ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
163
TAYANCH KOMPETENSIYALAR VA MALAKALAR USTUVORLIGI
Qo‘chqarova Shakarjon Azimboy qizi
Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti
e-mail:
BuxDU professori, pedagogika fanlari doktori (DSc) A.R.Hamroyev
ANNOTATSIYA.
Bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan biri
o'quvchilarning zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat qozonishlari uchun zarur bo'lgan
tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishdir. Ta'lim jarayonida nafaqat an'anaviy
bilimlarni berish, balki o'quvchilarni ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy
o'zgarishlarga moslasha oladigan shaxs sifatida shakllantirish muhim hisoblanadi.
Tayanch kompetensiyalar va malakalar bu borada markaziy o'rinni egallaydi. Mazkur
maqolada tayanch kompetensiyalarning ustuvorligi, ularning ta'lim jarayonidagi o'rni
va ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar: Tayanch kompetensiya, malaka, kompetentlik, kommunikativ.
KIRISH .
"Tayanch kompetensiya" va "malakalar ustuvorligi" atamalari, asosan ta'lim
va ish faoliyati kontekstida qo'llaniladi. Ularning har biri muayyan vazifalarni bajarish
yoki maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va qobiliyatlarni
ifodalaydi. Tayanch Kompetensiya Tayanch kompetensiya — bu shaxsning muayyan
vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan umumiy qobiliyatlari va ko'nikmalarini
anglatadi.
Kasbni, ishni yaxshi oʻzlashtirish natijasida orttirilgan taj-riba, koʻnikmalar;
mahorat malaka atamasi bilan ataladi Bu ikki tushuncha yonma yon qo‘llanish sababi
shundaki, shaxs muayyan kompetentlikka ega bo‘lgandan keyin unda malaka
shakllanib boshlaydi. Ya’ni malaka egasi avvalo, kompetentlikka ega bo‘lishi kerak.
Tayanch kompetensiyalar o‘quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikma va qobiliyatlar
yig‘indisidir. Bu kompetensiyalar o‘quvchiga nafaqat o‘qituvchining taqdim etgan
bilimini o‘zlashtirish, balki uni amalda qo‘llay olish imkonini beradi.
Uzluksiz ta’limni modernizasiyalash orqali oʻquv-tarbiya jarayoni sifati va
samaradorligini oshirishga qaratilgan Farmon va qarorlar ana shu dolzarb masalalarga
jiddiy yondashishga koʻmak beradi. Ushbu dolzarb masalalarni yechishda soha
rahbarlari, metodistlar oldida qator vazifalar turibdi. Bular: Oʻquvtarbiya jarayoniga
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
164
oʻqitishning zamonaviy ilgʻor shakllarini, yangi pedagogik va axborot
texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini
joriy etish; oʻqitishning mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayoni, dars mashgʻulotlarining
sifatli tashkil etilishini ta’minlashda oʻqituvchining kasb mahoratini oshirish; dars
jarayonida ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari asosida
yaratilgan metodik qoʻllanmalar, ularning multimedia ilovalaridan samarali
foydalanish hamda har bir oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishini nazorat qilib borishga
oid ilgʻor tajribalarni oʻrganish hamda targʻib etish; oʻqituvchilarning kasbiy
kompetentligini, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon ta’lim pedagogikasi va bu
sohadagi ilgʻor tajribalar, shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim konsepsiyasi va
kompetensiyaviy yondashuv asoslarini egallashlariga erishish; yangi avlod
darsliklarining mazmuni kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standarti va oʻquv dasturiga mos boʻlishini ta’minlash; darsliklar oʻquv jarayonining
axborotli modelga aylanishiga, oʻquv materiallarining oʻquvchilarni muloqotga
undashiga erishish ishlarini takomillashtirishdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODIKASI
Kompetensiyalar ta’rifiga bir qancha yondashuvlar mavjud: - Amerikancha
yondashuvda kompetensiyalar xodimlarning xulq-atvori namunasi sifatida ko‘rib
chiqiladi. Agar xodim zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lsa, yaxshi natijalarni
namoyish etadi. - Yevropacha yondashuvda kompetensiyalar ish vazifalari va kutilgan
ish natijalarining tavsifi, ya’ni qabul qilingan standartlarga muvofiq harakat qilish
qobiliyati sifatida ko‘riladi[3]. Ya’ni o‘quvchi kompetentlikligi bu har bir faoliyat
jarayonini togri bajarishi to‘g’ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya
tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o‘sishi uchun qaysi yo‘nalishda
harakatlanishini bilishi kerak ya’ni o‘z-o‘zini rivojlantira olishi kerak.
