“BOYSUN BAHORI” XALQARO FOLKLOR FESTIVALI DUNYO E’TIROFIDA

Аннотация

Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor  festivalining paydo bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani haqida bayon qilinadi. Shuningdek, Surxon vohasining tarixiy an’analari hamda madaniyati haqida ham fikrlar keltirilgan.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://zenodo.org/records/13921484
f
155-158
34

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Istamova , S., & Turayev , X. (2024). “BOYSUN BAHORI” XALQARO FOLKLOR FESTIVALI DUNYO E’TIROFIDA. Журнал универсальных научных исследований, 2(10), 155–158. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/53877
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
Universal science research jurnali

Аннотация

Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor  festivalining paydo bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani haqida bayon qilinadi. Shuningdek, Surxon vohasining tarixiy an’analari hamda madaniyati haqida ham fikrlar keltirilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

155

“BOYSUN BAHORI” XALQARO FOLKLOR FESTIVALI DUNYO

E’TIROFIDA

Istamova Shahzoda Islom qizi

Termiz Davlat Universiteti, Milliy libos va san’at fakulteti

MSM yo’nalishi 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Xumoyiddin Turayev (PhD)

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining paydo

bo’lish tarixi, uning yillar davomida taraqqiy etib, butunjahon e’tirofiga tushgani
haqida bayon qilinadi. Shuningdek, Surxon vohasining tarixiy an’analari hamda
madaniyati haqida ham fikrlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Janub gavhari, Boysun bahori, festival, folklor, an’ana, etnografiya,

so’zana, doston, qadriyat.

Kirish:

O’zbekistonning “Janub gavhari” deb atalmish Surxondaryo viloyatida

joylashgan Boysun oddiy shaharcha boʻlib, u Boysuntogʻ togʻlari etagida joylashgan.
Uning asosiy xususiyati shundaki, mahalliy aholi ming yildan ortiq davom etgan
va Islomgacha boʻlgan butparastlik madaniyatidan kelib chiqqan qadimiy urf-odat va
anʼanalarni saqlab kelgan. Ming yil muqaddam bu yerda oqinlar “Alpomish”
qahramonlik dostonini yaratishgan. Boysun oʻziga xos musiqa madaniyatiga ham ega
boʻlib, koʻplab marosimlar, musiqa va raqslari bilan ajralib turadi. Boysun tumanining
tarixi va etnografiyasi ming yillarga borib taqaladi.

2001-yilda UNESCO tomonidan Boysun madaniyati insoniyatning ogʻzaki va

nomoddiy madaniy merosi durdonasi deb eʼtirof etilgan. Bunda Boysun 19 ta
nominatsiya boʻyicha jahon hamjamiyatining madaniy merosi obʼektlari orasidan
tanlab olingan. 2008-yilda UNESCOning “Insoniyatning nomoddiy madaniy
merosi Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgan”. Ayon bo’lganidek, Boysun butunjahon
e’tiboriga

tushib

ulgurgan.

2002-yil

may

oyida ilk

bor

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston xalq ijrochilarining ilk ochiq folklor festivali
o’tkazilgan. Nafaqat oʻzbekistonliklarning, balki xorijliklarning ham eʼtiborini tortgan


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

156

festival 2005-yilga kelib ayrim sabablarga koʻra toʻxtab qolgan va 11 yil davomida
oʻtkazilmagan.

Lekin

2016-yildan

eʼtiboran

qayta

oʻtkazila

boshlangan.

Pandemiya davrida,

yaʼni 2020—2021-yillar oraligʻida takror

toʻxtatilgan. 2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marta tashkillashtiriladigan boʻldi.

Asosiy qism:

2024-yilda esa “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali har yilgidanda

o’zgacha tarzda o’tkazildi. Oʻzbekistonning turli hududlarida faoliyat yuritadigan
folklor jamoalarning 200 dan ortiq vakili oʻz hududlariga xos libos va qadimiy kuy-
qoʻshiqlar bilan ishtirok etdilar.

