ZARMED
UNIVERSITETI
406
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
TURKISTON JADID NAMOYONDASI BEHBUDIYNING YOSHLAR
MA’NAVIY TARBIYASIGA DOIR MA’RIFIY G‘OYALARI
Tursunova Olmos Fayziyevna
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi dotsenti
Annotatsiya.
Maqola jadidlarning boy ma’naviy merosini o‘rganish masalasiga
qaratilgan. Ma’rifatparvar Behbudiyning tarbiya, ta’lim, ilm, bilimga doir o‘gitlarining
hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaganligi ochib beriladi. Yoshlar ma’naviy
tarbiyasining dasturulmali sifatida qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
Kalit so‘zlar
: Behbudiy, yoshlar, ma’naviyat, ilm, ma’rifat, bilim, tarbiya
Аннотация.
Статья посвящена изучению богатого духовного наследия
джадидов. Раскрывается, что наставления просветителя Бехбуди о воспитании,
образовании, науке и знаниях не утратили своей актуальности и в наши дни.
Рекомендуется использовать их в качестве руководства для духовного
воспитания молодежи.
Ключевые слова:
Бехбуди, молодежь, духовность, наука, просвещение,
знание, воспитание.
Abstract.
This article focuses on studying the rich spiritual heritage of the Jadids.
It reveals that the teachings of the enlightener Behbudiy on upbringing, education,
science, and knowledge have not lost their relevance even today. It is recommended to
use these teachings as a guide for the spiritual education of youth.
Key words:
Behbudiy, youth, spirituality, science, enlightenment, knowledge,
upbringing
Yurtimizda buyuk jadidlarning ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga
katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Umuman, biz jadidchilik
harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu
ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga
solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol
targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini
anglab yetadi» [1].
Albatta, bugungi tinch va erkin hayotning qadrini, yoshlar ma’naviy tarbiyasini,
ZARMED
UNIVERSITETI
407
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ilmga, bilimga bo‘lgan e’tiborni bizni Behbudiy hikmatlarida ko‘ramiz. Behbudiy
o‘zining asosiy diqqatini aynan ilm, tarbiya, ta’limga qaratadi. U ta’kidlaganidek, “Har
zamonni(ng) ilmi, hikmati va parvarishi boshqadir. Modomiki, har bola, ya’ni har
kimni(ng) zamoni, otasi zamonidan boshqa bo‘lsa va har otag‘a o‘z farzandini kelar
zamon uchun va kelar zamonig‘a muvofiq suvratda tarbiya va ta’lim etmog‘i lozim
bo‘lsa, biz na uchun kelar zamon emas, balki hozirgi va bu kungi zamon va
soatimizdagi ilm va fanlarni bolalarimizg‘a o‘rgatmaymiz”[1].
Shu g‘oyalari asosida yoshlarga o‘gitlar, pand-nasihatlar qiladi. Hamda bugungi
kunning asosiy prinsipi bo‘lgan, o‘zining natijasini beradigan eng zo‘r investitsiya bu
farzand ilmiga, ta’limiga yo‘naltirilgan investitsiyadir degan tamoyil Behbudiyning
qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. “Ey muhtaram yoshlar! Aziz birodarlar, o‘g‘il
to‘ylarig‘a sarf qilaturgon aqchalaringizni mana shul zamoni yo‘lig‘a sarf etingiz,
sizdan o‘g‘lingizg‘a mol meros qolmasin, balki, albatta, ilm va tarbiya meros qolsin”
[1].
Behbudiy asarlarida milliy uyg‘onish, millatning o‘zligini anglash jarayoni
mazkur chaqiriqning ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Uning hikmatlari birgina
adabiyot, tarix doirasida qolgani yo‘q, ijtimoiy turmushning barcha qatlamlarini
qamrab oldi, hatto uning tarixga kirgan g‘oyalarining ham mafkurasi milliy
uyg‘onishga, uning samarasi bo‘lmish mustaqillik uchun kurashga kelib bog‘landi.
Jumladan uning, “Ey g‘ayratlik yoshlar! Nifoq va bir-birig‘a dushmanlikni tashlangiz.
Xudo haqqi, arvohi anbiyo hurmati va bu kunlarda qornini to‘yg‘izolmayturgon yetim
va bevalar haqqi, bir-biringiz ila ittifoq etub, jamiyatlar barpo qilib, xoliq Xudoning
nafig‘a, din va millat yo‘lig‘a xizmat etingiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik
talab etudur, nafsoniyat va g‘urur emas” [1].
Behbudiy fikricha, ma’rifat uchun b irgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va
dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik
hayotidan ogoh bo‘lmoq kerak edi. Zero, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda
u o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘ra olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat
Behbudiyni jamiyat a’zolaridan quyidagilarni so‘rashga undaydi: “Yoshlardan himmat
va g‘ayrat, boylardan shafqat va marhamat kerak” [1].
