ZARMED
UNIVERSITETI
402
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
JAMIYAT IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHITINI SOG‘LOMLAHTIRISHDA
OILANING O‘RNI
Ergasheva Maxbuba Xotambekovna
Sharof Rashidov nomidagi SamDU professori (v.b), f.f.d (DSc)
Raxmonova Ruxshona Botir qizi
Samarqand Zarmed universiteti talabasi
Annotatsiya.
Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy asosi hisoblanadi. Ta’lim va
tarbiyaning samaradorligini ta’minlash eng avvalo oila orqali amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda oila va uning tinchligi, osoyishtaligi, farovonligi masalasiga davlat
siyosati darajasida qaraladi.
Kalit so‘zlar:
oila, ijtimiy muhit, tarbiya, piktogramma, metodika.
Аннотация.
Семья является важнейшей социальной основой общества.
Обеспечение эффективности образования и воспитания осуществляется прежде
всего через семью. В нашей стране вопрос семьи, ее мира, спокойствия и
благополучия решается на уровне государственной политики.
Ключевые слова:
семья, социальная среда, воспитание, пиктограмма,
методика.
Abstract.
The family is the most important social foundation of society.
Ensuring the effectiveness of education and upbringing is carried out primarily through
the family. In our country, the issue of the family and its peace, tranquility, and well-
being is considered at the level of state policy.
Key words:
family, social environment, upbringing, pictogram, methodology.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 18 fevraldagi
"Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada
qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib
chiqish chora-tadbirlari tug‘risida"gi Farmoni bilan oilaviy qadriyatlar va oila instituti
rivojlanishning yangi bosqichiga qadam quydi.
Afsuski, turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish,
oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik va arzimas sabablar bilan ajralishlar
ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna
ZARMED
UNIVERSITETI
403
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda. Yana biri esa oilalarda nosog‘lom
munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o‘z
joniga qasd qilish hattoki erkaklar o‘rtasida bu holatlari ko‘payib bormoqda.
Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlarni oila - nikoh munosabatlariga
tayyorlash muhim vazifa sanalib, bu boradagi ishlarni ta’lim tizimining barcha
bug‘inlarida oilaga oid huquqiy tushunchalarni yoshlarga oiladan o‘rgatib borishdan
boshlash maqsadga muvofiqdir. Zero, “…Ijtimoiy tarbiya sistemasi va strukturasini
jo‘ngina tushunish maqsadga muvofiq emas. Bu jarayon bir butun sistema sifatida turli
ijtimoiy institutlar, jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, madaniy-ma’rifiy
uyushmalar, amalga oshiradigan tarbiyaviy-mafkuraviy tadbirlarni, shuningdek,
madaniy meros, milliy qadriyatlar, jamoatchilik fikrining tarbiyaviy-mafkuraviy
imkoniyatlarini qamrab oladi”
1
. Demak, tarbiya va ta’lim jarayonining mahsuldorligi
uchun, oqilona kechishi hamda samarali natijasi uchun jamiyat hayotidagi har bir
ijtimoiy-siyosiy struktura mas’ul hisoblanadi. Ayniqsa, bu jarayonda oila institutining
ahamiyatini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir.
Oila dastlabki ta’lim-tarbiya maskani hisoblanadi. Oiladagi so‘lom muhit va
oqilona tarbiya har bir shaxs hayoti, kelajagi farovonligini ta’minlaydi. “Oila ota-ona
hamda farzandlarning birlashuvidan tashkil topgan ma’lum bir tizim hisoblanadi. Bu
tizimning birlashuvida quyidagi axloqiy-estetik tamoyillar asosiy o‘rin egallaydi:
mehr va muhabbat;
ishonch va e’tiqod;
sadoqat va mas’uliyat;
daxldorlik hissi;
o‘zaro hurmat;
samimiylik, rostgo‘ylik h.k.
Shunisi e’tiborliki, oilada namoyon bo‘ladigan axloqiy-estetik kategoriyalar hech
qanday manfaatdorliksiz paydo bo‘ladiki, unda oila a’zolari biror natijani kutmagan holda
bir-biriga nisbatan muhabbatni his etadi”
2
. Oila jamiyatning eng muhim ijtimoiy asosi
hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyaning samaradorligini ta’minlash eng avvalo oila orqali
amalga oshiriladi. “Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo‘lgan va bashariyat
manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o‘rtasidagi aloqani
ta’minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o‘zidan keyingi avlodga
o‘rgatib borganlar. Kichik avlod esa o‘z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi
1
Чориев А. Инсон фалсафаси. Ижтимоий тарбия. Учинчи китоб. – Қарши: Ilm-fan-ma’naviyat, 2024. – B. 3.
