ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
35
STADIONDAN SAMOLYOTGACHA: FUTBOL VA TURIZM ORASIDAGI
KO‘RINMAS YO‘L
Salimov Javod Salomovich
Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi
1-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada futbol industriyasining turizmga ko‘rsatadigan
iqtisodiy va ijtimoiy taʼsiri atroflicha tahlil qilingan. Xususan xorijiy yirik klublar
tajribalari misolida, sport va turizm o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib beriladi. Maqolada
xorijiy tajribalar asosida O‘zbekistonda sport-turizmini rivojlantirish uchun zarur
infratuzilma, marketing va investitsion strategiyalar haqida aniq takliflar ilgari surilgan.
Shuningdek, soha istiqbollari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham
yoritilgan. Mazkur ish sport turizmi orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan
nazariy va amaliy asos bo‘la oladi.
Kalit so‘zlar:
Futbol, turizm, industriya, marketing, sport turizmi, futbol
turpaketlari, investitsiya, stadion ekskursiyalari, futbol brendi, stadion infratuzilmasi,
futbol festivallari.
Kirish.
Zamonaviy dunyoda sport nafaqat jismoniy faollik va sogʻlom turmush tarzi balki
kuchli iqtisodiy va madaniy foyda olish vositasiga ham aylangan, u orqali ajoyib
marketing strategiyalarini ishlab chiqish va yuqori darajada daromad olish mumkin.
Ayniqsa, futbol – dunyo bo‘yicha eng ko‘p tomosha qilinadigan, eng ko‘p muhokama
qilinadigan, eng ko‘p odamni bir joyga yig‘adigan va dunyodagi eng mashhur sport turi
hisoblanadi. Shunday ekan, nega bundan oqilona foydalanmaslik kerak? Bugungi kunda
“sport sayyohligi” (yoki sport turizmi) degan atama keng qo‘llanmoqda. Bu sport
tadbirlarida ishtirok etish yoki ularni tomosha qilish maqsadida boshqa shaharga yoki
mamlakatga sayohat qilishdir.
Misol uchun, kimdir “Real Madrid” yoki “Manchester Yunayted” o‘yinini ko‘rish
uchun Ispaniya yoki Angliyaga boradi. Bu sayyoh mehmonxonada yashaydi,
restoranlarda ovqatlanadi, shahar bo‘ylab sayr qiladi demak, bu ham mamlakatni tanitish
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
36
imkoniyati shuningdek, bundan turizm sohasi yaxshigina daromad oladi. Xuddi shunday,
chet elda boʻlgani kabi O‘zbekistonda ham sport ayniqsa futbol orqali turizmni
rivojlantirish va bundan yetarlicha daromad olib mamlakatimizning turizm salohiyatini
namoyish etish imkoniyati mavjud. Ushbu maqolada aynan shu mavzu boʻyicha ayrim
fikr mulohazalarimiz va takliflarimizni bayon etamiz va mavzuga chuqurroq kirib
borishga harakat qilamiz, demak boshladik.
Sport turizmi – bu sport tadbirlariga borish, ularda ishtirok etish yoki tomosha qilish
orqali amalga oshiriladigan turizm turi. U ikki asosiy yo‘nalishda bo‘ladi:
➢
Passiv sport sayyohligi – bu musobaqalar yoki sport tadbirlariga, futbol o‘yini,
olimpiada, marafonlarga uni kuzatish uchun shunchaki tomoshabin sifatida borish.
➢
Aktiv sport sayyohligi – esa o‘zi qatnashadigan sport turi boʻyicha safar va
ishtirokidir (masalan, tog‘ga chiqish, veloyurish, suzish musobaqalari).
Futbol esa aynan passiv yo‘nalishda yaʼni tomosha va ommaviylik nuqtai nazaridan
eng kuchli sohaga aylangan. Ayniqsa, klub futboli (mashhur ligalar, derbilar, kubok
musobaqalari) turistlar va tomoshabinlarni jalb qilish bo‘yicha kuchli vosita bo‘lib xizmat
qiladi.
