ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA INSON RUHIYATINING TASVIRLANISHI VA XOTIN-QIZLAR OBRAZI

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning hikoyalarida hikoyalarida inson ruhiyatining tasvirlanishi hamda xotin-qizlarning ichki kechinmalari tahlil qilinadi.Yozuvchining "O'g'ri" va "Dahshat" hamda  "Mayiz yemagan xotin" kabi asarlarida qahramonning ichki kechinmalari,atrof-muhit bilan munosabati va psixologik holati realistik tarzda yoritilgan.Hikoyalarda voqealar va personajlar murakkabligi va uning atrof muhitga ta'siri ko'rsatiladi.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15675330
CC BY f
106-112
8

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Shodiyeva Shaxro’za Jovli qizi. (2025). ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA INSON RUHIYATINING TASVIRLANISHI VA XOTIN-QIZLAR OBRAZI. Журнал универсальных научных исследований, 3(6), 106–112. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/110701
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning hikoyalarida hikoyalarida inson ruhiyatining tasvirlanishi hamda xotin-qizlarning ichki kechinmalari tahlil qilinadi.Yozuvchining "O'g'ri" va "Dahshat" hamda  "Mayiz yemagan xotin" kabi asarlarida qahramonning ichki kechinmalari,atrof-muhit bilan munosabati va psixologik holati realistik tarzda yoritilgan.Hikoyalarda voqealar va personajlar murakkabligi va uning atrof muhitga ta'siri ko'rsatiladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

106

ABDULLA QAHHOR HIKOYALARIDA INSON RUHIYATINING

TASVIRLANISHI VA XOTIN-QIZLAR OBRAZI

Shodiyeva Shaxro’za Jovli qizi

Termiz Iqtisodiyot va Servis Universitetining

Filologiya va tillarni o’qitish o’zbek tili yo’nalishi

3- bosqich talabasi

Telefon nomer: +998940390616

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Abdulla Qahhorning hikoyalarida hikoyalarida inson

ruhiyatining

tasvirlanishi

hamda

xotin-qizlarning

ichki

kechinmalari

tahlil

qilinadi.Yozuvchining "O'g'ri" va "Dahshat" hamda "Mayiz yemagan xotin" kabi
asarlarida qahramonning ichki kechinmalari,atrof-muhit bilan munosabati va psixologik
holati realistik tarzda yoritilgan.Hikoyalarda voqealar va personajlar murakkabligi va
uning atrof muhitga ta'siri ko'rsatiladi.

Аннотация.

В этой статье анализируется описание человеческой психики, а также

внутренних переживаний женщин в рассказах Абдуллы Каххара.В таких
произведениях писателя,как "вор" и "ужас", а также "жена, не съевшая изюма"
реалистично освещены внутренние переживания героя, его отношения с
окружением и психологическое состояние.Истории показывают сложность
событий и персонажей, а также их влияние на окружающую среду.

Annotation.

This article analyzes the depiction of the human psyche and the inner

experiences of women in the stories of Abdullah Qahhar.The writer's works,such as "the
thief" and "the Dachshat" and "the wife who did not eat raisins", realistically illuminate
the inner experiences of the hero, his relationship with the environment and his
psychological state.The stories show the complexity of events and characters and its
impact on the environment.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

107

Kirish so'zlar.

Abdulla Qahhor, hikoya,inson ruhiyati,psixologizm,"O'g'ri", "Dahshat",

realistik tasvir, qahramon, ayollar roli, ichki kechinmalar, atrof-muhit, munosabat,
psixologik holat.

Введение слова

. Абдулла каххар,история,психика человека, психологизм,"вор",

"ужас", реалистический образ, герой, женская роль, внутренние переживания,
окружение, отношение, психологическое состояние.

Introductory words.

Abdullah Qahhor,story,human psyche, psychologism,"thief",

"Dahshat", realistic image, hero, role of women, internal experiences, environment,
attitude, psychological state.

Kirish:

Barcha xalqlar adabiyotini kuzatadigan bo‘lsak, qadimdan ayol obrazi

kulminatsion darajaga ko‘tarilganligining guvohi bo‘lamiz. Ertaklardan tortib to
zamonaviy adabiyotimizdagi Kumushbibiyu Zaynab , Zebi-yu Zabarjadlar qaysidir
jihatlari bilan adabiyotimizda milliy o‘zligimizni anglatadigan asosiy obrazlar sifatida
yashab kelmoqda.“Insonshunoslik bo‘lmish adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik,
ya’ni ayolni o‘rganish, uni kashf etish ilmidir. Kuzatsak eng qadimgi asarlar ham ayolga
bag‘ishlangan, ular konfliktini ayol va unga aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto aytish
mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol mavzusining badiiy tadqiqi, uning teranlasha borishi
bilan chambarchas bog‘liq” ekanligi barcha davrlar adabiyoti uchun xosdir. Darhaqiqat,
badiiy adabiyotda ayol obrazining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish adabiy jarayonning
umumiy qonuniyatlarini, ayniqsa milliy adabiyotlarni o‘zaro qiyosiy-tipologik aspektda
o‘rganishda yordam beradi. Ayol obrazi dunyo adabiyotida, aks etishi alohida mavqega
egadir.XX asrning dastlabki yillarida ham o‘zbek adabiyotida ayollar obraziga murojaat
qilish, ayol obrazlarining turfa qiyofalarini yaratish nasriy asarlarimizda ham ko‘rina
boshladi. Masalan: “Kecha va kunduz” romanidagi Zebi obrazi, “Qutlug‘ qon “
romanidagi Gulnor va boshqa obrazlarini ham keltirishimiz mumkin.Yana bundan
tashqari Abdulla Qahhorning “Dahshat” hikoyasidagi Unsin. Ma’lumki, har qanday
adabiyot o‘z g‘oya va personajlari bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, barcha zamonlarda
ayol siymosiga, ayol xarakterini ochib berishga bag‘ishlangan asar yaratilgan. Bu esa
ayolning jamiyat va insoniyat hayotidagi o‘rni, ayol timsolining dolzarbligidan dalolat
beradi. Jamiyatda xotin-qizlarning tengligi, ozodligi uchun erlari bilan tengma –teng


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

108

ishlashi mavzusi yorqin badiiy shaklda ochiladigan hikoyalardan biri bu Abdulla
Qahhorning “Mayiz yemagan xotin “ hikoyasidir. Shu g‘oyaga tish- tirnog‘i bilan qarshi
turgan mulla Norqo‘zi paranjisini ochgan xotin-qizlar sha’niga kecha-yu kunduz bo‘hton
to‘qiydi. Abdulla Qahhor o'zbek adabiyotining mohir hikoyanavislaridan bo'lib asarlarida
inson ruhiyatining murakkabligi chuqur tasvirlab ko'rsatgan.Uning "O'g'ri" hamda
"Daxshat" kabi hikoyalari qahramonning ichki kechinmalarini, ularning atrof-muhit bilan
munosabatini realistik tarzda yoritadi.Bu maqolada ,ushbu asarlarida inson ruhiyatining
qanday tasvirlanganligi o'rganiladi. Abdulla Qahhor o‘zbek realistik hikoyachiligining
asoschilaridan biri bo‘lib, adabiyotimizda bu janrning shakllanishi va o‘sishi uning nomi
bilan chambarchas bog‘liqdir. Abdulla Qahhor G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Oybek
kabi yozuvchilar bilan hamkorlikda ijod etib, hikoya janrining ko‘pgina namunalarini
yaratdi. Uning “Bemor”, “Anor”, “Dahshat”, “O‘g‘ri” kabi hikoyalari o‘zbek adabiyotida
hikoya janrining sezilarli darajada taraqqiy etishiga ta’sir ko‘rsatgan asarlar sirasiga
kiradi. Abdulla Qahhor hikoyalarini mazmuni va janr xususiyatlariga ko‘ra ikki guruhga
ajratib tahlil etish mumkin. Bularning bir guruhini o‘tmish haqidagi hikoyalar tashkil
qilsa, ikkinchi guruh hikoyalarning bosh qahramonlari zamondoshlarimizdir. Keyinchalik
esa, adib o‘tmish mavzusida yana “Dahshat” hikoyasini yaratdi.

Asosiy qism:

"O‘g‘ri" hikoyasida inson ruhiyatining tasviri

:“O‘g‘ri” hikoyasini tekstual tahlil

qilish ko‘proq samara beradi. Negaki, hajman mo‘jaz bu hikoyada badiiy maqsadga
xizmat qilmaydigan, personajlar tabiatini ochishga qaratilmagan bironta so‘z ham
uchramaydi. Binobarin, asarda nomuhim, ikkinchi darajali badiiy unsurning o‘zi yo‘q.
Shu bois, xuddi lirik asarlarni tahlil qilgandek, mazkur hikoyani ham tekstual usulda
o‘rganish samarali bo‘ladi. “O‘g‘ri” hikoyasi matni ustida ishlashni quyidagicha tashkil
qilish mumkin. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasi asosida kitobxonga o‘zgalar
baxtsizligi evaziga kun ko‘ruvchi manfaatparast kimsalarga nafrat, zulmga isyon hissini
shakllantirish, asardagi obrazlarni tahlil qilish, yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati va
istiqlol mohiyatini anglatishdan iborat. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasining tahlili.
“O‘g‘ri” da ham oddiy xalq hayotidan biri Qobil bobo. U asarda jabrdiyda chol bo‘lib
tasvirlanadi. “Dahshat” hikoyasidagi dodho bilan bir zamonda yashasada, biroq undan
farqi katta. Dodho boy-badavlat, sakkizta xotini bo‘lishi bilan birga, aql-farosati ham
joyida zulmkor shaxs bo‘lib tasvirlanadi. “O‘g‘ri” qahramoni haddan tashqari go‘l, nodon