J.Delor o‘z tadqiqotlarida tayanch kompetensiyalarni to‘rt ustunga jamlagan edi.
Ular: bilishni o‘rganish, bajara olishni o‘rganish, birgalikda yashashga o‘rganish,
yashashga o‘rganish [1].
V.F.Burmakinaning ta’biricha, axborot kompetensiyasi aniq o‘quv predmetiga
oid bilimlarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning axborotlar hamda atrof-muhitga
bo‘lgan munosabati va faoliyat ko‘nikmalarini ifodalovchi hodisa. Uning doirasiga,
birinchi navbatda, axborot vositalarini o‘zlashtirish va axborot kommunikatsiya
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
165
texnologiyalari kiradi. Shu bilan bir qatorda ularning tarkibiga quyidagi ko‘nikmalar
ham kiradi. Ular: zarur axborotlarni tahlil qilish va sharhlash, ularni qayta shaklantirish,
saqlash va uzatish kabilar [2].
V.V.Bashevning ta’kidlashicha, kompetensiya sharoitdan kelib chiqqan holda
layoqatlarni ko‘chirishdan iborat bo‘lib, u shaxsning dastlabki hayotiy faoliyati
davomida hosil bo‘ladi [2].
NATIJALAR.
Professionallik va kompetentlik bir-biriga o‘hshash bo‘lsada, har
xil ma’noga ega bo‘lgan atamalardir. Professionallik deganda nafaqat ma’lum bilimlar,
balki mehnatga bo‘lgan munosabat, ishning o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi.
Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o‘z
ko‘nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga
erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining
standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi,
nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo‘llash qobiliyatini ham
taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholash va kuzatish paytida
aniqlanishi mumkin.
Kompetensiyaning har bir turi ko‘nikmalar, bilimlar, ko‘nikmalar to‘plamini o‘z
ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo‘ladi. Xizmat vazifalarini
bajarishda uning xatti-harakatlari ko‘rsatkichlariga e’tibor berib, u yoki boshqa
kompetensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin.
. Kompetenlik modelini yaratish bo‘yicha quyidagi algoritmni taklif etishimiz mumkin:
1 bosqich – lavozim yo‘riknomasini ishlab chiqish. Ushbu bosqichda lavozim uchun
zarur bo‘lgan kompetensiyalar turlarini aniq ko‘rsatish muhimdir.
2 bosqich – tekshirish sur’atini aniqlash. Bu ta’lim muassasasining o‘ziga xos
xususiyatlariga va kadrlar almashinuviga bog’liq.
3 bosqich – har bir o‘rin uchun taqqoslash asosida sinov yoki imtihonni o‘tkazish
tartibini tasdiqlash.
4 bosqich – sinov yoki imtihondan o‘tish.
5 bosqich – ma’lumotlarni tahlil qilish va ularni tizimga keltirish
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
166
6 bosqich – baholash natijalari to‘g’risida qaror qabul qilish: qo‘shimcha o‘qishga
yuborish, boshqa lavozimga o‘tish, ishdan bo‘shatish.
7 bosqich – hisobot davrida ta’lim muassasasining vakolati va ishini baholash
samaradorligini yakuniy tahlilini qilish.
8 bosqich – xavf-xatar va to‘siqlar bo‘yicha ish namunasini to‘liq ishlab chiqish.
