TURLI MAMLAKATLARDA MEDICAGO SATIVA ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH CHORALARI

Annotasiya

Ushbu maqolada Medicago sativa o’simligining umumiy zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash choralarining turli mamlakatlardagi kurash choralari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.

Universal science research jurnali
Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2023
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15660178
CC BY f
504-507
0

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Bekchanov , M., & Alimboyeva , S. (2025). TURLI MAMLAKATLARDA MEDICAGO SATIVA ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH CHORALARI. Universal Science Research Jurnali, 3(4), 504–507. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/106642
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus
Universal science research jurnali

Kalit so‘zlar:

Annotasiya

Ushbu maqolada Medicago sativa o’simligining umumiy zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash choralarining turli mamlakatlardagi kurash choralari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

TURLI MAMLAKATLARDA MEDICAGO SATIVA

ZARARKUNANDALARIGA QARSHI KURASH CHORALARI

Bekchanov Muzaffar Xudaybergenovich

Alimboyeva Salomat Maqsad qizi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat Unversiteti dotsenti

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat Unversiteti talabasi

Annatatsiya.

Ushbu maqolada Medicago sativa o’simligining umumiy

zararkunandalari hamda ularga qarshi kurash choralarining turli mamlakatlardagi
kurash choralari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.

Annotation:

This article provides information about the common pests of the

Medicago sativa plant and the pest control measures implemented in different countries.

Аннотация:

В данной статье представлена информация об основных

вредителях растения

Medicago sativa

и мерах борьбы с ними, применяемых в

различных странах.

Kalit so’zlar:

Medicago, Yangi Zelandiya, Xitoy, beda shirasi, beda tripsi,

Sitona diskoideus Gyllenhal, Therioaphis maculate, Acyrthosifon kondoi Shinji, Sitona
discoideus, kumestrol, fitoestrogen birikmasi.

Keywords:

Medicago, New Zealand, China, alfalfa sap, alfalfa thrips, Sitona

discoideus Gyllenhal, Therioaphis maculata, Acyrthosiphon kondoi Shinji, Sitona
discoideus, coumestrol, phytoestrogen compound.

Ключевые слова:

Medicago, Новая Зеландия, Китай, сок люцерны, трипсы

люцерны, Sitona discoideus Gyllenhal, Therioaphis maculata, Acyrthosiphon kondoi

Shinji, Sitona discoideus, куместрол, фитоэстрогенное соединение.

Beda – Medicago, dukkakli ekinlar oilasiga mansub ildizpoyali ko’p yillik o’t

o’simlik hisoblanadi. 100 ga yaqin turi mavjud bo’lib, asosan yem-xashak sifatida
yetishtiriladi. Bedaning vatani Eron bo’lib, Xitoy, Yangi Zelandiya, Amerika hamda
O’rta Osiyoda madaniy o’simlik sifatida yetishtiriladi.

Xitoyda medicago sativa asosan yem-xashak sifatida yetishtiriladi. 2017-yilda

4.15 million ga

2

maydonga beda ekilgan va hosildorlik 29.3 million tonnani tashkil

etgan. Beda o’simligining zarakunandalari yer usti va yer osti zararkunandalariga
ajratiladi. Xitoyda beda o’simligi hashorotlariga beda shirasi, beda tripsi va Hypera

504


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

postica hisoblanadi. Hypera postica Ningxia va Shinjon mintaqalarida tarqalgan.
Shiralarning Acyrthosiphon kondoi, Aphis craccivora, Acyrthosiphon pisum,
Therioaphis trifolii turlari bedaga katta zarar yetkazadi. Tripsning esa Odontothrips loti,
Thrips tabaci, Frankliniella occidentalis va Frankliniella intonsa turlari asosiy
zararkunanda hisoblanadi. Shiralar va Tripslar asosan bedaning bargi va yosh
poyalariga zarar yetkazadi. Bundan tashqari bedaga virus ham yuqtirishadi. Shiralar
asosan beda mozaikasi va beda jingalagi virusi tashuvchilari ekanligi aniqlangan. 2017-
yil hisobotlariga ko’ra shira va tripslarning ta’sirida bir yilda bedaning hosildorligi 20%
gacha kamayadi, iqtisodiy yo’qotish esa 9.144 milliard yuanni tashkil qiladi.

Yangi Zelandiyada bedaning asosiy zararkunandalari Sitona diskoideus

Gyllenhal, Therioaphis maculate, Acyrthosifon kondoi Shinji va A. pisum hisoblanadi.
Bu hasharot turlari bedaga juda katta zarar yetkazadi. Ular Yangi Zelandiyaga xos
bo’lmagan hasharotlar hisoblanib, asosan ekzotik qit’alardan o’tib qolgan deb tahmin
qilinadi. Bedaga unchalik ham zarar bermaydigan hasharot turlariga Naupactus
leucoloma hamda Atrichonotus taeniatulus kiradi. Ko’chilik Sitona discoideus turkum
vakillari bedaning ham yer usti, ham yer osti qismlariga jiddiy zarar yetkazadi. Bu tur
vakillari avvalo beda ildizini azot o’zlashtiruvchi qismini yemirib tugadi. Keyinchalik
esa yer usti qismini kemira boshlaydi. Tez ko’payish xususiyati esa butun dalani tez
fursatda yemirib tugatishlariga yo’l ochadi. Shu sababdan bu hasharot bilan kurashish
uchun tabiiy biokurashchilardan foydalanish samaraliroq hisoblanadi.

