«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UDK. 631.874
QISHLOQ XO‘JALIK CHIQINDILARIDAN MAXSUS KOMPOSTLASH
ORQALI BIOGUMUS TAYYORLASH
O. Egamberdiev, R. Yusupova, S. Bekberganov.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti,
bekberganovsarvar098@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik chiqindilarini kompostlash orqali
biogumus olish texnologiyasi yoritilgan. Biogumusning tarkibi, tayyorlanish
bosqichlari, tuproq unumdorligini oshirishdagi o‘rni va ekologik ahamiyati tahlil
qilingan. Uning dehqonchilikdagi amaliy qiymati ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
biogumus, kompostlash, qishloq xo‘jalik chiqindilari, organik
o‘g‘it, tuproq unumdorligi, vermikompost, ekologik dehqonchilik.
Аннотация.
В данной статье изложена технология получения биогумуса
путём компостирования сельскохозяйственных отходов. Проанализированы
состав биогумуса, этапы его приготовления, роль в повышении плодородия
почвы и экологическая значимость. Отмечена его практическая ценность в
земледелии.
Ключевые слова:
биогумус, компостирование, сельскохозяйственные
отходы, органическое удобрение, плодородие почвы, вермикомпост,
экологическое земледелие.
Abstract.
This article describes the technology of producing biohumus through
the composting of agricultural waste. The composition of biohumus, its production
stages, its role in improving soil fertility, and its environmental importance are
analyzed. Its practical value in agriculture is also highlighted
Keywords:
biohumus, composting, agricultural waste, organic fertilizer, soil
fertility, vermicompost, ecological farming
Bugungi kunda zamonaviy dehqonchilik yuritishdagi asosiy muammolardan biri
- bu tuproq unumdorligini qayta tiklash, yani, tuproq-o‘simlik tizimida oziqa elementlar
etishmovchiligining oldini olish.
432
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Barchaga ma’lumki, tuproqning potensial unumdorligini ta’minlaydigan eng
muhim ko‘rsatkichlaridan biri, bu – tuproqning gumus miqdori. Bu borada organik
o‘g‘itlarning qiymati beqiyos bo‘lib, uning tarkibida azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy
va mikroelementlar juda ko‘p bo‘ladi [1], [3].
Tuproqdan o‘simliklar tomonidan o‘zlashtirilib olingan oziqa moddalarning
asosiy qismi chorvachilik fermalarida ozuqa mahsulotidan hosil bo‘lgan mahalliy
go‘ngga (1-jadval) hamda o‘simlik qoldig‘i sifatidagi chorva to‘shamasiga (2-jadval)
aylanadi [3], [5].
Ilmiy manbalarning keltirishicha, chorvachilik fermalaridan olingan organik
o‘g‘itlarning to‘liq va sistemali qo‘llanilishi, dehqonchilikda oziq moddalar balansini
yaxshilaydi hamda hosildorlik miqdori va sifatini oshiradi.
1-jadval.
Go’ngdagi oziq moddalarning o’rtacha miqdori (1 tonna, %)
Go‘ngning
tarkibi
Qoramo
l
Cho‘
chqa
Qo‘y,
echki
Ot
Arala
sh
go‘ng
Torfli
to‘shamadagi
go‘ng
Qoramol ot
Suv
77,3
72,4
64,6
71,3
75
77,5
67
Organik modda
20,3
25
31,8
25,4
21
-
-
Umumiy
azot
(N)
0,45
0,45
0.83
0,58
0,5
0,6
0,8
Ammoniyli azot
(NH
4
)
0,14
0,2
-
0,19
0,15
0,18
0,28
Fosfor (P
2
O
5)
0,23
0,19
0,23
0,28
0,25
0,22
0,25
Kaliy (K
2
O)
0,5
0,6
0,67
0,63
0,6
0,48
0,53
Ushbu 1-jadvaldagi 1-ustun qoramol go‘ngi tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, 1
tonna massa hisobida Suv - 77.3 %, ya’ni 770 kg; Organik modda - 20.3 %, ya’ni 220
kg; Azot - 0.45 %, ya’ni 4.5 kg; Fosfor - 0.23%, ya’ni 2.3 kg; Kaliy - 0.50%, ya’ni 5
kg.ni tashkil qiladi. Bunday olib qaralganda suv va organik modda juda ko‘p, ammo
oziqa moddalar ko‘p emas.
Keling endi 2-jadvaldagi o‘simlik to‘shamasidagi oziqa moddalar miqdorini
ko‘rib chiqamiz:
433
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2-jadval.
