«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
ABU RAYHON BERUNIYNING TABIAT HAQIDAGI QARASHLARI
Sh.K.Babadjanova., N.M.Bekturdiyeva
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Annotatsiya.
Ushbu
maqolada
Beruniyning
tabiatshunoslik fanlarini
rivojlanishida qilgan ishlari va tabiat tarixini o`rganishda beqiyos hissasi haqida bayon
qilingan. Ensiklopedist olim o`zining tabiiy- ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida
tabiatdagi hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga
keladi.
Kalit so‘zlar:
dorishunoslik, ma`danlar, biologic xususiyat,yer qiyofasini
o`zgarish , tabiatshunoslik
Аннотация.
В данной статье описаны
о работе Беруни
в развитии
естественных наук и его неоценимом вкладе
в изучение естественной науке
.
Ученый
-
энциклопедист на основании своих естественно
научных наблюдений,
опытов приходит к выводу, что явления в природе управляются определенными
закономерностями природы
.
Ключевые слова:
медицина, минералы, биологические свойства, изменение
облика земли, естествознание
Abstract.
This article describes Beruni's work in the development of natural
sciences and his invaluable contribution to the study of natural science. The
encyclopedic scientist, based on his natural science observations and experiments,
comes to the conclusion that phenomena in nature are governed by certain laws of
nature.
Keywords:
medicine, minerals, biological properties, changing the appearance of
the earth, natural sciences
Xorazm azaldan o’z tabiatining go’zalligi bilan olamga mashxur bo’lgan va
bu hududda qadimdan chorvachilik, dehqonchilik, sug’orish inshootlari qurish,
ipakchilik paxtachilik va asalarichilik rivojlangan. Ajdododlarimiz o’zlari yashagan
maskan tabiatini asrab- avaylaganlar, doim avlodlariga ozod va obod Vatanni qoldirish
uchun harakat qilganlar. Ular o’zlarini tabiatning farzandlari deb bilganlar.
18
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Allomalarimiz tabiatdagi mavjud muvozanati buzmaslikka katta e’tibor berganlarki,
bugunga kunga kelib bunday qarashlar tabiatshunoslik tushunchasining asosiga
aylangan. Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy
(973-1048)
Ma’mun akadеmiyasining yеtuk оlimi, ajоyib rahbari edi.
Ular X asrning ikkinchi
yarmi va XI asrning boshlarida, g’oyat murakkab tarixiy davrda yashab ijod etgan
jahon ilm-faniga katta hissa qo`shgan allomalardan biri hisoblanadi. Beruniy jahon
fani rivojiga katta taʼsir qilib, yaratgan asarlari ma'lum sohalar boʻyicha oʻziga xos
Xorazm ilmiy maktabini vujudga keltirdi. Beruniy ushbu maktabning yorqin
namoyondasi boʻlib qolmasdan, balki, Sharqning yirik ilm
-ma’rifat markazi - "Dor-ul
hikma va ma’rif" yoki Ma’mun akademiyasining
mоhir
tashkilotchisi boʻlg
an .
Хоrazm Ma’mun akadеmiyasining shakllanishi va taraqqiy qilishida eldоshimiz Abu
Rayhоn Bеruniy ning ilmiy kashfiyotlari ham muhim rоl o’ynaydi. Ma’mun
akadеmiyasi оlimlari Bеruniyning asarlaridan ma’naviy оziqlandilar, ularning ilmiy
xulоsa va kashfiyotlarini o’z tadqiqоtlari bilan bоyitdilar va rivоjlantirdilar. Bеruniy
turli ilmlarga dоir 156 ta asar muallifi bo’lib, shulardan bizgacha 30 ga yaqini еtib
kеlgan, хоlоs. "Qadimgi xalqlardan qоlgan yodgоrliklar", "Hindistоn",
"Minеrоlоgiya", "Qоnuni Ma'sudiy", "Saydana" va bоshqa asarlari оlimga o’z
zamоnasidayoq ulkan shuhrat kеltirgan asarlar bo’lib hоzirgi kunda ham fan оlamining
nоdir asarlaridan sanaladi. Оlimning Yer sharining o’lchamlari haqidagi ilmiy
хulоsalari ham hоzirgi zamоn faniga yaqin b
o’lib, ancha aniq va mukammal
xulоsalardandir.
