ZARMED
UNIVERSITETI
330
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
TA’LIM VA TARBIYA TINCHLIK VA FAROVONLIK ASOSI
Shamsiyev Mirjalol Umirzoqovich
Sharof Rashidov nomidagi SamDU mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya.
Ma’lum bir xalqning farovonligini ta’minlashda Davlat mas’ul
hisoblanadi. Shu bilan birga xalq oʻz navbatida mazkur jarayonda oʻz islohotchilik
faoliyati orqali davlatga yordam beradi. Xalqning islohotchilik faoliyatining eng asosiy
yoʻnalishi esa eng avvalo ta’lim va tarbiyaga borib taqaladi. Shu boisdan
farovonlikning negizi, bu ta’lim va tarviyaning oqilona tashkil etilishi hamda
taraqqiyoti bilan belgilanadi.
Kalit so‘zlar:
tinchlik, farovonlik, xavfsizlik, xavf-xatar, himoyalanish,
ma’naviyat, ma’naviy tarbiya.
Аннотация.
Государство несет ответственность за обеспечение
благосостояния конкретного народа. В то же время народ, в свою очередь,
помогает государству в этом процессе своей реформаторской деятельностью.
Главным направлением реформаторской деятельности народа является прежде
всего образование и воспитание. Поэтому основа благосостояния определяется
рациональной организацией и развитием этого образования и воспитания.
Ключевые слова:
мир, процветание, безопасность, опасность, защита,
духовность, духовное образование.
Annotation.
The state is responsible for ensuring the welfare of a particular
people. At the same time, the people, in turn, help the state in this process with their
reformist activities. The main direction of the people's reformist activities is, first of all,
education and upbringing. Therefore, the basis of well-being is determined by the
rational organization and development of this education and upbringing.
Key words:
peace, prosperity, security, danger, protection, spirituality, spiritual
education.
Farovonlik deyilganda ko‘p hollarda jamiyat a’zolarining moddiy jihatdan
ta’minlanganlik darajasi, davlatning o‘z fuqarolariga nisbatan har tomonlama ijtimoiy
ta’minot olib borish siyosati tushuniladi. Bir qator xorij manbalarida farovonlik
tushunchasi aynan, moddiy ta’minot bilan bog‘liq holatda tushuntirib o‘tiladi.
ZARMED
UNIVERSITETI
331
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Jumladan, ingliz enseklopediyasida mazkur tushunchaga quyidagi ta’rif berilgan.
“Farovonlik yoki odatda ijtimoiy farovonlik jamiyat a’zolarining oziq-ovqat va
boshpana kabi asosiy insoniy ehtiyojlarini qondirishini ta’minlash uchun moʻljallangan
davlat yordami turidir”
1
. Yana bir ta’rifga binoan “Ijtimoiy ta’minot soʻzi oʻz navbatida
farovonlik soʻzi bilan sinonim boʻlishi mumkin, yoki u maxsus ijtimoiy sug‘urta
dasturlaridan iborat boʻlishi mumkin, ular faqat ilgari oʻz hissalarini qoʻshganlarga
(masalan, koʻpchilik pensiya tizimlari) yordam beradilar”
2
. Ushbu ta’riflarda
farovonlik asosan iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq tomonlari ochib beriladi.
Ammo “kengroq ma’noda, farovonlik sogʻliqni saqlash,
, kasbiy
ta'lim va uy-joy qurish kabi bepul yoki
farovonlikning asosiy darajasini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham oʻz
ichiga qamrab olishi mumkin.
Farovon davlatda davlat sogʻliqni saqlash, ta’lim, infratuzilma va jamiyat
moddiy fayrovonligi uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga oladi va tavsiflanganlar kabi
bir qator ijtimoiy xizmatlarni taqdim etadi”
3
. Demak, farovonlik deyilganda, ma’lum
bir jamiyatning har tomonlama rivojlanganlik, yuksaklik darajasi, ya’ni ta’lim-tarbiya,
moddiy va ma’naviy ta’minot, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanganligi nazarda
tutiladi. Bunda esa, ya’ni jamiyatdagi farovonlikni ta’minlashda eng asosiy mexanizm
davlat hisoblanadi.
