ZARMED
UNIVERSITETI
490
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDA O‘ZBEK TILINING IJTIMOIY
ZARURATI
Utegenova Jamila Djolmurzayevna
Innovatsion texnologiyalar universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi v.v.b.
dotsenti
Suyunov Sherzod Bolikulovich
SamDCHTI dotsenti
Annotatsiya.
Ushbu maqola Milliy o‘zlikni anglashda o‘zbek tilining ijtimoiy
zaruratini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Til mentalitet ko‘zgusi, etnik guruhlar va
xalqlar madaniyati darajasining ko‘zgusi ekanligi ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar
: til, milliy o‘zlik, tafakkur, mentalitet, madaniyat.
Аннотация.
Статья посвящена анализу социальной необходимости
узбекского языка в понимании национальной идентичности. Доказано, что язык
является зеркалом менталитета, отражением уровня культуры этносов и народов.
Ключевые слова:
язык, национальное самосознание, мышление,
ментальность, культура.
Annotation.
The article is devoted to the analysis of the social necessity of the
Uzbek language in understanding national identity. It is proven that language is a mirror
of mentality, a reflection of the level of culture of ethnic groups and peoples.
Key words:
language, national identity, thinking, mentality, culture.
Milliy til muayyan kishilar o‘rtasida faqatgina aloqa vositasi bo‘lib qolmasdan,
u o‘z yo‘nalishiga ko‘ra o‘zining qaysi millatga mansubligini belgilab beruvchi
vositadir. Shunday ekan dunyo tillari ichida eng go‘zal va betakror til har bir kishining
milliy tilidir. Milliy til yo‘qolsa millat ham yo‘qoladi, aksincha milliy til qanchalik
sog‘lom va bardavom bo‘lsa, shu tilda so‘zlashuvchi millatlar ham bardavom
rivojlanadi, millat sog‘lom fikrli bo‘ladi. Sog‘lom fikrli millat esa milliy o‘zligini teran
anglaydi. Shunday ekan milliy o‘zligini teran anglagan millat hech qachon boshqa bir
xalq yoki millatga mute bo‘lmaydi. Milliy til xalqni birlashishga, o‘z milliyligini asrab
avaylashga chorlaydi.
Bugungi kunda o‘zbek tili ham millatning aloqa vositasi va ham shu tilni
ZARMED
UNIVERSITETI
491
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
o‘rganadigan fan sifatida e’tirof etiladi. “O‘zbek tili” atamasi esa o‘z navbatida “ona
tili” atamasi bilan ma’nodoshlikni hosil qilib, o‘zbek millatining milliy tilini anglatadi
1
.
O‘zbek tili davlatimizning milliy tili sifatida e’tirof etilishi bilan birga,
Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston respublikalarida,
shuningdek, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoyning Sinszyan muxtor viloyati kabi
mamlakatlarda ham tarqalgan. Bugungi kunda, yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchi
kishilarning umumiy soni qariyib ellik million kishini tashkil etadi.
Manbalarga ko‘ra qadimgi Hindiston, Xitoy, qadimgi Misr va Yunon
rivoyatlarida til yaratganing insonlarga oliy marhamati sifatida talqin qilingan.
Shuningdek diniy muqaddas kitoblarda ham tilning vujudga kelishi ilohiy hodisa
sifatida e’tirof etilgan.
Mir Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi o‘zbek millatining
buyuk shoir va mutafakkirlari o‘z ona tillarida ijod qilib, uni “turkiy”, “turkcha” deb
atab turkiy tillar ichidan alohida ajratib mavqeyini ko‘tarishga intilganlar.
Eski o‘zbek tili qadimgi turkiy tilning bevosita davomi va hozirgi o‘zbek tilining
asosi sifatida e’tirof etiladi. Manbalarga ko‘ra, Turk xoqonligidan so‘ng boshlangan
murakkab etnolisoniy jarayonlar Qoraxoniylar davrigacha davom etib, “qarluq-chigil-
uyg‘ur” til birligi va madaniyatining vujudga kelishiga zamin yaratgan. Mazkur til
birligi va madaniyatini o‘zida mujassam etgan ittifoqdosh qabilalar Qoraxoniylar
saltanatida alohida o‘rin tutganligi ham ba’zi tadqiqotlarda batafsil yoritilgan.X asr
oxiri va XI asr boshlariga kelib esa mazkur qabilalar ittifoqi o‘zbek millatining tashkil
topishiga va o‘zbek tilining vujudga kelishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Bundan
tashqari, Markaziy Osiyo xalqlarining adabiy tili namunalari sifatida e’tirof etiladigan
“Devonu lug‘otit turk” va “Qutadg‘u bilig” kabi qomusiy asarlar ham o‘zbek tilining
asosini yaratgan o‘zbek xalqining dastlabki yozma yodgorliklaridir.