Beruniy tabiiy fanlar ravnaqida, ilk fanlar koinotdagi hodisalarni
taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarning oʻzaro taʼsiri bilan tushuntirishga
urinadi. Olim yerdagi ba'zi hodisalarni quyoshning ta'siri bilan izohlaydi. Uning
fikricha, inson tabiat qoidalariga rioya qilishi lozim. Beruniy ba'zi tabiiy- ilmiy
masalalarda tabiat hayotidagi dialektikani topishga harakat qiladi va shu zaylda ,
umumiy shaklda boʻlsa ham, keying davrlardagi tabiatsh
unos olimlarga ba'zi muhim
ilmiy yutuqlarga erishish uchun yoʻl koʻrsatib beradi .
Masalan, Beruniy fikricha,
yerdagi oʻsimlik va hayvonlarning yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangandir.
Lekin oʻsimlik va hayvonlar cheksiz koʻpayishga intiladi va sh
u maqsadda kurashadi.
Beruniy tabiatshunos sifatida tabiat haqida quyidagicha fikr yuritadi: " Erkin nasl
qoldirish bilan dunyo toʻlib boraveradi ".Garchi dunyo cheklangan boʻlsada, kunlar
oʻtishi bilan bu ikki oʻsish natijasida koʻpayish cheklanmaydi. Agarda oʻsimliklardan
jonivorlardan biror xilining oʻsishiga sharoit boʻlmay, oʻsishdan toʻxtab ham
19
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
boshqalarida bu ahvol boʻlmaydi. Ular birdaniga paydo boʻlib, birdaniga yoʻq boʻlib
ketadi. Balki ularning biri yoʻqolgan ham, u oʻz oʻxshashni qoldirib
ketadi. Agar yer
yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning
koʻpayishiga ham, daraxtning oʻsishiga ham oʻrin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar
ekinlarni oʻtoq
qilib,
keraksizini yulib tashlaydi. Bogʻbon ham dara
xtlarning meva
beradigan shoxlarini qoldirib, keraksizini kesib tashlaydi.
Beruniy asarlarida oʻsimlik va hayvonlarning biologic xususiyatlari, ularning
tarqalishi va xo’jalikdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Beruniy
“Saydana “ nomli asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi
turli o’simliklardan 101 tasi hayvonlardan ,107 tasi esa minerallardan olinadi. Har bir
o’simlik, hayvon va minerallarning xossalari, tarqalishi va boshqa xususiyatlari
keltirilgan. “Saydana“ Beruniyning so`ngi asari bo`lsa ham, olim yoshlik chog`laridan
boshlab dorivor o`simliklar bilan qiziqqan va ularning boshqa tillardagi nomlarini
aniqlab yig`ib yurgan.”Yoshligimdanoq,- deydi Beruniy,- mening tabiatimda o`z
yoshim va holimga yarasha bilim olishga haddan tashqari ishtiyoq bor edi. Bunga
shohid sifatida quyidagini aytish kifoya: yurtimizga bir rumlik(vizantiyalik) kelib
qolgan bo`lib, men unga donlar, urug`lar, mevalar va o`simliklarni keltirib uning tilida
qanday atalishlarini so`rab va yozib olar edim”. Beruniyning tabiat bilan, xususan
o`simlik va hayvonlar bilan qiziqishi uning boshqa ancha oldin yaratilgan asarlaridan
ham ko`rinib turadi. “Saydana“ Sharq mamlakatlari, jumladan O`rta Osiyoda
dorishunoslik tarixida o`rganish bo`yicha juda qimmatli manba hisoblanadi.Unda 1000
dan ortiq dorilik moddalar haqida yozilgan. Beruniy bu asarini yozishda turli mamlakat
olimlari tomonidzn ko`p asrlar davomida yaratilgan yuzlab kitoblardan foydalangan.
Bu as arning qayta nashr etilishi xorazmlik buyuk olim Abu Rayxon Beruniyning
tabobatdan tashqari botanika, zoologiya va geografiya fanlarga qo`shgan hissasini
aniqlashga kengroq imkoniyat ochib beradi. Masalan 1000 yillarda yozilgan
“Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar “ kitobida Eronning turli tropic o’simlik va
hayvonot dunyosini bayon etgan. Ushbu asarda o’simlik va hayvonlarning tashqi muhit
bilan aloqasi, ularning xulq-atvori yil fasllarini bilan bog’liq ravishda o’zgarishi
misollar bilan tushuntirilgan. Jumladan, asarda qish qattiq, sovuq kelsa qushlarning
tog’dan tekisliklarga tushishi va hakozalar ifoda etiladi. Beruniyning ushbu asarida
Eron shimolida keng tarqalgan o’simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning
tashqi muhit bilan o`zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma’lumotlar keltiriladi.
