NERV TO'QIMASI

Аннотация

Ushbu maqolani yozishdan maqsad nerv to’qimasining shakllanishi tuzulishi va inson hayotidagi ahamiyati.Shu jumladan nerv to'qimasining inson organizmidagi vazifalari masalan axborotni qabul qilish, uzatish, va unga javob qaytarish bundan tashqari bilim olish, eslab qolish, tajriba to'plash funksiyalari ham nerv to’qimasi orqali amalga oshiriladi va bularni hosil qiluvchi to’qima va hujayralar vazifasi ham muhimlidir.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15668573
CC BY f
94-101
7

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Xudoynazarov Xasan Yusuf o’g’li, & Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich. (2025). NERV TO’QIMASI. Журнал универсальных научных исследований, 3(6), 94–101. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/110696
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolani yozishdan maqsad nerv to’qimasining shakllanishi tuzulishi va inson hayotidagi ahamiyati.Shu jumladan nerv to'qimasining inson organizmidagi vazifalari masalan axborotni qabul qilish, uzatish, va unga javob qaytarish bundan tashqari bilim olish, eslab qolish, tajriba to'plash funksiyalari ham nerv to’qimasi orqali amalga oshiriladi va bularni hosil qiluvchi to’qima va hujayralar vazifasi ham muhimlidir.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

94

NERV TO'QIMASI

Xudoynazarov Xasan Yusuf o’g’li

Xasanxudoynazarov63@gmail.com

Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich

eshquvvatbekmirzaev@gmail.com

Termiz Iqtisodiyot va Servis Universiteti, Termiz Shahar farovon massivi 43- B

Annotatsiya:

Ushbu maqolani yozishdan maqsad nerv to’qimasining shakllanishi

tuzulishi va inson hayotidagi ahamiyati.Shu jumladan nerv to'qimasining inson
organizmidagi vazifalari masalan axborotni qabul qilish, uzatish, va unga javob qaytarish
bundan tashqari bilim olish, eslab qolish, tajriba to'plash funksiyalari ham nerv to’qimasi
orqali amalga oshiriladi va bularni hosil qiluvchi to’qima va hujayralar vazifasi ham
muhimlidir.

Kalit so'zlar:

Nerv to’qimasi, akson, miyelinsiz, dentrit, axborot uzatish, glial hujayralar,

neyron,sinaps, neyrositlar, neyron sitoplazmasi, neyrofibrillalar, nerv toj hujayralari.

Аннотация:

Целью написания данной статьи является изучение формирования и

строения нервной ткани, а также ее значения в жизни человека. В том числе
функции нервной ткани в организме человека, такие как прием, передача и
реагирование на информацию, также осуществляются посредством нервной ткани,
а также важны функции тканей и клеток, которые ее образуют.

Ключевые слова:

Нервная ткань, аксон, немиелинизированный, дендрит, передача

информации, глиальные клетки, нейрон, синапс, нейроциты, цитоплазма нейрона,
нейрофибриллярные

клетки,

клетки

нервного

венца.

Abstract:

The purpose of writing this article is to study the formation and structure of

nervous tissue and its importance in human life. Including the functions of nervous tissue
in the human div, such as receiving, transmitting, and responding to information, are
also carried out through nervous tissue, and the functions of the tissues and cells that form
them are also important.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

95

Keywords:

Nervous tissue, axon, unmyelinated, dendrite, information,transmission, glial

cells, neuron, synapse, neurocytes, neuronal cytoplasm, neurofibrillar cells, nerve crown
cells

Kirish:

Nerv toʻqimasi

— nerv sistemasining asosiy toʻqimasi. Organizmda taʼsirotni

qabul qilib, qoʻzgʻalishni oʻtkazib beradi. Nerv sistemasi organizmning funksiyalari va
faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi. U ikki qismdan iborat: bosh va orqa
miyani oʻz ichiga olgan

markaziy nerv sistemasi

(CNS) va ulardan chiqadigan periferik

nervlarni oʻz ichiga olgan periferik nerv sistemasi (PNS). U impulslarni qabul qiluvchi va
uzatuvchi nerv hujayralari deb ham ataladigan neyronlardan va nerv impulsining
tarqalishiga

yordam

beruvchi

hamda

neyronlarni

oziq

moddalar

bilan

taʼminlaydigan

glial hujayra

lar yoki glia deb ham ataladigan

neyrogliyalardan

iborat

]

.