Tadrijiy rivojlanish jarayonida o‘ta muhim harbiy harakatlar yoki
yig‘inlarda azaldan milliy til millatni birlashtiruvchi vosita vazifasini bajarish
bilan birga insonlar orasida o‘zaro hamjihatlik va yakdillikni ta’milash rolini
o‘ynagan.
Tilning paydo bo‘lishi bilan, uning ramziy funksiyalari rivojlanib borib,
inson nafaqat mehnat qilish, balki endi ma’lum tilda tahsil olish, o‘z tarixidan xabardor
bo‘lish, uni dastlab afsona va rivoyatlar shaklida avloddan-avlodga meros qilib
qoldirish kabi imkoniyatlarni shakllantirgan.
1
Rahmatullayev Sh., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Т., 2005.
ZARMED
UNIVERSITETI
492
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Davlatlararo va millatlaro munosabatlarda ma’lum siyosiy tizim faoliyatidan
norozilik kuchayganda millatchilik harakatlari paydo bo‘lib, ushbu harakatning asl
maqsadi mustaqil davlatlar yoki milliy dalatchilik tuzish borasidagi harakatlar sifatida
baholanadi. Ma’lum davlat tarkibidagi millat o‘zining suveren tengligini e’tirof etgani
holda azaldan mavjud o‘zining milliy chegarlarini belgilab olish va milliy tiliga
asoslangan milliy suveren davlatini tuzishni talab qiladi va ba’zan o‘z maqsadlariga
evolyutsion gohida esa revolyutsion yo‘l bilan erishadi. Shuni ham alohida ta’kdlab
o‘tish kerakki, ushbu davlat tuzilmasi (uning tili, millati va ma’muriy chegarasi)
kechagina vujudga kelgan emas, balki allaqachon shakllangan va ma’lum bosqichda
bevosita boshqa davlatning mustamlakasi yoki tarkibidagi “qaram” davlat sifatida
e’tirof etilgan.
Davr o‘tishi bilan milliy tuyg‘uning shakllanishi yoki hukmron mafkuraning
yemirilishi evaziga ommada milliy davlatchilikni tuzish va haqiqiy o‘z milliyligini
yaratilish to‘g‘risidagi tuyg‘ularning ildiz otganligi shubhasizdir.
O‘zbek tilinning alohida yaxlitlik maqomiga ko‘tarilishi va mushtarak til sifatida
baholanishida XI asrda yashab o‘tgan tilshunos Mahmud Qoshg‘ariyning xizmatlari
beqiyosdir. Turkiyshunoslik ilmining asoschisi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad
al-Qoshg‘ariy o‘zining 1071-yillarda yozilgan “Turkiy so‘zlar devoni” (“Devonu
lug‘otit turk”) asari orqali mashhurdir. Mazkur asarda turkiy va arabiy so‘zlar batafsil
izohlangan bo‘lib, O‘rta Osiyoda tarqalgan ko‘plab turkiy xalqlarning milliy tiliga oid
qimmatli ma’lumotlar bayon etilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning mazkur asarida arab
alifbosi asosida tuzilgan lug‘atlarga xos uslub qo‘llanilib, qiyosiy va tarixiy usullardan
mukammal foydalanilgan.
Aynan shu sabab Qoshg‘ariy “turkiyshunoslikning otasi” yoki “turkiyshunoslik
bahodiri” sifatida e’tirof etilgan. Chunki Mahmud Qoshg‘ariy ulkan Qoraxoniylar
davlati xalqlarini “turklar” atamasi bilan qayd etib, ularning tilini, shu mintaqada
faoliyat yuritayotgan o‘g‘uz, turkman va uyg‘ur kabi qavmlardan ajratib ko‘rsatadi va
bugungi o‘zbek tilining negizini ifodalaydi
2
.
