ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
104
OROLBO‘YI SAK-MASSAGET QABILALARINING DAVLATCHILIGI VA
SIYOSIY TUZILISHI
Kenjayev Bektash Davronbek o’g’li
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti
Ijtimoiy – Iqtisodiy fanlar fakulteti
Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar bo`yicha)
yo`nalishi 4-bosqich talabasi.
Tel: +998(99)-751-08-22
Annotatsiya:
Ushbu maqolada miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi
yarmida Orolbo‘yi hududida yashagan sak va massaget qabilalarining davlatchilik shakli,
siyosiy tuzilishi, boshqaruv tizimi va ijtimoiy qatlamlari o‘rganiladi. Qabila ittifoqlari
asosida shakllangan harbiy-demokratik boshqaruvning o‘ziga xos jihatlari, sardorlar va
kengashlarning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning qo‘shni davlatlar bilan siyosiy
aloqalari, xususan Ahamoniylar imperiyasi bilan bo‘lgan to‘qnashuvlar tarixiy manbalar
asosida yoritiladi.
Kalit soʻzlar:
saklar, massagetlar, Avesto, skif, Katta Xorazm, urug‘-qabila,
xorazmliklar, Quyi Amudaryo, davlatchilik.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются форма государственности,
политическая организация, система управления и социальные слои саков и
массагетов, населявших Приаралье во второй половине I тысячелетия до н.э.
Анализируются
особенности
военно-демократического
управления,
сформировавшегося на основе племенных союзов, а также роль вождей и советов.
Кроме того, исследуются их политические отношения с соседними государствами,
в частности столкновения с Ахеменидской империей, на основе исторических
источников.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
105
Ключевые слова:
Саки, массагеты, Авеста, скифы, большой Хорезм,
родоплемя, хорезмийцы, Нижняя Амударья, государственность.
Annotation:
This article examines the statehood structure, political organization,
governance system, and social strata of the Saka and Massagetae tribes who inhabited the
Aral Sea region in the second half of the first millennium BC. It analyzes the distinctive
features of the military-democratic governance formed on the basis of tribal unions, as
well as the role of chiefs and councils. In addition, the study highlights their political
relations with neighboring states, particularly their confrontations with the Achaemenid
Empire, based on historical sources.
Keywords
: sacs, massagetes, Avesto, Scythian, great Khwarezm, seed-tribe,
khwarezmians, lower Amudarya, statehood.
KIRISH (ВBЕДЕНИЕ / INTRОDUCTIОN).
Orolbo‘yi qadim zamonlardan beri turli qabilalar, etnik guruhlar va
sivilizatsiyalarning chorrahasida joylashgan muhim hudud bo‘lgan. Ayniqsa miloddan
avvalgi I ming yillikda bu yerda yashagan sak va massaget qabilalari o‘zining harbiy
kuchi, erkinliksevarligi va siyosiy tashkiloti bilan ajralib turgan. Ular chorvachilik va
ko‘chmanchilik asosida yashab, o‘zaro qabila ittifoqlariga birlashgan holda tashqi
tahdidlarga qarshi kurash olib borishgan.
Massagetlar malikasi Tomarisning Ahamoniylar podshohi Kir II ustidan qozongan
g‘alabasi bu qabilalarning siyosiy ongini, harbiy salohiyatini va siyosiy birlik darajasini
yaqqol ko‘rsatadi. Mazkur maqolada Orolbo‘yi sak-massaget qabilalarining davlatchiligi
va siyosiy tuzilishining asosiy xususiyatlari tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar
hamda zamonaviy tadqiqotlar asosida yoritiladi. Maqsad — ushbu qabilalarning o‘z
davrida qanday boshqaruv tizimi va siyosiy tuzilishga ega bo‘lganini aniqlashdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И
МЕТОДОЛОГИЯ / MATERIALS AND METHODS)
O‘zbek xalqining davlatchilik tarixi borasida boshqa yozma manbalar, Qadimgi
Eron bitiklaridan, Yunon-rim tarixchilaridan Gerodot, Ktesiy, Arrian, Kurtsiy Ruf,
Strabon va boshqalarning asarlaridan, o‘lkamizda arxeologik tadqiqotlar olib borgan
tadqiqotchilarning asarlaridan qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. Markaziy Osiyoda
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
106
miloddan avvalgi VI asrning o‘rtalariga kelib xalqlarning shakllanishi jarayoni tugagan,
ularning hududiy joylashuv chegaralari, viloyatlarning ma’muriy chegaralari paydo
bo‘lgan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekistonning dehqonchilik vohalarida
so‘g‘diylar, baqtriyaliklar va xorazmiylar, tog‘, dasht va cho‘llarda saklar va
massagetlarning chorvador qabilalari yashagan. Ushbu xalqlar turkiy va eroniy tillarda
so‘zlashganlar [1].