Demak, ma’lum bir xalqning farovonligini ta’minlashda davlat mas’ul
hisoblanadi. Shu bilan birga xalq oʻz navbatida mazkur jarayonda oʻz islohotchilik
faoliyati orqali davlatga yordam beradi. Xalqning islohotchilik faoliyatining eng asosiy
yoʻnalishi esa eng avvalo ta’lim va tarbiyaga borib taqaladi. Shu boisdan
farovonlikning negizi, bu ta’lim va tarviyaning oqilona tashkil etilishi hamda
taraqqiyoti bilan belgilanadi. Farovonlikning bir qator turlarini keltirib oʻtish mumkin.
Jumladan:
Moddiy, yoki iqtisodiy farovonlik;
Ijtimoiy;
Siyosiy farovonlik;
Milliy farovonlik va h.k.
Moddiy farovonlik - jamiyat, ayrim kishilar va ijtimoiy guruxlarning moddiy
neʼmatlar bilan taʼminlanganligi, kishilar moddiy ehtiyojlarining qondirilish darajasi
1
(en).
2
International Human Rights Law: An Introduction
. University of Pennsylvania Press, 2007. –
P.130.
3
https://uz.wikipedia.org/wiki/Farovonlik.
ZARMED
UNIVERSITETI
332
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
hisoblanadi. Gʻarb mamlakatlari amaliyotida moddiy farovonlik aholi daromaddari
darajasi bilan bogʻlanib, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YAIM) koʻrsatkichi
asosida izohlanadi. Biroq, YAIM mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim
koʻrsatkichi boʻlsada, moddiy farovonlikni, uning moddiy asosini aniq va toʻla
ifodalamaydi
4
. Jamiyatning, kishilarning tabiiy va ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlar
bilan umuman va aholi jon boshiga taʼminlanganligi ular moddiy farovonligining
asosidir.
Shuning uchun hozirgi paytda dunyoda har bir mamlakat milliy boyligini, shu
jumladan, milliy tabiiy va ishlab chiqarilgan boyligini hisoblashga alohida ahamiyat
berilmoqda. Moddiy farovonlikni ta’minlanishida hamda jamiyatda iqtisodiy oʻsish
kuzatilishida bugungi kunga kelib ta’lim-tarbiya sistemasining ahamiyati yanada oshib
borayotganligi kuzatilmoqda. “Bugun dunyoda ta’lim jarayoni shu qadar ilgarilab
ketdiki, endi rivojlangan mamlakatlar hech bir qo‘shimcha moddiy va tabiiy resurslarni
sarflamasdan, hech bir energiyani ishlatmasdan faqat aql bilan yuksak iqtisodiy
salohiyatga erisha olyapti. Yaponiya, Janubiy Koreya mamlakatlarining qo‘shimcha
tabiiy va moddiy boyliklarsiz aqliy mehnat, ilm va istiqbolli ta’lim-tarbiya tizimi
orqaligina moʻjizaviy rivojlanish darajasiga ega bo‘lganligidan xabardormiz”
5
.
Jamiyat hayotining, insoniyat munosib turmush tarzining eng muhim jihati
ijtimoiy farovonlik
hisoblanadi. Ijtimoiy farovonlik, bevosita a’lim va tarbiya bilan
aloqadorlikda amalga oshadi. “Har bir mamlakatdagi, jamiyatdagi ijtimoiy
farovonlikka erishish darajasi quyidagi xususiyatlar orqali namoyon bo‘lishi mumkin:
•
Mamlakatda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi;
•
Jamiyat a’zolarining oqilona ijtomoiy ta’minoti;
•
Davlat tomonidan xalqni ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarining kafolatlanishi;
•
Jamiyat a’zolarining malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi;
•
Oqilona, zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va madaniyatini joriy etilishi;
•
Yosh bolalar, ayollar, mehnatga layoqatsizlar, keksalarga nisbatan alohida
ijtimoiy himoya tizimining faoliyat olib borishi;
Jamiyatda barcha uchun yaxshi mehnat sharoitining yaratilganligi va h.k”
6
.
Har qanday mamlakatning oqilona ijtimoiy siyosat olib borilishi hamda
tinchlikni ta’minlanishi natijasidagina ijtimoiy soha, shu jumladan, ta’lim va tarbiya
4
Qarang: Ergasheva M.X. Ta’lim falsafasi. Uslubiy qoʻllanma. Samarqand: SamDU, 2018.
