«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UDK: 633.41/.44
EKISH MUDDATLARINI SHOLG`OMNING “NAMANGAN MAHALLIYSI”
VA “SAMARQAND MAHALLIYSI” NAVLARINI HOSILDORLIGIGA VA
OZUQAVIY QIYMATIGA TA`SIRI.
S.Y. Babajanova, G.J. Sabirova
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va hayot
faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Bizga ma`lumki, qishloq xo`jalik o`simliklaridan yuqori va barqaror
hosil olish uchun muayyan o`simlik navlarining bioekologik xususiyatlarini inobatga
olgan holda agrotexnik tadbirlarni o`z muddatlarida sifatli qilib o`tkazmoq ayni
muddao hisoblanadi. Sholg`om nafaqat oziqa sifatida ishlatiladi,uning tarkibida nafas
organlari kasalliklariga hamda ko`z kasalliklariga shifo bo`luvchi kimyoviy moddalar
borligi uchun dorivor o`simlik sifatida xam undan foydalaniladi. “Namangan
mahalliysi”, “Samarqand mahalliysi” kabi sholg`om navlarining hosildorligiga ekish
muddatlarining ta`sirini
o`rganish orqali sholg`omdan yuqori va sifatli hosil olish.
Kalit so`zlar:
sholg`om o`simligi, sholg`om o`simligining tarkibi, ekish
muddatlari, dorivorlik xususiyati, o`g`itga bo`lgan talabi, hosildorlik.
Аннотация:
Как известно, для получения высоких и стабильных урожаев
сельскохозяйственных растений необходимо своевременно и качественно
проводить агротехнические мероприятия с учетом биоэкологических
особенностей тех или иных сортов растений. Репа используется не только в
пищу, но и как лекарственное растение, поскольку содержит химические
вещества, способные лечить респираторные заболевания и болезни глаз.
Получение высоких и качественных урожаев репы путем изучения влияния
сроков посадки на урожайность сортов репы «Наманганская местная» и
«Самаркандская местная».
Ключевые слова:
репа, состав репы, сроки посадки, лечебные свойства,
потребность в удобрениях, урожайность.
Abstract:
As we know, in order to obtain high and stable yields from agricultural
plants, it is necessary to conduct agrotechnical measures in a timely manner, taking into
402
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
account the bioecological characteristics of certain plant varieties. Turnip is used not
only as food, but also as a medicinal plant, since it contains chemicals that cure
respiratory diseases and eye diseases. To obtain high and quality yields from turnips by
studying the effect of planting dates on the yield of turnip varieties such as "Namangan
local", "Samarkand local".
Keywords:
turnip plant, composition of turnip plant, planting dates, medicinal
properties, fertilizer requirements, yield.
Kirish.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlarining barqaror o`sishi ekinlarni yetishtirishda
resurs va energiya xarajatlarni kamaytirish, atrof muhitning ekologik xavfsizligini
saqlab qolish va o`zgaruvchan ob-havo hodisalari, hosil sifatini yaxshilash bilan birga
uning begona o`tlar, turli xil kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish, yuqori
mahsuldor agrofitosenozlarni yaratishga qaratilgan texnologik jarayonlarning
kuchayishi bilangina bog`liqdir[1].
O`zbekistondagi qulay iqlim sharoiti, suniy sug`orish imkoniyati va tuprog`ining
unumdorligi bu yerda xilma xil sabzavot ekinlari o`stirish va ulardan mo`l-ko`l hosil
olish imkonini beradi.
Bizga ma`lumki,qishloq xo`jalik o`simliklaridan yuqori va barqaror hosil olish
uchun muayyan o`simlik navlarining bioekologik xususiyatlarini inobatga olgan holda
agrotexnik tadbirlarni o`z muddatlarida sifatli qilib o`tkazmoq ayni muddao
hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda Xorazm vohasi sharoitlarida dehqonchilik
qilishni o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur. Ya`ni vohamizning iqlimi
keskin o`zgaruvchan bo`lib, bahori kech ba`zida erta, kuzi esa doimo erta tugaydi[2,5].
Keyingi paytlarda qishloq xo`jalik ekinlarini yetishtirishda ayniqsa sabzavot
ekinlarini asosiy va takroriy ekin sifatida almashlab ekishni qo`llanilishi orqali
tuproqning unumdorligini oshirishga, bundan tashqari almashlab ekishni to`g`ri tashkil
qilish orqali ekinlar hosildorligini oshirishga, hamda ekinlarning kasallik va
zararkunandalar bilan zararlanishini oldini olishga ham erishilmoqda.
Shunday sabzavot ekinlaridan bir turi,bozor peshtaxtalaridan hamisha o`rin olgan
halqimiz sevib istemol qiladigan ildizmevali ekinlardan biri sholg`om o`simligidir[3].
