Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
299
GLOBAL MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH
YO‘LLARI
Ro’ziboyev Dilshod A’zam o’g’li
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti katta o‘qituvchisi
Abdullayev Xurshid
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 1-bosqich talabasi
Annotatsiya: Mazkur maqola orqali global muammolarning paydo bo‘lishi,
mohiyati va ularni bashorat qilishning ahamiyati, global muammolarning
rivojlanayotgan mamlakatlarga, texnika va texnologiyalarning jarayonlariga va
atrof-muhitning degradatsiyasiga ta’siri yoritiladi. ijtimoiy
Kalit so‘zlar: axborotlashuvi, globallashuv, tarix, mintaqa, fan va texnika
taraqqiyoti, siyosiy-huquqiy, umumiylik, xususiylik, sanoat xomashyosi, energiya.
Globallashuv jarayonining ildizlarini ilk kapitalizm davrida shakllana
boshlagan jahon iqtisodiy bozorining rivojlanishida izlash lozim. Ma’lumki, mazkur
jarayon feodal parokandalikni bartaraf etib, iqtisodiy munosabatlarning yangi
bosqichga o‘tishiga zamin yaratdi. Jahon iqtisodiy tizimining shakllanishi xalqaro
kartellar, sindikatlar va zamonaviy transnatsional korporatsiyalar kabi iqtisodiy
birliklarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Axborot texnologiyalarining jadal
rivojlanishi va jamiyatning tobora axborotlashuvi insoniyatni yagona ijtimoiy-
madaniy tizimga birlashtiruvchi omilga aylandi. Bugungi kunda insoniyat tarixiy va
axborot maydoni bo‘yicha universal birlik sari intilmoqda. Bu holat jahon tarixida
ilk bor butun insoniyat taqdiriga daxldor bo‘lgan yangi ijtimoiy-madaniy
omillarning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda. Globallashuv mohiyatan har bir inson,
davlat va umuman jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan, faqat hamkorlik
asosida yechimi topiladigan muammolar majmuasini o‘z ichiga oladi. Uning asosiy
ziddiyati umuminsoniy turmush tarzi bilan milliy turmush tarzi o‘rtasidagi
tafovutlarni uyg‘unlashtirish ehtiyoji bilan bog‘liq. Shunga qaramay, globallashuv
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
300
umumbashariy qadriyatlar asosida barcha xalqlar tomonidan qabul qilinadigan
ijobiy xususiyatlarni umumlashtirishga asoslanadi. Har bir xalq o‘zining milliy
xususiyatlarini saqlagan holda umuminsoniy qadriyatlarga moslashmog‘i lozim.
Taniqli olim L.E. Grininning ta’kidlashicha, “Globallashuv – bu mintaqalar va
jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir.” U globallashuvni jarayon
sifatida ko‘rib, quyidagicha tariflaydi: “Globallashuv – bu shunday jarayondirki,
uning natijasida dunyo o‘zining barcha subyektlari bilan yanada bog‘liq va o‘zaro
aloqador bo‘lib boradi.” Zamonaviy global muammolar – bu butun insoniyat
taraqqiyoti va hayoti bilan bog‘liq dolzarb masalalardir. Ular orasida termoyadro
urushi xavfini bartaraf etish, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish, rivojlangan va
rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish, ochlik,
qashshoqlik, savodsizlik, ekologik halokatlar, resurslar taqchilligi va ilm-fan
taraqqiyotining salbiy oqibatlariga qarshi chora ko‘rish kabi muammolar mavjud.
Globallashuv – bu turli mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy, madaniy, ma’naviy
aloqalarning kuchayishi jarayonidir. Bu borada fransuz tadqiqotchisi B. Bandi
quyidagi belgilarni ta’kidlaydi:
globallashuv – bu doimiy davom etuvchi tarixiy jarayon;
bu – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
bu – milliy chegaralarning asta-sekin "yuvilib ketish" jarayoni.
Globallashuv insoniyat taraqqiyotining yangi bosqichini aks ettirmoqda.
