MEDIA AXBOROT VOSITALARI TA’SIRIDA − JAMOATCHILIK FIKRINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH IMKONIYATLARI

Annotasiya

Maqolada jamoatchilik fikri fenomeniga media axborot vositalarining ta’sir etish omillari ko‘rib chiqilib, uni boshqarish psixologiyasi – 
tashkillashtirish va nazorat qilish mexanizmlari kesimida tahlil etilgan

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Taniqulov, J. (2025). MEDIA AXBOROT VOSITALARI TA’SIRIDA − JAMOATCHILIK FIKRINI TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH IMKONIYATLARI. Universal Science Research Jurnali, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 532–535. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113932
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada jamoatchilik fikri fenomeniga media axborot vositalarining ta’sir etish omillari ko‘rib chiqilib, uni boshqarish psixologiyasi – 
tashkillashtirish va nazorat qilish mexanizmlari kesimida tahlil etilgan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

532

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


MEDIA AXBOROT VOSITALARI TA’SIRIDA − JAMOATCHILIK FIKRINI

TASHKILLASHTIRISH, BOSHQARISH VA NAZORAT QILISH

IMKONIYATLARI

Taniqulov Jonibek Ashirkulovich

Samarqand davlat universiteti “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi dotsenti

E-mail:

jtaniqulov140@mаil.ru

,

Annotatsiya.

Maqolada jamoatchilik fikri fenomeniga media axborot

vositalarining ta’sir etish omillari ko‘rib chiqilib, uni boshqarish psixologiyasi –
tashkillashtirish va nazorat qilish mexanizmlari kesimida tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar:

media axborot vositalari, jamoatchilik fikri, uni tashkillashtirish,

boshqarish, nazorat qilish mexanizmlar.

Аннотация.

В статье рассматриваются факторы влияния СМИ на феномен

общественного мнения и дается его анализ с точки зрения психологии
управления - механизмов организации и контроля.

Ключевые слова:

СМИ, общественное мнение, его организация,

управление и механизмы контроля.

Abstract.

In the article, the factors influencing the phenomenon of public

opinion are considered and analyzed in the section of psychology of management -
mechanisms of organization and control.

Key words:

mass media, public opinion, its organization, management, control

mechanisms.

Jamiyat hayotida jamoatchilik fikri qanday ehtiyoj, maqsad, manfaat yo‘lida

shakllanishidan qatiy nazar, namoyon bo‘lish darajalariga ko‘ra tashkillashtiriladi,
boshqariladi va nazorat qilinadi. Bu uning asosiy qonuniyatidir[1].

XX asrning ikkinchi yarmi, XXI asr boshlaridan etiboran media axborot

vositalari jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi asosiy mezonga aylanib ulgurdi. Uning
tasir ko‘lami ham, tashkilotchilik mexanizmlari ham inson omili ustidan to‘liq
hukmronlikni o‘z qo‘liga oldi deyish mumkin. Masalan, media axborot yetkazuvchi
vositalar bo‘lmish: gazeta, radio, televideniya, internet kabilarning barchasida
vazifaviy umumiylik bitta, yani jamoatchilik fikrini tashkillashtirish, boshqarish va


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

533

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

uning nazoratini ushlab turish metodologiyasiga tayanadi. Bundan tashqari,
jamoatchilik

fikrini

boshqarish

mexanizmlari

o‘rtasidagi

funksional

integrasiyalashuvni aniqlashda «medialashuv» prinsipi o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Xususan, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarni media vositalar tasirida rivojlanish
tendensiyalarini korrelyasion bog‘liqlik darajasini ijtimoiy falsafa kategoriyalar
(umumiylik va xususiylik) asosida ochib berishi mumkin[2]. Buning uchun
jamoatchilik fikrini boshqarishning umumiy (universal) tamoyillariga amal qilish talab
etiladi. Bunga quyidagilarni kiritish mumkin:

Birinchidan, jamiyatdagi universal rivojlanishning subyekti bo‘lgan jamoatchilik

fikrini, inson omilida mavjud bo‘lgan: ruhiy-emosional kuchdan, yani tashqi media
axborot tasir imkoniyatlaridan himoya qilish, muammoga o‘ziga xos yondashuvni
ko‘rsatadi. Jumladan, media axborot shakli − «ko‘makchi-vositachi», «usulchi-
vositachi» uslubida ishtirok etib, media axborot vositalari va jamoatchilik fikri
o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni tartibga solib turadi.

