GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA UNING JAMIYAT SIVILIZATSIYAVIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

Abstract

Maqolada globallashuv jarayonlari, sivilizatsiyaviy taraqqiyot inson tafakkuri, jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri, hamda hozirgi zamon 
sivilizatsiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati yoritilgan. 

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Yusupov, M., Djurakulova, M., & Istatboeva, A. (2025). GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA UNING JAMIYAT SIVILIZATSIYAVIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI. Journal of Universal Science Research, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 411–414. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113906
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada globallashuv jarayonlari, sivilizatsiyaviy taraqqiyot inson tafakkuri, jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri, hamda hozirgi zamon 
sivilizatsiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati yoritilgan. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

411

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


GLOBALLASHUV JARAYONLARI VA UNING JAMIYAT

SIVILIZATSIYAVIY TARAQQIYOTIGA TA’SIRI

Yusupov Murodali Sunnatovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi,

falsafa fanlari doktori (PhD)

E-mail:

murodaliyusupov63@gmail.com

Djurakulova Moxina Akmalovna, Istatboeva Afruza Sunattilloevna

Samarqand Zarmed universiteti talabalari

Annotatsiya.

Maqolada globallashuv jarayonlari, sivilizatsiyaviy taraqqiyot

inson tafakkuri, jamiyat rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri, hamda hozirgi zamon
sivilizatsiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati yoritilgan.

Kalit so‘zlar.

globallashuv, kommunikatsiya, sivilizatsiya, taraqqiyot, qadriyat,

madaniyat, ommaviy madaniyat, ta’lim va axloq.

Аннотация.

В

статье

освещаются

процессы

глобализации,

цивилизационное развитие, его влияние на человеческое мышление и развитие
общества, а также важные особенности современной цивилизации.

Ключевые слова.

глобализация, коммуникация, цивилизация, прогресс,

ценность, культура, массовая культура, образование и этика.

Abstract.

The article highlights the processes of globalization, the influence of

civilizational development on human thought, the development of society, and an
important feature of modern civilization.

Key words

. globalization, communication, civilization, progress, value, culture,

popular culture, education, and ethics.

Insoniyat sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti jarayonida inson, uning erki, huquqi,

farovonligi, unga munosib turmush sharoitini yaratish, barkamol insonni tarbiyalash va
adolatli jamiyat barpo etish masalasi doimo o‘z dolzarbligini saqlab kelgan. Ijtimoiy
hayotda, sivilizatsiya taraqqiyotining hozirgi bosqichida fuqarolik jamiyati qurilishi,
globallashuv, modernizatsiya, demokratik tamoyillar ustuvorligi, jamiyat hayotining
insonparvarlashuvi, postindustrial, axborotlashgan jamiyatga o‘tish jarayonida bu
masala yanada muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

412

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Bugungi kunda, O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan, demokratik,

huquqiy, fuqarolik jamiyati, ya’ni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo
etilmoqda.

O‘zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyot yo‘li xalqning milliy mentaliteti,

an’analari, qadriyatlari asosida amalga oshib, Respublikada fuqarolik jamiyati barpo
etilishi jarayoni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida,
O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga integratsiyalashuvi asosida sodir bo‘lmoqda.
O‘zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – madaniy milliy davlatchilik
modeli eng avvalo iqtisodiy taraqqiyot, inson huquqlari va fuqarolarning turmush
darajasidagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda mavqeini
belgilab, respublikada shu asosda zamonaviy fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda.

Jahondagi zamonaviy milliy davlatchilik modellarining o‘ziga xosligi eng

avvalo, birinchidan, jamiyatda hukmron bo‘lgan ilmiy, diniy hamda falsafiy
dunyoqarashlik me’yorlarining jamiyat siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga ta’siri
bilan, ikkinchidan, ularning texnika iqtisodiy va taraqqiyot darajasining yuksakligi
bilan va uchinchidan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning jadal taraqqiy etib borishi
bilan belgilanib, jamiyatning sivilizatsiyaviy taraqqiyoti globallashuv hamda
modernizatsiya jarayonlarining bevosita ta’siri asosida sodir bo‘ladi.Sivilizatsiya
tushunchasi alohida olingan bir xalq, hudud, jamiyat, davlat va hatto jahonga, ularning
ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan
qo‘llanuvchi tushuncha bo‘lib, lotin tilida bu so‘z “fuqarolikka oid” degan ma’noni
bildiradi.

Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida turgan xalq va

mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘ziga xosligi
bo‘lib, O‘zbekistonning ijtimoiy – siyosiy, ma’naviy – ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan
taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o‘ziga xos o‘rin tutib
kelmoqda. Bu holat O‘zbekistonning milliy mafkurasidagi dinlararo bag‘rikenglik
g‘oyasida o‘z ifodasini topgandir.

Ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyaviy yondashuv har bir xalq, mamlakat, mintaqa

taraqqiyotiga noyob va takrorlanmas jarayon sifatida qarashga asoslanadi. Shu bilan
birgalikda ijtimoiy taraqqiyotga sivilizatsiyaviy yondashuv har bir milliy
madaniyatning o‘ziga xosligi, noyob va betakrorligini e’tirof etgan holda jahon
sivilizatsiyasi yutuqlariga tayanadi. Ayniqsa globallashuv sharoitida milliy
madaniyatga turli tashqi omillarning ta’siri kuchli bo‘lib, milliy hamda umuminsoniy
madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi, aloqadorligi, o‘zaro ta’siri kuchayib bormoqda.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

413

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Ijtimoiy fanlarda sivilizatsiyalarning muayyan bosqichlari ajratilib ko‘rsatilib,

bular sivilizatsiyagacha bo‘lgan arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamiyat, agrar
hunarmandchilik sivilizatsiyasi, industrial, sanoat sivilizatsiyasi, hozirgi zamon
postindustrial yoki informatsion sivilizatsiyalardan iboratdir. Insoniyat jamiyatining
industrial, sanoat sivilizatsiyasiga, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga
o‘tishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida modernizatsiya jarayonlarining
kuchayishiga olib kelsa, hozirgi zamon postindustrial yoki informatsion
sivilizatsiyasining vujudga kelib taraqqiy etishida globallashuv jarayonining ta’siri
kattadir. Jamiyat hayotining asta – sekin tadrijiy taraqqiy etib borishi ijtimoiy hayotdagi
o‘zgarish, yangilanish, modernizatsiya jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
globallashuv jarayoni ijtimoiy taraqqiyotning tezlashuviga, iqtisodiy, ijtimoiy –
siyosiy, ma’naviy – mafkuraviy hayot sohalarida turli madaniyatlar o‘zaro ta’sirining
kuchayishiga olib kelmoqda.

Hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim o‘ziga xos xususiyati, bu jahon

ijtimoiy hayotida insonparvarlik, demokratlashtirish va globallashuv singari yangi
tamoyillarning yuzaga kelishi hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon
bo‘lishida ko‘zga tashlanadi. Shaxs erki, huquqi va ma’naviyati insonparvar, adolatli
jamiyat barpo qilishning muhim omilidir.

Fuqarolik jamiyati insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini

erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari
qaror topadigan, ko‘p partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-
xilligi ta’minlanadigan hamda o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining mavqei baland
bo‘lgan ijtimoiy tuzum bo‘lib, O‘zbekistonning sivilizatsiyaviy taraqqiyot yo‘lining,
globallashuv sharoitida jamiyatdagi modernizatsiya jarayonlarining pirovard maqsadi
ham zamonaviy, yuksak taraqqiyot darajasida bo‘lgan, insonparvar fuqarolik jamiyati
qurishdan iboratdir.

Demokratik, huquqiy, fuqarolik jamiyatida fuqarolar o‘zlarining siyosiy,

ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy extiyojlarini jamoat birlashmalari va fondlari,
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlari
ishida faol ishtirok etib qondiradilar.