O’simlik to’shamasidagi oziq moddalarning o’rtacha miqdori (1 tonna, %)
Misol tariqasida, yuqoridagi 2-jadvaldagi 1-qator kuzgi bug‘doyning tarkibini
tahlil qiladigan bo‘lsak, 1 tonna quruq massa hisobida Azot - 0.5 %, ya’ni 5 kg; Fosfor
- 0.20%, ya’ni 2kg; Kaliy - 0.90%, ya’ni 9 kg; Kalsiy - 0.30%, ya’ni 3 kg.ni tashkil
qiladi. Bunday olib qaraganda, bular juda katta sonlar emas, ammo dehqonchilik
faoliyatida mineral o‘g‘it qo‘llashga qo‘shimcha ulush qo‘shadigan juda ahamiyatli
sonlardir.
Biogumus
- ekologik toza organik o‘g‘it hisoblanib, gumus va organik moddalarga
boy chirindi moddasi hisoblanadi. Biogumus o‘simlik, hayvon va oshxona
qoldiqlarining makro va mikro organizmlar ta’sirida chirishidan hosil bo‘lgan, to‘q
qo‘ng‘ir tusli, komplekslashgan organik moddalar yig‘indisidan tashkil topgan [2].
Biogumus asosan ikki xil: ochiq
sharoitda va yopiq sharoitlarda
tayyorlanadi. Biogumusni ochiq sharoitda
tayyorlashda organik qoldiqlar
chuvalchanglar tomonidan ishlov berish
orqali ham tayyorlanadi
3-rasm. Organik qoldiqlarni maxsus
kompostlash
Chuvalchanglarni qo‘llash orqali biogumus
tayyorlash jarayoni vermikompostlash (vermicomposting) deb ataladi. Biogumus
№
To‘shama turi
N
P
2
O
5
K
2
O CaO
Namligi
1
Kuzgi bug‘doy
0,50
0,20
0,90 0,30
14,3
2
Javdar
0,45
0,26
1,00 0,30
14,3
3
Suli
0,65
0,35
1,60 0,40
14,0
4
Yuqori qatlamdagi torf 0,80
0,10
0,07 0,22
25,0
5
Pastki qatlamdagi torf
2,25
0,30
0,15 3,00
30,0
6
Daraxt barglari
1,10
0,25
0,30 2,00
14,0
7
Qipiqlar
0,20
0,30
0,24 1,08
25,0
434
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
chuvalchang ichagidan ajralib chiqqan koprolitlar shaklida namoyon bo‘ladi. U qora
sochiluvchan va yoqimli hid taratuvchi, qora yerga o‘xshagan tuproqsimon massadan
iborat.
Bundan tashqari, ochiq maydonda maxsus kompostlash orqali ham biogumus
tayyorlanadi. Ushbu usulda bioo‘g‘it tayyorlash rivojlangan davlatlarda eng keng
tarqalgan uslublaridan biri vindrov komposting (windrow composting) deb nomlanadi
(3-rasm). Bu intensiv usulda kompost tayyorlash maxsus uskunalarda organik
qatorlarga kislorod yoki havo kiritishga asoslanib, bioo‘g‘it tayyorlanadi.
Bunday biogumus tayyorlash jarayoni 3 ta fazaga bo‘linib, asosan mezofilik,
termofilik bakteriyalar ishtirok etadi. Kompost tayyorlash jarayoni 3-4 oyni talab qilib,
asosan
aktiv, passiv va yetilish
fazalarini o‘z ichiga oladi. Aktiv fazasida dastlab
mezofil jarayon, ya’ni kompost temperaturasi 450C ga yetadi, undan keyingi
termofillik jarayonda kompost temperaturasi 700C ga yetadi. Passiv ya’ni sovuq fazada
jarayon 700C termofildan 250C mezofilga o‘tadi. Yetilish fazasida jarayon bir xilda
bo‘lib, kompost temperaturasi 250C ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, suyuq oziq
sifatida biogumusdan tayyorlangan -
kompost choy
(compost tea) ham biologik
fermerchilikning asosini tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jaligi chiqindilaridan tayyorlangan bunday organik o‘g‘it tarkibida
kerakli to‘yintiruvchi moddalar, mikroelementlar, fermentlar, tuproq antibiotiklari,
vitaminlar, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun gormonlar mavjud hamda gumin
moddalar mikdori juda ham ko‘p.
Biogumus tarkibida patogen mikrofloralar, gelmintlar tuxumlari, yovvoyi o‘tlar
urug‘lari va og‘ir metallar bo‘lmaydi. O‘g‘it o‘simliklarning butun rivojlanish davrida
o‘simliklar tomonidan yengil va sekin-asta o‘zlashtiriladi [4].
