EKSPORT VA EKSPORT SALOHIYATI TUSHUNCHALARIGA NAZARIY QARASHLAR

Annotasiya

Ushbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
202-210
44

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xurramov , R. . (2024). EKSPORT VA EKSPORT SALOHIYATI TUSHUNCHALARIGA NAZARIY QARASHLAR. Universal Science Research Jurnali, 2(4), 202–210. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/36146
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan


background image

202

EKSPORT VA EKSPORT SALOHIYATI TUSHUNCHALARIGA NAZARIY

QARASHLAR

Xurramov Ramazon Allayor o’g’li

Termiz davlat universiteti

xurramovr@tersu.uz

Annotatsiya

: Ushbu maqolada eksport va eksport salohiyat tushunchalariga turli

iqtisodchi olimlarning qarashlari va ularning nazariy jihatdan tahlili keltirilgan.

Kalit so’zlar:

eksport, salohiyat, xalqaro savdo, iqtisodiy rivojlanish,


Har qanday mamlakat jahon xo‘jaligiga kirib borish jarayonida ishlab chiqarishda

nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni eksport qilib, ichki iste’moli uchun zarur,
yetarli samaradorlik bilan ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan tovar va xizmatlarni
import qilish orqali xalqaro savdo aloqalarida ishtirok etadi.

Xalqaro savdoda ishtirok etish mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar ayriboshlash

ko‘lamini oshiradi, buning natijasida mamlakatning mavjud resurs salohiyatidan samarali
foydalanish darajasi ortib boradi, aholi ehtiyojlari to‘laroq qondiriladi, jahonda erishilayotgan
fan va texnika yutuqlaridan imkon qadar samarali foydalanish natijasida mamlakatda ishlab
chiqarish sur’ati ortib borib eksport salohiyatidan samarali foydalanishga o‘z ijobiy ta’sirini
ko‘rsatadi. Eksport salohiyatidan samarali foydalanish natijasida mamlakatda tovar ishlab
chiqarishga ixtisoslashuv barobarida resurs unumdorligi ortadi, ishlab chiqarishning umumiy
hajmi oshib boradi.

“Eksport” so‘zi aslida lotincha “exporto” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, o‘zbek tiliga

tarjima qilinganda “chetga chiqaraman” degan ma’noni bildiradi. Bunda, odatda, bir
mamlakatdan bosha mamlakatga u yoki bu xildagi moddiy boyliklar, kapital, bilimlar, ishchi
kuchi va hokazolar olib chiqib ketish tushuniladi. Ayni paytda, Qonunda eksport
tushunchasiga ikki xil tarif berilgan. Ularning birinchisi – tovarlar eksportiga, ikkinchisi ishlar
(xizmatlar) eksportiga taalluqli. Yani, “Tovarlar eksporti deb tovarlarning O‘zbekiston
Respublikasi bojxona hududidan ularni qaytarib olib kelish majburiyatisiz, - agarda
Qonunchilikda boshqasi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, - olib chiqib ketishga; ishlar (xizmatlar)
eksporti deb esaO‘zbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga, qaerda


background image

203

bajarilishi (ko‘rasatilishi)dan qat’iy nazar, ishlar (xizmatlar)ni bajarib berish (ko‘rsatish)ga
aytiladi”

1

.

Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi uning eksport salohiyati qanchalik rivojlanganligi,

tashqi savdodagi katta ijobiy saldosi orqali ko‘zga tashlanadi.
avvalo, tashqi savdoning tez o‘sishi hisoblanadi. Tashqi savdo xalqaro hamkorlikning ishlab

Xalqaro savdo – bu turli davlat milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va xizmatlarning

ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, faqat XIX asrga kelib,
ya’ni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo aloqalarida ishtirok eta boshlashi
bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo tashqi savdo aylanmasi, eksport va import,
savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi.
ok etish har bir mamlakat uchun milliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatdan himoya qilish
vazifasini dolzarb qilib qo‘yadi. Bu vazifa mamlakatlarning savdo siyosati orqali amalga
oshadi. Jahon amaliyotida bu siyosatning proteksionizm (tashqi ta’sirdan himoyalash) va
fritrederlik (savdoga to‘liq erkinlik berish) kabi shakllari keng tarqalgan.

Respublikamiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va isloh qilish tashqi sadoni

erkinlashtirish va valyuta amaliyotlarini tartibga solish, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish va
xususiy biznesni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va sanoatda ijobiy natijalarga erishish
imkonini yaratib, mamlakatimizda investitsiyaviy va ishbilarmonlik harakatini faollashuvini
rag‘batlantiradi. Eksportga tashqi talabning o‘sish tendensiyasini saqlanib qolishi,
investitsiyaviy faollikning ortishi hamda iqtisodiyotning real sohasini barqaror amal qilishi
iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatadi.

Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi ko‘p jihatdan mamlakatning eksport

salohiyatini yuksaltirishga bog‘liqdir. Bugungi kunda eksport salohiyatini yuksaltirish bu
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, ishlab chiqarishni rivojlantirishga, investitsion
faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan mamlakatimizning umumiy iqtisodiy siyosatining
ajralmas bir qismidir. O‘zbekiston katta xom-ashyo zahiralari va yuqori ishlab chiqarish
salohiyatiga ega. Bu esa davlatimizning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishiga
imkon yaratadi. Iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq va sohalarning jahon iqtisodiy

1

Ўзбекистон Республикасининг “Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида”ги Қонуни (2000 йил 26 майдаги янги таҳрири).


background image

204

aloqalariga uyg‘unlashib ketishi milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim omili sanalib,
mamlakatning yetakchi tarmoqlarini jahon bozorlarida mavjud shart-sharoit va talab nuqtai-
nazaridan takomillashtirib borishni hamda korxonalarda xo‘jalik yuritishning butunlay
yangicha iqtisodiy va boshqaruv munosabatlarini shakllantirishni taqozo etadi.

Davlatimizning jahon iqtisodiyoti va unda ro‘y berayotgan jarayonlarda ishtirok etishi

iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qo‘shimcha imkoniyatlar ochib beradi, tashqi iqtisodiy
aloqalarning qayta qurilishi milliy iqtisodiy mexanizmning zamonaviy talablarga moslashishi
va shu orqali ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishini tezlashtiradi.

Bugungi kunda hech kimga sir emaski, jahon bozori yuqori sifatli va jahon andozalariga

javob bera oladigan tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni talab etadi. Shuning uchun hozirgi
koronavirus pandemiyasi davrida jahon talablariga mos tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish
va ularni erkin harakatini kengaytirish, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish muhim masala
hisoblanadi.

Shuni e’tirof etishimiz joizki, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidagi eng

muhim omillardan biri bu eksport. Eksport natijasida kirib kelgan xorijiy valyutalar
mamlakatning tashqi qarzi kamayishiga, ichki ishlab chiqaruvchilarni yuqori texnologiya va
jihozlar bilan ta’minlashga, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal etishda, infratuzilmani
rivojlantirishda, shuningdek iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishishga hamda
mahsulotning raqobatbardoshligi tufayli jahon xo‘jaligi iqtisodiy aloqalarida teng huquqli
ishtirok etishiga imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi kunda eksport salohiyatidan
oqilona foydalanishning eng muqobil yo‘lini topish iqtisodiy izlanishlarning dolzarb
yo‘nalishi bo‘lib qolmoqda.

Eksport salohiyati to‘g‘risida dastlabki tushunchalar klassik iqtisodchi olimlar A.Smit

va D.Rikardolarning xalqaro mehnat taqsimoti to‘g‘risidagi nazariy qarashlarida o‘z ifodasini
topgan. Ular mamlakatlar o‘rtasidagi savdo sotiq munosabatlarining doimiy rivojlanib
borishining nazariy asoslarini yaratganlar. Bu olimlar mutloq va nisbiy afzalliklar
nazariyasida xalqaro savdoning afzalliklari ustida fikr yuritadi. Ular mamlakat ma’lum bir
mahsulotni ishlab chiqarishda boshqa mamlakatga nisbatan mutloq afzallikka ega
bo‘lmasada, ammo nisbiy afzallikka ega bo‘lishi mumkinligini e’tirof etadilar.