Hasharotlar o’simliklarni kemirib zarar yetkazishidan tashqari ularga turli virusli

va bakteriyali kasalliklarni ham yuqtirib kelishadi. Buning natijasida zararkunanda
bartaraf qilinsada, o’simlikda patogen reaksiya paydo bo’lishda davom etadi va so’liy
boshlaydi. Hasharotlar so’lagida patagenlarni u o’simlikdan boshqa o’simlikka faol olib
o’tadi. Bu esa mikroorganizmni jadal suratda tarqalishiga olib keladi.

Xitoylik olim Liu va uning hamkorlari tomonidan o’tkazilgan tadqiqot

natijalariga ko’ra ikki haftalik beda ko’chatlari barglariga so’lak salbiy ta’sir qilib, uni
o’sishdan to’sadi. Bundan tashqari so’lak tekkan barglarda mikroorganizmlardan to’sib
turuvchi modda – yasmon kislota sintezini buziladi.

Turli kimyoviy moddalar ta’sirida yetishtiriligan beda o’simligi ham o’z

navbatida hayvonlarga biroz salbiy ta’sir ko’rsatadi. Xususan, ikkilamchi o’sish
davrida bo’lgan beda o’simligi tarkibida kumestrol, fitoestrogen birikmasi bo’lganligi
sababli qo’ylarning reproduktivlik ko’rsatkichlarini kamaytiradi.

505


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Bundan tashqari iqlimning o’zgarishi ham beda o’simligiga ham uning

zararkunandalariga ta’sir o’tkazadi. CO

2

darajasining ko’tarilishi hasharotlarning

fenologiyasini va ularga bog’liq parametrlarni o’zgartiradi. Shu bilan birga uglerod azot
nisbatlari hasharotlarda shira ishlab chiqarilishini oshirib yuboradi. Bu davrda ular
yanada ko’proq feramon ishlab chiqaradi va shiddat bilan ko’payadi. Biroq bunday
sharoit beda o’simligiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu davrda o’simlik ildiz massasi
85% ko’proq o’sadi va tugunaklar miqdori 22% gacha ortadi.

Amerika Qo’shma Shtatlarida bedaning ashaddiy dushmani Hypera postica

(Gyllenhal) (Coleoptera: Curculionidae) hisoblanadi. Bu hasharot turi o’simlikning
barg to’qimalarini o’g’ir shikastlanishiga sabab bo’ladi. Ushbu hasharot turi voyaga
yetgan chog’ida taxminan 5 mm bo’ladi. Jigarrang tusda bo’ladi, tanasida qisqa, biroz
qalin tillarang tuklari va orqa qismida bo’ylamasiga joylashgan jigarrang chiziqlari
bo’ladi. Yangi qo’yilgan tuxumlari oqish tusda bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan ular jigarrang
tusga o’tadi. Tuxumdan lichinkalar rivojlanadi, ularning uzunligi taxminan 8 mm
bo’lib, bosh qismi qora tusli va boshining tepasi bo’ylab oq chiziqlari bo’ladi, tanasi
yashil rangda bo’ladi.

Dastavval bu hasharot lichinkalari o’simlik barglarini teshib oziqlanadi. Burglar

sathi ortgan sari teshiklar ham yiriklashib boradi, vaqt o’tishi bilan barg batamom qurib
qoladi. 3 yoki 4 marta tullagan lichinka nisbatan ko’proq oziqlanadi va bedaning o’ta
og’ir shikastlanishiga sabab bo’ladi.

Odatda bu hasharot bilan kurashish iqtisodiy jihatdan yuqori harajatli hamda

foydasiz hisoblanadi. Shu sababdan hasharot uchragan dalalar tezlik bilan o’rib
tashlanishi va tuxumlar uchun kimyoviy ishlov olib borilishi maqsadga muvofiq
hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, beda o’simligida hasharotlarga va kimyoviy

ishlovga qarshi immunitet hosil qilish uchun uning genetik tuzilmasi o’zgartirilishi va
bu yangi turni ekish ko’p vaqt va mablag’ talab qiladi. Bugungi kunda mavjud turlar
esa olib borilayotgan turli chora tadbirlar natijasida chidamlilik genlarini avlodga
o’tkazishi kuzatilmoqda. Bu borada ma’lum yutuqlarga erilishgan bo’lsada, beda ustida
olib borilayotgan tadqiqot hanuzgacha yetarli deb hisoblanilmaydi va bu ishga ko’plab
yosh olimlar jalb qilinadi.


