MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI TURKUMIGA KIRUVCHI FANLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI

Аннотация

 Ushbu maqolada milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish orqali ta’lim 
samaradorligini oshirish haqida so‘z yuritiladi.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ametov, A. (2025). MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI TURKUMIGA KIRUVCHI FANLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH USULLARI . Журнал универсальных научных исследований, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 485–489. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113926
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

 Ushbu maqolada milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish orqali ta’lim 
samaradorligini oshirish haqida so‘z yuritiladi.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

485

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI TURKUMIGA KIRUVCHI

FANLARNI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

USULLARI

Ametov Axmet Qulametovich

Nukus davlat pedagogika instituti Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

kafedrasi assistent o’qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga

kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol metodlardan foydalanish orqali ta’lim
samaradorligini oshirish haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

innovatsiya, interfaol metodlar, aqliy hujum, debat, munozara,

sinkveyn, blits savol, klaster.

Аннотация.

В данной статье рассматривается повышение эффективности

образования за счет использования интерактивных методов в преподавании
предметов, относящихся к категории национальной идеи и основ духовности.

Ключевые слова:

инновация, интерактивные методы, мозговой штурм,

дебаты, дискуссия, синквейн, блиц-вопрос, кластер.

Abstract.

This article examines improving the effectiveness of education

through the use of interactive methods in teaching subjects related to the category of
national idea and fundamentals of spirituality.

Key words:

innovation, interactive methods, brainstorming, debate, discussion,

cinquain, blitz question, cluster.

So‘nggi vaqtlarda Respublikamizning ta’lim tizimi sohasida ham yangidan yangi

innovatsion o‘zgarishlar yuz berayotganligini yangi usullarning paydo bo‘lishini
yaqqol ko‘rish mumkin. Ilmiy-texnik taraqqiyot XXI asrga kelib nafaqat ko‘plab ishlab
chiqarish sohalarini texnologiyalashtirishga sabab bo‘ldi, balki madaniyat sohasiga,
gumanitar bilimlar sohalariga ham kirib keldi. Hozirgi vaqtda ko‘pgina asosiy metodik
innovatsiyalar o‘qitishning interfaol usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan.

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni o‘qitishda interfaol

metodlardan foydalanish ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat
qiladi. Interfaol o‘qitish - bu o‘zining amalga oshirilishi, o‘qituvchi - talaba, talaba -
kompyuter ikkovining o‘zaro munosabatida bo‘lib o‘tadigan dialogik suhbat vaziyatida
bo‘lish demakdir. Interfaol o‘qitish - inson bilish faoliyatining amalga oshirilishining


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

486

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

alohida bir turidir.

Interfaol usullarning ancha keng tarqalgan va yaxshi natijalar beradiganlari

ichida - "aqlga hujum" (mozgovoy shturm), bahs (munozara), organayzerlar to‘ldirish,
klaster, aniqlovchi savollar, debatlar, munozara, sahna o‘yini, rol o‘ynash, sinkveyn,
o‘yinlar, insert va hokazolar bor. Aqliy hujum - bu bir mavzu bo‘yicha mustaqil
ravishda, dastlab hech qanday tanqidiy nuqtai nazarsiz, iloji boricha ko‘p sonli g‘oyaviy
fikrlarni ta’kidlashdir. Bu usulning vazifasi - oz sonli guruhning kuchini, g‘oyaviy
fikrlarni umumlashtirishga jamlash.

Debat - uning asosida darsni tashkil etishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad

muammoning yechimini topishda o‘quvchi o‘zlarini, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga
ishontirish. O‘z fikrini aniq va faktlar bilan bayon qilish, buning uchun ishonchli
dalillar va xulosalar topish ko‘nikmalarini shakllantirishda debatlar o‘tkazish samarali
usuldir.

Metodik ko‘rsatmalar: Debatlar mavzuni aniq o‘zlashtirishlari uchun

o‘quvchilarga sharoit yaratadi. Buning uchun esa, mavzuni rezolyutsiya tarzida
tushuntirish kerak bo‘ladi. Mashg‘ulotlarda mahalliy mutaxassislardan (olim, jamoat
arbobi, siyosatshunos, mutaxassis va h.k.) biri taklif etiladi.

Debat o‘tkazish usullari. Bahsli savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va

obyektiv fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ayrim usullardan
foydalaniladi:

O‘quvchining o‘z fikrini erkin ifoda eta olishi.