Bir mamlakat muayyan mahsulotni boshqasiga qaraganda samaraliroq ishlab chiqara

olishi mumkin bo‘lsa, mahsulot ishlab chiqarishdagi mutloq afzalliklar vujudga keladi. Bir


background image

205

mamlakatda biror mahsulotni ishlab chiqarishning muqobil qiymati boshqa mamlakatdagiga
qaraganda past bo‘lsa, ana shu mamlakatning nisbiy afzalliklari to‘g‘risida gapirish mumkin.

D.Rikardo, hozirda nisbiy afzalliklar qoidalari deb yuritiladigan konsepsiyani yaratgan.

Ushbu afzalliklarni tahlil qilish orqali u shunday xulosa chiqargan: bir mamlakat eksport
qiluvchiga nisbatan tovarlarni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqara olsa ham, ularni boshqa
mamlakatdan import qilishi mumkin. Bunda D. Rikardo nisbiy afzallikni nazarda tutgan.

Bugungi kunda eksport salohiyati xalqaro savdoda mamlakat raqobatbardoshligini

ifodalovchi va ta’minlovchi eng muhim omil sifatida tavsiflanadi. Mamlakatlar xalqaro
mehnat taqsimoti tiplariga binoan o‘zlarida taqchil resurslarni o‘zlashtirib, ehtiyojlarni
qondirishning samarali muqobil imkoniyatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq amaliy
vazifalarni hal etishda eksport salohiyatiga tayanadilar. Ayrim mamlakatlarda ma’lum turdagi
tovarlarni ishlab chiqarish uchun zaruriy resurs mavjud bo‘lmasada ular jahon bozori uchun
zaruriy tovarlarni eksport qiladilar. Mamlakat eksport salohiyatining ortib borishi tovar ishlab
chiqarishda milliy xarajatlarning pasayib borishiga, pirovordida eksport qilinadigan tovar va
mahsulotlardan olinadigan daromadning ortishiga sabab bo‘ladi. Xalqaro savdoda
tovarlarning eksport tarkibi fan-texnika revolyusiyasi va xalqaro mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi ta’siri ostida takomillashib boradi.

Hozirgi davrda xalqaro savdoning eksport tarkibida qayta ishlovchi sanoat mahsulotlari

yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, uning hissasiga jahon tovar ayriboshlashining 3/4 qismi to‘g‘ri
keladi. Oziq-ovqat, xomashyo va yoqilg‘i ulushi faqat 1/4 qismni tashkil qiladi

2

. Bunga

asosiy sabab XX asrda fan texnologiya sohasida ulkan yutuqlarning qo‘lga kiritilishi, jahon
mamlakatlarida ishchi kuchi sur’atining keskin o‘sib borishi natijasida mehnat sig‘imkorligi
yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish sur’atining ortib borishi va boshqa bir qator holatlar sabab
bo‘ldi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon mamlakatlari ishlab chiqargan
mahsulotlarning katta qismini tashqi bozorlarda ayribosh qila boshladilar. Bunday holat jahon
mamlakatlari iqtisodiy rivojlanish strategiyasida ulkan o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu o‘z
navbatida iqtisodiy rivojlanishning ikki xil modelini yuzaga keltirdi. Ayrim mamlakatlar
eksportni rag‘batlantirish, ayrimlari esa import o‘rnini bosuvchi iqtisodiy rivojlanish modelini
tanladilar. Ushbu holat jahon iqtisodiyotida “Yangi industrial” mamlakatlarni shakllanishiga
sabab bo‘ldi. Bu esa jahon xalqaro savdo jarayonlarida eksport hajmini barqaror sur’atda o‘sib

2

А.М. Муталипов: “Инновацион иқтисодиётни шакллантиришда корхона экспорт салоҳиятини ошириш йўллари”.

Магистр академик даражасини олиш учун ёзилгандиссертация. ТМИ, Тошкент-2016.


background image

206

borishida o‘z aksini topdi. Dunyo mamlakatlarining eksport salohiyatidan samarali
foydalanishga qaratilgan harakatlari natijasida jahon iqtisodiyotida barqaror iqtisodiy o‘sish
sur’atlari ta’minlandi.