20
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Beruniy yer qiyofasing o’zgarizishi o’simlik va hayvonot dunyosining o’zgarishiga,
tirik organizmlarning turli hayotiy tarixi bilan bog’liq bo’lishi kerak deb hisoblaydi.
Qumni kovlab, uning orasidan chig’anoqni topish mumkin, deb xulosa qiladi.
“Geodeziya“ asarida Kaspiy va Orol dengizi qirq`oqlarida yashovchi ayrim qushlar
hayotidagi o`ziga hos tomonlarini juda aniq tavsiflaydi. Beruniy Hindistondagi o`simlik
va hayvonlar haqidagi qiziqarli kuzatishlarini shu mamlakatga bag`ishlangan asarida
keltiradi.
Olimning “Mineralogiya“ kabi asarida qimmatli minerallar va metallarni
o`rganishga bag`ishlangan bo`lib, unda o`simlik va hayvonlardan olinadigan
moddalarga ham keng ma’lumotlar bergan.
Beruniy o`zining tabiiy- ilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi
hodisalar ma’lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, degan xulosaga keladi.
Ularni tashqaridan ta’sir etuvchi har qanday kuch o`zgartirish qobiliyatiga ega emas.
Buyuk allomaning asarlari dunyoga keng tarqalib mineralogiya, geografiya va
botanika fanlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shdi. Bеruniy t tabоbat ilmlari sоhasida
ham bоy mеrоs qоldirgan qоmusiy оlimdir.
Shunday qilib, O`rta Osiyoda tabiatshunoslik fanlarini rivojlanishida buyuk
ensiklopedist olim qilgan ishlari va bizgacha yetib kelgan asarlari tabiat tarixini
o`rganishda beqiyosdir. Shuni alohida ta`kidlab o`tish lozimki, Islom olamida X-XI
asrlarda roy bergan ilm-fandagi olamshumul yangiliklarda turli hududlardan kelgan
olimlar qatorida, Markaziy Osiyo allomalarning ham borligi quvonarlidir.
Xulosa qilib
aytish mumkinki, Beruniyning jamiyat haqidagi qarashlarida insonning qiyofasi tabiat
taʼsirining natijasi ekani, uning ichki qiyofasida cheksiz saʼy
-harakatlar natijasida tub
oʻzgarishlar boʻlishi mumkinligi aytiladi. Har bir inson oʻz xulq
-atvorining egasidir.
Jamiyat bosqichma-
bosqich oʻzgarishlar orqali rivojlanib boradi. Beruniyning
jamiyatda adolatli boʻlish, inson uchun qaygʻurish, jamiyatni aql, ilm, adolat, qonunlar,
oʻrnatilgan tartiblar bilan boshqarish kerakligi haqidagi falsafiy tahlili oʻsha davrda
fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanganidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
А
bu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. I tom. / Tarjimon A.Rasulov. Izohlarni
I.Abdullayev va A.Rasulov tuzgan.
Masʼul
muharrirlar: I.Abdullayev va
O.Fayzullayev. –T.: Fan, 1968.
21
«EKOLOGIYA VA ATROF MUHIT MUHOFAZASI
MUAMMOLARI VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI»
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2.
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Tom Hindiston. Arabchadan A.Rasulov,
Yu.Hakimjonov,
Gʻ.Jalolov
tarjimasi.
Soʻz
boshi va izohlar A.Irisov. – T.: Fan, 1965.
3.
Buyuk siymolar, allomalar:
(Oʻrta
Osiyolik mashhur mutafakkir va donishmandlar).
K.1. – /Nashrga tayyorlovchi M.M.Xayrullayev. – T.:
Maʼnaviyat,
1995.
4.
Abu Rayhon Beruniy. “Kitob al-jamohir fi-
maʼrifat
al-javohir” (Mineralogiya). – T.:
Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi, 2017.
5.
I.M.Muminov.
Oʻzbekistondagi
tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixidan
lavhalar (
ΙΧ
-
ΧΧ
asrning boshlarigacha). – T.: Fan, 1999
.
22