2
Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025. – B.329.
ZARMED
UNIVERSITETI
404
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
muammolarning yechimini topish barobarida bilim va ko‘nikmalarni egallab, oldingi
avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o‘zidan keyingi avlodga qoldiradi”
3
.
Demak tarbiya azaliy, uzluksiz jarayon bo‘lib avloddan-avlodga doimiy ravishda
vorisiylik tamoyili asosida o‘tib boradi. Bu vorisiylikni qay darajada ta’minlanishini
esa jamiyatdagi oila bogini belgilaydi.
Oilada nafaqat axloqiy-ma’naviy tarbiya, balki huquqiy tarbiya brilishi ham
maqsadga muvofiq sanaladi. Professor A.Huseynova ta’biri bilan aytganda, O‘zbek
oilalari farzandlarida yuridik tushunchalar shakllanishi qobiliyatlarini o‘rganishda
"Piktogramma"
(A.R.Luriya)
metodikasidan
foydalanishni
keng
ommaga
yetkazishimiz
zarur.
"Piktogramma"
metodikasidan
tadqiqot
maqsadida
foydalanishimizning asosiy sababi, oilada farzandlarning esda olib qolish xususiyatlari
va uning samaradorligi, assosiativ fikrlash faoliyati xususiyati va tushunchali
tafakkurni shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan. Ushbu metodikada
foydalanilgan so‘zlar va so‘z birikmalari besh toifa belgilardan iboratdir:
1) abstrakt tasvirlar (A) - chiziqlar ko‘rinishidagi, ammo biror-bir ma’noli
timsolni ifodalamaganda;
2) belgili-simvolli (B) - simvollar yoki belgilar orqali ifodalanganda (geometrik
figura, strelka va boshqalar);
3) konkret (K) -konkret predmetlarda ifodalangan;
4) syujetli (S) - predmetlarni ifodalash biror bir vaziyat, syujet, biror bir faoliyat
orqali ifodalanganda;
5) metaforik (M) - tasvirlar metafora shaklda ifodalanganda, masalan, "quvonch"
so‘zi osmonga parvoz qilayotgan odam qiyofasida tasvirlanganda.
Metodikani qo‘llashdan olingan qiymatlarni tahlil qilishda ikki xil tartibda
yondashildi: birinchi holatda, respondentlar tasvirlarining so‘zlarni ifodalash
klassifikatsiyasiga; ikkinchi holatda esa qatnashchilarning umumiy qiymatlari tarzda
sharxlashga harakat qilinadi. Umuman olganda huquqiy tarbiya va bilimning dastlabki
elementlari aynan oila muhutida shakllantirlishi lozim.
Davlatimiz Konstitutsiyasining XIV bobi ham “Oila, bolalar va yoshlar” deb
nomlanadi. Mazkur bobning 76-moddasiga binoan: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir.
Nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning
ixtiyoriy roziligiga va tenghuquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi
3
Mavlonova K, Voxidova N, Raxmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik. – T.: Fan va tcxnologiya, 2010.
– B. 5.
ZARMED
UNIVERSITETI
405
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi”
4
. Demak
mamlakatimizda oila va uning tinchligi, osoyishtaligi, farovonligi masalasiga davlat
siyosati darajasida qaraladi.
Xulosa qilib aytganda, oilaning tinchligi butun jamiyat tinchligi va farovonligini
ta’minlaydi. Oiladagi shakllangan sog‘lom muhit va oqilona ta’lim-tarbiya, jamiyatning
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy, huquqiy tizimi barqarorligi uchun
fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2023.
2. Mavlonova K, Voxidova N, Raxmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi.
Darslik. – T.: Fan va tcxnologiya, 2010.
3. Чориев А. Инсон фалсафаси. Ижтимоий тарбия. Учинчи китоб. – Қарши: Ilm-
fan-ma’naviyat, 2024.
4. Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy
nashriyoti, 2025.
4
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: O‘zbekiston, 2023. – B. 43.