Bugungi kunda eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modelini tanlagan

mamlakatlar, xususan Sharqiy Osiyo mamlakatlari yalpi ichki mahsulotida eksport ulushi
60% ga yaqin ko‘rsatkichni ifoda etadi

3

. Bunday holat eksport salohiyati tushunchasini ilmiy

nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va uning mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rnini
tahlil qilish zaruratini yuzaga keltiradi.

Eksport salohiyati tushunchasini yoritishdan oldin “salohiyat” tushunchasini yoritish

maqsadga muvofiq. E.Nabiev va A.Qayumovlar ilmiy izlanishlarida - «...salohiyat (iqtisodiy,
ishlab chiqarish, mehnat) ma’lum makon va zamonga bog‘liq resurslarni umumlashtirish,
jamlash xususiyatini bildiradi»

4

. E.Nabiev va A.Qayumovlar iqtisodiy salohiyatni mamlakat

mehnat salohiyati tushunchasi bilan bevosita bog‘liqligini ifoda etadilar. Bundan kelib
chiqqan holda shuni aytish mumkinki salohiyat mavjud resurs va shart- sharoitlardan samarali
foydalana olish imkoniyatidir.“Salohiyat” atamasi “imkoniyat” tushunchasidan ancha keng
ma’noni bildiradi. “Imkoniyat”ni harakat va rivojlanish jarayonidagi tarkibiy element yohud
xatto uning funksional “salohiyati” sifatida qabul qilish mumkin. “Salohiyat” tushunchasi
ma’lum makon va zamon doirasida resurslarni umumlashtirish, jamlash ma’nosini bildiradi.
“Iqtisodiy salohiyat” tushunchasi esa jamiyatni moddiy va inson resurslari bilan
ta’minlanganlik darajasini, ulardan foydalanish bo‘yicha imkoniyatlar miqyosi bilan
baholanadi

5

. Iqtisodiy salohiyatni baholashni tabiiy va inson resurslarini baholashdan

boshlash lozim

6

. Chunki, iqtisodni asosini cheklangan resurslar orqali insoniyatning cheksiz

ehtiyojlarini optimal qondirish hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning asosini hom-ashyo
resurslari hamda inson mehnati tashkil qiladi.

Eksport salohiyatiga faqat rivojlanish imkoniyati sifatida qarash mazkur tushunchani

belgilashda juda tor va bir taraflama yondashuv bo‘ladi, chunki uning haqiqiy (real) shaklini
hisobga olmaydi. Shu bilan birga, “salohiyat” (inglizcha potential – imkoniyat, kuch, qudrat)

3

А.М. Муталипов: “Инновацион иқтисодиётни шакллантиришда корхона экспорт салоҳиятини ошириш йўллари”.

Магистр академик даражасини олиш учун ёзилгандиссертация. ТМИ, Тошкент-2016.

4

Э.Набиев, А.Қаюмов “Ўзбекистоннинг иқтисодий салоҳияти”. «Академия» Тошкент 2000 й.

5

Токарев Ю.А. Формирование и использование экспортного потенциала. Автореферат дисс. на соиск. канд. экон. наук:

08.00.05 Казань, 1997. 8с.

6

Qayumov A.A. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quvqo’llanma. Toshkent: O’zMU 2004.yil, 32 - bet.


background image

207

so‘zining etimologiyasida ham uni muayyan tizimning imkoniyatlarini baholash uchun
foydalanish nazarda tutiladi

7

.

Tadqiqot jarayonida bir nechta xorij va mahalliy olimlarning “eksport salohiyati”

tushunchasiga bergan ta’riflari va nuqtai nazarlari o‘rganildi.

Rossiyalik iqtisodchi olimlar Yu.A. Savinov, V.A. Oreshkin, A.A. Lebedevlar eksport

salohiyati tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradilar: ...«eksport salohiyati - milliy
iqtisodiyotning ma’lum sohalarida tashqi bozor uchun mahsulot va xizmatlar yetishtirib
berish va ularni keng miqyosida maqbul narxlarda sotish qobiliyatidir

8

».

