HIKOYA BADIIYATI

Annotasiya

Monografiya Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ilmiy kengashi tomonidan (27.09.2024-yil, 2/5-1-sonli bayonnomasi) nashrga tavsiya etilgan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2024
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi
f
123
90

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Shukurova, B. (2024). HIKOYA BADIIYATI. Universal Books and Monographs, 1(9), 123. Retrieved from https://www.inlibrary.uz/index.php/ubm/article/view/48437
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Monografiya Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ilmiy kengashi tomonidan (27.09.2024-yil, 2/5-1-sonli bayonnomasi) nashrga tavsiya etilgan.


background image

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK-AGROTEXNOLOGIYALAR

UNIVERSITETI

Shukurova Bahor Boltayevna

HIKOYA BADIIYATI

Monografiya

Termiz – 2024


background image

2

UO‘K: 821.512.133.09

KBK: 84(5O’)

Sh 91

Shukurova, B.B. Hikoya badiiyati / B.B. Shukurova; muharrir

S. Eshqorayev; tarjimon B.B. Shukurova. – Surxondaryo: Termiz

publishing center, 2024. – 122 b

Mas’ul muharrir: Murodov G‘ayrat Nekovich-

filologiya fanlari

doktori (DSc), Buxoro davlat universiteti professori.

Taqrizchilar:

Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich -

Alisher Navoiy nomidagi

ToshDO‘TAU

filologiya fanlari doktori, professor

Rajabov Dilshod Zaripovich -

Buxoro davlat universiteti filologiya

fanlari doktori (DSc) professor

Monografiya Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti

Ilmiy kengashi tomonidan (27.09.2024-yil, 2/5-1-sonli bayonnomasi)

nashrga tavsiya etilgan.

ISBN: 978-9910-675-26-3

© Shukurova Bahor Boltayevna,

©“Termiz publishing center” 2024



background image

4

KIRISH

Jahon adabiyotshunosligida hikoyaning janr sifatidagi badiiy-poetik

xususiyatlari bo‘yicha izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, undagi
obrazlar tizimi, genezisi va takomili, adabiy-badiiy jarayondagi o‘rni,
undagi shakliy va mazmuniy yangilanishlar, mazkur janrning lisoniy-
poetik xususiyatlari tadqiq etilmoqda. Mazkur janr adabiy-badiiy
strukturasidagi davr va inson munosabatlari tasviridagi obyektivlik, hikoya
matni tarkibida bayoncni – roviyning vazifalari, detalning kichik epik
shakl syujet-kompozitsion qurilmasidagi ahamiyati, uning inson
xarakterini inkishof etishdagi ahamiyati, hikoyaning lingvopoetik
jihatlari, jumladan, leksik hamda sintaktik vositalarning obraz
yaratishdagi roli xususida muayyan ilmiy-nazariy natija va xulosalarga
kelingan.

Dunyo adabiyotshunosligida hikoya poetikasi bo‘yicha bir qator

tadqiqotlar yaratilgan bo‘lsa-da, bu boradagi ishlar hali davom etyapti,
chunki badiiy tafakkur, g‘oyaviy-estetik mezonlarning taraqqiyoti bilan
har bir janr, shu jumladan, kichik epik ijod namunalari strukturasida
evrilishlar yuzaga kelib, bunday o‘zgarishlarni tadqiq etish ehtiyoji paydo
bo‘lmoqda. Bunday o‘zgarish va yangilanishlar birinchi navbatda
tasvirdagi obyektivlik, inson obrazining yangicha xususiyatlar kasb eta
boshlashi, janr namunalaridagi roviy obrazining xilma-xillashuvi kabilarda
namoyon bo‘lmoqda

.

Zamonaviy o‘zbek adabiyot ilmida ham mazkur janrga oid

muammolar ma’lum darajada tadqiq etilib, uning milliy so‘z san’atidagi
mavqeyi, poetik xususiyatlari, hayot va insonni, tarixiy jarayon
manzaralarini aks ettirishdagi imkoniyat va afzalliklari xususida bir qancha
muhim ilmiy-nazariy ishlar yaratilgan va bunday harakat-intilishlar davom
etib kelmoqda. Chunki “o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro
miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilish, ko‘p qirrali bu mavzuni bugungi
kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan
uzviy bog‘liq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish,


background image

5

kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, o‘ylaymanki, katta ahamiyatga
ega”.

1

Аdabiyotshunoslikda hikoya janriga xos xususiyatlar, badiiy

strukturasi, unda aks etadigan muammolar, obrazlar tizimi bo‘yicha bir
qancha tadqiqotlar yaratilgan, darslik, qomusiy lug‘atlarda uning mohiyati
va hajmiy imkoniyatlari u yoki bu darajada yoritilgan

2

. O‘zbek olimlari –

M.Qo‘shjonov, U.Normatov, O.Sharafiddinov, B.Karimov. U.Jo‘raqulov,
D.Quronov, G.Imomovalarning ishlarida ushbu janrga oid ayrim
muammolar tadqiq etilgan

3

.

O‘tgan asrnig 60-80-yillari, ayniqsa, milliy Mustaqillik davrida

mazkur janrda badiiylikning yuksak talablariga javob beradigan, uning
estetik hududidagi yangilanishlarni yaqqol ko‘rsatadigan ko‘plab ijod
namunalari yaratila boshlandi. Bu esa tabiiy ravishda uni o‘rganishga
bo‘lgan qiziqish va ehtiyojni yuzaga keltirdi. Natijada hikoya tadqiqiga
bag‘ishlangan bir qancha dissertatsiyalar, shuningdek, ushbu tadqiqot
obyekti va predmetiga bevosita yoki bilvosita aloqador ishlar yaratildi.

4

1

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини

халқаро миқёсда ўрганиш ва тарғиб қилишнинг долзарб масалалари” мавзусидаги халқаро конференция
иштирокчиларига табриги. / https://www.xabar.uz/madaniyat/shavkat-mirziyoyev-adabiyot-san’at.

2

Жирмунский B.M.

Из истории западно-европейских литератур. - Наука, Ленинградское отд-ние, 1981. –

С.306.;Томашевский Б. В. Теория литературы: поэтика.- Москва: Аспект-пресс, 1996.–С.333.; Эйхенбаум
Б. О. Генри и теория новеллы

https://www.opojaz.ru/;

Эйхенбаум Б. Литература. Теория. Критика. Л., 1927.

http://

philologos. narod.ru/eichenbaum/eichenmain.htm.;

Эйхенбаум Б. Лев Толстой. – Москва, 1960. – С.295;

Барт Р.

Избранные труды. Семиотика. Поэтика. Москва: Мысль, 1986.-С.616.;

Мулярчик А. С. Американская новелла

XX века. Москва: Художественная литература, 1974. –С.542; Исаков А. И. Американская новелла XIX века.
Москва: Худ. лит-ра, 1946. –С.184; Литературный энциклопедический словарь. – Москва, 1987–С.752.;

Веселовский А.Н. Историческая поэтика. Москва, Высшая школа, 1989,

–С.

404; Добин Е

.

Сюжет и

действительность. Искусство детали. Л.: Советский писатель, 1981

.– С.

184.;

Тамарченко Н.Д., Тюпа В.И.,

Бройтман С.Н. Теория литературы в 2-х томах. Том 1. – М.: Академия, 2004.

–С.512

; Борев Ю.Б. (ред.) Теория

литературы. Роды и жанры (основные проблемы в историческом освещении). Том 3. – М: ИМЛИ РАН, 2003. –
С.592; Хализев В.Е. Теория литературы. – М.: Высшая школа, 2000.–С.398.

3

Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. –Тошкент: Akademnashr, 2013. –В.406:

Қўшжонов М. Сайланма.1-жилд – Тошкент: АСН,1982.–Б.384; Қўшжонов M., Норматов У. Маҳорат сирлари. –
Тошкент: Ғ. Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1968. –Б. 384; О.Шарафиддинов. Ҳақиқатга садоқат. –
Тошкент: АСН, 1989. –Б.416; Каримов Б. Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур. – Тошкент: Академнашр,
2014.–Б.256; У. Жўрақулов. Ҳудудсиз жилва (илмий-адабий мақолалар). – Тошкент, 2006. –Б.202; Жўрақулов У.
Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. Илмий-назарий тадқиқотлар, адабий-танқидий
мақолалар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2015. –Б. 106. Қуронов Д..Чўлпон
насри поэтикаси. – Тошкент: Шарқ, 2004. –Б.192; Имомова Г. Ўзбек ҳикояларида бадиий синтез шакллари. –
Тошкент: Lesson press, 2022–Б.245.

4

Владимирова Н. Развитие жанра рассказа в узбекской литературе. Автореф. дисс.д-ра фил.наук. – Ташкент,

1980. – С. 38; Дўстмуҳаммедов Х. Ҳозирги ўзбек ҳикоячилигида бадиий тафаккурнинг янгиланиши.НДА.–
Тошкент, 1995. – Б. 28; Дониёрова Ш. Шукур Холмирзаев ҳикояларининг бадиий-услубий ўзига хослиги. НДА. –
Тошкент, 2000. – Б. 23; Тавалдиева Г. Шукур Холмирзаев ҳикояларида воқеликни бадиий идрок этиш принциплари.
НДА. - Aндижон , 2021.– Б.158: Сатторова Г. 90-йиллар ўзбек

ҳикоячилигида миллий характер муаммоси: НДА.

– Тошкент, 2002. – Б. 25; Матякупов С. Ҳозирги ўзбек ҳикояларида инсон концепцияси ва шахс бадиий
талқини. НДА. – Тошкент, 2006. – Б. 22; Шахобов К. Ҳозирги ўзбек насрида ўтиш даврининг бадиий талқини
(Шукур Холмирзаев асарлари мисолида). - Филол. фан. бўйича фалс. д-и (PhD) дисс. автореф. – Фарғона, 2020.


background image

6

Mazkur ishlarda kichik epik janrning syujet-kompozitsion va obrazlar
tizimi, badiiy-uslubiy xususiyatlari, badiiy talqin, milliy xarakter, inson
konsepsiyasi kabi muammolar o‘rganilgan.

Ma’lumki, so‘z san’ati taraqqiyoti jarayonida janr badiiy

strukturasida muayyan o‘zgarish, yangilanishlar sodir bo‘ladi. Bu esa
yangi tadqiqot va izlanishlarni taqozo etadi. Ushbu monografiya mana
shunday ehtiyojni hisobga olgan holda yaratildi.

Ishda hikoya poetikasiga oid nisbatan kam o‘rganilgan badiiy matnda

tasvir obyektivligi, uning voqea tizimida roviyning o‘rni, detalning badiiy-
poetik ahamiyati, badiiy san’atlarning poetik-funksional jihatlari kabi
muammolar tadqiq etildi va zaruriy xulosalar chiqarildi.

Monografiyaning

obyekti

sifatida

Shukur

Xolmirzayev

“Saylanmasi”ning 1-3-jildlari, Erkin A’zamning “Bayramdan boshqa
kunlar”, “Shovqin”, Nazar Eshonqulning “Yalpiz hidi” to‘plamlari
tanlangan

.

Monografiyaning ilmiy yangiligi

quyidagilardan iborat:

hikoyada inson obrazidagi asosiy xususiyatlar ifodasi, uning tasviriga

xolis – betaraf munosabatda bo‘lish: unga tarafkash-bir tomonlama
qaramaslik, odamni qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘rsatish, uni ortiqcha
salbiylashtirish yoki ijobiylashtirishdan ehtiyot bo‘lish, badiiy matndagi
voqeani bayon etuvchi roviyning tasvirlanayotgan odamlarga baho
berishdan tiyilishi, ularning xatti-harakati, muloqoti, ichki monologi
ifodasi orqali xarakteridagi o‘ziga xosliklar, psixologik evrilishlar, unga
muhitning ta’siri kabi eng muhim jihatlar aniqlangan;

milliy Mustaqillik davrida yaratilgan kichik epik asarlar hajmida

an’anaviy mezon saqlanishi, o‘zbek hikoyalarida tasvirlanayotgan muhit
badiiy manzarasini belgilash, xronotop aniqligiga erishish, personajlar
ruhiyatiga xos xususiyatlarni yuzaga chiqarish kabi o‘zgarishlarning
namoyon bo‘layotganligi, asar hajmining kengayish hodisasi, yangi davr
hikoyachiligida janr va inson obrazining o‘ziga xos xususiyatlari hamda

– Б.142; Шофиев О. Эркин Аъзам насри бадиияти (киноя ва образ). Филол. фан.бўйича фалс. d-и (PhD) дисс.–
Самарқанд, 2019.– Б.152;; Баротова М. Эркин Аъзам асарларининг бевосита инглизча таржимасига хос
хусусиятлар. Филол. фан. бўйича фалс. д-и (PhD) дисс. автореф. - Бухоро, 2020. - Б.24; Қобулова Н. Эркин
Аъзам насрида давр ва инсон концепцияси. – Филол. фан. бўйича фалс.доктори (PhD) дисс. автореф. –
Самарқанд, 2020.– Б. 23; Холмуродова М. Эркин Аъзам киноқиссалари тилининг социопрагматик аспекти.
Филол. фан. бўйича фалс. д-ри (PhD) дисс. - Aндижон , 2021.– Б.132.


background image

7

bayonchi

vazifasini

bajaradigan

roviyning

matn

ruhi,

badiiy

konsepsiyasidan kelib chiqib o‘ziga xos xarakter va ovozga ega obraz
vazifasini bajarishi, uning tasvirida izchil realizmning namoyon bo‘lishi
asoslangan;

har bir ijodkorning hayot va insonga munosabati, hajvga moyilligi,

uning shaxsiy-o‘ziga xos uslubi, ular ijod etgan adabiy metod bilan
bog‘liqligi,

roviy

va

personajlar

nutqida

kinoya,

qochirim

konnotatsiyalarning o‘rni, uning tarkibiga kiradigan peyzaj, portret,
xususan, detalning mavjudligi, romantizm, realizm kabi ijodiy metodlar
bilan uzviy aloqasi borligi dalillangan;

zamonaviy milliy nasr namunalari, xususan, hikoyalarda sifatlash,

mubolag‘a, istiora, kontrast, takror, kinoya singari badiiy san’atlar
yozuvchining uslubi, ikkinchi tarafdan muayyan bir ijodiy metod
(romantizm, realizm, modernizm)ning u yoki bu tasvir vositalariga
nisbatan faol qo‘llanishi, adabiy yaratmalarni badiiy til nuqtayi nazaridan
o‘rganish matnning umumiy ruhi, undagi hukmron dunyoqarash nafaqat
obrazlar poetik va g‘oyaviy qurilishi, shu bilan birga, roviy va personajlar
nutqiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi isbotlangan.


background image

8

I BOB. ZAMONAVIY O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA INSON

TASVIRI VA YOZUVCHI MAHORATI

§ 1.1. Davr va inson munosabatlari tasvirida obyektivlik

Ma’lumki, so‘z san’atining barcha janrlarida inson hamisha markaziy

o‘rinda turgan, hozir ham shunday tamoyil davom etmoqda. Badiiy
adabiyotda, xususan, kichik epik janr namunalarida inson obrazidagi
asosiy xususiyatlar – uning shaxsiyati, ichki dunyosi, ijtimoiy va shaxsiy
hayotdagi faoliyati kabi ko‘pgina omillar bilan bog‘liq. Bu o‘rinda
ularning eng muhimlari haqida aytib o‘tamiz:

1. Ijodkor yashagan joy hamda davr, shu xronotopning ijtimoiy-

siyosiy, ma’rifiy-madaniy, axloqiy-tarbiyaviy, badiiy-estetik talab va
ehtiyojlari. Qalam ahli odatda o‘zi mansub bo‘lgan makon-zamon bilan
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning tafakkur darajasini aks ettiradi. To‘g‘ri,
daho so‘z san’atkorlari mavjud muhit va davrdan ilgarilab ketadilar.
Homer, Alisher Navoiy, Lev Tolstoy, Fyodor Dostoyevskiy singari buyuk
qalam sohiblarining badiiy ijodi bu qarashga dalil bo‘la oladi. Bunday
holda ham buyuk ijodkorlar zamondan qanchalik oldinga ketmasinlar,
baribir, ularning ilg‘or dunyoqarashi o‘z davri, yashagan hududi,
muhitidagi qarash, g‘oya va falsafiy-axloqiy ta’limotlardan oziqlangan
holda yuzaga keladi.

2. San’at, xususan, badiiy adabiyotda mavjud bo‘lgan va adib(lar)

hayot va insonni tasvirlash uchun tanlagan ijodiy metod. Butun san’at
tarixida bunday metodlardan quyidagilar yetakchi ahamiyat kasb etgan:
romantizm, realizm, modernizm. Mazkur adabiy-badiiy usullar, tabiiyki,
ijod namunalarida o‘z ifodasini topadigan insonning badiiy tajassumiga
jiddiy ta’sir o‘tkazadi. Masalan, Hazrat Alisher Navoiyning “Xamsa”si
tarkibiga kirgan “Farhod va Shirin” dostonidagi bosh qahramon aql bovar
qilmaydigan, odam bolasi bajarishi amrimahol bo‘lgan ishlarni osonlik
bilan bajara oladi: minglab ustalar yillar davomida qila olmagan yumushni,
ya’ni tog‘da ariq kovlashni bir o‘zi nisbatan qisqa muddatda osonlik bilan
amalga oshiradi, mustabid Xusravning juda katta sonli qudratli qo‘shinini
bir necha oy davomida yakka o‘zi to‘xtatib turadi. Badiiy asarlarda
insonning bunday ravishda namoyon bo‘lishi jahon, shu jumladan, Sharq


background image

9

so‘z san’atida o‘nlab asrlar davomida yetakchi bo‘lib kelgan
romantizmning tabiati, imkoniyat va tasvirlash vositalari bilan bog‘liqdir.

Realizmda inson boshqacha usul hamda ifodalar orqali tasvir etiladi.

U tarixiy prinsiplar asosida mavjud jamiyat, muhit, qahramon,
personajlarning hayot haqiqatiga mosligiga muvofiq yuzaga keltiriladi.
So‘z san’ati namunalaridagi inson obrazlarida g‘ayritabiiylik, o‘ta
mubolag‘aviylik, tasavvurga sig‘maydigan tasvirlar bo‘lmaydi. Badiiy
obrazlar aniq hayot qonuniyat va talablari darajasida ko‘rsatiladi va
faoliyatda bo‘ladi. Bu o‘rinda atoqli hikoyanavis Abdulla Qahhor adabiy
merosiga mansub “Anor” hikoyasini misol tariqasida aytishimiz mumkin.
Bu muxtasar nasriy asarda juda qisqa fursat – shomdan tun og‘ganga qadar
bo‘lgan voqea tasvirlangan. Hikoyada chor mustamlakachiligi yillarida
umrguzaronlik qilgan kambag‘al bir o‘zbek oilasi hayotidan kichik lavha
bayon etilgan. Asardagi detallar – kelining ag‘darilishi, och mushukning
miyovlashi, o‘sha vaqtda faqirlar taomi bo‘lgan go‘ja kabilar o‘sha
zamonning aniq manzarasini tasvirlash uchun xizmat qilgan. Ularning
hammasi odatiy bo‘lib, g‘ayrioddiylikdan yiroqligi ko‘rinib turadi.

Yigirmanchi asrning oxirgi choragiga kelib, milliy nasrda zamonaviy

G‘arb san’atida keng tarqalgan modernizmga xos bo‘lgan badiiy ijod
namunalari yuzaga kela boshladi. Xurshid Do‘stmuhammad, Olim
Otaxonov, Nazar Eshonqul kabi o‘zbek yozuvchilari yozgan asarlarda
mazkur metodga xos xususiyatlar namoyon bo‘ldi. Bunday ijod
namunalarida shaxsning yolg‘izlanishi, ong osti ruhiy holatlarining
in’ikosi, epik tasvirdan ko‘ra ruhiyat manzaralarining ustuvor o‘ringa
chiqishi, badiiy tasvirlarning muayyan hukmron ta’limotlardan
mustaqilligi, mavjud hayotning tush tarzida ifodalanishi, shunga ko‘ra
unda betartib, go‘yo bir-biriga aloqasi bo‘lmagan manzara va holat,
hodisalarning aloq-chaloq tarzda ko‘rinishi singari alomatlar yaqqol
ko‘rinadi. Biz bu ishimizda keyinroq Nazar Eshonqul ijodi tahlili
davomida yuqorida aytilgan fikrlarni isbotlashga harakat qilamiz.

3.Yozuvchi shaxsiyati, uning oilasi, individual muhiti, ruhiy-

jismoniy salomatlik darajasi, o‘qigan kitoblari, ota-onasi, yaqin
qarindoshlarining munosabati, ayniqsa, bolalik davridagi hayotidagi
voqealar uning ijodiga, yaratgan obrazlarining psixologik strukturasiga,


background image

10

jumladan, asarlaridagi inson tasviriga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Bundagi
adabiyot tarixi, qalamkashlar biografiyasidan ko‘plab misol, dalillar topib
ko‘rsatish mumkin. Jahon so‘z san’atining taniqli vakillaridan biri
sanalgan Maksim Gorkiyning bolalik davri juda og‘ir o‘tgan. Go‘dakligida
otasi vafot etgach, u badjahl, zolim bobosi qo‘liga topshiriladi. Bu oiladagi
nosog‘lom, asabiy, xudbinlik avj olgan muhit uning qalbida jiddiy
jarohatlar qoldiradi va keyinchalik uning ijodida ham o‘z aksini topadi.
O‘zbek hikoyachiligi otaxonlaridan hisoblangan Abdulla Qahhorning ota-
onasi ezgu niyatli odamlar bo‘lsa-da, mutaassib buvisi, johil amakisining
oila a’zolariga noxolis muomalasi bo‘lg‘usi adib ruhiyatiga yomon ta’sir
qilgan, bu esa ma’lum darajada u yaratgan obrazlarga ko‘chib o‘tgan.

Yuqorida biz sanab o‘tgan omillar tadqiqotimiz obyekti bo‘lgan

milliy ijodkorlar – Shukur Xolmirzayev, Erkin A’zam, Nazar Eshonqul
yaratgan kichik epik asarlardagi inson obrazlarida ham namoyon bo‘lgan.
Garchi yuqorida nomlari ko‘rsatilgan qalam sohiblari, iste’dod ko‘lami,
voqelikni anglash va badiiy ifodalash, insonni tasvirlash usullaridan
foydalanish nuqtayi nazaridan bir-birlaridan farqlansalar-da, ularning
ijodiyotida o‘zaro bog‘liq xususiyatlar, aloqa-bog‘lanishlar mavjud
ekanligi kuzatiladi. Biz quyidagi tahlillar davomida taniqli adib Shukur
Xolmirzayevning bir kichik epik asari misolida zamonaviy o‘zbek
hikoyachiligida namoyon bo‘layotgan asosiy xususiyatlardan biri – davr va
inson munosabatlari haqida fikr yuritamiz. Bular, kuzatishlarimizga ko‘ra,
quyidagilarda ko‘rinadi:

-inson tasviriga xolis–betaraf munosabatda bo‘lish: unga tarafkash-

bir tomonlama qaramaslik, odam qanday bo‘lsa, shundayligicha ko‘rsatish,
uni ortiqcha salbiylashtirish yoki ijobiylashtirishdan ehtiyot bo‘lish, eng
muhimi, badiiy matndagi voqeani bayon etuvchi roviy (muallif yoxud
boshqa bir kishi obrazi)ning iloji boricha tasvirlanayotgan odamlarga baho
berishdan tiyilishi, ularning xatti-harakati, muloqoti, ichki monologi
ifodasi orqali xarakteridagi eng muhim jihatlarni ko‘rsatishga intilish.

Bunday tasvir yangi davr milliy nasri uchun nisbatan yangi hodisa

bo‘lib, o‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab bunday usul
iste’dodli yozuvchi Shukur Xolmirzayevning adabiy-badiiy izlanishlarida
yorqin yuz ko‘rsata boshladi.


background image

11

Yozuvchi ijodining o‘ziga xosligi ayni paytda ijodiy jarayonning

o‘ziga xosligini belgilaydi. Ijodiy jarayon har bir yozuvchida o‘ziga xos
tarzda kechadi. Shunday ijodkorlar borki, ifoda yo‘sinining betakrorligi,
badiiy

tasvir

uslubining

o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.

Adabiyotshunoslik, xususan, uning tarkibiga kiruvchi adabiy tanqid o‘zbek
hikoyachiligi taraqqiyotida ikki ijodkor – Abdulla Qahhor va Shukur
Xolmirzayevning xizmatlarini alohida ta’kidlab ko‘rsatib keladi. Aslida
mazkur yozuvchilar nafaqat hikoya, shuningdek, qissa, roman, drama
janrlarida ham samarali ijod qilishgan. Shunga qaramay, bu qalam
sohiblari aynan kichik epik janr deb hisoblanadigan badiiy shakl rivojining
o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini va mavqeyini yuksaltirish bo‘yicha e’tiborga
molik ishlarni amalga oshirganlar. Shukur Xolmirzayevning ifodalash tarzi
va ifoda yo‘sini Abdulla Qahhorga o‘xshab ketadi. U hikoyalarida kam
gapiradi. Asosan, qahramonlarning o‘ziga so‘z beradi, detallardan o‘rinli
foydalanadi.

Yigirmanchi asrning oltmishinchi yillari boshidan milliy nasr

maydoniga kirib kelgan iste’dodli yozuvchi Shukur Xolmirzayev o‘ziga
xos uslubi, hayot haqiqatini obyektiv va teran badiiy ifoda etishga
moyilligi bilan o‘ziga tengdosh adiblardan ajralib turardi. U ellik yillik
ijodiy faoliyatida qissa, roman, drama, esse janrlarida samarali ijod qildi.
Shunga qaramay, u o‘zini birinchi navbatda hikoyanavis deb bilar edi.
Umr bo‘yi mana shu badiiy shaklga sodiq qoldi. O‘zbek hikoyachiligini
jahon adabiyoti durdonalari darjasiga olib chiqish uchun juda ko‘p izlandi,
kichik epik shakl imkoniyatlarini yanada kengaytirish borasida muntazam
ish olib bordi.

Shukur Xolmirzayev dastlabki ijodiy mahsullari bilan kitobxonlar,

xususan, taniqli adabiyotshunoslar nazariga tushgan edi. Uning dastlabki
qissasi- “To‘lqinlar”ni “Sharq yulduzi” jurnalida o‘qigan atoqli so‘z
san’atkori Abdulla Qahhor yosh qalamkashning nodir iste’dodini birinchi
bo‘lib payqagan, unga: “Ijodiy ishlaringiz baroridan kelsin”, - deb xat
yozgan edi.

Bu adib ijodiy-badiiy uslubini o‘sha vaqtlardayoq taniqli yozuvchi

Odil Yoqubov shunday tavsiflagan:“Shukur Xolmirzayev tasvirni juda
quyuq detallashtiradi, o‘zi go‘yo aralashmaydi. Xuddi rassomdek go‘yo


background image

12

so‘z bilan emas, bo‘yoqlar bilan ish ko‘radi... Siz o‘qimaysiz, go‘yo
kartina tomosha qilasiz”. Mazkur bahoda yosh ijodkor uslubining quyidagi
ikki asosiy alomati ko‘rsatilgan:

1. Tasvir obyektivligi.
2. Badiiy ijod namunasida detallardan ko‘p va o‘rinli foydalanish.
Ushbu faslda milliy hikoyachilikda obyektiv tasvir, uning badiiy-

funksional jihatlari xususida fikr yuritamiz. Bu o‘rinda biz adibning hikoya
bo‘yicha tajribalarida insonni tasvirlashdagi obyektivlik, ya’ni betaraflik
(xolislik) haqida mulohazalarimizni bildirmoqchimiz. Bu ishni amalga
oshirish uchun uning 1987- yilda yozilgan “Ustoz” nomli asariga murojaat
etamiz.

Ushbu fasl avvalida aytib o‘tilganidek, har qanday adabiy ijod

mahsuli, shu jumladan, kichik epik asarda qalamkash yashagan joy hamda
davr, shu xronotopning ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy-madaniy, axloqiy-
tarbiyaviy, badiiy-estetik talab va ehtiyojlari inson tasviri obyektida
birlamchi ahamiyat kasb etadi. Ana shu fikrdan kelib chiqib, dastlabki
e’tiborni mazkur hikoya yaratilgan vaqtga qaratamiz. Mazkur badiiy
yaratma mustabid sovet imperiyasining so‘nggi bosqichi bo‘lgan “qayta
qurish” o‘zining avj nuqtasiga chiqayotgan bir paytda yozilgan. O‘sha
yillarda tarixiy shart-sharoit imkoniyatlaridan kelib chiqib jahonda “zulm
saltanati” tarzida nom olgan davlatda o‘tgan o‘n yilliklar, xususan,
stalincha

qatag‘onlar hamda “turg‘unlik” davri ancha keskin

baholanayotgan, ijtimoiy-siyosiy istibdod manzaralari xalq nazaridan
o‘tkazilayotgan edi.

Hikoyada mamlakatda butun sovet tuzumida muttasil hukm surgan

qo‘rqoqlik, mutelik psixologiyasi va shunday qaram ruhiyatdan kelib
chiqqan sotqinlik, munofiqlik, hasad kabi illatlarga aloqador voqea bayon
etilgan.

Mazkur hodisa asar sarlavhasida ko‘rsatilganidek, bir “ustoz” tilidan

aytib beriladi. Sarlavhada ham, matn tarkibida ham ustoz so‘zi
qo‘shtirnoqqa olinmagan. Aslida esa hikoyada asl ustoz emas, bunday
qutlug‘ nomga nomunosib bo‘lgan hasadgo‘y, ikkiyuzlamachi, yovuz bir
kimsaning fisq-fujur, baxillikka to‘lib ketgan ichki dunyosi ochib beriladi.
Ammo yozuvchi obyektiv tasvir mezonidan kelib chiqib, bu obrazning


background image

13

o‘zini gapirtiradi. U suhbatdoshi (yozuvchi)ga o‘zini ustoz sanab umri
davomida unga e’tiqod qo‘yib yurgan shogirdining ayanchli taqdirini
so‘zlab beradi. Bu aslida muloqot emas, monologdir. Chunki butun asar
davomida muxtasar xotimani hisobga olmaganda, “ustoz”ning o‘zi
gapiradi. U gap avvalida o‘zi haqida shunday deydi; “Meni bilasan,
birovdan til qisiq joyim yo‘q, hamma narsam bor: mashina, dacha,
kitoblarim chiqib turibdi. Hamma unvonlarni olib bo‘ldim...”

5

Bir

qarashda bunday e’tirof ijodiy mehnati tufayli ko‘p narsaga erishgan
omadli ziyolining dil so‘zlaridek tuyuladi. Ammo bu o‘rinda sinchkov
kitobxon bu gaplarga boshqacha nuqtayi nazardan ham yondashishi
mumkin. E’tibor berilsa, hikoya qahramoni umri davomida o‘qigan
kitoblari, o‘ziga ilm va ma’rifat bergan fidoyi ustozlari, badiiy ijod
davomida zahmat, mashaqqat chekkan safdosh qalamkashlar haqida hech
narsa demayapti. Hatto badiiy ijod uning muallifiga beradigan zavq-u
shavq, ruhiy-ma’naviy huzur-halovatni bir qur bo‘lsa-da eslamayapti. Bu
shundan dalolat beradiki, u ijod kishilari guruhiga mansub bo‘lsa ham,
ma’naviy g‘arib, san’at olamiga manfaat, mavqe, unvon-u martaba
tama’sida yurgan ma’naviyatdan yiroq bir kimsa. Ko‘rinyaptiki, hikoyada
bu obraz o‘zini haq deb hisoblab, dilida yig‘ilib qolgan gaplarni
so‘zlamoqda. Bu o‘rinda unga hech kim baho bermaydi, bu fikrlaring,
aqidang haqiqiy ijodkor mohiyatiga zid deb aytmaydi. Ammo hikoya
muqaddimasida aytilgan mana shu gaplarning o‘ziyoq ustoz deb sanalgan
insonning kimligini ko‘rsatib bermoqda.

Tadqiqotchi Gulchehra Imomovaning hikoya janrida sintez

muammosiga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasida shunday fikrlar
bor: “...badiiy yaratiq (masalan, hikoya) qatiga sochilgan ma’ni, qa’rida
pinhon asrorni tushunish kitobxonlik darajasi, uning tafakkur va ruh
iqlimiga xos jihatlarga bog‘liq. Adib uchun tafakkur va xayolot
kengliklarini qamramoq, shartlanganlikdan yaxlitlik sari dadil bormoq
jo‘ngina yumush emas. Bu fikrdan tashqari, ilg‘am va hissiy kechinmaga
esh tarzda kechuvchi murakkab jarayondir”

6

. Bu fikrlarning aniq ilmiy-

5

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. – Б.79.

6

Имомова Г. Ўзбек ҳикояларида бадиий синтез шакллари ва ижодкорнинг поэтик концепцияси.Филол.фан. д-ри

(DSc) ил.дар. олиш учун ёзилган дисс. – Қарши, 2023. – Б. 132.


background image

14

nazariy tafakkur mantig‘iga asosan, bayon etilganini yuqorida tahlil ham
ko‘rsatib turibdi.

“Ustoz” hikoyasi davomida markaziy personaj so‘zlash jarayonida

o‘zi bilmagan holda aslan kimligini birin-ketin fosh etib boradi. Uning
monolog avvalida manfaatparstlik va maqtanchoqligi ayon bo‘lsa,
navbatdagi bosqichda qo‘rqoqlik va o‘ta ehtiyotkorligi ma’lum bo‘ladi:
“Nimadan qo‘rqaman?..Faqat ehtiyot bo‘lish kerak: Odam og‘ziga ehtiyot
bo‘lishi kerak. Til o‘lgur yomon: bejiz tilni “suyaksiz” demaydilar. Har xil
gapni har kimning oldida gapiravermaslik kerak. To‘g‘ri. Endi hozir
rostgo‘ylik – modada. Ammo moda – o‘tkinchi. Siyosatning
buqalamundan farqi yo‘qligini ko‘rganmiz-da...”

7

Bu kimsaning fikriga ko‘ra, har qanday jamiyat, tuzumda rostgo‘ylik

vaqtinchalik bir urfdir, xolos, Demak, uningcha, yer yuzida hamisha
yolg‘on, xushomad hukmron bo‘lib kelgan va bundan keyin ham shunday
bo‘lib qoladi. Rostgo‘ylar jazolanadi, qamaladi yoki qatl etiladi.
Yolg‘onchi va munofiqlar nash’u namo topadilar. Bu “falsafa” go‘yo
badiiy adabiyot olamida ham amal qiladi. Bu yolg‘on va zararli safsata
chinakam san’at, xususan, nafis adabiyot mohiyatidan yiroq va unga
butunlay ziddir. Haqiqiy so‘z san’atini rostgo‘y va vatanparvar ijodkorlar
yaratadilar. Ular har qanday mudhish davrda haq so‘zni aytish va
yozishdan qo‘rqmaydilar. Bunday qarashga shon-sharaf va matonatlarga
boy bo‘lgan badiiy adabiyot tarixi guvohlik bera oladi. Ko‘p ham uzoqqa
bormasdan yaqin moziyga murojaat etganimizda ham, bu fikrimizga
o‘nlab, yuzlab dalil hamda hujjatlar topa olamiz. Haqiqat tarafida turib,
mustamlakachi shovinistik istibdodni dadil fosh qilgan Abdurauf Fitrat,
Abdulla Qodiriy va Abduhamid Cho‘lpon kabi jadid ma’rifatparvarlari
matonati, fashistik tuzumga qarshi chiqqani uchun qatl etilgan Lorka
ibrati, Ispaniyadagi erksevar kurashchilarni himoya qilgani uchun shu
jabrdiyda mamlakatdan haydalgan Pablo Nerudaning “Ispaniya
yuragimda” degan hayqirig‘i mana shunday umrboqiy dalillar sirasiga
kiradi.

7

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 79.


background image

15

Binobarin, umrini qo‘rqoqlik va surbetlik asosiga qurgan soxta

ustozlar o‘z “nazariya”larini qanchalik himoya va targ‘ib etmasinlar, ular
sof va jasoratli san’atga dog‘ sola olmaydilar.

“Ustoz”ning tuban dunyoqarashi va pastkash mohiyati faqat yuqorida

aytib o‘tilgan chirkin qarashlarni ifoda etish bilangina nihoya topmaydi.
Hikoyaning keyingi lavhalarida uning nafaqat adabiyotga, insonga
nisbatan yovuzligi, qabohati birin-ketin namoyon bo‘la boshlaydi. Bu
dahshatli shaxsning qo‘rqoqligi, hasadgo‘yligi uni o‘ziga ustoz deb bilgan
yosh bir iste’dod egasining iqtidori va umriga zomin bo‘lganida nihoyatda
aniq ko‘rinadi.

Bu haqda u shunday hikoya qiladi: “Mening bir shogirdim

bo‘lardi...asarlari chiqmadi...O‘ziga o‘zi qildi”. Shogirdining kitoblari
chop etilmagani sababini shunday izohlaydi: “Juda dangalchi edi-da. Eng
“nozik” gaplarni ham bemalol gapiraverardi. Kattani katta, kichikni kichik
demasdi”.

8

Aslida shogird “ustoz”i aytgandek, “juda dangalchi”, betgachopar

emas. U “juda qiynalib o‘sgan”, domlasining gapiga ko‘ra “hayotni juda
yaxshi bilardi…hayotni bilgan, achchiq-chuchukni tatigan kishilar, odatda,
kamsuqum, vazmin bo‘lishardi. U bo‘lsa, mag‘rur edi. Odamga tik qarasa,
men ham qo‘rqib ketardim”.

9

Munofiq kimsalarga sofdil, to‘g‘riso‘z

odamlar kishilar mag‘rur va manman ko‘rinadi. Ularning pok nigohi
manfaat bandalariga xanjarning tig‘idek o‘tkir shafqatsiz tuyuladi. Oq va
qora, tun va kun bir-biriga zid bo‘lganidek, ezgulik vakillari yomonlik
malaylariga butunlay qarama-qarshidir. Ular orasida murosa bo‘lishi qiyin,
bo‘lganda ham uzoq davom etaveradi. Chunki chayonning tiynati chaqish
bo‘lgani sababli u do‘stni ham, dushmanni ham ayamay chaqaveradi.

“Ustoz”ning shogirdga yuqorida aytib o‘tilgan tarzda salbiy baho

berishining birinchi sababiga to‘xtalib o‘tdik. Bu mustabid sovet qurilmasi,
uning qattol siyosati, qatag‘onlari tufayli jamiyatda paydo bo‘lib, uzoq
yillar davomida saqlanib qolgan, hatto yildan yilga kuchayib borgan
qo‘rquv tuyg‘usidir. Bu tuyg‘u o‘sha tarixiy jamiyatда yashagan
odamlarga turlicha ta’sir etgan. Tabiatan irodasiz, ruhiy-ma’naviy jihatdan

8

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 79-80.

9

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 80.


background image

16

zaif bo‘lgan kishilar shunday kechinma tufayli axloqan tubanlashib,
sotqinlik yo‘liga o‘tganlar. “Ustoz” hikoyasi qahramoni ham shunday
irodasiz odamlar sirasiga kiradi. Bu kimsaning xarakter xususiyatlarini
psixoanalitik jihatdan nazardan o‘tkazishda jahon psixologiyasining buyuk
namoyandalaridan biri bo‘lgan Zigmund Freyd ta’limotiga murojaat
qilamiz. Bu olimning ko‘pgina tajribalar, kuzatishlar jarayonida
aniqlashicha, insonning shaxs sifatida shakllanishi yoxud aksincha
shaxssizlanishida uning bolalik davri nihoyatda muhim, hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Inson go‘dakligida oila, kengroq miqyosda olib qaraganda
tuzumdagi adolatsizlik, zulm, yolg‘on, munofiqliklarni juda og‘riqli, teran
qabul qiladi. Unda aynan murg‘aklik davridagi mana shunday
yomonliklarga nisbatan cheksiz nafrat yuzaga kelishi yoki o‘shanday
qabihliklarga moslashish instinktini paydo etishi mumkin. “Ustoz”
ruhiyatida, Freyd nazariyasiga asoslanadigan bo‘lsak, bolalikdanoq
ijtimoiy istibdodga moyillik kayfiyati paydo bo‘lib, keyinchalik bunday
ruhiy holat asta-sekin kuchayib-rivojlanib borgan. Mazkur hikoyaning
yozilish yili (1987-yil)ga qarab asar roviysining bolalik muddatini
aniqlasak bo‘ladi: bu yigirmanchi asrning o‘ttizinchi yillarining ikkinchi
yarmi - Respublikamizda jadid ma’rifatparvarlari hamda adolatli davlat,
jamoat arboblarining ommaviy qatag‘on mavsumiga to‘g‘ri keladi.

Lekin mazkur obrazning salbiylik ko‘lami faqat mash’um davr,

qabohatga asoslangan tuzum yuzaga keltirgan qo‘rqoqlik bilangina
chegaralanmaydi. Uning ichki olamida tomir yoyib mustahkamlangan
yana bir yomon-yaramas tuyg‘u bor. Bu hasaddir. Hasad – eng yomon
illatlardan biri. Bu haqda Rasuli akram Muhammad (s.a.v.): “Olov o‘tinni
yegani kabi hasad ham insonning yaxshi amallarini yeb bitiradi”.
“Ustoz”da beg‘araz shogirdga nisbatan bunday mash’um hisning yuzaga
kelishi shunday ko‘rsatilgan: “Eh...Uning talanti! Yo‘q, mana salkam
yetmishga borib adabiyotimizda unday talantni ko‘rgan emasman! Yo‘q.
Yozganda shundoq ko‘z oldingga keltirib qo‘yardi. Tili. Biram obrazli de.
Shunday detallar topardiki, og‘zim ochilib qolardi. Qahhordayam,
Chexovdayam topolmaysan u topgan detallarni”.

10

Soxta ustozning

10

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005 – Б. 80.


background image

17

e’tirofi shu bilan tugamaydi. U yosh ijodkorning qo‘lyozmasini uyiga olib
borib o‘qir ekan, o‘zining aytishicha, undan uzilolmay qoladi:

“U bir balo ekan: tasvirlaydigan narsasini shu qadar yaxshi biladiki!

Lupa bilan qaraganmi deysan. Qahramonlarning dialogi. Ko‘tarilgan
problemalarni aytmaysanmi!.. Ha, hech kimga o‘xshamaydigan bir talant
edi.”

11

Hikoya qahramoni monologidan ma’lum bo‘lyaptiki, u o‘rtamiyona

bir qalamkash, zamonsozligi, Abdulla Qodiriy so‘zi bilan aytganda,
zamonbopligi tufayli taniqli yozuvchi nomini olgan. Bunday kishilar chin
iste’dod sohiblariga o‘tga zid suvdek qarshi bo‘ladilar, iloji boricha
ularning xalqqa tanilishiga yo‘l qo‘ymaydilar. Agar mana shu yigit
yozuvchi sifatida el orasida tanilsa, “ustoz”ning asl basharasi – yozganlari
hech narsaga arzimasligi oshkor bo‘lishi mumkin. Natijada uning
unvonlari, chop etilgan narsalari e’tibordan chetda qoladi, u ijod
maydonidan chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Demak, u bunday xatarga
qarshi kurashishi, raqibni oradan olib tashlashga majbur. U mana shunday
tubanlik aqidasiga asoslanib, yosh iste’dodni juvonmarg qilish faoliyatini
boshlab yuboradi. Hasad o‘tida yonib “kechasi bilan uxlolmay” chiqqan
notavon “arbob” bunday kurashda asosiy qurol sifatida sovet jamiyatida
chuqur ildiz otgan “ommaviy qo‘rquv”ni tanlaydi. Aslida uning o‘zi mana
shu qo‘rquv qurboni, shunga qaramay, boshqalarni mahv etishda bu
vositaning o‘zi yashab turgan muhitda beqiyos qudratga ega ekanligini
yaxshi biladi.