Sholg`om o`simligi tarkibida yengil hazm bo`luvchi oqsil va uglevodlar
mavjuddir.Shuning uchun ham sholg`om o`simligi oziq ovqat ekini sifatida yetishtirib
kelinmoqda. Sholg`om o`simligining ildizmevasi xomligicha, qovurilgan, dimlangan
403
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
va qiymalangan holda iste`mol etiladi, shuningdek chorva mollariga yem xashak
sifatida xam beriladi.Sholg`om nafaqat oziqa sifatida ishlatiladi,uning tarkibida nafas
organlari kasalliklariga hamda ko`z kasalliklariga shifo bo`luvchi kimyoviy moddalar
borligi uchun dorivor o`simlik sifatida xam undan foydalaniladi[4].
Sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi yozning oxirida va kuzda yetiladi. Lekin
aholini sabzavot mahsulotlari bilan ta`minlashdagi bunday mavsumiylikni yo`qotish
uchun himoyalangan yer sabzavotchilik maydonlarini oshirish, shimoliy viloyatlarda
va mintaqalarni ta`minlash uchun janubda sabzavot yetishtirishni ko`paytirish, ochiq
yerda sabzavot yetishtirish mavsumini uzaytirish, mahsulotlarni yaxshi holatda va uzoq
saqlanishini tashkil etish kerak bo`ladi.Yetishtirilayotgan sabzavotlar xilini va ularni
kam tarqalgan turlarini ko`paytirish lozim.
Sabzavot mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun oliy navlarni maqbul
texnologiya bo`yicha yetishtirish, shuningdek, ularni o`z vaqtida tashib keltirish hamda
yaxshi saqlash hisobiga erishiladi.
Biz ovqat(ya`ni o`simlik va hayvon) mahsulotlaridan quyidagi moddalarni: 20 xil
aminokislota;12 xil vitamin;7 xil ferment;15 xil mineral modda;3 xil yog`li kislotalarni
olamiz.Odam organizmining normal rivojlanishi va ishlab turishi uchun ba`zi bir
mineral birikmalar, chunonchi, temir, fosfor, kaliy, kaltsiy, natriy, magniy tuzlari, yod
va boshqa elementlar zarur, ana shu birikmalarni yetkazib beruvchi asosiy manba
sabzavot va mevalar hisoblanadi.Ismaloq, salat, petrushka (bargi), pomidor va bodring
temir moddasiga ayniqsa boy. Organizmga natriy yetishmasa toshma chiqadi, kalsiy,
kaliy, magniy yetishmasa bo`yi o`smaydi, kalsiy, magniy, ftor yetishmasa tishning
kariyes kasalligi rivojlanadi. Yod, kaliy, magniy, mis, natriy, fosfor, xrom, rux
elementlari yetishmaganda srunkali charchoq kuzatiladi. Sholg`om ildizmevasi
tarkibida ayniqsa kaliy, kaltsiy, fosfor kabi minerallar ko`p bo`lib, natriy, magniy, temir
elementlarining miqdori xam boshqa sabzavotlarnikidan qolishmaydi, yani 1 jadvalda
keltirilgan sabzavotlar ichida sholg`om tarkibidagi natriyning miqdori bo`yicha 2-
o`rinda, kaliy va kaltsiy miqdori bo`yicha 3-o`rinda, fosfor va temir moddalarini tutishi
bo`yicha 5-o`rinda, magniy miqdori bo`yicha oxirgi o`rinda turishini ko`rishimiz
mumkin.
404
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
1-jadval.
Sabzavotlarning mineral tarkibi (100 gr ho`l sabzavotda mg hisobida)
Ekinlar
N
at
ri
y
K
a
li
y
Ka
lts
iy
Ma
g
n
iy
F
osf
or
T
emi
r
Rediska
10
255
39
19
34
1,0
Turp
17
450
35
22
26
1,2
Sholg`om
20
400
49
17
34
0,9
Salat
8
300
57
40
34
0,6
Ismaloq
62
750
140
82
83
3,0
Shovul
15
400
47
85
130
2,0
Yorilgan lablar va sochlar to`kilishiga sabab organizmda B
2
-vitamin
yetishmovchiligidir. B
2
-vitamini tuxum, pista, soya qaylasi, nok, gulkaram, pomidor
tarkibida bo`ladi.Terini po`st tashlashi A va B
2
vitamini yetishmasa sodir bo`ladi.
Sabzavotlar tarkibida turli vitaminlar xar-xil miqdorda bo`ladi. Shunga qarab
sabzavotlardan xar kuni xar bir katta odam qancha miqdorda sholg`om va boshqa
sabzavotlardan iste`mol qilishini bilishi kerak. Masalan quyidagi 2-jadvalda sholg`om,
ravoch, salat bargidan sutkasiga qancha istemol qilish kerakligi to`g`risida ma`lumotlar
keltirilgan. Agar sholg`om navlari ekish muddatiga, sug`orish va oziqlantirish tartibi
hamda me`yorlariga rioya qilgan holda parvarishlab yetishtirilganda uning xar 100
gramm mahsuloti tarkibida vitamin -S ning miqdori 14 mg, vitamin -A ning miqdori
0,04 mgdan kam bo`lmaydi. Bu esa sholg`om ildiz mevasini oziq ovqatlik qiymatini
oshishiga sabab bo`ladi. Ushbu jadvalda sholg`om ildizmevasi tarkibidagi vitamin-S
ravoch hamda salat bargidagiga nisbatan ko`pligi bilan ajralib turganligini guvohi
bo`lamiz.
