ERKINLIKNING MA’NAVIYATGA TA’SIRI

Аннотация

 Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining erkinligi va ular ma’naviyatining shakllanishi jarayonlari yoritib berilgan.Shuningdek yoshlarning turli xil zararli ta’sirlar doirasiga tushib qolishi yoritilgan

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Kuziyev, N., & Shadmonov, A. (2025). ERKINLIKNING MA’NAVIYATGA TA’SIRI . Журнал универсальных научных исследований, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 481–484. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113927
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

 Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining erkinligi va ular ma’naviyatining shakllanishi jarayonlari yoritib berilgan.Shuningdek yoshlarning turli xil zararli ta’sirlar doirasiga tushib qolishi yoritilgan


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

481

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


ERKINLIKNING MA’NAVIYATGA TA’SIRI

Kuziyev Nodir Abdusalimovich

BuxDU “Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa” kafedrasi dotsenti

Shadmonov Aziz Azimovich

ZARMED Universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimiz yoshlarining

erkinligi va ular ma’naviyatining shakllanishi jarayonlari yoritib berilgan.Shuningdek
yoshlarning turli xil zararli ta’sirlar doirasiga tushib qolishi yoritilgan.

Kalit soʻzlar:

ma’naviyat, erkinlik, globallashuv jarayoni, jaholatga qarshi

ma’rifat, soʻz erkinligi, vijdon erkinligi.

Аннотация.

В статье освещаются процессы освобождения и духовного

становления современной молодежи нашей страны. В нем также подчеркивается
подверженность молодых людей различным вредным влияниям.

Ключевые слова:

духовность, свобода, процесс глобализации,

просвещение против невежества, свобода слова, свобода совести.

Abstract.

This article highlights the processes of freedom and spiritual formation

of our country's youth today. It also highlights the exposure of young people to various
harmful influences.

Key words:

spirituality, freedom, globalization process, enlightenment against

ignorance, freedom of speech, freedom of conscience.

Hayot sur’atlari tinimsiz kuchayib borayotgan bugungi globallashuv jarayonida

butun insoniyatga boʻlgani kabi mamlakatimiz yoshlariga ham tinimsiz ravishda turli
ichki va tashqi tahdidlar xavf solib turibdi, ular barchamizni tashvishga solmasdan
qoʻymaydi. Buning sabablari juda koʻp. Ular haqida tinimsiz gapirilmoqda, mavjud
muammolarni hal etish yuzasidan turli tavsiyalar berilmoqda, choralar koʻrilmoqda.
Natijada yoshlarimizni bunday xavf-xatarlardan ogoh etish, muhofaza qilishda ma’lum
bir yutuqlarga erishmoqdamiz.

Erkinlik - bu madaniyatning universalligi boʻlib, u mazmun va funksiyalar

birligida ijtimoiy subyektlarning xulq-atvori, faoliyati va muloqotini tartibga soluvchi
sifatida namoyon boʻladi. Ushbu universalni amalga oshirishning uchta asosiy darajasi


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

482

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

mavjud. Birinchi daraja – oddiy ong – ushbu kontseptsiya yordamida ular harakatlar,
aloqa va xatti- harakatlarda ruxsat etilgan yoki mumkin boʻlgan chegaralarni
belgilaydilar. Ikkinchisida – huquqiy – nazariy ong darajasi, ruxsat etilgan va tartibga
solinadigan normalar va ularni buzganlik uchun jazo belgilanadi. Uchinchi falsafiy –
nazariy ong darajasida aks ettirish dastlabki ikki sathda amalga oshiriladi va shu bilan
birga madaniyat asoslari nutqi sifatida namoyon boʻladi.