“Ustoz” e’tiqodsiz, ilohiy-ma’naviy qadriyatlar toptalgan siyosiy-

mafkuraviy muhitda shakllangan, shu boisdan shaytoniy hiyla-
nayranglarni puxta o‘zlashtirgan yovuz individdir. Uning ongida qo‘rquv,
hasad bilan omixtalashgan aql bovar qilmas munofiqlik mavjud.

Hikoyada uning shogirdiga nisbatan ikkiyuzlamachiligi o‘z tilidan

izchil (“shafqatsiz”), realizm mezoni talablariga mos ravishda ifoda etib
borilgan. Dastavval, o‘ziga mehr qo‘yib, ustoz deb bilgan yigitni
tabriklab, “sen allaqachon yozuvchi bo‘libsan”, deydi. Hatto bu tabrik
bilan cheklanmay, begona shaharda kamxarjlikdan tuzukroq ovqatlanmay
yurgan yigitni oshxonaga olib kirib, mehmon qiladi. Shu ish bilangina

11

Шукур Холмирзаев.Ўша асар. – Б. 80.


background image

18

kifoyalanmay, uni o‘ziga ergashtirib redaksiyaga olib boradi. O‘zining bu
qadar hotamtoyligi, olijanobligidan juda mamnun, e’tirof qilganidek,
“yonida shogirdi bo‘lsa, tag‘in talantli bo‘lsa, o, undan quvonchli bayram
yo‘q uning uchun”.

12

Birgalashib nufuzli jurnal tahririyatiga kirib

borishadi. Muharrir yo‘q bo‘lgani uchun “vallomat pushtipanoh” shogirdni
bo‘limga olib kiradi, mudir bilan tanishtirib, hikoyalarini maqtaydi, lozim
bo‘lsa, unga “oq yo‘l” yozib berishga tayyorligini aytadi. Oradan uch-kun
o‘tgach, yana ikkovlari shu idoraga kelishadi. Ma’lum bo‘ladiki, yigitning
hikoyalari bu yerdagilarga juda ma’qul bo‘lgan, ularni tahrir qilib bosishga
tayyor qilib qo‘yishgan ekan. Ustoz shogirdni qoldirib o‘zi muharrir
kabinetiga kiradi. U yigitning hikoyalarini o‘qigan, ma’qul bo‘lganini
aytib, suhbatdoshini: “Zo‘r talant topibsan”, deb muborakbod etadi. Aslida
bu muharrir ham o‘sha qattol tuzum mahsuli, aks holda, uni shunday
mas’ul lavozimga qo‘yishmasdi. U roviy e’tirof etgandek, “o‘lgudek
qo‘rqoq odam”. Shunga qaramay, o‘ta “siyosiy hushyor” kishi bo‘lsa-da,
yosh adibning asarlari unga ma’qul bo‘lgan. Bundan shunday fikrga kelish
mumkinki, mazkur ijod namunalarida o‘sha davr siyosiy tuzumi uchun
xatar mavjud emas. Agar shunday bo‘lganda edi, “mafkura posboni”
sanalgan muharrir buni darhol payqagan bo‘lar edi. Shuning uchun u
taniqli yozuvchidan shogirdiga “oq yo‘l” yozib berishni so‘raydi. Shunday
qilib, o‘sha yillarda rasm bo‘lgan “munofiqlik o‘yini” davom etadi.

”Ustoz” dastlab “Jonim bilan yozib beraman”, deb bu ishga

tayyorligini bildiradi. Lekin o‘zini “vijdonli odam” deb hisoblaganidan
muharrirga shunday deydi:

“ – Sen bemalol bosaver... Tanqidchilar bor, ular o‘z hukmini

chiqarishadi... Lekin ba’zi qaltis momentlar bor. Masalan, ayrim joylarda
rahbar shaxslarga tegib ketgan. Raykom sekratarigayam... Demak,
siyosatga”.

13

Mana shu gaplarda munofiq ustozning tuban mohiyati bor bo‘yi bilan

to‘la-to‘kis namoyon bo‘lgan. Yigitning yozganlari mavjud siyosat va
mafkuraga zid degan hukm berilmoqda. Bunday fikr o‘sha zamonda juda

12

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 81.

13

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 82.


background image

19

og‘ir ayblov bo‘lgan. Tabiiyki, “o‘lgudek qo‘rqoq odam” bo‘lgan rahbar
bu qalamkashning birorta asarini ham chop etishga rozi bo‘lmaydi.

Sal o‘tib, nashriyotda ham shu ssenariy oz-moz o‘zgarish bilan

takrorlanadi. Munofiq ustoz shogirdni eski og‘aynisi bo‘lgan direktor
oldiga olib kirib, uni rosa maqtaydi” Kitobi chiqsa, nashriyotingga obro‘
keltiradi, – deydi u. –Buning ustiga, bitta talantni ochgan bo‘lasan”.

14

Yigitni kabinetdan chiqarib yuborib, rahbarga ko‘nglidagi gaplarni

“yotig‘i bilan tushuntiradi”. Uning fikricha: bu ishning “mas’uliyati
mening bo‘ynimda edi, asari chiqqandan keyin biror joyda gap qo‘zgalsa,
men javob berishim kerak”.

15

Endi bu gaplarda nafaqat qo‘rqoqlik, hasad, shu bilan birga,

manfaatparastlik ham ko‘rinib turibdi. U yillar davomida qo‘lga kiritgan
soxta obro‘-e’tiborini, qo‘sha-qo‘sha unvonlaridan mosuvo bo‘lishni
istamaydi. Zero, uning umri mazmuni, mohiyati haqgo‘ylikda emas.

Shu bilan shogird yigit bilan aloqa uzilib qoladi. Keyinroq ma’lum

bo‘ladiki, omadsizliklardan ruhi tushgan, boz ustiga, katta shaharda yaqin
bir odami bo‘lmagan yosh adib jigari shamollab shahar chekkasidagi
“aytguligi yo‘q”, palatasi tor, badbo‘y, xarob kasalxonada yotgan ekan.
O‘zini mehribon va insonparvar hisoblagan “ustoz” olma, nok, ikkita issiq
non xarid qilib uni ko‘rgani boradi. Bu yerda yaxshi sharoit bo‘lmagani
ustiga dori-darmon ham tugab qolgan ekan. Bunday holda salomatligi
yomon yigitning ahvoli yanada orqaga ketishi tayin. Taniqli adib
shogirdini go‘yo himoya qilib, o‘zining aytishiga ko‘ra, bu yerdagi
shifokorlar bilan sal-pal tortishgan bo‘ladi, bola (shogird)ni yaxshiroq
kasalxonaga o‘tkazmoqchi bo‘lgandek rayzdrav, oblzdravga boradi. O‘zi
pisanda qilganidek. “otasi bo‘lgandayam menchalik chopmasdi”.
Hukumatga yaqin shifoxonada ham bo‘ladi. Dastlab o‘zini tanishtirib,
yigitga yordam berishlarini so‘raydi. Ular davolashga rozi bo‘lishadi.
Lekin gap oxirida shunday deb qo‘yishni yoddan chiqarmaydi: “Juda
yaxshi, o‘ta talantli bola-yu, ba’zan jindak… betgachoparlik odati
bor...Sizlarda hukumat odamlari kelib davolanadi”.

16

Albatta, bunday gap-

so‘zlardan keyin hech qanday yordam bo‘lmaydi. Yigit esa o‘sha qarovsiz

14

Шукур Холмирзаев.Ўша асар. –Б. 84.

15

Шукур Холмирзаев.Ўша асар. – Б. 84.

16

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. –Б. 86.


background image

20

kasalxonada e’tiborsizlik tufayli vafot etadi. “Ustoz”ning aytishicha, uni
“qo‘rqoq, vahimachi, vijdonsiz odamlar o‘ldirdi”. Aslida shunday
odamlarning birinchisi uning o‘zi edi.

Sharq, shu jumladan, o‘zbek adabiyotida qadimdan monologik tasvir

ustuvor o‘rin egallab kelgan. O‘zbek mumtoz adabiyoti va zamonaviy so‘z
san’atimizning deyarli barcha namunalari shunday tasvir usuliga asoslanib
yaratilgan.

Ulkan adabiyotshunos M.Baxtin bu haqda shunday degan edi:

“Monologik badiiy olam tasvir sifatida yot fikr, yot g‘oyani tan olmaydi.
Barcha mafkuraviy qarashlar bunday maydonda ikki guruhga bo‘linadi.
Bir xil fikrlar – haqqoniy, ahamiyatli..., boshqa fikr va g‘oyalar esa muallif
nuqtayi nazariga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lmagan, ahamiyatsizdir”

17

.

Tekshirishlarimizga ko‘ra, “Ustoz” hikoyasi monologik asarlar

sirasiga mansub. Chunki unda munofiq insonga nisbatan noxayrixohlik,
uni qat’iy qoralash aniq ko‘rinib turibdi. Ammo shuni alohida aytishimiz
kerakki, Shukur Xolmirzayevning butun ijodi, shu jumladan, biz tahlil
qilayotgan asari milliy nasrda yaratilgan boshqa monologik yaratmalardan
farq qiladi. Mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarida monologik
tafakkurga oid nuqtayi nazarlar, asosan, muallif tomonidan ifoda etiladi.
Ya’ni ijodkor o‘z asarining qahramon va personajlariga xayrixoh yoki
noxayrixohligini ochiq bayon qiladi. Sevimli obrazlariga mehr-
muhabbatini turli yo‘llar bilan ko‘rsatadi, aksincha, salbiy ziynatli
xarakterlarga bo‘lgan g‘azab, nafrat, hech bo‘lmaganda, yoqtirmasligini
ochiq-oydin aytib o‘tadi. To‘g‘ri, agar badiiy matnda bayon biror-bir
qahramon tomonidan hikoya etilsa, ya’ni bu u “o‘z-o‘zini fosh etish”
usulida gapirtirilsa, adibning voqea, asar ishtirokchilariga munosabatini
aniqlash bir qadar oson bo‘lmasligi mumkin. Lekin shunda ham salbiy
obrazning xatti-harakati, nutqi, voqealarning rivoji davomida muallifning
unga bo‘lgan nuqtayi nazari sezilib turadi.

Shuningdek, yozuvchi ayrim paytlarda kitobxonga “ustoz” kabi

yovuz niyatli odamlarga munosabatini aniq-ravshan bildirish uchun
monolog tarzida bitilgan asarga boshqa bir obrazni ma’lum bir o‘rinda
kiritishni lozim ko‘rishi mumkin. Bunday usul mazkur hikoyada ham

17

Бахтин М. Литературно–критические статьи. – М.: Художественная литература, 1986. – С. 105.


background image

21

qo‘llanilgan. Unda hikoyadagi markaziy personaj o‘zi monologini to‘la-
to‘kis ifoda etib bo‘lgach, quyidagi nihoyatda muxtasar yakuniy lavha
qo‘shimcha qilingan:

“ –Men mashinani to‘xtatdim.
–Tushing, domla!
– E, nimaga?
–Men o‘lishni istamayman.”
Bu o‘rinda, aytilganidek, mashinasida “domla”ni olib borayotgan

boshqa bir adib suhbatdoshiga o‘zining qalb noroziligini keskin tarzda
ifoda etadi. Shunday bir holda ham tasvir obyektivligi saqlab qolingan.
Chunki yakunda ishtirok etgan personaj yozuvchining aynan o‘zi emas,
unga ruhan maslakdosh bo‘lgan e’tiqodli insondir.

Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligining keyingi bosqichlari, xususan,

milliy Mustaqillik yillarida badiiy matn hududida tasvir obyektivligiga
e’tiborning birmuncha oshganligini ko‘rsa bo‘ladi. Bunday ijodiy-poetik
yangilanish Erkin A’zam, Nazar Eshonqulning hikoyachilik borasidagi
izlanish va tajribalarida ham ko‘rinadi.

Yozuvchi Erkin A’zamning “Stupka”, “Aralashqo‘rg‘on”, Nazar

Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” kichik epik asarlaridagi inson
tasvirida bunday yangicha harakat ko‘zga tashlanadi. Bu o‘rinda
ko‘rilayotgan muammoni “Stupka” hikoyasi misolida ko‘rib chiqishga
harakat qilamiz.

Bu hikoyaning asosiy personaji – Marina ismli sovet davrida

Voronejdan o‘zbek yurtiga “baynalminal” tilni o‘rgatish uchun muallim
sifatida yuborilgan ayol. U Arslon degan “arslondek devqomat, ko‘kragi
baland, errayim, chapani” yigitga turmushga chiqadi. Yigit aslida
ammasining qiziga ko‘ngil qo‘ygan, amma nima uchundir unga bu qizni
turmushga bermaydilar. Shu sabab keyin ham baxti chopmay, ancha vaqt
bo‘ydoq yashab yuradi. Oxir-oqibat, o‘qituvchilik qilib yurgan va o‘ziga
“royishroq” tuyulgan rus qizi (Marina)ga to‘ysiz uylanib, yashay
boshlaydi. Hikoyada yozilganidek, “nomusga qolgan ota bir tovoq osh
bilan ularni musulmonchasiga nikohlab qo‘yadi”

18

. Bu sovet mafkurasi

muttasil targ‘ib etib doimo rag‘batlanib turgan “millatlararo oila” edi.

18

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262.


background image

22

Bunday munosabat yoxud oila Oybekning “Qutlug‘ qon”, Sharof
Rashidovning “Bo‘rondan kuchli”. Asqad Muxtorning “ Po‘lat quyuvchi “
poemasida tasvirlangan. Aslida bunday aloqa-bog‘lanishlar nafaqat
siyosiy-mafkuraviy, shuningdek, axloqiy-ma’naviy nuqtayi nazardan inkor
etilmagan. Bag‘rikeng va olijanob xalqimiz o‘zga yurtlardan kelib, milliy
xonadonlarga kelin bo‘lib tushgan o‘zga tilli xotin-qizlarni o‘z davrasiga
qo‘shgan, ularga kamsitish va begonalik bilan qaralmagan. Bunday
ayollarning ko‘pchiligi sharqona turmushga ko‘nikib, o‘zbeklashib
ketishgan, ulardan iste’dodli va millatimiz koriga yaraydigan azamat
yigitlar, dilbar va sarishtali qizlar tug‘ilgan. Biroq, yuqorida bayon etilgan
hollarga qaramay, soxta mafkura targ‘iboti va siyosiy maqsadlar asosida
tashkillashtirilgan bunday nikohlar bevosita yoxud bilvosita shaxs
fojialarini ham yuzaga keltirgan.

Erkin A’zam hikoyasida mana shunday fojialardan quyidagilar

tasvirlangan:

1.

Milliy muhitdan uzilish fojiasi.

Asar bosh qahramoni Marina bir

guruh tengdoshlari qatorida davr siyosati targ‘ibi va da’vati tufayli
O‘zbekistonning chekka tumanlaridan biriga “baynalminal” tilni mahalliy
aholi orasida yoyish maqsadida yuborilgan. Tabiiyki, u shu joyning shart-
sharoitlari, imkoniyatlari doirasida yashay boshlaydi. O‘zbek yigitiga
turmushga chiqadi, “sariq atlasdan ko‘ylag-u lozim kiyib, binoyidek yanga
bo‘lib ketdi”

19

. Bunday qaraganda, uni o‘z baxtini topdi, deb hisoblash

mumkin. Maktabda muallima, qishloqdoshlar orasida hurmat-e’tiborga
ega. Ammo eri dunyodan o‘tib, nafaqaga chiqqach, o‘zini yolg‘iz-notаvon
seza boshlaydi. Ba’zan tushlariga bolaligi, yoshligi o‘tgan vatanini, unda
o‘tgan umri, yurtdoshlarini eslay boshlaydi. Garchi yangi muhiti unga, u
esa bu joylarga ko‘nikkan bo‘lsa-da, ona yurt sog‘inchi keksa ayolga azob
berayotganini kitobxon sezib turadi. Asarda bu tuyg‘uning sabablari va
boshqalar haqida muallif tomonidan hech gap aytilmagan. Shunga
qaramay, badiiy matnning ruhi, badiiy konsepsiyasi ishoralari
keksayayotgan ayol qalbida kuchli og‘riq bo‘lib tug‘yon urayotgani
ayonlashadi. U dugonasi Lena bilan hasratlashayotganda bu haqda
shunday deydi:

19

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262


background image

23

“Tug‘ilgan yurtini kim sog‘inmaydi. Lekin sog‘inganda, borganda

nima? Chol-u kampir allaqachon oyoq uzatib bo‘lgan; birgina singlisi bor
edi, Nastya. U ham eridan ajralib, chet ellik bittasiga ilashib ketgan.
Portugaliyada yashaydi – yo‘q hisobi endi”.

20

Bu mulohazalarda vatandan

uzoqlikkina emas, vatansizlik fojiasi ham aks etadi. Qahramonning singlisi
yurtini butunlay tark etib, Portugaliyada yashayotgan ekan, uni endi yo‘q
deb hisoblasa bo‘ladi. Vatan inson tug‘ilib o‘sgan joygina emas, undagi
qardoshlik rishtalari, yaqin odamlarning mustahkam ittifoqi demakdir.
Shunday rishtalar va ittifoq bo‘lmas ekan, Vatan ham yo‘q. Marina
fojiasining o‘nglanmasligi sababi shundaki, u endi o‘zi sog‘ingan Vataniga
qaytib borishi keraksizligini ham tushunadi.

Hikoyada taqdiri Marinaga o‘xshash va yaqin bo‘lgan Lena degan

rus ayoli voqea tizimida ishtirok qiladi. Uning dugonasidan farqli
ravishshda eri hali tirik, ikki o‘g‘li va qizi bor, roviy qayd etganidek,
“obod-orasta hovlisi, yashnab turgan bog‘i”

21

bor. Shunga qaramay. bu

ayol ham o‘zini “sho‘rpeshana” deb hisoblaydi. “Men bechoraning
boradigan manzilim ham yo‘q, sog‘inadigan kishim ham. Yetimxonada
o‘sgan bir benavo bo‘lsam”

22

, - deydi u. Chindan ham Marinada boy

berilgan bo‘lsa-da Vatan, vafot etib ketgan esa-da, sog‘inadigan ota-ona
yodi bor. Lena esa na ota-onasi, na tug‘ilgan manzilini biladi. U ham o‘z
milliy muhitidan uzilgan, bu yo‘qotishni hatto hozirgi oilasi ham to‘la-
to‘kis bosa olmasligini yurak-yurakdan his qiladi. Vatan va ajdodsizlik
uning fojiasidir.

2.

Milliy muhitga bog‘liq ravishda ona tilining tabiiy muhitidan

mosuvolik fojiasi.

Hikoya qahramoni yoshlik chog‘idayoq milliy til

muhitidan ajralgan bo‘lsa-da, dastlab bu yo‘qotish unga deyarli
sezilmagan. Chunki sovet davrida rus tili davlat tili hisoblanar, radio,
televideniyeda aksar eshittirish, ko‘rsatuvlar shu tilda berilardi. Buning
ustiga, Marina maktabda o‘z ona tili va adabiyotidan dars bergan, bu esa
ona lisoni bilan aloqasini saqlab turishga imkon beradi. Ammo zamon
kelib, zulm saltanati sanalgan ittifoq parchalanadi. Marinaning yoshi o‘tib,
nafaqaga chiqadi. Oldingi yillarda yoshlik havaslari, yonida madadkor

20

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.266.

21

Эркин Аъзам. Ўша асар. – Б.265.

22

Эркин Аъзам. Ўша асар. – Б.266.


background image

24

erining borligi tufayli ona til muhitidan uzoqdaligi bilinmagan. Hayot
tajribasidan ma’lumki, inson keksalik mavsumiga qadam qo‘ydimi,
bolalik, u bilan bog‘liq makon-manzillar, yaqin qarindoshlar yodga
tushaveradi, armonlar yangilanadi. Ayniqsa, ona tildan ayrilish armoni
yurakka cheksiz azob-og‘riq beradi. Hikoya badiiy konsepsiyasida ona
tilidan uzoqlashish qahramon hayoti va taqdiridagi ustuvor fojiadir, degan
nuqtayi nazar markazga qo‘yilgan. Hikoyada bejiz “Stupka” deb sarhavha
qo‘yilmagan. Bu lug‘aviy birlik rus tiliga mansub bo‘lib, tilimizga kirib
kelmagan, shu boisdan uni milliy tilimizda qo‘llash “varvarizm”
hisoblanadi.

Varvarizm o‘zga tildan olinadi, u til sofligini buzadigan so‘z yoki

nutq qurilmasi bo‘lib, o‘zlashgan leksikaning eng kam qo‘llanadigan
turiga mansub. Transliteratsion tarzda yoki hatto o‘zga yozuvda qo‘llanishi
mumkin. Odatda “mahalliy kolorit” yoki “moda ehtiyoji”ni hisobga olib,
uslubiy maqsadda istifoda etiladi.

23

Bu ta’rifda varvarizmning til musaffoligiga putur yetkazadigan birlik

ekanligi, badiiy nutqda juda oz, shunda ham uslubiy maqsadda ishlatilishi
to‘g‘ri ko‘rsatilgan. Biroq Erkin A’zamning biz tadqiq etayotgan asarida
bu so‘z “mahalliy kolorit”ni ham, “moda ehtiyoji”ni ham aks ettirmaydi.
U muallif tomonidan butunlay boshqa maqsadda qo‘llanilgan. Bu boshqa
til zahirasida lisoniy birlik badiiy matndagi yetakchi fikrni yuzaga
chiqarish, ya’ni qahramon taqdiridagi fojiaviylikni aks ettirish niyatida
hikoya tarkibiga kiritilgan.

“Stupka” so‘zi aslida “stupa”ning kichraytirish ma’nosidagi shakli

bo‘lib, rus tilining to‘rt jildli izohli lug‘atida shunday sharhlangan: “
Metallicheskiy ili tyajyoliy derevyanniy sosud, v kotorom tolkut chto-libo
pestom” (metall yoxud og‘ir yog‘och idish bo‘lib, unda nima (ko‘pincha
don)dir so‘yilcha yordamida yanchiladi).

24

O‘zbek tiliga

stupa

o‘g‘ir,

stupka

esa o‘g‘ircha tarzida tarjima

etiladi.

Bu o‘rinda milliy adibimiz tilimizga o‘zlashmagan so‘zni nega o‘z

asari matnida qo‘lladi, hatto uni sarlavhaga ham olib chiqdi degan savol

23

https://ru.wikipedia.org/wiki.

24

Словарь русского языка в четырёх томах. Том IV. - Москва: Русский язык, 1988. – С.295.


background image

25

tug‘ilishi tabiiy. Gap shundaki, hikoyada aynan ayollar nutqida nisbatan
faol ishlatiladigan bu lug‘aviy birlik milliy tildan uzoqlik fojiasini
ko‘rsatishda alohida ahamiyat kasb etgan.

Hikoyada bayon qilinishicha, nafaqaga chiqib ko‘pchilikdan, mehnat

jamoatsidan ma’lum darajada uzilgan, eri vafoti tufayli yolg‘izlangan ayol
uchun har oyda bir marta ancha olisda yashaydigan dugonasi va
millatdoshi Lena xonadoniga mehmonga borish tasalli, hordiq bo‘lib
qolgan. Asar muqaddimasi mana shu harakat va unga xos kayfiyat bilan
boshlangan: “Arslon akamiz dunyodan o‘tgandan so‘ng Marina yangamiz
mana shu kunni intiqib kutadigan bo‘lib qolgan. Ilgari onda-sondagina
borardi, endi har oy qatnamasa, ko‘ngli joyiga tushmaydi. Taraddudni uch-
to‘rt kun oldin boshlaydi. Markazga chiqib, sovg‘a-salom oladi”.

25

Mana

shunday harakat-urinishlar ayol uchun dugonasinikiga mehmonga borish
katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatyapti. Shunga qaramay, oxirgi
mehmondorchilik hali yarim bo‘lmay turib, Marina yanganing birdan
kayfiyati buzilib ketish harakatiga tushadi. Bunga sabab: mezbon kofe
donini yanchish uchun hovonchani qidirishga tushadi. Ularning suhbati rus
tilida kechayotgan bo‘lsa-da, Lena axtargan narsasi nomini ancha
eslolmay, oxiri uni o‘zbekchasini eslaydi. Ruschasi ikkalasining ham
yodiga tushmaydi. Mezbon xotin oddiy tikuvchi, lekin Marina filolog
o‘qituvchi, rus tilidan ko‘p yillar bolalarga dars bergan. Shu boisdan ona
tilini ma’lum darajada unutish fojiasini Lenaga qaraganda juda og‘ir qabul
qiladi. Shu boisdan bu xonadonni tark etib, shosha-pisha orqaga qaytadi.
Bunday tasvir asar dramatizmini kuchaytirish bilan birga, uning badiiy
konsepsiyasini ravshanroq anglash imkonini beradi.

Milliy yozuvchi tomonidan yaratilgan har qanday badiiy barkamol

ijod namunasi uning xalqi, milliy kitobxonlari ma’rifati, ma’naviyati
zarurati, ehtiyojidan kelib chiqib yoziladi. Hozirgi davrning shart-sharoiti,
migratsiya taraqqiyotiga bog‘liq holda yuzlab millatdoshlarimiz dunyoning
turli burchaklariga ishlash uchun ketyaptilar, ulardan bir qismi o‘sha
joylarda doimiy yashab qolyapti. Ularni kelajakda qanday taqdir kutishini
biz tadqiq qilayotgan asar badiiy manzara va inson qismati ifodasi orqali
ko‘rsatishi bilan ahamiyatli, deb o‘ylaymiz.

25

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.258..


background image

26

3. Befarzandlik va uning omili bilan bog‘liq fojiaviylik.

Bu

zamonaviy o‘zbek adabiyotida ancha ommalashgan mavzu bo‘lib, bu
o‘rinda jadid ma’rifatparvari Mirmuhsin Shermuhammedovning
“Befarzand Ochildiboy” qissasi, taniqli adib Shuhratning “Oltin
zanglamas” romanini eslash mumkin. Oilada farzand tug‘ilmasligi butun
insoniyatga xos fojia, lekin o‘zbek xalqi azaldan bolaparvar bo‘lganidan,
bu mentalitetda mazkur fojia ko‘lamliroq va chuqurroq his etiladi. O‘zbek
milliy muhiti tarkibida yashayotgan Marina bu fojiani mazkur ko‘lam va
teranlikda qabul qiladi. Shu bilan birga, mana shunday alamli taqdir
hayotidagi boshqa fojialar bilan qo‘shilib, uning ruhiy dunyosida og‘ir
asoratlarni hosil etadi.

Arslon aka va Marina yanga oilasidagi mazkur fojia asosida boshqa

bir badbaxtlik mavjud ekani syujet rivoji jarayonida oydinlashadi:
“barchasi ayon bo‘ldi: akamizning sarishtasi asli huv yoshligida, koinotga
uchiladigan joylarda xizmat qilib yurganida buzilgan ekan”.

26

Roviy

tomonidan xabar tariqasida aytib o‘tilgan muxtasar sintaktik birlikda yer
yuzida o‘z naslini qoldirishdan mosuvo qilingan erkak va uning bunday
ayanchli umriga esh bo‘lgan ayol fojiasi nihoyatda ta’sirli ko‘rsаtilgan. Bu
esa yozuvchining badiiy mahoratda ancha baland darajani egallaganligidan
dalolatdir.

Yuqorida ko‘rib chiqilgan fojialar majmuasi mualliflar tomonidan

obyektiv tasvir mezon va me’yorlari asosida badiiy ifoda etilganki, bu
yangi davr o‘zbek hikoyachiligida sifat evrilishlari va badiiy tafakkur
yangilanishlari bilan uzviy bog‘liq.

§ 1.2. Yangi davr hikoyachiligida janr va inson obrazining o‘ziga xos

xususiyatlari

Hikoya epik tur tizimida alohida bir o‘rin va ahamiyatga ega bo‘lgan

janr hisoblanadi. Jahon adabiyoti tarixiga nazar tashlaganimizda, uning
vaqt o‘tgan sari zohiriy va botiniy jihatdan rivojlanib, takomillashib
borganiga ishonch hosil qilamiz. “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da hikoya
shunday tavsiflangan:

26

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011.. – Б.263..


background image

27

“HIKOYA – epik turning kichik shakli. H., odatda, qahramon

hayotidan bitta (ba’zan bir-biriga uzviy bog‘liq, qisqa muddat davomida
kechgan bir necha) voqeani qalamga oladi. Tasvirlanayotgan voqealarning
qisqa vaqt davomida kechishi H.ning hajman kichik, syujeti sodda, ishtirok
etuvchi personajlar soni kam bo‘lishini taqozo etadi”

27

.

Keltirilgan iqtibosda ko‘p yillar davomida kichik epik janrga xos

bo‘lib kelayotgan quyidagi asosiy xususiyatlar qayd etilgan:

1)

hajmining ixchamligi;

2)

qahramon hayotidan ko‘pincha bitta, ba’zan bir necha voqea ifoda

topishi;

3)

tasvirlanadigan voqea(lar)ning qisqa vaqtda ro‘y berishi.

4)

voqea tizimining soddaligi;

5)

asar ishtirokchilari miqdorining kamligi.

Adabiyotshunoslikda hikoyaga berilgan bu ta’rif ko‘p o‘n

yilliklardan beri deyarli o‘zgarmay kelmoqda. Qalam sohiblari ham,
asosan, mazkur janrga yuqorida bayon etilganidek munosabatda bo‘ladilar.
Hozirgacha ham hikoyaga shunday yondashuv o‘z kuchini saqlab
kelayotir. Ammo adabiy-badiiy jarayon taraqqiyoti, so‘z san’atining yangi
davrga qadam qo‘yishi hikoya strukturasida shakl va mazmun jihatdan
muayyan o‘zgarishlar yuz berayotganini ko‘rsatadi. Bunday hodisa, shu
jumladan, o‘zbek nasrida namoyon bo‘lmoqda. Bunday evrilishlar, nafaqat
hikoya, shuningdek, yirik epik shakl sanalgan roman badiiy qurilmasida
ham ko‘rinyapti.

Ushbu faslda tadqiqot obyekti uchun tanlab olingan hikoyalar tadqiqi

orqali hikoya badiiy-poetik olamidagi an’anaviy xususiyatlar bilan bir
qatorda undagi quyidagi yangilanishlar aniqlandi

(“1.1- jadvalga

qarang”).

“1.1 – jadval.” Hikoya badiiy-poetik olamidagi yangilanishlar

1. Hikoya xronotopining kengayishi.

2. Hajmdagi an’anaviylik va o‘zgarishlar.

27

Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Акаdетпаshг, 2010. – Б. 393.


background image

28

3. Izchil (“shafqatsiz”) realizmning taraqqiyoti.

4. Hikoya matnida tabiat va inson munosabatlari tasvirining
ko‘lamdorligi.

1. Hikoya xronotopining kengayishi.

Atoqli alloma M.M.Baxtin

badiiy matnning shakllanishi va mukammallik kasb etishida badiiy
xronotop birlamchi ahamiyat kasb etishini ko‘rsatgan edi. Chindan bu
borada keyingi tadqiqotlar adabiy asarda ifoda topadigan zamon-makon
tasvirining juda muhim badiiy-estetik, shuningdek, falsafiy, g‘oyaviy o‘rin
tutishini ko‘rsatmoqda. Keyingi yillarda milliy adabiyot ilmida yuzaga
kelgan bir qancha tadqiqotlarda xronotop masalasi yoritilayotgani
fikrimizni tasdiqlaydi.

Biz yuqorida keltirgan hikoya haqidagi ta’rifda mazkur janrda “tas-

virlanadigan voqea(lar)ning qisqa vaqtda ro‘y berishi” kichik epik
shaklning asosiy alomatlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan. Shu nuqtayi
nazardan yozuvchi Shukur Xolmirzayevning “Hukumat”, “Sirli
militsioner”, “Zov ostida adashuv”, “Kulgan bilan kuldirgan”, ” “Bodom
qishda gulladi”, Erkin A’zamning “Aralashqo‘rg‘on”, “Stupka”, Nazar
Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyalarini o‘rganganimizda,
ularda voqeaning nisbatan qisqa vaqtda ro‘y berganini ko‘rishimiz
mumkin. Bu o‘rinda biz “nisbatan” deganda hikoyada ifoda topgan
vaqtning roman va qissaga qaraganda qisqa bo‘lishini nazarda
tutmoqdamiz.

Nazar Eshonqulning “Maymun yetaklagan odam” hikoyasida bir

necha oy davomida bo‘lib o‘tgan voqea – ijarada yashayotgan yigitning
shu ko‘chadagi yolg‘iz cholning uyiga bir necha bor kirishi, bir zamonlar u
chizgan suratlarni ko‘rishi tasvirlangan. Asarda garchi aniq aytilmagan
bo‘lsa-da, kitobxon syujet tizimidan bu voqea yilning kuz, qish va erta
bahor kunlarida bo‘lganini ilg‘ab oladi. Shuni ham aytish kerakki, voqea
tasviri yuqorida ko‘rsatilgan uchta faslni to‘la qamrab olmaydi. Matn
tarkibidagi tasvirlar atigi bir necha kunni qamrab oladi. Shu jihatni hisobga
olganda, ixcham nasriy shaklda voqeaning qisqa vaqt ichida bo‘lganiga
ishonch hosil qilish mumkin.


background image

29

Hikoya garchi nisbiy hajm va vaqt qisqaligiga ega bo‘lsa-da, u turli

badiiy vositalar yordamida kengroq zamon hududini qamrab olishi va bir
insonning butun umri yoxud hayotining asosiy qismini o‘z badiiy
dunyosida aks ettira olishi mumkin. Hikoyada shunday alomatni “Maymun
yetaklagan odam” asarida yaqqol ko‘rsa bo‘ladi. Bu asarda roviy xotirasi,
mulohazalari, shuningdek, chol hayotining turli bosqichlarida chizgan
suratlarda ifodalangan ramzlar yordamida badiiy xronotop hududining
kengayganini ko‘rish mumkin. Shu tariqa badiiy matn hududida mash’um
zamonning zayliga kirgan, uning yolg‘on mafkurasi, qattol siyosatiga
ishonib uning manfaatlari, taraqqiyotiga jon-jahdi bilan xizmat qilgan
insonning fojiali umri kitobxon ko‘z o‘ngida butun bo‘y-basti bilan to‘la-
to‘kis namoyon bo‘ladi. Yozuvchi davr va qahramon munosabatlarini
tarixiy haqiqat mezonlari asosida haqqoniy ifoda etganligi uchun umrini
yashab bo‘lib, moziy bahrida qolib ketgan tuzumning zulmat manzaralari
juda ta’sirchan holda o‘z badiiy aksini topgan.

Zamonaviy hikoyachilikda istifoda etilayotgan bunday usul Shukur

Xolmirzayevning “Hukumat” hikoyasida adib tomonidan yuksak badiiy
mahorat bilan qo‘llanilgan. Asarda roviy vazifasi qahramonga–sovet
tuzumi yillarida sho‘ro sovetiga yillar davomida rahbar bo‘lib ishlab
nafaqaga chiqqan keksa ayolga yuklatilgan.

Hikoyada tasvirlangan voqea o‘tgan asrning saksoninchi yillari

oxirida, “qayta qurish” deb atalgan tarixiy vaqtda bo‘lib o‘tadi. Asosiy
personaj– “hukumat opa” nafaqaga chiqqan, lekin o‘tgan zamon siyosati,
imkoniyati, talablari tufayli mol-dunyo to‘plamagan. Er-xotin kenja o‘g‘il
bilan birga yashashadi. Kolxozda eski va shaloq yuk mashinasini
haydaydigan o‘g‘il tuzuk maosh olmaydi. Oilada nochorlik hukm suradi.
Noshukur va erka o‘sgan farzand ro‘zg‘ordagi yetishmovchilik uchun ota-
onasini ayblaydi. U ota va onasi rahbarlik davrida davlat to‘plab
qo‘ymaganidan alamzada.

Asarda tasvirlanishicha, afg‘on shamoli turib, kenja o‘g‘il chala-

chulpa qurgan tovuqxonaning karton bilan yopilgan omonat tomini
ko‘tarib tashlaydi. Hukumat opa aytganidek, “katakning usti ochilib
qoldi.Tovuqlar sochilib ketdi. Kenjaboyingiz jinni bo‘lib yuribdi. Bizda


background image

30

qo‘y yo‘q. Sigir yo‘q. Shu to‘rtta tovuq”.

28

O‘g‘il onasiga istehzo va alam

bilan shunday deydi: “Ena, qani, hukumatingizga boring endi. To‘rtta shipr
bersin”, - deydi. Sobiq raisa birin-ketin o‘ziga yordam berishi mumkin
bo‘lgan ikki rahbar (bulardan biri o‘zining shogirdi) ga yo‘liqadi, arzini
aytadi, ammo zamon o‘zgargan, talablar boshqa. Shu sababli ishi bitmaydi.
Oxir-oqibat, uning abgor ahvoliga achingan shogirdi – Qodirjon o‘z uyini
ta’mirlash uchun olib qo‘ygan bir necha shiferni ustozi xonadoniga
yuborib, tovuqxona tomini tuzattirib beradi. Ayol qattiq e’tiqod qo‘ygan
tuzum og‘ir paytida koriga yaramaydi. Bu faqat bitta ayol fojiasi emas,
o‘sha davr uchun ishonch-sadoqat bilan xizmat qilib, oxirida xo‘rlangan
yuzlab odamlarning achchiq qismati edi.

Shunday qilib, hajman u qadar katta bo‘lmagan hikoyada roviy nutqi,

o‘tmish hodisalarini eslashi tufayli xronotop doirasi kengayadi, butun
davrni qamrab oladi.

Sobiq raisa fojiasi faqat zamon o‘zgargani tufayli qadr topmagani

bilan cheklanmaydi. Uning asosiy xatosi shunda ko‘rinadiki, yillar
mobaynida istibdod imperiyasi buyruq va qarorlarini komil ishonch bilan
bajarib kelgan. O‘zining aytishicha, “shu jamiyatni deb xizmat qildik.
Quloq qilish, tilla qidirish vaqtlaridayam ko‘p ish qildik”. Ayolning eri
ham o‘sha yillarda kolxozda rais bo‘lgan. “U bechora shuncha yil kolxoz
raisi bo‘lib, faqat otni minib: “Mashoqni terma! G‘allani o‘rma!” deb
umrini o‘tkazgan ekan. Ammo-lekin u kishiyam juda halol ishlaganlar...
Urushdan

keyingi

qimmatchilik

yillarida

ayrimlar

kalamush,

sichqonlarning uyasini kavlab, g‘alla-don topishardi. Ana shularni tortib
olib hukumatga topshirganlar”.

29

Bola-chaqasi och odamlarning mehnat

qilib topgan oz-moz g‘allasini tortib olish, tabiiyki, odamiylikdan yiroq
ish. Demak, keksayib nafaqaga chiqqan sobiq er-xotin rahbarlarning el
nazaridan qolib, muhtojlikda xor-zor bo‘lishlari bejiz emas. Ular o‘sha
mazlum odamlardan qarg‘ish olganlar, nazardan qolishlarining asosiy
sababi shunda.

2.Hajmdagi an’anaviylik va o‘zgarishlar.

Hikoyaga berilgan

ta’riflarda “hajmining qisqaligi” uning asosiy alomatlaridan biri sifatida

28

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд.- Тошкент: Шарқ, 2005. - Б.135.

29

Шукур Холмирзаев. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд – Тошкент: Шарқ, 2005. –Б. 130.


background image

31

ko‘rsatiladi. Chindan ham jahon adabiyoti tarixida yaratilgan aksar
hikoyalar hajm jihatdan ixchamdir. Shu boisdan bu janrni ba’zan “kichik
epik shakl” deb ham ataydilar. Shukur Xolmirzayev o‘z ijodining dastlabki
bosqichlarida “hikoyadagi qisqalik” mezoniga rioya qilgan. Uning
dastlabki kichik asarlaridan bo‘lgan “Notanish odam” hikoyasi (1960- yil)
atigi ikki yarim sahifadan iborat. “Ko‘ngil” (1961) uch yarim sahifa, “Bir
ko‘rgan tanish” (!965) olti-yu chorak, “Ikki ko‘rgan bilish”(1965) besh
sahifaga yaqin, “Nimadir yo‘q bo‘ldi” uch yarim sahifadan iborat. Uning
1965-yilgacha yozgan hikoyalari orasida faqat “Olis yulduzlar ostida”
asari nisbatan katta hajmli bo‘lib, o‘n betni o‘z ichiga olgan.

Umuman olganda, bu so‘z san’atkorining 1960-yildan 1992- yilgacha

yozgan aksar hikoyalari ikki yarim sahifadan o‘n yetti sahifagacha hajmni
tashkil etadi. 1988-yilda e’lon qilingan “O‘zbek xarakteri” (yozuvchi bu
asarini “O‘zbeklar”deb ham nomlagan) mazkur davr oralig‘ida yaratilgan
nisbatan kattaroq hajmli asar bo‘lib, o‘n yetti betdan iborat.

Aslida nafaqat milliy, keng miqyosda qaraydigan bo‘lsak, jahon

adabiyotida yaratilgan aksariyat hikoyalar hajmi yuqorida ko‘rsatilgan
sahifalardan iborat ekanini ko‘ramiz. Shu bilan birga, ayrim hollarda
hikoya hajmining kengayishi, uning bir necha o‘n sahifani egallashini ham
kuzatish mumkin. Bu o‘rinda jahon adabiyotining eng taniqli
namoyandalari yaratgan shunday asarlardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz.

Dunyoga mashhur hikoyanavis A.P. Chexov o‘z ijodining dastlabki

yillarida yaratgan kichik epik asarlariga ixchamlik xos. Uning 1883-1888 -
yillar oralig‘ida yaratgan hikoyalari uch betdan o‘n besh betgacha bo‘lgan
hajmda yaratilgan. Faqat 1888- yilda yozgan “Sahro” asarida hikoya
hajmini kengaytirib, uni to‘qson yetti betga yetkazgan. Tanqidchi va
adabiyotshunoslar ushbu asar janri bo‘yicha ishtibohga bormasliklari
uchun sarlavha ostiga “Bir sayohat bayoni” degan maxsus izoh ham
kiritgan. Bunday izoh bilan u mazkur yaratma aynan hikoya janriga
tegishli degan qarashni uqtirmoqchi bo‘lgan. Mazkur tajribadan keyin
uning ijodiy faoliyatida nisbatan uzunroq hikoyalar vaqti-vaqti bilan
yaratila boshlaydi: “Chiroqlar” (1988) - 37, “Zerikarli voqea”(1890) – 67,
“Noma’lum odam hikoyasi” (1893) - 82 betni tashkil etadi. “Qisqalik –
iste’dodning singlisi”, - deb hisoblagan buyuk adibning hikoya hajmiga


background image

32

bunday erkin munosabatda bo‘lishi uning nasriy asar janrini hajm
belgilamaydi degan qarashda bo‘lganini ko‘rsatadi. Shuni ham aytish
kerakki, bunday badiiy tajribalar “hikoya – kichik epik janr” degan nuqtayi
nazarni inkor etmaydi. Chunki o‘sha paytlarda yaratilgan romanlar hajmi
katta bo‘lib, ming sahifagacha borgan. Qissalar ham ancha salmoqli
bo‘lgan. Binobarin, roman va qissaga qaraganda, hikoya baribir nisbatan
mo’jaz badiiy shakl sanalgan.

