ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI

Аннотация

Maqolada Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning hayoti va ijodi haqidagi fikrlar o` aksini topgan. Ollomaning astronomiya, geografiya, geodeziya, mineralogiya fanlariga qo`shgan hissasi haqida fikrlar haqida yozilgan.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
f
40-44
10

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Raxmatov , Y. . (2025). ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI. Журнал универсальных научных исследований, 3(4), 40–44. извлечено от https://www.inlibrary.uz/index.php/universal-scientific-research/article/view/102658
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Ключевые слова:

Аннотация

Maqolada Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning hayoti va ijodi haqidagi fikrlar o` aksini topgan. Ollomaning astronomiya, geografiya, geodeziya, mineralogiya fanlariga qo`shgan hissasi haqida fikrlar haqida yozilgan.


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

ABU RAYHON BERUNIYNING HAYOTI VA IJODI

Raxmatov Yusupjon Babaqulovich

Navoiy davlat universiteti

yu_raxmatov_b@mail.ru

Annotatsiya:

Maqolada Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniyning

hayoti va ijodi haqidagi fikrlar o` aksini topgan. Ollomaning astronomiya, geografiya,
geodeziya, mineralogiya fanlariga qo`shgan hissasi haqida fikrlar haqida yozilgan.

Kalit so’zlar:

alloma, faylasuf, qomusiy olim, geodeziya, geografiya,

astronomiya, Hindiston, turon, O’rta Osiyo, Saydana,.Aflotun, Arestotel, Suqrot, ilm–
fan, sharq, Xorazm.

Abstract:

The article reflects the thoughts of Abu Rayhan Muhammad ibn

Ahmad al-Beruni about his life and work. Opinions about the contribution of scholars
to astronomy, geography, geodesy, and mineralogy are written.

Keywords:

scientist, philosopher, encyclopedic scientist, geodesy, geography,

astronomy, India, Turan, Central Asia, Saydana, Plato, Aristotle, Socrates, science,
east, Khorezm

Аннотация:

В статье отражены мысли Абу Райхана Мухаммада ибн

Ахмада аль

-

Беруни о своей жизни и деятельности. Высказаны мнения о вкладе

учёных в астрономию, географию, геодезию, минералогию.

Ключевые слова:

ученый, философ, ученый

-

энциклопед, геодезия,

география, астрономия, Индия, Туран, Средняя Азия, Сайдана, Платон,

Аристотель, Сократ, наука, восток, Хорезм.

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973–1048)–buyuk alloma,

matematik, astronom, geograf, tarixchi va faylasuf bo‘lib, u Markaziy Osiyoning ilm-
fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan. Turkistonlik ulug' alloma Beruniy 973-yilda
hozirgi O‘zbekiston hududidagi Xorazmning Kat shahrida tug‘ilgan. U ota - onasidan
juda yosh yetim qoldi va Iroqiylar xonadonida tarbiyalandi.

Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad

ibn

Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn

Iroq Beruniyning ustozi edi

1

.

40


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Faylasuf Rayda mashhur olim matematik va astronom al-

Xoʻjandiy, tabib va

faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi.U yoshlik chog‘idayoq ilmga bo‘lgan qiziqishini
namoyon etib, ko‘plab fanlarni o‘rganishga intilgan.

«Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar astronomiya,

matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining «Geodeziya»

asarida 990-

yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi». Maʼlumki,

geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan

yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. 995

-yili Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti,

Gurganjning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga

mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, Ray shahriga keladi. U Rayda

mashhur olim matematik va astronom al-

Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar

-Roziylar bilan

tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining «Al

-Faxriy sekstanti» risolasini yozadi. «997-yil

Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib,

uning

oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 998

-yil Beruniy Jurjonga keldi. U

Jurjonda 1004-

yilgacha yashaydi.Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi.

Jumladan, olimning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari 1000-yillar
atrofida shu yerda yozilgan

2

. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu

vaqtda Xorazmning poytaxti Gurganj edi. Gurganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda
al-Masihiy, tabib Al Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar. 1005-yil bahorida
buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Gurganjga keladi. Gurganjda Beruniy

matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari

bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma

ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi

ham mana shu yerda tugʻildi. 1017

-yil yozida

Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra, Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi.

