ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9
160
AVARIYA REJIMLARIDA PODSTANSIYALARDA ZAXIRANI
AVTOMATIK ULASH.
Mirzoyev N.N
,Buxoro muhandislik-texnologiya instituti,”Energoaudit” kafedrasi
mudiri.
Mamatqulov T.Ch,
TIQXMMI MTU BTRBI tayanch doktoranti
Annotasiya.
Podstansiyalar avariya rejimlari yuzaga kelganda qurilmalarga
zarar yetkazishdan asrash va istemolchilarga ishonchli elektr energiya yetkazib
berishda ishonchlilikni oshirish va ta’minlashda zaxira energiya manbaini ulash muhim
ahamaiyatga egadir.Ushbu maqolada zaxirani avtomatik ulash masalalari bir necha
holatda ko’rib o’tiladi.
Annotation.
In subthstanders, the plant is an important source of reserve energy
to keep the damage to the devices and supply reliable electricity to consumers in the
emergence of emergency regimes. The fact that the reserves automatically connect the
reserves will be considered in several cases.
Аннотация.
В подготовителях завод является важным источником энергии
резерва, чтобы сохранить ущерб устройствам и поставлять надежную
электроэнергию для потребителей в результате появления аварийных режимов.
Kalit so’zlar:
zaxirani avtomatik ulash,avariya rejimlari,transformator,podstansiya.
Keywords:
Automatically connect the reserves, emergency modes, transformer,
substation.
Ключевые слова:
автоматически подключить резервы, режимы экстренных
случаев, трансформатор, подстанцию.
Podstansiyalar ikki va undan ko'proq manbalardan ta’minlansa, iste’molchilar
ta’minotining ishonchliligi jiddiy ravishda ko‘tariladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9
161
Lekin bir qator hollarda ikki va undan ko'proq manbalardan bo'lishiga qaramasdan
elektr ta’minotini bir manbadan bajarish ma’qulroq bo‘ladi. Buning hisobiga qisqa
tutashuv toklarini kamaytirishga, releli himoyani soddalashtirishga, toklar nojo‘ya
taqsimlanishining oldini olishga erishish mumkin.
Manbalardan biri avariyaviy o‘chganda iste’molchilar ta’minoti uzilmasligi
uchun shinalarda kuchlanish yo‘qolishi bilan avtomatik holda uzgichlar qo‘shilib,
iste’molchilarga boshqa manbadan ta’minot berish zanjirlarini ulaydi.
Buni bajaruvchi qurilmalar zaxirani avtomatik ulash (ZAU) qurilmalari deb
ataladi. Quyida ZAU sxemalarining bir nechta turlari ko‘rsatilgan.
1-rasm .Zaxirani qayta ulash sxemalari.
a: Seksion uzgich Q5 normal holatda o'chirilgan. 1TCH va 2TCH o‘z ehtiyojlar
transformatorlari o'zining seksiyalariga ta’minot beryapti. Birorta seksiyada kuchlanish
yo'qolsa, ZAU qurilmasi Q5 uzgichini ulaydi va shu seksiyaga ta’minot berilishini
tiklaydi. Q5 ulangunga qadar ZAU qurilmasi Q2 (yoki Q4)ni o‘chiradi.
b: Elektr stansiyasining o‘z ehtiyojlar shinalarining birinchi seksiyasida kuchlanish
yo'qolsa, ZAU qurilmasi Qlni uzib, Q3 va Q4 larni ulaydi. Kuchlanish ikkinchi
seksiyada yo'qolsa, Q2ni o'chirib, Q3 va Q5 larni ulaydi.
d: 2-podstansiyada kuchlanish yo‘qolsa, ZAU qurilmasi Q4 uzgichini o'chirib, Q6
uzgichini ulaydi va shu tufayli podstansiya ta’minotini L-3 liniyasi tomonidan tiklaydi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9
162
1.
ZAU qurilmalariga qo‘yilgan talablar
■ Shinalarda kuchlanish yo'qolishining sababiga bog'liq bo‘lmagan holda, har qanday
kuchlanish yo'qolishida zaxirani avtomatik ulash bajarilishi shart.
■ ZAU bir karra ishlashi shart.
■ Tez ishlash. ZAU qurilmasidagi vaqt relesining o‘rnatmasi odatda 0,3-0,8 soniyadan
oshmaydi.
■ Zaxira tarafida kuchlanish bo‘lmasa, ZAU ishlamasligi shart.
lkki transformatorli podstansiya misolida ZAUning ishlash prinsipi bilan tanishib
chiqamiz (2-rasm).
Normal holatda iste’molchilarning ta’minoti T1 ishchi tranformator orqali bajariladi.
T2 zaxira transformatori o'chirilgan va avtomatik zaxira holatidadir.
2-rasm.Ikki transformatorli podstansiya uchun ZAU sxemasi.
Kuchlanish yo‘qoli shining quyidagi (3-rasm) turli hollarini ko‘rib chiqamiz. L
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9
163
T1 transformatorining Ql uzgichi turli sabablar bo'yicha o‘chganda, uning SQ1.2
blok-kontakti KL1 oraliq relesi chulg‘amining zanjirini uzadi. Buning oqibatida uzgich
ulangan paytida o‘zakga tortilib turgan KL1 relesining yakori qo‘yib yuboriladi, lekin
uning kontaktlari bir qancha sabr vaqtidan so'ng ajraydi.