Jahon zamonaviy adabiyotining taniqli vakillaridan sanalgan

Somerset Moem (1874-1965) ijodiga nazar tashlaganimizda, undagi
“Makintosh”, ”Yomg‘ir”, “Maktub” kabi hikoyalar o‘rtacha o‘ttiz-qirq
sahifani tashkil qilganiga guvoh bo‘lamiz.

“O‘zbek hikoyachiligi otaxoni” deb tan olingan atoqli so‘z san’atkori

Abdulla Qahhor garchi badiiy ijodda o‘ziga Anton Chexovni ustoz, deb
hisoblasa-da, uning “uzun hikoyalar” yozish tajribasiga ergashmagan. U
nafaqat hikoya, balki o‘zi ijod etgan barcha janrlarda har doim qisqalikka
intilgan va ijodiy faoliyatining oxirigacha shu yo‘lga sodiq qolgan.
Adibning deyarli barcha hikoyalari uch-to‘qqiz bet oralig‘ida yaratilgan.
Faqat adibning ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Xotinlar” hikoyasi
nisbatan yirikroq bo‘lib, o‘n besh sahifani o‘z ichiga olgan.

Bunday tarixiy-adabiy ekskursdan maqsad statistik axborot bo‘lmay,

hikoya ta’rifidagi “hajman qisqalik” tushunchasini muayyan davrlar
kesimida ko‘rib chiqish, shu asosda uning badiiy strukturasida hajmning
o‘rniga ma’lum darajada bo‘lsa-da, oydinlik kiritishdan iborat. Chunki
shakl hamma vaqt mazmun talabidan kelib chiqadi va uning mohiyatini
ifodalashga xizmat qiladi. Shunday ekan, shakliy alomatlar janrni
belgilashda muhim omil sifatida qaralishi kerak degan fikrdamiz.

Hikoya o‘zbek adabiyotiga o‘tgan asrning o‘ninchi yillarida jadid

ma’rifatparvarlari tomonidan olib kirilgan. Uning dastlabki namunalari
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat singari yirik
iste’dod sohiblari tomonidan yaratildi. Shundan keyin nasr sohasiga kirgan
aksariyat ijodkorlar oz yoki ko‘p miqdorda hikoya yozishga harakat
qilganlar. O‘tgan muddat ichida ko‘plab yozuvchilar tomonidan milliy
so‘z san’atimizda yuzlab hikoya namunalari yaratilgan. Bular orasida
hikoyani o‘zlarining taqdiri va hayoti deb bilgan, bu janr taraqqiyotiga


background image

33

katta hissa qo‘shgan ikki atoqli adib – Abdulla Qodiriy va Shukur
Xolmirzayev nomlarini bu o‘rinda alohida ta’kidlab ko‘rsatish lozim deb
o‘ylaymiz.

Abdulla Qahhordan keyin hikoya janrini yanada yuqori darajaga olib

chiqish, uning yangidan yangi poetik imkoniyatlarini kashf etish, takomili
bo‘yicha izlanishlar olib borish yigirmanchi asrning oltmishinchi yillarida
adabiyot maydoniga kirib kelgan O‘lmas Umarbekov. O‘tkir Hoshimov,
Uchqun Nazarov, Ne’mat Aminov. Omon Muxtorlar mansub bo‘lgan
nosirlar avlodi zimmasiga tushdi. Bu avlod vakillari orasida, aytilganidek,
Shukur Xolmirzayevning mazkur janr rivojida o‘rni alohida ekanini
ta’kidlash lozim.1996- yildan boshlab uning ijodiga taalluqli hikoyalarning
hajman “kattayishi” ko‘rina boshladi. Shu yili adibning “Bandi burgut” va
“To‘p o‘yin” hikoyalari yaratilgan. Bu ikki hikoyaning har biri o‘ttiz betlar
atrofida. Muallif tomonidan har bir hikoya muayyan bo‘lak – fasllarga
ajratilgan: “Bandi burgut” – 15, “To‘p o‘yin” – xulosadan tashqari yigirma
ikki bo‘lakdan tashkil topgan.

Tabiiyki, jahon adabiyotining bilimdonlaridan biri sanalgan yozuvchi

o‘ziga qadar yaratilgan yuzlab hikoyalarni o‘qigan, ulardan ma’lum bir
tajribalarni o‘zlashtirib, ijodiy tajribasida qo‘llagan. Lekin, bizning
fikrimizcha, adibning dunyo so‘z san’ati amaliyotida mavjud bo‘lgan,
biroq milliy nasrda ommalashmagan “katta hikoya” yozish bo‘yicha
tajribasi faqat adabiy ta’sir natijasi emas edi, deb o‘ylaymiz. Chunki bu
qalam sohibining ko‘p sahifali hikoyalari faqat uning o‘ziga xos yo‘l-
yo‘sinda yozilgan, ularda ijodkorning “men”i yaqqol ko‘rinib turadi.
Bunday tasvirlash usuli faqat kichik epik janrgagina xos bo‘lib, muallif
asarni shu badiiy shaklga xos bo‘lgan “epik bayon qilish” vositasi asosida
yaratadi. Bunda voqea bir nuqtadan boshlanadi, tasvir bir planda davom
etadi, badiiy lavha (epizod)lar biri ikkinchisi jarayonida hikoyachi-roviy
bayoni uzluksiz. Boshqa muammo, manzaralarga chalg‘imay davom etadi.
Hikoya hajmining qancha bo‘lishidan qat’iy nazar adib bir hodisa bayoni
tasvirini qat’iy izchillikda davom ettiraveradi. O‘tgan asrning saksoninchi
yillarida Shukur Xolmirzayev yirik hajmli nasriy asari – “Olabo‘ji”ni
“Sharq yulduzi” jurnalida chop ettirdi. Adabiy tanqid bu yaratiqni roman
deb qabul qildi. Holbuki, ijodkor uning sarlavhasi ostiga “romandan katta


background image

34

hikoya” deb izoh bergan edi. U o‘zining shunday dadil adabiy tajribasi
bilan hikoya hajman romandan katta bo‘lishini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Bu
asarda biz yuqorida tavsiflagan “hikoyaga xos tasvir usuli” qo‘llanilgan
edi.

3. Izchil (“shafqatsiz”) realizmning taraqqiyoti.

Ma’lumki, o‘zbek

hikoyasi realistik asosda yuzaga keldi. Uning birinchi namunalari –
“Juvonboz”, “Uloqda”, “Otam va bolshevik” kabi hikoyalarda hayotning
aniq manzaralari, dunyoni dialektik anglash ifoda topganini ko‘ramiz.
Sovet davrida badiiy adabiyotda soxta “sotsialistik realizm” usuli hukm
surdi. Natijada boshqa janrlar qatori hikoya namunalariga ham bu
“metod”ning salbiy ta’siri u yoki bu darajada namoyon bo‘lgani ko‘rinadi.
Shunga qaramay, milliy so‘z san’ati aksar badiiyat talablari asosida
yaratilgan asarlar “sotsrealizm” realizm asosida yuzaga kelganiga ishonch
hosil qilish mumkin. Bu fikrimizga Shukur Xolmirzayev ijodiy merosi,
xususan, hikoyalari dalil bo‘ladi. Adib ijodiy faoliyatining o‘ttiz yildan
ko‘proq vaqti sovet tuzumi davriga to‘g‘ri keladi. U deyarli barcha
hikoyalarida realistik prinsiplarga tayanib, hayot va insonni tasvirlagan.
O‘sha davrning sun’iy, yolg‘on g‘oyalarini targ‘ib qilishdan saqlangan.
Realistik metod tarkibida bir-biridan farq qiluvchi lirik, romantik-
taxayyuliy, izchil realistik kabi yo‘nalishlar bor. Shukur Xolmirzayev
hikoyalari izchil yoki “shafqatsiz” realizm oqimiga mansub.

Bu

fikrimizni

yozuvchining

oltmishinchi

yillarda

yaratgan

hikoyalaridan birini tahlil etish orqali dalillashga harakat qilamiz.

Ma’lumki, sotsialistik realizm badiiy asar markaziga faol,

“kommunistik mafkura” talablari asosida ijtimoiy hayotda javlon uradigan,
boshqalarga bu jihatdan hamisha o‘rnak, namuna bo‘la oladigan ijobiy
qahramonlarni qo‘yishni talab qilar edi. Shukur Xolmirzayevning 1966-
yilda yaratilgan “Yovvoyi gul” hikoyasi qahramoni esa yuqorida qayd
etilgan talablarga mutlaqo mos kelmasligi bilan e’tiborga loyiq.
Hikoyaning dastlabki satrlaridayoq bunga amin bo‘lish mumkin: “Vosit
nimjon, yalqov va xayolparast bola edi...”

30

30

Шукур Холмирзаев. Сайланма. I жилд. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б. 56.(Бундан кейинги кўчирмалар шу

нашрдан олиниб, қавс ичида саҳифаси кўрсатилади).


background image

35

Bu “xayolparast, lallaygan” yigit shahardan uch yuz chaqirim

uzoqdagi “adirsimon tog‘lar ostidagi” (56-bet) bir qishloqda tug‘ilgan,
bolaligi shu joyda o‘tgan. Asardagi mana bu tasvirda ushbu qishloqning
o‘ziga xos jihati ko‘rsatilgan: “Bu qishloq ustidagi adirdan boshqa yerlarda
o‘smaydigan kiyiko‘t va anduzlar ko‘p bo‘lar, bahor boshlanishi bilan
ularning mayin va o‘tkir hidi qishloqqa esib turar edi” (56-bet).

Qalbi sof, samimiy, shu bilan birga, bo‘sh-bayov, o‘zining chek-

chegarasi yo‘q allaqanday xayollari bilan yashaydigan yigitchaga
qarindoshlari, hamqishloqlari mavjud hayotdan uzoqligi uchun achinib
qarashadi, chunki bunday bolalar kelajakda biror-bir ishni uddalashi
qiyinligini tajribadan bilishadi, shunga qaramay, uning xayolparastligini
yoqtirishar, “uni saflaridan tirsaklashmas edi”(56-bet).

U bolaligida bahor chog‘ida yolg‘iz “adirlarni sang‘ib kunni kech

qilar, oshnalari chiqib qolganda, kunbotarni ko‘rsatib, o‘sha yoqda shahar
borligini, uning juda antiqaligini aytar va kelgusida o‘zining shaharda
yashash orzusini aytar edi” (56-57-betlar).

Vosit shahardagi bilim yurtini tugatgach, shu yerdagi gazetaga

korrektor (musahhih) bo‘lib ishlay boshlaydi. Ammo tabiatan, dala, tog‘
odami bo‘lgani, salomatligining haminqadarligi sababli bu joyning havosi
unga yomon ta’sir qiladi. Turli joylarda ijarada kun kechiradi. Uy egalari
bunday parishon, kambag‘al va xayolchan bolani yoqtirmaydilar.
Ishxonada ham munosabat yaxshi emas, maosh kam, kamxarjlik tufayli
zo‘r-bazo‘r tirikchiligini o‘tkazadi. Yolg‘izlik, muhtojlik, atrofdagilarning
mehrsizligi unga og‘ir ta’sir etadi, oqibatda kasallanib, shifoxonaga
yotqiziladi. Doimiy xabar olib turadigan mehribon odami yo‘qligidan, bu
erda uzoq vaqt – to‘rt oy qolib ketadi. Kasalxonadan chiqib, yana ijara
uyda yashay boshlaydi. Bir kuni ko‘klamda hamkasblari bilan tog‘ga
sayohatga chiqqanda, bolaligidan o‘ziga yaxshi ma’lum shifobaxsh
kiyiko‘t o‘simligini ijara hovliga o‘tqazib, uni parvarishlashga urinadi. Bu
ish qahramonning tabiatga, o‘zi o‘sib-ungan muhitga bo‘lgan ongosti
talpinishi, begona muhitni qabul qilolmayotganining alomati edi. Suv
kamligi va qarovning yaxshi bo‘lmaganidan kiyiko‘t qurib qoladi.
“Shunda birdan ko‘ngli buzilib, shu o‘t o‘sgan adirni esladi va beixtiyor
kuyundi: “Nimaga buni adirdan olib keldim. O‘sha yerda o‘saversa


background image

36

qurimasdi”, deb o‘yladi. Shunda birdan nimagadir o‘zi haqida o‘ylab qoldi
va zo‘r taajjub bilan o‘zini shu gulga o‘xshatdi”.

Inson o‘zining tabiiy muhiti – oilasi, tug‘ilib o‘sgan joyi, qarindosh-

urug‘lari, bolalikdagi do‘stlari doirasida baxtiyor va to‘kis, ko‘ngli to‘q
holda yashashi mumkin. Bunday muhitni tark etish ko‘pincha davomli
qiyinchilik, hatto fojiaga olib borishi, odamning ruhiy-ma’naviy
qurilmasida deformatsiya (buzilish)larga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday
nuqtayi nazardan ko‘pgina badiiy asarlarda, ayniqsa, ulkan so‘z san’atkori
Lev Tolstoyning “Urush va tinchlik”, “Anna Karenina” romanlarida o‘z
badiiy ifodasini topgan. Xuddi shunday qarashni taniqli adib Omon
Muxtorning “Egilgan bosh” nomli asaridagi G‘oziddin, Abror hayoti va
qismati tasvirida ko‘rsa bo‘ladi. Oddiy, shu bilan birga, halol yashovchi
oilada yashab ulg‘aygan G‘oziddin manman va zolim korchalonlardan
o‘ch olish uchun ota uyini tark etib, yirik shaharda o‘qib, shu yerda yashab
qoladi. Mavqeyi baland, badavlat kishining qiziga uylanadi. Oxir-oqibat
o‘zi yomon ko‘rgan kimsalar davrasiga qo‘shilib, insoniy qiyofasini
yo‘qotadi, har qanday yaramaslik, hatto qotillikdan tap tortmaydigan
yovuz odamga aylanadi.

Keng-mo‘l sahroda ulg‘aygan, qalbi ham shu cho‘ldek bepoyon

bo‘lgan Abrorning ulkan shahardagi fojiasi yanada mudhish va alamli
bo‘ladi. U hatto zolimlarda ham yaxshi xususiyatlarni ko‘radi, ularga
qarshi kurashishni tasavvur ham qilmaydi. Nihoyat hech qanday aybi
bo‘lmasa-da, G‘oziddin to‘dasi tarafidan shafqatsizlarcha o‘ldiriladi.

Struktural nuqtayi nazardan olib qaralganda, zamonaviy nasr

namunalarida yaratilgan Vosit, G‘oziddin, Abror bir paradigmatik qatorga
mansub bo‘lib, ular o‘z badiiy qurilmalarida asl zamin – tabiiy muhitdan
mosuvo bo‘lgan inson badbaxtliklarini ifoda etadilar.

Hozirgi davr nasridagi shafqatsiz realizmga xos alomatlar yozuvchi

Nazar Eshonqulning “Shamolni tutib bo‘lmaydi” hikoyasida badiiy
tajassum etilgan. To‘g‘ri, adabiy jamoatchilik, adabiyotshunoslar bu
ijodkorni modernizm vakili sifatida biladilar. Aytish kerakki, Nazar
Eshonqul adabiyotimiz dargohiga to‘g‘ridan to‘g‘ri modernist sifatida
kirib kelmagan. Ijodining dastlabki yillarida yozilgan asarlari realizm
an’ana va me’yorlari asosida bitilgan.


background image

37

“Shamolni tutib bo‘lmaydi” asaridagi ayrim xususiyatlar ma’lum

darajada modernistik yo‘nalishni eslatadi. Lekin ko‘pgina jihatlar –
xronotopning aniqligi, detallarning aniq ifodalanishi, eng muhimi, undagi
personajlarga nisbatan nosir (roviy)ning shakllangan nuqtayi nazari
borligi hikoyaning realizmga mansubligini ko‘rsatadi.

Adabiy ta’sir nuqtayi nazaridan qaralganda, bu asar ifoda tarzi, bayon

uslubi jihatidan ma’lum darajada Gabriel Garsia Markes ijodini eslatadi.
O‘zbek adibi badiiy uslubining shakllanishida mazkur buyuk qalam egasi
yaratmalari ko‘mak bergan. Adabiyot ilmida G. Markes epik asarlari
“magik realizm”ga xos degan qarash mavjud. Nazar Eshonqul hikoyasida
magiklik belgilari aniq ko‘rinmasa-da, realizm biz yuqorida qayd etgan
belgilari bilan bo‘y ko‘rsatib turganini ko‘ramiz.

Asarda tarixiy haqiqat – sovet davlatining ilk bosqichida Tersota

qishlog‘ida ro‘y bergan fojia tasvirlangan. Hikoya qahramoni Baynaning
eri Rayim polvon otasining ishini davom ettirib, Tersota soyi yoqasida
keng hovli-joy, yildan yilga ko‘payib borayotgan yilqilari uchun otxona,
“yozning jaziramasidan go‘sht va yog‘larni, qimiz va ayronlarni asrash
uchun keng yerto‘la, uzun ustunkor ayvon quradi. Mash’um sovet davrida
bunday davlati bor kishilarga dushmanlik bilan qaralgan. O‘sha tuzum
vakillari, ularning yugurdagi Zamon otboqar polvonga molingni topshir,
deb dag‘dag‘a qilishadi. U esa qo‘lida miltiq bilan uy-joyini himoya
qiladi. Oqibatda mirshab va askarlar uning uyini o‘rab oladilar.Tengsiz
jangda xonadon sohibi va otasini himoya qilishga kirishgan o‘g‘li otib
o‘ldiriladi. Bularning barchasi Baynaning ko‘z o‘ngida sodir bo‘ladi.
Rayim polvon o‘zi yashayotgan qishloqqa asos solgan edi.
Hamqishloqlarining barchasi uning ruxsati va ko‘magi bilan bu manzilda
uy-joy qurganlar. Ammo qishloqdan biror kishi ham o‘z oqsoqollarini
himoya qilishga jur’at qilolmaydi. Ulardan ko‘ngli qolgan momo: “Bu
qishloqda erkak yo‘q” degan qat’iy qarorga keladi. Eri va o‘g‘lining
o‘limida asosiy aybdor Zamon otboqar bo‘lganidan, qalbida unga nisbatan
qasos tuyg‘usi bilan yolg‘izlikda hayot kechiradi.

Ayol intiqomni juda kech, keksayib qolgan payti Zamon otboqar

farzandsizlik alamini torta-torta, qirq yoshidan keyin ko‘rgan uch o‘g‘lini
birdaniga to‘y qilayotgan kuni amalga oshiradi. Dushmani to‘yga


background image

38

shahardagi kazo-kazolarni aytib kelish uchun daryo yoqasidagi
yulg‘unzordan o‘tayotganda, dahshatli o‘lim topadi:” kiyimlari pora-pora
yirtilgan, avrati uzib tashlangan, o‘nta barmog‘ining hammasi kesib
olingandi”(259-bet). Jinoyatni tekshirgan mirshablar “kichik jussali,
jimitday, sochlari oppoq bo‘lib qolgan.ramaqijon kampir”ni ko‘rgach,
shubhalari barham topadi. Faqat ancha yil o‘tib, kampir vafot etgach,
vasiyatiga ko‘ra kelinlik sandig‘ini ochishadi. Sandiqda birmuncha
qadimiy buyumlar orasida “chorsuning yirtig‘iga chala-partish o‘rab
tashlangan o‘nta odam barmog‘i topiladi” (260-bet).

Hikoya xalqimizning boshiga ko‘p yomon kunlar solgan mash’um

tuzumga qarshi badiiy aybnoma tarzida yaratilgan. Unda ifodalangan fojia,
yolg‘izlikka duchor etilgan kimsasiz ayol qismati “shafqatsiz” realizm
talablariga ko‘ra butun dahshat-u iztiroblari bilan yoritilgan. Bu kabi ifoda,
tasvirlar o‘zbek milliy hikoyachiligida mazkur metod yo‘nalishining
o‘ziga xos o‘rni, ahamiyati borligini aniq ko‘rsatib turibdi.

4. Hikoya matnida tabiat va inson munosabatlari tasvirining

ko‘lamdorligi.

Badiiy adabiyot janrlari namunalarida, jumladan, hikoyada

tabiat va inson munosabatlari tasvirlanib kelgan. Sharq lirikasida tabiat
hodisalari, predmetlari lirik qahramon ruhiyatini aks ettirish, uning
portretini yuzaga keltirish maqsadlarida qo‘llanib kelingan. Keyingi asrlar
jahon so‘z san’atida epik tur tizimidagi hikoya, qissa, roman janrlarining
badiiy rivoji jarayonida mazkur muammoni kengroq, teranroq ifodalash
uchun keng imkoniyatlar yuzaga keldi. Xususan, yigirmanchi asrning
ikkinchi yarmidan boshlab yer yuzida ulkan ekologik muammolar hamda
halokatlar ko‘paya boshlagach, ushbu masala nafaqat adabiyot,
shuningdek, boshqa ko‘pgina soha vakillarining bu masalaga alohida
e’tibor bilan qarashlariga sabab bo‘ldi.

Zamonaviy o‘zbek nasrida ushbu muammo Shukur Xolmirzayev

ijodida yetakchi o‘rinda turadi. Uning deyarli barcha asarlarida janridan
qat’iy nazar tabiat, uning insoniyat hayotida tutgan o‘rni, hayvonot va
o‘simliklar dunyosi, ularni asrab-avaylab kelajak avlodlarga yetkazish,
tabiatning inson ma’naviyatiga ta’siri muayyan voqealar davomida
qahramon va personajlar faoliyati davomida ko‘rsatib boriladi. Ayniqsa,
mana shu muammo bilan aloqador tasvir hamda mushohadalar uning


background image

39

ko‘pgina hikoyalarida o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. ”Ko‘kboy”, “Zov
ostida adashuv”, “Jarga uchgan odam”, “Kulgan bilan kuldirgan”, “Qush
tili”, “Yangi zot”, “Ko‘k dengiz”, “Omon ovchining o‘limi” va yana bir
qancha kichik nasriy asarlari ana shu siraga mansub.

Yuqorida bayon etilgan muammolar nuqtayi nazaridan adibning

“Kulgan bilan kuldirgan” hikoyasini muxtasar tarzda bo‘lsa-da ko‘rib
chiqaylik. Asarning qahramoni – tog‘ qishloqlaridan birida yashaydigan
tabiat o‘qituvchisi Ehson E’tiborov. U maktabda ishlagani uchun atigi bir
yuz o‘n so‘m maosh oladi. Xotini ishlamaydi. El qatori faqirona
tirikchiligini o‘tkazadi. U bir tarafdan tabiat shaydosi, boshqa tarafdan
kasbi bilan bog‘liq bo‘lgani sababli tog‘dagi kamarlarda yashaydigan
kakliklar taqdiriga befarq qarolmaydi. Gap shundaki, qish qattiq kelib,
tog‘ga qalin qor yog‘gan, mazkur jonivorlar qalin qor ostidan o‘ziga
yemish topib yeyolmaydi. Tabiatning shunday go‘zal va ancha kamyob
farzandlari qirilib ketish arafasida turibdi. Shu boisdan Ehson yordam
so‘rab sovxoz direktori kabinetiga boradi va unga masalani tushuntiradi.
Uning fikricha, bu “qiyin masala emas. Uchta rabochingizni chaqirib,
uchta ulov berasiz. Uch sentner g‘alla. Ular tog‘ga chiqib, qor tushmagan
kamarlarga sepib keladi”.

31

Faqat yuqori idoralarning buyrug‘i bo‘yicha

ishlaydigan, tabiat muhofazasining jahonshumul ahamiyatini xayoliga
keltirmaydigan, hamma ishga foyda-manfaat nuqtayi nazaridan qaraydigan
direktor Eshquvvatovga bu iltimos g‘oyat erish, g‘alati tuyuladi.
“Qachondan beri sovxoz tog‘dagi yovvoyi qushlarni boqadigan bo‘lib
qoldi!” – deydi. Tog‘dagi parrandalarga yem berishni keraksiz bir ish deb
hisoblaydi. Dastlab Ehson unga telbanamo odamdek tuyuladi, keyin esa
uni biror shaxsiy g‘arazi uchun o‘zidan alamini olmoqchi bo‘lgan kishi
bo‘lsa kerak, degan xayolga boradi: “o‘tgan yili xotiningizni tovuq
fermasidan bo‘shatib yuborgan edim, xotiningiz shikoyat qildimi?” – deb
so‘raydi. Nihoyat, muallif bilan biroz tortishib, munozara davomida uning
kam oylik olishini bilgandan keyin, o‘qituvchi qushlarga ozroq don sepib,
qolganini o‘ziga olmoqchi degan xulosaga keladi. Shunda u ishchi va ulov
bermasa ham Ehsonga ikki sentner g‘alla berishga rozi bo‘ladi. Uning

31

Шукур Холмирзаев. Сайланма. I жилд. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б. 195.(Бундан кейинги кўчирмалар шу

нашрдан олиниб, қавс ичида саҳифаси кўрсатилади).


background image

40

dunyoqarashiga ko‘ra, iltimoschining gapini ikki qilmadi, demak, u ham
zarur vaqtda qo‘llab yuborishi kerak.

Ehson yolg‘iz o‘zi eshagiga g‘alla solingan qoplarni ortib, qalin

qorga botib, qiynalsa ham, ko‘zlagan maqsadiga bir qadar erishadi,
kakliklar jon saqlaydigan o‘ntacha kamarga don sepib chiqadi. U chindan
ham fidoyi, tabiatning inson hayotidagi ulkan ahamiyatini chuqur his
qiladigan ma’naviyatli inson. Afsuski, u zamonda bunday odamlar
kamligidan tabiat – o‘simlik va hayvonot olamiga katta talofatlar yetgan,
bugungi kunda bunday talofatlar insoniyat turmushiga sezilarli ziyon
yetkazmoqda.

Muallim juda charchasa-da savob, kerakli ishni bajarganidan xursand

holda qosh qorayganda uyiga kirib keladi. Ko‘p o‘tmay idora shofyori
kelib, uni direktor yo‘qlayotganini aytadi.

Direktor o‘z uyida ekan. U uyiga nozik mehmonlar kelganini aytib,

shunday deydi: “Ko‘p emas...o‘nta demayman, beshta kaklik berib
yuboring... Hoy shopir, mashinani zavadit qil!” (200-bet).

Bu yerda dunyoqarashi, olamga, tabiatga munosabati butunlay zid

bo‘lgan ikki inson orasidagi juda katta farq yaqqol ko‘rinib turibdi.

Hikoya xotimasida sovxoz direktoridan ko‘ngli qolgan Ehson unga:

“O‘rtoq Eshquvvatov, siz past odam ekansiz”, - deydi. Rahbarning ham
ta’bi xira bo‘lib: “Diydiyo eshitishga toqatim yo‘q... Sizdan buni kutmagan
edim”, - deb tortishuvga yakun yasaydi.

Ko‘chaga chiqqan o‘qituvchi “voy, pastkash-e” deb “ko‘chani

boshiga ko‘tarib kulib yubordi” (291-bet). Demak, hikoya sarlavhasida
aytilgan “kulgan” – hayvonot olami muhofizi Ehson, “kuldirgan” esa
dunyoqarashi tuban, kelajakni o‘ylashga qodir bo‘lmagan sovxoz
sardoridir.

Yozuvchi insonni xolis tasvirlash mezoniga sodiq qolgan holda asar

qahramonlarining gap-so‘zlari, harakatlari ifodasi orqali ularning ichki
dunyosiga xos ustuvor alomatlarni badiiy jihatdan mukammal, ta’sirchan
tarzda ko‘rsata olgan.


background image

41

II BOB. HIKOYADA DETAL VA ROVIY OBRAZI

§ 2.1. Hikoyaning syujet-kompozitsion qurilmasida detalning badiiy-

poetik o‘rni va vazifalari

Biz ushbu faslda badiiy ifodaning obyektivligini nazarda tutgan

holda, asosan, tadqiqot obyektidagi hikoyalarda detalning o‘rni xususida
fikr yuritmoqchimiz.

Detal badiiy tasvirdagi muayyan bir kichik bo‘lak (uzv) bo‘lib, uning

badiiy asar qurilmasini yuzaga keltirishda o‘rni va ahamiyati nihoyatda
muhim.

Shukur Xolmirzayev hikoyalarini o‘rganganimizda, detal badiiy

tasvir juzvi sifatida uning ijodida muhim o‘rin tutganligiga ishonch hosil
qilamiz. Mazkur fikrni dalillash maqsadida uning 1960-yilda yozilgan
“Notanish odam” hikoyasini ko‘rib chiqaylik. Hikoya yosh bir yigit,
havaskor ovchi tilidan bayon qilingan. Bu asarda bir qancha detallar borki,
ular asarning yetakchi badiiy konsepsiyasini yuzaga chiqarish ishiga
xizmat qilgan. Bulardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz:

“Jarga yaqinlashishim bilan shuvoq isi aralash tutun dimog‘imga

urildi”.

32

Ushbu asarda ifodalangan asosiy fikr kamar (tog‘ yonbag‘ridagi

kichik g‘orga o‘xshash joy) ichida yoqilgan gulxan bilan bog‘liq. Shu
sababli hikoyadagi boshqa detallar ham mana birinchi tasvirga bog‘lanib,
asardagi ustuvor nuqtayi nazarni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Shuvoq
bilan bog‘liq detalga kitobxon asar davomida yana duch keladi: “Nam
shuvoq hidi anqiydi”. Bu endi kamar ichidagi tasvirga aloqador detal. Bu
tasviriy uzvlarni muallif izohlamagan. U, Odil Yoqubov qayd etganidek,
tasvirni detallashtiradi-yu, voqeaga aralashmaydi, ya’ni uni izohlamaydi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan shuvoq bilan bog‘liq ikki detal (kamarda
shuvoqning borligi va undan gulxan yoqilgani) bulut va yomg‘irga
aloqador detallar bilan birlashib struktur-semiotik nuqtayi nazardan
qaralganda yagona paradigmani yuzaga keltiradi: shuvoq isi aralash tutun
– nam shuvoq hidi - cho‘ldan ko‘tarilgan bulut – kamar o‘rtasidagi gulxan
– yomg‘ir quyishi – notanish odamning soy yoqasida shox-shabba terishi.

32

Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,

2003. –B. 12.


background image

42

“Cho‘ldan ko‘tarilgan bulut” roviy nutqida berilmagan. U asardagi

dialogda hikoya personajlaridan biri (noma’lum odam) tomonidan
aytiladi. Bu hikoya matnidagi eng muhim detal bo‘lib, u nafaqat asardagi
boshqa detallar, shuningdek, syujet strukturasi, ustuvor badiiy konsepsiya
bilan chambarchas bog‘liq.

Asarning asosiy personaji, nomi ma’lum etilmagan qahramon

(notanish odam)ning aytishicha, cho‘ldan ko‘tarilgan bulut “to‘kkan
yomg‘ir ancha-muncha mahalda tinmaydi. Agar bulut tog‘dan pastlagan
bo‘lsa, uning yo‘rig‘i boshqa edi”.

33

Hikoyada roviy vazifasini ham

bajaruvchi personaj hayotda hali yetarli tajribaga ega emas. Shu boisdan u
cho‘l tarafdan kelayotgan bulutni ko‘rsa-da, unga ahamiyat bermagan,
oqibatda yomg‘ir ostida qolib, ust-boshi shalabbo bo‘ladi. Kamardagi
suhbatdoshi unga aytganidek: “Shuni ko‘ra bilganingizda, ilgariroq
o‘zingizni panaga tortardingiz, bunday qunishib o‘tirmasdingiz”.

34

Bu

mulohazalar kamardagi “qirg‘iz bashara, lekin qoshlari quyuq, qirq
yoshlardan oshgan baquvvat kishi”

35

ning kuzatuvchan, tuyg‘un, xalq

donoligini o‘z shaxsiyatida jamlagan dono inson ekanligidan dalolat berib
turadi. Ammo bu kichik hajmli asar mazkur personajning amaliy
bilimining balandligini ko‘rsatish uchungina yozilmagan. Hikoyada
yozuvchining yetakchi niyatini yuzaga chiqarishda “notanish odamning
soy yoqasida shox-shabba terishi” bilan bog‘liq detal muhim ahamiyatga
ega. Ushbu adabiy uzvning badiiy matn tarkibiga kiritilishi insonparvarlik
asosiga ega milliy urf-odat bilan bog‘liq.

Shukur Xolmirzayev bir qancha asarlari, jumladan, “Qil ko‘prik”

romanida mana shu ibratli odat haqida personajlar nutqi yoxud xotirasi
orqali ma’lumot bergan. Ularda aytilishicha, mana shunaqa kamar yoki
o‘rmon ichidagi kulbalarda hamisha o‘tin, tuz, gugurt kabi eng zarur
narsalar ehtiyotlab saqlab qo‘yilgan. Shu joylarga kelib dam olgan yoki
tunab qolgan yo‘lovchilar ushbu zahiradan foydalanganlar va ularning
o‘rnini to‘ldirib qo‘yganlar. Bunday qadimiy udum yozuvchiga juda kuchli

33

Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,

2003. – B. 13.

34

Shu asar, –B.13.

35

Shu asar, –B.13.


background image

43

ta’sir qilgan. Chunki u bu kabi an’anada buyuk insoniylik alomatlarini
ko‘rgan.

Asar qahramoni (roviy) noma’lum odamning shiddatli yomg‘ir

yog‘ayotgan paytda kamardagi gulxan yonida o‘tirishdan oldin soy
yoqasiga suv allaqaylardan olib kelgan shox-shabbalarni yugurib-yelib
terishini ko‘radi. U bu odamning betgachoparligi (yigitning jala ostida
qolishi ilmsizligidan ekanligini darhol aytgani) uchun yoqtirmay qolgan
edi. Shu sababga ko‘ra u ”...pishiq odam. Bu o‘tinlarni uyiga olib ketadi.
Eshagiyam tayyor”, - degan xayolga boradi. Ammo ko‘p o‘tmay uning
odamoxunligi (gulxan yoniga o‘tirib yomg‘ir yog‘ishini tomosha qilishni
taklif qilishi), mehmondo‘stligi (xurjundan olgan yog‘liq patir va qurutni
birgalikda baham ko‘rishi) tufayli bu odam haqidagi fikri o‘zgaradi.

Badiiy adabiyot, jumladan, hikoyachilikda detallar quyidagi

tasvirlarga daxldor bo‘lishi mumkin

(“2.1- jadvalga qarang”).

“2.1- jadval”- Badiiy matn tarkibidagi detallar

detallar

peyzaj

interyer

badiiy asarda tasvir

etilgan ishtirokchilar, shu

jumladan, jonivorlarga

aloqador bo‘lgan harakat

qahramon yoki

personajning tashqi

qiyofasi

kiyim-kechak,

poyabzal, bezaklar

personajlarning hissiyot,
xotira va xatti-harakatlar

1. Peyzaj.

Sh.Xolmirzayevning nafaqat hikoyalari, balki butun

ijodida tabiat tasviri (peyzaj) muhim o‘ringa ega. Shu boisdan ham uning
ixcham epik asarlaridagi tabiat manzaralari tarkibida ko‘plab detallarni
uchratish mumkin: “Bu yerda tuman bor edi. Shuning uchun qor siyrak va
yumshoq yog‘ardi” (“Ko‘ngil” hikoyasi). “O‘rtoq direktor xiyobondan
sap-sariq barglarni qisir-qisir bosib hafsala bilan yurib keladilar” (“Bir
ko‘rgan tanish” hikoyasi). Birinchi parchadagi tasvirda detal qishga xos


background image

44

bo‘lgan bir alomat (tuman tufayli qorning siyrak va yumshoq yog‘ishi)ni
kitobxon ko‘z o‘ngida aniq ta’sirli namoyon etgan bo‘lsa. Ikkinchi
tasvirdagi detal (xiyobondagi sap-sariq barglar) voqeaning kuz faslida ro‘y
berganini obrazli tarzda ifoda etmoqda.

2. Interyer

– adabiyotshunoslikda ekspozitsiya deb ataladigan tasvir

vositasiga taalluqlidir. Ekspozitsiyada biror-bir joy (xona, uy, hovli,
ko‘cha, maydon) badiiy ifoda etilsa, interyer – yopiq binoning ichki
tasviri. U “tor ma’noda binoning ichki hududi bo‘lib, o‘z ichiga shu
hududga oid narsa-jihozlarni ham oladi”.

36

Bunday tasvirning hikoya,

qissa, roman kabi epik janrlarda o‘ziga xos o‘rni bor.

Shukur Xolmirzayev ijodiga xos xususiyatlardan biri shundaki, u

ichki tasvirdan ko‘ra tashqi tasvir, ayniqsa, peyzajga asosiy e’tibor beradi.
Shunga qaramasdan, uning asarlari, shu jumladan, hikoyalarida interyerga
oid tasvirlar mavjud. Chunki inson (badiiy adabiyotda qahramon, personaj)
qanchalik dasht-u dalalar, tog‘-u toshlarda kezmasin, albatta, uyiga,
ishxonasiga qaytadi. Shunday ekan, har bir yozuvchining epik ijodida
boshqa tasvir usullari qatorida interyerning ham u yoki bu darajada
ahamiyati bor.

Adib ijodida dastlabki asarlaridan biri–“Notanish odam”da kamar

tasviri bor. Ammo uning ichki tasviri va tavsifiga o‘rin ajratilmagan.
Buning sababi shundaki, ijodkor badiiy konsepsiyasida kamar ichining
tasviri nazarda tutilmagan. Mazkur yaratmadan bir yil keyin-1961- yida
yaratilgan “Ko‘ngil”da esa interyerga oid ayrim chizgilar mavjud: hikoya
qahramoni (u roviy vazifasini ham bajargan)ning Narzulla degan o‘rtog‘i
yashaydigan uy tasvirida

pechka, ko‘rpacha, pech yonidagi po‘stak

badiiy

ifodada o‘zaro birlashib, yozuvchi ijodiy niyatini anglashda muhim o‘rin
tutadigan detal (interyer)ni yuzaga keltirgan. Bu tasvirda interyerga
daxldor har bir buyumning badiiy-funksional o‘rni mavjud. Narzullaning
onasi yakka-yu yolg‘iz farzandining o‘rtog‘iga ko‘rpacha to‘shashi o‘zbek
ayollariga xos jonkuyarlik, e’tibor-hurmat, mehmondo‘stlik kabi qadimiy
va ibratli xislatlarni ko‘rsatyapti. Onaning pechga ko‘mir solishi,
birinchidan, voqeaning qish fasliga tegishli ekanligini ko‘rsatsa,
ikkinchidan, Narzulla va uning ovchi do‘stining tog‘da nihoyatda sovqotib

36

https://ru.wikipedia.org/


background image

45

qaytganliklarini ham bildiradi. Bu fikrni tasvirning aynan shu o‘rnida qayd
etilgan, interyerga aloqasi bo‘lmagan boshqa bir detal ham tasdiqlaydi:
“Men pech yoniga – po‘stakka o‘tirib muzlab tarashaday bo‘lib qolgan
shimim pochalarini o‘tga toblay boshladim”.

37

“Muzlab tarashaday bo‘lib

qolgan shim” portretga daxldor detal bo‘lib, u qahraton qish pallasida
tog‘ga yog‘gan qalin qorni bosib ov qilgan qahramon suvratini
aniqlashtirish maqsadida qo‘llanilgan. Xona interyeriga oid navbatdagi
ashyo – po‘stak bo‘lib, u milliy-maishiy hayot tarzining o‘ziga xosligini
ko‘rsatish maqsadida badiiy tasvir doirasiga olib kirilgan. Biror-bir hayvon
(ko‘pincha qo‘y) terisini oshlab tayyorlanadigan po‘stak odatda
yurtimizning ovchilik, chorvachilik bilan bog‘liq hududlarida ko‘rpacha
vazifasini bajargan.

Yozuvchi ijodiy-badiiy faoliyatining keyingi bosqichlarida ham

interyer tasviriga nisbatan kam murojaat etgan. Bu adabiy vosita tasvir
uchun zarur bo‘lgan hollarda esa imkon darajasida interyerning muxtasar –
ayrim chizgilar bilangina ko‘rsatish tajribasini qo‘llagan. Biroq uning
ayrim ijod namunalarida interyer tasviriga odatdagidan ko‘proq e’tibor
berilgani, uy ichidagi jihozlar mukammalroq ko‘rsatilganini ko‘rish
mumkin. Buning boisi oldin aytib o‘tilganidek, qalam sohibining ijodiy
maqsadi, asarning falsafiy konsepsiyasi, shuningdek, ma’lum bir darajada
asar hajmi bilan bog‘liq.

Milliy mustaqillik davrida adib hikoya janrini struktur-kompozitsion

jihatdan yangilash, uning asosiy janriy xususiyatlarini saqlab qolgan holda
tasvir maydonini imkon darajasida kengaytirish bo‘yicha dadil tajribalar
qila boshladi.

An’anaviy adabiyotshunoslikda hikoyaga baho, ta’rif berilganda,

birinchi navbatda uning kichik hajmga ega ekanligi ko‘rsatiladi. Shunga
ko‘ra hikoya “kichik epik yoki nasriy asar” deyiladi. Shu bilan birga,
mavjud darslik, lug‘at va tadqiqotlarda roman, qissa, hikoya janrlarini
belgilashda uning hajmi asosiy mezon bo‘lmasligi ham aytilgan. Chunki
adabiy-badiiy ijod tarixida hajmi odatdagi me’yordan oshib ketgan
hikoyalar, romandan kattaroq qissalar yaratilgan. Lekin kengroq miqyosda

37

Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 1-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,

2003. – B. 16.


background image

46

olib qaraganda, odatda nasr janrlarida muayyan hajm me’yorlariga amal
qilingan.

Adibning ko‘p tomlik “Saylanma”sini nashrga tayyorlagan

adabiyotshunos olima, filologiya fanlari nomzodi Sayyora Xolmirzayeva
(ijodkorning qizi) mazkur nashrning uchinchi jildiga kiritilgan
ekspremental hikoyalar haqida shunday yozgan edi: “bu to‘plamdan joy
olgan hikoyalarning deyarli uchdan bir qismi hajm jihatidan ham, badiiy
niyatning ko‘lami jihatidan qissa darajasidadirki, ...ularning “hikoya” deb
atalishi yozuvchining kamtarligidanmi yoki hikoya janriga qo‘ygan
talabidanmi, balki yozuvchining qamrovi kengayib kattaroq ko‘lam kasb
etayotganidandir, har holda, bu holni tadqiq etish mutaxassis olimlarning
vazifasiga kiradi”.

38

Yuqorida keltirilgan iqtibosda tadqiqotchi uchta

farazni ilgari surgan: yozuvchining kamtarligi; hikoya janriga qo‘ygan
talabi; yozuvchining qamrovi kengayishi. Ushbu nuqtayi nazarlarning har
biri oz yoki ko‘p darajada haqiqatni aks ettiradi. Bu o‘rinda asosiy sabab
sifatida shuni ayta olamizki, adib umrining so‘nggi bosqichlarida yozgan
bir qator hikoyalarida “yozuvchining qamrovi kengayib, kattaroq ko‘lam
kasb etayotgani” uning ushbu janr imkoniyatlarini kengaytirish istagi bilan
bog‘liq.