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

109

odam, uning faolligi ham aslida nodonlik, go‘llik oqibati; u o‘z raqiblariga qarshi turish,
ularni dushman deb bilish o‘rniga, ularga o‘zini yaqin oladi, dushman bilan do‘st tutinadi,
ulardan yaxshilik kutadi, ularning ketidan tinmay yuguradi. Qobil boboning eng qaltis,
ayanchli vaziyatdagi holati ham, najot yo‘lidagi faol xatti- harakatlari ham kitobxonga
kulgili bo‘lib tuyulaveradi. Ammo shu o‘rinda bu kulgu fosh etuvchi tahqirlovchi kulgi
emas, bu kulgi zamirida oddiy odamga nisbatan zo‘r hurmat, oddiy odamni shu kuylarga
solib qo‘ygan muhitga nisbatan kuchli nafrat bor. Qobil bobo kulgili bo‘lib ko‘ringan
xatti-harakatlari bilan ham kitobxon simpatiyasini o‘z tomoniga tortadi. Kitobxon uning
nodonlarcha qilgan xatti-harakatlarini ko‘rib kuladi, ayni vaqtda uning nochor ahvoliga
achinadi, qayg‘uradi. Ma’lumki, asarda Qobil bobodan tashqari yana bir necha salbiy
personajlar –ellikboshi, amin, pristav obrazlari bor. Asarda bu obrazlarning yoshi
ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ular ham oddiy xalq hayotidan deb hisoblaymiz. Chunki
ellikboshi ham ko‘rdi, amin deganda yoshi ellik besh-oltmish besh yoshlardagi, qorin
solgan keksa avlodni tushunamiz. Hikoya voqeasi davomida Qobil bobo ular bilan bir
necha bor to‘qnashadi. Yozuvchi mahorati shundaki, salbiy personajlar tasvirida ham
asarning umumiy ruhiga mos ritmika to‘la saqlanadi, salbiy personajlar bilan bog‘liq
hodisalar ham kulgili tarzda davom etaveradi. Ammo gap salbiy personajlar ustiga
ko‘chganda kulgining xarakteri o‘zgaradi, u qahrli, kinoyali – kesatiq tusini olgan. “Qobil
boboning qo‘shnisi – burunsiz ellikboshi kiradi. O'g‘ilga kirib teshikni, ho‘kiz bog‘langan
ustunni qimirlatib ham ko‘rdi, so‘ngra Qobil boboni chaqirdi va pang tovush bilan dedi: -
Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi! A.Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasida takabbur
amaldorlar qiyofasini cheksiz istehzo bilan ko‘rsatadi. Hikoyada ho‘kizini o‘g‘ri
urganidan nima qilishini bilmay “dag‘-dag‘ titrab, tizzalari bukilib-bukilib ketayotgan,
ko‘zlari jovdirab hammaga qarasada hech kimni ko‘rmayotgan Qobil bobo” huzuriga
iltijo bilan kelganida amin uni “og‘zini ochmasdan qattiq kekirib, baqbaqasini
osiltirgancha kulib” bepisandlik bilan qarshi oladi. Adib uzundan-uzun tafsilotlarsiz bu
amaldorning bo‘kkanicha miriqib ovqatlangani, kunlari yeb-ichish, maishat bilan
o‘tganidan semirib, boqilgan ho‘kizday baqbaqasi osilib ketganiga e’tibor qaratadi. Qobil
bobo iltijo qilib, qo‘l qovushtirib ro‘parasida turgan paytda uyat, andishani, kambag‘al
bechoralarni hurmat qilishni unutgan amin “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha
burniga tiqib kuldi” degan. Kambag‘al-bechora chol bilan takabbur amaldorning muloqot-
munosabati, harakat-holatlari romanlardagidek keng batafsil tasvirlanmasa-da, “O‘g‘ri”da
bechora bir insonning tahqirlanishi manzarasi aniq namoyon qilingan. Ko‘rinib turibdiki,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

