BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART - SHAROITLARI

Аннотация

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali tarbiyachilar ijodiy yondashuv, innovatsion fikrlash, hamda zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkinligi asoslab berilgan.

Universal science research jurnali
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Saidova Dilnoza Baxtiyor qizi. (2025). BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART - SHAROITLARI. Журнал универсальных научных исследований, 3(6), 42–48. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/106648
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli vositalardan samarali foydalanish orqali tarbiyachilar ijodiy yondashuv, innovatsion fikrlash, hamda zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkinligi asoslab berilgan.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

42

BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY IJODKORLIKGINI

RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISHNING PEDAGOGIK SHART - SHAROITLARI

Saidova Dilnoza Baxtiyor qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti magistranti

saidovadilnoza366@gmail.com

ORCID:009000467960724

Annotatsiya:

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini

shakllantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli
vositalardan samarali foydalanish orqali tarbiyachilar ijodiy yondashuv, innovatsion
fikrlash, hamda zamonaviy pedagogik metodlarni amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini
rivojlantirishi mumkinligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada pedagogik jarayonda
raqamli texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar — texnik, metodik
va psixologik omillar tahlil etilgan. Muallif ta’lim jarayoniga zamonaviy raqamli
resurslarni integratsiyalash orqali tarbiyachilar faoliyatida ijodkorlikni rivojlantirishga oid
taklif va tavsiyalarni ilgari suradi.

Kalit so‘zlar:

bo‘lajak tarbiyachi, kasbiy ijodkorlik, raqamli texnologiyalar,

pedagogik shart-sharoitlar, innovatsion ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,
raqamli kompetensiya

KIRISH.

Zamonaviy ta’lim jarayonida pedagog kadrlar, xususan, bo‘lajak

tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish dolzarb
masalalardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. XXI asrda ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishga qaratilgan islohotlar, raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoniga chuqur
integratsiyalash, shuningdek, pedagogik faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash
zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Ana shunday sharoitda tarbiyachilar nafaqat nazariy
bilimlarga, balki amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, shuningdek, ijodkorlik bilan faoliyat
yuritishi talab etiladi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

43

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar nafaqat ta’lim mazmunini boyitmoqda, balki

tarbiyachining kasbiy shakllanishida ham muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Interaktiv platformalar, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari, sun’iy intellekt
imkoniyatlari orqali tarbiyachilarning o‘qitish va tarbiyalash jarayonidagi yondashuvlari
takomillashmoqda. Raqamli muhitda samarali ishlash, innovatsion vositalardan
ijodkorona foydalanish tarbiyachilarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat
qiladi.Shu nuqtai nazardan, bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda
raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, ularni
samarali yo‘lga qo‘yish muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biridir. Ushbu maqolada
raqamli texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari, ularni tatbiq etishdagi pedagogik,
metodik va texnologik shart-sharoitlar, shuningdek, tarbiyachilar faoliyatida ijodkorlikni
shakllantirishga oid mexanizmlar atroflicha yoritiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Zamonaviy ta’lim jarayonida

raqamli texnologiyalarni qo‘llashga oid ilmiy-tadqiqotlar soni ortib borayotgan
bo‘lishiga qaramay, ularning bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini
shakllantirishdagi roli hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu boisdan mavjud ilmiy
manbalarni tahlil qilish, bu boradagi ilg‘or tajriba va nazariy yondashuvlarni
chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlarning asarlarida raqamli texnologiyalarning

pedagogik jarayonga ta’siri, ta’lim sifatini oshirishdagi imkoniyatlari, o‘qituvchining
raqamli kompetensiyasi, shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida ijodiy
fikrlashni shakllantirishga oid fikrlar ilgari surilgan. Jumladan, A.V. Khutorskoy, E.S.
Polat, T.I. Shamova, M.V. Klarin, N.S. Serova kabi pedagog-olimlar o‘z tadqiqotlarida
raqamli vositalarning ta’limdagi metodik asoslari va pedagogik imkoniyatlarini yoritib
berganlar.