Yuqorida qayd etilgan jildga kiritilgan asarlar ichida “Tanholik”,

“Kuzda bahor havosi”, xususan, ”O‘zbek bobo” hikoyalari ana shunday
turkumdagi epik yaratmalar sirasiga mansub. Tabiiyki, janr hajmining
kengayishi, muayyan tasvir vosita va usullarining birmuncha ko‘payishiga
olib keladi. Bunday badiiy-poetik alomatni 192 sahifadan tashkil topgan
“O‘zbek bobo” hikoyasining muqaddimasidayoq ko‘rishimiz mumkin. Bu
lavhada qarovsiz qolgan bog‘dagi peshayvon interyeri tasvirlangan:

“Peshayvon supasining lablari allaqachon yemirilib-uvalanib

tushgan. Bo‘g‘otlardagi chumchuq inlaridan xas-xashak osilib yotar,
tarnovlar ko‘rinmasdi. Ayvon supasi ham zaxlab ketib, unda maysalar
ko‘kargan. O‘ng burchakka suyab qo‘yilgan bir o‘ram bo‘yra allanechuk
qorayib ketgan va uning pastida uyum-uyum ho‘l tuproq ko‘zga

38

Xolmirzayeva S. So’ng so’z./ Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 3-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati, 2003. –B. 506.


background image

47

tashlanadiki, bu uyumlar sichqonlarning ishi”.

39

Yozuvchining 60-80-

yillarda yaratilgan hikoyalaridagi detallar, shu jumladan, interyer
tasvirlarini yuqoridagi tasvir bilan muqoyasa qilinganda, adabiy-badiiy
faoliyatining keyingi bosqichida ijodkor interyer tasvirida batafsillikka
intilishi ko‘rinyapti. Bu esa ma’lum bir darajada hikoya badiiy sathining
kengayishi bilan bog‘liq.

3.

Badiiy asarda tasvir etilgan ishtirokchilar, shu jumladan,

jonivorlarga aloqador bo‘lgan harakat.

Detalning bunday xiliga ham

“O‘zbek bobo” hikoyasidan misol topish mumkin:

“O‘ng qo‘lda uzun tushgan og‘ilxona yonidan – tosh to‘shalgan

yo‘lkadan borisharkan, sigirning “fashsh” etib nafas olganini qulog‘i ildi-
yu, shundoq qayrilib, qo‘lbola eshikchani ochdi. Dimog‘iga tanish mol,
tezak hidi urilishi barobarida ustunga bog‘liq ola sigirning boshini burgani,
ko‘zlari yaltiragani va hatto tumshuqlari tuproq – chang bo‘lganini ham
ko‘rdi”

40

. Mazkur parchada personaj va sigir harakatlariga bog‘liq to‘rtta

detal badiiy ifoda topgan: 1) sigirning “fashsh” etib nafas olgani; 2)
qayrilib, qo‘lbola eshikchani ochdi; 3) dimog‘iga tanish mol, tezak hidi
urilishi; 4) ola sigirning boshini burgani, ko‘zlari yaltiragani va hatto
tumshuqlari tuproq – chang bo‘lgani. Badiiy detallarning bunday
zanjirsimon majmuasi tasvirning haqqoniyligini kuchaytirib, matn badiiy
konsepsiyasini yanada yorqin ifodalanishiga yordam bergan.

Shukur Xolmirzayev ijodi, jumladan, hikoyachiligida detal, tahlillar

jarayonida ko‘rib o‘tganimizdek, yozuvchi ijodiy kredosi hisoblangan
tasvir obyektivligini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etgan.
Umuman, adib o‘zbek hikoyachilik san`atini yangi, yuqori bosqichga
ko‘targan yozuvchilardan biridir. Yangi betakror obrazlar yaratishga
intilish, asarning kompozitsion qurilishida bir-birini takrorlamaydigan
yangiliklar topish, milliy ruh yozuvchi ijodining o‘ziga xos jihatlaridir.

Hikoya roman yoki qissaga nisbatan ixcham janr bo‘lgani uchun,

unda detal alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki matn hajmining
cheklanganligi muallifdan lisoniy va sintaktik birliklarni tejab-tergab

39

Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 3-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,

2003. – B.206.

40

Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 3-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,

2003. – B.226.


background image

48

foydalanishni taqozo qiladi. Bunday tejamkorlikni ta’minlashda detalning
o‘rni beqiyosdir. U orqali ifoda etmoqchi bo‘lgan fikrni qisqa va lo‘nda
ifodalash imkoni bor. Bu atama aslida fransuz tilidan olingan bo‘lib,
“qism, tafsilot” ma’nolarini ifodalaydi. Atamaning asliy ma’nosi uning
badiiy asarda muallif tavsifi o‘rnini bajarib, hikoyaning hajmini tejashga
yordam beradi.

Adabiyotshunoslikda detal muammosini maxsus o‘rgangan va bu

haqda monografiya yaratgan

41

E.Dobin qarashlari asosida bu haqda

shunday

ma’lumot

beradi:

“Detal

badiiy

obraz

yaratishga

ko‘maklashadigan ifodaviy tafsilotdir. U kitobxonga tasvirlanayotgan
manzara, narsa yoxud xarakterni takrorlanmas o‘ziga xoslikda tasavvur
qilish imkoniyatini yaratadi”.

42

4.Qahramon yoki personajning tashqi qiyofasiga doir detallar.

Bunga misol biz dastavval tahlil etgan “Notanish odam” hikoyasida bor:
qirg‘izbashara, lekin qoshlari quyuq kishi”– inson badiiy suvrati
tasviridagi kontrast asosida qurilgan detal personajning o‘ziga xos
qiyofasini gavdalantirish ishiga xizmat qilgan.

Erkin A’zamning “Anoyining jaydari olmalari” hikoyasida Tosh deb

ataladigan salbiy xarakterli personaj portreti shunday chizilgan: “Xudo
ham turqni bilib bergan: kalla tarvuzdek, qorin - tarvuzcha, bashara -
korsonning o‘zi, sergo‘shtlikdan ko‘zlar ko‘rinmaydi, tilla tishlar doim
tomoshaga irshayib turadi”. Ushbu tasvirda “bezorilarning bezorisi”
sanalgan kimsa yoqimsiz afti “tilla tishlar doim tomoshaga irshayib turadi”
detali orqali ko‘rsatilgan.Yoki mazkur asardagi bosh qahramon sifatida
ko‘rsatilgan obraz quyidagi detal orqali ifodalangan: “Ramazon, kaftida
nos, oyoqlarini kergancha beparvo g‘o‘ddayib turardi”

43

.

Mazkur tasvirni kontekstdan ayri olib qaralganda, unda yomon

xulqli, tarbiyasiz kishining kitobxonga noxush taassurot qoldiradigan
suvrati chizilgandek ko‘rinadi. Ammo ushbu sintaktik birlikdagi detaldagi
uchta juzv: “kaftidagi nos”, “oyoqlarini kergancha”, “g‘o‘ddayib turardi”
o‘zaro bir butunlikka birlashgan holda o‘sha joydagi aksar yosh-yalang

41

Добин Е.

Сюжет и действительность. Искусство детали. — Л.: Советский писатель, 1981.

42

https://ru.wikipedia.org/wiki.

43

Эркин Аъзам. Байрамдан бошқа кунлар. Қисса ва ҳикоялар.- Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва

санъат нашриёти, 1988. – Б. 254.


background image

49

hayiqadigan surbet bezorini nazar-pisand qilmay mag‘rur turgan,
chapanitabiat qishloqi yigitning mardona xarakterini ko‘rsatishga xizmat
qilganini tushunish mumkin. Bunday detallar nafaqat qahramon yo
personajning zohiriy tasviri, shu bilan birga, uning ruhiy-axloqiy, insoniy
olamini anglashga yordam beradi.

Badiiy ijod, ayniqsa, hikoyachilikda Erkin A’zamning ustozi

sanalgan Shukur Xolmirzayev ijodini shu jihatdan tekshirganimizda, uning
hikoyalarida detalning mazkur turi ancha faol qo‘llanganiga ishonch hosil
qildik. Bu fikr isbotini adibning it sadoqatiga bag‘ishlangan “Ko‘kboy”
hikoyasida ko‘ramiz: “Qalandar aka pechning ustidan egilib, ikki qo‘lini
ikki tomondan kuchukchaga yaqinlashtirdi. Kuchukcha tishlarini irjaytirib,
burchakka tiqilgandi” (51-bet). Bu gapdagi it bolasining “tishlarini
irjaytirib, burchakka tiqilishi” detal hisoblanadi. Kuchukcha yangi
xonadondagi hech kimni tanimaydi, shu boisdan begona odam (Qalandar
aka – asar qahramoni)dan yotsirab o‘zini himoya qilish uchun tishlarini
irjaytiradi. Aynan shu tasvir it zotiga xos bo‘lgan muhim xususiyat –
instinktni yaqqol ko‘rsatishga xizmat qilgan. It qiyofasiga xos mana bu
tasvirning ham badiiy matn emotsionalligini ta’min etishda muhim o‘rni
bor: “Nihoyat, Qalandar aka kakliklarni sanadi. Yigirma oltita edi. U hech
mahal buncha kaklik otmagan edi. Ularni belbog‘idan popukday osilgan
iplarga qanotlaridan bog‘lab, o‘rnidan qo‘zg‘algan edi, yuztuban yiqilib
tushdi. Og‘zi-burni qorga botdi. It cho‘chib, ko‘zlarini chaqchaytirdi” (53-
bet). Yuqorida keltirilgan parchada odam va itning tashqi qiyofasiga
aloqador ikkita detal bor:

1)

qahramonning yuztuban yiqilib, og‘zi-burni qorga botishi;

2)

egasining bunday ahvolidan tashvishlangan jonivorning

ko‘zlarini chaqchaytirishi.

Matn tarkibida istifoda qilingan mazkur detallarning asar badiiy

konsepsiyasini yuzaga chiqarishda o‘rni va ahamiyati mavjud, albatta.

Birinchi detal hikoyadagi markaziy obrazga tegishli bo‘lib, uning ov

paytida qalin yog‘gan qor ustiga yuztuban yiqilishi uning halokati – o‘limi
bilan tugaydi. Bu falokat asar konsepsiyasiga singdirilgan tabiat va inson
munosabati, nabotot va hayvonot olamini asrash masalasiga daxldordir.

Chingiz Aytmatovning qozoq yozuvchisi Muxtor Shaxanov bilan


background image

50

suhbatlaridan tashkil topgan “Cho‘qqidagi ovchining oh-u zorlari”
kitobida hayvonot olamiga shafqatsiz bo‘lgan bag‘ritosh ovchining o‘ljaga
qiziqib nihoyatda baland cho‘qqiga chiqib qolgani, u joydan tusha olmay
hasrat-nadomatda o‘lim topgani haqidagi ibratli rivoyat bayon etiladi.

Garchi o‘zbek ijodkori hikoyasi qahramoni mazkur ovchi darajasida

yovvoyi hayvonlarga qiron solishga o‘ch bo‘lmasa-da, so‘nggi ovida
qiziqib ketib, tog‘-u toshlarning ko‘rki bo‘lgan beozor va go‘zal qushlarni
otishga kirishib ketadi. Qadimdan Sharq, xususan, turkiy xalqlar orasida
ovdan me’yordan chiqib, hayvon qushlarga katta talofat etkazgan inson,
albatta, birobir kasofatga duchor bo‘ladi, deb ishonilgan. Tarix va
o‘tmishda bunday qarash isbotiga ko‘plab dalillar topiladi. Binobarin,
Qalandar akaning ov paytida halok bo‘lishi tasodifiy bo‘lmay, uning
tabiatga yetkazgan zarari uchun muqarrar to‘lovdir. Detalga berilgan
ta’riflarda u ramziy ma’no ifodalashi ham qayd etiladi. Shunday qarashga
asoslanib, aytish mumkin, qahramonning yuztuban yiqilishi va shu holda
vafot etishi ramz sifatida atrof-muhitga zolimlarcha munosabatda bo‘lgan
insonlarning, alaloqibat, zavol topishlarini anglatadi.

Matniy parchadagi ikkinchi detal, aytilganidek, hikoyadagi asosiy

personajlardan bir – Ko‘kboyga daxldor. Ma’lumki, it o‘ziga e’tibor va
hurmatda bo‘lgan sohibiga g‘oyat kuchli sadoqat bilan xizmat qiladi. Shu
boisdan xalq orasida “It – vafo” degan naql keng tarqalgan. Itning o‘z
egasi o‘limini ulkan fojia sifatida qabul qilgani haqida turli janrlarda
asarlar yozilgan, filmlar olingan.

Vafodor itning qorga behol qulagan egasini ko‘rib, birdan cho‘chib

ketgani “ko‘zlarini chaqchaytirgani” detalida aniq va ta’sirchan ifoda
topgan.

5. Kiyim-kechak, poyabzal, bezaklarga taalluqli detallar.

Realistik nasrda odatda inson obrazi yaratilar ekan, uning kiyim-kechagi,
poyabzali, ayol kishining esa bezaklari kabilar tasviriga e’tibor qaratiladi.
Shunday tasvirga aloqador detallar insonning iqtisodiy-moddiy ahvoli,
jamiyatning qaysi tabaqasiga taalluqli ekani, didi, mayllari, hatto ba’zi
o‘rinlarda fe’l-sajiyasidan dalolat bera oladi. Faqat bunday tasvir va unga
oid detalllarga munosabat har bir yozuvchida turlicha bo‘ladi. Ba’zi
ijodkorlar har qanday asarda odamni tasvirlar ekanlar, bu masalaga alohida


background image

51

e’tibor qaratadilar, boshqalarining asarlarida esa bunday tasvirlarga kam
e’tibor berilishi yoki ular muxtasar tarzda izohlanishi mumkin. Biz shu
nuqtayi nazardan tadqiqot obyekti uchun olingan ayrim asarlarni ko‘rib
chiqamiz.

Shukur Xolmirzayevning hikoyalarida tabiat, joy bilan detallar

nisbatan ko‘proq qo‘llanilsa-da, kiyim-kechakka oid detallar juda siyrak,
ular ham qahramonning ma’lum bir vaziyatdagi holatini aniqroq ko‘rsatish
maqsadida ishlatiladi. Uning “Ko‘ngil” asarida kiyim-kechakka oid atigi
bitta detal qo‘llangan: “Men pech yoniga – po‘stakka o‘tirib, muzlab
tarashaday bo‘lib qolgan shimim pochalarini o‘tga toblay boshladim” (16-
bet). “Muzlab tarashaday qotib qolgan shim” detali badiiy matn tarkibiga
qahramonning kun davomida qanday holatda ov qilganini yaqqolroq aks
ettirish maqsadida kiritilgan. Hikoya qahramoni - maktab yoshidagi
o‘smir Narzulla degan o‘rtog‘i bilan kun bo‘yi qorga ko‘milgan tog‘
yonbag‘rida o‘lja (kaklik) izlash bilan ovora bo‘ladi. Qish payti, sovuq
bo‘lgani sababli qorga botgan shimi qotib qoladi. Shunday qilib, bir
qarashda e’tiborga chalinmaydigan detal hikoya qahramoni holatini obrazli
tasvirlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Adibning qayta qurish davrida yaratgan “Horun ar-Rashid”

hikoyasining uch o‘rnida kiyim-kechak bilan bog‘liq detal ishlatilgan.
Aynan mana shu ikki detal matndagi yetakchi konsepsiyani
oydinlashtirishda juda muhim vazifani bajaradi.

Hikoya qahramoni Meliboy Bo‘riyev yaqinda viloyat firqa

qo‘mitasining kotibi vazifasiga tayinlanib, unga oldingi kotib yashagan
barcha shart-sharoitga ega hovli berilgan. Yangi rahbar bunday
imkoniyatdan mamnun holda harir pardali derazasi bor ish hujrasida o‘sha
zamon uchun kamyob va qimmat bo‘lgan “VT” sigaretini chekib, stol
yonida o‘tiribdi.

44

“Kotib konslager mahbuslari kiyimini eslatadigan yo‘l-yo‘l, oq-

pushti, yumshoq kiyimda”. Garchi bu o‘rinda qahramonning hordiq chog‘i
kiyiladigan pijamasi konslager tutqunlari kiyimiga qiyos etilsa-da, bu detal
Bo‘riyevning rohat-farog‘atdan darak beruvchi kayfiyatini va holatini

44

Sh. Xolmirzaev. Saylanma. 2-jild. – Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati,

2005. –B. 161.


background image

52

anglatish uchun qo‘llangan. Yangi mafkuraviy sardorga birinchi rahbar
tomonidan “xalq ichiga kirish” topshirig‘i yuklatilgan. U o‘zini o‘sha
(sovet) tuzumida hukmron mavqega ega kompartiyaning askari deb
hisoblaganidan, bu vazifani vaqt o‘tkazmay bajarishga qaror qiladi. Shu
asnoda ko‘zi kabinetdagi “qizil javon tokchalari”dagi qator terilgan
kitoblardan chetroqdagi ko‘rimsizroq bitiklar shodasiga tushadi: “Ming bir
kecha” jildlari. Ulardan birini taxminan olib varaqlab, quyidagi satrlarni
o‘qiydi:

“Bag‘dod xalifasi Horun ar-Rashid vaqt-vaqt bilan tunlari darvish

libosini egniga ilib qalandarxonalar, takyaxonalarda yurish odati bor edi.
Shu asno u fuqaroning ahvol-ruhiyatidan xabardor bo‘lar edi” (163-bet).
Xuddi shu pallada uning miyasida Horun ar-Rashid singari “xalq ichiga
yurish” fikri paydo bo‘ladi. Xalq ichiga kirish uchun uning libosini
kiymoq kerak. Ko‘cha va ishxonada kostyum, shlyapa, bejirim tufli, uyda
yumshoq pijamaga o‘rgangan siyosiy arbob uchun xalq vakillarining arzon
va dag‘al korjomasini badanga ilish o‘ng‘ay emas, albatta. Shunga
qaramay, Meliboy ko‘ngliga kelgan niyatni amalga oshirishga qattiq ahd
qiladi:

“Yarim soatdan keyin u darvoza sirtida – yomg‘ir savalab o‘tgan

xiyobonda baayni paxta terimiga chiqqan azamat libosida bezovtalanib
turar...Egnida o‘n sakkiz yashar o‘g‘lining ayni terim mahallarida
kiyadigan qalin paxtaligi, kirza etigi va telpagi. Albatta, bu kiyimlar iflos,
kir, ter hidi o‘rnab qolgan... ammo na chora, kiyishga majbur edi” (163-
bet).

Shunday qilib, hikoya badiiy syujetida ziddiyatli ikki manzara

yuzaga kela boshlaydi. Darvish jandasidagi xalifa Horun ar-Rashid: u
shunday libosda qo‘riqchisiz, ba’zan vaziri Ja’far hamrohligida shahar
kezadi, xalq ahvolidan xabardor bo‘ladi. Unga, tanimasa ham, hech kim
yomon muomalada bo‘lmaydi. Biroq oddiy ishchi va dehqon kiyimidagi
firqa qo‘mitasi kotibi birinchi safardayoq taksi haydovchisi tomonidan
ayovsiz kaltaklanadi, ketma-ket haqoratlarga duchor bo‘ladi. Bu o‘rinda
bunday kontrastning asl sabablari haqida izoh berishimiz lozim.

“Ming bir kecha”dagi Horun ar-Rashidning Bag‘dod ko‘chalarini

xos navkarlarsiz bexavotir kezishining sababi shundaki, u boshqarayotgan


background image

53

davlatda qonun ustuvorlik qiladi: o‘g‘rilar, muttahamlar o‘z vaqtida
jazolanadi, adolatning oyoq osti bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Aslida,
xalifaning kechalari o‘z qiyofasini o‘zgartirib, xalq orasida yurishi mana
shunday adolat hamda osoyishtalikni barqaror saqlab qolish maqsadida
amalga oshiriladi. Buning ustiga,uning aynan darvish libosida bo‘lishi
unga odamlarning hurmat-ehtirom bilan qarashlariga sabab bo‘ladi.
Chunki, tarixdan bilamizki, Islom mamlakatlarida darvish, qalandarlar –
tasavvuf vakillariga yuksak ishonch bilan qaralgan, ularning karomatlari
ma’lum va mashhur bo‘lgan.

Firqa tashkilotchi rahbari Meliboy Bo‘riyevning “Horun ar-Rashidlik

tajribasining barbod bo‘lishi” o‘zi yashagan davr va ijtimoiy-siyosiy tuzum
bilan bog‘liq.

“Horun ar-Rashid” hikoyasi 1990-yilda – sovet imperiyasining

barbod bo‘lishi arafasida yaratilgan. Asarda “zulm saltanati” degan
mash’um nom olgan ulkan davlat inqirozining asl sabablari “shafqatsiz
realizm” mezon talablariga asosan haqqoniy va kuchli dramatik pafos
bilan ko‘rsatilgan.

Mazkur hikoyadagi markaziy personaj sovet tuzumini yetmish yildan

ziyodroq muddat ichida yakkaboshlik asosida boshqarib kelgan komfirqa
a’zosi va tashkilotchilaridan biridir. Firqa arboblarining “kommunizm
qurish” g‘oyasining yolg‘onligi ommaga ma’lum bo‘lib, mamlakatda
korrupsiya, adolatsizlik, boshboshdoqlik kuchaygach, xalqning komfirqa
tashkilotlariga bo‘lgan salbiy munosabati oshib borgan edi. Bu tarixiy
haqiqat tajassumini asar voqea tizimi davomida yaqqol ko‘rib boramiz.
Taksi ichida Meliboy firqa haydovchi bilan suhbatlashar ekan, yuqorida
aytilgan qonunsizliklar haqida eshitadi. Aslida o‘zi ham bunday negativ
jarayonlardan xabardor. Shunga qaramay, umrini tugatayotgan nohaq
tuzum va uning g‘oyalarini jon-jahdi bilan himoya qilishga tirishadi, “xalq
kiyimida bo‘lsa-da, shofyorga ko‘z-ko‘z qilib arzongarov “Prima” emas,
kamyob “VT” sigareti chekadi, oxiri, taksi haydovchining haqqoniy
so‘zlariga chiday olmay, unga o‘zini “obkom sekretari” deb tanishtiradi.
Uni tovlamachi yoki chaqimchi deb o‘ylagan shofyor taksidan tushib
Meliboyni ayovsiz urib tepkilaydi, uni qorong‘u tunda yo‘l o‘rtasiga
tashlab ketadi. Shunday qilib, hikoyadagi kiyim-kechak bilan bog‘liq


background image

54

detallar asar badiiy konsepsiyasini oydinlashtirishda alohida o‘rin va
ahamiyat kasb etgani ayonlashadi.

6. Personajlarning hissiyot, xotira va xatti-harakatlariga taalluqli

detallar.

Mana shu masala bo‘yicha yozuvchi Nazar Eshonqulning ijodiga

oid “Yalpiz hidi” hikoyasini ko‘rib chiqamiz: “Dam olish kuni xonasida
kitob o‘qib yotgan Samandarning dimog‘iga birdan yalpiz solingan
sho‘rva hidi urildi va sakkiz yasharlik vaqtida bahor kunlaridan birida
hayotlarining burchagidan otasining bir quchoq yalpiz terib kelgani va
onasi kechqurun yalpiz sho‘rva qilgani yodiga tushdi-yu, kitobini yopib,
havoni burniga torta boshladi”.

45

Ushbu parchada qahramonning ruhiy

holatiga doir xotira va hissiyoti: “Samandarning dimog‘iga birdan yalpiz
solingan sho‘rva hidi urildi... onasi kechqurun yalpiz sho‘rva qilgani
yodiga tushdi...” hamda muayyan bir vaziyat bilan bog‘liq xatti-harakati
ifodalangan. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan parchada ikkita detal
bo‘lib, ular hikoya markaziy personaji ichki olami, o‘z o‘tmishiga
munosabatini aniq va obrazli tasvirlash ishiga xizmat qilyapti.

Uncha katta bo‘lmagan bu hikoya qahramonning xotiralari asosida

tashkil topgan. Bu eslashlar orasida asosan “yalpiz hidi” asosiy o‘rin
tutadi. Bu fikrni quyidagi matniy bo‘lak ham tasdiqlaydi: “Samandar
otasining otxona devori tagidan yalpiz terib kelganini va o‘zining barra
gulbedaga to choponi ho‘l bo‘lguncha ag‘naganini, maysa qulog‘idagi
yomg‘ir tomchilari uning bo‘ynidan ichiga tushib, qitig‘i kelganini orziqib
esladi” (267-bet). Mazkur badiiy parchada xotira bilan bog‘liq quyidagi
ikkita detal ishlatilgan:

1)

“Samandar... o‘zining barra gulbedaga to choponi ho‘l bo‘lguncha

ag‘naganini... esladi”. Zigmund Freyd ta’limotiga ko‘ra, bolalik inson
hayotidagi hal qiluvchi bosqich bo‘lib, uning psixik strukturasi aynan
mana shu davrda shakllanadi. Bolalikda baxtsiz yashagan inson voyaga
yetgach ham, to‘kis saodatli bo‘la olmaydi. Aksincha, o‘sha mavsumda
baxtiyor bo‘lib, keyinchalik omadsizlik girdobida qolsa, bolalik xotiralari
bilan yashaydi, o‘sha yillar lavhalari qalbiga taskin, orom beradi.
Hikoyadagi bosh obrazning yomg‘irdan nam bo‘lgan bedazorda maza qilib
ag‘nagani uning go‘daklik pallasida betashvish, shod-xurram bo‘lganini

45

Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б.261.


background image

55

ko‘rsatuvchi psixologik detaldir. Bu baxtiyorlik ona va otasi yonida
ekanligi, ularning ahilligi sababli yuzaga kelgan.

2)

“kitobini yopib, havoni burniga torta boshladi”. Bu detal esa

hikoya qahramonining ma’lum bir sharoitdagi xatti-harakatidan kelib
chiqqan. U dimog‘iga yalpiz hidi kelib urilgach, shu havodan ko‘proq
bahra olib turishni istaydi. Asar yakunida muallif tomonidan bu holat
shunday izohlanadi: “Endi esa bu o‘ychan va hazin ohangga qo‘shilib, o‘zi
ham sarkashlik va o‘yinqaroqlik bilan o‘tgan, lekin hozirgiga qaraganda
mazmunliroq va baxtliroq bo‘lgan bolalik ko‘chalariga va o‘sha olis
oqshomga mana bu tashlandiq bog‘ orqali o‘tib borardi” (267-bet).

“Yalpiz hidi” hikoyasida aksar detallarning xotira bilan bog‘liqligi va

qahramon ruhiyatining ma’lum bir oqimlaridan kelib chiqishi birinchi
navbatda muallif amal qilgan ijodiy metodga bog‘liq, deb o‘ylaymiz. Bu
yozuvchi ko‘p yillardan buyon o‘z ijodiy-badiiy tajribalarini amalga
oshirib borayotgan modernizm mohiyati, tasvir usullari, olam va odamni
anglash xususiyatlaridan kelib chiqadi.

Erkin A’zamning adabiy tanqid tomonidan yaxshi baholangan

“Anoyining jaydari olmasi” hikoyasida personajlarning hissiyot, xotira va
xatti-harakatlariga taalluqli detallardan badiiy tasvir talabiga ko‘ra o‘rinli
foydalanganini ko‘ramiz. Aslida ushbu asar boshdan oxir roviy
(muallif)ning hamqishloq do‘sti – Ramazon haqidagi xotiralaridan tashkil
topgan. Hikoyadan olingan ushbu parchada mana shu do‘stning xatti-
harakatidagi o‘ziga xosliklarni ko‘rsatgan detal ishlatilgan: “Hukm o‘qildi.
Chayqovchilikda ayblangan Haydarov Ramazon bir yilga ozodlikdan
mahrum etildi. U bo‘ynini qiyshaytirgancha mung‘ayibgina turardi.
Hukmni eshitib, asta boshini ko‘tardi, nimadandir xijolat chekkan misol
g‘alati iljaydi. Iljaydi! Go‘yo qamoqqa emas, bir yillik tomoshaga, dunyo
bo‘ylab sayr-u sayohatga ketyapti!”

46

Hikoya qahramoni - soddadil, ochiq ko‘ngil, samimiy, dalli-g‘ulli

yigit. Uning jinoyat (chayqovchilik)ka hech qanday aloqasi yo‘q. Poezdda
Rossiyaga ketayotganda, yonidagi notanish hamrohining gaplariga ishonib,
uning aybini o‘z zimmasiga oladi. Natijada qo‘lga olinib, sudda bir yillik

46

Эркин Аъзам. Байрамдан бошқа кунлар. Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва

санъат нашриёти ,1988 . – Б.261.


background image

56

qamoq jazosiga hukm qilinadi. Uning “bo‘ynini qiyshaytirgancha
mung‘ayibgina” turishi, “nimadandir xijolat chekkan misol g‘alati”
iljayishi detallari

xarakteriga

xos

sifatlarini namoyish

etyapti:

qamalganidan xijolat chekayotgani yo‘q, uning bunday holati aslida
poytaxtda ancha mas’ul bir lavozimda ishlayotgan og‘aynisini noqulay
ahvolga solganidan afsuslanyapti. Ko‘rinyaptiki, yuqorida misol tariqasida
ko‘rib chiqilgan detallar badiiy matn strukturasini yuzaga keltirishda, shu
bilan bir qatorda, qahramon xarakterini yuzaga chiqarishda muhim badiiy-
estetik vazifa bajaryapti.

Hikoya ustasi Shukur Xolmirzayevning kichik epik asarlaridan

detalning biz hozir ko‘rib chiqayotgan shaklini ham o‘z o‘rnida
qo‘llanishiga bir qancha misollar keltirish mumkin. Uning “Sirli
militsioner” hikoyasi 1966-yili yozilgan bo‘lib, unda sovet davriga xos
voqea tasvirlanadi. Asar qahramoni – sovxoz direktori To‘rayev yomg‘irli
kunda tanish militsionerni uchratib qoladi, ammo xizmat vazifasini
bajarayotgan tanishi unga sovuq, rasmiy muomalada bo‘ladi. Bundan
ko‘ngli og‘rigan direktor shunday deydi:

“...Tuzuk, tuzuk... Tanimay qoldingizmi? O‘zi, eskilar aytishar edi,

milisa bilan do‘st bo‘lma, xotinga sir aytma, nomarddan qarzdor bo‘lma
deb. Shu gap rost ekan!”

47

Tabiiyki, bunday aybsitish militsionerga og‘ir botadi. Uning

ruhiyatidagi o‘zgarish, yuzaga kelgan kuchli hissiyot yozuvchi tomonidan
shunday ko‘rsatiladi:

“Militsionerning qalin lablari uchdi, burun kataklari qappaydi, lunji

shishdi” (64-bet). Mazkur sintaktik birlikdagi zanjirsimon tarzida tizilgan
uch detal (qalin lablarning uchishi, burun kataklari qappayishi, lunji
shishishi) personaj ruhiy holatini aniq va ta’sirchan ifoda etishga yordam
bergan.

Yuqorida detal bo‘yicha amalga oshirilgan tahlillar shundan dalolat

beradiki, zamonaviy o‘zbek hikoyalarida tasvirlanayotgan muhit badiiy
manzarasini yuzaga keltirish, xronotop aniqligigiga erishish, personajlar
ruhiyatiga xos xususiyatlarni yuzaga chiqarishda detal muhim badiiy-
poetik vosita sifatida xizmat qiladi. Realistik metod asosida yozilgan

47

Шукур Холмирзаев.Сайланма. I жилд. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б.64


background image

57

hikoyalarda detalning biz yuqorida ko‘rib chiqqan barcha turlari istifoda
etiladi, shu bilan birga, ularda ko‘proq makon, peyzaj, portretga oid
detallar ko‘proq qo‘llaniladi. Modernistik adabiyotda esa o‘zbek
adabiyotida bu yo‘nalishning taniqli namoyandalaridan biri sanalgan
Nazar Eshonqul ijodiga asoslanib aytish mumkinki, garchi yuqorida qayd
etilgan detal turlari o‘rni bilan qo‘llanilsa-da, ularda qahramon psixikasi
qatlamlarini oydinlashtirishga xizmat qiladigan detallardan ko‘proq
istifoda etilganini kuzatish mumkin. Bu hodisa esa modernizmning
mohiyati, insonni badiiy tasvirlash mezonlari kabilar orqali izohlanadi.

Modernizm adabiyotida, shu jumladan, hikoyachiligida voqea tizimi

(syujet) mavjud bo‘lsa-da, u matn strukturasida ustuvor o‘rinda turmaydi.
Tasvir jarayonida asosiy e’tibor ruhiyat qatlamlariga qaratiladi. To‘g‘ri,
realistik nasrda ham psixologik manzaralar ifodalanadi, biroq modernizm
faqat ruhiyatni tasvirlash bilangina kifoyalanmaydi, unda ruhiyatning ko‘p
qatlamliligi e’tiborga olinadi, psixoanalitik tadqiq orqali inson psixikasida
murakkab, ko‘plab tarmoq va qatlamlardan iborat bo‘lgan ruhiyat
qurilmasi nafaqat tasvir, shuningdek, tadqiq etib boriladi. Shunday
tajribalar orqali ruhiyat inson mohiyatini ifodalovchi ruhoniy voqelik
ekanligi ko‘rsatib beriladi.

Modernistik asarlarda syujet, uning tarkibiga kiradigan peyzaj,

portret, xususan, detalning mavjudligi uning romantizm, realizm kabi
ijodiy metodlar bilan uzviy aloqasi borligini ko‘rsatadi. Bu esa modernistik
badiiy yaratmalar so‘z san’ati doirasida yashashi, umumadabiyotning bir
qismi, uning mantiqiy davomi va takomili sifatida baholashga imkon
beradi. Bu o‘rinda yuqorida amalga oshirgan tahlillarga suyanib aytamizki,
hozirgi davr milliy adabiyotida realistik izlanishlar ustuvor o‘rinda turibdi.
Bu fikrni detal bo‘yicha tadqiqotlar ham tasdiqlaydi.

§ 2.2. Hikoyada roviy obrazining xususiyatlari

Roviy milliy adabiyotshunoslikda nisbatan keyin iste’molga

kiritilgan atama bo‘lib, ungacha muallif yoxud muallif vazifasini
bajaruvchi obraz istilohlari qo‘llanilgan. “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da bu
haqda shunday deyiladi:

“ROVIY (ar.- hikoyachi, qissa aytuvchi, xabar, ma’lumot beruvchi)-


background image

58

epik asarlardagi rivoya subyekti, voqealarni hikoya qilayotgan, ular
kechayotgan makon va zamon, ularda ishtirok etayotgan personajlarga oid
tafsilotlarni yetkazib, tasvir predmetiga u yoki bu tarzda munosabat
bildirayotgan

shaxs.

Epik

asarda

roviy,

ko‘proq,

muallif

(konkretlashtirilmagan “uchinchi shaxs” ham aksar muallif sifatida
tushuniladi), ba’zan esa personaj (mas., G‘.G‘ulom. “Shum bola”) tilidan
olib boriladi. Shuningdek, ba’zan asarda bir necha roviyning ishtirok etishi
ham kuzatiladi (mas.,O‘.Hoshimov. “Ikki eshik orasi"; M.Muhammad
Do‘st. “Lolazor”). Shunga qaramay, R.larning ko‘payishi rivoyaning
butunligiga putur yetkazmaydi, chunki bu holda ham matndan muallif
(yoki asosiy R. vazifasidagi personaj)ning tinglovchi maqomida turgani
anglashilaveradi”

48

.

Zamonaviy rus adabiyotshunosligida mazkur lisoniy birlik o‘rnida

rasskazchik (

v literature

)

atamasi ishlatiladi. Bu esa ma’noviy jihatdan

“hikoya qiluvchi” ma’nosini bildirib, roviy atamasiga tengdir. Lug‘at va
tadqiqotlarda roviyni muallif bilan tenglashtirmaslik uqtiriladi. Jumladan,
atoqli alloma M.Baxtin shunday qarash tarafdori edi. Buning sababi
shundaki, epik asarda ko‘pincha bayon muallif nomidan olib borilsa-da, u
aynan mana shu ijodkorning o‘zi emas. Hatto muallif o‘z shaxsi haqida
yozayotganda ham to‘la-to‘kis o‘zini ifodalamaydi. Badiiy matn doirasida
u mana shu matn qonuniyatlaridan kelib chiqib, jiddiy sifat evrilishlariga
uchraydi, natijada o‘z ijodkori shaxsiyatidan ajralib turuvchi mustaqil bir
obrazga aylanadi. Biz tahlillar davomida ushbu fikrni muayyan bir asarlar
misolida dalillashga harakat qilamiz. Mavjud qarash va manbalar asosida
roviyni ikki guruhga ajratish mumkin

(“2.2- jadvalga qarang”).

“2.2-jadval”- roviy obrazining tasnifi

1.Konkretlashtirilmagan

“uchinchi shaxs

2. Badiiy matn tarkibida “men”

sifatida ishtirok etib, voqea tizimini

boshqarib turuvchi obraz.

Bu badiiy adabiyotda nisbatan
kengroq ishtirok etadigan hikoya

Hikoyalaridagi

“men”

tarzida

namoyon bo‘ladigan roviy muallifga

48

Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: «Акаdетпаshг», 2010. – Б.

256.


background image

59

qiluvchi obraz bo‘lib, “u”
sifatida hikoyani olib boradi.

aloqador bo‘lsa-da, matn tarkibidagi
mustaqil obrazlardan biri sifatida
harakat

qiladi

hamda

o‘z

shaxsiyatining

xususiyatlarini

ko‘rsatadi.

1)

konkretlashtirilmagan “uchinchi shaxs”.

Bu

badiiy

adabiyotda nisbatan kengroq ishtirok etadigan hikoya qiluvchi obraz
bo‘lib, “u” sifatida hikoyani olib boradi. Avvallari bu obrazni muallif
sifatida tushunganlar.

Jahon, shu jumladan, o‘zbek so‘z san’atida hikoyaning bunday shakli

nisbatan keng tarqalgan. Asar muallifi deb tasavvur etiladigan, aslida esa,
aytilganidek, muallifdan bir qancha xususiyatlari bilan farqlanadigan shaxs
tomonidan bayon etiladi. Bunga Shukur Xolmirzayevning o‘nlab
(“Ko‘kboy”, “Yovvoyi gul”, “Sirli militsioner”, “Yosuman”, “Jarga
uchgan odam”, “Kulgan bilan kuldirgan”, “Shudring tushgan bedazor”,
“Cho‘loq turna”, “Bodom qishda gulladi”, “Tabassum”, “Omon ovchining
o‘limi” va boshqalar) kichik epik asarlari misol bo‘la oladi.

Hikoya matnida uchinchi shaxs sifatida namoyon bo‘lib, bayonchi

vazifasini bajaradigan roviy har bir asarda mana shu poetik qurilmaning
ruhi, strukturasi, badiiy konsepsiyasidan kelib chiqib, o‘ziga xos xarakter
hamda ovozga ega alohida obraz vazifasini bajaradi. U boshqa
hikoyalardagi “u” obrazini takrorlamaydi. To‘g‘ri, nafaqat roviy,
shuningdek, badiiy matn tarkibidagi har bir qahramon va personajda
muallifdan muayyan bir jihatlar ko‘zga tashlanishi mumkin, lekin bu
roviyni ijodkor bilan tenglashtirishga asos bo‘lolmaydi.

Har qanday badiiy asar, shu jumladan, hikoya qurilmasidagi

roviyning asosiy vazifasi undagi badiiy konsepsiyani yuzaga chiqarishga
xizmat qilishdan iborat.

“Omon ovchining o‘limi” hikoyasidagi badiiy konsepsiya ona

tabiatni, shu tabiatning ajralmas bir qismi bo‘lgan hayvonot olamini asrab-
avaylash, shu olamga jiddiy zarar keltiruvchi zolim kimsalarning, albatta,
zavol topishi, tirikligidayoq ilohiy jazoga tortilishi haqidagi ishonch-


background image

60

qarashni ifodalaydi. Mana shu nuqtayi nazarni hikoyada badiiy ifodalash
roviy zimmasiga yuklatilgan.

Hikoyada ov qilishga haddan ziyod berilgan, ilohiy va davlat

qonunlariga zid ravishda hayvonot olami vakillariga qiron keltiruvchi
sayyod (Omon ovchi) fojiasi – achchiq qismati haqida hikoya qilinadi.

Asarning muqaddimasidayoq roviy nutqi orqali zolim ovchining

tabiatga dushmanlik tiynati va qilmishlari obyektiv tasvir mezonlariga
asosan ko‘rsatiladi:

“U o‘zi ham o‘lishi mumkinligini o‘ylamasdi. U o‘ldirishni...

hayvonlarni, parrandalarni, xullas, Olatog‘da ov qilishga arzirli o‘lja borki,
u qo‘liga miltiqni olishi bilan o‘zi anglamagan holda ulardan nimanidir
otish – o‘ldirishni o‘ylardi”.

49

Roviyning yana bayon etishicha, u kiyik

ovlashni niyat qilib, tog‘ga yo‘l olsa-da, yo‘lda uchragan kaklik, chil,
zag‘izg‘on, cho‘pon aldag‘ich qushi kabilarni otishdan o‘zini tiya
olmagan.

Omon ovi baroridan kelmagan kunlarda “bamisoli otasi o‘lgandek

aza tutar, qovog‘i ochilmas, shunda xotini ham ko‘ziga yomon ko‘rinib,
bechora biror bir yetishmovchilikdan zorlansa, u: “Jonga tegding-ku sen
ham!” deya miltiqni qo‘lga olardi...” (19-bet). Biz oldingi bobda Shukur
Xolmirzayev hikoyalarida obyektiv tasvir amal qilishi, muallif imkon
darajasida qahramon va personajlarga ochiqdan ochiq baho berishdan
saqlanishi haqida fikr yuritgan edik. Lekin yuqorida keltirilgan parchadan
ma’lum bo‘lyaptiki, roviy hikoya tarkibidagi obrazlardan biri bo‘lganligi
uchun ham voqeaga o‘zining shaxsiy munosabatini ochiq-oydin
bildirmoqda, ovchining doimiy zulmi ostida yashayotgan ayolga nisbatan
“bechora” sifatini qo‘llab, unga xayrixohligini ko‘rsatmoqda.

Omon ovchining ayovsizligi nafaqat tog‘-u toshdagi yovvoyi

hayvon-u parrrandalarga, hatto hovlisidagi uy hayvonlariga nisbatan
munosabatida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bir kuni ovi o‘ngidan
kelmay, tajang holda uyiga qaytgach, xotini sigir sog‘dirmayotganidan
shikoyat qiladi. O‘zi sigirni sog‘ishga urinsa ham, natija bo‘lmaydi.
Fig‘oni falakka chiqqan qahramon sigirning beliga panshaxa bilan qattiq
urib, uni jarohatlaydi. Beli sinib ketgan jonivorni so‘yishga to‘g‘ri keladi.

49

Шукур Холмирзаев. Сайланма. II жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005. – Б. 19.


background image

61

Ma’lum bo‘ladiki, sigir yelini shishgani uchun sog‘dirmayotgan ekan.
Eriga itoatkor, undan qo‘rqadigan ayol ham beozor hayvonga rahmsizlik
qilgan xo‘jayiniga: “Voy, inak (sigir)ni o‘ldirdingiz-e, beshafqat”, - deydi.
Shu kunning o‘zida rayon markaziga borgan ovchiga rayon gazetasining
muxbiri: “Omon aka, hayvonlarga rahmingiz kelmaydimi?” – deydi.