A.A. Malsevning fikriga ko‘ra: “Biror bir hududning eksport salohiyati mazkur

mintaqaning aniq bir tashqi bozorga chiqish va uni mustahkamlash imkoniyatlari bo‘yicha
baholanadigan eksport bazasidir. Mintaqa eksport bazasi deganda korxonalarning eksportga
ishlab chiqarayotgan tovar va xizmatlar bilan birgalikda shu hududda raqobatbardoshlik
bo‘yicha jahon standartlariga mos keladigan, ammo ba’zi sabablarga ko‘ra xorijga
jo‘natilmayotgan mahsulotlarning yig‘indisidir”

9

. Yondashuvning avzallik tomoni uning

eksport salohiyatini mavjud koeffitsientlar bo‘yicha miqdoriy baholash belgilab
ko‘rsatilganligi, berilgan parametrlar tahlili uchun keng bazaning mavjudligi, eksport
salohiyatini aniqlash bo‘yicha universal metodikaning qo‘llanishi, 2 ta kategoriya: “eksport
salohiyati” va “eksport bazasi”ning o‘zaro bog‘liqlik darajasi ko‘rsatib berilganligida o‘z
aksini topgan. Y.A. Tokarevning ta’rificha: “Eksport salohiyati – xalq xo‘jaligi va butun
iqtisodiyot korxonalari va tarmoqlarining tashqi bozorlarda raqobatbardosh sanoat hamda
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish; chet el fuqarolariga xizmat ko‘rsatish, shu
bilan birga ma’lum bir tarixiy davrda kapitalni chetga chiqarish bo‘yicha qobiliyati
majmuasidir”

10

. Ushbu yondashuvda Y.A. Tokarev eksport salohiyatini nafaqat moddiy

tovarlarni, balki, nomoddiy ishlab chiqarish – xizmatlarni yetkazib berish ham eksport
salohiyatini belgilab beruvchi omil deb qaraydi. Jumladan, kapital eksportini ham e’tiborga
oladi. Shu bilan birga olim mazkur tushunchani kengaytirib, makro va mikro darajada ko‘rib
chiqqan. Iqtisodchi olim V.A.Suprunning fikricha eksport salohiyati va eksport ishlab

7

Hamedov I.A., Alimov A.M. O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. T.: O`zbekiston Yozuvchilar

uyushmasi “Adabiyot jamg’armasi” nashr., 2001. - 328b.

8

Ю.А. Савинов, В.А. Орешкин, А.А. Лебедевлар. Экспортный потенциал отрасли по разработке и сбыту информационно-

коммуникационных технологий. Российский внешнеэкономический вестник. 6 – 2013.

9

Мальцев А.А. Государственное регулирование внешнеэкономической деятельности в РФ 1994-95 гг. Учебное пособие.

- Екатеринбург: Изд-во ЕАИУП, 2004. - 260с.

10

Токарев Ю.А. Формирование и использование экспортного потенциала. Автореферат дисс. на соиск. канд. экон. наук:

08.00.05 Казань, 1997. 8с.


background image

208

chiqarishi nisbati, yaxlitlik va bir qismning nisbatidir. Eksport salohiyati yanada kengroq
tushuncha sifatida eksport ishlab chiqarishini o‘z tuzilmasiga kiritadi. U “Iqtisodiyotda
qanchalik katta salohiyat bo‘lsa, uning eksport salohiyati shunchalik yuqori bo‘ladi” deb
ta’kidlaydi. Eksport salohiyatini amalga oshirish darajasi eksport ishlab chiqarishi bo‘lib, u
jahon xo‘jalik aloqalari tizimida qay darajada amal qilsa, shunday darajada mehnat
taqsimotining asosini tashkil qiladi.

Mahalliy olimlardan A.F.Rasulev “eksport salohiyati – milliy iqtisodiyotning jahon

bozorida raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni io‘lab chiqarish va yetkazib berish, eksportga
ixtisoslashgan tarmoqlarni tadrijiy almashtirish bilan birgalikda ichki rivojlanish va jahon
bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlash maqsadida turli mahsulotlarni tashqariga olib chiqish
hajmini ko‘paytirish”

11

deb ta’rif beradi. U bergan ta’rif tadqiq qilinayotgan tushuncha

elementlarining tadqiqot ob’ekti bilan bog‘liqligi, eksportga moliyaviy-iqtisodiy
ko‘maklashuvchi omillarning mavjudligi bilan ahamiyatga molikdir.