Festivalning xalqaro darajadagi ahamiyatini inobatga

olib, tayyorgarlik ishlari o‘tgan yildan boshlangan. Bu yilgi festival tadbirlari
tumanning “Bibishirin” mahallasida qurilgan, umumiy qiymati 47,0 mlrd so‘mlik
turizm kompleksida o‘tkazildi.

Uni tashkil qilish jarayonida “Bibishirin” mahallasida

100 dan oshiq oʻtov tikildi va qoʻrgʻonlar barpo etildi. Kurash uchun alohida joy
hozirlanib, Respublikadan hakamlar taklif etildi. Bundan tashqari milliy kurash
musobaqasi, etnosport, velomarafon, uloq va ko’pkari qolaversa boshqa bir qancha
milliy o’yinlarimiz festival doirasida tashkil etildi. Folklor sanʼati — alla, oʻlan, lapar,
raqs, terma, marosim singari qoʻshiqlar va milliy xalq oʻyinlari, tomosha sanʼati
nominatsiyalari boʻyicha oʻtkaziladigan festivalda xorijiy davlatlar vakillari ham
ishtirok

etishlari

mumkin.

Bunga

yaqqol

misol

sifatida

2022-

yilda Tojikiston va Afgʻonistondan kelgan hunarmandlarni aytish mumkin.

“Boysun

bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
tarkibi va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan. Unda festivalni
oʻtkazish shartlari, jumladan, folklor jamoalari tomonidan xalq amaliy sanʼati
yoʻnalishi boʻyicha 12 nafar, milliy oʻyinlar va tomoshalar yoʻnalishi boʻyicha 4
nafardan koʻp boʻlmagan dastur ijrosiga qoʻyiladigan talablar belgilangan. Shuningdek,
9-11 nafar yetakchi ekspertlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan festival
ishtirokchilarini 10 balli tizimda baholash mezonlari va gʻoliblarni aniqlash tartibi
belgilab olingan. Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar
Surxondaryo viloyati hokimligi va Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
smeta asosida shakllantiriladi: 30 foizi — respublika byudjetidan Madaniyat vazirligiga
madaniy tadbirlar oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan; 70 foizi —
Surxondaryo viloyati mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, shuningdek
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, qonun hujjatlarida


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

157

taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan. Ushbu festival doirasida bir necha yillar
davomida ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilgan. Bu yilgi konferensiya
festivalning

ilk

kunida

Termiz

davlat

universitetida

tashkil

etildi.

Xitoy, Chexiya, Janubiy Koreya, Qozogʻiston, Yaponiya, Rossiya, Fransiya va boshqa
bir qator tadbirlar boshqa bir qator mamlakatlardan olimlar ishtirok etishdi. Ilmiy
konferensiya va forumlarda ishtirok etgan olimlar va hunarmandlar 50 ga yaqin
yodgorliklarni aniqlashgan. Bundan tashqari UNESCO homiyligida amalga oshirilgan
xalqaro ekspeditsiyada sanʼatshunos olimlar tomonidan 100 ga yaqin ijrochilik
sanʼatiga doir namunalar — dostonlar, laparlar va xalq qoʻshiqlari yozib olingan.