O‘zbekistonda futbol va turizm sohalarining hozirgi holati –
O‘zbekistonda
professional ligalar Superliga, pro liga va quyi ligalar nisbatan barqaror faoliyat
yuritmoqda klub soni, muxlislar bazasi oshmoqda. Paxtakor, Nasaf, Navbahor kabi
klublar Osiyo chempionlar ligasida va boshqa Osiyo miqyosidagi musobaqalarda
munosib ishtirok etmoqda, va bu tizim futbolchilarga professional maydon topish
imkonini beradi.
Yangi stadionlar barpo etilmoqda, ayrim klublar xorijlik legionerlar bilan
tarkiblarini kuchaytirmoqdalar, infratuzilma, murabbiylar tayyorlash, hakamlik tizimini
rivojlantirish boʻyicha xalqaro tajribalar olinmoqda va qator kelishuvlarga erishilmoqda,
yoshlar futboliga eʼtibor kuchli bir qator akademiyalar juda ham isteʼdodli yoshlarni
tarbiyalab bermoqdalar, xususan Nasaf, Bunyodkor, Mashʼal, Paxtakor kabi futbol
klublarimiz akademiyalari ajoyib ish olib bormoqda.
Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda 6-7 milliondan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif
buyurishgan, bu koʻrsatkichlar pandemiyadan soʻng ancha tiklana boshladi. Buxoro,
Samarqand, Xiva kabi tarixiy joylarimizda joylashgan obidalar YUNESKO merosi
roʻyxatiga kiritilgan, sayyohlar uchun bu joylar katta qiziqish uygʻotadi. 2023 yildan
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
37
boshlab sport turizmiga qiziqish oshdi, lekin hali bu masalada tizimli rivoj yo‘q, ammo
aynan turizmning boshqa turlarida sezilarli yutuqlarga erishayapmiz, bu masalada
Prezident qarori bilan viza olish tizimi soddalashtirildi, “open sky” rejimi joriy etilmoqda,
turizm uchun juda koʻp imtiyozlar berilmoqda. Lekin hozircha Oʻzbekistonda sport
sayyohligi ayniqsa futbolga bog‘liq boʻlgan turizm umuman rivojlanmagan. Bu esa yangi
bir turizm yoʻnalishini istiqbolli tarzda rivojlantirish va ommalashtirish uchun ajoyib
imkoniyatdir.
Nega aynan futbol turizmini rivojlantirish kerak?
Yuqorida aytib
oʻtkanimizdek futbol eng ommaviy va koʻpchilik uchun sevimli sport turidir, toʻgʻri
Oʻzbekistonda futbol muxlisligi va uning ommaviyligi xorijiy mamlakatlardagi kabi
emasdir, lekin baribir yurtimiz aholisi ham ayniqsa vodiyda futbolni juda yaxshi
koʻrishadi, xususan Andijon va Namangandagi muxlislik va futbol muhiti sekin asta
Yevropa darajasiga chiqmoqda yaʼni deyarli har bir hududimizda oz boʻlsada
tomoshabinlar bor, demak, shuning oʻzi bilan ham bu yoʻnalishni va turizm sayyohligini
rivojlantirish umidi mavjud.
•
Futbol brendi bor
– Oʻzbekistonda koʻp yillik tarixga, va Osiyoda ham oʻz oʻrniga
ega Paxtakor, Nasaf, Navbahor kabi qisman boʻlsada brendga aylangan jamoalarimiz
mavjud, ayniqsa Paxtakor va Bunyodkor jamoalarimizni bir vaqtlar butun Osiyo
yaxshigina tanib olgan.
•
Hududiy tenglik –
Futbolimiz faqat poytaxt Toshkent shahrida va bu shahar
jamoalari atrofida emas balki boshqa viloyatlarimizda ham – Qarshi, Andijon, Namangan,
Farg‘ona kabi hududlarda ham ancha rivojlangan va viloyatimiz jamoalari orasida hattoki
Osiyoda ham oʻz oʻrniga ega kuchli jamoalar bor, va ayniqsa muxlislik borasida vodiy
jamoalarimiz alohida eʼtirofga loyiqdir.