O‘zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyati barpo qilish jarayonida xalqning

milliy o‘ziga xosligi, mentalitetiga, urf-odat va an’analariga milliy hamda
umuminsoniy qadriyatlarga katta e’tibor qaratilib, bu O‘zbekistonning sivilizatsiyaviy
taraqqiyotining o‘ziga xosligini ifodalamoqda.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

414

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Fuqarolik jamiyati barpo qilish, xalqning farovonligini ta’minlash, zamonaviy,

ilg‘or mamlakatlar darajasiga ko‘tarilish, tinchlik, barqarorlik, xamjihatlik asosida
insonparvar, demokratik, xuquqiy davlat barpo etish hozirgi zamon sivilizatsiyaviy
taraqqiyotining asosiy maqsadi bo‘lib, O‘zbekiston xam o‘zining mustaqil taraqqiyot
yo‘lida ushbu me’yor hamda tamoyillarga amal qilib kelmoqda.

Sivilizatsiyalar bir qancha turlarga, Sharq va G‘arb, Islom, Xristianlik,

Buddaviylik va xokazo sivilizatsiyalarga bo‘linib O‘zbekiston ham taalluqli bo‘lgan
Sharq sivilizatsiyasi quyidagi muhim o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:

- Sharqdagi barcha dunyoviy, diniy va falsafiy ta’limotlar tabiatga extiyotkorlik

bilan munosabatda bo‘lishni, sabr – toqatlilikni targ‘ib etgan;

- odamlar orasida bag‘rikenglik, birdamlik va hamjihatlik ruhi kuchli bo‘lgan;
- milliy qadriyat va an’analar e’zozlangan;
- kattalar va ota – onaga hurmat bilan qarashga alohida e’tibor berilgan.
O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm – fan, axloq, din, san’at,

madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlari bilan munosib xissa qo‘shib, milliy mustaqillik
yillarida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga ega O‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlari, ma’naviy
merosi va boy madaniyatiga tayanib, globallashuv sharoitida G‘arb va Sharqning
umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, ijtimoiy – iqtisodiy,
ma’naviy – madaniy sohalarda modernizatsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirib,
xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashib, dunyoviy sivilizatsiyaviy taraqqiyot yo‘lidan
bormoqda.

Adabiyotlar ro

yxati:

1.

1.

Qahharova I/ globallashuv global ma’naviyatning g’oyaviy asosi.T.: Tafakkur, 2009

2.

Qambarov A.A. Jamiyatning ma’naviy yangilanishi jarayonida ilmiy
qadriyatlarning roli: Falsafa fan. nomzodi... Avtoref/ A. A. Qambarov; Mirzo
Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy un-ti. - Toshkent, 2006. - 27 b.

3.

Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005

4.

Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy
Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and
Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6.

5.

MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy
Environment in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т.
6. – №. 04. – С. 88-90.

6.

Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. Газали о значении ума в человеческой
деятельности //Paradigmata poznani. – 2014. – №. 2. – С. 43-46.

References

Qahharova I/ globallashuv global ma’naviyatning g’oyaviy asosi.T.: Tafakkur, 2009

Qambarov A.A. Jamiyatning ma’naviy yangilanishi jarayonida ilmiy qadriyatlarning roli: Falsafa fan. nomzodi... Avtoref/ A. A. Qambarov; Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy un-ti. - Toshkent, 2006. - 27 b.

Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005

Madatovich R. The Role of Civic Responsibility In Educating Youth In A Healthy Spiritual Environment In An Information Society //Pubmedia Social Sciences and Humanities. – 2025. – Т. 3. – №. 1. – С. 6-6.

MADATOVICH R. S. Aesthetic Features of the Formation of a Healthy Environment in the Upbringing of Children in the Family //JournalNX. – 2020. – Т. 6. – №. 04. – С. 88-90.

Азизкулов А. А., Рузимуродов С. М. Газали о значении ума в человеческой деятельности //Paradigmata poznani. – 2014. – №. 2. – С. 43-46.