Qadimgi chorvador qabilalardan skif, sak va massagetlar haqidagi dastlabki
ma’lumotlar zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”da, Doro I ning Behustun
yozuvlarida, yunon-rim tarixchilari Geradot, Dioniskiy Periget, Klavdiy Ptolomey,
Strabon asarlarida ma’lumotlar uchraydi. XIX asrdayoq chorvador etnoslardan biri
saklarni V.V. Grigoryev “Skif xalqi Saklar haqida” nomli asarida ta’riflab o‘tgan. Albatta
u skif va sak qabilalarini o‘rganishda antik davr tarixchilari ma’lumotlariga tayangan [2].
Pompey Trog skiflar (saklar) haqida to‘xtalib, “Ular Parfiya va Baqtriyaga asos
solganlar”, deb qayd etadi [3].
MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION)
Zardushtiylarning diniy kitobi bo‘lgan “Avesto”da Markaziy Osiyo va Sharqiy
Eron hududlarida Ahamoniylar imperiyasi tashkil topgan vaqtga qadar qandaydir davlat
tizimi bo‘lganligi haqida dastlabki ma’lumotlar uchraydi. Ular harbiy-demokratiya
tipidagi qabilalar ittifoqidan o‘sib chiqqan dastlabki davlatlar edi. Yunon mualliflari
(Gerodot, Gekatey)ning xabariga ko‘ra, bu zaminda qabilalar konfederatsiyasi asosida
tarkib topgan dastlabki davlatlar mavjud bo‘lgan. «Katta Xorazm» va «Baqtriya
podsholigi» harbiy demokratik prinsiplar asosida tarkib topgan. Afsuski, yozma
manbalarda ular haqida uzun-yuluq va juda qisqa ma’lumotlar uchraydi. Ularning
ba’zilari esa afsonaviy xarakterda, zardushtiylik dinining bosh islohotchisi Zaratushtra
nomi bilan bog‘liq xolda eslatiladi.«Avesto» berilgan ma’lumotlarni mashhur
xorazmshunos olim S.P.Tolstov, Yevropa olimlaridan V.Xenning hamda I.Gershovichlar
arxeologik izlanishlar va tarixiy-geografik ma’lumotlarni solishtirib, «Katta Xorazm»
davlati haqidagi o‘z qarashlarini bayon etganlar [4].
NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS)
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
107
Boshqa nazariyaga ko‘ra, (Y.A.Rapoport, O.A.Vtshnevskaya) mil. avv. VII asrda
xorazmlik saklarning janubiy viloyatlarga (Marg‘iyona, Parfiya) yurishlari paytida, ular
janubdagi
shaharlarning
mudofaa
tizimi,
sun’iy
sug‘orish
inshootlari
va moddiy madaniyati bilan tanishib chiqishi natijasida, bu sohalarda o‘zlashtirilgan
bilimlar va ko‘nikmalar Quyi Amudaryo hududlaridagi hunarmandchilik va binokorlik
sohalariga tatbiq etilgan. Shuningdek, mil. avv. VI asrdan boshlab, xususan shu saklar
“xorasmiylar” degan shaxsiy etnonimga ega bo‘lganlar degan fikr ilgari surilgan [5].
Bizning olkamizda saklar, ulaming bir ko‘rinishi bolgan massagetlar qadimdan
yashagani e’tirof etiladi. Ularda xo‘jalikning asosiy sohasi chorvachilik bo‘lib, yilqichilik
muhim o‘rin tutgan. Mil. aw. VII asrda sak-massagetlar harbiy demokratiya davriga
o‘tadilar. Mil. aw. VI asrga kelib sak-skif davlatlari vujudga kelgan. Ular atrofdagi davlat
va jamiyatlar bilan ziddiyatli, tinch munosabatda bolganlar va ko‘plab urushlar olib
borganlar. Sak-massagetlar yaylov-otloq, yer-suv uchun doimo boshqa urug-qabilalar
bilan urush-to‘qnashuvlar girdobida yashaganlar. Urug-qabilaning har bir a’zosi jangchi
bolgan. U o‘z uyi, podasi, oHoq-yaylov va suv havzasini himoya qilish uchun qilich,
kamon,
nayza
va
boshqa qurollardan foydalana bilishi hamda chavandoz bolishi hayotiy zarurat bolgan.