5
Эргашева М.Х. Таълим тараққиёти: синергетик таҳлил. Монография. – Самарқанд: Самарқанд давлат чет тиллар
институти нашриёти, 2022. - Б. 30.
6
Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy nashriyoti, 2025.
ZARMED
UNIVERSITETI
333
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
sistemasi ham taraqqiy etadi, rivojlanadi.
Ma’lumki, jamiyat a’zolarining
siyosiy huquqlarining davlat tomonidan
kafolatlanishi, siyosiy farovonlik
asosi hisoblanadi. Siyosiy farovonlik, ayniqsa,
mamlakatdagi erkin, teng, ochiq, raqobatga asoslangan saylovlarni tashkil etilishi
hamda bu jarayonda xalqning siyosiy faolligi darajasida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, jamiyat a’zolarining saylash va saylanish huquqini ta’minlanishi, xalqning
osoyishtaligi, tinchligi, chegaralar daxlsizligi, davlatning harbiy amaliyotlarga nisbatan
oqilona siyosat olib borishi ham siyosiy farovonlikni ta’minlovchi eng muhim omillar
hisoblanadi.
Har bir mamlakat tomonidan qonunchilik sistemasi asosida jamiyat a’zolari
siyosiy huquqlarining kafolatlanishi siyosiy farovonlik asosi sanaladi. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 2-bo‘limida “Siyosiy huquqlar” bobi kiritilgan bo‘lib,
unga ko‘ra “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday
ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini
demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek davlat organlarining faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi…”
7
. Har bir mamlakatda siyosiy
farovonlik darajasi mazkur zaminda shakllangan va olib borilayotgan oqilona siyosat
hamda xalq siyosiy huquqlarining qay darajada ta’minlanganligi orqali namoyon
bo‘ladi.
Siyosiy farovonlikni ta’minlanishida, xususan, jamiyat a’zolarining siyosiy
faolligi, ongi hamda siyosiy madaniyatini oshirishda ta’lim-tarbiya sistemasi muhim
ahamiyat ega bo‘lgan eng asosoiy bo‘g‘inlardan biri hisoblanadi. Har bir
mamlakatning, millat va jamiyatning eng umumiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy,
ma’naviy osoyishtaligi, rivoji, yuksalish darajasini qamrab oluvchi jarayon, bu –
“Milliy farovonlik” hisoblanadi.
Davlat jamiyatdagi milliy farovonlikni ta’minlash maqsadida, ya’ni
mamlakatning tinchligi, ozodligi, erkinligi daxlsizligini himoyalash uchun, o‘z
xalqining farovon turmush kechirishi uchun, ulkan strategiyalarni, muhim vazifalarni
amalga oshiradi. O‘zbekiston bosib o‘tgan istiqlol yillari, ayniqsa, milliy farovonlikni
ta’minlash borasida juda katta islohotlar amalga oshirildi. Shuni ham ta’kidlash
o‘rinliki, milliy farovonlikni ta’minlashda xalqning milliy o‘zligini anglashi muhim
ahamiyat kasb etadi.
7
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2023. – B. 24.
ZARMED
UNIVERSITETI
334
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Xulosa
qilib aytganda, farovonlik, nafaqat, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy,
ma’naviy-ma’rifiy soha taraqqiyotini, balki, ularga erishish usullari, yoʻllari, vositalari,
yangi texnologiyalarini ham ishlab chiqish hamda amalga oshirish bilan bogʻliq tizimli
jarayon hisoblanadi. Jamiyat va mamlakat farovonligini yuksaltirish, tinchlikni,
barqarorlikni ta’minlaydigan hamda xalqni bir maqsad yoʻlida birlashtira oladigan
asosiy kuch sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2023.
2. David S. Weissbrodt.
International Human Rights Law: An Introduction
. University
of Pennsylvania Press, 2007.
3. Ergasheva M.X. Ta’lim falsafasi. Uslubiy qoʻllanma. Samarqand: SamDU, 2018.
4. Эргашева М.Х. Таълим тараққиёти: синергетик таҳлил. Монография. –
Самарқанд: Самарқанд давлат чет тиллар институти нашриёти, 2022.
5. Ergasheva M.X. Ta’lim va tarbiya falsafasi. Darslik. – Samarqand: SamDU Tahririy
nashriyoti, 2025.
6.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Farovonlik
7.