Mutaassib ovchining fe’l-tiynati nafaqat oilasi, hamqishloqlariga,

shuningdek, kengroq doirada ma’lum bo‘la boshlaydi. U taqdir hukmi
bilan yolg‘izlikka mahkum etiladi. Dastlab uni hamqishloqlari tark etadi:
“qo‘shnilar birin-ketin janubga – Bandixon cho‘liga ko‘chib keta berishdi:
cho‘lquvar bo‘lib...”(22-bet). To‘g‘ri, qo‘ni-qo‘shni shafqat bilmas
ovchidan bezganlaridan emas, zamon zayli, ish, yer ehtiyoji tufayli cho‘lga
ko‘chadilar.

Bo‘shab qolgan qishloq “satti choldevor”ga aylanadi: tomlari

buzilgan. Yog‘och to‘sinlari ham olib ketilgan. Tez orada bu yerda
kalamush va sichqonlar ko‘paydi. Keyin esa ularning kushandalari
boyqushlar ko‘paydi: ba’zisi kunduz kunlari ham devor kemtiklarida
hurpayib o‘tirar edi (22-bet).

Qishloqni odamlar tark etib, Omon ovchi oilasining yolg‘izlanib

qolishi sabablari roviy tomonidan izohlanmagan. Tadqiq jarayonida uni
quyidagi sabablar bo‘yicha talqin etishimiz mumkin:

1)

subyektiv sabab. Bunga ko‘ra Omon ovchining tabiat

farzandlari – hayvon va qushlarga nisbatan omonsizligi bu go‘shaga
badbaxtlik olib kelgan deb tushunish mumkin. O‘tmishda qurg‘oqchilik,
ocharchilik, vabo, toshqin, sel singari ofatlar insonlarning gunohlari,
yomonligi tufayli sodir bo‘ladi, deb ishonilgan va bunday ishonch
hozirgacha saqlanib qolgan. Diniy-ilohiy manbalar bunday qarashni
tasdiqlaydi. Binobarin, go‘zal va obod qishloqning tashlandiq holga tushib,
boyqushlar makoniga aylanishiga Omon ovchi kabi nafs bandalarining
kori badlari sabab bo‘lgan deyish mumkin;

2)

Obyektiv sabab. Bu endi ancha keng miqyosga ega bo‘lib,

hikoyada tasvirlangan davr, uning siyosati, boshqaruv tizimi bilan bog‘liq.
Voqea sovet tuzumining muayyan bir davri – taxminan o‘tgan asrning 60-
80-yillarida bo‘lib o‘tadi. Bu davrda mamlakatda cho‘llarni o‘zlashtirish
kampaniyasi avj oldirilgan, tog‘li rayonlarda yashovchi aholi “kam


background image

62

rentabelli hudud”dan o‘zlashtirilgan cho‘l maydonlariga majburan
ko‘chirilgan edi. Bunday siyosatning mash’um oqibatlari Asqad
Muxtorning “Chinor” romanida ham o‘z badiiy ifodasini topgan. Demak,
ovchining qishloqdoshlari ota-bobolari yashagan zaminni tark etishlari
faqat subyektiv sababgagina emas, o‘sha zamondagi buyruqbozlikka
asoslangan tizimning noto‘g‘ri boshqaruv tizimi bilan ham bog‘liq.

Ovchining xotini va norasida o‘g‘li kimsasiz xaroba makonda

qolishni istamay, hamma qatori ko‘chishni istaydilar. Ammo xudbin va
o‘zbilarmon sayyod bu joylarni tashlab ketishga rozi emas. Shu boisdan
javobini berishni so‘ragan xotiniga osongina “uch taloqsan” deydi.
Oqibatda ayol va o‘g‘il bu yerni tark etadilar. Ovchi bir o‘zi vayronada
yakkalanib qoladi.

Hikoya matnini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, roviy zimmasiga butun

bir matnni yuzaga keltirish vazifasi yuklatilgan.U faqat voqeani bayon
etish bilangina kifoyalanmaydi: voqeani bayon etish jarayonida matn
tarkibida peyzaj, portret, ekspozitsiya kabilarni yuzaga keltirish yumushi
ham uning zimmasiga tushadi. Bu qarashni Erkin A’zamning “Sovuq”
hikoyasi tahlili davomida ko‘rib chiqamiz.

Bu asarda o‘zaro kelishmovchilik tufayli oilasidan ajralgan bir inson

(O‘rmonov)ning ruhiy kechinmalari ishxonasi, undagi hamkasblar va qish
fasli bilan bog‘liq holda tasvirlangan.“Rixsiyev... jon koyitib bir ish
qilmaydi, oq-sariq basharasi doim tiniq, o‘zi sog‘lom”

50

. Bu hikoyada

ishtirok etayotgan obrazlardan birining g‘oyat muxtasar badiiy suvrati.
Garchi ushbu portret bir necha chizgilarda tezgina berilgan bo‘lsa-da,
personajning tashqi qiyofasi bilan uyg‘un holda fe’l-sa`jiyasi nihoyatda
aniq ko‘rsatilgan. Uning “oq-sariq basharasi” roviyning bu kishiga
nisbatan noxush munosabatini ko‘rsatyapti. Chunki portretda unga
nisbatan “bashara” lisoniy birligi qo‘llangan. O‘zbek tilida bu so‘zning
yuz, bet, aft, chehra, ruxsor, turq kabi ma’nodoshlari bo‘lib, ular orasida
aft, bet, turq, bashara salbiy ottenkalarga ega. Xususan, bashara hamma
vaqt yomon xulqli kishilarga nisbatan qo‘llaniladi.

50

Эркин Аъзам. Байрамдан бошқа кунлар. Қисса ва ҳикоялар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва

санъат нашриёти ,1988 . – Б.241.


background image

63

Hikoya “Sovuq” deb atalgani uchun undagi voqea tizimi ko‘proq

qish, ayozli kunlar bilan bog‘liq. Hikoya qahramonining ruhiy va jismoniy
iztiroblari aynan shu faslda kuchaygan holda kitobxonga roviy tomonidan
ko‘rsatib, uqtirib boriladi. Shu ma’noda “sovuq” so‘zi ramziy mohiyatga
ega ekanligi ayonlashib boradi. O‘rmonov olijanoblik qilib ishxonasi
tomonidan o‘ziga ajratilgan to‘rt xonali xonadondan voz kechib,
Hamidulla degan yigitga navbatini berganida, noshukur bu kimsa uning
yaxshiligiga yomonlik bilan javob qaytaradi. Rixsiyev kabi turlanuvchan
odamlar esa inson taqdiriga beparvo, nopisand munosabatda bo‘lishadi.
Natijada oilasidan ajralib tobora nochor ahvolga tushib borayotgan
qahramon ruhiyatida yolg‘izlik kayfiyati kuchayib boradi. Roviy ifodasi,
ovozi markaziy personaj fojiasini, bunga muhit doirasidagi odamlarning
ham ishtiroki borligini anglash-tushunishda kitobxonga ko‘maklashadi. Bu
esa har qanday badiiy asar konsepsiyasini aniqlashtirishda roviyning
muhim vazifasi borligini yaqqol ko‘rsatadi.

2.Badiiy matn tarkibida “men” sifatida ishtirok etib, voqea

tizimini boshqarib turuvchi obraz.

“Men”ning roviy tarzida voqeani

bayon etib borishi hikoyachilik tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega. Masalan,
jahon hikoyachiligining taniqli vakillaridan biri sanalgan A.P. Chexovning
ayrim hikoyalari (“Zerikarli voqea”, “Yovuz”, “Mening hayotim”)da
“men” roviy vazifasini bajargan. Lekin nafaqat bu adib, jahon so‘z
san’atining boshqa namoyandalari ijodiga mansub kichik epik asarlarda bu
siyrak hodisadir.

Milliy hikoyachilik tarixida ham bunday holatni ko‘ramiz. Aksariyat

o‘zbek hikoyalarida voqea “konkretlashmagan uchinchi shaxs” tilidan
bayon etiladi. Shunga qaramay, hikoyaning “men” tarafidan olib borilishi
jadid adabiyotidayoq ko‘zga tashlanadi. Abdulla Qodiriyning “Jinlar
bazmi”dagi voqealarni bir emas, ikkita (ota, o‘g‘il) obraz hikoya qiladilar.
Milliy hikoyachilik ustasi Abdulla Qahhorning kichik asarlarida
“men”ning roviy tarzida ishtiroki siyrak bo‘lsa-da, uchrab turadi. Uning
“Ming bir jon”, “Ig‘vogar” hikoyalarida mana shunday badiiy usul
ishlatilganini ko‘rish mumkin.

Endi Shukur Xolmirzayevning hikoyalarini ana shu muammo

nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqishga o‘tamiz.


background image

64

Adibning 2003 -yilda chop etilgan “Saylanma”sining birinchi jildiga

1960-yildan 1984-yilgacha yozgan ellik bitta hikoyasi kiritilgan. Bundan
o‘ttiz yettitasi “konkretlashmagan uchinchi shaxs” tilidan hikoya qilingan,
qolgan o‘n to‘rttasida esa roviy tarzida “men” ishtirok etadi. Mana shu o‘n
to‘rtta asardan faqat bittasining sarlavhasi ostiga “voqeiy hikoya” deb izoh
berilgan. Binobarin, u bevosita muallif hayotiga aloqador ijod namunasi,
qolganlari esa badiiy to‘qima vositasida yaratilgan.

“Adabiy asardagi roviy nasriy asardagi muallif (ya’ni qaysidir bir

personaj nutqi bilan bog‘liq bo‘lmagan) nutqining shartli tashuvchisi
bo‘lib, bayon uning tilidan olib boriladi, u nutq subyekti hisoblanadi. Faqat
nutq jarayonida namoyon bo‘lib, yozuvchi ijodiy tasavvurining mahsuli
bo‘lgani uchun uni muallif bilan tenglashtirish to‘g‘ri emas.. Bir
ijodkorning turli asarlarida har xil hikoyachi (roviy)lar ishtirok etishi
mumkin”.

51

Mazkur ta’rifda roviyga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlar

ko‘rsatilgan

(“2.3- jadvalga qarang”).

“2.3-jadval”-

roviyga xos bo‘lgan xususiyatlar

1

biror-bir personaj bilan bog‘liq bo‘lmagan muallif nutqining
shartli tashuvchisi;

2

nutq subyekti

3

ijodiy tasavvur mahsuli, shu boisdan uni muallifga tenglashtirib
bo‘lmaydi

4

bir adibning turli asarlarida bir-biridan jiddiy farqlanuvchi roviylar
qatnasha oladi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglashiladiki, roviy muallif

nutqini shartli ravishda ifoda etar ekan, “konkretlashmagan uchinchi
shaxs” yoxud “men” bo‘lishidan qat’iy nazar, muallif nutqini ifodalaydi,
ammo bu bevosita emas, bilvosita ifoda bo‘lib, badiiy nutq jarayonidagina
yuzaga keladi, u ijodiy tasavvur mahsuli bo‘lganidan, muallifga
tenglashtirilishi mumkin emas. Xuddi shu sabablarga ko‘ra roviy so‘z
san’atkorining turli asarlarida turlicha qiyofa va ovoz bilan namoyon
bo‘ladi. Ular xarakter, tabiat, dunyoqarash, tafakkur va madaniyat darajasi

51

https://www.bukinistu.ru/rasskazchik.htm.


background image

65

nuqtayi nazaridan bir-biridan va hatto muallifdan jiddiy farqlanib turadi.

Masalaga shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, tadqiqot obyekti bo‘lgan

asarlar, shu jumladan, Shukur Xolmirzayev hikoyalaridagi “men” tarzida
namoyon bo‘ladigan roviy muallifga aloqador bo‘lsa-da, matn tarkibidagi
mustaqil obrazlardan biri sifatida harakat qiladi hamda o‘z shaxsiyatining
xususiyatlarini ko‘rsatadi. Bu fikrni dalillash uchun yozuvchi ijodiy
merosidagi dastlabki kichik asarlardan biri bo‘lgan “Ko‘ngil” hikoyasini
ko‘rib chiqamiz. Bu hikoya roviysi “men” tarzida voqeani bayon qiladi. U
adibning “Notanish odam”, “Bir ko‘rgan tanish”, “Ikki ko‘rgan bilish”
hikoyalari qahramonlari singari maktab yoshidagi bir bola. Uyida miltiq
bo‘lgani sababli vaqti-vaqti bilan tog‘ga ovga chiqib turadi. Asarda bayon
etilishicha, hikoyachi vazifasini ado etayotgan bu o‘spirinning Nazrulla
degan tengdosh o‘rtog‘i bor. Aytilganidek, “u yolg‘iz onasi bilan yashardi.
Otasi urushda o‘lgan. Qiziq bola edi u. Kim ovga yur desa, ergashib
ketaverardi. Bu yoqda maktab bormi, dars bormi – o‘ylab o‘tirmasdi.
Uning miltig‘i ham yo‘q edi. Lekin u nolimas, onasiga, miltiq olib ber,
demas, ovga borayotganlarga ergashib ketaverardi. Ovga borgach,
kiyimlarimizni poylab, olov yoqib o‘tirar, ovimiz baror olgan bo‘lsa,
bizdan ortiqroq quvonardi”.

52

Hikoya syujeti roviy (ovchi bola) va Nazrulla munosabatlari asosida

qurilgan. Asardagi voqealar bir sutkadan sal ziyodroq vaqt ichida bo‘lib
o‘tadi. Voqeani bayon qiluvchi o‘spirin o‘rtog‘i bilan kun bo‘yi tog‘
bo‘ylarini kezib, hech narsa otolmaydi, faqat kun og‘gach, bor-yo‘g‘i
ikkita kaklik ovlashga muvaffaq bo‘ladi. Ovdan so‘ng ikkovi yo‘l ustidagi
Narzulloning uyiga kirishadi. Kiyimlarini quritib, dam olishadi, do‘stining
onasi mehmon borligi uchun go‘sht qovurib keladi. Udumga ko‘ra, ovdan
qaytayotgan sayyod o‘ljaning bir qismini mehmon bo‘lgan xonadonda
qoldirishi kerak. Bu qoidaga o‘tmishda qat’iy rioya qilingan. Ammo
hikoya qahramoni bu odatga rioya qilmaydi. Ikkita kaklikdan bittasini ham
bu erda qoldirmay, uydan chiqadi. Holbuki, o‘rtog‘i kun bo‘yi sovuqda u
bilan birga bo‘lgan, ov mashaqqatini yengishda ko‘maklashgan edi. Ham
do‘st-u og‘aynilik, ham mehmonlik andishasi ehson qilishni taqozo qilardi.
Shunday qilib, hikoyaning markaziy personaji odamiylik va o‘zbekchilikni

52

Шукур Холмирзаев. Сайланма. I жилд. – Тошкент: Шарқ, 2003. – Б.14.


background image

66

nazar-pisand qilmay, o‘zini yomon tomondan ko‘rsatyapti. Qahramonning
bunday g‘ayriaxloqiy qilmishi hikoyada psixologik va mantiqiy jihatdan
atroflicha dalillangan. Aslida ovchi bola ochko‘z va yakkash o‘zini
o‘ylaydigan odam emas. U ovchilik qoida va rusumini ham yaxshi biladi.
Shunga qaramay, uning azaliy odatni namoyishkorona buzishining ma’lum
sababi bor. U hamqishloqlari, xususan, qo‘shnisi Nurmat Kachal,
shuningdek, uydagilarga o‘zini mohir ovchi sifatida ko‘rsatib, ularning
maqtoviga erishmoqchi. Agar bitta kaklikni Nazrullaning uyida qoldirib
kelsa, odamlar uning ovchilik mahoratiga qoyil qolmasliklari, hatto
kamsitishlari, mazax qilishlari mumkin. Shunday o‘y-xayollarda bo‘lgan
bola maqtov, e’tiroflar eshitish uchun ko‘chadan mag‘rur yurib, uyiga
boradi. Ammo uning o‘ljasini ko‘cha va uyda hech kim ko‘rmaydi. U
qattiq charchaganidan kakliklarni dahlizdagi tashlandiq shkaf ustiga
tashlab, uxlab qoladi. Ertalab kakliklarni mushuk olib ketgani ma’lum
bo‘ladi. Natijada u ham, o‘lja, ham maqtov-u olqishlardan mahrum
bo‘lgani ustiga do‘stidan ham mosuvo bo‘ladi (undan ko‘ngli qolgan
o‘rtog‘i yaqinlik rishtasini uzadi).

Bu o‘rinda muallif va roviy orasidagi aloqa masalasiga oydinlik

kiritishga to‘g‘ri keladi. Muallif (Shukur Xolmirzayev)ning bolaligi tog‘da
o‘tgan, u o‘sha paytlarda ovchilik bilan qiziqqanini xotiralarida bir necha
bor aytgan. Shu nuqtayi nazardan qaralganda, uning mazkur hikoya
qahramoniga ma’lum darajada aloqasi bordek ko‘rinadi. Biroq asardagi
voqeani ifoda etish usuli, ohangi, qahramon xarakterining o‘zgachaligi bu
obrazning muallifdan jiddiy farqlanishini ko‘rsatib turibdi. Asarning
voqeiy emasligi ham bu fikrni tasdiqlaydi. U yozuvchining badiiy
tafakkuri, xayol olami harakatlari tufayli yuzaga kelgan to‘qima obraz
tarzida yaratilgan.

To‘g‘ri, ayrim paytlarda ijodkor “men” tilidan bayon qilingan ayrim

asarlarda o‘zini, o‘z hayotida kechgan voqealarni ifodalashi mumkin.
Shukur Xolmirzayevning “Bandi burgut”, “To‘p o‘yin” kabi hikoyalarida
uning bolaligi bilan bog‘liq hayoti badiiy aks etgan. Lekin shunday holda
ham, avval aytilganidek, yozuvchi va u yaratgan badiiy obraz orasida
jiddiy tafovut mavjud bo‘ladi, har qanday obraz badiiy matn tarkibiga
kiritilar ekan, prototip (hatto u muallif bo‘lsa ham)dan farqli ravishda


background image

67

o‘zgacha sifat-xususiyatlarga ega bo‘ladi. Chunki alohida bir poetik olam
hisoblangan matn o‘z qonuniyatlari, tamoyillariga ega bo‘lib, adabiy
dunyosiga olib kiritilgan inson va jonzotlarni ana shu qonuniyat va
tamoyillarga bo‘ysuntiradi, ularni qayta ishlaydi hamda sifat nuqtayi
nazardan yangicha obrazni bunyod etadi.

Nazar Eshonqul hikoyalarida “men”ning roviy tarzidagi ishtiroki

nisbatan cheklangan. Uning 2008-yilda “Sharq” nashriyot-matbaa
kompaniyasi tomonidan nashr etilgan “Yalpiz hidi” to‘plamiga kiritilgan
to‘qqizta hikoyadan ikkitasida roviy vazifasini “men” obrazi bajargan.
Ushbu majmua tarkibidagi “Muolaja” asarida roviy “men” hamda muallif
orasidagi masofa bir-biridan ancha uzoq ekanligini ko‘rsatishi bilan
ahamiyatlidir.

Mazkur kichik epik asarda roviy “men” qatnashgan boshqa badiiy

yaratmalardan farqli ravishda roviy “biz” tomonidan voqea bayon etilgan.
Bunday obraz, ya’ni “biz”ning hikoyachi vazifasini bajarishi nasriy
adabiyotda nisbatan kam uchraydigan adabiy hodisa deb o‘ylaymiz.
Bayonchi obrazning bu tariqa tanlanishi asar badiiy-falsafiy konsepsiyasi
bilan bog‘liq. Hikoya voqeasi zamonaviy psixiatriya klinikalaridan birida
atigi bir necha soat davomida bo‘lib o‘tadi. Bir guruh odamlar (bularning
yoshi, kasbi-kori, dunyoqarashi haqida ma’lumot berilmagan) jinnilar
ruhiyatini “yangicha” davolaydigan shifoxonada bo‘lib, bu maskandagi
muolaja ishlariga rahbarlik qiladigan professor suhbatini tinglaydilar.
Aytish kerakki, ushbu hikoyada roviy (“biz”)ning bayonchilik vazifasi
yordamchi xususiyatga ega. Chunki hikoya qilish yumushi, asosan, vrach-
professor zimmasiga yuklatilgan. Bu personaj tinglovchilarga zavq-u
shavq bilan klinikada qo‘llanilayotgan “davolash” usullarini gapirib
beradi. Uning aytishicha, bu joyda qo‘llaniladigan uslub “unchalik yangi
emas... biz azaldan mansub bo‘lgan usullarni faqat zamonaviy tarzda
takomillashtirdik, xolos. Biz tibbiyotda foydalanilmay kelingan uslubni
fanga tatbiq etdik. Hamma tajribalarimiz puxta va yuz foiz natija bera
boshladi”.

53

Jinnilarni kaltaklash vositasida “davolash” qadimdan tabib va

boshqalar tomonidan ko‘p asrlar davomida qo‘llanib kelingan. Sadriddin

53

Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 352.


background image

68

Ayniy “Esdaliklar” memuarida o‘z qishlog‘ida ayrim eshonlarning
shunday usullarni zanjirband devonalarga qo‘llanilgani haqida ma’lumot
bergan.

Hikoyadagi professor nutqidan ayon bo‘ladiki, “takomillashtirilgan

yangi usul” aslida qadimdan ma’lum kaltaklashning zamonaviy shakli
ekan. Holbuki, “tibbiyotda kaltaklash hamisha qoralangan”.

54

“So‘nggi

tajribalarim ko‘rsatyaptiki, deydi u, - jismdagi qon va asab harakatini
tartibga solish uchun kaltaklash kasallikni tuzatishning zarur omillaridan
biri”dir (353-bet).

Hikoya roviysi “biz” butun syujet davomida, asosan, tinglovchi

vazifasini bajaradi, professor fikrlariga e’tiroz bildirmaganidek,
ma’qullamaydi ham. Biroq asar oxirlariga borib roviyning yovuz niyatli
psixiatrga fikrdosh, hammaslak ekanligi ma’lum bo‘ladi:

“Barzangi (jinni – B. Sh.) ikki-uch marta qo‘lidagi zanjirlarini uzib

tashlamoqchidek chiranib tortildi, chiranganda ko‘zlari katta ochilib, yuzi
ko‘karib ketdi, zanjirni uzolmagach, u uzoq pishnab o‘tirdi. Uning
qiyofasida va yana olaygan ko‘zlarida rostdan ham qandaydir tajovuz
yashiringan edi. Agar uning qo‘llari yechiq bo‘lsa, bizlarga ham tashlanib
qolishi muqarrar, deb o‘yladik, uning bog‘liq qo‘llariga mamnun qarab
qo‘yib, ayni mahal uning bandiligidan xursand ekanligimizni yashirgimiz
kelmadi. O‘zimizni uning oldida erkin va e’tiborli his qila boshladik”.

55

Yuqoridagi parchadan ma’lum bo‘lyaptiki, roviy sifatida voqea

tizimida ishtirok qilayotgan “biz”, ya’ni ko‘pchilik kaltakni muolaja quroli
qilib, bechora bemorlarni maxsus tayyorlangan hamshira va sanitarlar
yordamida ayovsiz kaltaklayotgan “shifokor”ga xayrixoh ekan. Roviy bu
azobxonada ko‘rganlari asosida “professorning tajribalari nihoyatda
olamshumul voqea ekanligini anglay boshladik. Bu behad katta yutuq, deb
o‘yladik ichimizda” (363-bet). Roviyning “biz” tarzida berilishi hamda shu
zulmga xayrixoh to‘daning qabih tajribalarning qo‘llab-quvvatlashi yer
yuzida istibdodga xayrixoh yoki befarq kishilarning ancha ko‘payganidan
dalolat beradi. Klinikadagi jallodlarning yovuzligi faqat himoyasiz
jinnilarni shafqatsiz kaltaklanishi bilangina intiho topmaydi. Bu qabohat

54

Назар Эшонқул. Шу асар. – Б. 353.

55

Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 362.


background image

69

girdobida insonni tahqirlash va jazolashning o‘ta zamonaviy, aql bovar
qilmaydigan darajada razil usullari ham ishlab chiqilgan. Bu haqda
odamiylik qiyofasini yo‘qotib makkor iblisga aylangan professor shunday
deydi:

Bemorning “boshiga maxsus uskuna orqali ... savalash jarayonidagi

faryod va (ingroq o‘ziniki bo‘lishi shart, chunki o‘z tovushi miyaga tez
singadi) ingroq yozilgan shovqin yuboriladi. Undan tashqari, kasal yotgan
xonaning to‘rtta burchagiga ham tovush kuchaytirgich o‘rnatib qo‘yiladi,
shundagina shovqin miyaning hujayra va bo‘shliqlarini butkul qamrab
oladi, kasal bir necha kungacha bu shovqin ta’sirida atrofdagi olamdan
uziladi va boshini changallagancha shovqindan qutulish uchun xona
bo‘ylab zir yugurib yuradi” (359-bet). Bir necha kun davom etgan bunday
“muolaja” tugaganda ham, bemor shovqindan butunlay xalos bo‘la
olmaydi. Miyaga singdirilgan ingroq va shovqin inson tanasidagi barcha
hujayralarda yashab qoladi va doimo ular o‘zlarini eslatib turadilar.
Shunday qilib, bemor endi manqurtga aylantiriladi. U bo‘ysunuvchan,
mustaqil fikrlashdan mahrum kimsaga aylanadi. Faqat xo‘jayini bergan
topshiriqni bajaradi, qorin g‘amini yeyishdan boshqa tashvishi bo‘lmagan
bu manqurt endi xo‘jalari uchun xavfli emas, u erk talab qilmaydi, ishchi
hayvon vazifasini bajaradigan zombiga evriladi.

Hikoya, bizning fikrimizcha, ulug‘ so‘z san’atkori Chingiz

Aytmatovning “Asrni qaritgan kun” romani tarkibiga kiritilgan manqurt
haqidagi rivoyat, shuningdek, olmonzabon adib Frans Kafkaning “Jazo
mashinasi” hikoyasi ta’sirida yozilgan. O‘zbek modern yozuvchisi
yuqorida nomlari qayd etilgan asarlar syujeti, tasvir usullari, badiiy
konsepsiyalaridan ijodiy oziqlangan holda insoniyatni qadim zamonlardan
buyon ta’qib etib, tahqirlab kelayotgan istibdodning bugungi basharasi va
uning yer yuzidagi turli makonlarda yangicha shakl va ko‘rinishda yashab
kelayotganini o‘z dunyoqarashi, tasvir vositalari va falsafiy konsepsiyasiga
asosan tasvirlagan.

Chingiz Aytmatov tasviridagi manqurt to‘g‘risidagi rivoyat, Frans

Kafkaning “Jazo mashinasi” hikoyasi ramziylik asosida yaratilgan
asarlardir. Manqurt qadim zamonlarda iroda, mustaqil tafakkur va ozodlik
tuyg‘usidan mahrum etilgan insonlarni aks ettiradi. Frans Kafka asaridagi


background image

70

jazo mashinasi esa ijtimoiy zulmning zamonaviylashtirilgan mexanizmi
ramzidir.

Xuddi shunday ramziylikni “Muolaja” epik asarida ham ko‘rish

mumkin. Bu hikoya ikki badiiy qatlamdan iborat bo‘lib, yuza qamlamdagi
bemorlarning turli jismoniy va ruhiy qiynoqlarga solinishi realistik tasvir
sifatida qabul etiladi. Yaqin tarix bunday qiynoqlarni insoniyat chindan
boshidan kechirgani bo‘yicha guvohlik beradi.

Ikkinchi jahon urushi arafasi va yillarida fashist vrachlarning inson

bo‘yicha dahshatli tajribalar olib borgani, sobiq ittifoq davrida qatag‘onlar
pallasida minglab mahbuslarning aql bovar qilmas qiynoqlarga solingani
haqida ishonchli dalillar bor, bu haqda kitoblar yozilgan, hujjatli va badiiy
filmlar ishlangan.

“Muolaja”ning ikkinchi qatlamida nafaqat g‘ayriinsoniy tajribalar

olib boriladigan klinika, shuningdek, u joylashgan makon ham ramzlar
asosida yuzaga keltirilgan. Bu fikrni matndan olingan quyidagi parcha
tasdiqlaydi:

“Biz turli-tuman uskunalar, qurilish asboblari, xandaqlar bilan to‘lib-

toshgan shifoxona hovlisiga chiqqanimizda, qavat-qavat qilib, tig‘iz qilib
ishlangan, g‘oyat keng va ulkan inshootlarga ko‘zimiz tushdi, ba’zi
uzoqlardagi binolarda qurilish hali ham davom etar, ko‘tarmalarning
g‘iyqillagani, quruvchilarning baqir-chaqirlari eshitilardi; shifoxona sal
bo‘lmasa naq kichkina shaharchaga aylangan edi... binolar juda qo‘pol
ko‘rinishda edi: ko‘plari tik turgan bochkalar, ba’zilari o‘rmalaydigan qurt,
ba’zilari o‘rmalaydigan qo‘ng‘iz shaklida edi; shifoxona hovlisi yangi
qurilishdan ko‘ra xarobaga aylantirilgan shaharga ko‘proq o‘xshardi”
(368-bet).

Shifoxonaning kengayishi zaminda zulm hududining ko‘lami

oshayotganini ko‘rsatadigan ramz bo‘lsa, bu makonning xarobaga
mengzanishi jabrning hamisha insoniyat uchun badbashara, dahshatli
tarzda ko‘rinishini bildiradi, bochka, qurt, qo‘ng‘iz ko‘rinishidagi binolar
zulm manzillarining allegorik suvratlaridir.

Mazkur hikoyadagi roviyning zulm manzilgohiga xayrixohligining

ifodalanishi badiiy matndagi bayonchining turli tiynat va tabiatga ega
bo‘lishini ko‘rsatishi bilan ahamiyatlidir. Xuddi shunday xususiyatni


background image

71

Shukur Xolmirzayevning “Ustoz” hikoyasi roviysi bo‘lgan “men”
obrazida ham mavjudligini ko‘rib o‘tgan edik.

Erkin A’zamning “Aralashqo‘rg‘on” hikoyasining bayonchi-roviysi

ham “Muolaja”dagi singari “biz” tarzida namoyon bo‘ladi. Asar voqeasi
o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu asarning
personajlari – turli-tuman joylardan kelib qolgan turfa xarakterdagi
insonlar. Bir qarashda bu kishilar risoladagi insonlar bo‘lib tuyuladi.
Chunki ular “Muolaja”dagi professor-psixiatr va uning qo‘l ostida
ishlaydigan xizmatchilardek oshkora yovuz emas, tinchgina tirikchiligini
o‘tkazib yurgan o‘rtamiyona odamlar obrazlaridir. Lekin asardagi voqea
rivoji bunday odamlarga xos ojizlik va illatlar jiddiy yomonlik va
xatarlarga sabab bo‘lishi badiiy dalillangan holda ko‘rsatilgan.

“Muolaja” va “Aralashqo‘rg‘on” dagi roviy – “biz” obrazlari

birmuncha jihatlari bilan o‘zaro yaqin va uyg‘undir. Ular orasidagi eng
mushtarak xususiyat “biz”ning inson, shaxs sifatida alohida-o‘ziga xos
fe’l-sajiyasi oshkora ko‘zga tashlanmasligi, uning muayyan guruhning
umumlashgan ifodachisi sifatida namoyon bo‘lishidir. Agar Nazar
Eshonqul hikoyasida ko‘plik shaklidagi roviy jabr-istibdodga xayrixoh
kimsalar tarzida ko‘rinsa, “Aralashqo‘rg‘on”da qo‘rqoq, tamagir, bir-
biriga adovatli odamlarning majmuasi sifatida kitobxon ko‘z o‘ngida
gavdalanadi.

Erkin A’zamning mazkur hikoyasida “biz”ning kimlardan tashkil

topgani haqida shunday deyilgan:

“Biz” deganimiz – biz, E. Safarning ta’biricha, “mana shu xalqning

bir bo‘lagi”. Muxbirimiz to‘g‘ri aytadi: sobiq kasaba uyushmasi arbobi –
oqsoqol, negadir kamdan kam odam o‘qiydigan sersahifa gazetaning
jamoatchi muxbiri E.Safar (xat-xabarlari shunday imzo bilan chiqadi), ikki
nafar fan nomzodi (biri dotsent), “uch-to‘rt churvaqa”siga rizq qidirib yurt
kezadigan daydi shopir, yangi zamondan ruhlanib, ko‘zi tushgan joyda
do‘kon ochishni maqsad qilgan do‘kondor va hokazolar — xalq bo‘lmay
nima?!”

56

Hikoya syujeti “Mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroqni kim osadi?”

masaliga monand qurilgan. Yangigina qurilgan, hali nom olishga ham

56

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/erkin-azam/erkin-azam-aralashqorgon-hikoya.


background image

72

ulgurmagan mahallaning “qo‘lbola choyxonasi”da karta o‘ynash va
ulfatchilik

uchun

har

shanba-yakshanba

kunlari to‘planadigan

mahalladoshlar (oqsoqol, jamoatchi muxbir, ikkita fan nomzodi,
haydovchi (“daydi shopir”), do‘kondor, shuningdek, na ismi, na kasb-u
kori ma’lum bo‘lmagan, “biz” nomidan so‘zlaydigan bayonchi (roviy)
asarning asosiy personajlarini tashkil etadi). Bu obrazlar orasida E. Safar
deb atalgan jamoatchi muxbir haqiqatparvarligi va asabiyligi bilan ajralib
turadi. Do‘kondor esa erta-yu kech kichik biznesi bilan band bo‘lganidan
ulfatlarning o‘yin-u g‘iybatlariga aralashmaydi, lekin davradan ajralib
qolmaslik uchun ularni moliyaviy jihatdan bir qadar ta’minlab turadi.
Mahalladagi koshona deb nom olgan hashamatli hovli Kattakon deb
ataladigan sobiq bir rahbarga tegishli. Roviy u haqda shunday xabar
beradi:

“Kattakon deganimiz aslida xipchagina, o‘rtamiyona jussali bir

odam. Lekin dami-siyosati zo‘r! Aytishlaricha, yaqin-yaqinga qadar vazir
bo‘lgan ekan. Hozir ham chakana emas — vazirlikdan-da moyliroq, chala,
yo‘g‘-e, deyarli shaxsiy bir dovrug‘dor korxonaning xo‘jayini emish”.

57

Roviy tarafidan yana Kattakonning bu hovlida yashamasligi, bu

go‘shada uning arzanda iti saqlanishi, it va hovliga uning “Musofir” deb
nomlanadigan qarindoshi oilasi bilan yashab qarab turishi aytiladi.

Hikoya voqea tizimi dinamikasi va kulminatsiyasini yuzaga

keltirishda “Kattakonning iti” muhim o‘rin tutadi. Bu jonivor roviy
tomonidan shunday tavsiflanadi:

“Gap shundaki, Sindbod bir kecha-kunduzda ikki martagina omonat

tanaffus bilan vag‘illashdan to‘xtaydi. Xo‘jayini yoki sersalom haydovchi
kelganida va qo‘rg‘on ahli uyquga ketganda. Darvoqe, shunda ham
tinmaydi, negaki, uxlayotgan odamni tushida it quvlashi mumkindir,
ammo bu paytda u akillash sasini eshitmaydi.

E. Safarning muvaffaqiyatsizlikka uchragan (faktlari tasdiqlanmadi!)

tanqidiy maqolasidan keyin hamma “Kattakonning kuchugi” deb atay
boshlagan bu maxluq aslida jimitdekkina laycha yo jo‘n-jaydari ko‘ppak
emas, naqd yo‘lbarsdek keladigan bir balo! Jazavaga tushib vovullaganida
ovozi qo‘rg‘ondagi jami imorat devorlarida akslanib, chor atrofdan baravar

57

Шу манба.


background image

73

sado beradi — xuddi quturgan itlar galasi ichida qolgandek bo‘lasiz!”

58

Itning vovullashidan zerikkan ulfatlar o‘zaro maslahatlashib, undan

qutulish yo‘llarini izlaydilar. Ammo kattakonning mavqeyi, obro‘si, yana
mahallaga nisbatan saxiyligi tufayli biror-bir to‘xtamga kela olishmaydi.
Shunga qaramay, shunday yechimni voqea rivoji, hayotning o‘zi beradi.
Ortiqcha e’tibordan haddidan oshgan ko‘ppak Musofirning o‘rtancha
qizini tishlaydi. Bu qizga oshiq bo‘lgan Oqsoqolning o‘g‘li itga miltiqdan
o‘q uzganda, o‘q it qolib, Kattakonning o‘ziga borib tegadi. U o‘lmagan
bo‘lsa-da, ko‘ppak qopgandan keyin quturibdi degan mish-mishlar paydo
bo‘ladi. Itquvarlar “Kattakonning yalmog‘izi”ni usti yopiq mashinaga
bosib olib ketishadi. Oqsoqolning o‘g‘li jazodan qo‘rqib, Rossiya
taraflarga qochib qoladi. Mana shunday dam kulguli, dam ayanchli
voqealar fonida har bir personajning ichki dunyosi, mohiyati oydinlashib
boradi.

Roviyning umumlashgan “biz” shaklida namoyon bo‘lishi

zamonaviy milliy adabiyot, xususan, hikoyachilikda yangilanish – sifat
o‘zgarishlaridan darak beradi.

“Aralashqo‘rg‘on”dagi

biz (roviy)

qiyofasiz va qat’iy axloqiy

mezonlarga ega bo‘lmagan guruh yoxud to‘daning umumlashgan timsoli
sifatida yuzaga keltirilgan.

58

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/erkin-azam/erkin-azam-aralashqorgon-hikoya.


background image

74

III BOB. KICHIK EPIK JANRDA BADIIY TASVIR VOSITALARI

VA BADIIY TIL XUSUSIYATLARI

§ 3.1. Hikoyada badiiy tasvir vositalarining poetik-funksional o‘rni

Badiiy tasvir vositalari yoki badiiy san’atlar deb ataladigan

adabiyotga oid ifoda vositalari qadim vaqtlardan buyon adabiy matnni
go‘zallashtirish, fikrni obrazli in’ikos ettirish maqsadida qo‘llanib
kelingan. Ular ko‘proq she’riyatda foydalanilganligi sababli she’riy
san’atlar deb ham ataladi. Aslida bunday poetik vositalar nasrga ham yot
emas. To‘g‘ri, badiiy san’atlar epik asar namunalari (hikoya, qissa,
roman)da she’riyatdagiday ko‘p ishlatilmaydi. Shu boisdan nasr
namunalarida ularning adadi unchalik ko‘p emas.

Aslida mumtoz so‘z san’atida nazmda ham, nasrda ham hozirga

qaraganda badiiy tasvir vositalari adad nuqtayi nazaridan samaraliroq
qo‘llanilgan. Yigirmanchi asrga kelib milliy adabiyotimizda romantizmdan
realizmga, aruzdan barmoq hamda sarbastga o‘tilishi adabiy janrlar
namunalarida badiiy san’atlarning sezilarli darajada kamayib ketishiga
sabab bo‘ldi. Aslida bunday hodisa faqat bizning adabiyotimizdagina
emas, jahon so‘z san’ati hududida ham kuzatiladi. Taniqli semiotik va
strukturalist Rolan Bart matn poetikasiga bag‘ishlangan kitobida
zamonaviy fransuz adabiyotida badiiylikni yuzaga keltiruvchi unsurlarning
ozayib borayotgani xususida tashvishlanib yozgan edi.

59

Shunga qaramay, lirik va epik ijod namunalarida badiiy tasvir

vositalari u yoki bu darajada (ozroq yoxud ko‘proq) qo‘llanib kelinmoqda.
Biz shu faslda Shukur Xolmirzayev, Erkin A’zam, Nazar Eshonqul
hikoyalari asosida bu fikrni dalillab ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bu ishni
nasrda nisbatan kengroq ishlatiladigan ayrim san’atlar bo‘yicha amalga
oshirishga harakat qilamiz:

Kontrast (qarshilantirish).

Bu usulda ikki hodisa, narsa, fikr kabilar

matnning bir o‘rnida, ayrim hollarda turli joylarida o‘zaro qarama-qarshi
qo‘yiladi. Bu badiiy san’at Shukur Xolmirzayevning 1996- yilda yozilgan
“Bandi burgut” hikoyasining muayyan o‘rinlarida qo‘llangan.

59

Барт. Избранные работы (семнотика, поэтика). – Москва: Прогресс, 1989. –C. 616.


background image

75

Dastavval ushbu matnga qo‘yilgan sarlavhaga ana shu nuqtayi

nazardan e’tiborni qaratamiz. “Bandi burgut” sintaktik birligi birinchi
semasiologik tizim mohiyatiga ko‘ra denotativ, ya’ni asl ma’nosiga ko‘ra
kontrastga misol bo‘la olmaydi. Chunki bandi so‘zi burgut lisoniy birligiga
tobe holda bog‘lanib, ushbu jonivorning ozodlikdan mahrum bo‘lganini
ifodalayapti. Shu sababdan mazkur birikmada qarshilantirish mavjud
emas.

Ma’lumki, badiiy matn doirasida ko‘pgina so‘z va birikmalar ijodiy

konsepsiya talabiga ko‘ra konnotativlik kasb etishi mumkin. Bundan
tashqari, ayrim so‘z hamda sintaktik qurilmalar til tizimidayoq muayyan
bir ramzni ifodalashga xizmat qila oladi. “Burgut” aslida tog‘ hududlarida
yashaydigan ulkan go‘shtxo‘r vahshiy qushni anglatuvchi so‘z. Bu uning
asliy ma’nosidir. Shu bilan birga, ushbu qushdagi mag‘rurlik, iroda kuchi
kabilar hisobga olinib, u erksevar, jasur insonlarga nisbat berilgan. Hikoya
sarlavhasidagi ikkinchi so‘zga shunday ramz sifatida qarasak, u chindan
ozodlik g‘oyasini ifodalovchi ramz tarzida tushunilishini sezamiz.
Binobarin, mazkur birikmadagi bandi (tutqunlik) va burgut (ozodlik)
o‘zaro zidligi ma’lum bo‘ladi. Shunday ekan, sarlavhada kontrast usuli
borligi

ayonlashadi.

Qarshilantirishning

bunday

shakli

adabiyotshunoslikda oksimoron deb ham ko‘rsatiladi. Chunki bandilik va
ozodlikni bir birikmaga jamlash g‘ayritabiiy zidlik asosida yuzaga
keltirilgan.

Hikoyada bir burgutchaning tasodif bilan bir qishloqda qo‘lga

tushgani va tutqunlikda voyaga yetgani haqida hikoya qilingan. Bu qush
tabiatan ozodlikni sevgani uchun bandilikda uzoq yashay olmaydi. O‘z
erki uchun kurashadi, natija chiqmagach, fojiali halok bo‘ladi. Bandi
burgut chor va sovet zamonlarida mustamlakachilar tomonidan qaram
holiga keltirilgan jafokash xalqimiz timsoli sifatida tushuniladi. Badiiy
matn tarkibidagi ramzlar ana shu haqiqatni anglatishga xizmat qilgan.