Xalqaro ilmiy tadqiqotlarda o‘zining ilg‘or nazariyalari bilan shuhrat qozongan
A.Kononov, V.Radlov, (Rossiya), Mahmed Fuad Ko‘pruluzoda, Ahmad Arat, Basim
Atalay (Turkiya), Kari Brokkelman, Anna Mari fon Gaben (Olmoniya), Yuliy Nemet
(Mojoriston), Karl Menges, Omelyan Pritsak (AQSH) kabi mashhur turkiy tilshunos
olimlarning e’tirof etishicha, qarluq (o‘zbek) tilining “Qutadg‘u bilig” va “Devonu
2
.Менглиев Б. “Тил - миллат тимсоли, халқ ғурури”. Ҳуррият газетаси 2009. ttps://ziyouz.uz/suhbatlar/baxtiyor-mengliev-
til-millat-timsoli-xalq-gururi/
ZARMED
UNIVERSITETI
493
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
lug‘otit turk” kabi mashhur lisoniy asarlarni yozish darajasiga kelishi uchun mazkur til
kamida uch yuz yoki besh yuz yillik tarixiy tarqqiyotga ega bo‘lishi lozim.
XIV asr oxiri va XV asr boshlaridagi davr esa eski o‘zbek tilining
shakllanishidagi mumtoz davr sanaladi. O‘zbek adabiy tilining shakllanishida
Nosiriddin Burhoniddin Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Atoiy, Sakkokiy va Lutfiy singari
mutafakkirlar o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘lsalar, o‘zbek tilining adabiy shakllanishi va
ravnaq topishida Alisher Navoiy xizmatlari beqiyosdir. Alisher Navoiy o‘zbek tilining
boy imkoniyatlarini o‘zining “Xazoyin ul-maoniy” va “Xamsa” kabi shoh asarlarida
yoritib dunyo ahlini hayratda qoldirgan. Shuningdek, Alisher Navoiyning yana bir
buyuk xizmatlaridan biri u o‘zining “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida eski o‘zbek
tilini fors tiliga qiyoslash orqali uning fors tili bilan barobar ekanligini va hatto ayrim
jihatlarda undan ustun ekanligini nazariy jihatdan ilmiy asoslab berganidadir.
Uzoq o‘tmishdagi tadrijiy rivojlanish natijasida qarluq, o‘g‘uz, qipchoq tillari
oilasiga kiruvchi guruhlarga mansub bo‘lgan turkiy tillar orasidagi mintaqaviy
o‘zgarish va moslashuvlar sabab ijtimoiy aloqa munosabatlari tufayli vujudga kelgan
hamda bir necha lahjalarni o‘z ichiga olgan eski o‘zbek tili Markaziy Osiyo mintaqasida
muhim xususiyatga ega bo‘la boshladi. Shu bilan birga, geografik jihatdan ko‘hna
Movarounnahrning “taraqqiyot chorrahasida” joylashganligi qadimgi turkiy, arab va
forsiy tillardan ko‘plab o‘zlashmalarning kirib kelishiga va qadimgi o‘zbek tili
asosining kuchayishiga zamin yaratdi.
O‘zbek tilining qadimiyligi va boy o‘tmishga ega ekanligini uning qadimdan
yozuv madaniyatiga ega ekanligi ham isbotlaydi. Jumladan, qadimgi sug‘d va pahlaviy
yozuvlari, o‘rxun-enisey, qadimgi oromiy va uyg‘ur hamda arab yozuvlarining o‘zi
o‘zbek tiling milliy til sifatida shakllanishidagi o‘ziga xos poydevor bo‘lib xizmat
qilgan.
Antik davrda qadimgi Xorazm davlati tilida oromiy yozuvlardan
foydalanilganligi tadqiqotlarda keltirilgan
3
. Keyinchalik esa oromiy yozuvi asosida
sug‘d yozuvi va pahlaviy yozuvlari ham shakllangan. O‘zbek xalqi o‘zining uzoq asrlik
o‘tmishida ushbu yozuvlardan foydalanib uni milliy tilga moslashtirib kelganlar
4
.
Asosan Markaziy Osiyoning yetakchi mutafakkir allomalari eski turkiy, arab va forsiy
tili hamda yozuvlaridan foydalangan holda o‘zlarining betakror ilmiy meroslarini yozib
qoldirganlar. Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, XX asr boshlaridagi berilgan
manbalarda 1920-1921-yillarda Turkiston o‘lkasida isloh etilgan arab yozuvi, 1929-
3
Ўзбекистон Миллий Энциклиопедияси. Тупроққалъадан топилган Хоразм архивига оид ҳужжат.