U yerda ogʻir sharoitda yashadi. 1019

-

yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish

sharoitiga erishdi. Beruniy o‘sha davrning yetuk olimlari, xususan, Abu Nasr Mansur
ibn Iroq bilan yaqin ilmiy aloqada bo‘lgan.

U o‘zining ilmiy faoliyati davomida turli mamlakatlarda yashab, ko‘plab

sarkardalar va hukmdorlar xizmatida bo‘lgan. Beruniy Mahmud G‘aznaviy bilan
Hindistonga borgan va Hind madaniyati, falsafasi, astronomiyasi va geografiyasini
o‘rgangan.

Beruniy Hindistonda «Hindiston» asari uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030

yil yozib tugatdi.

Oʻsha yili

Mahmud vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Mas’ud taxtga

chiqdi. Mas’ud

Beruniyga koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli,

41


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Beruniy oʻzining shoh asarini Mas’udga bagʻishlab «Qonuni Mas’udiy», deb

atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham, Beruniyni

ng matematikaga oid,

yaʼni trigonometriya va sferik trigonometriyada qilgan anchagina kashfiyotlari shu

asarda bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga

qoʻshgan hissasini yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin

.

Ulardan eng yiriklari «Hindiston», «Qonuni Mas’udiy», «Geodeziya»,

«Mineralogiya» va «Astronomiya». Qolganlarini quyidagicha taqsimlash mumkin:
matematikaga doirlari 22 ta; astronomik asboblar haqida 10 ta; astrologiklari 21 ta; turli
fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) - 38 ta; turli tillardan tarjima
asarlar 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib
kelgan. Beruniy yoshligidayoq

koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan. U bolalik

chog’idayoq astronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylar koordinatalarini

aniqlash bilan shugʻullangan va 995

-996-yillarda Kat

shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ

qadimgi oʻlchov birligi, 49 santimetr chamasida)

boʻlgan doira va boshqa asboblar

bilan astronomi

k oʻlchash ishlarini olib borgan.

Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha

uning faqat 30 ga yaqini yetib

kelgan”5. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi
geografiya va geodeziyaga, 4 tasi mineralogiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi
dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 tasi adabiyotga

bagʻishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini oʻ

rgandi, bundan tashqari, fors,

arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi. Beruniyning boy ilmiy merosi h

ali toʻla

oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir i

bn Iroqdan Evklid geometriyasi,

Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olg

an. 995-yilgacha u astronomiya,

geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga yer va osmon
globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.

Olimning ana shunday asarlaridan biri «Geodeziya» 1025-yilda yozib tugatilgan.

Bu asar shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini
Belgilash 6ga doirdir. Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer aylanasining kattaligini

oʻlchash haqida fikr yuritgan. Qadimdan insonlar yerning

shakli va kattaligini bilishga

qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvu

r qilishgan. “Bagʻdodda tashkil

topgan «Donishmandlik

uyi» nomli oʻsha davr

ning fanlar akademiyasida O‘rta

Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib

, Marvaridiy kabi olimlar turli

sohalarda ish olib borganlar. Uning yozishicha, xalifa Maʼmun buyrugʻiga binoan

42


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

«Donishmandlik uyi» ning olimlari ikk

i guruhga boʻlinib, Iroqning Mosul shahri

gʻarbidagi Sanjar sahrosida gradus oʻlchash usuli asosida yer kattaligini aniqlashga

kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu ibn Iso as Asturlobiy
ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh

oʻzi oʻlchab topgan natijalar

boʻyicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan. Beruniy oʻzining shoh

asarini Mas’udga bagʻishlab «Qonuni Mas’udiy», deb atadi. Beruniyning asarlaridan

atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.

1022-1024-

yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi

bilan

olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. U Panjobdagi

Nandna qal’asi

yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va

u 11895 km. ekanini

aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi

- 11110 km bilan

taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani

koʻrinadi.

Beruniy 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan bo‘lib, ularning aksariyati matematika,

astronomiya, geodeziya, mineralogiya, tarix, tibbiyot, farmakologiya va boshqa
fanlarga bag‘ishlangan. Uning eng mashhur asarlari quyidagilardir:

«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»

–bu asarda turli xalqlarning

madaniyati, urf-odatlari va diniy qarashlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

«Hindiston»

–Beruniyning Hindiston haqidagi eng muhim asari bo‘lib, unda

Hindistonning madaniyati, dini, falsafasi va geografiyasi haqida keng fikr yuritiladi.