2024-yil „Boysun bahori“ ochiq folklor festivali uchun dunyodagi eng katta

soʻzana tikildi. Boysunlik xunarmandlar tomonidan tikilgan soʻzananing uzunligi 31
metr, eni 5,2 metrni tashkil qiladi. Shuningdek, har ikki yilda bir marta anʼanaviy
ravishda ikki kun oʻtkaziladigan festival ushbu yilda bir hafta davom etgan.
„Bibishirin“ mahallasida festival uchun alohida dekoratsiya qilingan. Bundan maqsad
boshqa davlatlardan keladigan mehmonlarni voha aholisining madaniy hayoti, turmush
tarzi va milliy qadriyatlari bilan yaqindan tanishtirish boʻlgan. E’tiborli tomoni bu yilgi
festival doirasida Boysun osmoni uzra 20 dan ortiq havo sharlari parvoz qildi va bu
raqamlar O’rta Osiyoda ilk bor qayd etildi. Xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot
vositalari vakillari, blogerlarga xalqaro festivalning yetti kunlik dasturidan o‘rin olgan
tadbirlar, ularning bo‘lib o‘tish vaqtlari, joylari hamda boshqa tashkiliy masalalar
yuzasidan ma’lumot berish maqsadida festival matbuot markazida matbuot anjumani
o‘tkazildi. Media tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek
To‘rayev, viloyat hokimligi Axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov, viloyat
madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Normurodov hamda AOKA viloyat hududiy
boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayev ishtirok etdi. Festivalning ochilish
marosimida so’zga chiqqan viloyat hokimi Ulug’bek Qosimov "Boysun bahori"
festivali insoniyat madaniy merosining qimmatbaho boyliklaridan biri ekanligi hamda
bu festival xalqimizning milliy qadriyat va an’analarini asrab-avaylashga, kelajak
avlodlarga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Xulosa:

O‘lkamizda har bir hududning o‘ziga xos qadriyat va an’analari mavjud.

Jumladan, Surxondaryo vohasining ham. Bu diyor ahlining tanti va mardligi, yashash
tarzi, tabiati bilan chambarchas bog‘liq holda yaratilgan qadriyatlari va an’analari bor.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10

158

Bu yerga kelgan hech bir inson ularning dostonlaridan, xalq termalaridan tinglamay
turib qaytmaydi, qaytolmaydi. Zero, bu diyorga sayyohlarni chorlagan eng katta kuch
ham baxshi do‘mbirasining sehrli sadosi va dostonlarimizdagi sir-sinoatdir. Ko’hna
Boysun ham o’zining tarovati va fayzi bilan butunjahon miqyosida o’z o’rniga ega.
Festivalda ishtirok etgan Buyuk Britaniyalik sayyoh Faybrijah Kiannejat bu haqida o’z
fikrlarini quyidagicha bayon qildi: - “Festivalga ikki yil oldin, Padang kengliklarida
o‘tkazilganida kelganman. Ochig‘i bunday manzarani uchratmagandim. Hayratdaman.
Ikki yilda shuncha o‘zgarish. Aqlga sig‘maydigan hodisa. Moʻjiza yuz bergandek,
go‘yo. Men juda xursandman. Ayniqsa, sahnada ajoyib sozandalar bilan kuy ijro etish
men uchun yaxshigina tajriba bo‘ldi. Bu ketishda “Boysun bahori”ning qamrovi ortib
boraveradi. Dunyoga yanada mashhur bo‘ladi. Festival ham, undagi chiqishlar,
namoyishlar, kuy-qo‘shiq va raqslar ham noyob. Jahonda bunday festivallar juda kam
va bitta tilagim mana shu qadriyatlar tarannum etilayotgan xalqaro festival juda uzoq
yashasin”. Albatta, Surxon vohasi madaniyat va san’atning tamaddun beshigi
hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://yuz.uz/uz/news/xitoy-matbuoti-boysun-bahori-festivali-haqida-maqola-

2. Yangi O’zbekiston gazetasi: 8-aprel soni

3. O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi o 'quv qo 'llanma toshkent «сг/.к1 tob
savdo nashriyoti: 2021

4. O'zbekiston tarixi; Ikkinchi kitob. - O'zbekiston. 2019. — 576 b.

Библиографические ссылки

https://yuz.uz/uz/news/xitoy-matbuoti-boysun-bahori-festivali-haqida-maqola-

Yangi O’zbekiston gazetasi: 8-aprel soni

O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi o 'quv qo 'llanma toshkent «сг/.к1 tob savdo nashriyoti: 2021

O'zbekiston tarixi; Ikkinchi kitob. - O'zbekiston. 2019. — 576 b.