506


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Annicchiarico, P. (2007). Lucerne shoot and root traits associated with adaptation to
favourable or drought-stress environments and to contrasting soil types. Field Crops
Res. 102, 51–59. doi: 10.1016/j.fcr.2007.01.005

2.

Annicchiarico, P., Barrett, B., Brummer, E. C., Julier, B., and Marshall, A. H. (2015).
Achievements and challenges in improving temperate perennial forage legumes. Crit.
Rev. Plant Sci. 34, 1–3, 327–380, doi: 10.1080/07352689.2014.898462

3.

Aranjuelo, I., Arrese-Igor, C., and Molero, G. (2014). Nodule performance within a
changing environmental context. J. Plant Physiol. 171, 1076–1090. doi:
10.1016/j.jplph.2014.04.002

4.

Arnold, A. E., Mejía, L. C., Kyllo, D., Rojas, E. I., Maynard, Z., Robbins, N., et al.
(2003). Fungal endophytes limit pathogen damage in a tropical tree. Proc. Natl. Acad.
Sci. U.S.A. 100, 15649–15654. doi: 10.1073/pnas.2533483100

5.

Avery, D., Avery, F., Ogle, G. I., Wills, B. J., and Moot, D. J. (2008). Adapting farm
systems to a drier future. Proc. New Zealand Grassl. Assoc. 70, 13–18. doi:
10.33584/jnzg.2008.70.2710

6.

Awmack, C. S., Woodcock, C. M., and Harrington, R. (1997). Climate change may
increase vulnerability of aphids to natural enemies. Ecol. Entomol. 22, 366–368. doi:
10.1046/j.1365-2311.1997.00069.x

7.

Baker, M. B., Venugopal, P. D., and Lamp, W. O. (2015). Climate change and
phenology: Empoasca fabae (Hemiptera: Cicadellidae) migration and severity of
impact. PLoS ONE 10, e0124915. doi: 10.1371/journal.pone.0124915

8.

Banerjee, S., Walder, F., Büchi, L., Meyer, M., Held, A. Y., Gattinger, A., et al. (2019).
Agricultural intensification reduces microbial network complexity and the abundance
of keystone taxa in roots. ISME J. 13, 1722–1736. doi: 10.1038/s41396-019-0383-2

9.

Patrick B. Beauzay, State IPM Coordinator and Research Specialist, NDSU Janet J.
Knodel, Extension Entomologist, NDSU - Integrated Pest Management of Alfalfa
Weevil in North Dakota

507

Bibliografik manbalar

Annicchiarico, P. (2007). Lucerne shoot and root traits associated with adaptation to favourable or drought-stress environments and to contrasting soil types. Field Crops Res. 102, 51–59. doi: 10.1016/j.fcr.2007.01.005

Annicchiarico, P., Barrett, B., Brummer, E. C., Julier, B., and Marshall, A. H. (2015). Achievements and challenges in improving temperate perennial forage legumes. Crit. Rev. Plant Sci. 34, 1–3, 327–380, doi: 10.1080/07352689.2014.898462

Aranjuelo, I., Arrese-Igor, C., and Molero, G. (2014). Nodule performance within a changing environmental context. J. Plant Physiol. 171, 1076–1090. doi: 10.1016/j.jplph.2014.04.002

Arnold, A. E., Mejía, L. C., Kyllo, D., Rojas, E. I., Maynard, Z., Robbins, N., et al. (2003). Fungal endophytes limit pathogen damage in a tropical tree. Proc. Natl. Acad. Sci. U.S.A. 100, 15649–15654. doi: 10.1073/pnas.2533483100

Avery, D., Avery, F., Ogle, G. I., Wills, B. J., and Moot, D. J. (2008). Adapting farm systems to a drier future. Proc. New Zealand Grassl. Assoc. 70, 13–18. doi: 10.33584/jnzg.2008.70.2710

Awmack, C. S., Woodcock, C. M., and Harrington, R. (1997). Climate change may increase vulnerability of aphids to natural enemies. Ecol. Entomol. 22, 366–368. doi: 10.1046/j.1365-2311.1997.00069.x

Baker, M. B., Venugopal, P. D., and Lamp, W. O. (2015). Climate change and phenology: Empoasca fabae (Hemiptera: Cicadellidae) migration and severity of impact. PLoS ONE 10, e0124915. doi: 10.1371/journal.pone.0124915

Banerjee, S., Walder, F., Büchi, L., Meyer, M., Held, A. Y., Gattinger, A., et al. (2019). Agricultural intensification reduces microbial network complexity and the abundance of keystone taxa in roots. ISME J. 13, 1722–1736. doi: 10.1038/s41396-019-0383-2

Patrick B. Beauzay, State IPM Coordinator and Research Specialist, NDSU Janet J. Knodel, Extension Entomologist, NDSU - Integrated Pest Management of Alfalfa Weevil in North Dakota