Biogumusning samaradorligi:
-tuproqning tabiiy unumdorligini tezda kayta tiklaydi, uning tuzilishi va
sog‘lomligini yaxshilaydi;
-o‘simliklar va ularning urug‘lariga tez ta’sir ko‘rsatadi;
-urug‘larning o‘sish muddatini qisqartiradi, o‘simliklarning o‘sishi va gullashini
tezlashtiradi,
-mevalarning pishish muddatini 2-3 haftaga qisqartiradi;
-o‘simliklarni stress vaziyatlarga, havo sharoitlariga, bakterial va chiritish
kasalliklariga chidamliligini oshirib, mustahkam immunitet bilan ta’minlaydi;
435
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
-ko‘chatlarning tirilib ketishining yuqori darajasini, gullarning optimal o‘sishini,
ularning intensiv va davomli gullashini ta’minlaydi;
-hosildorlikni ancha oshiradi va yetishtirilayotgan maxsulotning tam sifatini
yaxshilaydi;
-tuproqda og‘ir metallar va radionuklidlarni birlashtiradi, o‘simliklarda nitratlar
to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi;
-doimiy ravishda yuqori, ekologik toza hosil olinishini ta’minlaydi.
4-jadval.
Biogumusning kimyoviy tarkibi
Bioo‘g‘itni qo‘llash qishloq xo‘jalik maxsulotlarining agrokimyoviy
xususiyatlarini yaxshilaydi, sifati va 4-
jadval. Biogumusning kimyoviy tarkibi
hosildorligini oshiradi. Biogumus tarkibida
katta miqdorda gumin moddalari (quruq
og‘irligiga 32%) - gumin, fulvokislotalar va
gumin moddalari mavjud. Shu tufayli ham
yuqori agrokimyoviy, o‘sishni
stimullashtirish xususiyatiga ega. Barcha
to‘yintiruvchi moddalar unda balanslangan
birlikda va o‘simliklar uchun biologik ruxsat
etilgan birikmalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Biogumus tuproqqa qo‘shilganda
tuproq va o‘simliklar uchun foydali bo‘lgan
mikroorganizmlarning noyob yig‘indisidan
iborat bo‘lib, ular fitogormonlar, antibiotiklar,
fungitsidlar va bakterotsid birlashmalar ajratib chiqaradi, bu esa patogen
mikrofloraning siqib chiqarib tashlanishiga olib keladi. Natijada, bularning hammasi,
tuproqni sog‘lomlashtiradi va o‘simliklarning keng tarqalgan ko‘plab kasalliklarini
bartaraf etadi. Biogumus qo‘llanilganda tuproqning agrokimyoviy va agrofizikaviy
xossalari ijobiy tomonga o‘zgaradi, tuproqdagi mikroorganizmlar faoliyati
yaxshilanadi va o‘simliklarning mo‘tadil o‘sib rivojlanishi hamda oziqlanishi uchun
qulay sharoit yaratiladi, ekinlaridan yuqori hosil olishga va tuproq unumdorligini
Modda
Biogumus
Namlik
40-45%
Organik moddalar
55-65%
Gumus moddalar
25-32%
Umumiy azot
1,0-2,0%
Umumiy fosfor
1,5-3,0%
Umumiy kaliy
1,2-2,0%
Kalsiy
4,0-6,0%
Magniy
0,6-2,3%
Temir
0,6-2,5%
Marganes
60-
80mg/kg
436
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
oshirishga erishiladi. Ya’ni,
biogumuslangan qora oltin - tuproqning haqiqiy kuchini
namoyish qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy qishloq xo‘jaligi sari
qadam tashlar ekanmiz, dehqonchilikda organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirishimiz
lozim. Yerlarni organik moddalar bilan boyitishni sun’iy ravishda amalga oshirish
kerak. Sababi, Respublikamiz tuproqlarida organik modda - gumus miqdori juda kam.
Buning ustiga, mamlakatimiz dehqonchiligida organik qoldiqlardan hosil qilingan
bioo‘g‘itlarni qo‘llash an’anaga aylanmagan.
Foydalangan adabiyotlar
1.Nyle C.Brady, Ray R.Weil. The nature and properties of soils.Fourteenth edition.
Pearson Education, New Jersey, 2008
2.Rattan Lal. “Encyclopedia of Soil science”. Second edition, 2006.
3.
Васильев В.А., Лукьяненков И.И., Минеев В.Г., Попов П.Д., Семенов П.Я.,
Харламов В.А.
Органическое удобрение в интенсивном земледелье
, Москва
–
1984.
4.Смирнов П.М., Петербургского А.В.
“Агрохимия”
. Москва
- 1975.
5.Egamberdiev O.J., Qurbonov M.M., Jangirov M.O. Zamonaviy qishloq
xo‘jaligining rivojlanish bosqichlari. “Biologiya va qishloq xo‘jaligining yutuqlari,
muammolari va istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferentsiya
materiallari, 3 jild. Urganch-2018, 107 bet.
437
