ZARMED
UNIVERSITETI
34
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
TURKISTON O‘LKASIDAGI XORIJIY FUQAROLAR FAOLIYATI
TARIXIDAN (XIX ASR OXIRI VA XX ASR BOSHLARIDA)
Raximov Bektosh Elmurodovich
Samarqand davlat universiteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya.
Maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida
rivojlanishining iqtisodiy, ilmiy va madaniy faoliyati tarixiy manbalar asosida
yoritiladi. Ularning joylaridagi ta’siri, tahlillari va jamiyat bilan aloqalari yordami.
Kalit so‘zlar:
Turkiston, xavfsizlik, tarix, faoliyat, XIX–XX asrlar, tasir,
aloqalar.
Аннотация.
Статья посвящена деятельности иностранных граждан в
Туркестанском крае в конце XIX — начале XX века. На основе исторических
источников рассматриваются формы их экономической, научной и культурной
активности, а также влияние на местное сообщество. Анализируется характер их
взаимодействия с населением региона.
Ключевые слова:
Туркестан, иностранцы, история, деятельность, XIX–
XX века, влияние, контакты.
Abstract
. The article examines the activities of foreign citizens in the Turkestan
region in the late 19th and early 20th centuries. Based on historical sources, it explores
their economic, scientific, and cultural roles, as well as their impact on and interactions
with local communities.
Key words: Turkestan, foreigners, history, activity, 19th–20th centuries,
influence, interaction.
O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi tarixi haqida
so‘z ketganda, o‘lkada sanoat korxonalarining yuzaga kelishi, ularning faoliyat sohalari
va mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rni borasida to‘xtalmaslikning
iloji yo‘q. Ayniqsa, ushbu davrdagi xorijiy firmalar va fuqarolarning faoliyatini
o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. XIX asrning ikkinchi yarmida rus harbiylari
bilan birgalikda Turkiston o‘lkasiga xorijlik savdogarlar, sanoatchilar va tadbirkorlar
kirib kela boshladi. Bu savdo va sanoat korchalonlarining Turkistonga kelishdan asosiy
maqsadi mahalliy sanoat rivojlanishiga hissa qo‘shish emas, balki o‘lkani talash, arzon
ish kuchi va xom ashyodan foydalanib juda katta boyliklarga ega bo‘lish edi.
1867 yili Turkiston General-gubernatorligi tashkil etilgandan keyin general K. P.
ZARMED
UNIVERSITETI
35
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Kaufman rus va chet el sanoatchilari uchun qulay sharoit yaratib berishga harakat
qildi. U o‘lkaga kelgan savdogarlar, sanoatchilar, tadbirkorlar va ish yurituvchilarni har
jihatdan qo‘llab-quvvatladi. Ko‘rilgan tadbirlar natijasida Yevropa tipidagi dastlabki
korxonalar Toshkentda ish boshladi. 1867 yili (Muhandis-texnolog N.V.Ulyanov,
D.Kasyanov, I.Yablonskiy, N.P.Pisarevskiy, O.I.Plavitskiylardan iborat shirkat
tomonidan) Yevropa tipidagi birinchi suv tegirmoni qurildi
1
. Turkistonga kelgan
ishbilarmonlar bir soha bilan cheklanib qolmasdan, boylik orttirish maqsadida sanoat
ishlab chiqarishining bir necha tarmoqdariga qo‘l urishgan. Masalan, o‘lkaga
birinchilardan bo‘lib kelgan rus sanoatchisi I.I.Pervushin 1871 yili Toshkentda aroq va
vino zavodidan tashqari, pillachilik fabrikasini ham qurdi
2
. 1868 yili I.Pervushin,
Mixaylov va fransuz Gurdelarning ipak o‘rash fabrikalari ishga tushirildi
3
.
