«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
SUV TEJOVCHI GULTUVAK
A.A.Xojimatov, M.A.Abdimutalibjonova
Andijon Davlat Texnika Instituti
katta
oʻqituvchi, iqtidorli talaba
Annotatsiya
Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda noan’anaviy va resurs
tejamkor texnologiyalardan foydalanishda suv tejovchi texnologialarning oʻrni
beqiyos. Ushbu maqolada gulchilik
va koʻchatchilik sohasini rivojlantirish
maqsadida
zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash haqida soʻz boradi.
X
ozirgi vaqtga kelib eng ommalashib borayotgan sohalardan biri boʻlib, xar
-bir
tuman miqyosida gulchilik klasterlari va shirkatlari ish olib bormoqda. Bunda
manzarali va xona gullarining maxalliy va xorijiy navlari yetishtirilib, xalqimiz
e’tiboriga taqdim etib kelinmoqda. Import oʻrnini bosuvchi turli qimmatbaho gul
navlarini oʻstirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu maqolada asosan gulchilik va koʻchatchilikni rivojiga katta hissa qosh
adigan
innovatsion gultuvakni ishlab chiqarishga tavsiya etish bo`yicha ilmiy yangiliklar
keltirib o`tilgan.
Аннотация.
Роль вод сберегающих технологий в развитии аграрного
сектора, использующего нетрадиционные и ресурсосберегающие технологии, не
имеет себе равных. В статье рассматривается использование современных
технологий для развития цветоводства и питомниководства.
В настоящее время это одна из самых популярных отраслей, в каждом
районе действуют кластеры и компании по цветоводству. В связи с этим
выращиваются и представляются вниманию нашего народа местные и
зарубежные сорта декоративных и комнатных цветов. Большое внимание
уделяется также выращиванию различных ценных сортов цветов, способных
заменить импорт.
524
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
В данной статье в основном представлены научные новости, посвященные
рекомендациям по производству инновационных цветочных горшков, которые
внесут значительный вклад в развитие цветоводства и садоводства.
Abstract.
The role of water-saving technologies in the development of the
agricultural sector using non-traditional and resource-saving technologies is
unparalleled. The article discusses the use of modern technologies for the development
of floriculture and nursery.
Currently, this is one of the most popular industries, in each region there are
clusters and companies on floriculture. In this regard, local and foreign varieties of
ornamental and indoor flowers are grown and presented to the attention of our people.
Much attention is also paid to the cultivation of various valuable varieties of flowers
that can replace imports.
This article mainly presents scientific news dedicated to recommendations for
the production of innovative flower pots that will make a significant contribution to the
development of floriculture and gardening.
Kalit soʻzlar
:
Gulchilik, klaster,
koʻchatchilik
, innovatsiya, gultuvak, sensor.
Ключевые слова:
Цветоводство, кластер, рассада, инновация, клумба,
датчик.
Keywords:
Floriculture, cluster, seedling, innovation, flowerbed, sensor.
Gulchilik xozirgi vaqtga kelib eng ommalashib borayotgan sohalardann biri
boʻlib, xar
-bir tuman miqyosida gulchilik klasterlari va shirkatlari ish olib bormoqda.
Bunda manzarali va xona gullarining maxalliy va xorijiy navlari yetishtirilib, xalqimiz
e’tiboriga taqdim etib kelinmoqda. Import oʻrn
ini bosuvchi turli qimmatbaho gul
navlarini oʻstirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 avgustdagi PQ
-
5209-
sonli “Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada
rivojlantiri
sh toʻg’risida”gi qarorni imzoladi
[1]. Qarorga muvofiq: tadbirkorlik
sub’ektlarini gulchilik va koʻchatchilik bilan shug’ullanishga qiziqtirish, ularni bilim
va koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun oʻqitish, shu jumladan xorijiy davlatlarda oʻqitish,
shuningdek, bu jarayonga xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni jalb qilish;
525
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Gul yetishtiruvchilar uyushmasi bilan birgalikda uch oy muddatda gulchilikka
ixtisoslashgan tumanlarda tajriba tariqasida gulchilik sohasida tajribaga ega boʻlgan
tadbirkorlar tomonidan gulchilik klasterlari tashkil qilinishini ta’minlash vazifalari
yuklatildi.