Hikoyaning faqat sarlavhasida emas. matn ichida ham kontrast

qo‘llanilgan o‘rinlar borki, bular ham asarning asosiy badiiy g‘oyasini
oydinlashtirishga ko‘maklashgan:


background image

76

Asarning bir o‘rnida personajlardan biri – Yo‘ldosh rais otasidan

uylariga ushlab keltirilgan burgut bolasini ozod qilishga ruxsat so‘raydi.
Ana shu vaziyat tasvirlangan epizodda ikki o‘rinda kontrast qo‘llangan:

“Shunda Yo‘ldosh ulug‘ bir xulosani aytdi:
-Dada, onajon, bugungi kun meniki, mening gapimni qilasiz,

to‘g‘rimi? – Mehmonlar ham “to‘g‘ri” deb tasdiqlashdi. Men uning
chehrasidagi

nurli

bir

iztirob

ni ko‘rib hayratga tushdim. Gapni ham juda

keksa odam qazo qilganida so‘zlayotgan imomdek

tantanali

va

fojiaviy

tarzda boshlagandi-da. – Shu burgutni, shu qushni qo‘yvoraylik...”

60

Odatda iztirob lisoniy birligiga nurli sifatlash qilib qo‘shilmaydi.

Nurli chehra, nurli yo‘l, nurli osmon tarzidagi birikmalar bo‘lishi mumkin;
iztirob so‘zi oldidan alamli, ulkan, tinimsiz kabi sifatlarni qo‘shsa bo‘ladi:
alamli iztirob, ulkan iztirob, tinimsiz iztirob. Lekin muallif (roviy)
tarafidan “nurli iztirob” sintaktik birligining keltirilishi bejiz emas. Zero,
badiiy matn hamma vaqt o‘zi uchun zarur bo‘lgan konstruksiyalarni o‘z
vaqti hamda o‘rnida yaratishga qodir poetik tizimdir.

Sovet davri “zodagon”laridan sanalgan Raisning o‘g‘li – Yo‘ldosh

dunyoqarashi ancha teran, ezgulikka moyil yigitcha. Shu bois, uning
qalbida tutqun qushga nisbatan rahm-shafqat hissi jo‘sh uradi. “Nurli
iztirob” birikmasidagi

iztirob

birligi uning burgutning zabun holiga

astoydil achinayotganini bildirsa, nurli so‘zi uning tabiat olami, ayniqsa,
bandilikdan azob chekayotgan qushni ozod qilish istagining badiiy
ifodasidir.

Bu sintaktik qurilma tarkibida yonma-yon kelib, teng usulda

bog‘langan so‘z qo‘shilmasi –

tantanali

va

fojiaviy

mana shu personaj

qalbida paydo bo‘lgan ziddiyatli kechinmalarni ifodalagan. Bu kontrast
ham nurli iztirob birikmasi kabi yuqorida ko‘rsatilgan zidlikni
kuchaytirishga xizmat qilgan.

Tantanali

so‘zi qushga nisbatan adolatdan

faxrlanishni ifodalasa,

fojiaviy

kalimasi burgut boshidan kechirgan qora

hamda azobli kunlardan darak berib turibdi.

Mazkur epizodda kontrast faqat so‘z va birikmalardagina voqe

bo‘layotgani yo‘q. U bir oila vakillari hisoblangan ota va o‘g‘ilning
orasidagi jiddiy tafovutlarni ham dramatik tarzda ifoda etmoqda.

60

Шукур Холмирзаев. Сайланма. III жилд – Тошкент: Шарқ, 2006. – Б. 23.


background image

77

“Bandi burgut”dagi Rais sovet davridagi nasriy va dramatik asarlarda

ko‘p marta deyarli bir xil andazada beriladigan, manman, o‘zbilarmon,
ilmi kam jamoa rahbari emas. Bu haqda roviy hikoyaning boshidayoq izoh
berib o‘tishni lozim topgan: “Lekin “rais” deganda siz etik kiygan, qorin
qo‘ygan, shopmo‘ylovli kishini tushunmang. Juda nozik, To‘raqulga
o‘xshagan dardmand, rangpar kishi edi u” (18-bet).

Asarda bu personajning yuqorida keltirilgan tashqi portretini

to‘ldirish, shu bilan birga, ichki dunyosini tushunishga yordam beradigan
yana bir tasvir borki, unda kontrast usuli qo‘llanilgan:

“Rais bobo miyig‘ida kulimsirar ekan, peshonasi tirishdi. Kasalmand

qiyofasi tag‘in miskin bir tus oldi”. Bu zidlikni quyidagi chizmada aniqroq
ko‘rsa bo‘ladi:

Miyig‘ida kulimsirar

peshonasi tirishdi
Kasalmand qiyofasi tag‘in miskin tus oldi

Raisning bunday holga tushishining sababi shundaki, o‘g‘li va uning

tug‘ilgan kunini nishonlash uchun yig‘ilgan barcha bolalar burgutning
ozod bo‘lishini istaydilar. Biroq ko‘rinishidan ma’rifatli, adolatparvar
tuyulgan bu odam mazkur masalada butunlay boshqacha qarashda ekanligi
ma’lum bo‘ladi. Uning fikricha, “rahmdillik – yaxshi narsa. Sizlarning
yoshlaringda bo‘lganimda, men ham shu fikrni aytgan bo‘lardim, ehtimol”
(23-bet). Uning miyig‘ida kulishi mana shu aytgan so‘zlari orqali
izohlanadi. Rais bolalarning burgutga xayrixohligini “bolalarcha adashish”
deb o‘ylayapti. Shu boisdan u yosh avlod vakillariga shunday nasihat
qiladi: “Biroq, yigitchalar, bilib qo‘yinglarki, bizning falsafamizda hamma
narsa Inson uchun deyiladi. Tabiat ham, gullar ham, mana shu burgut kabi
qushlar ham... Ulardan zavqlanishimiz lozim. Ana shuning uchun bizda
zooparklar bor, qo‘riqxonalar bor” (23-bet). Rais “bizning falsafamiz”
deganda, sovet mafkurasini nazarda tutyapti. Chindan ham bu ta’limot
tabiatni bo‘ysuntirishni izchil targ‘ib qilgan edi. Natijada sobiq Ittifoqda
ulkan ekologik halokatlar yuzaga kelib, tabiat olamiga qiron keltirilgan.
Mazkur personajning sirtdan beozor, jo‘yali ko‘ringan bunday
mulohazalari oqibatda yomonlikka olib kelishi keyinroq ma’lum bo‘ladi.


background image

78

Burgut bandilikdan bo‘shatilmaydi va asar oxiriga borib asirlikka qarshi
isyon ko‘taradi hamda fojiali o‘lim topadi. Bu dahshatli fojiaga o‘sha
mash’um davrning soxta aqidalari va bunday asossiz qarashlarga amal
qilgan rais singari kimsalarning xatti-harakatlari sabab bo‘ladi.

Burgutning taqdiri bo‘yicha bahs-munozaralar asar syujet tizimidagi

obrazlar orasida ham zidlik (kontrast) mavjudligini ko‘rsatadi.
Obrazlararo bunday qarama-qarshilikni quyidagi chizmada ko‘rsatishga
harakat qilamiz:

Rais (ota) Yo‘ldosh (o‘g‘il) va uning tengqurlari
Ota va o‘g‘il orasidagi bunday ziddiyat muallifning falsafiy-estetik

ideali bilan bog‘liq. O‘sha zamonda yashab ijod etgan yozuvchi “otalar”,
ya’ni o‘sha zamon mafkurasi mahsullarining tabiatga bo‘lgan ayovsiz
xurujlarining guvohi bo‘lgan. Bunday shafqatsiz munosabat oxir-oqibat
insoniyatga juda katta falokatlar olib kelishini yaxshi tushungan. Biroq, u
zamonlarda ona tabiatni asrab-avaylash xususidagi da’vat va qarshiliklar
e’tibor topmagan. Chunki Rais mansub bo‘lgan boshqaruv tizimi qudratli
edi. Ana shunday paytda adib o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan yangi avlodga
umid va ishonch ko‘zi bilan qaraydi, bir kun kelib, mana shu avlod tabiat
muhofizlari bo‘lishiga ishonadi.

Yozuvchi Shukur Xolmirzayev ijodi, ayniqsa, hikoyalarida tabiat va

uning muhofazasi asosiy o‘rinda turadi.Uning “Kulgan bilan kuldirgan”,
“Jarga uchgan odam”, “Ozodlik” singari o‘nlab asarlari bu fikrga dalil
bo‘la oladi. Adabiyotda mazkur qalam sohibini o‘ziga ustoz sanagan,
undan badiiy mahorat sirlari, realistik tasvir usullarini o‘rgangan Erkin
A’zam o‘zining “Yozuvchi” hikoyasini ustozi xotirasiga bag‘ishlagan.
Ushbu badiiyat namunasida ham insonning tabiatga bo‘lgan samimiy va
beqiyos mehr-muhabbati o‘z ifodasini topgan. Bu qarash isbotini mazkur
asar epigrafida ham aniq ko‘rish mumkin: “Shukur Xolmirzayev ham
bog‘ini

yaxshi

ko‘rardi...

Ushbu

kamtarona

mashqimni

hikoyachiligimizning piri – rahmatli Shukur aka xotirasiga bag‘ishladim.
Rozi bo‘lsin”.

61

Mazkur hikoyada muallif boshqa bir qancha badiiy tasvir vositalari

qatori kontrastdan ham ancha samarali hamda badiiy konsepsiya

61

https://aks-sado.livejournal.com/4106.htm.


background image

79

talablariga muvofiq foydalanganini ko‘ramiz.

Asarning muqaddimasidayoq roviy nutqida bosh qahramon

(yozuvchi)ga berilgan baho-tavsifda kontrast usuli qo‘llanilgan:

“U o‘rtamiyona yozuvchi edi”. Bu , roviyning e’tiroficha, “

har baloni

o‘qiyverib, osmonga sapchiydigan bo‘lib qolgan bizga o‘xshash
“dono”larning fikri”. Uning o‘z davrida qadr va e’tirof topmagani matnda
quyidagicha izohlanadi: “umr bo‘yi biror mansab-martabani ko‘rmagani
uchunmi, yo o‘zi ham o‘lgudek tortinchoq, xokisorligi sababmi, “katta”
adabiyot vakillari orasida kiroyi salmog‘i yo‘q, bizga o‘xshaganlar-ku
odam hisobiga qo‘shmaydigan kampisand qalamkash edi”

62

.

Mazkur mulohazalardan keyin bunday qarashlarni butkul inkor

etadigan boshqacha nuqtayi nazarlar bayon etiladi:

“ Ammo, o‘rinsiz andishani chetga qo‘yib gapirganda, u maydonda

ot surib yurgan dongdor otaxon-u akaxonlarning ko‘pchiligiga nisbatan asl
adabiyotga yaqinroq, hatto uning sodiq fuqarosi edi. Darvoqe, fuqarosigina
emas, jafokash mardikori ham ediki, bu xususda mavridi kelganda
so‘zlanar. U yolg‘on yozishni bilmasdi, chunki uydirma to‘qish qo‘lidan
kelmasdi. Sirasi – u yozadigan narsalarga g‘irromlik aralashtirib bo‘lmas,
bunga zarurat ham yo‘q edi”.

63

Badiiy matnlar tarkibidagi kontrastlarni tadqiq etish ularning

quyidagi turlari mavjudligini ko‘rsatadi:

1) zid ma’noli ikki so‘z yordamida yuzaga kelgan zidlik;
2) bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki fikr asosida yaratilgan

kontrast.

Bulardan tashqari, qarshilantirishning yana bir alohida ko‘rinishi

borki, matn doirasi aytilgan fikrning ziddi mana shu matnda bayon
etilmaydi, Biroq mana shunday zidlikning mavjudligi kontekstda
angashiladi.

Biz tahlil etayotgan badiiy parchada ifoda etilgan kontrast tasnifdagi

ikkinchi guruhga mansub. Unda bir-birini inkor etuvchi ikki fikr aytilgan
va shu asosda mazkur badiiy san’at hosil qilingan.

Hikoyadan olingan quyidagi parchada ham kontrast mavjud:

62

https://aks-sado.livejournal.com/4106.htm

63

Шу манба.


background image

80

“Qarang, mash’al rais bo‘laturib, shu odam ham dardi bedavoga

yo‘liqibdi – yozar ekan! Yozmasa turolmas ekan!”

Ushbu zidlikning chizmadagi ifodasi:

Mashhur rais

“yozar ekan” (ijodkor ma’nosida)

Aslida mantiqan olib qaraganda, dongdor rahbar va ijodiy ish orasida

hech qanday ziddiyat yo‘q. Taniqli rahbarlar, hatto hukmdorlarning atoqli
qalam sohibi bo‘lganiga tarix guvohlik beradi. Bunday qarama-qarshilik
roviyning nutq uslubi vositasida matn doirasida yuzaga kelyapti. Shu
boisdan bu misolni kontrastning alohida shakli sifatida qabul qilamiz.

Mashhur raisning badiiy ijod qilishga urinishi, vaqt ajratib qog‘oz

qoralashi asarda badiiy ifoda topgan zamonda ancha keng tarqalgan bir
illat – ba’zi bir arboblarning rahbarlikka qanoat qilmay, iste’dodi
bo‘lmasa-da, asar yozib, shuhrat qozonishga urinishlarini ko‘rsatmoqda.

Tekshirishlarimiz Nazar Eshonqul hikoyalarida, xususan, “Xayol

tuzog‘i” kichik epik asarida kontrast badiiy tasvir jarayonida qo‘llanganini
ko‘rsatdi:

“U palla Voqif ehtirosli va ko‘ngli toza yigit edi, tirikchilik uni

chuchmal maqolalar bosiladigan deyarli nufuzi yo‘q ro‘znomaga ishga
kirishga majbur qildi”.

64

Bu so‘z emas, fikr asosida paydo bo‘lgan zidlash bo‘lib, chizmada

quyidagicha ifodalanadi:
Ehtirosli va ko‘ngli toza yigit (Voqif)

chuchmal maqolalar bosiladigan deyarli nufuzi yo‘q ro‘znomaga ishga

kirish

Bu o‘rinda zidlash insonning fe’l-tabiati, didi bilan uning azm-qarori

orasida sodir bo‘lyapti.

Hikoyani o‘qir ekanmiz, kontrastga yana bir misol bo‘ladigan

tasvirni topamiz:

“Men o‘sha daqiqadayoq Voqif faqat o‘zini emas, xasis va ochko‘z

dunyoning bir ilkis tuhfasi bo‘lgan bu go‘zal malakni ham hayotning

64

Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 370.


background image

81

bedarak ko‘chalariga solib ketganini angladim”.

65

Ushbu badiiy parcha kontekstida “xasis va ochko‘z dunyo” uning

tuhfasi bo‘lgan “go‘zal malak”ka qarshi qo‘yilgan.

Mazkur hikoya syujeti modern adabiyot mezonlariga muvofiq

yuzaga keltirilgan. Bosh qahramon (Voqif) noma’lum sababga ko‘ra
g‘oyib bo‘lgan, holbuki, u nihoyatda go‘zal, oqila va vafodor bir qiz
(go‘zal malak) ga uylanish arafasida edi. Voqea tizimidagi mavhumlik va
qahramonning yolg‘izligi, vahm olamida yashashi, ruhiyatidagi depressiya
kabilar hikoyaning modernistik nasr namunalari bilan aloqadorligini
ko‘rsatadi. Ushbu parchadagi kontrast ham asar matnining “zamonaviy
san’at”ga daxldorligini ifoda etadi:

“Men Robiyaga qaradim. U jimgina yig‘lardi; ilohiylik barq urib

turgan go‘zal suratni qandaydir jazavali uquvsiz rassom beshafqatlarcha
bo‘yab tashlaganday, ko‘z yoshlari uning sahar osmonidek tiniq yuzini
bahor jalasi yanglig‘ qoplab olgan edi”.

66

Bu misolda kontrastning

murakkab bir shakli istifoda qilingan. Bu tasvirni chizmada quyidagicha
ifodalash mumkin:

Ilohiylik barq urgan go‘zal surat uquvsiz rassom bo‘yab

tashlashi

Sahar osmonidek tiniq yuzi bahor jalasi yanglig‘ qoplab

olgan edi

Ko‘rinyaptiki, muallif kontrastning qatma-qat (murakkablashgan)

turini qo‘llash orqali personaj (Robiya) ga xos ilohiy go‘zallikka soya
tashlab turgan hijron iztirobini juda ta’sirli tarzda ifodalashga muvaffaq
bo‘lgan.

Modernizm inson ruhiyatining juda chigal va bepoyon kengliklarini

tasvirlashda ulkan imkoniyatga ega. Mana shunday jarayonda unga
kontrast usuli qo‘l kelishini tadqiq davomida kuzatdik. Bu qarashimizni
mana bu badiiy parcha orqali isbotlashga harakat qilamiz:

“Bugun ezilib yomg‘ir yog‘di. Menga yomg‘ir juda ham yoqadi.

Rutubat yelkamni sirqiratib og‘ritsa ham, ishdan yayov qaytdim”.

67

Ushbu

65

Назар Эшонқул. Шу китоб. – Б. 372.

66

Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 372.

67

Назар Эшонқул. Шу китоб. – Б. 373.


background image

82

matniy bo‘lakda rutubatning qahramon yelkasini sirqiratib og‘ritishi
ishdan yayov qaytishga zid qo‘yilgan. Yuqorida keltirilgan bo‘lakda
Voqifning yomg‘irli kunda uyiga piyoda qaytishi izohldangan: u yomg‘irni
yaxshi ko‘rar ekan. Lekin badiiy matn bu obrazning rutubatda yayov
yurishiga boshqa sabab borligidan darak beryapti.Gap shundaki,
qahramonda “ta’qib vasvasasi”(shizofreniya) boshlangan. U tasavvurida
shahar o‘rtasida ulkan va mahobatli binoni ko‘radi. Birinchi kun bu imorat
unda qiziqish va hayrat uyg‘otadi. Ikkinchi kunda esa ushbu joy unda
vahm uyg‘otadi: “Binoning darvozasi lang ochiq turar, momoqaldiroq
guldiraganida bino juda vahimali tusga kirardi. Balkim shaharga vahm
bag‘ishlab turish uchun bu binoni ataylab qurishgandir?! Uning
ulkanligiga qarab turib odam beixtiyor shunday xayolga boradi. U
ko‘rinishidan uxlab yotgan bahaybat maxluqqa o‘xshaydi”.

68

Ta’qib vahimasi bilan kasallangan odam hamma narsaga shubha

bilan qaraydi. Uning xayolida barcha kishilar unga qasd qilayotgandek
yoki qamoqqa olib ketayotgandek tuyuladi. Doimiy qo‘rquv va vahima
ichida yashaydi. Dastlabki paytlarda o‘z kasalligini yashira olsa ham,
keyinchalik vahima avj olgach, o‘zini oshkor qilib qo‘yadi. Odamlar uning
aqldan ozganini tushunib etadilar. Buyuk hikoyanavis A.P. Chexovning
“Oltinchi palata” va “Qora rohib” asarlarida ana shunday bemorlarning
ruhiy holatlari chuqur dalillangan holda tasvirlangan.

A.P. Chexovning yuqorida nomlari qayd etilgan hikoyalarida

qahramonlar ruhiyatida paydo bo‘lgan “vahima kasalligi” manbayi zulm
va zo‘ravonlikka asoslangan monarxistik tuzum ekanligi ramziy tarzda
ko‘rsatilgan. Chor hukumatining merosxo‘ri va davomchisi hisoblangan
sovet davlatida xalq jabr, istibdoddan xalos bo‘la olmadi. Aksincha,
ijtimoiy adolatsizliklar yanada kuchaydi. Bu esa shu jamiyatda
yashovchilar yuragida umidsizlik va qo‘rquv tuyg‘ularining oshishiga
sabab bo‘lgan, bu mash’um zamonda shizofreniya bilan xastalangan
bemorlar soni ancha oshganligi haqida statistik ma’lumotlar mavjud.
“Xayol tuzog‘i” hikoyasidagi Voqif va uning sevgilisi Robiya fojiasi ana
shunday yovuz tuzum siyosatining oqibati sifatida ko‘rsatilgan.

68

Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 373.


background image

83

Tashbeh san’ati.

Bu nafaqat Sharq, keng miqyosda olib qaralganda,

jahon so‘z san’atida eng ko‘p ishlatiladigan tasvir vositasi bo‘lib
hisoblanadi. Mumtoz so‘z san’atida badiiy ifoda go‘zalligini yuzaga
keltirishga xizmat qiladigan yuzlab badiiy san’atlar bo‘lgan. Yangi
madaniy-adabiy davrga kelib, ularning ko‘plari poetik iste’moldan chiqdi,
deyarli yoxud butunlay qo‘llanilmay qoldi. Ammo eng faol tasviriy
vositalardan biri bo‘lgan tashbeh ham she’riy, ham nasriy badiiyat
namunalarida hanuzgacha samarali ishlatib kelinmoqda. Biz ana shu fikrni
yana bir bor tekshirib-aniqlab ko‘rib uchun tadqiq obyektidagi ayrim
asarlarga murojaat qilamiz.

Shukur Xolmirzayevning “O‘zbek bobo” asari 2002-2003-yillar

oralig‘ida yozilgan. Avval aytganimizdek, u adibning hikoyalari orasidan
hajm jihatdan eng kattasi (ikki yuz betga yaqin) sanaladi.

Tashbeh aslida romantizm adabiyoti farzandi, shu metod doirasida

yuzaga kelib, o‘z kamolotining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan, Buyuk
romantiklar, xususan, Alisher Navoiy ijodida uning yuzlab ajoyib
namunalari uchraydi. Shukur Xolmirzayev esa avval aytib o‘tilganidek,
izchil realistik oqim namoyandasi. Bu yo‘nalish hayotni imkoni boricha
asliga muvofiq tasvirlashga harakat etganidan, unda badiiy tasvir
vositalaridan cheklangan holda foydalaniladi. Bunday xususiyatni
yozuvchining biz tahlil etayotgan hikoyasida ham ko‘rsa bo‘ladi.

“Qismatillo endi oshkor yig‘lamsirab cholga burildi.
-Men, men qornimga emas, qadrimga yig‘layman... Qandaydir

dorning ostidan qochganlar...kimsan tijoratchi bo‘lib ketdi. O‘zi –
olibsotar...Ular bo‘lsa zanjirini uzgan qutirma itdek hamma yoqqa
tashlanib...” (204-bet).

Ushbu hikoyaning asosiy qahramoni Qismatullo murakkab xarakterli

inson sifatida tasvirlangan. U ushbu asar personajlaridan biri bo‘lgan
tuman hokimi aytganidek, “Mustaqillik uchun o‘ziga yarasha
kurashganlardan biri. Qadriga yetaylik”. Ma’lum bo‘ladiki, u eski tuzum
tanazzuli arafasida ozmi-ko‘pmi el-yurt erki uchun harakat qilib
ko‘pchilikning nazariga tushgan. Yuqorida keltirilgan ko‘chirmadagi
“o‘ziga yarasha kurashgan” jumlasi bu odamning Mustaqillik uchun fido
bo‘lish darajasida harakat qilmaganidan dalolat beradi. Mamlakat


background image

84

ozodlikka erishgach, Qismatulloning iqtisodiy sharoiti ancha og‘irlashadi.
Bunday ahvolga tushishiga bir tarafdan o‘sha yillardagi obyektiv shart-
sharoitlar sabab bo‘lgan esa, boshqa tarafdan uning dangasaligi, birovlar
hisobidan yashashga o‘rganganligi ko‘ngildagiday hayot kechirishiga
monelik qilgan. Tabiiyki, u o‘zining nochor ahvolga tushishiga
olibsotarlarni aybdor deb biladi. Shu boisdan savdo ahlini alamzadalik
bilan “zanjirini uzgan qutirma itga” mengzaydi. Ma’lumki, o‘tgan asrning
to‘qsoninchi yillarida tovlamachilik, aldov yo‘li bilan boyib, xalqqa
bepisandlik bilan qarovchi olibsotar tujjorlar ham ancha-muncha bo‘lgan.
Ammo asar qahramonining nochor holiga ko‘proq uning o‘z fe’li,
boqimanda kayfiyati bois ekanini aytish kerak. Hikoya boshidagi tasvirlar,
muloqot-suhbatlarda bu obraz ko‘proq ayyor, birovlardan foydalanib, o‘z
ishini yo‘lga qo‘yuvchi odam tarzida namoyon bo‘ladi. Binobarin, matniy
bo‘lakda qo‘llangan tashbeh bu insonning qalbidagi alamzadalikni
ko‘rsatish bilan bir qatorda uning ruhiy holatidagi ziddiyatlarni,
tamagirlikka moyilligini ko‘rsatadi.

Qismatulloning oilasi tog‘ning tepa qismidagi toshlar orasida

yashaydi. U kenagas urug‘idan. Amir Nasrullo o‘z davrida bu urug‘ning
isyonlarga moyilligi, erksevarligi uchun qirib tashlashga uringani ma’lum.
Shunda ularning bir qismi qatag‘ondan qochib, yov oyog‘i yetishi qiyin
qoyalar ostiga makon quradilar. Bu joyda ekin unmaydi, odamlar tor-u
tang joyda tirikchilik o‘tkazadilar. So‘nggi yillarda kenagaslar bu joydan
pastga ko‘chadilar. Biroq Qismatullo yalqovlik bois bu joyda yashab
qolaveradi. Hikoya personajlaridan bo‘lgan Roziq o‘g‘ri bu haqda polvon
otaga shunday deydi:

“Gap shundan iboratki, birodar, shugina yetimcha jo‘jalari bilan tog‘

bag‘ridagi vayronalarda boyqushga o‘xshab yashab yuripti...” (220-bet).

Mazkur gapdagi o‘xshatishda tashlandiq qishloqda oilasi bilan

yashab qolgan Qismatullo boyqushga qiyoslangan. Ma’lumki, o‘ziga xos
fe’l-tabiatga ega boyqush xaroba joylarni makon qiladi. Buning sababi
shundaki, bunday joylarda u iste’mol qiladigan sichqon, kalamush kabi
zararkunandalar ko‘p bo‘ladi. Shunday qilib, tashbehda hamqishloqlaridan
ajralib, tashlandiq joyda yashayotgan personajning ahvoli boyqushnikiga
o‘hshatilyapti. Shu bilan birga, matn podtekstida uning fe’l-atvorida


background image

85

yoqimsiz jihatlar (tamagirlik, makkorlik, ishyoqmaslik kabi) bo‘lgani
sababli xalqimiz yoqtirmaydigan qushga o‘xshatilgan.

Shunday salbiy ruhga ega bo‘lgan tashbeh Roziq o‘g‘riga nisbatan

ham qo‘llangan. Bu personaj yomonlikni, ya’ni o‘g‘rilikni kasb qilib, xalq
orasida “o‘g‘ri” laqabiga loyiq ko‘rilgan bir kimsa. Yoshligida
qulfbuzarlik, tomtesharlik bilan mashg‘ul bo‘lib, odamlar nazaridan
qolgan. Keksaygach, bu “kasbini qilmasa ham, uyida spirtli ichimliklar
tayyorlab, ichkilikka o‘ch hamqishloqlariga pullaydi. Turqi sovuq,
hasadgo‘y kimsa. Asarda u insoniy fazilatlardan mahrum kishi sifatida
ko‘rsatilgan. Yomonlikka ruju qo‘ygani sabab halol, mehnatkash,
bag‘rikeng Amirqul polvonni yomon ko‘radi. Imkon topdi deguncha, unga
biror zarar yetkazishga urinadi.

Biz ishning birinchi bobida Shukur Xolmirzayevning obyektiv tasvir

usuliga rioya qilishi, ya’ni o‘z qahramon, personajlarini qanday bo‘lsa,
shundaylicha tasvirlab, ularga ochiq-oydin baho berishdan saqlangani,
bunday hukmni kitobxonlar zimmasiga havola etganligi xususida yozgan
edik. Biroq Roziq o‘g‘ri axloq, diyonatli xalqqa shu qadar yot bo‘lgan
odamki, shu sababdan adib uning harakat va gap-so‘zlarini badiiy matnda
ifodalar ekan, unga bo‘lgan noxush munosabatini yashira olmagan. Bu fikr
isboti quyida berilgan parchada o‘z aksini topgan:

“...devor boshida Roziq o‘g‘rining kuzalmagan soqolli yuzi va sallali

kallasini ko‘rishdi. U qiyshayib, gijinglab turardi go‘yo” (222-bet).

Parchada ifoda qilingan “kuzalmagan soqolli yuz” va “sallali kalla”

personajga bo‘lgan salbiy qarashni ochiq-oydin ko‘rsatmoqda. Shu bilan
birga, uning insonga xos bo‘lmagan go‘yo “qiyshayib, gijinglab tur”ishi
hayvonga mos xatti-harakatni ifodalaydi. Ko‘rinyaptiki, adib muxtasar
tasvir o‘rinli keltirilgan tashbeh orqali personajdagi g‘ayriinsoniylikni
obrazli berishga erisha olgan.

Hikoya matnidagi asosiy personajlardan biri – O‘zbek bobo

xarakterining o‘ziga xosligini ko‘rsatishga xizmat qilgan quyidagi
tashbehning ham asar syujeti rivoji, badiiy konsepsiyasida alohida
ahamiyati bor:


background image

86

“Amirqul polvon choponi etaklarini qoqib tashlab, yo‘lkaga yo‘nalar

ekan, beixtiyor atroflarga o‘tkir-o‘tkir ko‘z solar, nimalarnidir eslamoqchi
bo‘lardi

...O‘sha tarafdagi hali ship-shiydam bo‘lib turgan tikanli na’matak

butalarini baayni yorib o‘tdi (qancha tikanlar qadaldi, o‘ngiridan tortdi:
chol iziga qaytmas qobondek edi)” (210-bet).

Amirqul polvon (O‘zbek bobo) – hikoyadagi ijobiy fazilatlarga,

insoniy e’tiqodga ega bo‘lgan shaxs. U roviy tomonidan yuqorida
keltirilgan parchada iziga qaytmas qobonga o‘xshatilyapti. Milliy
mentalitetimizda cho‘chqa, qobon, megajin kabi mazkur hayvonga
aloqador bo‘lgan so‘zlar negativ (salbiy) ma’nolarda qo‘llaniladi. Lekin bu
o‘rinda qo‘llangan tashbehda noxayrixohlik ottenkasi mavjud emas. Gap
shundaki, ko‘pchilikda noxush taassurot qoldiradigan qobonda odam
bolasi e’tiborga olishi mumkin bo‘lgan durust bir xususiyat bor. U biror
mo‘ljalni ko‘zlasa, qanday xavf-xatar bo‘lishidan qat’iy nazar hech qachon
orqaga qaytmas ekan. Tashbehda qahramondagi ana shunday fazilat –
so‘ziga sodiqlik, ahdidan, va’dasidan qaytmaslik jihati bor. Shunday
tabiati tufayli, jamiyatda, o‘z muhitida katta obro‘-e’tiborga ega.
Yozuvchining mahorati, tabiat va hayvonot olamini yaxshi bilishi uning
favqulodda topilma bo‘lgan tashbehni qo‘llashiga sabab bo‘lgan.

Tashbeh ishtirok etgan ushbu badiiy parcha ham O‘zbek bobo tasviri

bilan bog‘liq:

“Chol unga sumrayib qaradi. Yuz ifodasi g‘oyat sovuq edi. Hatto gap

tamom degandek bir qo‘zg‘alib ham qo‘ydi. Keyin o‘sha o‘qlovdek
barmoqlari bilan novda tagini cho‘qilay ketdi”.

69

Badiiy adabiyot namunasida qahramon yoki personaj portretini

tasvirlashning ikki usuli bor:

1)

badiiy matnda, asosan, obraz syujet maydoniga kiritilgan paytda

muallif tomonidan to‘liq portret chiziladi. Bunday badiiy surat batafsil
yoxud muxtasar bo‘lishi ijodkorning badiiy-falsafiy niyati, asar
konsepsiyasiga bog‘liq. Buyuk so‘z san’atkori Abdulla Qodiriy o‘zining
umrboqiy romanlarida portretning ana shunday shaklidan foydalangan;

69

Шукур Холмирзаев. Сайланма. 3-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2006. - Б. 214.


background image

87

2)

asarda bir o‘rinda portret to‘la berilmaydi, tasvir vaziyatidan kelib

chiqib butun asar davomida bir yoki bir necha o‘rinda portretning ba’zi
qismi yoxud bir necha juzvi tasvirlanadi. Ulug‘ adib Abdulla Qahhor
ko‘pincha shunday badiiy usulni qo‘llagan. Uning “Sinchalak” qissasidagi
bosh qahramon bo‘lgan Saida portreti asarning biror joyida ham to‘liq
berilmagan. Biroq bu obraz portretining ayrim chizgilariyoq Saidaning
nafaqat ma’naviy-axloqiy, shuningdek, zohiriy jihatdan go‘zal qiz
bo‘lganini ifodalaydi.

“O‘zbek bobo” hikoyasida portretning tasnifda keltirilgan ikkinchi

shakli istifoda etilgan, ya’ni muallif ayrim chizgilar orqali qahramonning
zohiriy ichki suvratini chizish yo‘lidan borgan. Yuqorida keltirilgan
parchadagi tashbehda boboning barmoqlari o‘qlovga qiyos etilmoqda. Biz
oldinroq Shukur Xolmirzayev “shafqatsiz realizm” adabiyoti vakili sifatida
romantik tasvirlar, ayniqsa, mubolag‘aga moyil emasligini aytib o‘tgan
edik. Demak, bu qahramonning barmoqlari o‘qlov kabi ekan, u bahaybat
va qudratga ega bo‘lgan insondir. Asarning boshqa bir o‘rnida mazkur
tasvirdagi qiyosni tasdiqlovchi yana bir tashbeh qo‘llanilgan:

“Amirqul polvon ana shu terak tagiga yetganda, peshonasi tirishdi va

ketmon peshidek kaftini daraxt tanasiga bosib xiyol itargandi, bahaybat
terak bemalol qimirladi” (201-bet). Ushbu matniy bo‘lakdagi o‘xshatishda
cholning kafti ketmon peshiga qiyoslangan.

Tashbeh yordamida ifodalangan badiiy tasvirlarda bu obrazning

nafaqat gavda va uning a’zolari jihatidan ulkanligiga, shuningdek, uning
jismoniy quvvatining balandligiga asosiy e’tibor qaratilgan. Tabiiyki,
bunday ifodalar, aytilganidek, ijodkorning ma’lum bir badiiy
konsepsiyasidan kelib chiqqan. Asarda asli ismi Amirqul, ammo
yurtdoshlar iomonidan O‘zbek bobo deb ataladigan cholning to‘qson ikki
turkiy urug‘lar orasida baland mavqega ega qo‘ng‘irot elatiga mansubligi
aytiladi. Bu haqda Qismatullo shunday deydi: “Urug‘-urug‘ – sizning
qo‘ng‘irot ekan. Bag‘ri keng. Bekorga aytmas ekan ukkag‘ar otam:
“Qo‘ng‘irot – o‘zbekning beli... unga yaqin yurgan odam kam bo‘lmaydi”
(207-208-betlar).

Ma’lumki turkiy ellarning durdona eposi – “Alpomish”ning

qahramonlari, shu jumladan, Hakimbek ana shu nufuzli urug‘dan. Bu


background image

88

urug‘ga mansub oiladan Dobonbiy, Alpinbiy, nihoyat, Alpomish yetishib
chiqqan.

Shukur Xolmirzayev hikoya qahramoni portretini qiyoslar vositasida

alpmonand tasvirlar ekan, turkiylar qonida mana shunday pahlavonlar geni
mavjudligi va bu gen turli zamonlarda o‘zini ko‘rsatishga qodirligiga
ishora qilgan.

Nazar Eshonqulning “Ozod qushlar” hikoyasini tashbeh san’ati

qo‘llanishi bo‘yicha tekshirganimizda, uning matnida mazkur tasviriy
vositaning adad nuqtayi nazaridan ancha ko‘p va samarali qo‘llanganini
aniqladik. Bu hodisa bir tarafdan yozuvchining uslubi bilan, ikkinchi
tarafdan muayyan bir ijodiy metod (romantizm, realizm, modernizm)ning
u yoki bu tasvir vositalariga munosabati bilan izohlanadi.

“Ozod qushlar”da reallikka yot bo‘lgan, tush singari qabul

qilinadigan g‘ayrioddiy voqea bayon qilingan. Bu asarda qahramon nomi
ma’lum etilmagan. Roviy unga “sen” deb murojaat qiladi va uning
hayotidan favqulodda bir hodisani aytib beradi.

Syujet bayonidan ma’lum bo‘ladiki, ismi noma’lum bo‘lgan bu inson

bir xonadonda yolg‘iz yashaydi. Kunlardan bir kun ishdan yayov
qaytayotganda, yo‘lda “haddan tashqari go‘zal bir ayol”ga duch kelib, u
bilan suhbatga kirishadi. Ikkovlari gaplasha turib, yigit istiqomat qiladigan
uyga kelib qolishadi. Ma’lum bo‘ladiki, aynan shu xonadonda mana shu
suluv ayol istiqomat qilar ekan. Uyga kirgach, ular orasida bahs-munozara
bo‘ladi. Hujjatlarni tekshirishgach, aniq bo‘ladiki, bu joy ayol va uning
eriga tegishli ekan. Uy xo‘jaligi bo‘limi ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Yigitning ismi-sharifi birorta rasmiy hujjatda ham qayd etilmagani ma’lum
bo‘ladi. Shunday qilib, u boshpanasiz qolib vokzal, yer osti yo‘llarida
tunab yuruvchi daydiga aylanadi. Ertaksimon, tushga o‘xshab ketadigan
bunday hodisot modernizm syujet tizimlariga xos bo‘lib, realizmga oid
matnlarda uchramaydi.

Hikoyaning muqaddimasidayoq asar qahramonining yakka-yolg‘iz

yashashi, bu esa uning hayotiga keyingi darbadarlikka bois bo‘lishiga
ishora qilingan. Bu ishora quyidagi o‘xshatish orqali kuchaytirilgan:


background image

89

“Holdan toyib ishdan qaytar ekansan, kichkanagina mo‘jaz uyingda ,

to‘shakka cho‘zilguncha,

yolg‘izlik saltanatiday ko‘rimsiz, huvillagan

xona

ngda qandaydir mo‘jiza ro‘y berishini kutib yasharding”.

70

Mazkur parchadagi tashbehda qahramonning “ko‘rimsiz, huvillagan

xonasi” “yolg‘izlik saltanati”ga qiyoslanmoqda. Bu tasvirdan ma’lum
bo‘ladiki, yigit yakkalikda yashashidan rozi emas. U yaxshiroq hayotni
orzu qiladi. Roviy esa unga xitob qiladi: “Sen mo‘jizasiz ham baxtli eding.
Yer yuzidagi millionlarcha odamlardek osoyishta hayot kechirarding”.

71

Ko‘p o‘tmay o‘sha kutilgan “mo‘jiza” ro‘y beradi. Ammo u kutilgan
“go‘zal qiz” yoxud “lotoreya yutug‘i” bo‘lmay, xonasiga to‘satdan bostirib
kelgan butun hayotini ostin-ustun qilib yuborgan”

72

fojiaviy voqea edi.

Hikoyani mutolaa etish shuni ko‘rsatadiki, muallif bu asarda ketma-

ket yoki biroz pauzadan keyin davom etuvchi “tashbehlar zanjiri”dan
foydalangan.

“Ko‘chadan bo‘lajak ayoz kunlarning elchilariday izg‘irin izg‘ib

yurar, sening yonoqlaringni, burunlaringni chimchilab o‘tardi” (386-387-
betlar). Bu tasvir qahramonning osoyishta hayoti tugab, uysizlik, daydilik
davri boshlanadigan kunga tegishli. Shu boisdan ushbu matniy bo‘lak ham,
undagi tashbeh ham ramziylashgan holda bechora yigitni oldinga kutib
turgan kutilmagan sinovni ifoda etgan. Shu sababdan “bo‘lajak ayoz
kunlarning elchilariday” o‘xshatishi asl holida yaqinda boshlanadigan qish
faslini, ko‘chma-konnotativ tarzda esa qahramonning kelgusi hayotidagi
qiyinchiliklarni anglatmoqda.

Quyida keltiriladigan tasvirda esa to‘rtta tashbeh ketma-ket qo‘llanib,

yigitga yo‘lida uchragan dilbar xotinning kishini hayratga solarli
go‘zalligini badiiy ifoda qilishga qaratilgan:

“Ayol senga bir qaradi-yu, indamay ketaverdi. Uning ko‘zlari go‘zal,

joduli edi. Yelkasiga yoyilgan

sochlari xuddi qoyadan to‘kilayotgan

selday

selkillab turardi. Ayol seni batamom maftun qilib qo‘ygan edi.

Izg‘irin esa senga rashki kelganday yuzlaringni tinmay chimchilar

,

ayolning esa oppoq tizzalarini ko‘z-ko‘z qilish uchun etaklarini ochib
yuborardi. Ayol senga qaramay, darhol etaklarini yopar, sen uning

70

Назар Эшонқул. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б. 386

71

Назар Эшонқул. Ўша асар. – Б. 386.

72

Назар Эшонқул. Ўша асар. – Б. 386.


background image

90

endigina oqarib kelayotgan tong shafag‘iday bilinar-bilinmas qizarib
ketgan

ini ko‘rib qolarding. Ayolning lablari izg‘iringa jahl qilib titrab

ketar ekan, negadir bu senga xush yoqardi,

ayol senga osmondan

yuborilgan tuhfaday

, beixtiyor zavqing kelib, jilmayib qo‘yarding”.

73

Badiiy matnning yuqorida keltirilgan bo‘lagida ayol tasviriga alohida

e’tibor berilgani, uni tavsiflash uchun ketma-ket kelgan uchta tashbeh
qo‘llangani bejiz emas. Birinchi o‘xshatishda bu tengsiz dilbarning
sochlari qoyadan to‘kilayolgan selga monandligi aytilgan. Lirik poeziyada
bunday qiyosda mahbubaning kokillari shalola yoxud sharsharaga
o‘xshashligi asosida tashbehlar yaratilgan. Bularning hammasi, hikoyada
qo‘llangani ham ayol latofatini ta’kidlash maqsadida qo‘llanilgan. Chunki
Sharq poeziyasida sanamlar sochlarining uzunligi, qalinligi va rangiga
chiroyning asosiy alomatlari sifatida qaralgan. Ikkinchi qiyoslashda esa
izg‘irinning ayol yuzlarini chimchilashi uning sevikli yorini rashk
qilayotgan insonga o‘xshashligi ko‘rsatilgan. Bu o‘rinda birato‘la
jonlantirishning tashxis san’ati ham yuzaga kelgan. Uchinchi- oxirgi
misolda ayolning shamol ko‘ylagi etaklarini ko‘tarib ochib yuborgani
sabab endigina oqarib kelayotgan tong shafag‘i yanglig‘ qizarishi
ifodalangan. So‘nggi tashbehda bu sohibjamol xilqat osmondan yuborilgan
tuhfaga tenglashtiriladi. Ko‘rinyaptiki, barcha o‘xshatishlar ayolga xos
jamiyki zohiriy alomatlar ijobiy holda ifodalangan. Faqat birinchi
tasvirdan oldin keltirilgan sintaktik birlikda uning ko‘zlari joduli ekani
aytilgan. Milliy mentalitet, undan kelib chiqish o‘zaro muloqot, badiiy
yaratmalarda “jodu” va bu lisoniy birlikdan yasalgan so‘zlar ko‘pincha
salbiy ma’noda qo‘llaniladi: jodugar, jodu qilibdi singari. Xalq orasida
yurgan gap-so‘zlarda ayrim yosh yigitlarning ovloq joylarda uchragan pari
yoki go‘zal qiz qiyofasidagi jinlarning sehr-jodusi tufayli aqldan ozib,
devona bo‘lib qolganlari aytiladi. Shu kabi ma’lumotlarga asoslanib aytish
mumkinki, hikoya qahramonining go‘zal ayol ko‘rinishidagi maxluqqa
duch kelishi yaxshilikdan darak bermagan. U makkora ayol tomonidan
jodulangani uchun yashab yurgan uy-joyidan mosuvo bo‘ladi, daydilarday
yashay boshlaydi. Bu hikoya badiiy matnning faqat birlamchi talqini,
xolos. Boshqa bir talqinda bu yigitning ruhiy xastalikka uchrab,

73

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nazar-eshonqul/nazar-eshonqul-ozod-qushlar-hikoya.


background image

91

darbadarlikka yuz tutganini ham ko‘rsatish mumkin. Har bir talqin ham bu
asarning matn sifatida ko‘p qatlamli bo‘lib, uni turlicha tushunish va
izohlash imkoniyatini yaratib beradigan badiiy tizim ekanligini ko‘rsatadi.
Lekin hikoyaning keyingi sahifalaridan birida keltirilgan mana bu tashbeh
birinchi talqinning ko‘proq mantiqiy asosga ega ekanligini ko‘rsatadi:

“ Sen hayratdan o‘kirib yuborayozding. Ayol sening uying va sening

otang haqida gapirmoqda edi. Sen mo‘jizaga ishonarding-u, biroq
mo‘jizaning bu tariqa tashrif buyurishini sira ham xayolingga
keltirmaganding.