405
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2-jadval
Sabzavotlarda vitaminlarning miqdori.
Ekinlar
100 gr ho`l sabzavotda mg
hisobida
Sog`lom katta kishiga yangi
sabzavotning sutkalik miqdori,
gr
Vit
am
in
C
(as
k
or
b
in
k
is
lot
a)
A v
it
am
in
i
(k
ar
at
in
)
B
1
vit
am
in
i
(t
ia
mi
n
)
B
2
v
it
am
in
i
(r
ib
of
la
vin
)
C
v
it
am
in
b
o
`yic
h
a
A v
it
am
in
b
o
`yic
h
a
1
2
3
4
5
6
7
Sholg`om 14
0,04
-
-
360
10000
Rovoch
12
0,12
-
-
-
330
Salat
10
0,9
0,08
0,06
500
400
Bizga ma`lumki kuzgi yoki ikkilamchi ekin sifatida ekiladigan sabzavot ekinlarini 20-
iyuldan boshlab 15 –avgustgacha bo`lgan muddatlarda ekishimiz va ulardan yuqori hosil
olishimiz mumkin.
Sholg`omning “Namangan mahalliysi” va “Samarqand mahalliysi” navlarini biz tajriba
maydonlariga ikki xil muddatlarda ekib ilmiy tadqiqotlarimizni olib borganmiz. Biz olib
borgan tadqiqotlarimizda sholg`om navlarini asosan 2 xil muddatlarda ekib
yetishtirganmiz. Ekish muddatlari quyi (3-jadval)dagi ma`lumotlarda aks ettirilgan.
3-jadval
Sholg`om navlarining hosildorligiga ekish muddatlarini ta`siri.
№
Sholg`om
navlari
Ma`danli o`g`itlar
meyori
Ekish
muddatlari
Hosild
orlik,
t/ga
1-variant
Namangan
mahalliysi
N
120
P
90
K
60
kg/ga
01.08.2022
40
2-variant
Samarqand
mahalliysi
N
120
P
90
K
60
kg/ga
01.08. 2022
32
3-variant
Namangan
mahalliysi
N
120
P
90
K
60
kg/ga
10.08. 2022
30
406
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
4-variant
Samarqand
mahalliysi
N
120
P
90
K
60
kg/ga
10.08.2022
24
3-jadvalning 1-variantida sholg`omning “Namangan mahalliysi” navini 1 avgustda
ekilib, gektariga N
120
P
90
K
60
kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda xar bir gektardan
40 tonnadan hosil olingan.
Shu jadvalning 2-variantida sholg`omning “Samarqand mahalliysi” navini 1 avgustda
ekib, gektariga N
120
P
90
K
60
kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda gektaridan 32
tonnadan hosil olingan.
3-variantida esa sholg`omning “Namangan mahalliysi” navini 10 avgustda ekib,
gektariga N
120
P
90
K
60
kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda xar bir gektardan 30
tonnadan hosil yetishtirib olingan.
4-variantda sholg`omning “Samarqand mahalliysi” navini 10 avgustda ekilib, gektariga
N
120
P
90
K
60
kg/ga ma`danli o`g`it bilan oziqlantirilganda xar bir gektardan 24 tonnadan
hosil olinganligi ko`rinib turibdi.
Demak sholg`om navlari erta muddatlarda ekilsa hosildorlik yuqori bo`lishi,
muddatidan 10 kun kech ekilganda hosildorlik 25% gacha kamayib ketishi ko`rinib
turibdi. Bu esa sholg`om navlarining tarkibidagi foydali elementlar va vitaminlarning
kamayishiga natijada uning foydalilik hususiyatlarini susayishiga sabab bo`ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Xalq tabobati xazinasidan “Sabzavotlarning shifobaxsh xususiyatlari haqida mo`jaz
maslahatlar” Toshkent 2016 y.
2. Zohidov H. “Shifo xazinasi”. Toshkent, 2000.
3. B.Zuev, Q.Qodirxo`jayev ,Odilov M.M,, Akramov U.I. “Sabzavotchilik va
polizchilik” 2009y.
4. X.Ch.Bo`riyev “Sabzavot ekinlari biologiyasi” Toshkent “O`zMEDIN ”-2002y.
5. Babajanova, S. Y., Matkarimov, N. B., & Ibadullyeva, S. M. (2019). The influence
offertilizer standardson the grain quality of fresh and perspective wheat sort.
Central
Asian Problems of Modern Science and Education
,
4
(2), 110-117.
407
