«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UO‘T: 635.62
QOVOQ O‘SIMLIGI VA URUG‘INING FOYDALI XUSUSIYATLARI
M.B.Sabirova Urganch davlat universiteti magistranti
Annotatsiya
. Qovoq –
dunyo boʻylab yetishtiriladigan muhim
oziq-ovqat va
dorivor oʻsimlik hisoblanadi. Uning mevasi, urug‘i, gullari, bargi va poyasi inson
salomatligi uchun koʻplab foydali moddalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu maqolada
qovoqning kimyoviy tarkibi, dorivor xususiyatlari, oziq-
ovqat sanoatida qoʻllanil
ishi
va anʼanaviy tibbiyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit soʻzlar:
Qovoq, mikroelementlar, makroelementlar, antioksidantlar,
vitaminlar, urug‘, yogʻ, immunitet.
Аннотация.
Тыква
–
важное пищевое и лекарственное растение,
культивируемое во всем мире. Ее плоды, семена, цветы, листья и стебли содержат
множество полезных для здоровья человека веществ. В данной статье
анализируются химический состав, лечебные свойства, применение в пищевой
промышленности и значение тыквы в народной медицине.
Ключевые слова
:
Тыква, микроэлементы, макроэлементы, антиоксиданты,
витамины, семена, масло, иммунитет.
Abstract.
Pumpkin – is an important food and medicinal plant cultivated
worldwide. Its fruit, seeds, flowers, leaves and stems contain many substances
beneficial to human health. This article analyzes the chemical composition, medicinal
properties, use in the food industry and its importance in traditional medicine of
pumpkin.
Keywords:
Pumpkin, microelements, macroelements, antioxidants, vitamins,
seeds, oil, immunity.
Kirish.
Hozirgi kunga kelib, respublikamizda qishloq xoʻjaligida boʻlayotgan
oʻzgarishlar tufayli polizchilikka ham e’tibor kuchaymoqda. Ayniqsa, bozor
iqtisodiyoti davrida, oziq-
ovqat muammo boʻlib turganda qimmatbaho ekinlardan
boʻlgan tarvuz, qovun va qovoq yetishtirishni koʻpaytirish taqoza etilmoqda. Poliz
ekinlarini yetishtirishning oʻziga xos agrotexnik xususiyati mavjud boʻlib, oʻsimliklar
yerning relyefiga talabchan emas ya’ni tuproq tanlamaydi. Shoʻrga va qurgʻoqchilikka
chidamli boʻlib,
kam sugʻorish orqali oʻstirish mumkin. Bu xususiyatlardan tashqari
443
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
poliz ekinlari issiqlikka, yorugʻlikka, tuproqning yumshoqligiga va tarkibidagi oziq
moddalar miqdoriga nihoyatda talabchanligi bilan boshqa ekinlardan farqlanadi [1].
Poliz ekinlaridan turli maqsadlarda ishlatilib, iste’molda yangiligicha va sanoatda
qayta ishlash uchun xom-ashyo sifatida, bundan tashqari chorvachilikda ozuqa sifatida
foydalaniladi. Poliz ekinlari mevasi tarkibida inson organizmi yaxshi oʻzlashtiradigan
organik mahsulotlardan uglevodlar mavjuddir. Bu xususiyatlardan tashqari poliz
ekinlari mevasining tarkibida har xil vitaminlar boʻlib, B
1,
B
2
va PP, kul elementlari,
organik kislotalardan limon, olma va qahrabo kislotalari uchraydi. Poliz ekinlarni
mevasini qayta ishlab ulardan har xil mahsulotlar olinadi. Tabobatda ham poliz
ekinlarining mevasi juda katta ahamiyatga egadir.
Qovoq mevasi shifobaxshlik xususiyatlari yuqoriligi bilan tarvuz va qovundan
ajralib turadi. Qovoq organizmda moddalar almashinuvi jarayonini yaxshilaydi va vazn
tashlashga yordam beradi. Terining yorilishi va ajin tushishidan himoya qiladi va
immunitetni mustahkamlaydi. Sababi qovoq tarkibidagi beta-karotin ultrabinafsha
nurlari ta’sirida teriga yetkaziladigan zarar miqdorini kamaytiradi. Yurak-qon tomir,
jigar kasalliklarini davolashda xizmat qiladi va oshqozon-ichak, buyrak faoliyatini,
koʻrish qobilyatini yaxshilaydi. Bu xususiyatlaridan tashqari qovoq yurak
-qon tomir
tizimi salomatligini mustahkamlaydi. Sababi o‘simlik tarkibidagi kaliy, B vitamini,
klechatka va antioksidantlar yurak-qon tomir tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi.