O‘zbekistonlik olimlardan esa G'.Yo. Khamidov, M.T. Ismoilov, S.Q. Juraev, D.Sh.

G‘ofurov va boshqalar tomonidan raqamli texnologiyalarni ta’limga integratsiyalash,
ta’limning raqamlashtirilgan muhitini yaratish, raqamli savodxonlik va pedagogik
innovatsiyalarni tatbiq etish masalalari atroflicha yoritilgan. Jumladan, S.Q. Juraev
raqamli ta’lim muhitida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi interaktiv munosabatlarning


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

44

ahamiyatini ta’kidlaydi. G‘.Yo. Khamidov esa raqamli vositalarning kasbiy
kompetensiyani rivojlantirishdagi rolini chuqur tahlil qilgan.Bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy
faoliyatga tayyorlanar ekan, ularning ijodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish ta’lim
jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, kreativ yondashuvlar, loyiha usullari, AKT
(axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) bilan uyg‘unlashgan metodik ishlanmalar
orqali amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bu jarayonni
tezlashtiradi, samaradorligini oshiradi hamda individual yondashuvlarni rivojlantirishga
xizmat qiladi.

Shuningdek, ijodkorlikni rivojlantirish bo‘yicha P. Torrens, G. Aliev, D.B.

Bogoyavlenskaya kabi olimlar tomonidan ishlab chiqilgan nazariy modellarda ijodiy
tafakkur, muammoli vaziyatlarda yangicha yondashuv, mustaqil qaror qabul qilish
ko‘nikmalarining rivoji asosiy mezon sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Bu ko‘nikmalarni
shakllantirishda raqamli texnologiyalar — virtual trenajyorlar, interaktiv ilovalar,
multimediali simulyatsiyalar va masofaviy o‘quv kurslar muhim vosita bo‘lib xizmat
qiladi.

Mazkur tadqiqotda quyidagi ilmiy-tadqiqot metodlari qo‘llanildi:

π

Nazariy tahlil

– mavjud ilmiy adabiyotlar, konseptual yondashuvlar, davlat ta’lim

standartlari va ilg‘or xorijiy tajriba tahlil qilindi. Bu metod orqali raqamli
texnologiyalarning tarbiyachilar tayyorlovidagi o‘rni asoslandi.

π

Empirik kuzatuv

– pedagogika kollejlarida va oliy ta’lim muassasalarida olib

borilayotgan ta’lim jarayonlari, raqamli vositalardan foydalanish holatlari
o‘rganildi.

π

So‘rovnoma va suhbat

– bo‘lajak tarbiyachilar va ularni tayyorlovchi pedagoglar

o‘rtasida kasbiy ijodkorlik va raqamli texnologiyalarning o‘zaro aloqasi yuzasidan
so‘rovnomalar tashkil etildi.

π

Tajriba-sinov ishi

– ayrim o‘quv guruhlari misolida raqamli texnologiyalarning

kasbiy ijodkorlikka ta’sirini amaliyotda sinovdan o‘tkazish yo‘li bilan pedagogik
shart-sharoitlar aniqlab olindi.

π

Statistik tahlil

– tajriba natijalari asosida kvantitativ va sifatli ma’lumotlar tahlil

qilinib, ularning pedagogik asoslangan xulosalari chiqarildi.


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

45

Ushbu metodlar orqali bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini

rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi, ularni qo‘llashdagi
mavjud muammolar, shuningdek, bu borada zarur bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar
aniqlab olindi.

MUHOKAMA.

Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib aytish mumkinki,

raqamli

texnologiyalar

bo‘lajak

tarbiyachilarning

kasbiy

ijodkorligini

rivojlantirishda samarali vosita sifatida xizmat qilmoqda. Biroq ularning
salohiyatidan to‘laqonli foydalanish ko‘p jihatdan ta’lim muassasalarida mavjud
bo‘lgan pedagogik shart-sharoitlar, texnik infratuzilma, metodik ta’minot va
psixologik muhitga bog‘liq.