Xususiy yoki asosiy kompetensiyalarga ega bo‘lish uchun qanday vakolatlarga ega
bo‘lish har qanday ishda qo‘llanilishi kerak. Ular ta’lim muassasaning qadriyatlariga
bog’liq: strategiya, axloq kodeksi. Shaxsiy samaradorlik kompetensiyalari
pedagogning shaxsiy fazilatlari bilan birga o‘z ichiga quyidagilarni oladi: - yetuklik,
o‘sishga intilish, masalan, kasbiy qadriyatlarni izlash, ijodiy qobiliyat; - yetarli darajada
o‘zini o‘zi anglash va o‘ziga ishonch; - moslashuvchanlik, o‘zgartirish istagi; - ish
etiketini bilish; - stressga qarshi o‘z-o‘zini boshqarish; - imidj. Pedagogla
Tayanch kompetensiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni
tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini
ta’minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan
kelib chiqqan holda xususiy kompetentsiyalar belgilandi. Tayanch kompetensiyalar:
1.Kommunikativ kompetensiya;
2.Axborot bilan ishlash kompetensiyasi;
3.Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi;
4.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
5.Umummadaniy kompetensiyalar;
6.Matematik savodxonlik,
Fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
Kompetensiyaga ega bo‘lish shunchaki bilim, ko‘nikmalarni egallab olishnigina
anglatmasdan kishining shu bilimlarni hayotda aniq maqsadlar asosida qo‘llay olishini
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
167
bildiradi. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og‘zaki
va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.
Kommunikativ kompetensiya – bu o‘quvchining turli ijtimoiy sharoitlarda o‘z
fikrini aniq va ravon ifodalash qobiliyati.
Axborot texnologiyalari bilan ishlash kompetensiyasi – zamonaviy
texnologiyalarni samarali qo‘llash va ulardan foydalana bilish
Axborot kompetensiyasining tarkibiy qismlari ilmiy adabiyotlarda turlicha
tasniflangan. Jumladan, S.V.Trishina quyidagilarni ko‘rsatib o‘tgan:
1. Kognitiv – bilimlar va axborotlardan amaliyotda to‘g‘ri foydalanishni ta’minlashga
qaratilgan. Ushbu komponent o‘z tarkibiga quyidagi tayanch jarayonlarni
mujassamlashtiradi: tahlil, qayta ishlash, qo‘lga kiritish, uzatish, bashorat qilish, taqdim
qilish, axborotlarni saralash, saqlash va boshqalar.
2. Qadriyatli-motivli yondashuvga asoslanish axborotlarni o‘zlashtirish va ulardan
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bularning barchasi
o‘quvchilarning bilim doiralarini kengaytirish, natijada esa bilimlar majmuini taqdim
etish bilan belgilanadi.
3. Texnik-texnologik komponent o‘zida axborot texnologiyalari vositasida axborotlar
bilan ishlash jarayonini mujassamlashtiradi. Bu jarayonda o‘quvchilar turli rusumdagi
kompyuterlar bilan ishlaydilar.
4. Kommunikativ komponent esa muloqot va axborotlarni uzatish uchun zarur bo‘lgan
nutq va boshqa ifoda belgilari bilan ishlash jarayonini qamrab oladi.
5. Refleksiv komponent o‘quvchida axborotlar olamida o‘z o‘rnini anglash, axborot
maydonida o‘z harakatlarini tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirildi
[4]..
Ijodiy va tanqidiy fikrlash kompetensiyasi – yangilik yaratish va muammolarni ijodiy
hamda tanqidiy tahlil qilish qobiliyati.
Hamkorlikda ishlash kompetensiyasi – jamoa bilan birgalikda faoliyat olib borish,
samarali muloqot qilish va kooperatsiya qilish ko‘nikmalari.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
168
O‘qish va o‘rganish kompetensiyasi – o‘quvchining doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi
va o‘qishni davom ettirish qobiliyati.
Ijtimoiy faoliyat kompetensiyasi – o‘quvchining ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok
etishi va o‘z jamiyatiga hissa qo‘shishi.
O‘zgaruvchan va tez rivojlanayotgan jamiyatda o‘quvchilarning kelajakda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish
alohida ahamiyatga ega. Ustuvorliklar quyidagi yo‘nalishlar orqali namoyon bo‘ladi:
1.
Zamonaviy jamiyat talablariga moslashuvchanlik
2.
Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish
3.
O‘qish ko‘nikmasi
Zamonaviy jamiyat talablariga moslashuvchanlik tayanch kompetensiyalarning
asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Tayanch kompetensiyalar nafaqat maktab
muhitida, balki kelgusida o‘quvchilarning professional faoliyatida ham muhimdir.