110

mohiyat e’tibori bilan amin ellikboshining o‘zginasi, u ham kambag‘alga aslo
qayishmaydi, cholni laqillatadi, paytdan foydalanib bir narsali bo‘lib qolishini o‘ylaydi.
Lekin u ellikboshidan farqli o‘laroq, asl qiyofasiniyashirib o‘tirmaydi, cholni bemalol
masxaralaydi, odob-axloq qoidalarini bir yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib, beibo xatti-harakatlar
qiladi. Keksa kambag‘al choldan uyalmasdan pora so‘raydi. Qobil bobo keksa avlod
vakili. U dodhodan farqli o‘laroq, azob, qayg‘u-sitam, xo‘rlanishlar qurboniga aylanadi.
“O‘g‘ri” hikoyasidagi хаlq hayotining ifodalanishini ko‘rib chiqdik. Bu hikoyalarning
yozilish davri bir bo‘lib, bitta zamon va makon yoritiladi. Bu davrdan chiqib, keyingi o‘n
yigirma yillik davr ichida yozilgan asarlaridagi хаlqhаyotidagi ma’naviy qashshoqlik
oldingi asarlaridan ancha farq qiladi "O‘g‘ri" hikoyasida, yozuvchi qahramonning ichki
kechinmalarini chuqur yoritadi. Hikoyadagi voqealar va personajlar orqali, insonning
ichki dunyosi va uning atrof-muhitga ta'siri ko'rsatiladi. Bu asarda, qahramonning ruhiy
holati va uning atrof-muhit bilan munosabati realistik tarzda tasvirlangan.

"Dahshat" hikoyasida psixologik tasvir:

Abdulla Qahhorning “Dahshat”

hikoyasi haqida toʻxtaladigan boʻlsak, u betakror tarzda yozilgan hikoyalaridan biridir.
Adib koʻplab hikoyalari bilan mashhur, ammo uning hikoyalari ichida muhim ahamiyatga
ega va taʼsirchan yoritib berilgan asar bu “Dahshat” hikoyasidir. Bu hikoyada Dodhoning
bemehrligi, beparvoligi yaqqol aks etib turadi, shuningdek, Dodhoning bunday qiliqlariga
ortiq dosh berishni xohlamagan Unsin hattoki, izgʻirin shamol uvillab turgan paytda,
goʻristonga borib qumgʻonda suv qaynatib kelishga ham rozi boladi. Aslini olganda
bunday havoda oddiy odam goʻristonga borish tugul kochada yurishga qo‘rqadigan bir
payt Unsinni bemehr dodho goʻristonga yuboradi, chunki Unsinni o‘zi bunga rozi bolgan
edi. Buning sababi shundaki, Unsin goʻristonga borib suv qaynatib kelish sharti bilan
boradi va u bu shartni bajarolsa, oʻz yurti Shohimardonga ota- onasining oldida umrbod
ular bilan birga boladi, ya’ni shartni uddasidan chiqsa, Dodho uning javobini berishi kerek
edi .Unsin goʻristonga bordi ham, u suvni qaynatib boʻlgach, ichidagi ulkan qoʻrquv bilan
ketayotganda, paranjisi qolib ketgani yodiga tushadi va ortga qaytib uni olib kelayotgan
paytda oyogʻi behosdan yerga kirib ketadi. Unsin bundan qoʻrqib, oyogʻi oʻlikning
qorniga kirib ketganday boʻladi va arang katta koʻchaga chiqib oladi soʻng uyiga
qaytayotganda birdan hushidan ketadi, chunki razil Dodho Unsinni tekshirib kelish uchun
oʻz maymunini jonatgandi. Maymun Unsinning yelkasiga bir sakragandi Unsin qoʻrqib
yiqildi, chunki Unsin uni arvoh deb oʻylagandi-da va keyin Unsin ancha vaqtdan soʻng


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

111

oʻziga keladi va arang uyiga yetib keladi va peshinga bormay joni uziladi. "Daxshat"
hikoyasida yozuvchi qahramonning ruhiy holatini va uning atrof-muhit bilan
munosabatini chuqur tahlil qiladi. Hikoyadagi voqealar va personajlar orqali, inson
ruhiyatining murakkabligi va uning atrof-muhitga ta'siri ko'rsatiladi. Bu asarda,
qahramonning ichki kechinmalari va uning atrof-muhit bilan munosabati realistik tarzda
tasvirlangan.

Mayiz yemagan xotin hikoyasida ayol obrazining tasviri.