•
Tashrifchi muxlislar –
Aytib oʻtganimizdek, yurtimiz futboliga qiziqish va
muxlislar tashrifi yil sayin oshib bormoqda, lekin buning oʻzi yetarli emas. O‘zbekiston
chempionatining markaziy oʻyinlariga mahalliy muxlislar qatori hech boʻlmaganda
qoʻshni davlatlarimizdan ham muxlislarni jalb etishimiz lozim, toʻgʻri bu boshida oson
boʻlmaydi lekin aniq tizim va chempionatimiz darajasini yanada oshirsak buning imkoni
bor, sekin-asta bu yoʻnalishni va chegaralarimizni kengaytirishimiz lozim.
Misol uchun Navbahor Saudiya Arabistonida o‘yin o‘tkazganida minglab muxlislar
Namanganga qiziqdi. Shu o‘yinga borgan odamlar javob oʻyinida yurtimizga ham
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
38
kelganlarida Namanganga ham jon deb sayohat qilgan bo‘lardi, shunchaki aniq tizim
boʻlsa bas bu xorijiy sayyohlar oqimini ichki hududimizga olib kirish imkoniyati boʻlgan
boʻlardi.
Qanday turizm mahsulotlari yaratish mumkin?
Quyidagilarni real hayotga
tatbiq etish mumkin bo‘lgan turistik mahsulotlar va xizmatlar deb ko‘rsatish mumkin:
1. Futbol turpaketlari
– Stadionga kirish chiptalari, aviabilet yoki ichki transport
xizmati, mehmonxona yoki joylashtirish, shahar boʻylab ekskursiyalar (stadion, muzey,
tarixiy joylarga) mahalliy oshxonani tatib koʻrish, suvenirlar, futbolka, sharflar va
boshqalar, futbol tomosha qilish uchun kelgan muxlislarga aynan shu kabi alohida
turpaketlarni ishlab chiqishimiz lozim boʻladi.
2. Stadion ekskursiyalari
– Bu futbol muxlislari va sayyohlar uchun moʻljallangan
maxsus sayohat boʻlib, ular professional stadionning ichki tuzilmasi, tarixi va
inshootlarini oʻz koʻzi bilan koʻrib, eksklyuziv maʼlumotlarga ega boʻlishadi,
ekskursiyalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
✓
Stadion ichki maydoniga kirish;
✓
Futbolchilarning kiyinish xonalari;
✓
Matbuot anjumanlari zali;
✓
Vip zonalar va futbol muzeylari;
✓
Klub tarixi va yutuqlari bilan tanishish
3. “Futbolchilar izi bilan” yo‘nalishlari –
Albatta bu borada xorijiy mamlaktlar
tajribasidan oʻrganishimiz lozim, futbolchilarning izi bilan yoʻnalishlarni tashkil qilish bu
futbol tarixida iz qoldirgan mashhur futbolchilarning tugʻilgan joylari, ilk futbol
maktablari, oʻynagan klublari, stadionlari va yutuqlari bilan bogʻliq boʻlgan maskanlar
boʻylab tuzilgan tematik sayohat marshrutlaridir. Bu turdagi yoʻnalishlar nafaqat sportga,
balki shaxsiy ilhomga, motivatsiyaga, futbol yulduzlarining hayot yoʻliga boʻlgan
qiziqishni va shu bilan birga bu mashhur futbolchilarni tanigan muxlislarni ular orqali
ajoyib va unutilmas sayohatga ham taklif qiladi. Bu tajriba albatta Yevropada yuqori
darajada tashkil etilgan. Xususan Portugaliyaning Madeira orolida mashhur futbol yulduzi
Krishtianu Ronalduning alohida yoʻnalishi mavjud. Madeira orolida unga bagʻishlangan
“CR7 Museum” tashkil etilgan, sayyohlar uning tugʻilgan uyi, oʻsgan maktabi, va ilk
mashgʻulot maydoniga tashrif buyurishadi, aynan ushbu loyiha hozirgi kunda orolga 150
mingdan ortiq sayyohlarni jalb qilmoqda.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
39
Shunday ekan bu loyihani nega Oʻzbekistonda sinab koʻrmasligimiz kerak?
