«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UO’K 633.854.78
KUNGABOQAR O’SIMLIKLARINING POYA BALANDLIGINI O’SISHI
DINAMIKASI.
G.M.Satipov, M.A.Nurmetova
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Annotastiya.
Maqolada
Xorazm viloyati sharoitida kungaboqarning NS OLIVA
F1va KK-60 navlarining poya balandligini o’sishi dinamikasini o’rganish borasida olib
borilayotgan ilmiy izlanishlar natijalari keltirilgan.
Kalit so’zlar:
Xosildorlik, kungaboqar, agrotexnik tadbirlar , poya balandligi,
to’liq pishish, potagen kasallik, yog’ingarchilik, yog’li ekin.
Аннотация
.
В статье представлены результаты научных исследований,
проведенных по изучению динамики роста высоты стебля подсолнечника сортов
NS OLIVA F1
и КК
-
60 в условиях Хорезмской области.
Ключевые слова:
Урожайность, подсолнечник, агротехнические
мероприятия, высота стебля, полная спелость, возбудители болезней, осадки,
масличная культура.
Abstract.
The article presents the results of scientific research conducted to
study the dynamics of stem height growth of sunflower varieties NS OLIVA F1 and
KK-60 in the conditions of the Khorezm region.
Key words:
Yield, sunflower, agrotechnical measures, stem height, full
maturity, pathogenic disease, precipitation, oilseed crop.
Kirish.
Ma’lumki, qishloq xo’jaligi sohasi oldida turgan ko’plab muammolar
ekinlar hosildorligi va ularning mahsuldorligiga ta’sir qiladi. Yetishtirish mavsumi va
vaqtdagi turli ob-havo sharoitlari tufayli bir davlatlar o’rtasida farq qilishi mumkin.
Janubiy Afrikada va boshqa mamlakatlarda kungaboqar yetishtirishga ta’sir qiluvchi
asosiy cheklovlar fermerlarga ekish uchun yaxshilangan urug’lik navlarining
yetishmasligi, og’ir ob-havo sharoiti, yog’ingarchilikning pastligi va narxlarning
o’zgarishi, yuqori narx bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Xosildorlikni oshishida turli
potagen kasallik, hasharot va zararkunandalar, oldindan aytib bo’lmaydigan
yog’ingarchilik, va boshqa tabiiy omillar salbiy ta’sir ko’rsatadi [4]. Iqlim
sharoitlarining o’zgarishi kungaboqar yetishtirish va uning hosildorligida katta
428
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
qiyinchiliklar tug’dirdi, chunki bu fermerlar uchun boshqa ekinlarni ekish uchun qulay
mavsum - yetarli yog’ingarchilik bilan qulay ob-havo sharoiti sabab bo’ldi. Ayrim
yillari, beqaror yog’ingarchiliklar, yuqori xarorat va boshqa tabiiy omillar boshqa
ekinlarni yetishtirishda qiyinchiliklar tug’dirdi. Aynan o’sha yillari fermerlar iqlimga
moslashishda kungaboqar ekini ekish maqbul variantga aylandi. Sababi kungaboqar
yetishtirish boshqa boshoqli ekinlarga nisbatan qurg’oqchilik davrida tuproq suvini
o’zlashtirish uchun chuqur ildizlari tuproqning chuqur qatlamlaridagi suvni
o’zlashtirish xisobiga xosilni saqlab qolish xususiyatiga ega. Iqlim sharoitining
o’zgarishi davlatlar o’rtasida turlicha bo’lib, suv tanqisligi, sho’rlanish va qurg’oqchilik
yerlarda kungaboqarning yetishtirish bilan shug’ullanishni boshlashdi.
Aholi sonining uzluksiz o’sib borishi munosabati bilan istemol qilinadigan
kungaboqar yog’i va qo’shimcha mahsulotlarga bo’lgan talab ham ortib bormoqda va
talabni qondirish uchun kungaboqar ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha say-
harakatlarni kuchaytirish zarurati paydo bo’ldi [6]. Bugungi kunda xalqaro moyli
o’simliklar bozorida asosan kungaboqar va soya, raps, yeryong’oq, paxta va boshqa
yog’li o’simliklar ustunlik qiladi.
Kungaboqar (Helianthus annuus L.) iqtisodiy jihatdan ahamiyatli moyli o’simlik
bo’lib, uni qayta ishlashdan turli xil mahsulotlar olinadi. U soya, palma yog’i va
rapsdan keyin dunyoda to’rtinchi eng muhim yog’li ekin hisoblanadi [1].
Kungaboqarning turli iqlim va tuproq sharoitlariga moslashishi uni butun dunyoda
moyli o’simlik sifatida yetishtirishni kuchaytirdi [3]. Kungaboqar yetishtirishning
global tendentsiyasi barqaror o’sib bormoqda. Sababi kungaboqar moyi oziq-ovqatdan
tashqari boshqa sohalarda tibbiyotda, parfyumeriyada, kosmetologiyada va qurilish
sohalarida qo’llaniladi [5].
Tadqiqot materiallari va uslubi.
Xorazm viloyati O’zbekistonning ko’pgina
mintaqalari kabi qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha yetarli darajada salohiyatga
ega bo’lib, bugungi kunda viloyatda qishloq xo’jaligida foydalanilayotgan ekinlar
turlarini ko’paytirish hamda tuproq iqlim sharoitlariga moslashtirish shu birga birga
aholi daromadlarini oshirishdagi istiqbolli yo’nalishlardan biri sifatida qaralmoqda.