Ikkinchidan, jamiyat o‘z o‘zini tashkillashtiruvchi murakkab mexanizm sifatida

namoyon bo‘lsada, uni boshqaruvchi subyektiv omil jamoatchilik fikri hisoblanadi.
Demak, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimini media axborot vositalari
boshqarmoqda deb qarasak, konkretlashgan ijtimoiy uyushmada jamoatchilik fikrining
o‘rniga aniqlik kiritiladi.

Uchinchidan, media axborot shakllariga ijtimoiy birliklar faoliyatini boshqarish

obyekti va subyekti tarzida qaralsa, jamoatchilik fikrini kompleks-sistemali tahlil qilish
jarayonida ularning funksional-integrasiyalashuv nuqtasi konkretlashadi[3].

To‘rtinchidan, bugungi shiddat bilan keskinlashib, qarama-qarshiliklar avj olib

borayotgan globallashuv davrida, jamoatchilik fikrini media axborotning tasir
kontekstida boshqarish, ijtimoiy-siyosiy, manaviy-madaniy munosabatlarning
integrativ xarakteriga bog‘liq bo‘lib[4], institutsional tizimini tashkil qilgan milliy va
mintaqaviy elementlar, funksional jihatdan differensiallashib, uning samaradorligini
belgilaydigan omil bo‘lib qolmoqda.

Beshinchidan, jamoatchilik fikrini boshqarish tizimi, tarixiy davrda sayqallashib,

umuminsoniy rivojlanishining barqaror sharti sifatida, turli millatlar va davlatlarning
amaliy tajribalarida, nazariy bilimlarida, ma’naviy qadriyatlari va ajdod-avlodlaridan
meros bo‘lib kelayotgan simvollarni transformasiya qilish mexanizmlarini yaratish,
media axborot vositalarining har bir shaklida qaror topib, ijtimoiy taraqqiyotning
vorisiyligiga va uzviyligini taminlaydigan kompleks sistemaning xarakteriga bevosita
bog‘liq bo‘lib qolmoqda[5].


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

534

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Xususan, jamoatchilik fikri qarashlarini, tizimli funksionallashuvida, muayyan

darajadagi qarorlarini qabul qilinishida, malum qonun ishlab chiqarilish jarayonida,
davlat va jamoatchilik o‘rtasidagi huquqiy tenglikka rioya qilinishida, erkinlikni
ro‘yobga chiqishi media tasirdan qochib bo‘lmaslikni hayotni o‘zi isbotlamoqda.
Tadqiqot jarayonida olingan ilmiy-nazariy natijalar: – jamoatchilik fikri boshqaruviga
jarayon sifatida yondashish, obyektiv va subyektiv qarashlarda (o‘zaro korrelyasion
tasirda) murakkab dinamik xususiyatlarni yuzaga keltiradi; – ijtimoiy boshqaruvda
o‘zaro bog‘liq funksiyalarni bajarish, uzluksiz jarayoni, yani boshqaruv tadrijiyligini
taminlaydi; – jamoat boshqaruvi asosan: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish
(mamuriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinasiya, nazorat, tadqiqotlar,
kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muzokaralar olib
borish va vakolat berish kabi yo‘nalishlarda olib boriladi. Tadqiqotdan olingan
xulosalar quyidagilardan iborat:

Jamoatchilik fikri dinamik jarayon sifatida bosqichma-bosqich shakllanadi.

Jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi asosiy elementlarga: ehtiyojlar, qarashlar,
motivasiyalar, turli media axborot vositalar orqali harakatga keltirish hamda targ‘ibot
qilinish natijasida deformasiyaga uchratish evaziga, uni tashkillashtirish, boshqarish
yoki nazorat qilish imkoniyatini yaratish mumkin

Insoniyatni yangi davrga o‘tishi – texnika va texnologiyalar bilan bevosita

bog‘liq holda yashashini ko‘rsatib bergan bo‘lsada, uzoq yillardan buyon jamoatchilik
fikrini tashkillashtiruvchi, boshqaruvchi yoki nazorat qiluvchi bo‘lib kelayotgan gazeta
va jurnallar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Buning asosiy sabablaridan biri shuki,
dunyodagi ijtimoiy taraqqiyot bir tekisda rivojlanmagan.