Oʻzbekistonda dunyo taniydigan va uning yoʻnalishini tashkil qilishimiz lozim bo‘lgan
futbolchilar mavjudmi degan savol tugʻilishi mumkin? To‘g‘ri bizda bu kabi futbolchilar
sanoqli lekin oz bo‘lsada mavjud. Misol uchun Eldor Shomurodov, Abduqodir Husanov,
va tariximizda oʻzbek futboli afsonalari boʻlgan Odil Ahmedov, Server Jeparov kabi
futbolchilarimizning oʻzi yoʻnalishlarini tashkil qilishimiz mumkin, Xususan misol
tariqasida oladigan boʻlsak Eldor Shomurodovning tugʻilgan joyi Surxondaryo viloyati
boʻylab uning oʻqigan maktablari, futbol akademiyalari, ilk murabbiylari bilan tanishuv,
uning bolaligiga oid fotosuratlar, intervyularini, va dunyoning nomdor klublaridan biri
“Roma” dagi faoliyatigacha boʻlgan oʻz yo‘nalishini tashkil qilsak arziydi menimcha, bu
orqali biz futbolchilarimizni tanitish bilan birgalikda go‘zal va tarixiy joylari ayniqsa
yuksak tog‘ tizmalari ko‘pchilikka nomal’um bo‘lgan Surxondaryo viloyatini ham butun
dunyoga tarannum etish imkoniga ega bo‘lamiz. Xuddi shunga o‘xshash yo‘nalishlarni
ko‘plab tashkil etish mumkin. Yana shuningdek, bu yosh futbolchilarimiz uchun ilhom
manbayi, mahalliy futbol yulduzlarimizni xalqaro miqyosida namoyon etish imkoniyati,
shaxsiylashtirilgan turpaketlar orqali yaxshigina daromad olish, va mahalliy sport
inshootlari, maktablari va stadionlariga boʻlgan eʼtiborni ortishiga sabab boʻladi deb
oʻylayman.
4. Fan-zonalar va futbol festivallari –
Fan zonalari va futbol festivallari bu
zamonaviy sport turizmining ajralmas qismi boʻlib, futbol muxlislari uchun tashkil etilgan
turli xil tomoshalar, katta ekranlar orqali jonli oʻyin namoyishlari, interaktiv oʻyinlar,
musiqa, milliy taomlar, suvenir savdosi, sportchilarga bagʻishlangan koʻrgazmalar va
hatto kichik sahnalarda koʻrgazmalarni ham tashkil etadi, bunaqa sport tadbirlarini
Oʻzbekistonda ommalashtirish orqali nafaqat sport zavqini balki turistik hayotni ham
jonlantirish mumkin. Ayniqsa, futbol festivallari orqali mezbon mamlakatlar oʻz
madaniyati, mehmondoʻstligi va sport salohiyatini namoyish etadi. Agar Oʻzbekistonda
xalqaro yoki mintaqaviy sport musobaqalari oʻtkazilsa, fan zonalari va festivallari tashkil
etish orqali:
✓
Turizm hajmi oshadi;
✓
Mahalliy iqtisodiyot faollashadi;
✓
Brend imidji mustahkamlanadi;
✓
Yoshlar orasida sport madaniyati kuchayadi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
40
Misol uchun 2024-yil Oʻzbekistonda oʻtkazilgan futzal boʻyicha jahon chempionati
xorijlik va mahalliy muxlislar shuningdek sayyohlar uchun oʻzgacha tajriba yaratdi desak
xato boʻlmaydi.