Chorvaning go‘shtidan tortib, terisi, juni, hatgo ichak-chavogagacha talab katta
bo‘lgan. 1868 yili o‘lkaga kelgan G.F.Shota ismli nemis ishbilarmoni Toshkentda
kolbasa ishlab chiqarishga kirishdi. 1883 yili chet el shirkatlarining vakili sifatida
kelgan G.Dyurshmidt ichak sotib olish bilan shug‘ullandi. U Samarqandda ichak zavodi
ham qurdi. 1888 yildan boshlab uning shirkati o‘lkada o‘z faoliyatini keng miqyosda
amalga oshirdi va qisqa vaqt ichida millionchi boyga aylanadi. Chorva go‘shti avvaliga
tuzlangan holda Moskva, Vladivostok, Sibirga olib ketilgan, biroq keyinchalik
salqinlashtirilgan vagonlarda yangi qo‘y go‘shtini olib ketish yo‘lga qo‘yilgan
4
. Ichak-
chovoq tozalash zavodlarining kengayishi ham bevosita Yevropa sanoati talabidan
kelib chiqqan edi. Tuzlangan, sifatli qo‘y ichaklari turli xil kolbasalar ishlab
chiqarishda nihoyatda qimmatli xom ashyo hisoblangan. Bu yerdan yuborilgan qo‘y
ichaklari Rossiya, Yevropa mamlakatlari bozorlarida sotilgan. Yevropaliklar undan
musiqa asboblariga tor yasashda foydalanishgan.Bundan tashqari savdo va tadbirkorlik
maqsadida Samarqandga Polьsha, Frantsiya, Angliya, Avstriya va boshqa mamlakatlar
vakillarining ham tadbirkorlik maqsadidagi tashriflari kuchaydi. Masalan, Samarqand
shahrida Avstriya fuqarosi Dulo va Polshalik Levinskiylar o‘zlarining galanteriya va
kiyim-kechak magazinlariga ega bo‘lganlar
5
1
Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва
сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 106 бет
2
Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва
сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 107 бет
3
Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва
сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 106 бет
4
Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш сиёсати: тарих шоҳидлиги ва
сабоқлари (1865-1990 йиллар).Тошкент: Шарқ. 2000. – 145 бет
5
Пиримқулов Ш.Д XIX аср охири ва ХХ аср бошларида Самарқанддаги хорижий тадбиркорлар фаолияти
ZARMED
UNIVERSITETI
36
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Nemis tadbirkorlarini Turkiston foydali qazilmalari hamda shifobaxsh
o‘simliklari juda qiziqtirgan. Ushbu tadbirkorlar ularni sotib olib, Germaniyaga
jo‘natganlar. Nemis farmatsevt tadbirkorlarining ichida eng mashhuri Dragendorf
bo‘lgan. Foydali qazilmalar ichida ozokerit (tog‘ tabiiy mumi) ga talab katta bo‘lgan.
U nemis firmalari tomonidan sotib olinib, Boku va Botumi orqali Germaniyaga
yuborilgan. 1912 yilda ozokerit qazib olish bilan faqat bitta Lyuborad firmasi
shug‘ullangan. 1913-1914 yillarda Lyuborad bilan birga Feysflog, Baxshi-Baxshiyev
firmalari ham ozokerit qazib olishgan
6
.
Kaspiyorti viloyatidagi Cheleken oroli nafaqat tuz zaxiralariga, balki nafta
konlariga ham boy bo‘lgan. Ushbu ma'lumotlar konlar mahalliy aholiga azaldan ma'lum
bo‘lib naftani qazib olish bo‘yicha ular o‘zlarining qadimiy texnologiyalariga ega
ekanligi va bu sohada katta mahorat sohibi bo‘lganligidan dalolat beradi. Nafta
quduqlaridan tashqari nafta ko‘llari va nafta buloqlari ham bo‘lgan. Bunday
hududlarningaksariyati 20-30 yilga xorijliklarga ijaraga berib yuborilgan. Masalan,
hududdagi xorijiy tadbirkorlar haqida muallif shunday yozadi: “...Aka-uka Nobellar
jamiyati shunday hududlardan 8 tasini ijaraga olgan. 3 quduq texnika yordamida va 164
tasi qo‘l kuchi bilan qazilmoqda. Palashkovski 30 tacha hududga ega bo‘lib 16 qazish
mashinalarini ishga solgan va ushbu hududda Petroleum fabrikasini ham qurib olgan.
Qazib olingan nafta Fors davlatiga yuborilgan: 1891 yilda 966 420 kg., 1892 yilda 160
524 kg.,1893 yilda 187 710 kg. Nobel jamiyati 1893 yil jami 1924 650 kg nafta qazib
olgan...”
7
O‘lkada ko‘plab chet el firmalari faoliyat yuritgan. Germaniya va Avstro-
Vengriya fuqarolari bo‘lmish savdo va sanoat firmalarining egalari (Gergard va Gey,
aka-uka Kraftlar, aka-uka Knoplar, Lui Zalma, aka-uka Shlossberg va h.k.) soxta
savdolar, rus familiyali shaxslarni, rus fuqarolarni aktsiyadorlar tarkibiga kiritish, o‘z
korxonalarini qayta nomlash kabi choralar yordamida o‘z mol-mulklarini qisman yoki
to‘liq sekvestr qo‘yilishidan saqlab qoladilar va daromad olishda davom etganlar. Misol
uchun, 1915 yil may oyida «Aka-uka Knoplar» savdo uyi «Volokno» («Tola»)
jamiyatiga qayta nomlagan, «Gergard va Gey» firmasi - «Russkoye transportnoye
obщestvo» («Rus transport jamiyati»), 1917 yildan boshlab harbiy kiyimlar tikuvchi
тарихидан// Самарқанд шаҳрининг2750 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум
материаллари Тошкент— Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007 382
бет
6
Обзор Закаспийской области за 1912-1913-1914.-Асхабад. 1916 -С.88
7
Krahmer G. Russen in Mittelasien. (Reprint der Ausgabe Leipzig. 1897)- Muenster; Hamburg: Lit. 1994, S. 136.
