlashga alohida ahamiyat beriladi.
Alohida maxsus talablarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-to'g'ri yoritilganlik( bolaning ish stoli 400-500 lkdan tashkil topgan bo’lshi

kerak);

- tinimsiz ko'ruv yuklamasini chegaralash (kichik va o'rta maktabgacha yoshida
5-10 daqiqa, kichik va yuqori maktab yoshida 15-20 daqiqa); ko'ruv ishining
taqsimoti oftalmolog tomonidan bolaning kasallik tashxisiga ko'ra o'rnatiladi;
- kо'rib kuzatuv yuklamasini boshqa faoliyat turiga almashtirish;
- ko'rgazmalarga bo'lgan alohida talablar.
Bolani rivojlanish tarixini taxlil qilishda abilitatsiya jarayonidagi muhim

o'ringa

ega bo'lgan ijtimoiy yetukligiga alohida etibor qaratish lozim. Bolani ilk

rivojlanish

davridagi ijtimoiy yetukligi uning biologik yetukligi bilan bog'liq, bu ayniqsa
harakatlarini rivojlanishi hamda qo’lning manual faoliyatidir. Shuning uchun ilk
yoshdagi bolalarni tekshirishda ularni harakatlarini rivojlanish darajasiga hamda
kommunikatsiyalarini shakllanganlik darajasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarni rivojlanishida kommunikatsiya, muloqot va
nutq alohida o'rin egallaydi. Bolaning ushbu psixik faoliyati tomonlarining


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10

273

shakllanganligi uning ijtimoiy rivojlanganligi darajasidan dalolat beradi.

Shuningdek

tekshiruv jarayonida nutqni o'rganish muhim ahamiyatga ega: nutqning

ifodaliligi,

emotsionalligini baholash, shuningdek mimika, imo-ishora, muloqot davomida

o‘zini

tutishini baholash lozim.
Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda bilish faolligini pastligi xosdir. Bunga
bog'liq ravishda tiflopedagogikaning amaliyotida quyidagi tamoyil mavjud,

ya’ni

bolalarga pedagogik yordamga ko'proq o'rin ajratib, psixolog esa bolani

atrofidagi

predmetlarga, shaxslarga, ijtimoiy xulqning oddiy meyorlarini egallashidagi
qiziqishlariga e'tibor qaratishi lozim.
Ko'rishida nuqsoni bo'lgan maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda
ijtimoiylashuv muammosi ularning abilitatsiyasida muhim ahamiyatga ega.

Bunday

sifatlarning yo'qligi, mustaqil kechinmalarga qayg'urishi hamda o‘z-o‘ziga

xizmat

qilish, kattalar va bolalar bilan, tanigan hamda tanimaganlari bilan muloqot
ko'nikmalarini shakllanmasligiga, zamonaviy maishiy texnikadan foydalana
olmaslikka, ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni dezadaptitsiyasiga olib keladi,

jamoa

hayotiga mustaqil kirisha olmasligini ko'rsatadi, umumta’lim muassasasida
integratsiyani qiyinlashtiradi.
Keyingi yillarda ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni maktabgacha va maktab
muassasasida bilish jarayonlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, bu esa o

‘z

navbatida bolalarning intellektual rivojlanishida yutuqlarga olib keldi, biroq

ijtimoiy

moslashuvni zaiflashtirdi.
Ilk yoshdagi ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarni ijtimoiylashuviga e’tiborni


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-10

274

yo'qligi ularda kattalar va o'rtoqlaridan qaramligi, yangi sharoit va

o'zgarishlardan

qo'rqishi, jamoadan qochishini shakllanishiga olib keladi.
Avval ko'rsatib o'tganimizdek, ko'rishida nuqsoni bo'lgan har bir bolaning
rivojlanish davrida uch inqirozli jarayoni ajratish mumkin:
- o'zini meyorda ko'ruvchi bolalardan farqini anglashi;
- maktabgacha tarbiya tizimidan doimiy tizimli maktab ta’Iimiga o'tishi;
- umumta’lim hamda maxsus maktablarda o‘rta sinf ta’limlariga o'tishli.
Ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ko‘rsatilgan kritik davrlari aniqlanadi
va unga mos yo’llanma beriladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

D.A.Nurkeldiyeva,

M.U.Hamidova

“Rivojlanishidanuqsonibo’lganbolalardiagnostikasi” Toshkent – 2016;

2.

Raxmanova V.S. “Korreksionpedagogikavalogopediya”. Toshkent

“Iqtisod - Moliya” 2007;

3.

M.Y.

Ayupova

“Logopediya”.

Toshkent

O’zbekistonfaylasuflarimilliyjamiyatinashriyoti 2007;

4.

Muminova L.R., Ayupova M.YU. Logopediya. Toshkent.1993

References

D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishidanuqsonibo’lganbolalardiagnostikasi” Toshkent – 2016;

Raxmanova V.S. “Korreksionpedagogikavalogopediya”. Toshkent “Iqtisod - Moliya” 2007;

M.Y. Ayupova “Logopediya”. Toshkent O’zbekistonfaylasuflarimilliyjamiyatinashriyoti 2007;

Muminova L.R., Ayupova M.YU. Logopediya. Toshkent.1993