Mo‘jiza ham xuddi ayollar kabi makkor bo‘lishi

mumkinligini sen hali bilmas eding”

74

Mazkur o‘xshatishni chizmada quyidagicha ko‘rsatamiz:

O‘xshatilgan uzv o‘xshagan uzv o‘xshatish vositalari o‘xshatish
asosi

Mo‘jiza ayol xuddi, kabi makkorlik


To‘liq tashbehlar to‘rt uzvdan tashkil topadi: o‘xshatilgan uzv,

o‘xshagan uzv, o‘xshatish vositalari, o‘xshatish asosi. Ko‘rinyaptiki,
yuqorida biz tanlab olgan o‘xshatishda to‘rtta uzv ham mavjud bo‘lib, ular
tashbeh strukturasini yuzaga keltirgan.

O‘tmish adabiyoti namunalari, jumladan, “Alpomish”eposi, “Ming

bir kecha” kabi nodir badiiyat namunalarida makkora xotinlarning
qilmishlari tasvirlangan. Shu boisdan tajribakor insonlar, birinchi
navbatda, soliha, pokdomon ayollar yovuzlikka moyil bunday zaifa
shaklidagi kimsalarning nayranglaridan ehtiyot bo‘lishni doimo ta’kidlab
kelishgan.

“Ozod qushlar” hikoyasidagi jodugarlarga monand ayol obrazi

modernizm nasrining mumtoz so‘z san’atda ustuvor bo‘lgan romantizm
ijodiy metodi bilan mustahkam aloqa-robitalari mavjudligidan dalolat
berib turibdi.

Tashbeh bo‘yicha kuzatish va izlanishlarimiz zamonaviy o‘zbek

hikoyachiligida bu badiiy tasvir vositasining ancha faol qo‘llanilayotganini
ko‘rsatadi. Hozirgi – so‘nggi davr hikoyachiligi namoyandalari bo‘lgan

74

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nazar-eshonqul/nazar-eshonqul-ozod-qushlar-hikoya.


background image

92

Shukur Xolmirzayevning “O‘zbek bobo” va Nazar Eshonqulning “Ozod
qushlar” hikoyalari tadqiqi shunday umumlashma qarashga kelishimizga
asos bo‘la oladi. Lekin bu o‘rinda aytish lozim, bu badiiy san’at bir
yozuvchining turli asarlarida turlicha adadda bo‘ladi. Shu bilan birga,
ayrim yozuvchilarning hayot va insonni tasvirlash uslubidan kelib chiqib
tashbeh badiiy vositasiga cheklangan holda murojaat etishi mumkin.
Bizning Erkin A’zamning “Yozuvchi” kichik epik asari ustidagi
tekshirishlarimiz shunday fikrga kelishga olib keldi. Aytganimizdek, bu
ijodkorning badiiy mahoratga bog‘liq bo‘lgan nuqsoni bo‘lmay, aksincha,
o‘z ijodida shakllangan individual uslubi natijasi bo‘lib hisoblanadi.
Chunki tarixiy hamda zamonaviy voqelikni badiiy idrok etish va mana
mavjudlik manzaralari matn strukturasida ifodalashning turli-tuman usul,
imkoniyat, vositalari bo‘lib, har bir so‘z san’atkori ulardan o‘z
dunyoqarashi, uslubi, mayl-intilishlaridan kelib chiqib foydalanadi. Xuddi
shu sababga ko‘ra muayyan bir ijodkorning qaysidir tasviriy vositani
istifoda etishi har xil bo‘ladi. Shu bilan birga, yozuvchi ijodiy tadriji
davomida bunday munosabat o‘zgarib ham borishi mumkin bo‘ladi.

§ 3.2. Kichik epik janrga oid lingvopoetik xususiyatlar talqini

Ko‘pincha badiiy asarning tilga oid xususiyatlari lingvistlar

tomonidan o‘rganiladi. Badiiy matn alohida poetik tizim bo‘lganligi
sababli uning strukturasi badiiylik mezon va qonuniyatlari asosida yuzaga
keladi. Shu boisdan badiiy asar tili bir semasiologik tizimdan boshqa bir
semasiologik tizimga o‘tadi. Atoqli strukturalist va semiotik Rolan Bart
buni “ikkinchi semasiologik tizim” deb atagan edi. Bu poetik hududda til
tizimidagi konsept tubdan o‘zgarib, shaklga aylangan bo‘ladi. Mana shu
shakl matn mazmuni bilan to‘yinib, yangi bir konseptni yuzaga keltiradi.
Bu endi, aytilganidek, til qurilmasidagi konsept bo‘lmay, badiiy matn
mohiyatidan kelib chiqadigan va uning ustuvor konsepsiyasini yuzaga
chiqarishga xizmat qiladigan yangi bir konseptdir. Bu o‘ziga xos filologik
hodisani tilshunoslar bilan bir qatorda adabiyotshunoslar ham o‘rganadilar.

Atoqli so‘z san’atkori Konstantin Paustovskiy so‘z va til haqida

“ulkan monografiyalar, eng aniq tadqiqotlar yozilishi kerak” degan fikrni


background image

93

aytgan edi.

75

Badiiy asar tilini maxsus o‘rganib, u haqda nomzodlik

dissertatsiyasini yozgan yozuvchi Pirimqul Qodirov badiiy asar tili “estetik
kategoriya sifatida tahlil qilinishi va asarning boshqa komponentlari bilan
uzviy birlikda tekshirilishi kerak”, - deb hisoblagan. Adib va olimning
fikriga ko‘ra, badiiy asar tilining o‘ziga xos xususiyatlarini lingvistik
terminologiya va qoidalar yordami bilan ochib bo‘lmaydi. Lingvistik tahlil
badiiy asar tilining tilshunoslik fani uchun zarur bo‘lgan tomonlarinigina
ochib beradi. Lekin badiiy asar tili, yuqorida aytganimizdek, adabiy
asarning boshqa barcha komponentlari bilan uzviy birlikda yashaydi.
Shuning

uchun

badiiy

tilning

g‘oyaviy-estetik

xususiyatlarini

adabiyotshunoslik faniga xos metodlar bilan tadqiq etish kerak.

76

Olim va adibning yuqorida keltirilgan mulohazalaridan ma’lum

bo‘ladiki, badiiy matndagi tilga oid jihatlarni mana shu badiiy yaratmadagi
syujet-kompozitsion qurilma, obrazlar tizimi, badiiy asar tarkibida istifoda
etilgan lisoniy va sintaktik birliklar, uslubiy ma’no tashuvchi vositalar
(qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar), eng muhimi, ijod namunasining
yetakchi konsepsiyasi bilan aloqadorlikda o‘rganish va shu asosda
ma’lum bir ilmiy-nazariy xulosalar chiqarish kerak bo‘ladi.

Badiiy asar tilini tadqiq etish jarayonini boshlash oldidan,

avvalambor, quyidagi ikki adabiy-poetik hodisani farqlash lozim:

a) roviy nutqi;
b) asardagi qahramon va personajlar nutqi.
Garchi badiiy matn tarkibiga kiruvchi bu nutqlar bir muallif

tomonidan yaratilsa-da, ular bir-biridan sintaktik qurilishi, lug‘at (so‘z)
tarkibi, ifoda tarzi jihatidan jiddiy farq qiladi. Roviy nutqi nafaqat
personajlar, shuningdek, muallifning mazkur matndan tashqaridagi barcha
nutqlaridan bir talay xususiyatlariga ko‘ra tafovutlarga ega bo‘ladi. Buning
sababi shundaki, har bir badiiy matn o‘z mustaqilligiga ega badiiy maydon
bo‘lib, uning umumiy ruhi, undagi hukmron dunyoqarash nafaqat obrazlar
poetik va g‘oyaviy qurilishi, shu bilan birga, roviy va personajlar nutqiga
o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ularni o‘ziga zarur bo‘lgan va badiiy konsepsiyasini
yuzaga chiqarishga yordam beradigan “til”da gapirish, muloqot etishga

75

О писательском труде .– Москва, 1955. – С. 169.

76

Пиримқул Қодиров. Адабий асарнинг тили. Манба: Адабиёт назарияси. Икки жилдлик. 1-жилд. – Тошкент:

Фан, 1978. – Б.313.


background image

94

majbur qiladi. Bu esa matnning muallif irodasi va shaxsiy nuqtayi
nazarlarga qaram bo‘lmagan alohida adabiy-poetik hodisa ekanligidan
dalolat beradi.

Biz ushbu ishimizning ikkinchi bobidagi ikkinchi faslda roviy

obrazining o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritgan edik. Bu o‘rinda
esa uning badiiy matn tarkibidagi nutqiga xos jihatlar, shu bilan birga,
personajlar nutqiga xos xususiyatlar xususida ham mulohazalarimizni
bayon etamiz

Badiiy asardagi roviy nutqi uning syujet doirasida qanday vazifa

bajarishi, intellektual saviyasi, savodxonlik darajasi, xarakteri, ruhiy
qurilmasi, temperamenti singari jihatlar bilan bog‘liq. Biz bunday fikrni
amalda isbotlab ko‘rsatish uchun dastavval Shukur Xolmirzayevning
“Xorazm, jonginam” hikoyasini mazkur muammo bo‘yicha tahlil qilamiz.

Bu hikoya 1988-yilda yozilgan. Hajmi an’anaviy hikoya darajasida –

to‘qqiz betga yaqin. Asarda roviy sifatida birinchi shaxs – “men” ishtirok
etadi. Lekin bu obraz ko‘pchilik asarlarda ishtirok qiladigan odatdagi
roviylardan farq qiladi. Yozuvchining ayrim asarlaridagi bunday qahramon
qaysi bir xususiyatlari, tafakkuri jihatidan ma’lum darajada muallifni
eslatib turadi. Ularda “men” timsolida ezgulik ideali aks etadi. Voqea-
hodisalar adolat, insof, haqiqat mezonlari asosida ko‘rsatiladi, baholanadi.
Ammo Shukur Xolmirzayev tomonidan yaratilgan ba’zi hikoyalardagi
“men” yaxshilikdan yiroq, odamiylik me’yorlarini nazar-pisand
qilmaydigan mudhish kimsalar tarzida ifodalangan. Biz ushbu ishimizda
adibning “Ustoz” hikoyasida ana shunday obraz qahramon sifatida harakat
etganligi haqida oldingi fasllardan birida fikr yuritgan edik.

“Xorazm, jonginam” asaridagi “men”, ya’ni roviy vazifasini

bajaruvchi obraz o‘zining g‘oyaviy-badiiy qurilmasi, ruhiy olami,
shaxsiyatiga ko‘ra “O‘zbek xarakteri”dagi olijanob xulqli talaba yigit yoki
“Ustoz”dagi munofiq odamlarning mujassami bo‘lgan obrazdan farq
qiladi.

U

dunyoqarashi,

xatti-harakatlari,

hayot

va

insonlarga

munosabatiga ko‘ra “oraliqdagi odam”, ya’ni diyonat va zalolat orasida
turgan, vaziyat taqozosiga ko‘ra u yo bu tomonga og‘ishi mumkin bo‘lgan
kishi tarzida tasvirlangan.


background image

95

Bu qahramonning shaxsi, hayotga qarashlari, saviya va maqsad-

intilishlari o‘z nutqi, suhbatdoshi (u hikoya boshida kitobxonga ma’lum
etilmagan qandaydir bir kishiga “aka” deb murojaat etganicha, boshidan
o‘tgan kechmishini so‘zlab beradi)ga to‘kib solgan sarguzashti bayoni
orqali ko‘rsatilgan.

Roviy tafsilotidan uning xorazmlik ekani anglashiladi. Umuman

olganda, mazkur asar Xorazm, uning tarixi, buguni hamda ulug‘ligi va
fojiasi haqida.

Tajribasiz yoki iqtidori zaif qalamkashlar biror-bir hudud haqida asar

yozadigan bo‘lishsa, unda “mahalliy kolorit”ni berish maqsadida sheva
so‘zlarini haddan ziyod qo‘llaydilar. Xususan, personajlar, ayrim paytlarda
muallif (roviy) bayonida ham sheva so‘zlari ketma-ket kelaveradi. Bu,
albatta, to‘g‘ri yo‘l emas. Birinchidan, adabiy til me’yorlari buziladi,
ikkinchidan esa kitobxonning bunday asarni tushunishi qiyin bo‘lib qoladi.
Shu boisdan ulkan ijodkorlar, xususan, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid
Cho‘lpon, Oybek, Abdulla Qahhorlar badiiy matnda dialektizmlarni
tejamli, shunda ham asar badiiy konsepsiyasi bilan bog‘liq holda
ishlatganlar. Aytaylik, buyuk qalam sohibi Abdulla Qodiriy “O‘tkan
kunlar”da Toshkent yoxud Farg‘ona so‘zlashuv uslubini ifodalash uchun
sheva so‘zlarini keltirish yo‘lidan bormagan. Mazkur adabiy durdonada
nafaqat roviy, shuningdek, qahramonlar adabiy til qoidalariga muvofiq
muloqot qiladilar. Faqat ahyon-ahyonda ayrim personajlar yozuvchining
ijodiy niyati, maqsadiga ko‘ra bir-ikkita shevaga oid lisoniy birlikni
qo‘llaganlari kuzatiladi. Masalan, roman qahramoni Otabek Toshkentdan
Marg‘ilonga – zavjasi Kumush xonadoni ostonasiga kelgach, kuyovi
nomidan kelgan soxta taloq xatini o‘qib, nihoyatda g‘azablangan qaynatasi
Mirzakarim qutidor uni darvozadan kiritmay haydab yuboradi. Juda kuchli
ruhiy tushkunlik holatiga tushgan yigit ot jilovini qo‘yib yuborib, ruhiy
qiynoqlar girdobida qoladi. Ot esa oldinga yurishda davom etadi. Oqshom
tushib, atrofga sekin-asta qorong‘u tusha boshlaydi. Oxiri berk ko‘cha
adog‘iga yetgan ot, nihoyat, to‘xtashga majbur bo‘ladi. Xushi o‘ziga
kelgan Otabek noma’lum bir joyga kelib qolganini payqaydi. Shu payt
yonboshdagi darvozadan bir kishi chiqib keladi va notanish otliqni ko‘rib
cho‘chiydi va undan kimligini so‘raydi. U: “Man bir musofir g‘arib”, –


background image

96

deb javob qaytaradi. O‘sha odam begona kishining adashganini bilib
shunday deydi:

“Qani bo‘lmasa, juring biznikiga, mehmon... Men ham sizga

o‘xshagan bir g‘arib”

77

. Bu muloqotda Otabek o‘zbek tilining deyarli

barcha shevalariga xos bo‘lgan “man” lisoniy birligini ishlatgan bo‘lsa,
“chiqg‘uchi” (usta Alim) qipchoq lahjasiga xos “juring” so‘zini qo‘llaydi.
Bu personaj nutqida aynan mazkur kalomning keltirishi sabablari,
fikrimizcha, quyidagilarda ko‘rinadi:

1)

Usta Alimning qipchoq qavmiga xosligini kitobxonlarga

ma’lum qilish. Chunki asar badiiy konsepsiyasida asarda tasvirlangan
davrda o‘tkir muammo bo‘lgan “qorachopon” (o‘troq mahalliy turkiylar)
va qipchoq (asli ko‘chmanchi, ammo mazkur zamonga kelib hozirgi
O‘zbekiston hududida o‘troqlasha boshlagan turkiylar) orasidagi
munosabatlar markaziy o‘rinlardan birida turadi. 1853- yili Qo‘qon xoni
Xudoyorxon bir qancha manfaatparast beklarning qistovi va qutqusi bilan
qipchoqlarga nisbatan genotsid uyushtirgan va qirg‘inda bir necha ming
aybsiz odamlar qatl etilgan.

2)

Bu sabab biz yuqorida ko‘rsatgan birinchi omil bilan aloqador

bo‘lib, yozuvchi “qorachopon” Otabek va qipchoq usta Alim orasidagi
samimiy va havas qilishga arzigulik do‘stlik aloqalarini realistik prinsiplar
asosida ishonarli va badiiy dalillangan holda ko‘rsatgan.

Adib “qorachopon” va qipchoqlar orasidagi mojaro tabiiy bo‘lmay,

o‘sha davr hukmron tabaqa (xon va uning beklari) tomonidan sun’iy
ravishda yuzaga keltirilganini tarixiylik prinsiplariga ko‘ra haqqoniy
tasvirlagan. Bu fikrini u qipchoq usta Alimning “qorachopon” Otabekka
nisbatan mehribonligi, mehmondo‘stligi, ular orasida yuzaga kelgan
mustahkam do‘stlik munosabatlarining tasviri orqali ko‘rsatib, isbotlab
borgan.

Yuqorida bayon etilgan tahlildan shu narsa ayon bo‘lyaptiki, haqiqiy

san’at asarida, jumladan, romanda biror-bir chizgi, so‘z behudaga,
shunchaki istifoda etilmaydi. Ular ,albatta, badiiy matndagi ustuvor
maqsad, ijodkorning dunyoqarashi va mafkuraviy, estetik idealini yuzaga
chiqarish ishiga yo‘naltiriladi.

77

Абдулла Қодирий. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2014. – Б. 148.


background image

97

Abdulla Qodiriydan keyin milliy ijod maydoniga kirgan aksar

yozuvchilar ham badiiy asarda shevadan foydalanishda ustoz san’atkor
boshlab bergan yo‘ldan bordilar, ya’ni dialektlarga xos noadabiy
birliklardan juda zarur o‘rinlardagina foydalandilar. Bunday xususiyatni
biz tadqiq etayotgan hikoyada ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

To‘qqiz sahifaga yaqin mazkur asarda atigi beshta dialektizm

qo‘llangan. Holbuki, o‘zbek tilining o‘g‘iz lahjasida muloqot qiluvchilar
odatda sheva so‘zlarini suhbat chog‘ida ko‘proq ishlatadilar. Shunga
qaramay, muallif ushbu asarida zarur o‘rinlardagina qahramon mansub
hududni ta’kidlab ko‘rsatish, shuningdek, roviy fe’l-sajiyasi, ruhiyatini
yanada teranroq ifodalash uchun cheklangan miqdordagi shevaga oid
so‘zlarni markaziy personaj nutqiga kiritgan. Bu so‘zlar quyidagilar:
cho‘girma (qo‘y terisidan tikilgan telpak), dim (juda), aka (Xorazmda ota
ma’nosida ham keladi), yoshulli (yoshi ulug‘ hurmatga loyiq inson),
manglayi qora (sho‘r peshona, omadsiz kishi), karvich (g‘isht). Xorazm
dialektizmlariga oid mana shu lisoniy birliklar boshqa sheva so‘zlariga
nisbatan xorazmliklar nutqida ko‘proq uchraydi. Shu sababli adib hikoya
qahramoni dil izhorlarida aynan mana shunday birliklar bo‘lishini zarur
deb hisoblagan. Bu orqali u jonli xalq nutqiga xos jihatlarni matn sathida
yuzaga keltira olgan. Shu bilan birga, ana shunday sheva so‘zlari orqali
roviy (qahramon)ning ichki dunyosi, intellektual saviya, milliylikka
munosabatini ham badiiy ifodalagan. U “cho‘girma” dialektizmini o‘ziga
emas, otasiga nisbatan ishlatadi. Chunki o‘zini zamonaviy odam deb
hisoblaydi. O‘zi e’tirof etganidek, “soch qo‘ygan, galstuk taqqan,
kostyum-shimdagi” bir yigit. Shu bois ota shahri Xivaga borganda, hech
kim uni xorazmlik demaydi: “turistdan farqi yo‘q”.

78

Cho‘girma va

xorazmcha po‘stinni esa otasi – mohir rubobsoz usta kiyadi. Ota va o‘g‘il
orasidagi farq va ziddiyat faqat kiyimdagina emas. Qadimiy Xivada
tug‘ilib, shu muborak shaharda voyaga etgan Ota hikoyada shu buyuk
maskan timsoli tarzida kitobxon ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi. U o‘zini
kamolga yetkazgan shu ko‘hna zaminni jon-dildan sevadi, mustahkam
rishtalar bilan bu muqaddas tuproqqa bog‘langan. Bu yerdan boshqa joyga
ko‘chishni tasavvuriga ham sig‘dira olmaydi. Holbuki, qadim

78

Шукур Холмирзаев. Сайланма. 2-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005. - Б. 110.


background image

98

Turkistonning faxri bo‘lgan Orol qurib bitmoqda. Tuz yomg‘irlari faqat
Qoraqalpog‘istongagina emas, Xorazm va Buxoroga ham yog‘ayotir. Bu
ofat Xivada, shu jumladan, cholning an’anaviy xorazmcha uslubda
qurilgan hovlisida ham aniq ko‘rinadi. Devorlar nurab, undagi bezaklar
yemirilib bormoqda. Shunga qaramay, Ota kindik qoni to‘kilgan zaminda
umrguzaronlikda davom etadi. O‘g‘ilda esa bunday fidoyilik tuyg‘usi
yo‘q. U “...mening fojiam shundaki, otamning tug‘ilgan yurtga bunchalik
yopishib olishini “eskicha fikr, qarashlar oqibati” deb hisoblardim. U
kishini “ko‘ngli torlik”da ayblardim”.

79

Shunday qilib, ma’lum bo‘lyaptiki, hikoya matnida bir martagina

tilga olingan “cho‘girma” degan o‘g‘iz lahjasiga taalluqli shevaga xos
oddiygina so‘z qahramon va personaj xarakteri, ichki olami, e’tiqodi
darajasini oydinlashtirish va aniqlashtirishda juda muhim ahamiyat kasb
etayotir. Demak, ushbu lug‘aviy birlik fon vazifasini emas, xarakter
mohiyatini ochishga xizmat qilganini ko‘rish mumkin.

Bu o‘rinda hikoyada aks etgan yana bir jihatga e’tiborni qaratish

kerak. Shukur Xolmirzayev Surxondaryo farzandi, uning bir qator
asarlarida mana shu muhitga xos xususiyatlar, shu jumladan, ushbu hudud
odamlari muloqotiga xos shevaga xos so‘zlar o‘z ifodasini topgan. Uning
biz tadqiq etayotgan hikoyasida esa Xorazm hayoti, undagi turli fe’l-
sajiyaga ega odamlar ruhiyati o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. Bu
shundan dalolat beradiki, adib butun O‘zbekistonni, undagi butun xalqni
Vatan va vatandoshlar sifatida sevadi. Shu boisdan, u ulkan ekologik
falokatga yuzma-yuz bo‘lgan bu voha taqdiriga ham befarq emas. Chunki
Xorazm fojiasi ona Turkiston, shu bilan birga, butun sayyoramiz boshiga
tushgan ko‘rgulik va falokatdir.

Badiiy asar tarkibida sheva so‘zlaridan cheklangan holda foydalanish

xususiyatini Erkin A’zam ijodi, xususan, hikoyalarida ham ko‘rsa bo‘ladi.
Uning adabiy tanqidchilik tomonidan yaxshi baholangan “Anoyining
jaydari olmasi” kichik epik ijod namunasida mana shu alomat mavjud.
Asar voqeasi jahon, shuningdek. milliy hikoyachilikda ancha keng
yoyilgan usul - “men” bayoni orqali hikoya qilinadi.

79

Шукур Холмирзаев. Ўша асар. – Б. 109.


background image

99

Ushbu hikoya Shukur Xolmirzayevning “Xorazm, jonginam”

asaridan hajm jihatdan ikki baravar katta – 1988-yilgi nashrda o‘n sakkiz
sahifani tashkil qiladi. Butun matn davomida beshta sheva so‘zi
qo‘llanilgan bo‘lib, bulardan uchtasi roviy (milisa, alay-bilay taytuv),
qolganlari esa personajlar (ul, mavrid) nutqida kelgan. Odatda “men”
yozuvchi obrazini ifodalasa, uning nutqida dialektizm bo‘lmaydi, mabodo
bo‘lganda ham, u izohi bilan keladi, ya’ni muayyan so‘zning shevaga
oidligi aytilib, ma’nosi tushuntiriladi. Biz tahlil qilayotgan hikoyada esa
roviy “men” muallif obrazini ifodalamagan. Shu boisdan asar matnida u oz
bo‘lsa-da, dialektizmlarni nutqida qo‘llash imkoniga ega bo‘lgan.

Shukur Xolmirzayevning “Qumrilar”, “Ustoz”, “Yashil “Niva”,

“Xumor”, “Haykal”, “Xorazm, jonginam”, Erkin A’zamning “Yozuvchi”,
“Anoyining jaydari olmasi”, “Qiyofadosh”, “Stupka”, “Manzuma otin”,
“Tish og‘rig‘i”, “Chapdast” , Nazar Eshonqulning “Ajr”, “Ozod qushlar”
hikoyalarida voqea roviy “men” tomonidan bayon qilinadi. Ushbu badiiy
yaratmalarning o‘ziga xos yana bir jihati shundaki, ular gurung, ya’ni
biror-bir suhbatdoshga murojaat yoxud xat tarzida yuzaga keltirilgan. Shu
boisdan Erkin A’zam 2011-yilda nashr bo‘lgan “Shovqin” to‘plamiga
kirgan va yuqorida nomlari qayd etilgan beshta hikoyasini “Qirq yillik
gurunglar” turkumiga birlashtirgan. Aslida bunday badiiy-poetik usul
milliy hikoyachiligimizda mavjud edi. Hikoya janri bo‘yicha dalil
islohotchi – eksprimentator Shukur Xolmirzayev bunday tajribani
rivojlantirib, uning yangi qirra va imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Nafaqat
hikoyachilik, shuningdek, nasrnavislikda Shukur Xolmirzayevning izdoshi
va shogirdi sanalgan Erkin A’zam gurung hikoyalar bo‘yicha izlanishlarni
davom ettirib, shu orqali inson xarakterining turfa jihatlarini
oydinlashtirishda davom etayotir. Nazar Eshonqul nasrida esa gurung
hikoyalar miqdori u qadar ko‘p emas. Shunga qaramay, adibning
hikoyalari orasida gurung sifatida yaratilgan kichik epik asarlarning
mavjudligi uning bunday poetik ifodaga ijobiy-xayrixohlik bilan
qaraganidan dalolat beradi. Bunday moyillikni yozuvchining “Tun
panjaralari”, “Qora kitob” qissalari aynan gurung usulida insho etilgan.
Biz bu o‘rinda tadqiq obyektimizdagi ayrim hikoyalar tahlili orqali ushbu


background image

100

tasvir usulining yetakchi xususiyatlarini aniqlashtirishga harakat qildik.
Bular quyidagilarda ko‘rinadi:

I. Matnda odatda sodda gap konstruksiyalari qo‘llaniladi:

“Qamoqdan kelgan paytlarim edi. Ishlab yurgan maktabimga

yo‘latishmadi...

Kreslolarga o‘tirdik. Menga bir nima yetishmayotgandek tuyula

boshladi” (Shukur Xolmirzayev. “Qumrilar”)

80

.

“Papayning tishi og‘ribdi. Chirqillab yotganmish.
Papay deganimiz – qiltiriqqina bola, besh yashar. Asli oti boshqa,

Papay – laqabi. Bu laqabga o‘zi sababchi bo‘ldi. Yoshda bobosining
chorbog‘ida yurdi, bobosi bilan yotdi, bobosi bilan turdi”. (Erkin A’zam.
“Tish og‘rig‘i”).

81

“Hayot mo‘jizalardan iborat ekanligiga sen ham ishonarding. Sen

ham bu asrdan mo‘jiza kutib yasharding... Sen mo‘jizasiz ham baxtli
eding. Yer yuzidagi millionlarcha odamlardek osoyishta hayot
kechirarding”. (Nazar Eshonqul. “Ozod qushlar” ).

II.Hikoya bayoni butun kitobxonlarga emas, muayyan bir

suhbatdosh yoki roviyning o‘ziga, ba’zan asardagi ma’lum bir
personajga xayolan qaratiladi; ko‘pincha roviy qandaydir
(kitobxonga ma’lum bo‘lmagan) suhbatdoshga murojaat tarzida o‘z
hikoyasini bayon qiladi:

“Rangimni ko‘rib hayron bo‘ldingizmi? Kasalim yuqumli emas...

Kuz tushib qoldi-ya. Ah, qanday yaxshi fasl. Shoirlarning sevgan fasli.
Abdulla Oripovni yaxshi ko‘rasizmi? Menga juda yoqadi. Eslaysizmi, kuz
turkumi bor:

Ochiq ayvon ostin maskan etgan dam
Xazon davrasida kutaman seni...
Yaxshi-i.
Paxta tergansiz-a? E. Nima deyapman. Paxta termagan o‘zbek bolasi

bor ekanmi” (Shukur Xolmirzayev. “Xumor”).

82

“Siz esa — uni ko‘rganingiz zahoti g‘am bosib, tashvishga

cho‘masiz: xayr endi, osuda kunlarim! U hali shunday g‘ala-g‘ovurga

80

Шукур Холмирзаев. Сайланма. 2-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005. - Б. 38.

81

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262.

82

Шукур Холмирзаев. Сайланма. 2-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005. - Б. 87.


background image

101

ko‘mib yuboradiki! Biroq ayni damda, har ikkalangiz uchun qadrli, shartli
bu g‘alati taomilni buzishga haqqingiz yo‘q... “

Bu o‘rinda “men” noaniq “sen”ga murojaat qilayotir. Aslida bu

murojaat uning o‘ziga qaratilgan. Bunaqa usul mumtoz g‘azalchilikda
keng tarqalgan edi. Masalan, Hazrat Alisher Navoiy g‘azallaridan biridagi
maqta’ni olib qaraylik:

Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngling uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi.
Ushbu baytda ham “men” o‘zini “sen” tarzida kitobxonga

ko‘rsatmoqda.

“...Ramazon, jo‘ra, jo‘rajon, mana — qo‘limdan kelganicha seni naql

qildim. Men bu narsani sen uchun, senga bag‘ishlab yozdim. Ba’zi
o‘rinlarda oshiribroq yuborgan bo‘lsam, ko‘nglingga olmassan. Bu ish
qurg‘ur o‘zi shunaqa, shunday qilmasa bo‘lmaydi. (Erkin A’zam.
“Anoyining jaydari olmalari”.

83

Mazkur parchada roviy “men” qishloqdagi sobiq do‘sti – dali-g‘uli,

ochiq ko‘ngil va chapanicha fe’l-sajiya egasi Ramazonga xayolan murojaat
qilayotir.

“Sen hayratdan o‘kirib yuborayozding. Ayol sening uying va sening

otang haqida gapirmoqda edi. Sen mo‘jizaga ishonarding-u, biroq
mo‘jizaning bu tariqa tashrif buyurishini xayolingga keltirmaganding.
Mo‘jiza ham ayollar kabi makkor bo‘lishi mumkinligini sen hali bilmas
eding” (Nazar Eshonqul. “Ozod qushlar”).

84

Mazkur parchada esa roviy kutilmagan tasodif tufayli uy-joyi,

ishidan ayrilib, daydilarga qo‘shilib ketishga majbur bo‘lgan yigit – hikoya
qahramoni bilan xayolan muloqot qilayotir, aniqrog‘i, uning boshiga
tushgan ko‘rguliklarni aytib berayotir.

III.Roviy hikoyasi muloqot shaklida bo‘lgani sababli unda “jonli

til”ga xos to‘liqsiz va sodda yig‘iq gaplar, inversiya qo‘llaniladi:

1. Juda dangalchi edi-da. Eng “nozik” gaplarni ham bemalol

gapiraverardi. Kattani – katta, kichikni – kichik demasdi, Ko‘ngliyam

83

www.ziyouz.com kutubxonasi

84

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.262.


background image

102

ochiq edi-da ul bechoraning. Eh, uning talanti...Tili! Biram obrazli de...
Ko‘zi o‘tkir edi (Shukur Xolmirzayev. “Ustoz”).

85

2. O‘ldi. Mana endi o‘lgan. Bu yog‘iga nima qilsin Marina yangamiz

(Erkin A’zam. “Stupka”).

86

3. Tushmidi bu?.. Qachon uyg‘onasan sen? ..
Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi (Nazar Eshonqul. “Ozod

qushlar”).

87

IV. Badiiy asar, shu jumladan, hikoya matnida jonli nutqqa xos

muloqot vositalari – varvarizm, sheva so‘zlari, vulgarizm, o‘zga
tillardan kirib kelgan so‘zlarni yoki ayrim lisoniy birliklarni jo‘rttaga
yoki g‘ayriixtiyoriy buzib talaffuz qilish kabilar kuzatiladi. Gurung
hikoyalarda esa bular roviy bayonida ham kelishi mumkin:

“Rayzdravga kirdim. Keyin oblzdravga kirdim. Gorzdravga kirdim.

Qor. Muz. Mashinamning balonlariyam dabdala bo‘ldi hisob. Ijodim qolib
ketdi” (Shukur Xolmirzayev. “Ustoz”).

88

Bu badiiy bo‘lakda adabiy til uchun qabul qilinmagan yot so‘zlar

(varvarizm)

rayzdrav, oblzdrav, gorzdrav

qo‘llangan. Aslida

tuman

sog‘liqni saqlash bo‘limi, viloyat sog‘liqni saqlash bo‘limi, shahar
sog‘liqni saqlash bo‘limi

tarzida bo‘lishi lozim edi. Buning sababi

shundaki, hikoyada sovet davriga xos voqea tasvirlangan. O‘sha paytlarda
aksar odamlar bir tomondan nutqiy ixchamlik, boshqa tomondan esa
odatga ko‘ra yuqorida qayd etilgan lug‘aviy birliklarni o‘zaro muloqotda
ishlataverganlar. O‘sha davrning siyosiy-mafkuraviy yo‘rig‘iga ko‘ra
milliy tilimizda

tuman, viloyat

so‘zlari mavjud bo‘lsa-da, ular adabiy tilga

rayon, oblast

tarzida qabul qilingan. Bunday g‘ayriilmiy va g‘ayrimilliy

munosabat tilimizdagi joziba, tabiiylikni ma’lum darajada yo‘qotishga
sabab bo‘lgan edi.

“Kofemolkang yo‘qmi, nima? – deydi yangamiz ham achingannamo”

(Erkin A’zam. “Stupka”).

89

Kofening ekvivalenti o‘zbek tilida avvaldan bo‘lgan: qahva. Ammo

biz yuqorida aytib o‘tgan sababga ko‘ra bu birlik ham o‘sha zamonda kofe

85

Шукур Холмирзаев. Сайланма. 2-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005. - Б. 79-80.

86

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011. – Б.259.

87

Назар Эшонқул.Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008.– Б. 394, 396.

88

Шукур Холмирзаев. Сайланма. 2-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005.– Б. 85-86.

89

Эркин Аъзам. Шовқин.Роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:Ўзбекистон, 2011.- Б. 267.


background image

103

tarzida qabul qilingan. Biroq 1981-yilda nashr etilgan “O‘zbek tilining
izohli lug‘ati” ga qaraydigan bo‘lsak, unda qahva kofe tarzida zikr etilgan
bo‘lsa-da, kofemolka so‘zi uchramaydi . Aftidan, lug‘at mualliflari shusiz
ham yot so‘zlar me’yordan ortiq ko‘paygan tilimizni yana bir varvarizm
bilan “boyitish”ni istashmagan. To‘g‘ri, bu so‘zni “qahvayanchgich”, juda
bo‘lmasa, “kofeyanchgich” tarzida kalka usulida o‘girish mumkin edi.

Bu erda biz hikoyaga sarlavha qilib olingan

stupka

lisoniy birligiga

e’tiborni qaratmoqchimiz. Bu ham o‘zbek adabiy tiliga kiritilmagan,

hovoncha

ma’nosini bildiruvchi ruscha so‘z. Aslida varvarizmlar ifoda

etilayotgan davrga xos xalq jonli tilining o‘ziga xosligi, shu bilan birga,
badiiy obraz ning saviyasi, ona tiliga munosabatini ko‘rsatish maqsadida
qahramon va personajlar nutqida istifoda etiladi. Varvarizmning muallif
xohishiga ko‘ra sarlavhada kelishi kamyob adabiy-badiiy hodisadir.
Mazkur asarda insonning ona tili bilan bir umr ajralmas rishtalar bilan
bog‘lanishi, undan har qanday vaziyatda ham ajralishni istamasligi o‘z
ifodasini topgan. Bu haqda ishimizning birinchi bobidagi dastlabki faslida
fikr yuritilgan edi.

“Suvolich, ti biyosh moy brat? - deb Istat ham otildi. (Istat o‘zining

“shaharlik ekanini eslatib turish uchun, bilsa-bilmasa, o‘rischa qo‘shib
gapirardi. – Bey ego! Na tibe”.

90

Ushbu nasriy parchada varvarizmning alohida ko‘rinishi – o‘zbekcha

muloqotga o‘zga tildagi ayrim so‘zlarnigina emas, sintaktik birliklarni
ehtiyoj bo‘lmasa-da olib kirish hodisasi kuzatilmoqda. Hikoya
personajlaridan biri (Istat) garchi zarurat bo‘lmasa ham, o‘zining
boshqalardan ustunligini ko‘rsatish uchun o‘sha zamon uchun “urf”
bo‘lgan rus tilida chala-chulpa holda gapirishga harakat qilganligi
ko‘rsatilmoqda. Ammo maktabda yomon o‘qigani, ilm-ma’rifatdan yiroq
bo‘lganligi bois ayrim yot so‘zlarni buzib aytadi:

suvolich, ti, tibe

– bunda

rus tilining fonetikasiga rioya etilmagani yaqqol ko‘rinadi. “Ti biyosh moy
brat” gap qurilmasi aslida “Tы biyosh moego brata “ tarzida bo‘lishi lozim
edi. Istat rus tili grammatikasidan bexabarligi tufayli

moy

va

brat

so‘zlarini “moego brata” sifatida aytishni bilmasligi kitobxonga ma’lum
bo‘ladi. Shunday qilib, hikoya matnining bir bo‘lagida personajlardan

90

Шукур Холмирзаев. Сайланма. 2-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005.– Б. 136.


background image

104

birining xatoliklar bilan o‘zga tilda gapirishga urinishini ko‘rsatish orqali
quyidagi maqsadlar amalga oshirilgan:

1)

personajning chalasavodligi va johilligi ma’lum etilgan;

2)

unda ayrim ma’rifatsiz kishilarga xos maqtanchoqlik va o‘zini

boshqalardan biror-bir sabab orqali ustun qo‘yish illati ko‘rsatilgan.

Hikoyada bunday maqsadlarni amalga oshirish, shu bilan birga,

ularni yanada ta’kidlash, shu orqali personaj nutqini individuallashtirish
uchun yana ikki marta Istatning mana shunday pala-partish ruscha
gapirishi ko‘rsatilgan:

“Davay-davay, - dedi Istat ham. – Nu-ka. Ato poluchish sichas”

(139-bet).

“Istat bo‘g‘ilib baqirdi: -Atpusti, ato ubyu” (143-bet).
Lekin mazkur asarning boshqa o‘rinlarida ayrim personajlarning

ruscha varvarizmlarni nutqda qo‘llashi ularning chalasavodligi yoxud
maqtanchoqligini emas, o‘sha davrdagi so‘z qo‘llashdagi odatlanishni
ko‘rsatadi:

“Uf...Keyin meni chiqarib yuborishdi. ”Xuligan, zayas” deb (137-

bet). Sovet davrida milliy tilimizda bezori so‘zi mavjud bo‘lsa-da,
ko‘pincha jonli nutqda uning ruscha ekvivalenti

xuligan

qo‘llanilgan. Rus

tilida avtobus, kinoteatr kabilarga biletsiz kirib olgan kishilarga nisbatan

zayas

lug‘aviy birligi qo‘llaniladi. Ushbu so‘z o‘zbek tilida varvarizm

tarzida o‘zaro muloqotda iste’molda bo‘lgan.

“Oldingdan kelsa –

kusay

, orqangdan kelsa –

pinay

” (142-bet).

Sovet tuzumi yillarida ruslashtirish siyosati sababli kinoteatrlarda

aksariyat filmlar rus tilida namoyish qilingan, televidenie va radioda asosiy
ko‘rsatuv va eshitttirish shu tilda olib borilgan. Buning natijasida yot
tildagi ko‘pgina so‘z va birikmalar odamlarimiz xotirasiga joylashgan va
og‘zaki nutqda bu yuzaga chiqa boshlagan. Aslida yuqorida keltirilgan
misoldagi gap: “Oldingdan kelsa – tishla, orqangdan kelsa – tep” tarzida
aytilishi lozim edi. Lekin personajlar odatlanganliklari tufayli beixtiyor
ong qatlamiga muhrlangan lisoniy birliklarni yuzaga chiqarganlar.

Hikoyadan olingan quyidagi parchada Surxondaryo shevasiga xos

so‘z istifoda etilgan:


background image

105

“Berdi laqqi shu o‘yinni tilga olib, Shalpangquloq ishtirok etsa,

quloqsiz qolishini aytgan edi.

Darvoqe, bu kishi ko‘p gapdon – mahmadana bo‘lgani uchun “laqqi”

laqabini olgan” (135-bet).

“Xorazm, jonginam” asarida

aka

, “Quloqcho‘zma”da

laqqi

sheva

so‘zlari hikoyachi tomonidan

izohlanib, ularning o‘zbek adabiy tilida

mavjud namunalari haqida ma’lumot berilgan. Lekin dastlabki hikoyadagi
Xorazm shevasiga xos

dim, yoshulli, cho‘girma

, ikkinchi asardagi

gurra,

xapa

shevaviy birliklar bunday tarzda sharhlanmagan. Bu hodisaning

sababi shundaki, yozuvchi

dim, yoshulli, cho‘girma

birliklari turli

manbalarda nisbatan faol qo‘llanilganini hisobga olib, ularni kitobxon
tushunadi, deb hisoblagan. Surxon shevalaridagi gurra va xapa asldida
churra va xafa so‘zlarining ozroq fonetik jihatdan o‘zgartirilgan shakllari
bo‘lib, ularning asl variantini anglab olish qiyin emas.