4
Rahmatullayev Sh., Ноjiуеv A., O‘zbek tilining imlo lug’ati. –Т., 1995;
ZARMED
UNIVERSITETI
494
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
yillarda esa bosqichma-bosqich eski lotin yozuvi, 1940-yillardan boshlab esa rus kirill
yozuvlari qo‘llanilgan bo‘lsada, o‘zbek tili o‘zining milliy ahamiyati va xususiyatini
saqlab, o‘zbek millatining boy madaniy merosini milliy tilda ifodalashda davom etgan.
Dastlabki adabiy o‘zbek tili so‘zlashuv tilidan keskin farq qilib, ilk davrda
yaratilgan badiiy asarlarda turli lahjalarining xususiyatlari ham namoyon bo‘lgan.
Masalan, o‘z davrining nodir qo‘lyozma manbalari sifatida e’tirof etiladigan Komil
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida qadimgi o‘g‘uz lahjasining xususiyatlari aks
etgan bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida esa o‘g‘uz,
qipchoq va qarluq lahjalarining xususiyatlari namoyon bo‘lgan. Natijada XVI asr
oxirlariga kelib turli lahjalarga mansub shakllar asta-sekin yo‘qolib, uning o‘rniga
umumadabiy qo‘llaniladigan yagona adabiy til shakllari vujudga kela boshlagan. Shu
tariqa Lutfiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy va Mirzo Bobur singari buyuk tilshunos
mutafakkirlar yozma asarlarining “tili” sifatida shakllangan eski o‘zbek adabiy tili
keyinchalik katta geografik hududlarga yoyilgan. XIX asr oxiri va XX boshlariga kelib
esa eski o‘zbek tilining barqaror, rivojlangan me’yorlari asosida Ogahiy, Munis,
Muqimiy, Zavqiy, Furqat va Hamza Hakimzoda Niyoziy kabi yozuvchi va shoirlar ijod
qilganlar
5
.
Mantiqiy falsafiy nuqtai nazardan olib qaralganda, aynan shu davrga kelib eski
o‘zbek adabiy tili o‘zining yuqori uslubiyligi va jimjimadorligidan voz kechib, oddiy
xalqning muomala so‘zlashuv tiliga aylanagan. Bu an’anaga o‘zining betakror hissasini
qo‘shgan va o‘zbek tilining xalqchilligini oshirgan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja
Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon kabi zabardast
mutafakkirlarning betakror ilmiy meroslaridir. Zero XX asrning 20-yillariga kelib
Abdurauf Fitrat boshchiligida tuzilgan “Chig‘atoy gurungi” a’zolarining maxsus
faoliyatlari eski o‘zbek adabiy tilidan zamonaviy o‘zbek adabiy tiliga o‘tish
bosqichidagi “madaniy ko‘prik” sifatida e’tirof etiladi.
Tarixiy-falsafiy nuqtai nazardan olib qaralganda o‘zbek tilini fan sifatida e’tirof
etish va uning ilmiy rivojlanishiga keng yo‘l ochishga harakat qilish XX asr
boshlaridagi jadid ma’rifatparvarlarining faoliyatida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Aniqrog‘i XX asrning 20-30-yillarida o‘zbek tilini tilshunoslik ilmidan ajratib olish
yoki yangi ochilgan maktablarda tahsil oluvchi bolalarning o‘z ona tillarida fikrlarini
to‘g‘ri bayon eta olish ko‘nikmasini shakllantirish jadidlarning ma’rifatparvarlik
harakatlarining debochasi edi. Natijada o‘zbek tilining zamon ehtiyojlarini qondiruvchi
5
Нурмонов А., Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Т., 2002. Б-94
ZARMED
UNIVERSITETI
495
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
va millatning dardiga darmon bo‘lib shakllanuvchi til sifatida shakllanishida Abdulla
Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat
kabi ma’rifatparvarlarning xizmatlari beqiyos bo‘ldi. Aniqrog‘i ilk o‘zbek darsliklari
va maorif sohasida qo‘llaniladigan ilk o‘zbek tilidagi adabiy-falsafiy tadqiqotlar dunyo
yuzini ko‘rdi. 1934-yilga kelib, O‘zbekiston fanlar akademiyasi Alisher Navoiy
nomidagi Til va adabiyot instituti tuzildi. 1981-yilda esa “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyotida ikki jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”
nashr etildi.