Kungaboqar navlarining mahsuldorligiga tashqi muhit omillarining ta’sirini
o’rganish maqsadida vegetatsion va dala tajribalari o’tkazildi. Tajribalarning ob’ekti
sifatida NS OLIVA F1va KK-60 navlaridan foydalinildi.
429
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Tajribalarda 2 ta kungaboqarning navlarining qator orasi 60 sm, o’simlik orasi
30 smga 1 ta o’simlik joylashtirildi. 2 metr maydonchalarda qaytariqlar soni 3 ta, gektar
hisobida 37,02 dona o‘simlik va gektariga 5,5 kg dan kungaboqar urug’lari 9 aprelda
ekildi.
Agrotexnik tadbirlar dalani ekishga tayyorlash, ekish ishlari shu mintaqada qabul
qilingan agrotexnik tadbirlarga muvofiq o’tkazildi. Dala sharoitida urug’larning unib
chiqish darajasi 2 m dagi o’simliklarni sanash orqali “Dala tajribalarini o’tkazish
uslublari” [2] bo’yicha baxolash ishlari olib borildi. Feneologik kuzatuv ishlari 10 %
o’simliklarning ma’lum bir rivojlanish davriga kirganda bu rivojlanish davrining
boshlanishi, agarda ulardan 75 foizi ma’lum rivojlanish davrda bo’lsa o’simlik
rivojlanish davriga to’liq kirdi deb hisobga olindi va “Qishloq xo’jalik ekinlarini Davlat
nav sinash nazoratidan o’tkazish” tavsiya qilgan qo’llanmaga asosan kuzatuv ishlari
o’tkazildi.
Tahlil va natijalar.
Kungaboqar o’simliklarining poya balandligi rivojlanishiga,
iqlim sharoiti, ayniqsa faol tuproq qatlamida havo harorati va namlik darajalari
kombinatsiyasiga bog’liq. Kungaboqar navlarining o’simlik bo’yi belgisi mahsuldorlik
va uning komponentlarining asosidir, chunki baland bo’yli o’simliklarda ildiz sistemasi
yaxshi rivojlangan bo’lib savatchalar yirik shakllanishiga va xosildorlikka ijobiy ta’sir
etadi.
Olib borilgan tadqiqotlarlar davomida o’rganilayotgan navlar o’rtasida poya
balandigshi bo’yicha jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra farqlanishlar kuzatilib,
to’liq unib chiqqan paytda NS OLIVA F1navida 5,5 sm bo’lgan bo’lsa, KK-60 navida
6 sm bo’lganligi kuzatildi.
Navlarning 2 ta barg chiqargan fazasida poya balanligi KK-60 va NS OLIVA F1
navlarida 11 sm bo’lganligi qayd etildi. Gullashdan oldingi davrda navlarning poya
ancha baland bo’lib, eng yuqori poya balandligiga ega bo’lgan NS OLIVA F1 navida
74 sm bo’lgan bo’lsa, past ko’rsatkich KK-60 navida navga xos xususiyatini ko’rsatib
70 sm ekanligi aniqlandi.
430
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Jadval
Kungaboqar navlarining turli fazalar bo’yicha poya balandligi. (sm)
Navlar
O’simlik balandigining turli fazalarida, (sm)
To‘liq unib
chiqqan
payt
2 ta barg
chiqarganda
Gullashdan
Oldin
Gullash
paytida
To’liq
pishganda
KK-60
6
11
70
148
161
NS OLIVA
F1
5,5
11
74
156
172
Gullash davrida navlarning poya balandligi baxolanganda poya balandligi NS
OLIVA F1 navida 156 sm va KK-60 navida eng past ko’rsatkich 148 sm natija kuzatilib
iqlim sharoiti stressi navga ta’sir ko’rsatganligi qayd etildi.
Xulosa.
Navlarning to’liq pishish davridagi poya balandligi taxlil qilinganda
genotip va tashqi muhit omillariga qarab o’zgarganligi kuzatildi. Eng yuqori natija NS
OLIVA navida F1 156 sm, eng past natija KK-60 navida 148 sm bo’lganligi kuzatildi.
KK-60 navida o’simlik poya balandligi past bo’lishi navga xos xususiyat bo’lib, tezroq
pishishga xarakat qilinganligi bilan izohlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Alahdadi, I.; Oraki, H.; Khajani, F.P. Effect of water stress on yield and yield
components of sunflower hybrids. Afr. J. Biotechnol.2011,10, 6504
-6509
2.
Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari T-2007 y. B. 133-138.
3.
El-Saidy, A.E.A.; El-Hai, K.M.A. Effect of some evaporation matters on storability
of sunflower (Helianthus annuus L.) seed. Pak. J.Biol. Sci.2016,19,239
-249. [CrossRef]
4.
Grains Research and
Development Corporation. Sunflowers. Available online:
https://grdc.com.au/_data/assets/pdf_file/0034/238957/grdc
-grownotes-
sunflowers
-
northern.pdf.pdf (accessed on 17 September 2023)
5.
Menzel, C., González-Martínez, C., Chiralt, A., & Vilaplana, F. (2019).
Antioxidant starch films containing sunflower hull extracts. Carbohydrate Polymers,
214, 142-151.
https://doi.org/10.1016/j. carbpol.2019.03.022
Van der Merwe, R.; Labuschagne, M.T.; Herselman, L.; Hugo, A. Effect of heat stress
on seed yield components and oil compositionin high-and mid-
oleic sunflower
hybrids. S. Afr. J. Plant Soil 2015,32, 121-128. [CrossRef]
431
