391
O‘ZBEKISTON - MARKAZIY OSIYO: DO‘STONA HAMKORLIK VA
OCHIQLIK
Axmedov Jalol Tursunmuratovich
Jizzax politexnika institute “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi
Tolliboev Ma’ruf Ilxom o‘g‘li
Jizzax politexnika instituti 410-23 guruh talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni
ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi
xususida so‘z boradi. Bugun mintaqa xalqlari oldida umumiy sa’i-harakatlar bilan
Markaziy Osiyoni barqaror iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga
aylantirishdek bosh maqsad turibdi. SHu nuqtai nazardan mintaqa mamlakatlarining
o‘zaro hamkorligi ko‘plab ekspertlar tomonidan tahlil qilib borilmoqda va o‘zining
dolzarbligini ko‘rsatmoqda.
Kalit so‘zlar:
Markaziy Osiyo, BMT, MDH, SHHT, TDT, Maslahat uchrashuvi,
konstruktiv tashqi siyosat, tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik, strategik sheriklik, “xalq
diplomatiyasi”.
«Biz Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, barqaror
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi murakkab vazifalarni izchil hal etib
kelmoqdamiz. Bu yo‘lda ko‘plab to‘siqlar olib tashlandi, fuqarolarimizning erkin
harakatlanishi, faol madaniy va sayyohlik almashinuvi uchun sharoitlar yaratildi».
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev
Bugungi tezkor davrda dunyo shaddat bilan o‘zgarib bormoqda. Bunday davrda
Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bugun mintaqa xalqlari oldida umumiy sa’i-
harakatlar bilan Markaziy Osiyoni barqaror iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy
etgan mintaqaga aylantirishdek bosh maqsad turibdi. Mintaqa salohiyatini to‘la
ruyobga chiqarish, o‘zaro ishonch va qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash
maqsadida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning sentyabr oyida
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-assambleyasida Markaziy Osiyo davlatlari
rahbarlarining Maslahat uchrashuvini doimiy o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.
392
Bu hayotiy tashabbus qardosh xalklarimiz tomonidan qo‘llab quvvatlandi va bir
yil ichida amalga oshdi, hamda Maslahat uchrashuvlari muntazam o‘tkazilib
kelinmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar,
ochiqlik va yangilanishlar, mamlakatning tashqi siyosatida ham yangi bosqichga
ko‘tarildi.
O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida, mintaqa va
global darajada faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro
manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv tashqi
siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham e’tirof etmoqda.
O‘zbekiston hukumati
mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlikni
ta’minlabgina qolmasdan, mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik
aloqalarini davom ettirishga alohida etibor qaratib kelmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri – o‘z
hududi atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish
hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan, Prezident SHavkat Mirziyoev qo‘shnilarimiz –
Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli
aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish
sifatida belgilab berdi.
2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi
doirasida O‘zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini, jumladan, Marziy
Osiyo yo‘nalishida ham izchil davom ettirdi.
Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda
o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat
va mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasida tashqi siyosiy va iqtisodiy
faoliyat bo‘yicha davlat idoralari tomonidan bir qancha yuqori darajadagi tashriflar va
turli tadbirlar amalga oshirildi. Bu jarayonda “xalq diplomatiyasi” amalda juda faol
bo‘lgani kuzatildi. Xususan, xalq vakillari – olimlar va rassomlar, madaniyat va din
arboblari, ishbilarmonlar va yoshlar, turizm va sport tashkilotlari, jamoat birlashmalari
va
nodavlat
tashkilotlar
ishtirokida
ko‘plab
turli
uchrashuvlar, anjumanlar, videokonfrensiyalar va boshqa shu kabi tadbirlar o‘tkazildi.
