«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
UDK:
574.34
Ustyurt tekisligida to‘g‘riqanotsimon (Orthopteroidea) hasharotlarning
biologik xilma-xilligi va ekologik monitoring asosida ularning populyatsion
holatini baholash
D.O.Bazarbaeva
Nukus davlat texnika Universiteti,
dilbarbazarbaeva0809@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 2018–2021 yillar davomida Ustyurt tekisligida
o‘tkazilgan ekologik monitoring natijalari asosida to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning
tarqalish xususiyatlari, fenologik holati, miqdoriy ko‘rsatkichlari va ularning ekologik
ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqotlar uchta asosiy hududdagi o‘simlik jamoalari asosida
olib borildi. Monitoring davomida topilgan turlar turlarga ajratilib, ularning ayrimlari
“Qizil kitob”ga kiritish uchun tavsiya etildi. Eng ko‘p uchraydigan turlar esa qishloq
xo‘jaligi ekinlari uchun xavfli zararkunandalar yoki ekotizimdagi trofik zanjirning
muhim ishtirokchilari sifatida baholandi. Ushbu monitoring natijalari Ustyurt
hududining hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritish, biologik xilma-xillikni saqlash
va ekotizim monitoringini ilgari surishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar:
Ustyurt, to‘g‘riqanotsimonlar, ekologik monitoring, entomofauna,
Qizil kitob, biologik xilma-xillik, zararli hasharotlar, indikator turlar.
Аннотация:
В данной статье на основе результатов экологического
мониторинга, проведенного на плато Устюрт в 2018
-
2021 годах,
проанализированы особенности распространения, фенологическое состояние,
количественные показатели прямокрылоподобных насекомых и их
экологическое значение. Исследования проводились на основе растительных
сообществ в трех основных регионах. Виды, обнаруженные в ходе мониторинга,
были разделены на виды, некоторые из которых были рекомендованы для
включения в "Красную книгу." Наиболее распространенные виды оценивались
как опасные вредители сельскохозяйственных культур или важные участники
трофической цепи в экосистеме. Результаты данного мониторинга имеют важное
научно
-
практическое значение в ведении государственного кадастра животного
мира плато Устюрт, сохранении биоразнообразия и подведению экосистемного
мониторинга.
213
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Ключевые слова
: Устюрт, прямокрылые, экологический мониторинг,
энтомофауна, Красная книга, биоразнообразие, вредные насекомые,
индикаторные виды.
Abstract:
In this article, based on the results of ecological monitoring conducted
on the Ustyurt Plateau in 2018-2021, the distribution features, phenological state,
quantitative indicators of rectangular insects, and their ecological significance were
analyzed. Research was conducted based on plant communities in three main regions.
The species identified during the monitoring were divided into species, some of which
were recommended for inclusion in the "Red Book." The most common species were
assessed as dangerous pests of agricultural crops or important participants in the
ecosystem's trophic chain. The results of this monitoring have important scientific and
practical significance in maintaining the state cadastre of the animal world of the
Ustyurt region, preserving biodiversity, and promoting ecosystem monitoring.
Keywords
: Ustyurt, Orthoptera, ecological monitoring, entomofauna, Red Book,
biodiversity, harmful insects, indicator species.
Kirish
Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi davlat
boshqaruvining vazifalariga hayvonot dunyosi ob’ektlarining davlat monitoringi,
davlat kadastri, davlat hisobi, yovvoyi tabiat va uning yashash muhitini muhofaza
qilish, ko‘paytirish va ulardan foydalanish, litsenziyalash sohasidagi davlat
nazorati kiradi.
Hayvonot dunyosi ob’ektlarining davlat monitoring – bu hayvonot dunyosi
ob’ektlarining tarqalishi, holati, ularning atrof muhitda tarqalishi maydonini
doimiy ravishda monitoring qilish tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat monitoringi
hayvonot dunyosi parametrlarini o‘z vaqtida aniqlash, uning holatidagi
o‘zgarishlarni baholash biologik xilma-xillikni saqlash hayvonot dunyosi
ob’ektlarining barqaror holatini va ulardan ilmiy asoslangan xolda foydalanish
uchun salbiy jarayonlar va hodisalarning oqibatlarini oldini olish va bartaraf etish
maqsadida amalga oshiriladi.
Ilmiy adabiyot manbalari ma`lumotlariga ko`ra er yuzasida to`g`riqanotsimon
hasharotlarning 30 mingdan ortiq turi tarqalgan bo`lib, ularning 520 dan ortiq turi O`rta
Osiyo mamlakatlari, jumladan O`zbekiston Respublikasi hududida ham 4337 turi
tarqalgan [
3
;
4].
214
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
To`g`riqanotsimonlar ko`pgina ekotizimlarning ajralmas qismiga aylanishi va
ularning mavjudligi tizimda biologik muvozanat holatini ta`minlash uchun
zarurligini belgilab beradi. Shu sababli, O`zbekistonning turli hududlarida tabiiy
ekotizimlar tarkibida to`g`riqanotsimon hasharotlarning zamonaviy holati va roliga
aniqlik kiritish ilmiy va amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Ularning hayoti koʻp xollarda inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlib, xulq
-
atvorini, koʻpayish xususiyatlarini oʻrganish bilan birga ularning soni boʻyicha
monitoring sistemasini ishlab chiqish katta amaliy ahamiyat kasb etadi [1, 2].