Biz aksariyat o‘zbek adiblari, jumladan, Shukur Xolmirzayev, Erkin

A’zam, Nazar Eshonqul o‘z ijod namunalarida dialektizmlarni cheklangan
holda ishlatganliklari, bu borada imkon darajasida me’yorga amal
qilganliklari haqida gapirgan edik. Chunki sheva birliklarini haddan ziyod
qo‘llash asar badiiyatiga salbiy ta’sir qilishi, kitobxonning ularni
tushunmay zerikishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xuddi shu sababga ko‘ra
mahoratli milliy adiblarimiz nafaqat roviy, shuningdek, personajlar
nutqida varvarizm, dialektizm, vulgarizm kabilarni tejamli qo‘llaydilar.
Lekin mazkur masalaning boshqa bir tomoni ham borki, qalam sohiblari
aynan shu jihatni doimo diqqat markazida tutishga harakat qilib
kelmoqdalar. Bu nuqtayi nazar birinchi navbatda milliy tilimiz
zaxirasidagi sheva so‘zlariga tegishlidir.

Adabiy til o‘zbek shevalaridagi barcha so‘zlarni, tabiiyki, qamrab

ololmaydi. Shu boisdan minglab bunday birliklar zamonaviy adabiy tilimiz
tarkibiga kirmagan. Shunga qaramay, hali ham adabiy tilni shevalar
hisobiga jiddiy tahlil va kuzatishlar asosida boyitib borish imkoniyati
mavjud. O‘tgan asrning oltmishinchi yillarigacha o‘zbek adabiy tilida
ruscha

skvoznyak

so‘zining muqobili bo‘lmagan. Bu esa o‘zbek ziyolilari,

shu jumladan, atoqli shoir va alloma Maqsud Shayxzodani uzoq vaqt
o‘ylantirib kelgan. Turkiy tilllarning jonkuyari bo‘lgan shoir ana shunday


background image

106

muqobil birlik, ya’ni y

elvizak

sheva so‘zini sahroda, bir cho‘ponning

o‘tovida eshitadi. Shunday qilib, ushbu kalom adabiy timlimizga kirib
keladi va hozirgacha xalqimiz tomonidan faol ishlatilmoqda. Taniqli
o‘zbek nosiri Ne’mat Aminovning “Yolg‘onchi farishtalar” romanining
birinchi qismini “Yelvizak” deb atagan edi.

Binobarin, aytilganidek, adabiy til shevalar hisobidan boyib borishi

tabiiy bir qonuniyatdir. Lekin vaqt o‘tgani sayin shevalarning tezkor
taraqqiyot

tufayli

zaiflashib,

asta-sekin

yo‘qolib

borayotgani

kuzatilmoqda. Shunday ekan, bu borada faoliyatni yanada kuchaytirish
lozim bo‘ladi.

Har bir ijodkor birinchi navbatda ona tili fidoyisidir. Bunday

fidoiylik, ayniqsa, Shukur Xolmirzayev ijodiy tajribalarida yaqqol
kuzatiladi. Uning va undan keyingi avlod vakillari (Erkin A’zam, Nazar
Eshonqul) asarlarida o‘rni bilan roviy va personajlar nutqida
dialektizmlarning qo‘llanishi ana shunday tilparvarlik nishonasi bo‘lib
hisoblanadi.

V.Roviy

va

personajlar

nutqida

kinoya,

qochirim

konnotatsiyalarining mavjudligi.

Roviy nutqida kinoya, qochirimlar Erkin A’zamning bir qancha

kichik nasriy asarlarida mavjud. Bu fikrni uning “Aralashqo‘rg‘on”
hikoyasi misoldida dalillashga harakat qilamiz:

“Iya, oshini yeganingizdan keyin o‘chog‘ining tutuniga ham

chidaysiz-da, bratan! Chidaymiz, chidaymiz, quloqlar ham o‘rganib qoldi
o‘zi. Shugina bir zum akillashdan to‘xtasa, nimasinidir yo‘qotganga
o‘xshaydi odam. Bu ham mahallaning bir fayzi-da. Mayli, akillasa —
akillayversin, vovullasa — vovullayversin. Kuchuk bo‘lgandan keyin
akillaydi-da — vazifasi. Qaytaga yaxshi — zamon qaltis, har xil yot nusxa
bu yoqlarga doriyolmaydi. Akillasin!”

91

Mazkur hikoya jiddiyat bilan hajviyotning uyg‘unligidan hosil

etilgan. Undagi jiddiy gaplar hazil, kinoya, zaharxanda bilan o‘rin
almashtirib turadi. Yuqorida keltirilgan matniy parcha boshdan oxir
kinoyalardan tashkil topgan.

91

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/erkin-azam/erkin-azam-aralashqorgon-hikoya.


background image

107

Asardagi voqea, asosan, yangi qurilgan mahallalardan biridagi

“qo‘lbola choyxona”, ya’ni o‘sha atrofdagi qarovsiz sanotoriydan
keltirilgan eski, lekin naqshinkor chorpoya ustida, to‘rt-besh
mahalladoshlar muloqoti asnosida ro‘y beradi hamda roviy va
ishtirokchilar tomonidan to‘ldirib boriladi.

Asar voqea tizimi markazida “kattakonning iti” – shu mahalladagi

koshonada boqilayotgan kattakon. Serjahl, erta-yu kech betinim
vovullaydigan ko‘ppak turadi. “Kattakon” – oldin baland lavozimda
ishlagan, keyin esa biznesga o‘tgan badavlat bir odam. U shu joydagi
hashamatli hovlisida yashamaydi, lekin sevimli itini shu joyga keltirib
qo‘ygan. Itga ushbu maskanda oilasi (xotini, uchta go‘zal qizi) bilan
yashayotgan qarindoshi (“choyxona” ahli uni “musofir” deb ataydi) qarab
turadi. Asar voqeasi kulminatsiyasi mazkur badfe’l it musofirning
o‘rtancha qizini tishlagani bilan boshlanadi.

Keltirilgan parchada roviy itning akillab mahalla ahlini bezor qilgani,

ammo bu muammoni echish imkonsizligini kinoya bilan eslatmoqda.
Hamma itni yo‘qotish tarafdori, ammo uning sohibi katta mavqega ega
korchalon, buning ustiga, uning himmati va yordamidan shu erdagi aksar
kishilar bahramand bo‘lishgan. Shu bois it haqida “kattakon”ga shikoyat
qilishga hech kim jur’at qilolmaydi. Bu keltirilgan parchadagi “oshini
yeganingizdan keyin o‘chog‘ining tutuniga ham chidaysiz-da” kinoyaviy
luqmasida ayon bo‘lib turibdi. Matniy bo‘lak davomidagi “Bu ham
mahallaning bir fayzi-da. Mayli, akillasa — akillayversin, vovullasa —
vovullayversin. Kuchuk bo‘lgandan keyin akillaydi-da — vazifasi” degan
mulohazalar ana shu kinoyani yanada kuchaytirgan.

“...bir zamonlar dehqondan yetishgan, eski chorig‘ini eshik tepasiga

osib qo‘yib, muhtasham mansabxonasiga kirganda ham, chiqqanda ham
peshonasini urib o‘tadigan do‘lvor davlat arbobi mana shu chorpoyada
yonboshlab choyxo‘rlik qilishni yaxshi ko‘rar ekan. Ishchi-dehqon
saltanatini mustahkamlash tashvishlaridan horigach, biqiningizdagi
xumchoynakda «raisi» choy, tepangizdagi asriy arg‘uvon yaproqlariga
tikilib, porloq kelajak haqida shirin xayollar surish qandoq maza, qandoq
huzurbaxsh!”

92

92

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/erkin-azam/erkin-azam-aralashqorgon-hikoya.


background image

108

Hikoyadan olingan makzur bo‘lakda ham Erkin A’zam hikoyalariga

xos bo‘lgan, xususan, keyingi yillar ijodining o‘ziga xosligini
ko‘rsatadigan qochirimli ifoda yaqqol ko‘rinib turibdi. Bunda dehqondan
yetishgan do‘lvor davlat arbobining eski chorig‘ini kabineti eshigi tepasiga
osib qo‘ygani-yu, chorpoyada yonboshlab choyxo‘rlik qilishi yengil kulgu
bilan aytib o‘tilgan.

Tadqiq obyektidagi kichik nasriy asarlarni o‘rganish shundan dalolat

beradiki,

roviy

va

personajlar

nutqida

kinoya,

qochirim

konnotatsiyalarining mavjudligi birinchi navbatda har bir ijodkorning
hayot va insonga munosabati, hajvga moyilligi, uning shaxsiy-o‘ziga xos
uslubi, shu bilan birga, ular ijod etgan adabiy metod bilan bog‘liq. Bu
hodisani Shukur Xolmirzayev, Erkin A’zam, Nazar Eshonqul hikoyalari
misolida aniq ko‘rsa bo‘ladi.

Yozuvchi Erkin A’zam asarlari, shu jumladan, hikoyalarida uning

ba’zan yumoristik, ba’zan esa satirik kulgiga moyilligi yorqin ko‘rinib
turadi. Bunday xususiyat adibning dastlabki ijod namunalaridayoq ma’lum
darajada ko‘zga tashlangan edi. Vaqt o‘tishi bilan uning ijodiy tajribasi
kuchayib, takomilga qarab borishi bilan bir qatorda badiiy amaliyotida
hajvning o‘rni ham yuqorilib borishi kuzatiladi. Bu fikrga uning uning
nafaqat kichik epik asarlari, shu bilan bir qatorda, qissalari va romani
(“Shovqin”) , shuningdek, dramatik asarlari dalil bo‘la oladi. Xususan.
“Aralashqo‘rg‘on”, “Yozuvchi” hikoyalari qalam sohibining ayni ijodiy
yetuklik pallasida yaratilgani bois ularda kulgi usulining ham takomilga
yetganini ko‘ramiz.

Umuman, u yoki bu darajada kulguga moyillik so‘z san’atining aksar

taniqli namoyandalari ijodida ko‘zga tashlanadi. Abdulla Qodiriy, Abdulla
Qahhor, G‘afur G‘ulom, Said Ahmad Erkin Vohidov, Abdulla Oripov
badiiy merosi mazkur fikrni tasdiqlaydi. Ammo kulgu tasviri butun
adabiyot uchun zaruriy ifoda degan fikr-xulosaga kelish ham to‘g‘ri emas,
deb o‘ylaymiz. Shunday ijodkorlar borki, ularning asarlarida jiddiyat
yoxud fojiaviylik asosiy o‘rinda turadi. Shunga qaramay, ularning ijod
namunalarida ayrim o‘rinlarda hayotga kulgi ruhi bilan yondashish
ko‘rinadi. Bunday yondashuvni buyuk fojianavis Vilyam Shekspirning
jahonga mashhur tragediyalarida ko‘rish mumkin.


background image

109

Masalaga shu nuqtayi nazardan qaralganda, Shukur Xolmirzayev

ijodida jiddiyat markazga turgani ko‘rinadi. Ayrim asarlaridagina
qahramon yoki personaj xarakteri, harakatlariga achchiq kulgi bilan
qaralganini sezish mumkin (masalan. “Ustoz” hikoyasida). Bunday
munosabatga, aytilganidek, yozuvchining xarakteri, tasvirlash uslubi va u
amal qilgan izchil ( “shafqatsiz”) realistik usul sabab bo‘lgan.

Nazar Eshonqul ijodi namunalarini mazkur muammo nuqtayi

nazaridan o‘rganishlar jarayoni shundan dalolat beradiki, hayot voqealari,
inson xatti-harakatlariga kinoya ruhi yondashish deyarli sezilmaydi. Oldin
aytib o‘tganimizdek, adib amal qilgan ijodiy metod (modernizm), shu
bilan birga, ijodkor shaxsiyati, tasvirlash uslubi ijodidagi jiddiyat, fojiaviy
ifodalar tasviriga sabab bo‘lgan.


background image

110

XULOSA

1. Zamonaviy hikoyachilikda inson tasviriga xolis – betaraf

munosabatda bo‘lish: unga tarafkash – bir tomonlama qaramaslik, odam
qanday bo‘lsa, shundaylicha ko‘rsatish, uni ortiqcha salbiylashtirish yoki
ijobiylashtirishdan ehtiyot bo‘lish, eng muhimi, badiiy matndagi voqeani
bayon etuvchi roviy (muallif yoxud boshqa bir kishi obrazi)ning iloji
boricha tasvirlanayotgan odamlarga baho berishdan tiyilishi, ularning
xatti-harakati, muloqoti, ichki monologi ifodasi orqali xarakteridagi eng
muhim jihatlarni ko‘rsatishga intilish tamoyillari kuchaymoqda. Bu borada
Shukur Xolmirzayev va Erkin A’zam, Nazar Eshonqulning hikoyachilik
faoliyati muhim o‘rin va ahamiyatga ega.

2. Milliy Mustaqillik yillarida yaratilayotgan kichik epik asarlar

hajmida an’anaviy mezon saqlanishi bilan birga ayrim o‘zgarishlar ham
namoyon bo‘lmoqda: hikoya hajmida kengashish hodisasi kuzatilmoqda.
Bunga Shukur Xolmirzayevning istiqlol yillarida yozilgan bir qancha
asarlari misol bo‘la oladi. Shuningdek, tabiat va inson munosabatlariga
e’tibor kuchayayotgani sezilyapti.

3. Hikoyaning badiiy jihatdan mukammalligi, undagi tasvir aniqligi,

yozuvchining ijodiy niyatini yuzaga chiqarishda detalning o‘rni va
ahamiyati nihoyatda muhimdir. Bu adabiy-badiiy unsur, birinchi navbatda,
realistik ijodiy metodga tegishli asarlarda nisbatan ko‘proq istifoda
etiladi.Shu bilan birga, modern so‘z san’atiga xos badiiy yaratmalarda ham
undan o‘rni bilan foydalanilganini kuzatish mumkin. Tahlillar detallarning
ko‘proq qahramon yoki personajning tashqi qiyofasi, kiyim-kechak,
poyabzal, bezak, personajlarning hissiyot, xotira va xatti-harakatlariga
taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.

4. Jahon, shu jumladan, o‘zbek hikoyachiligida roviy sifatida

ko‘pincha “konkretlashmagan uchinchi shaxs” ishtirok etadi. Hikoya
matnida uchinchi shaxs sifatida namoyon bo‘lib, bayonchi vazifasini
bajaradigan roviy har bir asarda mana shu poetik qurilmaning ruhi,
strukturasi, badiiy konsepsiyasidan kelib chiqib, o‘ziga xos xarakter hamda
ovozga ega alohida obraz vazifasini bajaradi. Jahon hikoyachiligi tarixida
roviyning “men” tarzida faoliyat ko‘rsatishi nisbatan kamroq uchraydi.


background image

111

Lekin ayrim ijodkorlar (xususan, Shukur Xolmirzayev) bunday usuldan
ko‘proq foydalanishga harakat qilganlar. Roman va qissa kabi janrlarda
“men”ning roviy sifatida ko‘rinishi muallif uchun birmuncha
qiyinchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin, ammo hikoyaning hajmi, badiiy
qurilmasi bunday usuldan samarali foydalanishga imkon yaratadi.

5. Keyingi o‘n yilliklarda yaratilgan ayrim hikoyalar (Nazar

Eshonqulning “Muolaja”, Erkin A’zamning “Aralashqo‘rg‘on” asarlari)da
bayonchi (roviy) vazifasini umumlashgan “biz” bajarmoqda. Bu hodisani
hikoyachilikdagi muayyan poetik evrilishlar, shuningdek, roviyning
psixologik strukturasining yangilanishi bilan izohlash mumkin.

6. Ko‘p asrlar davomida jahon, shu jumladan, Sharq mumtoz

adabiyotida turli-tuman badiiy tasviriy vosita (badiiy san’at)lar asar
badiiyatini oshirish, matn go‘zalligi va poetik barkamolligini yuzaga
keltirish maqsadida faol qo‘llanib kelingan. Muayyan sabab va omillarga
ko‘ra dunyo so‘z san’atining zamonaviy namunalarida bunday ifoda
shakllari nisbatan kam qo‘llanilmoqda. Bunday adabiy-estetik hodisani
romantizm o‘rnini realistik va keyinroq modernistik ijodiy metodlar
egallagani, ushbu badiiy usullarda boshqacha mezon va ifoda tarzlari
mavjudligi, shuningdek, badiiy-estetik tamoyillarning yangilanishi kabilar
bilan izohlash mumkin. Shunga qaramasdan, badiiy adabiyotning barcha
janrlari, jumladan, hikoyachilikda bunday adabiy vositalar u yoki bu
darajada qo‘llanilmoqda. Bu hodisani hozirgi davr milliy hikoyachilikda,
xususan, dissertatsiyamiz obyekti bo‘lgan badiiyat namunalarida ko‘rsa
bo‘ladi.

7. Zamonaviy milliy nasr namunalari, xususan, hikoyalarda bir qancha

badiiy san’atlar – sifatlash, mubolag‘a, istiora, kontrast, takror, kinoya
singarilar qo‘llanib kelinayotgani kuzatiladi. Bunday poetik vositalarning
badiiy matn tarkibida istifoda etilishi asar jozibasini oshirishi bilan birga
obrazlar ruhiyatini ifodalash, shuningdek, badiiy konsepsiyani yuzaga
chiqarishga ham xizmat qiladi.

8. Kontrast va tashbeh bo‘yicha kuzatish va izlanishlarimiz zamonaviy

o‘zbek hikoyachiligida bu badiiy tasvir vositalarining ancha faol
qo‘llanilayotganini ko‘rsatadi. Hozirgi – so‘nggi davr hikoyachiligi
namoyandalari bo‘lgan Shukur Xolmirzayevning “Bandi burgut”, Erkin


background image

112

A’zamning “Yozuvchi”, Nazar Eshonqulning “Xayol tuzog‘i” asarlarida
kontrast, Shukur Xolmirzayevning “O‘zbek bobo” va Nazar Eshonqulning
“Ozod qushlar” hikoyalaridagi tashbehning ishlatilishi tadqiqi shunday
umumlashma qarashga kelishga asos bo‘la oladi. Lekin bu o‘rinda aytish
lozimki, bu badiiy san’at bir yozuvchining turli asarlarida har xil adadda
bo‘ladi. Shu bilan birga, ayrim yozuvchilar hayot va insonni tasvirlash
uslubidan kelib chiqib tashbeh badiiy vositasiga cheklangan holda murojaat
etishlarii mumkin. Bizning Erkin A’zamning “Yozuvchi” kichik epik asari
ustidagi tekshirishlarimiz shunday fikrga kelishga asos bo`ldi.

9. Har bir badiiy matn o‘z mustaqilligiga ega poetik hududdir. Uning

umumiy ruhi, undagi hukmron dunyoqarash, nafaqat, obrazlar poetik va
g‘oyaviy qurilishi, shu bilan birga, roviy va personajlar nutqiga o‘z
ta’sirini o‘tkazadi. Ularni o‘ziga zarur bo‘lgan va badiiy konsepsiyasini
yuzaga chiqarishga yordam beradigan “til”da gapirish, muloqot etishga
majbur qiladi. Bu esa matnning muallif irodasi va shaxsiy nuqtayi
nazarlarga qaram bo‘lmagan alohida adabiy-poetik hodisa ekanligidan
dalolat beradi. Ishimizning obyekti sanalgan adabiy yaratmalarni til
nuqtayi nazaridan o‘rganish shunday umumlashma qarashga kelishga asos
bo‘lib hisoblanadi.

10. Zamonaviy hikoya poetikasi bo‘yicha kuzatishlar unda keyingi

paytlarda gurung shaklidagi asarlarning bir qadar ko‘payganini ko‘rsatadi.
Bunday kichik epik asarlarda qo‘yidagi xususiyatlar mavjud: 1) matnda
odatda sodda gap konstruksiyalari qo‘llaniladi; 2) hikoya bayoni butun
kitobxonlarga emas, muayyan bir suhbatdosh yoki roviyning o‘ziga,
ba’zan asardagi ma’lum bir personajga xayolan qaratiladi; ko‘pincha roviy
qandaydir (kitobxonga ma’lum bo‘lmagan) suhbatdoshga murojaat tarzida
o‘z hikoyasini bayon qiladi; 3) roviy hikoyasi muloqot shaklida bo‘lgani
sababli unda “jonli til”ga xos to‘liqsiz va sodda yig‘iq gaplar, inversiya
qo‘llaniladi; 4) hikoya matnida jonli nutqqa xos muloqot vositalari –
varvarizm, sheva so‘zlari, vulgarizm, o‘zga tillardan kirib kelgan so‘zlarni
yoki ayrim lisoniy birliklarni jo‘rttaga yoki g‘ayriixtiyoriy buzib talaffuz
qilish kabilar kuzatiladi. Gurung hikoyalarda esa bular roviy bayonida ham
kelishi mumkin.


background image

113

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

I. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik

nashrlar

1.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz

bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – B.53.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-

4947 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni // Xalq so‘zi, 08.02.2017.
№28.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Qarori. Oliy ta’lim

muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash
bo‘yicha

qo‘shimcha

chora-tadbirlar

to‘g‘risida.

http://lex.uz/docs/3765586.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Oliy ta’lim

tizimini

yanada

rivojlantirish

chora-tadbirlari

to‘g‘risida.

http://www.lex.uz/docs/3171590.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston

Respublikasi

oliy

ta’lim

tizimini

2030-yilgacha

rivojlantirish

konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida. // Xalq so‘zi, 2019-yil 9- oktabr:
№209 (7439).

6.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining yangidan tashkil etilgan
ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida.

http://lex.uz/docs/3207162

.

7.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг

“Ўзбек мумтоз ва замонавий адабиётини халқаро миқёсда ўрганиш ва
тарғиб қилишнинг долзарб масалалари” мавзусидаги халқаро
конференция

иштирокчиларига

табриги.

/

https://www.xabar.uz/madaniyat/shavkat-mirziyoyev-adabiyot-san’at.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy

Majlisga Murojaatnomasi: Bizning buyuk va dono xalqimiz o‘z tarixida
sharafli sahifalarni ochishga qodir // Xalq so‘zi. 25.01.2020. №19 (7490).


background image

114

II. Ilmiy-nazariy adabiyotlar

1)

Milliy nashrlar

9.

Адабиёт назарияси. Икки жилдлик. I жилд (Адабий асар). –

Тошкент: Фан, 1978. –Б. 416.

10.

Адабиёт назарияси. Икки жилдлик. II жилд (Адабий-тарихий

жараён). – Тошкент: Фан, 1979. –Б. 448.

11.

Адабий тур ва жанрлар. 3 жилдлик. – Тошкент: Фан, 1992. –

Б. 246.

12.

Abdullayev. Н. O‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘zbekiston

xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbaa birlashmasi, 2020. –B. 152.

13.

Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. Дарслик. 2-нашр,

қайта ишланган ва тўлдирилган. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002. –
Б.560.

14.

Ҳозирги адабий жараён масалалари . Нашрга тайёрловчилар:

Г.Сатторова ва бошқ;. – Тошкент: Фан, 2022. –Б. 200.

15.

Ҳамраев К. Ҳикоя комрозиция. Монография. – Тошкент:

2020. –Б. 138.

16.

Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр.

Хронотоп. Илмий-назарий тадқиқотлар, адабий-танқидий мақолалар.
– Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи,
2015. –Б. 106.

17.

Жўрақулов У. Ҳудудсиз жилва (илмий-адабий мақолалар). –

Тошкент: 2006.

–Б.

202.

18.

Каримов Ғ. Ўзбек адабиёти тарихи. 3-китоб. – Тошкент:

Ўқитувчи, 1987. –Б 320.

19.

Каримов Ҳ. Адабиёт назариясининг илмий асослари. –

Тошкент: Янги нашр, 2010. –Б.136.

20.

Каримов Б..Абдулла Қодирий ва герменевтик тафаккур. –

Тошкент: Академнашр, 2014.

–Б.256.

21.

Мустақиллик даври ўзбек адабиёти. – Тошкент: Ғафур Ғулом

номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2006. –Б.288.

22.

Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Yangi asr

avlodi, 2005. – С.421.


background image

115

23.

Муҳиддинов М.Қ. Комил инсон – адабиёт идеали. – Тошкент:

Маънавият, 2005. –Б.208.

24.

Норматов У. Ижод сеҳри. – Тошкент: Шарқ, 2007. – Б.352.

25.

Qahramonov Q. Adabiy tanqid: yangilanish jarayonlari. –

Toshkent: 2009. –B.225.

26.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Meros,

2004. –B.241.

27.

Қўшжонов M. Сайланма.1-жилд – Тошкент: АСН,1982.–

Б.384.

28.

Қўшжонов M., Норматов U. Маҳорат сирлари. – Тошкент:

Ғ.Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти 1968. –Б.384.

29.

Расулов А. Истеъдод ва эътиқод (О. Шарофиддиновнинг

адабий портрети) – Тошкент: Шарқ , 2000. –Б.208.

30.

Solijonov Y. Hozirgi adabiy jarayon – Toshkent: Innovatsiya–

Ziyo, 2020.– B.102.

31.

Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. –

B.272.

32.

Турдимов Ш. Этнос ва эпос,– Тошкент: Ўзбекистон, 2011–

Б.96.

33.

Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. – Тошкент: Шарқ, 2004. –

Б.256.

34.

Умуров Ҳ. Бадиий ижод асослари. – Тошкент: Ўзбекистон,

2001–Б.120.

35.

Умурқулов З. Эркин Аъзамнинг сўз қўллаш маҳорати. –

Тошкент: Turon zamin ziyo, 2015. – Б.56.

36.

Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi.Toshkent: G‘afur

G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. –B.308.

37.

Xalliyeva G. Adabiyotshunoslik – Toshkent: 2017. – B.60.

38.

Йўлдош Қ., Йўлдош М. Бадиий таҳлил асослари. – Тошкент:

Камалак, 2016. –Б.345.

39.

Шарафиддинов O. Ҳақиқатга садоқат. – Тошкент: АСН, 1989.

–Б.416.



background image

116

2) Xorijiy nashrlar

40.

Аристотель. Поэтика (Поэзия санъати ҳақида). – Тошкент:

Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980. –Б.152.

41.

Бахтин М. Литературно – критические статьи. – Москва:

Художественная литература, 1986. – С.105.

42.

Барт R. Избранные работы (семнотика, поэтика). – Москва:

Прогресс, 1989. –С.616

43.

Балдауф И. ХХ аср ўзбек адабиётига чизгилар – Тошкент:

Маънавият, 2001.–Б.72.

44.

Борев Ю.Б. (ред.) Теория литературы. Роды и жанры

(основные проблемы в историческом освещении). Том 3. – Москва:
ИМЛИ РАН, 2003. – С.592.

45.

Белинский В. Адабий орзулар. – Тошкент: Адабиёт ва санoат

нашриёти, 1977. –Б.264

46.

Добин Е. Сюжет и действительность. Искусство детали. –Л.:

Советский писатель, 1981. – С.

184.

47.

Эйхенбаум

Б. О. Генри

и

теория

новеллы.

https://www.opojaz.ru/

48.

Эйхенбаум Б. Литература. Теория. Критика. Л., 1927. http://

philologos. narod.ru/eichenbaum/eichenmain.htm.

49.

Эйхенбаум Б. Лев Толстой. – Москва, 1960. – С.295.

50.

Исаков А. И. Американская новелла XIX века. Москва: Худ.

лит-ра, 1946.

–С.

184.

51.

История узбекской литературы. В 2-х томах. – Ташкент: Фан,

1987.– С.486.

52.

Жирмунский. В.М.

Из истории западно-европейских

литератур.

Наука, Ленинградское отд-ние: 1981.

–С.

306.

53.

Карпов Д. Введение в литературоведение: учебное пособие–

Ярославль: ЯрГУ, 2015. – С.108.

54.

Мулярчик A.C. Американская новелла XX века. Москва:

Художественная литература, 1974.

–С.

542.

55.

О писательском труде. – Москва: 1955. – C.169

.

56.

Прозоров В. Введение в литературоведение: учеб. пособие /

В.В. – Москва: Флинта: наука, 2012. –C.224.


background image

117

57.

Томашевский Б. В. Теория литературы: поэтика.

Москва:

Аспект

пресс,1996.

–C.333.

58.

Тамарченко Н.Д.,Тюпа В.И., Бройтман С.Н. Теория

литературы: Теория художественного дискурса.Теоретическая
поэтика. –Москва: Издательский центр Академия, 3 T,2004. –C.512.

59.

Веселовский А.Н. Историческая поэтика. Москва: Высшая

школа, 1989. –C.404.

60.

Волков И. Теория литературы: Учеб. пособие для студентов и

преподавателей. – Москва: Просвещение; Владос 1995. –C.256.

61.

Хализев В.Е. Теория литературы.– Москва: Высшая школа,

2000.–C.398.

IV. Qo‘lyozma va toshbosma manbalar

62.

Холмирзаев Ш. Кундаликлар. Адибнинг шахсий архивидан.

Қўлёзма. –Б.8.

V. Lug‘atlar

63.

Литературный энциклопедический словарь. – Москва: 1987.

Б.752.

64.

Cловарь русского языка в четырёх томах. Том IV. – Москва:

Русский язык, 1988. –C.295.

65.

Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик

луғати. – Тошкент: Академнашр,2013. – Б.406.

VII. Badiiy adabiyotlar

66.

Аъзам Э: Ёзувчининг боғи. –Тошкент: Машҳур прес

нашриёти 2019. –Б.288.

67.

Аъзам Э. Чироқлар ўчмаган кеча. Ҳикоялар. –Тошкент: Ёш

гвардия,

1977. – Б.64.

68.

Аъзам Э. Отойининг туғилган йили. Қисса ва ҳикоялар. –

Тошкент: Адабиёт ва санъат , 1981. –Б.184.

69.

Аъзам Э. Олам ям-яшил. Ҳикоялар.– Тошкент: Адабиёт ва

санъат,1984. –Б.160.

70.

Аъзам Э. Жавоб. Қиссалар ва ҳикоялар. – Тошкент: Ёш

гвардия, 1986.–Б.272.


background image

118

71.

Аъзам Э. Байрамдан бошқа кунлар. Қисса ва ҳикоялар. –

Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1988.
– Б. 254.

72.

Аъзам Э. Пакананинг ошиқ кўнгли: Уч қисса ва уч ҳикоя. –

Тошкент: Маънавият, 2001. –Б.208.

73.

Аъзам Э. Кечикаётган одам. Қиссалар. – Тошкент: Шарқ,

2002. –Б.448.

74.

Аъзам Э. Жаннат ўзи қайдадир: ҳикоялар, киноқиссалар,

драматик асар ва публицистик миниатюралар. – Тошкент: Шарқ,
2007. –Б.272.

75.

А’zam E. Ertak bilan xayrlashuv: qissalar va hikoyalar. –

Тошкент: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007. –B.200.

76.

A’zam E. Guli-guli: qissalar, kinoqissalar, dramatik asar. –

Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi, 2009.
–В.230.

77.

Аъзам Э. Шовқин: роман, қисса, ҳикоялар. – Тошкент:

Ўзбекистон, 2011. – Б.266.

78.

A’zam E. Ertalabki xayollar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015. –B.

584.

79.

Aytmatov Ch. Asrni qaritgan kun. – Toshkent:Yangi Asr Avlodi,

2015.–B.432.

80.

Erkin A‘zam badiiy olami: Ilmiy maqolalar va suhbatlar to‘plami.

– Toshkent: Turon zamin ziyo, 2014. –B.304.

81.

Эшонқул Н. Қора китоб. –Тошкент: Шарқ. 2018. – Б.250.

82.

Eshonqul N. Urush odamlari. –Toshkent: 2019. –B.240.

83.

Eshonqul N. Quyosh fasli. Qissa va hikoyalar to‘plami –

Toshkent: Yozuvchi, 1995. –B.226.

84.

Эшонқул Н. Ялпиз ҳиди. – Тошкент: Шарқ, 2008. – Б.396.

85.

Эшонқул Н. Ижод фалсафаси (Мендан менгача).–Тошкент:

Академнашр. 2018.–Б.416.

86.

Эшонқул Н. Мендан “мен”гача.–Т.:Академнашр, 2014.–Б.510.

87.

Hoshimov O‘. Ikki eshik orasi. – Toshkent: Sharq, 2012.–B.624.

88.

M.Muhammad Do‘st. Lolazor. – Toshkent: Sharq, 1998.–B.560.

89.

Muxtor O. Egilgan bosh. –Toshkent: Sharq, 1989. –B.168.


background image

119

90.

Норматов У. Ижод сеҳри. – Тошкент: Шарқ, 2007. – Б.352.

91.

Normatov U. Problems of style, artistic form. Maturity, 1982.–

Р.356.

92.

Қодирий А. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2014. –

Б.148.

93.

Қуронов Д..Чўлпон насри поэтикаси. – Тошкент: Шарқ, 2004.

–Б. 192.

94.

Қуронов Д, З.Мамажонов, М.Шералиева. Адабиётшунослик

луғати. – Тошкент: Академнашр, 2010. –Б. 393.

95.

Қодирий A. Танланган асарлар. – Тошкент: Шарқ, 2018. –

Б.879.

96.

Қодирий А. Жинлар базми. – Тошкент: Чўлпон, 2004.–Б.

128.

97.

Қаҳҳор А. Анор. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги

нашриёт-матбаа ижодий уйи 2012.– Б.200.

98.

Қодиров П. Адабий асарнинг тили. Манба: Адабиёт

назарияси. Икки жилдлик. 1-жилд. – Тошкент: Фан, 1978. –Б. 313.

99.

Қўчқорова М. Ёзувчи Эркин Аъзамнинг “Эрталабки

хаёллар”ига чизгилар... Китоб дунёси. – 2016 йил 22 июнь.

100.

To‘ychiyev U. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va

ularning maromlari – Toshkent: Yangi asr avlodi, –2011 –В.508.

101.

Тошбоев О. Абадий замондош. Шукур Холмирзаев ҳаёти ва

ижодий фаолиятидан лавҳалар. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги
нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2018.–Б.273.

102.

Тошпўлатов А. Ҳикоялар поэтикаси. Олий ўқув юртлари

учун ўқув қўлланма. – Самарқанд: СамДУ нашри .–Б.145.

103.

Холмирзаев Ш. Марҳабо, Алпомиш! Ёзувчи, 1999. 21январь

104.

Холмирзаев Ш. Сайланма. IV жилд. – Тошкент: Шарқ,

НМАК, 2006.

105.

Xolmirzayev Sh. O‘n sakkizga kirmagan kim bor. Qissa va

hikoyalar. – Toshkent: Ёзувчи, 2020.–В.240.

106.

Xolmirzayev Sh. Saylanma. Boychechak ochildi. – Toshkent:

Sharq, 2005.– B.72.

107.

Xolmirzayev Sh. “Olis yulduzlar ostida”. – Toshkent: Yosh

gvardiya, 1971. –B.67.


background image

120

108.

Холмирзаев Ш. Эссе − Eркин ижод (Суҳбатдош – Марҳабо

Қўчқорова) “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2003 йил 18 апрель, №
16.

109.

Холмирзаев Ш. Сайланма. Ҳикоялар. II жилд – Тошкент:

Шарқ, 2005. – Б.130.

110.

Холмирзаев Ш. Сайланма. I жилд. – Тошкент: Шарқ, 2003. –

Б.356.

111.

Холмирзаев Ш. Сайланма. 2-жилд. – Тошкент: Шарқ, 2005.

–Б.310.

112.

Xolmirzayeva S. So‘ng so’z. Sh. Xolmirzayev. Saylanma. 3-jild.

– Toshkent: Sharq, 2013. –B.506.

VIII. Dissertatsiya va avtoreferatlar

113.

Баротова M. Эркин Аъзам асарларининг бевосита инглизча

таржимасига хос хусусиятлар .Фил. фан. бўй. фал. док (PhD) авт.
Бухоро – 2020.–Б.24.

114.

Burxonova F. Muallif adabiy- estetik qarashlari va ijodiy

parallelizm ( N. Eshonqul va U. Hamdam ijodi misolida) Filol. fan. bo‘y.
fal. dok. (PhD) dis. 2019.–B.165.

115.

Do‘stmuhammedov X. Hozirgi o‘zbek hikoyachiligida badiiy

tafakkurning yangilanishi (80-yillarning 2-yarmi va 90-yillarning
avvalidagi hikoyalar misolida) Filol. fan. nomz. dis.- Toshken : 1995.–
B.149.

116.

Doniyorova Sh. Sh. Xolmirzayev hikoyalarining badiiy- uslubiy

o‘ziga xosligi Filol. fan. nomz. dis. – 1999.–B.130.

117.

Hamidova M. Hozirgi o‘zbek adabiyotida milliy qahramon

muammosi ( Sh. Xolmirzayev asarlari misolida) Filol. fan. nomz. dis. –
2001.–B.127.

118.

Имомова Г. Ўзбек ҳикояларида бадиий синтез шакллари ва

ижодкорнинг поэтик концепцияси. Фил. фан.док. (DSc.) дисс. –
Қарши, 2023. –Б.132.

119.

Komilova S, XX asr oxiri XXI asr boshlari rus va o‘zbek

adabiyotida hikoya janri poetikasi rivoji Filol. fan. bo‘y. fal. dok. (PhD)
2016.–B.290.


background image

121

120.

Normurodov R. Sh. Xolmirzayev asarlarining til xususiyatlari (

lug‘aviy va uslubiy jihatlari) Filol. fan. nomz. dis. – Toshkent: 2001.–
B.140.

121.

Rafiyeva G. O‘zbek tilidan fransuz tiliga konseptual metaforalar

tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari (E. A’zam asarlari asosida) Filol.
fan. bo‘y. fal. dok. (PhD), 2020.–B.126.

122.

Sattorova G. 90-yillar o‘zbek hikoyachiligida milliy xarakter

muammosi (G‘. Hotam, X. Do‘stmuhammad, N. Eshonqul hikoyalari
misolida) Filol. fan. nomz. dis. – Toshkent: 2002. –B.35.

123.

Сопиева Ш. Хайриддин Султоннинг ҳикоянавислик

маҳорати: Филол.фан. номз. дис. – Тошкент: 2006. –Б.160.

124.

Tavaldiyeva G. Sh. Xolmirzayev hikoyalarida voqelikni badiiy

idrok etish prinsiplari. Filol. fan. nomz. dis. – 2001.–B.158.

125.

Toshxo‘jayeva Sh. Erkin A’zam asarlari lingvopoetikasi. Filol.

fan. bo‘y. fal. dok. (PhD) avt. Farg’ona: 2017–B.50.

126.

Toshpo‘latov A. O‘zbek adabiyotida novella janri va uning

badiiyati (A.Qahhor, Sh.Xolmirzaev, N.Eshonqul ijodi misolida). Filol.
fan. bo‘y. fal. dok. (PhD) avt. 2018.–B.52.

127.

Xoldorov D. Hozirgi o‘zbek qissalarida badiiy uslub muammosi

(Sh. Bo’tayev va N. Eshonqul qissalari misolida) Filol. fan. bo‘y. fal. dok.
(PhD) avt. – Toshkent: 2018.–B.32.

128.

Shahobov K. Hozirgi o‘tish davrining badiiy talqini ( Sh.

Xolmirzayev asarlari misolida) Filol. fan. bo‘y. fal. dok. PhD,2020.–
B.142.

129.

Shofiyev O. Erkin A’zam nasri badiiyati ( Kinoya va obraz)

Filol. fan. bo‘y. fal. dok.(PhD) – 2019.–B.152

IX. Ilmiy to‘plam, jurnal va gazetalardagi maqolalar

130.

Адабиёт ва замон. Мақолалар, адабий ўйлар, суҳбатлар. –

Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1981. –Б. 400.

131.

Аъзам Э. Асосий машғулотим – Адабиёт, аммо омадим

кинода чопди... Суҳбат. (Суҳбатдош – Марҳабо Қўчқорова) Шарқ
юлдузи, 2014. – №1. –Б.158-162.

132.

Hamidov. M. Sh.Xolmirzayevning portret yaratish mahorati

O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 2000. №4


background image

122

133.

Normatov U. Yangi asr odamlari. “O‘zbekiston adabiyoti va

san’ati” gazetasi, 2009. 22-son. – B.4

134.

Қурбонов С. Эркин Аъзам ижодида эврилаётган инсон

тасвири Ўзбек тили ва адабиёти. – 2012, № 2. – Б.67-69.

135.

Solijonov Y. Detallar tilga kirganda – “O‘zbekiston adabiyoti va

san’ati” gazetasi, 2007. №5.

136.

Tavaldieva G. Shukur Kholmirzaev's creative way. Stories.

Volume 1. –P.349.

137.

Xolmirzaev. Sh. Hikoya haqida . Sharq yulduzi, 1971. №1.

138.

Холмирзаев Ш. Абдулла Қаҳҳор сабоқлари “Ўзбек тили ва

адабиёти”, 1987. № 4.

139.

Холмирзаев Ш. Билмадим, учдан бирига чиқаолдимми...

Ўрта Осиё университети, 1960 йил, 6 июль, №13.

140.

Холмирзаев Ш. Инсонни кашф этиш бахти. Шарқ юлдузи,

1993 йил, № 9.

141.

Холмирзаев Ш. Фақат ўзлигимни англашим учун ёзаман...

(Суҳбатдош – Шоира Дониёрова) “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”,
2000 йил 25 февраль.

142.

Холмирзаев Ш. Ҳикояни соғиниб қолибман “Ўзбекистон

адабиёти ва санъати”, 2004 йил 1 январь.

143.

Холмирзаев Ш. Эссе − Eркин ижод (Суҳбатдош – Марҳабо

Қўчқорова) “Ўзбекистон адабиёти ва санъати”, 2003 йил 18 апрель, №
16.

X.

Internet saytlari

144.

https://ru.wikipedia.org/wiki

.

145.

https://ru.wikipedia.org/

146.

https://www.bukinistu.ru/rasskazchik.htm

.

147.

https://aks-sado.livejournal.com/4106.htm

.

148.

https://ziyouz.uz/ozbek-nasri/nazar-eshonqul/nazar-eshonqul-

ozod-qushlar-hikoya

149.

http://www.ziyouz.com/images/books/chapaklar1.jpg

150.

www.ziyouz.com kutubxonasi

151.

forum.ziyouz.com


background image

123

Shukurova Bahor Boltayevna


HIKOYA BADIIYATI


Monografiya

Muharrir:

Eshqorayev. S.

Tasdiqnoma № 255979, 13.04.2024

Bosishga 24.10.2024 da ruxsat berilgan. Format 60x84/16 7.8 bosma
taboq Garnitura Times New Roman. Adadi 50 dona. Buyurtma № 58

TERMIZ PUBLISHING CENTER

” nashriyotida tayyorlandi va

chop etildi.

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Uvaysiy ko‘chasi 8A-uy,

Toshkent sh., "TRASTBANK" XA BANKINING BOSH OFISI,

MFO: 00491, INN: 311209934 H/R: 20208000307031406001

Telefon: +998-88-808-21-07

Termiz - 2024

Bibliografik manbalar

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – B.53.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni // Xalq so‘zi, 08.02.2017. №28.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Qarori. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. http://lex.uz/docs/3765586.