393
YUkorida ta’kidlaganimizdek, Prezident SH. Mirziyoev tashabbusi bilan
muntazam o‘tkazib kelinayotgan Markaziy Osiyodavlat rahbarlarining Maslahat
uchrashuvlari muhim o‘rin tutmoqda. Natijada mintaqadagi ikki va ko‘p tomonlama
hamkorlik darajasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, so‘nggi yillarda Markaziy
Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik o‘rtacha 50 foizdan ko‘proqqa o‘sdi.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy
hajmi 6,6 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Jumladan, O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo
davlatlarining ulushi yildan yilga oshib bormoqda hamda yangi yo‘nalishlarda savdo-
iqtisodiy munosabatlar yo‘lga qo‘yilmokda, bu esa o‘z navbatida mintaqaning
investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yordam bermoqda.
SHuningdek, 2020-2023 yillar davomida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo
mamlakatlariga nisbatan ochiq, konstruktiv, puxta o‘ylangan va pragmatik siyosati
natijasida suvdan foydalanish, O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi davlat
chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish, transport kommunikatsiyalaridan
foydalanish, davlat
chegaralarini
kesib
o‘tish kabi murakkab va chalkash
muammolarga echim topildi. Agar besh-olti yil oldin o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini
kuniga 300−400 kishi kesib o‘tgan bo‘lsa, global pandemiya ta’sirida joriy qilingan
cheklovlarga qadar bu ko‘rsatgich kuniga 30 ming kishiga etgan, O‘zbekiston-
Tojikiston chegarasini esa kuniga 20 ming fuqaro kesib o‘tgan.
Qolaversa, 2020 yilning yanvar oyida O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari
AQSH bilan hamkorlikda mintaqada iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat
qiladigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun besh yil ichida kamida 1 mlrd.
dollarga teng mablag‘larini jalb etish maqsadida “Markaziy Osiyo investitsiyaviy
sherikligi”
tashabbusini
yo‘lga qo‘ydi. “C5+1” platformasi orqali amalga
oshirilayotgan ushbu tashabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini
mustahkamlash va o‘sishini ta’minlash maqsadida savdo-sotiqni oshirish, kompleks
rivojlanishni rag‘batlantirish va ko‘p tomonlama aloqalarni chuqurlashtirish uchun
barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanishga intiladi.
Jahon hamjamiyatida Markaziy Osiyoning ahamiyati va roli oshib borayotganini
mintaqa va yirik davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikning turli formatlari
tashkil qilinayotganida ham ko‘rishimiz mumkin.
394
So‘nggi yillarda “Markaziy Osiyo – AQSH”, “Markaziy Osiyo – Evropa
ittifoqi”, “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi”, “Markaziy Osiyo – YAponiya”
kabi muloqot formatlari qatoriga ohirgi yillarda “Markaziy Osiyo – Hindiston”,
“Markaziy Osiyo – Xitoy” va “Markaziy Osiyo – Rossiya Federatsiyasi” singari yangi
formatlar qo‘shildi. Mazkur holat, birinchidan, mintaqadagi ijobiy o‘zgarishlar
natijasida yuzaga kelgan mutlaqo yangi muhit dunyoning etakchi davlatlari tomonidan
Markaziy Osiyoga nisbatan e’tiborning oshganligini ko‘rsatsa, ikkinchidan, chet
el davlatlari mintaqa mamlakatlari bilan nafaqat ikki tomonlama hamkorlik doirasida,
balki yagona mintaqaviy ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga ahamiyat
qaratayotganidan dalolatdir.
SHu bilan birga, mintaqa hamda boshqa davlat va xalqaro institutlar o‘rtasida
yangi formatlarning tuzilishi bu, Markaziy Osiyoning geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyati
oshib borishiga, shuningdek, mintaqaga xalqaro munosabatlardagi yaxlit siyosiy-
diplomatik sub’ekt sifatida qaralishiga olib kelmoqda.