Mamlakatimiz yosh olimlaridan R.Raxmonov eksport salohiyati tushunchasiga

quyidagicha ta’rif beradi: … «eksport salohiyati – bu milliy iqtisodiyot, mintaqalar, alohida
olingan tarmoqlar yoki korxonalarning eksportga kerakli darajada raqobatbardosh
mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va yetarli hajmda yetkazib berish qobiliyatidir»

12

.

“Mintaqaviy iqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmada mualliflar eksport salohiyati

tushunchasiga quyidagicha ta’rif berishadi: “Eksport salohiyati – bu milliy iqtisodiyot,
mintaqalar, alohida olingan tarmoqlar yoki korxonalarning eksportga kerakli miqdorda
raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarish va yetarli hajmda yetkazib berish
qobiliyati”

13

.

Eksport salohiyati undan foydalanilganlik darajasiga qarab ikki qismga: aktiv va passiv

eksport salohiyatlariga bo‘linadi.

Aktiv eksport salohiyati – bu yalpi eksport salohiyatidan faqatgina foydalanilayotgan

qismi, jahon bozorlariga yoki chet davlatlarga eksport qilinayotgan raqobatbardosh mahsulot
va xizmatlarni ishlab chiqarishdagi imkoniyatlar yig‘indisi.

11

Хакимов Ф.Х. Экономический механизм повышения экспортного потенциала промышленности Узбекистана. 08.00.03

- Макроэкономика. Авт.дисс.на соис. Науч. Степю к.э.н. Ташкент-2004 г.

12

Раҳмонов Р.Н. “Фарғона минтақаси экспорт салоҳиятидан оқилона фойдаланиш ва уни такомиллаштириш

йўллари” мавзусидаги автореферати. Тошкент: ТМИ, 2012 йил. - 23 бет.

13

Qayumov A.A. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quvqo’llanma. Toshkent: O’zMU 2004-yil, 33-bet.


background image

209

Passiv eksport salohiyati esa ma’lum bir jahon standartiga mos raqobatbardosh

mahsulot va xizmatlar ishlab chiqara olish imkoniyati, lekin undan ma’lum sabablarga ko‘ra
foydalana olmaslik. Masalan, mahsulot va xizmat ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lsada, lekin
uni jahon bozoriga yetkazib berishda qulay, arzon transport tizimining mavjud emasligi yoki
chet el texnik talablariga mos emasligi evaziga eksport qilina olmasligi va hokazo

14

.

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi

hamda YaIM hajmi ko‘p jihatdan mamlakat eksport salohiyati va undan naqadar oqilona
foydalanishga bog‘liq bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Ўзбекистон Республикасининг “Ташқи иқтисодий фаолият тўғрисида”ги

Қонуни (2000 йил 26 майдаги янги таҳрири).

2.

Bekmurodov A.Sh., Berkinov B.B., G'afurov U.V. “O'zbekiston – iqtisodiyotni

liberallashtirish va modernizatsiyalash yo'lida”. Ekspress-prospekt. T.: Iqtisodiyot, 2009. - 52
b.

3.

Hamedov I.A., Alimov A.M. O`zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy

faoliyat asoslari. T.: O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg’armasi” nashr.,
2001. - 328b.

4.

Qayumov A.A. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. O’quv qo’llanma.

Toshkent: O’zMU 2004.yil, 32 - bet.

5.

Мальцев А.А. Государственное регулирование внешнеэкономической

деятельности в РФ 1994-95 гг. Учебное пособие. - Екатеринбург: Изд-во ЕАИУП, 2004.
- 260с.

6.

Муталипов А.М. “Инновацион иқтисодиётни шакллантиришда корхона

экспорт салоҳиятини ошириш йўллари”. Магистр академик даражасини олиш учун
ёзилгандиссертация. ТМИ, Тошкент-2016.

7.

Набиев Э., Қаюмов А. “Ўзбекистоннинг иқтисодий салоҳияти”.

«Академия», Тошкент, 2000 й.

8.