ZARMED
UNIVERSITETI
37
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
«Lui Zalьma» fabrikasining egasi, deb Petr Vaxrushev e'lon qilingan
8
.
Manbalarda tadbirkorlik maqsadida viloyatga kelib hayoti fojiaviy yakun topgan
nemislar haqida ham ma'lumotlar uchraydi. Kaspiyortiga kelgan Gustav Gustavovich
Granberg Ashxabod shahri go‘sht ta'minotini yaxshilash maqsadida 1905 yilda
hukumatdan besh yilga o‘z tadbirkorligi uchun ruxsatnoma va imtiyozlar olishga
muvaffaq bo‘lgan. Ashxabodda katta go‘sht do‘koni, shahar tashqarisida unga Kurtsu
degan joydan dehqonchilik va qoramol ko‘paytirish uchun bepul yer maydoni berilgan.
Granberg shijoat bilan o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ya boshlagan. Ijobiy natijalarga
erishilsa, hokimiyat unga imtiyozlarni besh yildan keyin ham uzaytirishga va'da bergan.
Qisqa fursatlarda u ferma, suv hovuzlari, Kurtsudan toqqa olib boradigan yo‘l
qurdirgan. Uchta quduq qazdirgan. Ashxabod aholisiga do‘konidan sifatli go‘shtni
davlat tomonidan belgilangan tarifda yetkazib bergan. Biroq ushbu muvaffaqiyatli
tadbirkor 1906 yilda o‘ldirilgan. Ushbu holat Turkistonning iqtisodiy rivojlanishida
xorijiy tadbirkorlar faoliyatining naqadar katta ahamiyatga ega bo‘lishini yaqqol
ko‘rsatadi. Ashxabod shahri o‘sha paytda imperiya manfaatlariga xizmat qilgan yirik
siyosiy va harbiy markaz bo‘lgan.
Turkistonda xorijiy fuqarolarning yangi guruhi-harbiy asirlar va qochoqlar
paydo bo‘ldi. 1917 yil fevralida o‘lkada 200 mingdan ziyod harbiy asirlar bor edi
9
.
Ularni moddiy jihatdan ta'minlash tub aholining zimmasiga tushgandi. 1915 yilda
Kaspiyorti viloyatining Marv va Ashxabod shaharlariga ko‘plab Avstro-Vengriya
harbiy asirlari joylashtirilgan.
Kaspiyorti viloyatida o‘sha davrda faoliyat yurgizgan xorijiy tadbirkorlar
paxtachilik sohasi bilan shug‘ullanishgan. Jumladan, o‘lkadagi banklar bilan keng
aloqalari yordamida katta miqdorda paxta sotib olish bilan shug‘ullangan «Aka-uka N.
va A.Ter-Mikrtichevlar», «Fors shirkati», «S.X.Kevorkovlar», «B. Arzumanov»
10
, «
Vadyaevlar savdo uyi »
11
, Ashxabod va Marv shaharlarida faoliyat yurgizgan
Germaniyaning «Gerxard va Gey Aktsionerlik jamiyati» kabi paxta firmalari yaxshi
foyda ko‘rgan.
Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati 1911 va 1914 yillarda AQShda bo‘lib o‘tgan
xalqaro dehqonchilik kongresslarida qatnashgan. Hujjatlardagi Qishloq xo‘jaligi
jamiyatining Butun jahon ko‘rgazmalasida qatnashgani aks etgan ma'lumotlar ham
jamiyat mavqeini oshiradi. Hujjatlarda Qo‘qonda faoliyat yuritgan tadbirkor Neymark
8
Матвеев А. М. Зарубежные выходцы в Туркестане на путях к Великому Октябрю.... – С. 36.
9
Ғаффоров Ш.С. Тарих ва тақдир: Россия империясидан Туркистонга кўчирилганлар. – Тошкент, 2006. – Б. 135.
10
ЎзМА, Ф-И-3, 461-иш,115-варақ.
11
ЎзМА, Ф- И, 461-иш , 30-варақ ва унинг орқаси, Ф.- И, 1496-иш, 31- варақ ва унинг орқаси.
ZARMED
UNIVERSITETI
38
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
tomonidan Amerikadan yangi paxta urug‘ini olib kelish jarayoni aks etgan
12
XIX asr oxiri vaXX asr boshlarida Samarqand shahriga xorijiy Sharq va G‘arb
mamlakatlari tadbirkorlari oqib kela boshladilar. 1893 yilda Turkiston general-
gubernatorining ruxsati bilan Samarqandga katta guruh-italiyaliklar, greklar va
nemislar keldi. Turkiston general-gubernatorligi tomonidan xorijiy tadbirkorlarga
Rossiya sanoat korxonalari ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi
zavod va fabrikalar ochishga, savdo shahobchalari tashkil qilishga ruxsat berildi.
