ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
75
ADABIYOT- MILLIY OʻZLIKNING KOʻZGUSI
Toʻyliyeva Sevara Erkin qizi
Termiz davlat universiteti 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada adabiyotning milliy tafakkur va oʻzlikni anglashdagi
oʻrni haqida soʻz boradi.Milliy adabiyot asarlari orqali xalqning maʼnaviyati, qadriyatlari
va tarixi va ruhiy olami aks etishi tahlil qilinadi. Shu bilan birga bugungi yosh avlodni
maʼnaviy tarbiyalashda adabiyotning tutgan oʻrni yoritilgan. Maqolada adabiyotning
milliy o‘zlik, tarixiy xotira va madaniy qadriyatlarni saqlashdagi muhim o‘rni tahlil
qilinadi. Avvalo, adabiyot xalq ruhini, milliy ongni va davrga xos fikrlarni ifoda etuvchi
san’at vositasi deb ta’kidlanadi. Mumtoz ijodkorlar (Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur, Mashrab, Ogohiy) orqali o‘zbek xalqining ma’naviy merosi, falsafiy-
axloqiy qadriyatlari hamda tarixiy tajribalari shakllangani ko‘rsatiladi. Keyingi bosqichda
jadid adabiyoti (Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy va boshqa ziyolilar) nasroni, milliy
uyg‘onish va ijtimoiy adolat g‘oyalariga xizmat qilgani, “O‘tkan kunlar” va “Kecha va
kunduz” kabi asarlar orqali tarixiy xotira tiklangani bayon etiladi. Maqolaning yakuniy
qismida mustaqillikdan keyingi adabiyotda erkinlik, vatanparvarlik va milliy qadriyatlar
mavzulari kuchli namoyon bo‘lgani (Erkin Vohidov, Abdulla Oripov), global axborot
davrida esa yoshlarni ma’naviy tarbiya qilishda adabiyotning roli qayd etiladi. Adabiyot
“yurak nidosi”, “xalq ruhi” va “millat ko‘zgusi” sifatida, yosh avlodni vatanga muhabbat,
halollik, sabr-toqat kabi qadriyatlar bilan shakllantiruvchi kuch sifatida yuksak
baholanadi.
KALIT SOʻZLAR:
adabiyot, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Fitrat, milliy
oʻzlik, ma'naviyat, tarixiy xotira, badiiy asar, yoshlar tarbiyasi, mustaqillik davri
adabiyoti, vatanparvarlik, global axborot davri, ma’naviy tarbiya, yosh avlod, xalq ruhi,
millat ko‘zgusi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
76
Kirish:
Adabiyot-bu inson ruhining, xalq ma'naviyatining davr zamonasining soʻz orqali
ifodalangan aksidir. Har bir millat oʻzligini anglashda, tarixni unutmaslikda, ma'naviy
ustunlikka erishishda adabiyotga tayanadi. Adabiyot nafaqat san'at, balki xalq tafakkuri,
gʻururi va tarixiy xotirasidir.Ayniqsa, milliy oʻzlik tushunchasi bugungi globallashuv
davrida oʻz ahamiyatini yanada oshirmoqda. Adabiyot - ana shu oʻzlikni saqlab qoluvchi,
uni avloddan avlodga yetkazuvchi koʻzgudir. Adabiyot xalq tafakkurining mahsuli.
Sifatida milliy ruhni aks ettiradi. Bizga saboq beradi biz uchun eng yaxshi muallim.
Ustoz yozuvchimiz O Sharafiddinov aytganidek: " Adabiyot - bu hayot darsligi." Har
bir adabiy asar ortida oʻsha millatning tarixiy kechinmalari, gʻururi, urf - odatlari, orzu -
umidlari yashiringan boʻladi. Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogohiy kabi mumtoz
adiblarning asarlari oʻzbek xalqining maʼnaviy xazinasini tashkil etadi. Ayniqsa, Navoiy
ijodi faqat adabiy yoki estetik qiymatga emas, balki xalq tafakkurining rivojlanishiga ham
xizmat qilgan.
Navoiy oʻz "Xamsa"sida sharq falsafasi, axloqiy tarbiya, ijtimoiy adolat gʻoyalarini
ilgari surgan boʻlsa , Bobur "Boburnoma" asarida oʻz zamonasining tarixiy, ijtimoiy
manzarasini yozma adabiyot vositasida ifodalab kelajak avlodga bebaho meros qoldirgan.
