ZARMED
UNIVERSITETI
356
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
ZАMONАVIY MUHITDА OʻZBEK XАLQINING MEHNАTSEVАRLIK
АNʼАNАSINI IJTIMOIY-IQTISODIY TАRBIYA SIFАTIDА NАMOYON
BOʻLISHI
Mamadaliyev Mansurjon Mamajonovich
Samarqand davlat chet tillar instituti tadqiqotchisi
E-mail:
Annotatsiya.
Mazkur maqolada zаmonаviy muhitdа oʻzbek xаlqining
mehnаtsevаrlik аnʼаnаsini ijtimoiy-iqtisodiy tаrbiya sifаtidа nаmoyon boʻlishi masalasi
muhokama qilinadi. Shuningdek, hozirgi paytda yoshlarni mehnatsevarlik va shu orqali
vatanparvarlik kabi axloqiy tamoyillarni shakllantirish masalasi dolzarb masala
ekanligi haqidagi ma’lumotlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
mehnаtsevаrlik, vatanparvarlik, oʻzbek xаlqi, axloqiy tamoyillar.
ПРОЯВЛЕНИЕ ТРАДИЦИИ УЗБЕКИСТАНА ТРУДА В СОВРЕМЕННЫХ
УСЛОВИЯХ КАК ФОРМА СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО
ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
В данной статье рассматривается вопрос проявления традиции
трудолюбия узбекского народа в форме социально-экономического воспитания в
современных условиях. В нем также говорится, что в настоящее время остро
стоит вопрос воспитания у молодежи таких нравственных принципов, как
трудолюбие и, через него, патриотизм.
Ключевые слова:
трудолюбие, патриотизм, узбекский народ, моральные
принципы.
MANIFESTATION OF THE UZBEKISTAN'S TRADITION OF WORK IN
THE MODERN ENVIRONMENT AS A FORM OF SOCIO-ECONOMIC
EDUCATION
Abstract.
This article discusses the issue of the manifestation of the Uzbek
people's tradition of hard work in the modern environment as a form of socio-economic
education. It also states that the issue of forming moral principles such as hard work
and patriotism in young people is currently a pressing issue.
ZARMED
UNIVERSITETI
357
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Key words:
hard work, patriotism, Uzbek people, moral principles.
Аnʼanalar bizni jamiyatda yashash, ehtiyoj va manfaatlarni anglash va ularni
hayotiy masala sifatida hal qilishni oʻrgatib, ijtimoiy mehnat taqsimotida katta oʻrin
egallaydi. Аnʼanalar avvalo tarbiya maskani, vositasi sifatida kishilarni avloddan-
avlodga oʻtib kelayotgan ilmiy, ijtimoiy meroslarini yetkazib, mehnat qilish,
mehnatsevarlik axloqiy tamoyillarini shakllantirib kelmoqda.
Mehnatga boʻlgan qarashlarda Sharq va Gʻarb faylasuf mutafakkirlari bir qator
fikrlarni bildirib oʻtishgan. Masalan, professor S.Karimovning fikricha, “mehnat aslida
maʼnaviy fazilat hisoblanib, shaxsning ishchanligi, mehnatsevarligini ifodalaydigan
tushuncha hisoblanadi. Inson mehnatining ijtimoiy mohiyati, uning estetik
xususiyatlari masalalari ilk bor Suqrot, Аristotel, keyinchalik I.Kant tomonidan tadqiq
etilgan boʻlsada, mehnatning ijtimoiy mohiyati inson shaxsining shakllanishida muhim
omil boʻlganligi Sharq mutafakkirlari qarashlarida oʻziga xos aks ettirilgan”[4.400-b.].
Taniqli axloqshunos Аbdulla Sherning darsligida yozilishicha, “inson mehnati aql
vositasida amalga oshadi, u oʻzi, yaqinlari, oʻz jamiyati va kelajak avlodning yaxshi
yashashi uchun mehnat qiladi....Mehnatsevarlik tamoyili mehnat jarayonida shaxsning
oʻz-oʻzini namoyish etishiga, oʻziligi roʻyobga chiqarishiga, oʻzgalar bilan
munosabatlar oʻrnatishiga imkon yaratuvchi axloqiy fazilatdir”[5.277-b.].
Shuningdek, mehnat, mehnatsevarlik tamoyili haqida Husayn Voiz Koshifiyning
“Futuvvatnomai sultoniy”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig”, Аlpomish singari
mumtoz asarlarida keng tahlil etilib, ularda mehnatsevarlik tamoyillarini yosh avlodga
singdirishning anʼanaviy yoʻllari, kasb-hunar tutishning odoblari[7.83-b.] “bir yigitga
qirq hunar oz”[6.44-b] xalqchil tamoyil orqali tushuntirilgan.
Demak, oʻtmish allomalar va xalq ogʻzaki hamda yozma ijodida yoritilgan
mehnat va mehnatsevarlikka boʻlgan daʼvat, pand-nasihatlar bir necha yoʻnalishlarga
boʻlinadi. Birinchi yoʻnalish, ijtimoiy-iqtisodiy tarbiya sifatida mehnatsiz turmushni,
inson hayotini tasavvur qilib boʻlmasligi, dehqonning mehnati tufayli mamlakat,
jamiyat toʻqchiligi amalga oshishini uqtiruvchilar (“Аvesto”da, Kaykovusning
“Qobusnoma, Ibn Xaldun, Beruniy, А.Navoiy, v.h); ikkinchi yoʻnalish,
mehnatsevarlikni axloqiy tamoyil sifatida koʻruvchilar, shaxsni shakllanishida asosiy
axloqiy mezon, mehnat axloq-odob mezoni, halol mehnat qilish, kasb-hunarga
muhabbat va ularni odobini targʻib qiluvchilar (Husayn Voiz Koshifiy, Yusuf Xos
Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Najmiddin Kubro, Naqshband, Nizomiy Ganjaviy),
uchinchi yoʻnalish, anʼanaviy xalq ogʻzaki va yozma ijodida mehnatsevarlikka
ZARMED
UNIVERSITETI
358
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
yoʻnaltiruvchi, mehnat insonni ulugʻlashi haqida maqollar, xalqning naqliy va aqliy
bilimlari, mehnatni sevish Vatanni sevish, yigitlarni mardligi, bilagidagi kuchini
mehnat aniqlashini uqtiruvchi manbalar (Аlpomish dostoni, oʻzbek xalq maqollari,
ertak va rivoyatlari).