Bugun biz yuzma-yuz bo‘lib turgan milliy g‘oya, ma’naviyat, milliy mafkura
masalalari bilan bundan yuz yil oldin jadidlarimiz tomonidan ham kun tartibiga
qo‘yilgan va qizg‘in muhokama qilingan masala bo‘lgan. Buni Behbudiyning
fikrlaridan ham uqib, anglab olish mumkin: “Makotib – taraqqiyning boshlang‘ichi,
madaniyat va saodatning durdonasidir” [1].
ZARMED
UNIVERSITETI
408
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Albatta, yoshlarimizni mamlakat, yurt ravnaqi va kelajagi yo‘lida birlashtirish,
qalblarni uyg‘otish, dunyo xaritasida har tomonlama taraqqiy etgan Yangi
O‘zbekistonni barpo etishni ko‘zlagan ma’naviyat, milliy g‘urur g‘oyasining ildizi
aslida ma’rifatparvar jadidlar faoliyatiga borib taqaladi: “Ey g‘ayratlik yoshlar! Nifoq
va bir-birig‘a dushmanlikni tashlangiz. Xudo haqqi, arvohi anbiyo hurmati va bu
kunlarda qornini to‘yg‘izolmayturgon yetim va bevalar haqqi, bir-biringiz ila ittifoq
etub, jamiyatlar barpo qilib, xoliq Xudoning nafig‘a, din va millat yo‘lig‘a xizmat
etingiz. Millat va xalq sizdan xizmat va yaxshilik talab etudur, nafsoniyat va g‘urur
emas” [1].
Mamlakatimiz yoshlarga kelajak binokorlari sifatida qarar ekan, bu yo‘lda bizga
buyuk tariximiz – murabbiy, ajdodlarimizning ibratli hayoti, faoliyati va ma’naviy
merosi, ayniqsa bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan hikmatli gaplari
dasturulamaldir: “Muhtaram yoshlar! Zamon siznikidir, qarilar zamoni o‘tgan. Siz
kiromg‘a bobasirat bo‘lib, o‘n daf’a o‘lchab, bir daf’a kesingiz” [1].
Behbudiy xulosasiga ko‘ra, millat ozod bo‘lib, o‘zining mustaqil davlatini
o‘rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo‘lmaydi, deydi. Uning quyidagi
mulohazalarini uchratamiz: “Fanning ibtidoiy ta’limini ko‘rmagan kishiga o‘rta va oliy
qismini madrasalarg‘a kirgizib ta’lim bermakdin foyda chiqmaydur” [1].
Behbudiy milliy g‘oya bilan ish tutilsa, millatning jonlanishiga, ma’rifatli avlod
shakllanib hayotning go‘zallashishiga ishonadi. Bugina emas, uni hayot-mamot
masalasi deb biladi. Millatning milliy, diniy, insoniy huquqlarini muhofaza qilishda
birinchi vosita deb hisoblaydi: “Ulamo tarbiyaxonasi maktab va madrasalardur, agarda
o‘shal maktab va madrasa muallim va mudarrislari olim bo‘lsa va shogirdlarig‘a
ko‘ngli ilan ta’lim bersa, albatta, ilm hosil qilur. Agarda muallimni o‘zi hozirgi aksar
maktabdor va mudarrislardek kamhavsala yoinki kamilm bo‘lsa, yoinki ilmi bo‘lub
turub, usuli tahsildan xabarsiz bo‘lsa, ani(ng) shogirdlari nodon qolur” [1].
Behbudiy qalbini o‘rtagan eng katta dard – erk va ma’rifat bo‘lgan. Uning
qarashlarida ma’rifiy ruh, iztirob to‘la fikr-mulohazalar bugungi yoshlarimizni befarq
qoldirmaydi. Jumladan, Yurt, Vatan tuyg‘usi ifodasi uni bugun yoshlarga haddan
tashqari yaqin qilib qo‘yadi: “Zamoncha ilmi diniy va zamoniy kerak”, deydi ustoz. [1].
Ilm – hunar g‘ayrat va mehnat bilan qo‘lga kiradi. Ilmga, ma’rifatga ehtiyoj, ilm-
fanni egallash g‘oyasi millatning ko‘pchiligi tomonidan anglanishi kerak. Haqiqatdan
ham, Behbudiyning olib borgan barcha ishlari shunga xizmat qildi. Shu tariqa har bir
g‘oyaning milliy g‘oyaga aylanishi, Behbudiyning fikricha quyidagi shartni taqozo
etadi: “Yer yuzidagi barcha millatlar o‘z bolalarining ibtidoiy tarbiyasig‘a va
ZARMED
UNIVERSITETI
409
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
maktablarning har jihatdan intizom va akmalig‘a ko‘b ahamiyat berub, bolalarini milliy
va diniy ruhda kamol suvratda yetushdurarlar. Aning uchundirki, o‘zga millatlar diniy
va milliy hissiyotg‘a molik bo‘lub, har ishda diyonat va millatni muqaddam tutarlar.