Раҳмонов Р.Н. “Фарғона минтақаси экспорт салоҳиятидан оқилона

фойдаланиш ва уни такомиллаштириш йўллари” мавзусидаги автореферати. Тошкент:
ТМИ, 2012 йил. - 23 бет.

14

Bekmurodov A.Sh., Berkinov B.B., G'afurov U.V. “O'zbekiston – iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash yo'lida”.

Ekspress-prospekt. T.: Iqtisodiyot, 2009. - 52 b.


background image

210

9.

Савинов Ю.А., Орешкин В.А., Лебедев А.А. Экспортный потенциал

отрасли по разработке и сбыту информационно-коммуникационных технологий.
Российский внешнеэкономический вестник. 6 – 2013.

10.

Токарев Ю.А. Формирование и использование экспортного потенциала.

Автореферат дисс. на соиск. канд. экон. наук: 08.00.05 Казань, 1997. 8с.

11.

Хакимов Ф.Х. Экономический механизм повышения экспортного

потенциала промышленности Узбекистана. 08.00.03 - Макроэкономика. Авт. дисс. на
соис. науч. степ. к.э.н. Ташкент-2004 г.

Bibliografik manbalar

R.A. Xurramov, (2024). Eksport faoliyatini takomillashtirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi. Technical science research in Uzbekistan, 2(2), 154-160.

R.A. Xurramov (2024). Eksport va eksport salohiyati tushunchalariga nazariy qarashlar. Journal of Universal Science Research, 2(2), 202-210.

R.A. Xurramov (2023). Globallashuv sharoitida hududning eksport salohiyatini yanada takomillashtirish yo'nalishlari. Journal of Universal Science Research, 1(6), 799-803.

R.A. Xurramov (2023). Hududning eksport salohiyatini statistik tadqiq qilish va ekonometrik modellashtirish (Surxondaryo viloyati misolida). O'zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali, 2(20), 767-769.

R.A. Xurramov (2022). Ways to further improve the diversification of exports in Surkhandarya region. Web of scientist: international scientific research journal, 3(6), 1597-1600.

Allayor o‘g‘li, X. R. (2023). HUDUDNING EKSPORT SALOHIYATINI STATISTIK TADQIQ QILISH VA EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA). O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(20), 753-755.

Baxrom ogli, J. J., & Eshpo’latovich, A. J. (2024). BANKLAR, ULARNING TURLARI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(4), 49-51.

Eshkoraev, S. (2024). DEPENDENCE OF ELEMENTS IN CHEMISTRY ON ISLAMIC RELIGION. Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 4(7), 100-116.

Jumanazar o’g’li, X. M., & Eshpo’latovich, A. J. (2024). BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA ASOSIY BELGILARI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(4), 39-41.

Erkin ogli, A. E., & Eshpolatovich, A. J. (2024). DAVLATNING IQTISODIYOTDAGI ROLI VA IQTISODIY SIYOSATINING MAQSADI VOSITALARI. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(4), 36-38.

Toshaliyeva, S. T., & Eshqulova, D. A. (2024). Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo ‘llab-quvvatlash shart-sharoitlari.

Toshaliyeva, S. (2024). Using the Arima model to forecast the share of railways in the industry. In E3S Web of Conferences (Vol. 531, p. 02024). EDP Sciences.

Toshalieva, S. (2023). Forecasting the prospects for the development of regional small business. In E3S Web of Conferences (Vol. 449, p. 03003). EDP Sciences.

Toshaliyeva, S. T. (2023). KICHIK TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI OB’EKTIV ZARURLIGINI ASOSLASH. " Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал, 5(13).

Тошалиева, С. Т. КИЧИК ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИ САЛОҲИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИҚТИСОДИЙ-СТАТИСТИК ТАҲЛИЛИ.

Тошалиева, С. Т. КИЧИК ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИ САЛОҲИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ИҚТИСОДИЙ-СТАТИСТИК ТАҲЛИЛИ.

Juraqulova, A. X., & Dusyarova, L. (2019). DEVELOPMENT OF LOGICAL THINKING IN THE LESSONS OF MATHEMATICS. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 184-186).

Равшанова, Д. (2024). INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TALABALARDA KREATIV KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHNING USLUBIY ASOSLARI. Журнал универсальных научных исследований, 2(5), 1052-1057.