"Mayiz yemagan

xotin" hikoyasida, yozuvchi ayollarning jamiyatdagi o'rni, ularning ichki dunyosi va
ijtimoiy roli haqida chuqur fikr yuritadi. Hikoyadagi ayol obrazlari, ularning jamiyatdagi
o'rni va roli haqida muhim ma'lumotlar beradi. Bu asar, ayollarning jamiyatdagi o'rnini
yoritishda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa:

Abdulla Qahhorning "O'g'ri" hamda "Daxshat" kabi hikoyalari, inson

ruhiyatining murakkabligini chuqur tasvirlaydi.Yozuvchi, qahramonlarning ichki
kechinmalarini, ularning, atrof- muhit bilan munosabatini realistik tarzda yoritadi.Bu
asarlar ,inson ruhiyatining murakkabligini va uning atrof-muhitga ta'sirini chuqur
tushunishga yordam beradi. Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, adibning “Dahshat”,
“O‘g‘ri”, hikoyalarida insonga achinish, mehr-shavqat tuyg‘usidan mahrum kimsalarning
bechora kishilarni xo‘rlashdan cheksiz lazzatlanishi, betakror manzaralarda, ta’sirchan
detallarida ko‘rsatiladi. Ayniqsa, “Dahshat” hikoyasida Unsinning qabriston oldiga
borgan tasviri, uning ruhiyatini, qabristondan qaytganda undagi bo‘lgan ruhiy
kechinmalarni kitobxon hikoyani o‘qiganda his eta oladi va go‘yoki, o‘sha muhitga o‘zini
tushib qolgandek o‘ylaydi. Abdulla Qahhor hikoylarida har bir obrazlarning detallari,
uning ruhiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Yuqoridagi hikoyalarni mutolaa qilish
jarayoni hamisha o‘quvchini mahzun qilib qo‘yadi. Chunki ularda insoniy
munosabatlarning murakkabligi gavdalantiriladi. Ammo yozuvchi manman kimsalarga
qahr-g‘azabini ham, kambag‘al bechoralarga achinish tuyg‘usini ham oshkora izhor
qilmaydi. Insondagi kechayotgan ruhiy kechinmalarini go‘yoki, mavhum, goho oshkora
tasvirlaydi. U voqelikni odamlar munosabatidagi ziddiyatni xolis turib gavdalantiradi.
Bechora odamlarga achinish, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish, qo‘lidan kelgancha
ko‘maklashish har bir inson uchun sharaf sanaladi. Abdulla Qahhor ulug‘ ijodkorlar ilgari
surgan insonparvarlik g‘oylariga mos betakror asarlar yaratdi va o‘zbek adabiyotida
o‘zining mohir hikoyanavisligi to‘laligicha namoyon eta bildi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

112

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

:

1. E.Xudoyberdiyev “ Adabiyotshunoslikka kirish’’Toshkent “Sharq” 2008

2. H. Umurov “Adabiyor nazariyasi’’ Toshkent, “Merius’’ 2004

3. Abdulla Qahhor. Anor: [Hikoya] // “Sharq yulduzi”. 1982

4. Abdulla Qahhor. Dahshat:[hikoya]// “Sharq yulduzi”.1907

5. Abdulla Qahhor. O‘g‘ri:[Hikoya]// “Sharq yulduzi”.1936

6. Dehqonova, M., & Mirzagaliyeva, U. B. qizi. (2023). Oriens.

7. Jabaraliyeva, S. N., & Usmonova, S. S. (2023). Tadqiqotlar.

8. Mo‘minova, C. A. (2022). Educational Research in Universal Sciences.

9. Abdullayev, A., & Mirzayeva, D. I. (2022). Oriens.

10. Elektron manba: www.ziyonet.uz

Библиографические ссылки

E.Xudoyberdiyev “ Adabiyotshunoslikka kirish’’Toshkent “Sharq” 2008

H. Umurov “Adabiyor nazariyasi’’ Toshkent, “Merius’’ 2004

Abdulla Qahhor. Anor: [Hikoya] // “Sharq yulduzi”. 1982

Abdulla Qahhor. Dahshat:[hikoya]// “Sharq yulduzi”.1907

Abdulla Qahhor. O‘g‘ri:[Hikoya]// “Sharq yulduzi”.1936

Dehqonova, M., & Mirzagaliyeva, U. B. qizi. (2023). Oriens.

Jabaraliyeva, S. N., & Usmonova, S. S. (2023). Tadqiqotlar.

Mo‘minova, C. A. (2022). Educational Research in Universal Sciences.

Abdullayev, A., & Mirzayeva, D. I. (2022). Oriens.

Elektron manba: www.ziyonet.uz