Kelgan italiyaliklar toshtaroshlik ishlari bilan shug‘ullanganlar. Italiyalik
toshtaroshlardan Nikolo Kardini va Jovani De Tonilar o‘zlarining toshtaroshlik sexini
tashkil etganlar. Greklar makaron ishlab chiqarish bilan shug‘ullanganlar. Grek
mutaxassislaridan Grigoriy Kapo makaron ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining yuqori
malakaga ega ekanligini ko‘rsatdi. Nemislar esa asosan paxta sanoati bilan
shug‘ullandilar. Prussiya fuqarolaridan Minder va Yugovichlar Samarqand va
Kattaqo‘rg‘on shaharlarida paxta tozalash zavodi qurdilar. Xorijiy tadbirkorlar o‘z
zavod, fabrikalari, ishlab chiqarish korxonalari va savdo shahobchalari uchun
xizmatchi xodimlarni ham o‘z vatan-laridan chaqirib kelishgan. Masalan, XIX asr
oxirida bir guruh avstriyalik va saksoniyalik nemislar Samarqand shahridagi Otto
Vogau pivo zavodiga mutaxassis sifatida taklif qilinganlar
13
XIX asr oxiri vaXX asr boshlarida kirib kelgan xorijiy tadbirkorlar va
savdogarlarning bir qismi keyinchalik Turkiston general-gubernatorligining
viloyatlarida muqim o‘rnashib qoldilar. Turkiston o‘lkasining ko‘p millatli mintaqa
sifatida shakllanishida xorijiy fuqarolar vakillarining ham o‘rni bor. Xorijiy
tadbirkorlar avlodlarining taqdiri kelgusida mintaqamiz tarixi bilan chambarchas
bog‘lanib ketdi.
12
Азизбек Назаров, Туркистон қишлоқ хўжалиги жамияти фаолияти тарихидан// (ЎзМА И-103 фонди
асосида)//Ўтмишга назар журнали, 2021йил 2 сон 4 жилд 44 бет
13
Пиримқулов Ш.Д XIX аср охири ва ХХ аср бошларида Самарқанддаги хорижий тадбиркорлар фаолияти
тарихидан// Самарқанд шаҳрининг2750 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум
материаллари Тошкент— Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси «Фан» нашриёти 2007 383
бет
ZARMED
UNIVERSITETI
39
“Ijtimoiy va gumanitar ta’lim yo‘nalishlardagi talabalarning
kompetentligini oshirish: muammolar va yechimlar” mavzusida
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to’plami
Samarqand-2025. 23-24-may
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Азизбек Назаров, Туркистон қишлоқ хўжалиги жамияти фаолияти
тарихидан// (ЎзМА И-103 фонди асосида)//Ўтмишга назар журнали, 2021йил 2
сон 4 жилд 44 бет
2.
Вексельман М.И. Российский монополистический и иностранный
капитал в Средней Азии (конецXIX- началоXXв.). –Ташкент: Фан, 1987.–С. 76-
79. – С. 91-92.
3.
Krahmer G. Russen in Mittelasien. (Reprint der Ausgabe Leipzig. 1897)-
Muenster; Hamburg: Lit. 1994, S. 136.
4.
Матвеев А. М. Зарубежные выходцы в Туркестане на путях к
Великому Октябрю. Ташкент: Фан, 1977. – С. 36.
5.
Мустабид тузумнинг Ўзбекистонда миллий бойликларини талаш
сиёсати: тарих шоҳидлиги ва сабоқлари (1865-1990 йиллар).Т.; “Шарқ”, 2000. . –
106, 107, 145-149 бетлар.
6.
Обзор Закаспийской области за 1912-1913-1914.-Асхабад. 1916 -С.88
7.
Пиримқулов Ш.Д XIX аср охири ва ХХ аср бошларида
Самарқанддаги хорижий тадбиркорлар фаолияти тарихидан// Самарқанд
шаҳрининг2750 йиллик юбилейига бағишланган халқаро илмий симпозиум
материаллари Тошкент - Самарқанд Ўзбекистон Республикаси Фанлар
академияси «Фан» нашриёти 2007.– 382,383 бет
8.
ЎзМА, Ф-И-3, 461-иш,115-варақ.
9.
ЎзМА, Ф- И, 461-иш , 30-варақ ва унинг орқаси, Ф.- И, 1496-иш, 31-
варақ ва унинг орқаси.
10.
Ғаффоров Ш.С. Тарих ва тақдир: Россия империясидан Туркистонга
кўчирилганлар. – Тошкент, 2006. – Б. 135.