Nerv toʻqimasi tarkibiga kiruvchi neyron turlari xilma-xil boʻlib, ularning barchasi
oʻzida

akson

deb nomlanuvchi oʻsimta saqlaydi. Akson bir hujayradan keyingi

hujayraga

harakat potensiali

ni uzatuvchi "yoʻl" vazifasini bajaradi. Akson toʻplamlari

PNSdagi nervlarni va markaziy asab tizimidagi yoʻllarni tashkil qiladi. Nerv toʻqimasi
organizmning barcha a’zolarini oʻzaro aloqada boʻlishini hamda organizmni tashqi muhit
bilan bogʻlanishini ta’minlab turadi.

Nerv hujayrasi uchun xos birliklar:

Oʻsimtalar (dendrit,akson), xromatofil substansiya yoki

tigroid

modda (

Nissl

moddasi),

neyrofibrillalar. Tigroid modda Nissl tomonidan 1889-yilda aniqlangan, hujayraning
sitoplazmasi

(erkin

ribosomalar

va

DET

joylashgan

sohalarda

koʻproq)

va

dendritlarida

joylashadi.

Neyrit

larda (aksonda) esa bu modda boʻlmaydi. Tigroid

modda maxsus vazifalar uchun zarur oqsillarni sintezlaydi. Tigroid modda miqdori
hujayra funksional holati bilan bogʻliq: hujayra zoʻriqib yoki uzoq ishlaganda (stress) va
jarohatlarda (butunligi buzilishi, kislorodning yetishmasligi, zaharlanish) modda eriydi
(xromatoliz/tigroliz) va yoʻqoladi. Hujayra narmal hayotga qaytsa tigroid modda qayta
tiklanadi. Yuqorida aytilgan oʻsimtalar ikki turli bo’ladi: dendrit va akson (neyrit).
Dentritlar uzun bo’lmaydi va ta’sirotlarni qabul qilish vazifasini bajaradi. (axborot qabul
qilgandan keyin unga ishlov beruvchi qism hamdir.) Dendritlar miqdori turli neyronlarda
turlicha bo’lishi mumkin, biz biladigan sezgi retseptorlari aynan dentritlarning maxsus


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

96

turlaridir. Dentritlar sonining qanchalik koʻp boʻlishi (tarmoqlanishi) hujayraning axborot
qabul qiluvchi sathini oshiradi. Aksonlar deyarli butun uzunligi bo’ylab diametri bir xil
boʻlsa, dendritlar tarmoqlangan sari ingichkalashadi.

Ney ron hujayra sitoplazmasi yuqori darajada funksional sintetik hususiyatga ega bo‘lgan
neyronlar maxsuslashgan plazmolemmaga ega, ulami sitoplazmasi organellalarga boy.
Neyron hujayra sitoplazmasi boshqa hujayralar sitoplazmasidan farqli o‘laroq, ta’sirotni
o‘tkazish xususiyatiga ham ega. Yuqorida aytilgan so‘zlarga hulosa qilib shuni aytish
kerakki, fibrilyar strukturalar (neyrofibrillalar, mikronaychalar, mikrofelamentlar) bular
birgalikda hujayra sitoplazmasida tayanch — qisqarishni va moddalanu nerv tolalariga
tashiydi. Donador endoplazmatik to‘rda oqsil sintezi kuchli kechadi. Uni bu borada oqsil
ishlovchi bezlar bilan taqqoslash mumkin. Funksional holatning o‘zgarishiga qarab, Nissl
substansiyasida oqsil sintezi o‘zgarib turadi. Patologik holatda endoplazmatik to‘r bilan
bog‘liq bo‘lgan ribosomalar soni kamayib, aksincha, erkin ribosomalar soni ko‘paysa,
buni nerv hujayrasining patologik indeksi deyiladi. Nishonlangan aminokislotalar
yordamida neyronlardagi oqsillaming aylanish vaqti (sirkulyatsiyasi) aniqlangan. Shunga
ko‘ra nerv hujayrasi tanasidagi oqsillar ikki guruhga: tez va sekin aylanadigan oqsillarga
bo‘linadi. Neyronlarda tez aylanadigan oqsillar bir kun, sekin aylanadigan oqsillar 15 kun
saqlanar ekan. Sekin aylanadigan oqsillar neyron tanasining asosiy oqsillari bo‘lib
hisoblanadi. Nerv hujayrasi faqatgina quruvchi oqsillamigina sintez qilib qolmasdan,
balki hujayraning normal ishlash faoliyati uchun ham kerak boMgan oqsillarni
sintezlaydi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