Bugungi kunda yoshlarimizning ma’naviy olami, ularning milliy qadriyatlarni,

urf-odatlarni oʻzlashtirish, tafakkur tarzi va e’tiqodini shakllantirish yoʻlidagi sa’y-
harakatlarini katta yutuq sifatida e’zozlaymiz, qadrlaymiz. Darhaqiqat, bugungi yigit-
qizlarimizning millat tashvishini oʻz boʻynilariga olishlari, mas’uliyatni his qilishlari,
shubhasiz, diqqatga sazovor. Ayni paytda ayrim yoshlarimizning demokratiya bayrog‘i
ostida oʻz oʻpkalarini erkinlik havosi bilan toʻldirish “g‘ami”da milliy an’analarimiz,
qadriyatlarimizga, ba’zan esa millat va vatan manfaatlariga toʻg‘ri kelmaydigan xatti-
harakatlarini koʻrib kishi tashvishga tushadi.

Ayni paytda mamlakatimizda tom ma’noda inson erkinligi ta’minlanganligini

ham alohida ta’kidlash lozim. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga(27-modda), har kim fikrlash, soʻz va
e’tiqod erkinligi huquqiga egaligi (33-modda) belgilab qoʻyilgan.

Erkinlikni koʻngilga kelgan narsani amalga oshirishdan iborat deb tushunish,

avvalo, savodsizlikning natijasi sifatida baholanishi mumkin. Toʻg‘ri, hozir
mamlakatimiz yoshlarini savodsiz deyishimiz mutlaqo mumkin emas. Ammo, oʻqish-
yozishni bilishning oʻzini insonning savodxonlik darajasi sifatida baholash ham toʻg‘ri
boʻlmaydi. Aks holda maktab-u oliy ta’lim muassasalarini a’lo baholarga bitirib,
jamiyatda muayyan mavqega ega boʻlishning oʻrniga turli jinoyatlar sodir etayotgan
yoshlarimiz yoʻqmi? Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Jaholatga qarshi-ma’rifat”,
degan shiorni oʻrtaga tashlaganda aslida oʻz xatti-harakatlarini tahlil qila olmasdan turli
buzg‘unchi yoʻllarga kirgan ana shundaylar haqida gapirganini yodda saqlasak yaxshi
boʻlardi.

Tom ma’nodagi erkin inson aslida oʻz xohish-istaklarini aql-idrokka boʻysundira

olgan kishidir. Shu ma’noda oʻz istagini aql va tafakkurga boʻysundira olgan kishi
dunyoning yarmini zabt etish bilan teng ekanligini ta’kidlashni juda istardim.
Darhaqiqat, inson fikrlash uchun yaratilgan. Tafakkur esa fikrning hosilasi. Oʻrni
kelganda yana bir masala haqida alohida toʻxtalishga toʻg‘ri keladi. Gap barcha aqlli
odamlarning ma’naviyatli va axloqiy sifatlari yuqori boʻlavermasligi xususida
ketmoqda. Haqiqatdan ham shunday. Biz bu yorug‘ dunyoda shunday aqlli odamlarni


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

483

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

koʻramizki, ular oʻzining bu sifatlari bilan hammani oʻziga mahliyo qilishi mumkin,
koʻplar ularga havas koʻzi bilan qaraydilar.

Inson aqli yetib turgan narsani mushohada va idrok qilmas, undan tahlilsiz xulosa

chiqarar ekan, bu narsa, shubhasiz, har qanday odamni adashtiradi, xato yoʻllarga
boshlaydi. Shu oʻrinda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “insonni
harakatga soluvchi kuchi aqli emas, balki tafakkuri ila erishgan idrokidir. Tafakkur
boʻlmasa, aqlning oʻzi hidoyatga yoʻllay olmaydi. Dunyoda qanchadan-qancha aqllilar
bor. Ammo ularning aqllari toʻg‘ri yoʻlga boshlamayapti, yomonliklardan
qaytarmayapti. Bu ham yetmagandek, sof tabiatli inson zotiga or boʻlgan ishlarni tap
tortmay qilishni oʻsha aqllari bilan faxrlanayotganlar oʻzlariga ep koʻrishmoqda”.
Demak, tafakkur etilmagan, mushohada qilinmagan har qanday aql mahsuli insonni
adashtirishi, uning erkinligiga raxna solishi mumkin. Aqlli odam bilishi, tushunishi
mumkin. Ammo u oʻsha bilgan, tushungan narsani ongli ravishda anglamas,
mushohada va tafakkur qilmas ekan, uning harakatlaridan har doim ham ijobiy natija
kutish mumkin emas.