Va, luzumi kelganda, bu yo‘lda mol va jonlarini fido qilmoqg‘a hozir turarlar” [1].
Behbudiy istiqlol haqida fikr yuritar ekan, har qanday zo‘ravonlikni rad etadi.
Uningcha, zo‘ravonlik g‘ayriaxloqiy, binobarin, g‘ayriinsoniydir. Umuman,
mustaqillik uchun kurash olib borgan jadidlar, jumladan Behbudiy kelajak haqida fikr
yuritar ekan, istiqlolga erishish borasida quyidagi yo‘ldan borishni tavsiya etadi:
“Ilmsizlik va tarbiyayi diniya va axloqi milliyadin bebahralikni(ng) oxiri dinsizlik va
rasman tarki din etmoqqa majbur bo‘lur [1].
Behbudiy ilmiy ishlarining aksariyati ilm, kasb, til o‘rganish va ma’rifatli
bo‘lishga chaqiriqlar to‘g‘risida edi. Behbudiy millat kelajagi, mamlakat taraqqiyoti va
eng muhimi uning mustaqilligi, erki uchun qilgan mehnat va xizmatlarini yoshlarga
yetkazib berish bugungi kunnning dolzarb vazifasidir. Shu o‘rinda uning: “Ilm
mushtarakdur. Bilgannikidir” [1] degan prinsipi kun tartibidagi birinchi masaladir,
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu nuqtayi nazardan Behbudiy istiqlol, ozodlik, erkinlik
uchun qilgan xizmatlari, uning milliy ta’lim va tarbiya tizimini yaratishdagi hissasi
beqiyosdir.
Har bir millat taraqqiy topmog‘i uchun jahon ilm-fani yangiliklaridan,
umuminsoniy g‘oyalardan foydalanishi kerak. Lekin muhim sharti shundaki, bu fikr-
g‘oyalar millatning yuragi va ongidan o‘tmog‘i, milliylashishi zarur. Shundagina u
millat yo‘lida xizmat qila oladi. Hammamizga ma’lumki, hozirgi globallashuv
jarayonlari kechayotgan bir paytda “ommaviy madaniyat” istar-istamasakda
yoshlarimiz ma’naviy tarbiyasiga ta’sir etmoqda. Shu o‘rinda ustozning fikrlari o‘ta
dolzarblik kasb etadi: “Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilgan
tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, farq-u zalolat va xorliklar
hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi natijasidir” [1]. Mana shu jaholatdan
esa qutulishning bir yo‘li, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “jaholatga qarshi o‘n ma’rifat
bilan kurashmog‘imiz darkor”ligi dolzarbligicha qoladi. Albatta bu boradagi mas’uliyat
ziyolilar zimmasiga tushadi. Chunki millat ehtiyojini qalban anglovchi va oldinga
boshlovchi ziyoli sinfidir. Buning uchun esa, o‘sha ziyolining o‘zi milliy axloq va
tarbiya egasi bo‘lmog‘i kerak. Behbudiyning “Har millat va din ahlining boshchi va
hodiysi ulamodurlar”, degan fikri o‘rinlidir [1].
Behbudiy ona yurtini unda yashab turgan barcha qon-qarindosh millatlarning
birligi, hamkorligi bilangina saqlab qolish mumkinligini teran anglaydi. U millatning,
ZARMED
UNIVERSITETI
410
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ma’rifatning haqiqiy ma’naviy otasi edi. U butun vujudi bilan birlikka chorlaydi: “Har
bir millat, eng avval makotibi ibtidoiyasini zamoncha isloh etub, ko‘paytirmaguncha
taraqqiy yo‘lig‘a kirib, madaniyatdan foydalanmas” [1].
Xulosa o‘rnida, Behbudiyning boy ma’naviy merosi hozirgi kunda yoshlar
tarbiyasiningyorqin yulduzi desak, mubolag‘a qilmaymiz. Zero, tafakkurimiz
taraqqiyoti tarixida mohiyati va mazmuniga ko‘ra tamoman yangi bo‘lgan
Behbudiyning milliy tarbiyasining roli va o‘rni alohida. Behbudiy hikmatlarida
ko‘tarilgan g‘oyalar mutlaqo yangi va aksariyat mavjud tuzumga zid bo‘lgani bilan
ajralib turadi. Albatta, bu fikrlar Vatan va millat manfaati nuqtayi nazaridan
yondoshgandagina, mohiyatini har bir yosh to‘g‘ri anglagan bo‘ladi. Zero, “Ilmsiz
millat, qavm asir va zaif qolur. Ilmsiz davlatni foydasi yo‘q, ilmsiz dunyodorni hayoti
yo‘q”dir [1].
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jadidlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy. Toshkent. Yoshlar. 2022. 156 b.