97

Nerv hujayrasining sitoplazmasida ko‘p sonli mitoxondriyalar bo£lib, ular oqsilning
chiqish joyida, retseptorlar va neyronlararo sinapslar sohasida ko‘proq joylashgan bo‘ladi.
Mitoxondriyalar tashqi ekstremal omillarga, ayniqsa kislorod yetishmasligiga va
kimyoviy zaharli moddalar ta’siriga boshqa organellalarga nisbatan sezuvchandir.
Mitoxondriyalar hujayralarni birgina energiya bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki
sekret hosil qilishda, metaboliya jarayonlarida ham ishtirok etadilar. Neyron
hujayrasining sitoplazmasida ko‘p miqdorda har xil kattalikda (0,3-2,0 mkm) joylashgan
lizosoma bor. Bu lizosoma o‘zida ko‘pgina parchalovchi gidrolitik fermentlami tutadi
(asosan kislotali gidrolaza). Bu organella boshqa hujayralardagi kabi nerv hujayralarida
ham fagositarlik vazifani bajaradi.

Neyrosekretor hujayralar

neyromediator biologik faol moddalami sintezlash

xususiyatiga ega. Ulami sekretor neyronlar 9 yoki neyrosekretor hujayralar, deb aytiladi.
Ularda neyrosekret tigroid modda bilan bog‘liq holda sintezlanadi. Neyrosekretor
hujayralaming o ‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: neyrosekretor
hujayralaming akson va dendritlarini bir-biridan farq qilish qiyin, sekretor donachalar
aksondan tashqari hujayraning hamma joyiga tarqalgan va nihoyat hujayra organellalari
yaxshi rivojlangan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

98

Neyrosekret Golji apparatida donador ko‘rinishda shakllanadi, bundan tashqari
polisaxaridlar bilan to^yinishi ham mumkin. Yetilgan sekretor mahsulotlar aksonlar
bo‘ylab suriladi va o‘simtalaming oxirlaridan qonga yoki miya suyuqligiga ajraladi.

Dendritlar

qalinligi bir tekis bo‘lmagan, sitomembranadan ko‘plab turtib chiquvchi bo‘rtmalar—
tikanaklar tutadi. Tikanaklarda sinapslar hosil boMganligi uchun ular dendrit yuzasining
40 foizini tashkil etib, sinaptik maydonni kengaytiradi. Neyrositlardagi dendritlar soni
bittadan bir necha mingtaga boradi. Dendrit neyroplazmasi mikronaychalar, kam
miqdorda neyrofilamentlar va boshqa doimiy organellalami tutadi. Dendritlar -
impulslami nerv hujayrasiga yo‘naltiruvchi hisoblansa, aksonlar esa impulsni nerv
hujayrasi tanasidan tashqariga olib chiqadilar. Dendritlaming oxirlarida do‘mboqchalar
bo‘lib, bu do‘mboqchalar sinapslami hosil qiladi.