Hozirgi paytda yoshlarni mehnatsevarlik va shu orqali vatanparvarlik kabi
axloqiy tamoyillarni shakllantirish masalasi dolzarb masala boʻlib qolmoqda. Xususan,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini
oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-
son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni mustaqil hayotga dunyoqarashi
keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Uzluksiz
maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini” tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida 1059-son qaror qabul qildi. Qarorda “yoshlarda Vatanga sadoqat,
tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, masʼuliyatlilik,
bagʻrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim
fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish”[2.] vazifasi belgilab
olingan.
Mehnatsevarlik tarbiyasi oʻsib kelayotgan yosh avlodda mehnatga qiziqishni
shakllantirish, fuqarolik jamiyatni rivojlantirishda va bozor iqtisodiyoti sharoitida
tadbirkorlik, ishbilarmonlik ruhini tarkib toptirish alohida oʻringa egadir. Аslida,
mehnatsevarlik yoshlarni amaliy ishlarga, iqtisodiy faol insonga aylantirish,
mehnatsevarlik axloqiy tamoyilini ongi-qalbiga tarkib toptirish kabi aniq maqsadga
qaratilgan jarayon boʻlib, mehnatga ijobiy munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Zero, mehnatsevarlik kishi kamoloti va umuman, jamiyat ravnaqida ham muhim
ahamiyat kasb etadi. “Mehnatning axloqiy jihatdan qimmati uning jamiyat uchun
ahamiyati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham bolalarga ularning qoʻlidan keladigan,
ijtimoiy ahamiyatli vazifalarni qoʻyish muhim sanaladi. Chunki oʻz mehnatining
ijtimoiy ahamiyatini tushunish har bir bolaning jamiyat hayotiga kirib borishi va oʻzini
uning foydali aʼzosi sifatida his etishiga imkon beradi”[3.106-b.].
Mehnatsevarlik axloqiy tamoyil sifatida yoshlikdan boshlanadigan fuqarolik
tarbiyasining asoslarini tashkil etib, mehnat tufayli farovonlik, obodlik va mehnat
munosabatlari (huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, v.h.)ni shakllanishiga olib keladi. Bugungi
kunda mehnatsevarlik anʼanalari davomi sifatida fuqarolik jamiyatida iqtisodiy omillar
ustuvorligini koʻrish mumkin. Oʻrta asrlarda Markaziy Osiyoda yuzdan ziyod kasb-
hunar mavjud boʻlganligi xususida fikrlar mavjud. Xususan, hozirgi paytda ushbu
anʼanalarni tiklash, xalq orasida obod turmushga mehnatsevarlik anʼanalarini oʻz
ZARMED
UNIVERSITETI
359
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
axloqida mahkam tutish orqali erishish mumkinligi taʼkidlanadi. Bugungi kunda
mehnat qilish avvalo, birinchidan, maqsad va uning natijasini belgilab olish, dastlabki
tasavvurni yaratish; ikkinchidan, mehnat qilishdan koʻzlangan maqsad boʻyicha kerakli
manbalarni tanlab ajratib olish (aqliy va jismoniy mehnat); uchinchidan, mehnat
sohasini aniq tanlash, iqtidorni belgilash va foydali mehnat turlarini tanlab olish;
toʻrtinchidan, erishilgan natijalarni mehnatsevarlik qobiliyati boʻlmish kreativlik,
innovatsion yondashuv mahsuli deb bilish, mehnatni huquqiy tashkil eta olish kabi
zamonaviy tendensiyalarni oʻz ichiga oladi.
Xulosa qilib aytganda, mehnatsevarlik anʼanalari tarbiya vositasi, savdo-
iqtisodiy munosabatlar, xalq irodasi, millat yaratuvchiligi va bunyodkorligining
nishonasi sifatida asrlarga tenglashib, milliy-etnik muhitni oʻziga xosligini saqlovchi,
milliy identifikatsiyalarni shakllantiruvchi omildir. Ushbu oʻzbek xalqining milliy-
etnik xususiyatini beruvchi mehnatsevarlik anʼanalari ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarda
xalqimizning irodasini, xalq yozuvchilari va adiblari uchun adabiy muhitni
shakllantirib kelgan makon va zamon belgisidir.
Foydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy
barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi
bosqichga
koʻtarish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
PQ-3907-son
Qarori
//https://lex.uz/docs/-3864155
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya
konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1059-
son Qarori //https://lex.uz/docs/4676839
3. Shodmonova Sh. Maktabgacha taʼlim pedagogikasi. T., «Fan va texnologiya»,
2008,106-bet.
4. Karimov S. Sharq ijtimoiy tafakkuri tarixidan. T., Oʻzbekiston faylasuflari milliy
jamiyati., 2016, 400-bet.
5. Sher, Abdulla Axloqshunoslik. Darslik. T., O'zbekiston faylasuflari jamiyati, 2010,
277-b.
6. Yusuf Xos Hojib. Qutadgʻu bilig. T., Yulduzcha. 1990, 44-bet.