«Geodeziya»

–Yerning shakli va o‘lchovlari haqida muhim ilmiy ma’lumotlarni

o‘z ichiga olgan asar.

«

Astronomiyaga oid asarlari»

–Beruniy osmon jismlarining harakati,

yulduzlarning joylashuvi va fazoviy hisob-kitoblar haqida ilmiy tadqiqotlar olib
borgan. U Yerning Quyosh atrofida aylanishi mumkinligi haqidagi fikrni ilgari surgan.

Beruniyning Ilm-Fanga Qo‘shgan Hissasi-

Yerning dumaloq ekanligini

aniqlash va uning radiusini hisoblash. Geografik koordinatalarni hisoblash va xaritalar
tuzish metodikasini ishlab chiqish. Hindiston madaniyatini o‘rganib, Sharq va G‘arb
ilmini bog‘lash. Matematik analiz va trigonometriya sohalariga katta hissa qo‘shish.
Beruniy ilmiy tafakkur va tajribaga asoslangan uslubni qo‘llab, ilm-fanni
rivojlantirgan. U o‘z davrining eng ilg‘or olimlaridan biri sifatida tan olinadi. Abu
Rayhon Beruniy nafaqat O‘rta Osiyo, balki jahon ilm-fan tarixida ham ulkan iz
qoldirgan olimdir. Uning asarlari hozirgi kungacha qadrlanib, fan va texnologiya
rivojiga xizmat qilmoqda.

43


background image

«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI

MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Irisov A. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari.
Tanlangan asarlar, I tom. – T.: Fan, 1968. – 639 b.
2. Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asari. Beruniy.Tanlangan asarlar.II
tom. – T.: Fan, 1965. – 663 b.
3. Abu Rayhon Beruniy «Geodeziya». –

Т

.: Fan, 1966. – 378 b.

4. Abu Rayhon Beruniy. «Mineralogiya». – T.: Fan, 1963. - 338 b.
5. Nizomiddinov N «Hindistonda islom: tarix, Ijtimoiy-siyosiy hayot va hind
musulmon madaniyati». – T.: O‘zbekiston, 2006. – 367 b.
6. Boqiev F. Beruniy ruhlarning qaytishi haqida. («Hindiston» asarida estetik
tafakkur durdonalari.). – T.: Faylasuflari milliy jamiyati nashriyot, 2004. – 266
7. Fayzullaev O. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida
ba’zi masalalar haqida. Beruniy.Osorul-boqiya. – T.: Fan, 1968.–372 b.
8. Xo’jamurodov.I Milliy o’zlikni anglashda diniy qadriyatlarning o’rni. – T.:
O’zbekiston, 2004. – 331 b.
9.

Mamatov N., Hojeboyev A., Yo’ldoshev S. Falsafa. – T.: Sharq, 2005. – B. 66.

10. Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq
falsafasi).–T.: TDSHI, 2013,–B.132.

44

Библиографические ссылки

Irisov A. Beruniy va uning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari.

Tanlangan asarlar, I tom. – T.: Fan, 1968. – 639 b.

Irisov.A Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asari. Beruniy.Tanlangan asarlar.II tom. – T.: Fan, 1965. – 663 b.

Abu Rayhon Beruniy «Geodeziya». – Т.: Fan, 1966. – 378 b.

Abu Rayhon Beruniy. «Mineralogiya». – T.: Fan, 1963. - 338 b.

Nizomiddinov N «Hindistonda islom: tarix, Ijtimoiy-siyosiy hayot va hind

musulmon madaniyati». – T.: O‘zbekiston, 2006. – 367 b.

Boqiev F. Beruniy ruhlarning qaytishi haqida. («Hindiston» asarida estetik

tafakkur durdonalari.). – T.: Faylasuflari milliy jamiyati nashriyot, 2004. – 266

Fayzullaev O. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida

ba’zi masalalar haqida. Beruniy.Osorul-boqiya. – T.: Fan, 1968.–372 b.

Xo’jamurodov.I Milliy o’zlikni anglashda diniy qadriyatlarning o’rni. – T.:

O’zbekiston, 2004. – 331 b.

Mamatov N., Hojeboyev A., Yo’ldoshev S. Falsafa. – T.: Sharq, 2005. – B. 66.

Po‘latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq falsafasi).–T.: TDSHI, 2013,–B.132.