Qaysi hududlarda bu modelni sinab koʻrish mumkin?
Namangan – Navbahor klubi – Chortoq sanatoriyasi.
Chortoq – bu togʻli
hududdagi dam olish va sogʻlomlashtirish maskani hisoblanadi. Futbol oʻyinini tomosha
qilish uchun Namanganga kelgan muxlislar va sayyohlar Chortoqda dam olib turistik
tajribasini boyitishi mumkin.
Andijon – Andijon futbol klubi – Bogʻishamol ekoturizm maskani.
Bogʻishamol
tabiat qoʻynida joylashgan biofaol dam olish hududidir. Futbol ishqibozlari oʻyindan
keyin Bogʻishamolga borib, togʻ sayri, yoga, milliy taomlar bilan tanishish kabi
xizmatlardan bahramand boʻlishlari mumkin.
Qarshi – Nasaf klubi – Kitob geologik qoʻriqxonasi (yaqin hududda joylashgan).
Nasaf oʻyinlarini tomosha qilish bilan birgalikda muxlislar va sayyohlar Kitob tumanidagi
geologik yodgorliklar bilan tanishib bu hudud haqida yetarlicha maʼlumot olishlari
mumkin bo‘ladi.
Bu misollar nimani koʻrsatadi?
Futbol oʻyinlari nafaqat stadion bilan, balki
atrofidagi tabiiy va madaniy resurslar bilan birga turistik mahsulotga aylanishi mumkin.
Bu esa hududiy turizm va iqtisodiyotga yangi nafas beradi.
Xorijiy tajribadan nimani o‘rganish mumkin?
Futbol va turizmni birlashtirish
borasida dunyodagi eng muvaffaqiyatli tajriba – Yevropa davlatlari hissasiga to‘g‘ri
keladi. Ayniqsa, Angliya, Ispaniya, Germaniya va Turkiya kabi mamlakatlar klub futboli
orqali millionlab sayyohlarni jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Ispaniya – Real Madrid va “Bernabeu effekti” – Real Madrid klubi nafaqat sport
jihatidan dunyoning eng mashhur jamoasi, balki turistik brendga aylangan. Uning
o‘yinlarini jonli tomosha qilish uchun har yili minglab xorijiy turistlar Madridga tashrif
buyuradi. Eng diqqatga sazovor joyi “Santiago Bernabeu stadion turi” bu muzey, matbuot
zali, futbolchilarning kiyinish xonalari, kuboklar kolleksiyasi, maydon atrofi va vip
zonalarni o‘z ichiga olgan sayohatdir.
Real Madrid muzeyi Ispaniyada eng ko‘p tashrif buyuriladigan sport muzeyi
hisoblanadi. Stadion va muzeyga yiliga 1 milliondan ortiq sayyoh keladi. Bu model orqali
Madrid shahri nafaqat futbol jamoasi orqali, balki turizm orqali ham katta daromad oladi.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
41
Mahalliy iqtisodiyotga ta’siri esa restoranlar, transport, suvenir savdosi orqali aniq
seziladi.
Manchester Yunayted – sport bilan iqtisodning uyg‘unligi – Angliyadagi “Old
Trafford” stadioni – “Theatre of Dreams” (Orzular sahnasi) sifatida tanilgan. Manchester
Yunayted har bir mavsumda o‘rtacha 70 mingdan ziyod tomoshabinni o‘z stadionida
qabul qiladi. Bu o‘yinlarga tashrif buyuruvchilar orasida minglab xorijiy muxlislar bor.
“Old Trafford stadion turi” va Manchester shahridagi futbol do‘konlari, kafe va sport
brendlari do‘konlari orqali shahar turistik markazga aylangan. Yil davomida faqat
stadionni tomosha qilish uchun yarim millionga yaqin kishi Manchesterga sayohat qiladi.
Bu esa shahar iqtisodiga milliardlab funt daromad olib keladi.
