SPORTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik masalalari, malaka oshirish kursida zamonaviy va istiqbolli maqsadlar, ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonidagi pedagogik vositalar bayon etilgan. 

Universal science research jurnali
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Saydullayev, Z. (2025). SPORTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. Journal of Universal Science Research, 3(6 (SPECIAL ISSUE), 309–314. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/113887
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik masalalari, malaka oshirish kursida zamonaviy va istiqbolli maqsadlar, ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonidagi pedagogik vositalar bayon etilgan. 


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

309

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may


SPORTDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

Saydullayev Zafar Erkinovich

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini

oshirish instituti Samarqand filiali o‘qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu

maqolada

zamonaviy

axborot-kommunikatsion

texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-pedagogik masalalari, malaka oshirish
kursida zamonaviy va istiqbolli maqsadlar, ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash
jarayonidagi pedagogik vositalar bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

sport, axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlar, innovatsion

texnologiyalar, integratsiya, ta’lim.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННО-КОММУНИКАЦИОННЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В СПОРТЕ

Аннотация.

В статье рассматриваются научно-педагогические вопросы

использования современных информационно-коммуникационных технологий,
современные и перспективные цели на курсах повышения квалификации,
педагогические средства в процессе использования информационных технологий
в образовании.

Ключевые слова:

спорт, информационные технологии, компьютерные

программы, инновационные технологии, интеграция, образование.

USE OF INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES IN

SPORTS

Abstract.

This article describes the scientific and pedagogical issues of using

modern information and communication technologies, modern and promising goals in
advanced training courses, and pedagogical tools in the process of using information
technologies in education.

Keywords:

sports, information technologies, computer programs, innovative

technologies, integration, education.


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

310

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Sport - bu millatning o‘zligini anglashda, uning aniq maqsadlar sari jipslashuvi

va birlashuvida, o‘zidagi bor salohiyatini hamda qudratini jahon uzra namoyon
bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, mamlakat
sportini rivojlantirish dolzarb va nihoyatda muhim masaladir. Zero, jismonan baquvvat
va sog‘lom millat qudratli bo‘ladi, uning davlati har tomonlama mustahkam bo‘lib,
buyuk taraqqiyot sari rivojlanib boradi.

Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish odam organizmini har tomonlama

jismonan

rivojlanishi

va

mustahkamlanishi,

fiziologik

funksiyalarning

takomillashtirishi va sog‘lomlashtirishga olib keladi.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash,

jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib о‘rin egallashga intilish yо‘lidagi
keng kо‘lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan
mamlakatlari tajribalarini о‘rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual
resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub
islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni
ta’minlamoqda. Turli sohalarda yо‘lga qо‘yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi о‘z
samarasini berayotgan bо‘lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan
mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf
etish jamiyat a’zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat kо‘rsatishni
talab etmoqda.[1]

Mashgʻulotlar jarayonida yangi texnikalarni doimiy ravishda ishlab chiqish va

joriy etish bir necha sabablarga koʻra sportda muvaffaqiyatga erishishning zaruriy
shartidir.

O‘zbekistonda yangilanish davrida jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish,

aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport
bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining
foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya-
sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘laqonli va samarali foydalanishni
ta’minlash masalalari davlatimiz siyosatining ustivor vazifalariga aylandi. Jismoniy
tarbiyaning yuqori darajasiga va aholining hayoti sifatiga erishish masalalari strategik
vazifaga aylandi va unga mamlakatni barqaror rivojlantirishni amalda ro‘yobga
chiqarish doirasida muhim shart sifatida yondashilmoqda. Axborot texnologiyalarini va
multimedia mahsulotlarini rivojlantirishda zamonaviy an’analarni hisobga olgan
jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim va o‘quv-mashq jarayonini
kompyuterlashtirilishi darajasini oshirish masalasi dolzarbligicha qolmoqda. [2]


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

311

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Ushbu maqolaning maqsadi bugungi kunda sportchilarning jismoniy

tayyorgarligi va samaradorligini rivojlantirishga katta hissa qoʻshadigan, shuningdek,
sport mashgʻulotlarining kelajagini oʻzgartirish potensialini namoyish etuvchi sport
mashgʻulotlaridagi innovatsion yondashuvlar va usullarni ta’kidlashdir. Biz
mashgʻulotlar jarayoniga joriy etilayotgan ilgʻor innovatsiyalar haqida umumiy
ma’lumot berish, ularning ishlash tamoyillari, afzalliklari va sport amaliyotiga ta’sirini
tushuntirishni, sport sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan
foydalanishning ilmiy-pedagogik masalalari, malaka oshirish kursida zamonaviy va
istiqbolli maqsadlar, ta’limda axborot texnologiyalarini qo‘llash jarayonidagi
pedagogik vositalarni ishlab chiqish maqsad qilingan.

Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va

malakasini oshirish ta’limi jarayonida tinglovchilarni faqatgina ekrandagi axborotlarni
ko‘rishiga va ularni qabul qilishgagina emas, balki ularning o‘zlari ham bu jarayonda
ijodiy ishtirok etishlariga o‘rgatishimiz lozim. Ta’limning didaktik xossalari bilan
bog‘langan yashirin imkoniyatlar olamini bevosita zamonaviy axborot
kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘lash bu malaka oshirish ta’lim sohasida
zamonaviy va istiqbolli maqsadlarga ega.

Didaktik funksiya sifatida biz o‘quv jarayonda ma’lum bir maqsadlarda

qo‘llanilayotgan ta’lim vositalarining tashqi xossalari namoyonini tushunamiz. Bu
ularning o‘quv jarayonidagi foydalanish vazifalari, tutgan o‘rni va ahamiyatidan iborat.
Ta’lim jarayoni rivojiga bir nazar tashlasak, bugungi kunda axborot kommunikatsiya
texnologiyalari yordamida qanchalik muhim pedagogik masalalarning yechimi
topilayotganligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ta’limning turli sohalarida
axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilish tajribalaridan shuni ko‘rish
mumkinki, axborot texnologiyalari bizga bir qator ijobiy imkoniyatlarni yaratib
berayapti. [3]

Bizga ma’lumki, ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalari – bu

axborotni tayyorlash va uni ta’lim oluvchiga kompyuter texnikasi va dasturiy vositalar
yordamida uzatish jarayonidir. Ta’limda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
qo‘llanilish jarayonida o‘quv axborotini uzatishda ishtirok etuvchi ikkita komponenta
mavjud: texnik vositalar (kompyuter texnikasi va aloqa vositalari) va har xil
maqsadlarda yaratilgan dasturiy vositalar.

Darsga tayyorgarlik va dars jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya

texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun o‘qituvchi bu komponentalarning
funksional imkoniyatlari va qo‘llanilish shartlarini juda yaxshi bilishi lozim, chunki


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

312

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

ham texnik va ham dasturiy vositalar o‘ziga xos xususiyatlarga hamda o‘quv jarayoniga
ta’sirga ega. Buni tushunish uchun dars jarayonida axborot kommunikatsiya
texnologiyalari nima uchun qo‘llanib va foydalanib qanday uslubiy masalalar yechiladi.
[4]

Hozirgi

vaqtda

jismoniy

tarbiya

jarayonida

zamonaviy

axborot

texnologiyalaridan foydalanish asosida sport-ta’limidagi pedagoglar, trener-
o‘qituvchilar, sport yo‘riqchilari va sport uslubchilari yuqori samarali kasbiy
yo‘naltirilgan tayyorgarlik imkonini beradigan kompyuter dasturlarini foydalanish va
qo‘llashi zamon talabidir. Ta’limda axborot texnologiyalarining qo‘llanilish jarayonida
texnik vositalar bilan bir qatorda maxsus dasturiy vositalardan ham foydalaniladi.
O‘quv jarayoniga yo‘naltirilgan dasturiy vosita – bu biror fan sohasini o‘rganishda o‘z
aksini topgan dasturiy vosita bo‘lib, bunda shu fan sohasini o‘rganish texnologiyasi va
u bilan bog‘lik har xil o‘quv faoliyatlarini amalga oshirish shartlari ta’minlanadi. Har
xil turdagi o‘quv jarayonlarini bunday funksional ta’minlovchi dasturiy vositalar
pedagogik dasturiy vositalar deb ataladi. Hozirgi kunda pedagogik dasturiy
vositalarning har xil turlari mavjud. [5]

Bugun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida olingan

bilim uzoq vaqt xotirada qoladi va keyinchalik ularni amaliyotda qo‘llash uchun qisqa
vaqt ichida takrorlash bilan uni tiklash mumkin. Bunda ish faoliyatida axborotlardan
xabardorligi va axborotlardan samarali foydalanish quydagilarga bog‘liq.

Birinchidan, zamonaviy sport mutaxassisi axborot oqimlarida erkin yo‘nalish

olishi uchun kompyuterlar, telekommunikatsiya va axborotning boshqa vositalari
yordamida axborotlarni olishni, qayta ishlashni va ulardan foydalanishni bilishi lozim.

Ikkinchidan, mutaxassisning zarur bo‘lgan axborot madaniyati darajasini

ta’minlash, faqatgina bitta o‘quv fanining maqsadi bo‘lib qolmasligi lozim.

Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlariga tatbiq

etish lozim va bu holat ma’lum bir kasbiy tayyorgarligini, axborot texnologiyalarining
imkoniyati bilan tanishganligini, ushbu imkoniyatlardan o‘zining ilmiy va amaliy
faoliyatida foydalana olishini talab qiladi. Ushbu holat juda dolzarb va pedagogik
jihatdan ahamiyatli hisoblanadi, chunki o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida zamonaviy
axborot texnologiyalarining imkoniyatlari va ustunliklarini o‘zlarida sinab ko‘rishadi.
[5]

Sport mashgʻulotlariga innovatsion yondashuvlar murabbiylar va sportchilar

uchun yangi ufqlarni ochmoqda, mashgʻulot jarayoni samaradorligini sezilarli darajada
oshirish, jarohatlardan tiklanishni tezlashtirish, mashgʻulotlarni xavfsizroq va


background image

ZARMED
UNIVERSITETI

313

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

individuallashtirish imkonini beradigan uslub va texnologiyalarni taklif qilmoqda.
Virtual va kengaytirilgan haqiqat, kinetik texnologiyalar, biomexanik tahlillar,
shuningdek, individuallashtirilgan ovqatlanish va fiziologik holat monitoringi
tizimlaridan foydalanish sport mutaxassislari qoʻlida kuchli vosita boʻlishi
mumkinligini koʻrsatadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, har qanday innovatsion usullarni muvaffaqiyatli

amalga oshirish mashgʻulot jarayonining nazariy asoslarini ham, ularni sportda
qoʻllashning amaliy jihatlarini ham chuqur tushunishni talab qiladi. Bu turli fanlar
boʻyicha mutaxassislar - sportchilar va murabbiylardan tortib olimlar va texnologiya
ishlab chiquvchilari oʻrtasida doimiy taʻlim va tajriba almashish zarurligini anglatadi.

Demak, kadrlar tayyorlashda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati

shubhasizdir. Ular oʻquv jarayonining samaradorligi va xavfsizligini yaxshilash uchun
yangi imkoniyatlarni taklif qiladi. Biroq, ulardan muvaffaqiyatli foydalanish anʻanaviy
usullar bilan malakali kombinatsiyani va har bir sportchiga individual yondashuvni
talab qiladi. Kelgusida sport faniga yangi texnologiyalarni yanada integratsiyalashuvini
kutishimiz mumkin, bu esa mashgʻulotlar jarayonini yanada samarali, xavfsiz va har
bir sportchining ehtiyojlariga moslashtirish imkonini beradi.

Dars jarayonlarida axborot komunikatsiya vositalaridan foydalanishning yana bir

omili aksariyat o‘quv pedagogik dasturlarda nazorat qilish imkoniyati bo‘lib, bu
tinglovchi bilimini baxolashni yengillashtiradi. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ham
boshqa fan o‘qituvchilari kabi o‘z maqsadiga video darslardan foydalanib erishishi
mumkin. Tasvirini ko‘rish nazariy qismini eshitish orqali o‘quvchilar bilimi ortadi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, animatsiya va modellashtirish xarakatning
molekulyar shakllarining konseptual tushunchalarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ta’lim tarbiya sohasini yangi bosqichga
ko‘tarish hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llagan holda o‘quv
mashg‘ulot jarayonini yanada takomillashtirish bugungi kunda Jismoniy tarbiya va
sport sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning oldilarida turgan dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi.







background image

ZARMED
UNIVERSITETI

314

“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning

kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami

Samarqand-2025. 23-24-may

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Norqobilov Muhiddin Najimovich, Jismoniy tarbiya va sport, o‘quv qo‘llanma.

TOSHKENT VNESHINVESTPROM 2021.
2. А.А.Толаметов. Педагогика ва психологияда инновациялар, 4 жилд, 7 сон.
T.2021
3. Tolametov A.A., Sportda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari// O‘quv
qo‘llanma.–T.: Zamon Poligraf, 2023. – 244 b.
4. Tolametov A.A., Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish// Uslubiy
qo‘llanma.–T.: Zamon poligraf, 2023. – 64 b.
5. Гамбургер, И. Л. Виртуалная реалност в системе спортивной подготовки.
Теория и практика физической културы, 2020, № 4, с. 15-18.

References

Norqobilov Muhiddin Najimovich, Jismoniy tarbiya va sport, o‘quv qo‘llanma. TOSHKENT VNESHINVESTPROM 2021.

А.А.Толаметов. Педагогика ва психологияда инновациялар, 4 жилд, 7 сон. T.2021

Tolametov A.A., Sportda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari// O‘quv qo‘llanma.–T.: Zamon Poligraf, 2023. – 244 b.

Tolametov A.A., Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish// Uslubiy qo‘llanma.–T.: Zamon poligraf, 2023. – 64 b.

Гамбургер, И. Л. Виртуалная реалност в системе спортивной подготовки. Теория и практика физической културы, 2020, № 4, с. 15-18.