Pnevmoniya, shamollashni davolaydi va saraton hujayralarining rivojlanishiga
toʻsqinlik qiladi. Urugʻlari qon bosimini pasaytirishda va gijjalarni haydashda
foydalaniladi.
Q
ovoq mevasining tarkibida koʻpgina minerallar, antioksidantlar, vitaminlar A,
C, E, K, PP, B
6,
B
12,
mavjuddir. Bulardan tashqari turli xil organlar va tizimlarning
salomatligini ta’minlaydigan mikroelementlarni – kalsiy, kaliy, magniy, rux, mis,
fosfor va
temirni oʻz ichiga oladi va butun tanaga ijobiy ta’sir koʻrsatadi [2]. Qovoqni
tarkibidagi beta-
karotin mavjud boʻlib, u A vitaminiga aylanib, koʻrish qobilyatini
yaxshilashga yordam beradi. Ya’ni qovoq o‘simligi lyutein va zeaksantinning eng
yaxshi manbalaridan biri hisoblanadi. Bulardan tashqari meva tarkibidagi karotinoidlar
koʻz pardasini mustahkamlashga yordam beradi. Ayniqsa, katarakta kasalligini oldini
olishda qovoq mevasi samarali vosita hisoblanadi. Qovoq tarkibidagi
antioksidantlardan alfa hamda beta-karotin, beta-kriptoksantin va boshqalar saqlanadi,
ular esa organizmga oksidlovchi stress hamda uning asoratlariga qarshi kurashish
444
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
uchun yordam beradi. Qovoqning bu xususiyatlaridan tashqari bu o‘simlik vazn
tashlashga ham yordam beradi. Sababi qovoq etining 94 foizi suvdan iborat. Bu
ko‘rsatkich uning kam kaloriyali ekanligini ko‘rsatadi.
Qovoq o‘simligi urug‘ining organizm uchun bir qancha foydali xususiyatlari
aniqlangan. Xususan, kuchli antioksidant, yurak uchun foydali, saratondan himoya
qiladi, qandli diabetni davolaydi, immunitetni mustahkamlaydi, uyqu sifatini
yaxshilaydi, ozishga yordam beradi va suyaklarni mustahkamlaydi. Qovoq urug‘lari
tarkibidagi E vitamini va karotinoidlar tufayli kuchli antioksidant hisoblanadi. Ushbu
antioksidantlar yallig‘lanishni kamaytiradi va organizmni turli tashqi ta’sirlardan
himoya qiladi va xuddi shu antioksidantlar yurakni bir qancha kasalliklardan himoya
qiladi. O‘simlik urug‘i tarkibidagi magniy qon bosimini pasaytiradi. Bundan tashqari,
zararli xolesterin va triglitseridlarni kamaytiradi. Qovoq urug‘larini muntazam iste’mol
qilish oshqozon, ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oldini oladi. Bu xususiyat
ham tarkibidagi antioksidantlar bilan bo‘liqdir. Urug‘i tarkibidagi karotinoidlar esa
prostata saratonini ham oldini oladi [3].