Germaniya – Dortmund va “Signal Iduna Park” – Borussia Dortmund klubi
stadionida har bir o‘yinda 80 ming muxlis yig‘iladi. Klub sayti orqali stadion turlari,
muzeyga kirish, tarixiy futbol to‘plari va formalar ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Ayniqsa,
“Yellow Wall” stadionning eng shovqinli sektori tomoshabinlar uchun alohida jalb qilish
kuchiga ega.
Turkiya – Istanbulda futbol va turizm uyg‘unligi – Galatasaray, Fenerbahche,
Beshiktosh kabi klublar orqali Istanbul shahri futbol sayyohligi markaziga aylangan.
Ayniqsa, derbi o‘yinlari (Galatasaray va Fenerbahche) turistlar uchun alohida tajriba. Bu
o‘yinlarni tomosha qilish maqsadida Turkiyaga ko‘plab arab va yevropalik sayyohlar
tashrif buyuradi. Turkiyada futbol – nafaqat sport, balki milliy turizm strategiyasining bir
qismiga aylangan.
Biz bu tajribalardan nimani o‘rganishimiz mumkin?
Xorijiy tajribalar shuni
koʻrsatadiki, futbol nafaqat sport, balki turizmni rivojlantiruvchi muhim omildir.
Stadionlar, klub muzeylari, brend mahsulotlar va muxlislar zonalari orqali shaharlar yirik
sayyohlik markaziga aylanishi mumkin. Futbolni tajriba sifatida namoyish etish turistga
hissiy taassurot beradi. Shuningdek, sport voqealarini turistik mahsulotga aylantirish,
infratuzilmani yaxshilash va marketingdan samarali foydalanish juda muhim. Bu orqali
Oʻzbekistonda ham sport va turizm integratsiyasini yoʻlga qoʻyish mumkin.
O‘zbekiston uchun aniq takliflar va chora-tadbirlar – Oʻzbekiston ham xorijiy
tajribani oʻrganib, futbol klublarining brendga aylanishiga, stadionlar atrofi sayyohlar
uchun qulay maskanga aylanishiga eʼtibor qaratishi lozim. Futbol orqali sayyohlarni jalb
qilish, stadionlarda muzey, doʻkon, restoranlar ochish, stadion turlarini yoʻlga qoʻyish
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
42
zarur. Shuningdek, sport tadbirlarini marketing vositasiga aylantirish, ijtimoiy
tarmoqlarda faol reklama qilish, xalqaro sport tadbirlarini olib kirish, stadionlarni
modernizatsiya qilish kerak. Bu orqali ichki va tashqi turizm jonlanadi, iqtisodiy foyda
ortadi, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar paydo boʻladi.
O‘zbekiston xorijiy tajriba asosida sport va turizmni birlashtirish yo‘lida muhim
islohotlarga qo‘l urishi zarur. Jumladan, mahalliy futbol klublarining kuchli brendga
aylanishiga erishish lozim. Masalan, “Real Madrid” va “Manchester Yunayted” klublari
o‘z stadionlarini muzey, fan-do‘konlar, kafe va “stadion tour” xizmatlari bilan sayyohlar
uchun haqiqiy markazga aylantirgan. O‘zbekistonda ham “Paxtakor”, “Milliy” stadionlari
va boshqa yirik sport obyektlari atrofida aynan shunday servislar tashkil etilishi kerak.
Shuningdek, sport tadbirlarini ichki va tashqi turizmni jonlantiruvchi vosita sifatida
ko‘rish lozim. Masalan, har bir o‘yin oldidan ijtimoiy tarmoqlarda maxsus promo roliklar,
chiptalar bilan birga qo‘shimcha turist xizmatlari (gidlarsiz turlar, mehmonxona paketlari)
taklif qilinishi mumkin.