O‘z fikrini aniqlashtirishi.

O‘quvchilar fikrlarining aniqligini tekshirish.

Boshqalarning fikrini o‘rganish.

O‘zining va boshqalarning fikrlarini tahlil qilish.

Muammo (mavzu, savollar) bo‘yicha qaror qabul qilish.

Bahs (Munozara) - Bu usul yordamida o‘quvchilarga ma’lum bir muammo

bo‘yicha to‘liq axborotlar yetkazib berish, baxs uchun tanlangan mavzuni o‘quvchilar
ayovsiz "shturm" qiladi va maqsadli natijada muammoga tegishli bo‘lgan
ma’lumotlarni har tomonlama o‘rganadi.

Sinf (auditoriya) ning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osib qo‘yiladi.

Ularning biriga "roziman," ikkinchisiga "rozi emasman" degan so‘zlarni yozib qo‘yadi.
Plakatlarda ba’zi bir mavzularga oid savollar bo‘yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar
ham yozilishi mumkin.

Darsni tashkil etish qoidalari tahlil qilinadi.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

487

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

O‘rganiladigan muammo bo‘yicha o‘z fikriga mos keladigan plakat yoniga

borish va kerakli o‘quvchilar taklif etiladi.

Bo‘lingan o‘quvchilardan o‘z qarashlarining to‘g‘riligini asoslab berishlari

so‘raladi. Bu vaqtda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tishga ruxsat etiladi va shu tariqa
o‘quvchilarning barchasi mavzuga jalb etiladi.

Muammo (mavzu, savol) bo‘yicha fikrlar bildirilgandan so‘ng, o‘quvchilar

ichida bahs davomida o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirganlar ham, boshqa guruhga
o‘tkaziladi. Bunday hollarda ular o‘z o‘rnini o‘zgartirish sabablarini asoslab berishlari
kerak.

Ishtirokchilardan opponentlar ichidan muammo yuzasidan eng ishonchli fikr

bildirgan o‘quvchilarni aniqlash so‘raladi. Bahs jarayonida faol ishtirok etgan va o‘z
fikrining to‘g‘riligiga ishontira olgan guruh baholanadi.

Intеrfаоl mеtоdlаrning turlаri «Sinkvеyn» mеtоdi Mеtоdning mаqsаdi:

«Sinkvеyn» sо‘zi frаnsuzchа sо‘zdаn оlingаn bо‘lib, «bеsh misrаdаn ibоrаt shе’r»
tаrjimаsini bеrаdi. Аmаliyоtdа «Sinkvеyn»: murаkkаb аxbоrоtlаrni sintеzlаsh qurоli vа
tushunchаlаr zаhirаsini bаhоlаsh vоsitаsi;ijоdiy ifоdаlilik vоsitаsi sifаtidа judа
fоydаlidir. «Sinkvеyn» tаyаnch kаsbiy tushunchаlаr vа аxbоrоtlаrni rеflеksiyаlаsh,
sintеzlаsh vа umumlаshtirishdа tеzkоr vоsitа hisоblаnаdi.

Mеtоdni аmаlgа оshirish tаrtibi: «Sinkvеyn» tuzish qоidаsi quyidаgichа:
-birinchi qаtоrdа bir sо‘z bilаn mаvzu yоzilаdi-оdаtdа оt turkumidаgi оid sо‘z

bilаn;

-ikkinchi qаtоrdа mаvzu ikki sо‘z bilаn tаsvirlаnаdi-sifаt turkumigа оid ikki sо‘z

bilаn;

-uchinchi qаtоrdа ushbu mаvzu bо‘yichа xаtti-hаrаkаtlаr uch sо‘z bilаn

tаsvirlаnаdi;

- tо‘rtinchi qаtоrdа mаvzugа аlоqаdоrlikni kо‘rsаtuvchi tо‘rttа sо‘zdаn ibоrаt gаp

yоzilаdi;

- bеshinchi qаtоr mаvzu mоhiyаtini tаkrоrlоvchi bir sо‘zdаn ibоrаt sinоnim

shаkllаntirilаdi.







background image

ZARMED
UNIVERSITETI

488

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may






“Blits-so‘rov” (ing. “blits” – tezkor, bir zumda) metodi berilgan savollarga qisqa,

aniq va lo‘nda javob qaytarilishini taqozo etadigan metod sanaladi. Ta’lim
muassasalarida ushbu metodga muvofiq savollar, asosan, o‘qituvchi tomonidan
beriladi. Berilgan savollarga javoblar jamoaviy, guruhli, juftlik yoki individual tarzda
qaytarilishi mumkin. Javob qaytarish shakli mashg‘ulot turi, o‘rganilayotgan
mavzuning murakkabligi, talabalarning qamrab olinishiga ko‘ra belgilanadi.