Jamoatchilik fikriga tasir o‘tkazish uchun global kiber qo‘shin boshqaruvchisi

hisoblangan internet orqali, cheksiz auditoriyani tashkillashtirish, boshqarish va
nazorat qilish mumkin. Barcha media axborot vositalari internet tizimidan kuch olgan
holda harakat qiladi. Shu bois bu tizimni media axborot manipulyatori deyish to‘gri
bo‘ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Yazdonov, U. T., & Babajanov, S. B. (2021). Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni
joriy etish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish zarurati. Development issues of
innovative economy in the agricultural sector, 147.
2. Yazdanov, U. T. (2015). Global problems: historical forecasting and necessity of
developing of the public opinion. Theoretical & Applied Science, (9), 76-82.
3. Ulug‘bek Toshmurotovich Yazdonov qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlarida


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

535

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

o‘tiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar (muammo va yechimlar) // Pedagogik fanlar
bo'yicha

akademik

tadqiqotlar.

2022.

№Konferentsiya.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/qishloq

xo-iqtisodiyot-ta-lim-yo-nalishlarida-o-

tiladigan-ijtimoiy-gumanitar-fanlar muammo-va-yechimlar (maʼlumotlar: 15.12.2022)
).
4. Yazdonov, U. T., & Tanikulov, J. A. (2021). Public opinion formation means (on the
example of media information).48(12).
5. Tashmuratovich, Y. U., & Ashirkulovich, T. J. (2020, November). Philosophical
sciences. In The 5 th International scientific and practical conference―Actual trends
of modern scientific research‖(November 8-10, 2020) MDPC Publishing, Munich,
Germany. 2020. 577 p. (p. 431). 12. Formation of civil esponsibility at young people
today - society is sustainable is an important factor of development // Conferencea
International Database, hosted online from Batumi, Georgia on October 11th 2021.
6. The concept of civil responsibility in young people and its peculiarities // The
American Journal of Social Science and Education Innovations (lSSN-2689
юох)Published: May 31, 2021 Pages: 438-441 :mpactFactor 2021:5.857 OCLC-
1121105668 7.The role and role of public control in the fight against corruption //
Published in international scientific and practice conference on ―international
experience in increasing the effectiveness of distance education: problems and
solutions‖ issue "www.ieird.com 2021sjif: 7.169

Bibliografik manbalar

Yazdonov, U. T., & Babajanov, S. B. (2021). Iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni

joriy etish va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish zarurati. Development issues of

innovative economy in the agricultural sector, 147.

Yazdanov, U. T. (2015). Global problems: historical forecasting and necessity of

developing of the public opinion. Theoretical & Applied Science, (9), 76-82.

Ulug‘bek Toshmurotovich Yazdonov qishloq xo‘jaligi ta’lim yo‘nalishlaridao‘tiladigan ijtimoiy-gumanitar fanlar (muammo va yechimlar) // Pedagogik fanlar bo'yicha tadqiqotlar. https://cyberleninka.ru/article/n/qishloq 2022. №Konferentsiya. URL: xo-iqtisodiyot-ta-lim-yo-nalishlarida-otiladigan-ijtimoiy-gumanitar-fanlar muammo-va-yechimlar (maʼlumotlar: 15.12.2022)

).

Yazdonov, U. T., & Tanikulov, J. A. (2021). Public opinion formation means (on the example of media information).48(12).

Tashmuratovich, Y. U., & Ashirkulovich, T. J. (2020, November). Philosophical sciences. In The 5 th International scientific and practical conference―Actual trends of modern scientific research‖(November 8-10, 2020) MDPC Publishing, Munich, Germany. 2020. 577 p. (p. 431). 12. Formation of civil esponsibility at young people today - society is sustainable is an important factor of development // Conferencea International Database, hosted online from Batumi, Georgia on October 11th 2021.

The concept of civil responsibility in young people and its peculiarities // The American Journal of Social Science and Education Innovations (lSSN-2689 юох)Published: May 31, 2021 Pages: 438-441 :mpactFactor 2021:5.857 OCLC1121105668 7.The role and role of public control in the fight against corruption // Published in international scientific and practice conference on ―international experience in increasing the effectiveness of distance education: problems and solutions‖ issue "www.ieird.com 2021sjif: 7.169