To`g`riqanotsimon hasharotlar monitoringini olib borish asosan 2018–2021
yillarda aprel – avgust oylari davomida Ustyurtning uchta xududagi 10 ta
qamishzor; buyurg`unli-boyalishli kompleks; shuvoqzor; shuvoqli-keyreukli-
buyurg`unzor; buyurg`unzor; saksovulzor; aralash butali yulg`unzor;
bug`doyiqzor; bedazor; har xil o`tli-sho`razor kabi o`simlik jamoalarida amalga
oshirildi.
Ustyurt tekisligidan o`rganilgan to`g`riqanotsimon hasharotlar turlarini yig`ib
olish joyi va qisqacha tavsiflari, miqdoriy ko`rsatkichlarining tahlili qilinadi.
2018–2021 yillar davomida Ustyurt tekisligining uchta asosiy hududida
joylashgan o‘n xil o‘simlik jamoasida to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning ekologik
monitoringi olib borildi. Monitoring aprel–avgust oylarida o‘tkazilib, har bir biotopda
maxsus entomologik usullar orqali namunalar yig‘ildi. Har bir nuqtada yig‘ish vaqti,
hasharotlarning ontogenetik holati (imago, lichinka), zichligi, fenologiyasi qayd etildi.
Natijalar va muhokama
Tadqiqotlar natijasida Ustyurt tekisligida 30 dan ortiq to‘g‘riqanotsimon turlar
qayd qilindi. Bahorgi namunalar asosan imago bosqichida bo‘lsa (70 %), may oxiridan
boshlab lichinkalarning ulushi ortib borishi kuzatildi (80 %). Yoz oylarida
lichinkalarning soni kamayib, faqat bir necha avlod qoldiruvchi turlar saqlanib qoldi.
Turlar zichligi va tarqalishiga qarab quyidagi toifalar ajratildi:
1.
Juda kam
— har bir nuqtada 1–3 turlari uchraydi
2.
Kam
— 4–10 turlari
3.
Doimiy
— 10–50 turlari
4.
Ko‘p
— 50 dan ortiq turlari
Turlar ichida
Sceptrophasma bituberculatum, Caereocercus fuscipennis,
Ochrilidia hebetata kazaka, Ptetica crustulata, Egnatius apicalis, Kazakia tarbinskyi
215
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
turlari kam tarqalganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritish uchun
tavsiya etildi.
Ekotizimda muhim trofik va biotsenotik rol o‘ynovchi turlarga
Duroniella
gracilis, Heteracris adspersa, Platycleis intermedia, Pyrgomorpha bispinosa deserti
kabilar kiradi. Ayni vaqtda Locusta migratoria migratoria, Calliptamus italicus,
Calliptamus barbarus, Dericorys albidula
kabilar esa qishloq xo‘jaligi uchun xavfli
zararkunandalar sifatida baholandi.
Monitoring davomida olingan birlamchi ilmiy ma’lumotlar biologik xilma-xillikni
saqlash, hayvonot dunyosi davlat kadastrini yuritish, elektron ma’lumotlar bazasini
shakllantirish, ekologik bashoratlar tuzish va qishloq xo‘jalik choralarini belgilashda
muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, massaviy ko‘payishga moyil turlar bo‘yicha erta
ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqishda ushbu ma’lumotlar tayanch bo‘lib xizmat
qiladi.
Xulosa qilib aytganda,
Ustyurt tekisligida o‘tkazilgan ekologik monitoring
natijalari to‘g‘riqanotsimon hasharotlarning tur tarkibi, tarqalishi va ekologik rolini
aniq ko‘rsatib berdi. Ushbu tadqiqot natijalari hayvonot dunyosining davlat monitoringi
va kadastrini yuritishda, zararkunanda hasharotlarni nazorat qilish va ekologik
bashoratlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, uning areali, yashash
hududi ham sharqiy, ham gʻarbiy yoʻnalishlarda tarqalishi sodir boʻlmoqda. Turlarni
ng
tarqalishiga bir qancha omillar yordam beradi. Birinchisi, davom etayotgan iqlim
oʻzgarishlari, bu turning yangi joylarda oʻz oʻrnini topishiga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Богданов О П. Ўзбекистон ҳайвонлари. Тошкент, “Ўқитувчи
нашриёти”, 1983
2.
Воронов А.Г. Биогеография с основами экологии.Москва,Изд
-
во
Московского университета,1987
-
260 с.
3.
Сергеев М.Г.
Закономерности распространения прямокрылых
насекомых Северной Азии
.
Издательство «Наука», Новосибирск: 1986.
-
237 с.
4.
Сергеев М.Г., Бугров А.Г. Прямокрылые насекомые в агроценозах
Юго
-
Западного Таджикистана. Предварительное сообщение // Антропоген.
воздействия на сообщества насекомых. Новосибирск: Наука, 1985.
-
С.134
-
138.
216