Qayd etish joizki, Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorligi va hamjihatligi,
birinchidan, xalq farovonligiga, ikkinchidan, mintaqaning investitsion jozibadorligini
oshirib, xorijiy sherik davlatlar va investorlar bilan hamkorlik uchun keng
imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. O‘zbekiston va mintaqa davlatlari o‘rtasida
shakllangan va yanada mustahkamlanib borayotgan yangi muhit mazkur maqsadlarga
erishishga hamda o‘zaroro siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Prezident
SHavkat
Mirziyoevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasida
hamda 2024 yil “YOshlar va biznesni rivojlantirish yili” Davlat dasturida Markaziy
Osiyo
davlatlari
bilan
yaqin
qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlashga
alohida ahamiyat qaratish nazarda tutilgan.
Xususan, joriy yil Davlat
dasturida
Markaziy
Osiyo
davlatlari
bilan
munosabatlarni izchil davom ettirish chora-tadbirlar rejasida:
➢
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ikki tomonlama va
mintaqaviy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish;
➢
oliy va yuqori darajada o‘zaro tashriflarni tashkil etish;
395
➢
“Xalq diplomatiyasi” mexanizmlaridan samarali foydalanish;
➢
yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi mavjud
to‘siqlarni birgalikda hal etish;
➢
savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmining
o‘sishi va hamkorlikni mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
➢
mintaqaning tranzit va logistika salohiyatidan samarali foydalanish va
transport infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash;
➢
Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqalari (shu jumladan, chegara
hududlari) o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, joriy yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan
aloqalarini ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlari, jumladan, Birlashgan Millatlar
Tashkiloti (BMT), Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stlgi (MDH), SHanxay Hamkorlik
Tashkiloti (SHHT), Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TTDHK), Evropada
Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) va boshqa tuzilmalar doirasida ham
rivojlantirishni, bunda nafaqat siyosiy-diplomatik munosabatlar, balki iqtisodiy
diplomatiya, parlamentlararo diplomatiya hamda xalq diplomatiyasini kuchaytirish
nazarda tutilmoqda.
Qolaversa, SHHTda O‘zbekiston Respublikasining 2021–2022 yillarda raisligi
davomida a’zo davlatlar xamkorligi doirasida ustuvor vazifa va asosiy tadbirlar
belgilab olingan edi va izchil amalga oshirilib kelindi. SHHTda Rossiya, Xitoy,
Pokiston va Hindiston qatori Markaziy Osiyo davlatlaridan O‘zbekiston, Tojikiston,
Qozog‘iston va Qirg‘izistonning a’zo davlatlar ekanligi, ushbu xalqaro tashkilot
doirasida hamkorlikni jadallashtirish alohida ahamiyat kasb e’tishini ta’kidlash
mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, ochiq, pragmatik, chuqur o‘ylangan va
o‘zaro manfaatli tashqi siyosat olib borish O‘zbekiston tashqi siyosatining bosh
ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolaveradi. Bu O‘zbekiston Markaziy Osiyoning barcha
davlatlari bilan chegaradosh mintaqadagi yagona davlatligi, mamlakatdagi har qanday
siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohadagi o‘zgarishlarning bevosita mintaqaga ta’sir
e’tishi hamda Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishi mintaqaning barcha davlatlari
manfaatlariga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. O‘zbekistonning bugungi tashqi
396
siyosati, xususan, yaxshi qo‘shnichilik va pragmatik mintaqaviy siyosati davlatning
xalqaro nufuzini oshirishga, hamda, Markaziy Osiyoning barqaror va ulkan
imkoniyatlarga ega geosiyosiy hamkorlik makoniga aylanishiga xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
"O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 Farmoni, 7
fevral 2017 yil.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, (yangi tahrirdagi O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston
Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan) Toshkent,
2023.
3.
SH.M. Mirziyoev. “Markaziy Osiyoning tinchligi va farovonligi
hamjihatligimizga bog‘liq”. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi
maslahat uchrashuvidagi nutqi. Qirg‘iziston, 21 iyul 2022, Siyosat.
4.