O‘simlik tarkibidagi magniy esa qonda qand miqdorini kamaytirishga yordam
beradi. Shu sababli qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarga urug‘larini iste’mol
qilish tavsiya etiladi. Bundan tashqari magniy suyaklarning o‘sishi va
mustahhkamlanishi uchun zarur elementdir. 100 gramm qovoq urug‘ida 262
milligrammgacha magniy mavjud. Urug‘lar tarkibida E vitamini va sink tufayli
immunitetga koni foydadir. Bunibg sababi E vitamini immunitetni kuchaytiradi va
organizmni bir qator yuqumli kasalliklardan himoya qiladi. Sink elementi esa
organizmning yallig‘lanish, allergiya va potogenlarning organizmga kirishidan himoya
qiladi hamda umumiy immunitetni oshiradi. Urug‘larda mavjud bo‘lgan aminokislota
triptofan osuda uyquni ta’minlaydi. Bu xususiyatlrdan tashqari qovoq urug‘lari oqsil va
klechatkaga boy hisoblanadi. Shu tufayli iste’mol qilingandan so‘ng uzoq vaqt
mobaynida to‘qlik hisini paydo qiladi va iste’mol qilinadigan kaloriyalar sonini
kamaytiradi. Bu esa vazn yo‘qatishga vazn tashlashga yordam biladi. Qovoq urug‘lari
ozuqa moddalari, kaloriya, yog‘, oqsil va klechatkaga boy hisoblanadi. 100 gramm
qovoq urug‘ida 574 kaloriya, 49 gramm yog‘, 6,6 gramm klechatka va 30 gramm oqsil
mavjud. Urug‘ tarkibidagi yog‘lar asosan mono to‘yinmagan yog‘lar hisoblanib, ular
organizm uchun foydalidir. Shuningdek, urug‘lar B
1
, B
2
, B
3
, B
5
, B
6
, B
9
, C, E va K
445
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
vitaminlarini o‘z ichiga oladi. Bulardan tashqari urug‘ tarkibida kalsiy, temir, magniy,
marganets, fosfor, kaliy, natriy sink va boshqa mikroelementlar uchraydi.
Qovoq gullari asosan Hindiston va Meksikada iste’mol qilinadi, ammo ilmiy
tadqiqotlar yo‘qligi sababli oziq-ovqat ratsionida mavjud emas. Olimlar tamonidan
fizik-kimyoviy, biokimyoviy xususiyatlarni, proksimal tahlillarni, antioksidant
faollikni, antosiyanin tarkibini va yog‘ kislotalari tahlil qilishdir. Tadqiqotda qovoq
gulining ozuqaviy xususiyatlari o‘rganilib, natriy, kaliy, kaltsiy, fenol, flavonoid va
antioksidlovchi moddalar mavjudligi aniqlangan. Yog‘ kislotalaridan oleyk kislotasi,
miristik kislota va stearin kislotasi maksimal bo‘lgan. Bir nechta fitonutrientlar va yog‘
kislotalarining mavjudligi qovoq gulini yaqin kelajakda funktsional oziq-ovqatning
potentsial manbaiga aylanishi ta’kidlangan [4].
Xulosa.
Qovoq o‘simligi poliz ekinlari orasida shifobaxshligi bilan ajralib turadi.
Xususan, uning tarkibida koʻpgina minerallar, antioksidantlar, vitaminlar
,
mavjuddir.
Bulardan tashqari turli xil organlar va tizimlarning salomatligini ta’minlaydigan
mikroelementlar va mikroelementlarni
oʻz ichiga oladi.
Qovoq va uning urug‘i – bu
noyob tabiiy manba boʻlib, inson salomatligini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega.
Uning antioksidant, yalligʻlanishga qarshi va kardioprotektiv xususiyatlari zamonaviy
farmatsevtika hamda oziq-ovqat sanoatid
a qoʻllanish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Г
.
М.Сатипов,
Н.Б.Жуманиязова. Қовоқнинг инсон саломатлиги учун фойдаси
.
“Биология ва қишлоқ хўжалигининг ютуқлари муаммолари ва истиқболлари”
республика илмий
-
амалий семинари тўплами, Урганч, 26 ноябрь, 2018, 1
-
жилд,
б. 5
-7.
2.
Н.Б.Жуманиязова. Қовоқ етиштириш агротехнологиялари, бошқарув усуллари
ва ҳосилдорлик прогнози. Ўзбекистон қишлоқ хўжалигининг “Агро илм” илмий
иловаси.
–
Тошкент, 1
-
илова, [71], 2021, б. 64
-67.
3. Dar AH, Sofi SA, Rafiq S. (2017) Pumpkin the functional and therapeutic ingredient:
a review. Int J Food Sci Nutr 2(6):165–170.
4.
. (2021) Physicochemical, nutritional,
bioactive compounds and fatty acid profiling of Pumpkin flower (Cucurbita maxima),
as a potential functional food. SN Applied Sciences 3(2).
446