Biroq, bu jarayonda muammolar ham kuzatildi. Jumladan, ayrim ta’lim muassasalarida

internet tezligi pastligi, texnik vositalarning yetarli emasligi, pedagoglarning raqamli
kompetensiyasi sustligi hamda mavjud raqamli resurslarning metodik jihatdan to‘liq
ishlab chiqilmaganligi kabi omillar samaradorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shuningdek, pedagogik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, raqamli texnologiyalarni o‘quv

jarayoniga kiritishda ularni faqat texnik vosita sifatida emas, balki ta’limiy strategiya,
ijodkorlikni shakllantiruvchi muhit va o‘zaro interaktiv aloqa vositasi sifatida ko‘ra bilish
lozim. Aks holda, texnologiyalardan foydalanish yuzaki va formal tus oladi. Bu esa
tarbiyachilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish o‘rniga, ularni passiv ishtirokchiga
aylantirishi mumkin.Tadqiqot davomida aniqlangan pedagogik shart-sharoitlar qatoriga
quyidagilar kiradi:


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

46

Ushbu shart-sharoitlar amalga oshirilgan taqdirdagina raqamli texnologiyalar orqali

bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.Xalqaro
tajriba ham ushbu holatni tasdiqlaydi. Masalan, Finlyandiya, Estoniya, Janubiy Koreya
kabi davlatlarda raqamli texnologiyalar asosida qurilgan ta’lim tizimlarida ijodkorlikni
rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli
ta’lim muhitida ijodiy yondashuvlar, loyiha asosidagi o‘qitish, masofaviy hamkorlik,
o‘zini o‘zi baholash va refleksiya metodlari orqali tarbiyachilarning kasbiy mahorati va
ijodiy salohiyati yuqori darajada shakllanadi.Shunday qilib, raqamli texnologiyalarni
o‘qituv jarayoniga samarali jalb etish, bu boradagi shart-sharoitlarni yaratish va ularni
ijodiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish bo‘lajak tarbiyachilar tayyorlovining sifatini yangi
bosqichga olib chiqadi.

NATIJALAR.

O‘tkazilgan ilmiy-nazariy tahlillar, empirik kuzatuvlar va

tajriba-sinov ishlari asosida quyidagi asosiy natijalarga erishildi:

Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda raqamli
texnologiyalar muhim pedagogik vosita ekanligi isbotlandi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonida o‘quvchining faolligini
oshiradi, mustaqil fikrlashini rag‘batlantiradi va ijodiy yondashuvni

kompyuterlar, planshetlar, proyektorlar, interaktiv
doskalar, barqaror internet aloqasi va dasturiy

ta’minot mavjud bo‘lishi;

Texnik ta’minot

• raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq o‘quv

-metodik

materiallar, video-darsliklar, virtual laboratoriyalar va
elektron platformalarning mavjudligi;

Metodik

qo‘llab

-

quvvatlash

• erkin fikrlash, yangi g‘oyalarni ilgari surish, sinov va

xatolarga yo‘l qo‘yish imkonini beruvchi ijobiy

psixologik va pedagogik muhitni yaratish.

Ijodiy muhit


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

47

shakllantiradi.Kasbiy ijodkorlikni rivojlantiruvchi pedagogik shart-sharoitlar
tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizimga texnik infratuzilma, metodik ta’minot, raqamli
kompetensiyani shakllantirish bo‘yicha dastur va ijodiy muhitni yaratishga
qaratilgan omillar kiritildi.Raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan ta’limiy
faoliyatda bo‘lajak tarbiyachilarning bir qator kompetensiyalari faollashdi

.

Xususan:

λ

kreativ fikrlash,

λ

muammoli vaziyatlarni hal qilish,

λ

axborot resurslaridan samarali foydalanish,

λ

vizual va interaktiv materiallar bilan ishlash ko‘nikmalari aniq o‘sish
ko‘rsatdi.

Ushbu natijalar asosida raqamli texnologiyalarni pedagogik jihatdan asosli tarzda

tatbiq etish bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirishda muhim o‘rin
tutishini tasdiqlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim sifatini oshirish va raqobatbardosh
mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Xulosa

Bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy ijodkorligini shakllantirish va

rivojlantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi. Ushbu jarayonni sifatli va samarali tashkil etishda raqamli texnologiyalar
salmoqli o‘rin egallaydi. Olib borilgan nazariy tahlillar, empirik kuzatuvlar va tajriba-
sinov ishlari shuni ko‘rsatdiki, raqamli vositalardan oqilona va maqsadli foydalanish
tarbiyachilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ularda innovatsion fikrlashni
shakllantirish, o‘quv jarayoniga yangicha yondashuvlarni tatbiq etish imkonini beradi.