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablag’larning kamida 10
foizi gulchilik loyihalarini tashkil qilish uchun ajratilishi ham qarorda belgilab oʻtilgan
.
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga ochiq
maydonda hamda issiqxonalarda gul yetishtirish boʻyicha agrotexnik tadbirlarni
oʻrgatish maqsadida Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlarida har birining maydoni
2 soti
x boʻlgan 25 ta
“
Gulchilik oʻquv poligon
”larini tashkil etish uchun 0,5 gektar yer
maydoni ijaraga beriladi; “
Gulchilik oʻquv poligon
”
larida oʻquv kurslarini
muvaffaqiyatli tugatgan va maxsus sertifikat olgan ishsiz, ehtiyojmand oilalarga gul va
koʻchat ye
tishtirishni rivojlantirish orqali ularga maxsus yer maydonlarini ijaraga
berilishi aytib oʻtilgan.
Shu bilan birga 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga
muvofiq 2021 — 2024 yillarda yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum ulushi
kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollaridan koʻpni tashkil qiladigan tadbirkorlik
sub’ektlarining xom ashyo (gul koʻchatlari, urug’lari, piyozlari va payvandtaglari)
importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rag’batlantirish
agentligi tomonidan qoplanadi.
2023 yil 1 yanvarga qadar tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar,
tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki
gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari),
qalamchalar va parxishi (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol
stavkasi qoʻllanilishi belgilandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi ikki oy muddatda ilmiy-texnik dasturlar
doirasida gulchilik va koʻchatchilik sohalarida amalga oshiriladigan ilmiy
-tadqiqot va
innovatsiya ishlarining koʻlamini kengaytirishga, aniq natija beradigan loyihalarga
davlat buyurtmasini shakllantirib, raqobat asosida moliyalashtirishga tanlov e’lon
qilishi belgilangan. Bunda, ilmiy loyihalarga ajratiladigan mablag’larning kamida 40
foizi eksportbop va qimmat gullarni (orxideya, liliya, pion va boshqalar) mahalliy
526
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
iqlimga moslashtirish uchun gen injeneriyasiga ixtisoslashgan ilmiy laboratoriyalarni
tashkil etish hamda jihozlashga yoʻnaltirish koʻrsatib oʻtilgan.
Gulchilik sohasiga oid loyihalarni moliyalashtirish ustuvor ravishda
“Turonbank” aktsiyadorlik tijorat banki tomonidan, shuningdek, “Har bir oila —
tadbirkor” dasturi doirasida esa barcha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi
koʻzda tutilgan.
Yuqorida aytib oʻtilgan v
azifalarni bajarish maqsadida gulchilik sohasini
rivojlanntirishda ilmiy-
tadqiqot ishlari olib borildi. Bunda xona gulllari va koʻchatlar
uchun ishlatiladigan tuvaklarni oʻrganildi.
Xozirgi vaqda gul tuvaklarining bir necha turlari boʻlib, Jumladan materi
ali,
shakli(dizayni), namlash (sug’orish) usuliga qarab ajratish mumkin.
Ushbu gul tuvaklar gul oʻsish parametrlari, shakli, tomirlar kengayishi, namlikni
va quyosh nurini talab qilish darajasi, xonaning dizayniga mos kelishi, qolaversa
narxiga qarab tanlab olinadi.
Xar bir gul oʻzi uchun qulay sharoit yaratilgandagina ma’lum davr davomida oʻz
goʻzalligini va chiroyini saqlab turadi. Aks holda uning oʻsuv davri tugallanib, xar
-hil
527
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
kassalliklar, tomirlar chirishi, yorug’lik va issiqlikning yetishmasligi, tuproqdagi
mineral va organik moddalar kamligi va bir qator boshqa sabablarga koʻra yoʻqolib
boradi. Aksariyati gullar va koʻchatlarni namlik darajasini aniqlash murakkab chunki
buni faqat gul yetishtiruvchi haqiyqiy gulchilargina farqlay olishi mumkin [2,3].
Olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra gul tuvaklarini sodda variantlari keng
qoʻllanilib, ma’lum shakl ostida teshiklari boʻlgan plastmassa, loy tuproqli koʻza,
shisha, yog’och g’oʻlali va mramor toshli turlari mavjud. Ushbu gul tuvaklari oʻsimlik
oʻsishida faqat tuproqni qamrab olish va oʻsimlik oʻsishi uchun oddiy sharoit yaratadi.
Bu holatda tuproq namligini baholab borish va kerakli namlikni hosil qilish maxsus
gulchi xizmatidan foydalanishni talab etadi. Xona gullari va koʻchatlarini turiga koʻra
hamma gullar va koʻchatlar har
-
xil namlikda oʻsadi. Buni har doim ham nazorat qilish
imkoni boʻlmaydi.
Biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqot ishida ushbu kamchiliklar oʻrganilib,
ilmiy yechim taklif etilgan. Jumladan namlikni boshqarish, suv iste’molini avtomatik
boshqarish, gulchi xizmatini kamaytirish, gul va koʻchatlarni nobud boʻlishini oldini
olish vazifalari koʻrsatib oʻtilgan [4].
Inovatsion gul tuvak boshqa tuvaklardan farqi shundaki, u maxsus suv qobig’li
tuvak boʻlib, pla
stik materialdan maxsus dizayn bilan ishlangan. Bunda tuproq
namligini oʻlchash uchun sensorli datchik mavjud boʻlib, tuvakka oʻrnatilgan mini
nasos qoʻrilmasiga axborot yetkazib turadi. Berilgan axborotga koʻra nasos qurilmasi
gul tuvak qobig’idagi suvni tuproq qatlamiga tomchilatib yetkazib beradi. Natijada
tuproq kerakli me’rdagi namlikka yetganda mini nasos oʻz ishini toʻxtatadi. Mini nasos
qurilmasida maxsus batareya mavjud boʻlib, qoʻyosh paneli orqali doimiy
quvvatlantirilib boriladi.
528
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Innovatsio
n gul tuvakning afzalligi avvalgi oddiy tuvaklardan koʻra
qoʻyidagicha farq qiladi:
maxsus dizaynga ega;
suv boʻlinmasi mavjud;
avtomatik namlikni nazorat qilish imkoni mavjud;
sug’orish ishlarini avtomatik bajaradi;
quyosh nuridan quvvat oladi.
Xozirgi k
unda gulchilikni rivojlantirishda bir qator imkoniyatlar mavjud boʻlib,
sohani rivojlantirishda davlat miqyosida keng e’tibor berilib borilmoqda. Turli
zamonaviy landshaft gullari yetishtirilib, turli korxona va davlat muassasalarining
landshaft dinaynini
yaratishga xissa qoʻshmoqda. Bu esa oʻz navbatida gul va
koʻchatlarga jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. S
huning uchun ushbu taklif
etilayotgan innovatsion gul tuvaklari sohani bir qator muammolarini hal qilishda
yechim boʻla oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 avgustdagi PQ
-5209-sonli
“Respublika hududlarida gulchilik va koʻchatchilik sohalarini yanada rivojlantirish
toʻg’risida”gi qarorn
2.
Khojimatov A.A. Organize a cluster system in uzbekistan agriculture comparison
with world experience. – 2022.
3.
Xojimatov A.A., Oripov G. Qishloq xoʻjaligi klaster tizimlarida ishlatiladigan
uskunalarning metall qismlarini agressi
v muhitdan himoya qilish // Ученый ХХII века.
2020. №12
-1(71). https://cyberleninka.ru/article/n/qishloq-xojaligi-klaster-tizimlarida-
ishlatiladigan-uskunalarning-metall-qismlarini-agressiv-muhitdan-himoya-qilish (data
obra
щ
eniya: 10.01.2023).
4.
Xojimatov A.A., Eshonxujaev D. O. Fiziko-mexanicheskiye osnov
ы
protsessa
iznashivaniya elementov selskoxozyaystvenn
ы
x mashin v korrozionno-aktivn
ы
x
sredax //Nauka i mir. – 2019. T. 1. –
№.6.
– S. 64-65.
529