Aksonlar yoki neyritlar

shoxlanmaydi va bo‘rtmalar, tikanaklar tutmaydi. Akson —

“axsis” o‘q so‘zidan olingan. Neyrositlarda bitta neyrit bo‘ladi. Neyritlar neyrosit
tanasidan akson do‘mboqchasi boMib, biroz kengaymahosil qilib boshlanadi. Akson
aksolemma bilan qoplangan bo‘lib, uning sitoplazmasi aksoplazmadeyiladi. Akson
keyinchalikgliyaqobig‘i bilanqoplanib, nerv tolasini hosil qiladi. Akson do‘mboqchasi
tigroid modda tutmaydi. Akson neyroplazmasida ko‘p sonli mikronaychalar orasida,
neyrofilamentlar joylashadi. Bu yerda endoplazmatik to‘r va cho‘zinchoq shakldagi
mitoxondriyalar ham mavjud.

Nerv tolalari.

Nerv tolalari tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

1. Miyelinsiz nerv

tolalari

;

2. Miyelinli nerv tolalari. Miyelinsiz nerv tolalari

vegetativ nerv tizimida ko‘proq

uchrab, asosan ichki a’zolarga boruvchi nervlar tarkibida boiadi va juda ko‘p sezuvchi
nervlami hosil qiladi. Miyelinsiz nerv tolalari o‘zida2-3, ba’zan20tagachao‘q silindr tutib,
neyrolemmositlardan iborat qobiq bilan qoplangan. Bunda o‘q silindr neyrolemmosit
sitoplazmasiga invaginat (invaginatsiya so'zidan olingan) sifatida botib kiradi. Lemmosit
qobig‘ining burmalari o‘q silindr ustida birikadi va shu birikish sohasi mezakson
(juftlashgan

membrana)

deb

nomlanadi.

Hujayradagi

mezaksonlar

soni

neyrolemmositlardagi o‘q silindr soniga bog‘liq bo‘ladi.

Miyelinli nerv tolalarida

neyron o‘simtasi ustidan miyelinli qobiq o‘rab turadi.

Organizmda ko‘p tarqalgan bu tolalar uzun ipsimon tuzilishga ega boiib, miyelinsiz tolaga


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

99

nisbatan qalinroq bo‘ladi. Miyelinli nerv tolasi ikki qismdan: ichki — ancha qalin, tashqi
- yupqaroq qismdan iborat, osmiy kislotasi bilan bo‘yalganda miyelin qismi to‘q jigar
rangga bo'yaladi. Chunki uning tarkibida lipid va oqsil moddalar bo’ladi.

Nerv oxirlari

- nerv

tolasining oxirgi qismi. Funksional jihatdan nerv oxirlari: sezuvchi (retseptor),
harakatlantiruvchi (efTektor) nerv oxirlariga bo‘linadi. Retseptorlar sezgi ta’sirotlarini
qabul qilsa, effektorlar qo‘zg‘alishni ichki a’zolarga, mushak to‘qimasiga yetkazadi.
Uchinchi xil nerv oxirlarini sinapslar (neyronlararo sinapslar) tashkil qiladi. Ular bir
neyron oxirini ikkinchi neyron bilan bog‘laydi.

Retseptorlar

ular ta’sirlanuvchi maxsus

(neyroepitelial, neyrogliya) hujayralardan, sezuvchi nerv hujayrasi va dendrit o‘simtalavi
uchlaridan iborat. Tashqi ta’sirotni qabul qiluvchi retseptorlar - ekstraretseptorlar, ichki
ta’sirotni qabul qiluvchilari esa intraretseptorlar deb ataladi. Sezuvchi nerv oxirlari qabul
qiladigan ta’sirotining turiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi: taktil retseptorlar (hissiyotni
qabul qilish), termoretseptorlar (sovuq va issiq haroratni sezish), baroretseptorlar
(bosimni

sezish),

xemoretseptorlar

(kimyoviy

moddalar

ta'sirini

sezish),

mexanoretseptorlar (mexanik ta’sirotni sezish), algoretseptorlar (og‘riqni sezish) va
boshqalar.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

100

XULOSA:

Nerv to’qimasi- bu organizmda ma’lumotlarni tezkor uzatish va qayta ishlash

vazifasini bajaruvchi murakkab va juda muhim to’qimadir. U neyronlar orqali elektr
impulslari shaklida signallarni tezda uzatadi, bu orqali tananing turli qismlari o’rtasida
tezkor aloqa o’rnatiladi. Nerv to’qimasi markaziy nerv tizimi (miya va orqa miya) hamda
periferik nerv tizimining asosini tashkil qiladi.Bu to’qima yordamida organizm atrof
muhitdagi o’zgarishlarga moslashadi, reflekslar hosil bo’ladi va murakkab harakatlar
boshqariladi.Shuningdek nerv to’qimasi organizmning ichki muhitini nazorat qilib,
uyg’unlik va barqarorlikni ta’minlaydi. Nerv to’qimasi samarali ishlashi uchun neyronlar
va glial hujayralarning o’zaro hamkorligi muhimdir, chunki glial hujayralar neyronlarni
himoya qilib ,ularning faoliyatini qo’llab quvvatlaydi. Umuman olganda, nerv to’qimasi
hayot faoliyatining asosi bo’lib, har qanday hayotiy jarayonning boshqarilishi va
muvofiqligini ta’minlaydi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

1.Q.R. To xtayev Gistologiya sitologiya embriologiya.Il gism/ F.X. Azizova, M.A.
Abduraxmanov, E.A. Tursunov, K.I. Rasulev, M.X.
Raxmatova/. Darslik. - Toshkent: "INNOVATSIYA ZIYO",, 2024- 444 bet.
2. "Topografik anatomiyadan darslik" - R. D.
Sinelnikov
Yurak va gon tomirlarning joylashuvi, tuzilishi va o'zaro bog'ligligini batafsil
tushuntiradi. 3."Inson anatomiyasi" - M. R. Sapin
Asosiy darsliklardan biri bo lib, yurak tuzilmasi va qon aylanish sistemasi hagida keng
qamrovli ma'lumot beradi.
4."Normal fizielogiya" - N. Te'xtasinova
O'zbek tilide yuralk va gon aytanish tizimi faollyati hagida yaxshi tushuntiravehi kitob.
Tibbiyot institutiart uchun anatomiya va fialologiya darsllttani - O'abekiaton SSV
tasdiglagan darsliklar.
5. Ross & Pawlina - Histology: A Text and Atlas
Till: inglizche
Afzalligi: Har bir tizim boyicha mikroskopik tuzilma + klinik korrelyatsiyalar bilan
boyitilgan. Yurakdagi mushak tolalari, o tkazuvchi sistema va gon tomiriarning
histologiyasi juda yaxshi tasvirlangan.
1. Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли,


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

101

Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Витамин А
.

Лучшие интеллектуальные исследования

,

10

(3), 92–94. Retrieved from

https://webjournal.ru/journal/article/view/1923

2. Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли,
Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Мочевина
.

Лучшие интеллектуальные исследования

,

10

(3), 85–87. Retrieved from

https://webjournal.ru/journal/article/view/1919

3. Bekmirzayev , E. R., Xalilov , D. B., & Aminova , M. N. qizi. (2023). Bugungi kundagi
transport vositalarining atmosferaga kimyoviy chiqindi gazlarini tarqatishining dolzarb
muommolari.

Golden brain

,

1

(2), 325–328. Retrieved from

https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1362

4. Bekmirzayev , E., & Allaberdiyev , H. (2024). Kaliforniya qizil chuvalchangidan
olingan
ekstraktining tarkibi, xususiyati va odam terisiga ta’sir mexanizmini o’rganish.

Synapses:

Insights across the Disciplines

,

1

(4), 275–279. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/63957

5. Нарзиева , Ф., Saidov , J., & Bekmirzayev , E. (2024). Невро-онкология: мия
ўсмалари, уларни даволаш ва уларга қарши курашда замонавий
ёндашув.

ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research

,

1

(4), 281–

287. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63599

6. Xolmurodov , I., Bekmirzayev , E., & Tilloyev , S. (2024). Bakteriyalarning
bioplenkasi.

ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research

,

1

(4), 210–

216. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63585

7. Ахмадова, Д. К. к., & Бекмирзаев, Э. Р. (2023). Морфология желчного пузыря и
желчного сфинктера при верхней дуоденоеюнальной обструкции.