Misol uchun, kommunikativ va texnologik kompetensiyalar bugungi kunda har qanday
sohada zarur hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal
rivojlanishi o‘quvchilarning kompyuter savodxonligini oshirishni taqozo etadi.
Ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish masalasi bugungi ta’lim jarayonida asosiy
vazifa hisoblanib, bu o‘z navbatida yangicha yondoshuvni talab qiladi.
XXI asrda muammolarni ijodiy hal qilish qobiliyati ustuvor kompetensiya
hisoblanadi. O‘quvchilar o‘rganilgan bilimni an’anaviy yo‘l bilan emas, balki uni yangi
sharoitlarda qo‘llashni o‘rganishlari zarur. Tanqidiy fikrlash orqali ular hayotiy
vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatiladi.
Yosh avlodning ijtimoiy moslashuvi va faolligi masalasi o‘quvchilarda tayanch
kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida quyidagi natijalarni kafolatlaydi.
Faollik
Muvafaqiyatlilik
O‘z fikrini o‘zgalar oldida ifodalay isbotlay olish
Vaziyatlarga baho bera olish
muammolilik yechimini topa bilish
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
169
Ijtimoiy faollik o‘quvchilarning jamiyatdagi o‘rni va roli haqida tushuncha hosil
qiladi. Bu kompetensiyani rivojlantirish orqali o‘quvchilar ijtimoiy jarayonlarda faol
ishtirok etib, o‘z huquq va burchlarini anglashadi. Bu esa kelgusida ularning jamiyat
hayotidagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi
Hayot davomida o‘rganish va rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalar
o‘quvchilarga bilimlarini doimiy ravishda yangilab turish imkonini beradi. O‘z-o‘zini
rivojlantirish kompetensiyasi o‘quvchilarda doimiy bilim olishga bo‘lgan ehtiyojni
shakllantiradi.
Ta’lim jarayonida kompetensiyalarning shakllanishi
Tayanch kompetensiyalarni shakllantirishda pedagoglarning roli katta. Ta’lim
jarayonini rejalashtirishda pedagoglar quyidagilarni hisobga olishlari lozim:
Innovatsion o‘qitish uslublari – zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini, jumladan,
interfaol metodlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirish va ularning
faoliyatini rivojlantirish mumkin.
Kompetensiyaga asoslangan yondashuv – darslarni tashkil qilishda
o‘quvchilarning faqatgina bilim olishlari emas, balki bilimlarni amaliyotda qo‘llashga
o‘rgatish maqsadida kompetensiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirish kerak.
XULOSA.
Tayanch kompetensiyalar va malakalar zamonaviy ta'limning asosiy
ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilarni kelajakda muvaffaqiyatli
shaxslar sifatida shakllantirish uchun ularning tanqidiy fikrlash, muloqot,
texnologiyalarni o‘zlashtirish va ijodiy yechimlar topish kabi kompetensiyalarini
rivojlantirish zarur. Ushbu kompetensiyalarni rivojlantirish jarayoni ta’limning
samaradorligini oshirib, yosh avlodni global jamiyat talablari va ehtiyojlariga mos
ravishda tayyorlashga xizmat qiladi. Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish
bosqichma-bosqich va uzluksiz jarayondir. U oliy ta’lim muassasasida boshlanadi va
ish joyida tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki,
yuqori kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy
ko‘nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.
Ж.Делор Образование: необходимая утопия//Педагогика.-1998. - №5. - С. 32.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2,Issue-10
170
2.
Бурмакина В.Ф. Информационно-коммуникационно - технологическая
компетентность // Методическое руководство для подготовки к тестированию
учителей. – Москва - 2007.– 56c
3.
В.В.Башев, И.Д.Фрумин Как можно читать стандарты? Семь вопросов по
существу // Директор школы. 1999. №5.
4.
С.В.Тришина Информационная компетентность как педагогическая категория //
Интернет-журнал
«Эйдос».
2005.
10
сент.
//
Режим
доступа:
http://www.eidos.ru/joumal/2005/0910-11.htm.
5.С.В.Тришина Информационная компетентность как педагогическая категория
// Интернет-журнал «Эйдос». 2005. 10 сент. // Режим доступа:
http://www.eidos.ru/joumal/2005/0910-11.htm.