Qurg‘oqchiliklar,
uning
natijasida
ochlik,
qahraton
qish,
izglrin
sovuqlar
kо‘chmanchilar hayotini doimo xavf-xatarga qo‘ygan. Yer-suv, otloq-yaylovlar uchun
qo‘shni urug‘-qabilalar bilan o‘zaro to‘qnashuvlar ко ‘chmanchilaming doimiy hamrohi
bolgan. Ana shunday xavf-xatarga tola hayot ko‘chmanchi urug‘-qabilalardan o‘zini
himoya qilish va tirik qolish uchun harbiy jang san’atini o‘rganishni taqozo qilgan [6].
Orolbo‘yi saklari mil. avv. 518-yilda Doro I (522-486) tomonidan istilo
qilingan. Doro I ning Kirmonshoh shahri yaqinidagi
Behistun qoyasiga
yozdirgan zafamomasida tobe etilgan 23 ta mamlakat va xalqlar orasida Xorazm
ham qayd etiladi. Persepol shahrida Doro I va Kserks saroyiga olib
boruvchi tosh pillapoya devorlarida Eron ahamoniylariga tobe mamlakatlardan
xiroj olib kelgan vakillaming bo‘rtma rasmlarining 8 qatorida sug‘diyonaliklar,
11
qatorida
saka
tigraxaudalar,
13
qatorida
parfiyaliklar,
15
qatorida
baqtriyaliklar, 17 qatorida esa xorazmliklar aks etgan bo‘lib, xorazmliklar
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
108
qo‘llarida dudama xanjar, jangovar harbiy bolta va bilaguzuk tutib, ot yetaklab
kelayotgan holda tasvirlangan [7].
XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)
Orolbo‘yi hududida yashagan sak va massaget qabilalari miloddan avvalgi I ming
yillikda Markaziy Osiyo tarixida muhim rol o‘ynagan siyosiy va harbiy kuchlardan biri
bo‘lgan. Ularning siyosiy tuzilishi an’anaviy davlat shakllaridan farq qilgan bo‘lsa-da,
qabila ittifoqlari asosida tashkil etilgan boshqaruv tizimi muayyan darajada
markazlashuvga erishgan edi. Qabila sardorlari (ko‘pincha harbiy yetakchilar)
boshchiligida qarorlar kengash orqali qabul qilinib, muhim siyosiy masalalarda xalq
ishtiroki ta’minlangan. Sak va massagetlarning boshqaruv tizimida harbiy-demokratik
an’analar asosiy o‘rin tutgan bo‘lib, bu ularning mustaqillikni asrab qolishida va tashqi
bosqinlarga qarshi kurashishda asosiy omil bo‘lgan. Ahamoniylar imperiyasi bilan
bo‘lgan to‘qnashuvlar, xususan, Tomiris malikasi rahbarligidagi qarshilik va Kir II
ustidan qozonilgan g‘alaba, ularning siyosiy tafakkuri va tashkilotchilik salohiyatini
yaqqol ko‘rsatadi.
Olib borilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, sak-massaget qabilalari boshqaruv
tizimida:
Qabila sardorlarining yetakchiligi,
Harbiy kuchning siyosiy hayotdagi roli,
Urug‘lararo ittifoqlar asosidagi siyosiy birlik,
Davlatga xos ayrim belgilarning mavjudligi, mavjud bo‘lgan va bu omillar ularni
o‘z davrining muhim siyosiy kuchiga aylantirgan.
Ularning siyosiy tuzilmasi va davlatchilik tajribasi keyingi davrlardagi turkiy va
eroniy xalqlarning boshqaruv tizimlariga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Shu sababli, sak va
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
109
massagetlarning siyosiy merosi nafaqat tarixiy ahamiyatga, balki hozirgi siyosiy tafakkur
taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutadi.
ADABIYOTLAR ROʻYXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА /
REFERENCES)
1.
Jo‘rayev
I “O‘zbekiston davlatchiligi tarixida boshqaruv tizimining
shakllanishi” Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023 19-bet.
2.
Sultanov
E
“Ancient Sogd herdsmen” https://www.supportscience.uz/
index.php/ojhpl Oriental Journal of History, Politics and Law 127-bet.
3.
Manbashunoslik va Tarixshunoslik fanidan o‘quv-uslubiy majmua Namangan –
2022
4.
Valiyeva G “Markaziy Osiyoda ilk davlat uyushmalarining yuzaga kelishi journal
of new century innovations https://scientific-jl.org/index.php/new volume–
71_issue-1_february-2025. 19-bet.
5.
O‘ZBEKISTON TARIXI I kitob Toshkent «VNESHINVESTPROM» 2019 164-
bet.
6.
Rajabov R “Qadimgi sharq harbiy san’ati” Yangi asr avlodi Toshkent 2018 71-72-
betlar
7.
Doniyorov M “Markaziy osiyo xalqlari tarixshunosligi” Toshkent NIF MSH 2020
45-bet.