Scholar

,

1

(18),

189–195. Retrieved from

https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/4244

8. ДК кизи Ахмадова, ЭР

Бекмирзаев

. SCHOLAR 1 (18), 189-195, 2023.

2023.

БИЛИРУБИН

.

ИР Бекмирзаев

.

PEDAGOGS jurnali 32

(

2

),

27-31

, 2023.

2023. Muscle Biochemistry.

Библиографические ссылки

Q.R. To xtayev Gistologiya sitologiya embriologiya.Il gism/ F.X. Azizova, M.A. Abduraxmanov, E.A. Tursunov, K.I. Rasulev, M.X.

Raxmatova/. Darslik. - Toshkent: "INNOVATSIYA ZIYO",, 2024- 444 bet.

"Topografik anatomiyadan darslik" - R. D.

Sinelnikov

Yurak va gon tomirlarning joylashuvi, tuzilishi va o'zaro bog'ligligini batafsil tushuntiradi. 3."Inson anatomiyasi" - M. R. Sapin

Asosiy darsliklardan biri bo lib, yurak tuzilmasi va qon aylanish sistemasi hagida keng qamrovli ma'lumot beradi.

"Normal fizielogiya" - N. Te'xtasinova

O'zbek tilide yuralk va gon aytanish tizimi faollyati hagida yaxshi tushuntiravehi kitob. Tibbiyot institutiart uchun anatomiya va fialologiya darsllttani - O'abekiaton SSV tasdiglagan darsliklar.

Ross & Pawlina - Histology: A Text and Atlas

Till: inglizche

Afzalligi: Har bir tizim boyicha mikroskopik tuzilma + klinik korrelyatsiyalar bilan boyitilgan. Yurakdagi mushak tolalari, o tkazuvchi sistema va gon tomiriarning histologiyasi juda yaxshi tasvirlangan.

Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли,

Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Витамин А

. Лучшие интеллектуальные исследования, 10(3), 92–94. Retrieved from https://webjournal.ru/journal/article/view/1923

Бекмирзаев Эшкувват Рузибоевич, Абдуназаров Миржалол Худойшукур угли,

Тогаев Азизбек Алиёр угли, & Ашурова Шахноза Ортик кизи. (2023). Мочевина

. Лучшие интеллектуальные исследования, 10(3), 85–87. Retrieved from https://webjournal.ru/journal/article/view/1919

Bekmirzayev , E. R., Xalilov , D. B., & Aminova , M. N. qizi. (2023). Bugungi kundagi

transport vositalarining atmosferaga kimyoviy chiqindi gazlarini tarqatishining dolzarb

muommolari. Golden brain, 1(2), 325–328. Retrieved from

https://researchedu.org/index.php/goldenbrain/article/view/1362

Bekmirzayev , E., & Allaberdiyev , H. (2024). Kaliforniya qizil chuvalchangidan olingan

ekstraktining tarkibi, xususiyati va odam terisiga ta’sir mexanizmini o’rganish. Synapses:

Insights across the Disciplines, 1(4), 275–279. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/63957

Нарзиева , Ф., Saidov , J., & Bekmirzayev , E. (2024). Невро-онкология: мия

ўсмалари, уларни даволаш ва уларга қарши курашда замонавий

ёндашув. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 1(4), 281–

Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63599

Xolmurodov , I., Bekmirzayev , E., & Tilloyev , S. (2024). Bakteriyalarning

bioplenkasi. ACUMEN: International Journal of Multidisciplinary Research, 1(4), 210–

Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aijmr/article/view/63585

Ахмадова, Д. К. к., & Бекмирзаев, Э. Р. (2023). Морфология желчного пузыря и

желчного сфинктера при верхней дуоденоеюнальной обструкции. Scholar, 1(18),

–195. Retrieved from

https://researchedu.org/index.php/openscholar/article/view/4244

ДК кизи Ахмадова, ЭР Бекмирзаев. SCHOLAR 1 (18), 189-195, 2023.

БИЛИРУБИН. ИР Бекмирзаев. PEDAGOGS jurnali 32 (2), 27-31, 2023.

Muscle Biochemistry.