Shu ma’noda, bugungi ayrim yoshlarimizning oʻta aqlli ekanliklarini tan olgan

holda, muayyan masalalar, muammolarni hal etishda dovdirab qolayotganliklarini, bu,
aslida, aqli yetgan narsani mushohada qilishda tajriba yetishmayotganligidan darakdir.
Shu ma’noda aqlli odamlarni oʻz egallagan bilimlari va hayotiy tajribasini bugun
hamda kelajakda ijobiy ishlarda foydalana olishga safarbar eta olgan kishi sifatida
baholashimiz mumkin. Bekorga buyuk bobomiz Amir Temur “Temur tuzuklarida” aqlli
kishilar va kengash sohiblari, ehtiyotkor, qat’iyatli arboblar, keyinini oʻylab, olisni
koʻrib ish yurituvchi, keksa va tajribali kishilarni xos majlisimga kiritib, ularning
suhbatlaridan, ishlaridan naf olib, tajribalar hosil qilardim, deb aytmagan.

Demak, aql va tafakkur yoshlarimizda faqat bugun bilan yashamaslik, ertangi

kunni esdan aslo chiqarmaslikni ham taqozo etadi. Mamlakatimiz rahbari oʻzining
barcha chiqishlarida fuqarolarimiz, ayniqsa, bekorga yosh yigit-qizlarimizda mustaqil
tafakkur tarzini shakllantirishga e’tibor bermayotganimiz barchamizga ayon. Bu narsa,
jumladan, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion
g‘oyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat
Dasturida ham munosib oʻrnini egallagan. Masalan, mazkur dasturning birgina 4.3.
“Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” deb nomlangan qismidagi 16 bandning barchasi
yoshlarga oʻqish va mehnat qilish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ular
ma’naviy olamini shakllantirish, ijtimoiy erkinligini ta’minlashga qaratilganligini


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

484

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

alohida ta’kidlash lozim.

Ma’naviyat va erkinlik fenomenlarining uyg‘unligi, aslida, har bir insonni

oʻrtamiyonalik kayfiyatidan xalos qiladi, ayrim yoshlarimizdagi jamiyatdan
begonalashuv ruhiyatini bartaraf etadi.

Boshqacha soʻz bilan aytganda, har qanday erkin inson uchun mamlakat va

jamiyatda sodir boʻlayotgan voqea-hodisalar begona emas, ushbu jarayondagi yutuq
hamda kamchiliklar uchun bunday yigit-qizlar oʻzlarini mas’ul deb biladilar. Bugungi
dunyoning shiddat bilan oʻzgarib borishi har birimizdan bizga berilgan, Oʻzbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan erkinliklardan milliy ma’naviyatimizga
yoʻg‘rilgan talablar asosida foydalanishni talab etmoqda. Bunday sharoitda barchamiz
global fikrlashni, lokal harakatning uyg‘unligiga erisha olsak, tanamizni ruhimizga
boʻysundira olsak, ma’naviyat va erkinlik tushunchalarini toʻg‘ri anglasak, shubhasiz,
oldimizga qoʻygan vazifalarimizni uddalay olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.Ma’naviyat.2008 yil

2. 2017−2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi
boʻyicha harakatlar strategiyasi.

3.Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Oʻzbekiston.2023 yil

Библиографические ссылки

Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch.Ma’naviyat.2008 yil

2017−2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi

boʻyicha harakatlar strategiyasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Oʻzbekiston.2023 yil