Xalqaro miqyosda esa, Osiyo kubogi, Osiyo oʻyinlari yoki yoshlar turnirlarini
O‘zbekistonga olib kirish, bu orqali xorijlik futbol ishqibozlari oqimini jalb qilish
mumkin. Infratuzilmalarni modernizatsiya qilish ayniqsa transport, mehmonxona va
internet xizmatlarini yaxshilash ham shart. Shu bilan birga, yoshlarga sport orqali ta’lim
berish, sport maktablarini xalqaro akademiyalar bilan integratsiya qilish orqali sport
turizmini uzoq muddatli barqaror tizimga aylantirish mumkin. Bu yo‘nalishda davlat
tomonidan grantlar, imtiyozli kreditlar, investorlar uchun soddalashtirilgan tartiblar
belgilanishi zarur. Natijada, O‘zbekistonda futbol orqali nafaqat turizm, balki iqtisodiy
o‘sish, ish o‘rinlari yaratish va yoshlar bandligini oshirishga erishish mumkin bo‘ladi. Eng
muhimi, sport orqali mamlakat imijini dunyoda mustahkamlashga katta zamin yaratiladi.
Xulosa.
Futbol orqali turizm – bu nafaqat orzu, bu amaliy strategiyadir. Bugungi global
turizm industriyasida sport, xususan, futbol nafaqat ommaviylik balki iqtisodiy va
madaniy ta’sir kuchi jihatidan ham yetakchi sektor sifatida namoyon bo‘lmoqda. “Real
Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Barselona” kabi klublarning faoliyati shuni
ko‘rsatadiki, futbol faqat o‘yin emas, balki kuchli marketing, zamonaviy infratuzilma,
brend strategiyasi va turizmni uyg‘unlashtirgan sanoatdir.
ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-7
43
O‘zbekistonda bu yo‘nalish hali to‘liq shakllanmagan bo‘lsada, mavjud salohiyat
zamonaviy stadionlar, futbolga bo‘lgan ommaviy qiziqish, yoshlar resursi va turistik
obyektlar sport-turizm simbiozini rivojlantirish uchun katta imkoniyat yaratadi. Ushbu
maqolada ilgari surilgan gʻoyalar va takliflar orqali stadionlarni turistik markazga
aylantirish, sport tadbirlarini xalqaro darajada tashkil etish, marketing va infratuzilmani
rivojlantirish O‘zbekiston sport-turizmini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish
mumkinligini iloji boricha asoslab berishga harakat qildik. Eng asosiysi, sport va turizm
uyg‘unlashuvi orqali mamlakatga xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, yoshlar uchun
yangi imkoniyatlar yaratish, iqtisodiy faollikni oshirish hamda O‘zbekistonning jahon
miqyosidagi ijobiy imijini mustahkamlash mumkin. Bu esa uzoq muddatli barqaror
rivojlanish yo‘lida muhim omil hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1
. Preuss, Holger. The Impact and Evaluation of Major Sporting Events.
2
. Higham, James (ed.). Sport Tourism Destinations: Issues, Opportunities and Analysis.
Routledge, 2005.
3
. Getz, Donald. Event Tourism: Concepts, International Case Studies, and Research.
Cognizant Communication Corporation, 2012.
4
. Ziyodullaev, M. (2021). "Sport turizmining O‘zbekistondagi rivojlanish istiqbollari."
O‘zbekiston Turizm va Madaniy Meros Jurnali, 2(14), 88–94.
5
. Uzbekistan Football Association (UFA) – rasmiy sayt: https://ufa.uz
6
. Davlat statistika qo‘mitasi (2023). Turizm va sport xizmatlari bo‘yicha statistik
ma’lumotlar. https://stat.uz
7
. O‘zbekiston Turizmni Rivojlantirish Milliy Komissiyasi. Turizm sohasini rivojlantirish
strategiyasi – 2030. Toshkent, 2022.
8
. Deloitte (2020). Football Money League: Profiling the World's Richest Football Clubs.
9
. UNWTO (United Nations World Tourism Organization). Sports Tourism Report 2021.
10
. Morrison, Alastair. Marketing and Managing Tourism Destinations. Routledge, 2018.