SH.M. Mirziyoev.
«Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida»
xalqaro madaniy forumidagi nutqi. Xiva, 15 sentyabr, 2021 y.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Markaziy
Osiyo davlatlari rahbarlarining 5-Maslahat uchrashuvidagi nutqi, Dushanbe, 14
sentyabr 2023 y.
6.
Axmedova,
Y.
S.
(2024).
INVESTITSIYA
LOYIHALARI
SAMARADORLIGINI
BAHOLASHNING
MAZMUNI
VA
MOHIYATI.
Educational Research in Universal Sciences
,
3
(2), 521-524.
7.
Axmedova, Y. S., & qizi Mamadiyorova, F. S. (2024). XODIMLARNI
MOTIVATSIYALASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI.
Educational Research in
Universal Sciences
,
3
(1), 611-614.
8.
Ахмедова,
Ю.
С.
(2023).
Инвестициялар-Иқтисодиётни
Модернизациялашнинг Бош Омили.
Barqarorlik Va Yetakchi Tadqiqotlar Onlayn
Ilmiy Jurnali
,
3
(1), 226-229.
9.
Sunatullayevna, A. Y., & Jalol o’g’li, T. J. (2024, February).
ZAMONAVIY MENEJER MODELINI YARATISH MASALASI HAQIDA.
In
International conference on multidisciplinary science
(Vol. 2, No. 2, pp. 32-34).
397
10.
Tajibayev, M. A., & Axmedov, J. T. (2022). Sinergetik yondashuv-
yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirishning asosiy jihatlaridan biri
sifatida.
Scientific progress
,
3
(3), 527-532.
11.
Tajibaev, M. A., & Akhmedov, J. T. (2021). The young spiritual-moral of
the global network effects on education.
Scientific progress
,
1
(5), 708-711.
12.
Tursunmuratovich, A. J., & Abdurashidovich, T. M. (2021). Ensuring the
rule of law-as an urgent direction in the appeal.
International Journal of Discourse on
Innovation, Integration and Education
,
2
(2), 164-169.
13.
Axmedov, J. T., & Tajibayev, M. A. (2021). Young people from different
information attacks care is a requirement of the time.
Scientific progress
,
2
(5), 549-553.
14.
Sunatullayevna,
A.
Y.,
&
Sh,
M.
F.
(2024,
February).
MOTIVATSIYANING
BOSQARUVDAGI
AHAMIYATI.
In
International
conference on multidisciplinary science
(Vol. 2, No. 2, pp. 86-90).
15.
Axmedova, Y. S., & Shaldarbekova, A. B. (2024). JAMOAGA
MOSLASHTIRISH
PERSONALNI
BOSHQARISHDA
BIR
OMIL
SIFATIDA.
Educational Research in Universal Sciences
,
3
(4 SPECIAL), 445-447.
16.
Axmedova, Y. S., & Akromjon o‘g‘li, N. A. (2024, March).
BOSHQARUVDA MOTIVATSIYANING AHAMIYATI. In
Actual Problems in
Higher Education in the Era of Globalization: International Scientific and Practical
Conference
(Vol. 7, pp. 12-14).
17.
Kuvanovich, R. K. (2023). ATTENTION TO EDUCATION IN THE
CHISHTIYA SECRET. Research Focus, 2(2), 111-114.
18.
Quvanovich, R. Q. (2021). The Moral Importance of Humanity and
Patriotism in Chistiya and Kubraviya. International Journal on Orange Technologies,
3(3), 98-103.
19.
.Fayzullayeva K. A. YANGI O ‘ZBEKISTONDA TURIZIM
//Educational Research in Universal Sciences. – 2024. – Т. 3. – №. 1. – С. 619-624.
20.
Файзуллаева К. А. ТАРИХИЙ ҚАДРИЯТЛАРГА ТЎҒРИ
МУНОСАБАТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ //MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES
AND TRENDS. – 2019. – С. 111.
