ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
63
CHOʻLPON SHEʼRIYATIDA ISTIQLOL VA MA'RIFAT GʻOYALARI
Toʻyliyeva Sevara Erkin qizi
Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi
ANNOTASIYA:
Ushbu maqolada XX asr oʻzbek adabiyotining zabardast
namoyondalaridan biri,millat fidoyisi boʻlgan Abdulhamid Choʻlponning she'riyatida
namoyon
boʻlgan
istiqlolparvarlik
va
ma'rifatparvarlik
gʻoyalari
tahlil
qilinadi.Ozodlik,uygʻonish va milliy oʻzlikka qaytish gʻoyalari yoritiladi. Maqolada
Choʻlpon sheʼriyati orqali milliy uygʻonish ruhining qanday ifodalanganiga e'tibor
qaratiladi. “Goʻzal Turkiston”, “Bahorni sogʻindim”, “Xalq”, “Koʻngil” kabi she’rlar
misolida Choʻlponning badiiy obrazlari, tarixiy haqiqatga munosabati va erkinlik ruhini
tarannum etish mahorati koʻrsatib beriladi. Maqola Choʻlponning ijodida xalqni
uygʻotish, milliy ongni shakllantirish, istiqlol va ma’naviy erkinlikni targʻib qilishga
bo‘lgan intilishini yoritadi
KALIT SOʻZLAR:
Choʻlpon istiqlol, ma'rifat, uygʻonish, millat, ozodlik, she'riyat,
jadidchilik, maʼrifatparvarlik, milliy istiqlol, oʻzbek sheʼriyati, erkinlik, ozodlik gʻoyasi,
mustamlakachilik, shoirning missiyasi, millat ruhiyati, bahor timsoli, maʼnaviy
uygʻonish.
Kirish:
Oʻzbek adabiyotida millat ruhini,ozodlik istagini,va ma'rifatparvarlik ruhiyatini chuqur
ifoda etgan ijodkorlardan biri - Choʻlpondir. U XX asr boshlarida vujudga kelgan
jadidchilik harakatining yetuk vakili sifatida milliy istiqlol va ma'rifat gʻoyalarini
she'riyatda kuchli badiiy obrazlar orqali ifodaladi.
Choʻlpon uchun she'r bu yurak ohangi, vijdon sadosi, xalq dardining ifodasidir. U
soʻzda sehr yaratgan ijodkor.Uning "Buzilgan oʻlkaga" "Xalq" "Vijdon erki" singari
she'rlarida faqat badiiy ifoda emas,balki oʻz davrining tarixiy va ijtimoiy haqiqatini aks
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
64
ettirgan. Choʻlpon she'riyatining mohiyatini tushunish uchun ,avvalo, uning oʻtmishini,
tarixini, shaxsiyatini chuqur anglash zarur. U jadid adabiyoti vakili sifatida xalqni
uygʻotish, gʻanimlardan qutqarish yoʻlida milliy ongni oʻstirish va istiqlol sari
yetaklashni asosiy burch deb bildi. Va bu yoʻldan faqat oldinga qadam tashladi.
Qoʻrmasdan oʻz sheʼrlarida erkinlik, va ozodlik istagi, qullikga qarshi narozilik,
mustamlakachilik zulmiga qarshi isyon ohangi yaqqol seziladi. Bu ohangni esa "Goʻzal
Turkiston" she'rida ham koʻrishimiz mumkin.
Ol bayrogʻingni qalbing uygʻonsin,
Qullik asorat barchasi yonsin.
Qur yangi davlat, yovlar oʻrtansin,
Oʻsib Turkiston qadding koʻtarsin,
Yayrab, yashnab oʻz vataning gul bogʻlarida.
Bu misralarda shoir millatni uygʻonishga, oʻzligiga qaytishga da'vat etadi.
Choʻlponning istiqlol gʻoyasi nafaqat siyosiy ozodlik, balki ruhiy, ma'naviy erkinlikni
ham oʻz ichiga oladi.
Choʻlpon jadid ma'rifatining faol shaxslaridan biri edi.U xalqni jaholatdan,
e'tiqodsizlikdan, ma'naviy qullikdan qutqarishning yagona yoʻli - bu ilm, ma'rifat va erkin
hayot deb bilgan. Kuz qoʻynida turgan shoir "Bahorni sogʻindim" deydi. Bahor shunchaki
fasilgina emas, balki majoziy ma'no ham kasb etadi. Shoir uchun mustamlakachilik davri
goʻyo kuz izgʻirin kabi boʻlsa, bahor istiqlol va porloq istiqbol haqidagi yaxshi niyatlani
anglatadi.
"Bahorni sogʻindim"
Bahorni sogʻindim, bahorni...
Koʻrganda yerlar, olamlar toʻla qorni.
Qor...qor-
Zaharli ninalar kabi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
65
Koʻzlarga qarab oqar...
Qaydasiz, qaydasiz
Latif siynalar kabi
Dalalarga singgan bahor?
Ushbu sheʼrdan ham shoir oʻz his tuygʻularini toʻkib yozganiga guvoh boʻldik.
"Xalq" she'rida shoirning yurt ozodligi haqidagi yorugʻ oʻylari ham oʻz ifodasini topgan.
Xalq istagi - ozod boʻlsin bu oʻlka,
Ketsin uning boshidan koʻlanka.
Bir qoʻzgʻalur, bir koʻpirar, bir qaynar,
Bir intilur, bir hovliqar, bir oʻynar.
Yoʻqlikni-da ochlikni-da yoʻq etar,
Oʻz yurtini har narsaga toʻq etar...
Bu misralarda shoir nafaqat shaxsiy kechinmalarni, balki milliy orzularni aks ettirgan.
Bu Choʻlpon she'riyatining asosiy ruhini tashkil etadi. Xalqni uygʻotish, unga yoʻl
koʻrsatish, va ozodlik sari yetaklashdir. "Koʻngil" she'ri ushbu she'r Choʻlponning otashin
ruhi aks etgan. U koʻngilga qarata murojaat qilib, oʻzini qiynayotgan barcha savollarni
beradi, dil dardlarini bayon etadi hamda uni hamisha ozod va hur boʻlib qolishga
chorlaydi.
Koʻngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla doʻstlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
Choʻlpon oʻz she'rlari va harakatlari bilan soʻngi nafasigacha xalqni hurlikka, ozodlikka
da'vat etdi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
66
Xulosa qilib aytadigan boʻlsam Choʻlponning she'riyatida istiqlol va ma'rifat gʻoyalari
chuqur aks etgan. U faqat shoir emas, balki millatning fidoyisi, azob-uqubatlarda ham
orzu bilan yashagan ruhiy yetakchidir. Uning sheʼrlari bugun ham Oʻzbek yuragida vatan,
til, millat va ozodlik haqidagi tuygʻularni uygʻotishda davom etmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1.Abdulhamid CHoʻlpon Binafsha Toshkent "Adabiyot" 2021
2.Quronov D." Ilk avval koʻzimni ishq bilan ochdim... ."/ CHoʻlpon.SHe'rlar.- T.:
Akademiknashr, 2021
3.Ozod Sharafiddinov CHoʻlponni anglash Toshkent "Yozuvchi" nashriyoti 1994
4.Bahodir Karimov. CHoʻlpon va tanqid. Adabiyot 2004