Mustabid
o‘ro hukmronligi davrida olib borilgan siyosiy tazyiqlarga ko‘ra
o‘zbek tilining faoliyati birmuncha cheklanganligi ham ayni haqiqatdir. Ko‘plab o‘zbek
tilidagi so‘zlar ruscha talqin qilinib bunday so‘zlarini qo‘llash siyosiy jihatdan
rag‘batlantirildi. Natijada o‘zbek tiliga kirib kelgan yangi atamalar hisobiga sof o‘zbek
tilining rivojlanishiga ta’sir qilib, turli tadbirlar va yig‘inlar rus tilida olib boriladigan
bo‘ldi. Oxir oqibat o‘zbek tilining mavqei sun’iy ravishda cheklanib milliy g‘urur va
milliy iftixor tuyg‘usining uyg‘onishiga olib keldi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi yoki o‘zbek xalqining milliy ona
tilining tan olinishi 1989-yil 21-oktabrdagi “Davlat tili haqida”gi qonunga muvofiq
rasman O‘zbekiston Respublikasining davlat tili sifatida e’tirof etilganligidir.
Mustaqillik ostonasida aniqrog‘i, 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili
maqomining berilishi milliy istiqlol tomon qo‘yilgan ilk qadamning debochasidir.
Sobiq ittifoqning shijoati so‘nmay turib, hukmron kommunistik g‘oyaga qarshi bunday
izchil o‘zgarishga qo‘l urish o‘zbek xalqining haqiqiy jasoratidir.
Mustabid tuzumning siyosiy tazyiqlari hali o‘tib ketmay turib xalq va milat
kelajagini belgilaydigan bunday qonun loyihasining ikki marotaba umumxalq
muhokamasiga qo‘yilishi va qat’iy shijoat bilan qonunning qabul qilinishi Vatan
tarixida istiqlol tomon katta shaxdam qadam edi.
Asriy orzular ushaldi. O‘z haq-huquqlarini va milliy tilining mavqeyi ustuvor
bo‘lishini talab qilish millatimizning muqaddas qadriyatlaridan sanalgan milliy
tilimizni qonuniy maqomga ega bo‘lishiga zamin yaratdi. Ushbu qonunning qabul
qilinishi o‘z davri uchun ulkan tarixiy ahamiyat kasb etib, o‘zbek tilini oliy darajadagi
siyosiy va davlat anjumanlarida qo‘llaniladigan hamda O‘zbekiston Respublikasi
rasmiy hujjatlari yoziladigan tilga aylantirdi.
O‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilishi bilan birga, ko‘p o‘tmay
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi tan olinib dunyoga tarannum etildi.
Shuningdek, davlat tili maqomining qudrati shu darajada mustahkamlandiki, natijada
ZARMED
UNIVERSITETI
496
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Bosh qomusimiz sanalgan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining sof
o‘zbek tilida yaratilishiga, davlat ramzlari va madhiyasining nafaqat mamlakatimiz
balki butun dunyoda Ona tilimizda baralla yangrashiga zamin yaratdi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida milliy o‘zbek tilining “davlat tili” maqomida huquqiy
jihatdan belgilab berilishi milliyligimizni mustahkamlashga kamarbasta bo‘ldi va
milliy tilimiz qonun bilan himoyalangan muqaddas timsol sifatida e’tirof etildi.
Xulosa qilib aytganda, milliy o‘zlikni anglash faqat milliy manfaatlarni himoya
qilish bilan cheklanib qolmasdan balki, millat taraqqiyoti yo‘lida ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy sohada millatni umummaqsadlar yo‘lida haraktga keltirib birlashtiruvchi
vositadir. Shunday ekan, milliy o‘zlikni anglash har qanday millatning ilg‘or va etakchi
belgilaridan sanaladi. Milliy o‘zlikni anglash shunchalik salohiyatli kuchga egaki u
go‘yoki millatning qalbi, tomirlarida oqadigan qoni va uning asosini tashkil etuvchi
joni kabidir. Aynan shuning uchun ham milliy o‘zlikni anglash millat abadiyligini
ta’minlaydigan himoyachi kabidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг ўзбек тилига давлат тили мақоми
берилганининг ўттиз йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи.
21.10.2019.
https://uza.uz/uz/posts/prezident-shavkat-mirziyeevning-zbek-tiliga-
2.
Rahmatullayev Sh., Ноjiуеv A., O‘zbek tilining imlo lug’ati. –Т., 1995;
3.
Rahmatullayev Sh., Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Т., 2005
4.
Менглиев Б. “Тил - миллат тимсоли, халқ ғурури”. Ҳуррият газетаси 2009.
ttps://ziyouz.uz/suhbatlar/baxtiyor-mengliev-til-millat-timsoli-xalq-gururi/
5.
Нурмонов А., Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Т., 2002. Б-94