XX asr boshlarida oʻzbek adabiyotida yangi bosqich - jadidlar davri boshlanadi. Bu
davr adabiyoti milliy uygʻonish, oʻzlikni anglash, xalqni jaholatdan chiqarish yoʻlida
xizmat qilgan. CHoʻlpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi
ziyolilar oʻz asarlari orqali milliy gʻurur, erkinlik, tafakkurga da'vat, vatanga muhabbat
gʻoyalarini ilgari surdilar.
CHoʻlponning " Kecha va kunduz" romanida tarixiy adolatsizliklar,xalq hayotidagi
ogʻriqli nuqtalar ,erk va ozodlikka intilish holatlari tasvirlanadi. Abdulla Qodiriyning
"Oʻtkan kunlar" romani esa adabiyot orqali tarixiy xotirani tiklab, oʻzbek xalqining
ijtimoiy, siyosiy oʻzligini anglashida katta ahamiyatga ega boʻldi. Bu asarlar oʻz tarixiga
boshqa koʻz bilan qarashga, milliy birlik gʻoyasini chuqurroq his qilishga intildi. 1991-
yildan soʻng, ya'ni Oʻzbekiston mustaqilligini qoʻlga kiritgach, adabiyotimizda milliylik
ruhiga qaytish, tarixiy shaxslar va voqealarni yangicha nigohda talqin etish jarayoni
boshlandi.Yangi adabiyotd istiqlol, vatan, ozodlik, qadriyat va urf-odatlarga sodiqlik kabi
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
77
tushunchalar asosiy mavzuga aylandi. Erkin Vohidovning " Oʻzbegim" she'ri xalq
ruhining gʻururli nidosidir. Abdulla Oripovning " Oʻzbekiston" she'rida mustaqil vatanga
boʻlgan sevgi, fidoyilik ruhi mujassam.Bu asarlar orqali oʻzbek adabiyoti yosh avlodga
milliy oʻzlikni his etish uni qadrlash, asrab - avaylash gʻoyasini singdira oldi.
Bugungi globallashuv davrida yoshlar koʻplab axborot oqimlari ichida yashamoqda.
Ular ongini, tafakkurini, ruhiyatini sogʻlom saqlashda adabiyot beqiyos rol oʻynaydi.
Badiiy asarlar axloqiy meʼyorlar manbayi, ijtimoiy ong shakllanishida asosiy vositadir.
Yoshlar adabiyot orqali vatanga muhabbat, ota- onaga hurmat, halollik, rosdgoʻylik, sabr
- toqat kabi qadriyatlarni oʻrganadi.
Ayniqsa, maktab va oliy oʻquv yurtlarida adabiyot fanining chuqur oʻrganilishi ularni
ma'naviy yetuk qilib voyaga yetkazadi.Kitob oʻqigan yosh fikrlaydigan,savodli, oʻzini va
xalqini qadrlaydigan shaxsdir. Shuni xulosa qilamanki, adabiyot - milliy ruhni saqlovchi,
xalq tafakkurini boyituvchi, tarixiy xotirani mustahkamlovchi, kuchli vositadir. Milliy
oʻzlikni anglash, uni ifodalash va saqlab qolishda adabiyotning roli beqiyosdir. Har bir
xalq oʻz Adabiy merosi bilan faxrlanadi. Har bir millat adabiyot orqali oʻzining kimligini
aniqlaydi.
Bugungi kunda biz yosh avlod adabiyotdan ilhom olib tariximizni, oʻzligimizni,
gʻururimizni unutmasligimiz balki uni ulugʻlashimiz zarur. Chunki adabiyot - bu yurak
nidosi, xalq ruhi ,millat koʻzgusidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1..Абдулла Орипов Узбекистон Касида Узбекистон ЛКСМ Марказий Комитети "
Ёш гвардия" нашриёти Тошкент -1972
2.Абдулла Кодирий Утган кунлар Ґафур Ґулом номидаги адабиёот ва санъат
нашриёти Тошкент - 1974
3.Ф. К. Каримов Узбек адабиёоти тарихи " Укитувчи "нашриёти -1975
4. Дилмурод Куронов Чулпон Насри поетикаси "Шарк" нашриёт- Матбаа
акциядорлик компанияси Бош тахририяти Тошкент - 2004
5.Abdulhamid CHoʻlpon Kecha va kunduz "Ilm - ziyo -zakovat" Toshkent - 2019