Tadqiqot

davomida

raqamli

texnologiyalar

orqali

kasbiy

ijodkorlikni

rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim pedagogik shart-sharoitlar tizimi aniqlab olindi.
Bu tizim texnik va metodik ta’minot, raqamli kompetensiyani shakllantirish, ijodiy muhit
yaratish kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Tajriba ishlari raqamli texnologiyalar
yordamida ta’lim berilgan guruhlarda ijodiy faoliyat, tanqidiy fikrlash va kommunikativ
ko‘nikmalar sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi.Shu asosda aytish mumkinki, raqamli
texnologiyalarni pedagogik jarayonga samarali integratsiyalash orqali bo‘lajak
tarbiyachilar:


background image

ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2024 SJIF 2024 = 5.073/Volume-3, Issue-6

48

yangi g‘oyalarni ilgari surish,

muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish,

mustaqil qaror qabul qilish,

hamkorlikda ishlash kabi kasbiy muhim kompetensiyalarni egallaydi.

Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar – bu nafaqat o‘quv vositasi, balki

tarbiyachining kasbiy o‘sishi va ijodiy rivojlanishi uchun qudratli vosita hisoblanadi.
Ularni ta’limga to‘g‘ri va tizimli ravishda joriy etish orqali nafaqat individual pedagogik
mahorat, balki umuman olganda, ta’lim tizimining sifatini oshirishga erishiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

SH.M. Mirziyoyev –

“Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan

birga quramiz”

(2017), Toshkent: O‘zbekiston, 2-bet.

2.

SH.M. Mirziyoyev

“Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz”

(2017), Toshkent: O‘zbekiston, 10-bet.

3.

SH.M. Mirziyoyev

“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlar”

(2017), Toshkent: O‘zbekiston, PF-5198 sonli

farmon, 7-8-bet.

4.

B.R. Djurayeva, H.M. Tojiboyeva, G.M. Nazirova

“Maktabgacha ta’lim

yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari”

(2015),

Toshkent: O‘zPFTTI nashriyoti, 198-bet.

5.

Muslimov N.A.

“Bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish”

(2004), Toshkent: Fan, 360-bet.

6.

Muslimov N.A.

“Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini

shakllantirish texnologiyasi”

(2013), Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti,

520-bet.

7.

Sayidahmedov N.

“Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya”

(2003),

Toshkent: Fan va texnalogiya, 340-bet.

8.

R.A. Mavlonova, N.H. Rahmonqulova, K.O. Matnazarova, M.K. Shirinov, S.
Hafizov

“Umumiy pedagogika”

(2018), Toshkent: Fan va texnalogiya, 210-bet.

Библиографические ссылки

SH.M. Mirziyoyev – “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” (2017), Toshkent: O‘zbekiston, 2-bet.

SH.M. Mirziyoyev – “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qatiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” (2017), Toshkent: O‘zbekiston, 10-bet.

SH.M. Mirziyoyev – “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar” (2017), Toshkent: O‘zbekiston, PF-5198 sonli farmon, 7-8-bet.

B.R. Djurayeva, H.M. Tojiboyeva, G.M. Nazirova – “Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari” (2015), Toshkent: O‘zPFTTI nashriyoti, 198-bet.

Muslimov N.A. – “Bo‘lajak kasb ta’lim o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish” (2004), Toshkent: Fan, 360-bet.

Muslimov N.A. – “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi” (2013), Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 520-bet.

Sayidahmedov N. – “Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya” (2003), Toshkent: Fan va texnalogiya, 340-bet.

R.A. Mavlonova, N.H. Rahmonqulova, K.O. Matnazarova, M.K. Shirinov, S. Hafizov – “Umumiy pedagogika” (2018), Toshkent: Fan va texnalogiya, 210-bet.