«Blic– so’rov» savollari
Bir millatni o’zga millatlardan ustun qo’yishga undovchi ta’limot?

“Olam va odam ilohiy kuch, хudo tomonidan yaratilgan” dеgan g’oyani ilgari

suruvchi ta’limot?

Kosmopolitizm qanday mafkura?
ХХ asrning 30 yillarida Italiya va Gеrmaniyada vujudga kеlgan va o’zida "oliy

irq" g’oyasini ilgari surgan g’oya?

Hur fikrlilik qanday manoni bildiradi?
Muayyan jamiyatning ichki va tashqi tahdidlarga dosh bеrolmasligining sababi

nimada?

Klaster (Tugun). Klasterlarga bo‘lish - bu fikrlashning xilma-xilligini,

o‘rganilayotgan har qanday tushunchalarning o‘zaro aloqadorligini, munosabatini
aniqlash qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlaydi. Tushunchalar har qanday voqealarga,
hodisalarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. "Klaster" so‘zi ingliz tilidan tarjima qilinganda
"tugun," "bog‘lanish," "kurtak" ma’nolariga to‘g‘ri keladi. Klasterga bo‘lish usulini har
qanday yangi mavzuni tahlil qilib o‘rganishdan oldin qo‘llanilgan samaraliroq
hisoblanadi. Ular o‘quvchilarda ijtimoiy fikrni o‘zgartirishga ta’sir ko‘rsatish
qobiliyatining paydo bo‘lishiga ishonch tug‘diradi va ularni rivojlantiradi.

G’oya

Milliy

Ilmiy

Birlashtiradi

Yo’naltiradi

Boshqaradi

Kelajakni

potensial

borliqning

ko’rinishi

Qarash


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

489

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari turkumiga kiruvchi fanlarni interfaol usullar

har bir talabaning, o‘quvchining bilim olishga ishtiyoqini, topshiriqlarni bajarishda
mas’uliyatini oshiradi, talabalarning juft-juft, guruhlarga bo‘linib birgalikda
shug‘ullanishi, o‘qituvchi-talaba o‘zaro hamkorligida, ularda ijobiy his-tuyg‘ular
uyg‘otadi va o‘quvchilarning aql-idroki bilan mustaqil tushunishi orqali yangi mavzuni
ongli ravishda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdukadirov A. va boshq. Axborot texnologiyaları. T.: “Arnaprint” 2004.
2. Ангеловский К.Инновации и учителя. Москва, "Просвещение,"1991.
3. Суворова Н.. Интерактивное обучение: новые подходы Москва, 2001.
4. Ruzimurodov S. M., Sultanova N. THE ROLE OF THE FAMILY IN THE
UPBRINGING OF YOUNG PEOPLE AS A HARMONIOUS GENERATION
//Инновационные подходы в современной науке. – 2019. – С. 367-371.
5. MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy Environment
in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т. 6. – №. 04. – С.
88-90.
6.Рўзимуродов С., Юсупов М. ЎЗБЕКИСТОНДА ФАЛСАФИЙ ФИКРЛАР
ИБТИДОСИ ХУСУСИДА //Проблеми та перспективи розвитку науки на початку
третього тисячоліття у країнах СНД. – С. 253.

Библиографические ссылки

Abdukadirov A. va boshq. Axborot texnologiyaları. T.: “Arnaprint” 2004.

Ангеловский К.Инновации и учителя. Москва, "Просвещение,"1991.

Суворова Н.. Интерактивное обучение: новые подходы Москва, 2001.

Ruzimurodov S. M., Sultanova N. THE ROLE OF THE FAMILY IN THE UPBRINGING OF YOUNG PEOPLE AS A HARMONIOUS GENERATION

//Инновационные подходы в современной науке. – 2019. – С. 367-371.

MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy Environment in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т. 6. – №. 04. – С. 88-90.

Рўзимуродов С., Юсупов М. ЎЗБЕКИСТОНДА ФАЛСАФИЙ ФИКРЛАР ИБТИДОСИ ХУСУСИДА //Проблеми та перспективи розвитку науки на початку третього тисячоліття у країнах СНД. – С. 253.