Ql uzgichi o'chganda uning SQ1.3 ikkinchi blok-kontakti KL2 oraliq relesining
hali uzilishga ulgurmagan KL1.1 kontakti orqali KL2 oraliq relesining chulg‘amiga
operativ tokning “plyusini” beradi. U o ‘z navbatida qo‘shilib, o ‘zining kontaktlari
orqali YAC3 va YAC4 uzgichlarining ulash kontaktorlariga ta’sir qiladi va zaxiradagi
trasformatorning Q3 va Q4 uzgichlarini ulaydi. Belgilangan sabr vaqti o'tgach, KL1
oraliq relesi kontaktlarini ajratadi va KL2 relesining chulg‘am zanjirini uzadi.
Shu tufayli, mabodo, ZAU qurilmasi yordamida zaxira transformatori turg‘un qisqa
tutashuvga ulansa, u himoyadan o’chadi, lekin qayta ulanmaydi. Demak, KL1 relesi
ZAU ning bir karra ishlashini ta’minlab berar ekan va shuning uchun uni bir karra ulab
berish relesi deb atashadi.
Faqatgina normal sxema tiklanib, ya’ni Q1 uzgichi ulanib, uning SQ1.2
blokkontakti qo'shilgandan so‘ng, KL1 relesi o'zining kontaktini qayta qo‘shadi va
ZAU sxemasini qayta ishlashiga tayyorlab qo'yadi Q3 va Q4 uzgichlari ishonarli
ulanishga ulgurishi uchun KL1 relesi kontaktlarining ajralishga sabr vaqti
uzgichlarining ulanish vaqtiga nisbatan kattaroq bo'lishi kerak. Yuqorida ishchi
transformatorning Q1 uzgichi o‘chganda ZAU sxemasining ishlashi kо'rib chiqildi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9
164
3-rasm.Kuchlanish yo’qolishining turli hollarida ZAU sxemasi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9
165
2.
Shu bilan birga ishchi transformatorning yuqori tarafidagi Q2 uzgichi o‘chib qolish
ehtimoli borligini ham e’tiborda tutish kerak. Bunday holatda ham С podstansiyasi
iste’molchilari ta’minotini yo'qotishadi.
ZAU sxemasining bu holatda ham ishlashi uchun Q2 o‘chganda uning SQ2.2 blok-
kontakti orqali Q1 uzgichining YAT1 o'chirish chulg‘amiga impuls beriladi. Ishchi T1
transformatorining Q1 uzgichi o'chgandan so‘ng ZAU sxemasi ishga tushib ketib,
yuqorida ko‘rib chiqilgan ketma-ketlikda ishlaydi.
3.
Birorta sababga ko‘ra В podstansiyasining yuqori kuchlanish shinalari kuchlanishsiz
qolsa, iste’molchilar bu holatda ham ta’minotsiz qoladi. Bunda ZAU sxemasi
ishlamaydi, chunki ishchi transformatorning ikkala uzgichi ulanganligicha qoladi. Bu
holatda ham ZAU ni ishlatish uchun KV1, KV2, KV3 va KL3 relelarini tarkibiga olgan
minimal kuchlanish bo'yicha ishga tushish maxsus organi ko‘zda tutilgan.
В podstansiyasining shinalarida kuchlanish yo‘qolganda (demak, С
podstansiyasida ham kuchlanish yo‘q), TV1 kuchlanish transformatoriga ulangan KV1
va KV2 kuchlanish relelari o‘z kontaktlarini ulab, KV3 relesining kontakti orqali KT1
vaqt relesining chulg'amiga operativ tokning plyusini yetkazib beradi. KT1 relesi ishga
tushib, belgilangan sabr vaqti o‘tgach, KL3 chiqish oraliq relesi chulg‘amiga ta’minot
beradi va u ishchi transformatoming Q1 va Q2 uzgichlarini o'chiradi. Q1 o'chgach,
ZAU sxemasi yuqorida ko‘rib chiqilgan ketma-ketlikda ishlaydi.
Agar A podstansiyasida T2 zaxira transformatorrning yuqori kuchlanish
shinalarida kuchlanish bo‘lmasa, unda oldindan ma’lumki, ZAU ishlashi behuda
bo'ladi. Minimal kuchlanish bo‘yicha ishga tushish organidan T1 transformatori
bekorga o'chirilishining oldini olish maqsadida, sxemada KV3 kuchlanish relesi ko‘zda
tutilgan. KV3 relesi T2 kuchlanish transformatoriga ulangan va kuchlanish
bo‘lmaganda u o‘zining kontaktini ajratib yuboradi. Shu tufayli KV1 va KV2
relelaridan KT1 vaqt relesi chulg‘amiga zanjir uziladi. ZAU sxemasi ishga tushmaydi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-9
166
Foydalanilgan adabiyotlar
1.“Elektr tizimlarining avtomatikasi” ‘’Aktiv print” X.A.Shamsiyev,Sh.M.Mirzabekov,
G.F.Mo‘sinova
2. R. D, “Protective relaying for power generation systems,” in CRC Press, Taylor and
Francis group, pp.
3. Шамсиев X.A. Автоматика электрических станций и энергосистем. ТошДТУ.,