Dunyodagi xalqlar mavjud global muammolarga qarshi mustaqil kurasha olmay,
ularni faqat o‘zaro hamkorlik orqali bartaraf eta oladi. Ushbu jarayon dastlab
iqtisodiy sohalarda boshlangan bo‘lsa, hozirda siyosat, axloq, madaniyat va kundalik
hayotga ham chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ilgari surilgan “Harakatlar strategiyasidan –
taraqqiyot strategiyasi” tamoyili asosida ishlab chiqilgan “2022–2026 yillarga
mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ijtimoiy-falsafiy
sohada muhim hujjat hisoblanadi. Mazkur strategiya Yangi O‘zbekistonni barpo
etishning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ilmiy-ma’rifiy asoslarini
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
301
belgilaydi va zamonaviy talablarga javob beradigan islohotlarni jadallashtirishga
xizmat qiladi. 2017 yil 19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida
so‘zlagan nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMTning global xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlashdagi, terrorizm, narkotrafik va boshqa global tahdidlarga
qarshi kurashdagi o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu dolzarb masalalarni hal
etishda rivojlangan davlatlar tomonidan katta moliyaviy va tashkiliy resurslar
safarbar qilinmoqda. Global muammolar nafaqat butun dunyoga, balki
mintaqalarga, ayrim davlatlarga ham taalluqlidir. Ilmiy adabiyotlarda ular
umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan global muammolar bilan mahalliy yoki
mintaqaviy muammolarni farqlash zarurati ta’kidlanadi. Ushbu farqlashda asosiy
mezon sifatida ularning makon bilan bog‘liqligi, ya’ni geografik omil e’tiborga
olinadi. Xususiy muammolar davlatning ayrim faoliyat yo‘nalishlariga yoki kichik
hududlarga tegishli bo‘lib, ular mahalliy avariyalar, ijtimoiy ziddiyatlar ko‘rinishida
namoyon bo‘ladi. Mahalliy muammolar esa yirik zilzilalar, suv toshqinlari yoki
ichki nizolar kabi muammolarni o‘z ichiga oladi. Milliy muammolar muayyan davlat
yoki millatning ijtimoiy-siyosiy muammolarini ifodalasa, mintaqaviy muammolar
kengroq hududlarni – qit’alarni yoki bir nechta davlatlarni qamrab oladi. Masalan,
Chernobil fojiasi yoki global iqlim o‘zgarishlari bunga misoldir. Xulosa qilib
aytganda, global muammolarni tahlil qilishda ularning miqyosini, ta’sir doirasini va
ijtimoiy ahamiyatini chuqur anglash lozim. Har bir darajadagi muammo o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni yechish uchun turli darajadagi hamkorlik va
yondashuvlar zarur.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Mirziyoev Sh. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnoma. 22 dekabr
2017 yil. – Toshkent, O‘zbekiston, 2017.
2. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoev asarlari va ma’ruzalaridan olingan fikrlar. – Toshkent: “Yoshlar
nashriyot uyi”, 2019.
3. Otamurodov S. Globallashuv: millatni asrash mas'uliyati. Toshkent: Oʻzbekiston,
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
302
2018
4. Otamurodov S. Globallashuv va millat. - T.: Yangi asr avlodi. 2008.
5. Qahhorova Sh. Global ma’naviyat - globallashuvning g‘oyaviy asosi. -
T.:Tafakkur, 2009. -670 b.
6. Nishonova N. Falsfa - O‘quv qo‘llanma – Toshkent: TDTU, 2023.
7.
Nоmоzоv, Xurshid. "ОMMАVIY АXBОRОT VОSITАLАRINING IJTIMОIY
FUNKSIYАSI."
TAMADDUN NURI JURNALI
1.64 (2025): 253-255.
8.
Nomozov,
Xurshid
(2024).
JAMIYAT
IJTIMOIYLASHUVIDA
INSTITUTLARI O’RNI VA INTERNET-MAKONNING UNDAGI O
‘RNI.
ANALYSIS OF MODERN SCIENCE AND INNOVATION
,
1
(2), 83-88.
9.
Nomozov, Xurshid (2024). JAMIYATDA INTERNET-MAKON
KONTENTLARI
TA’SIRIDA SODIR BO ‘LAYOTGAN NEGATIV
IJTIMOIYLASHUV SHAKLLARI.
TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR
VA INNOVATSION G ‘OYALAR
,
1
(2), 52-58.
10.
Nomozov,
Xurshid
(2024).
JAMIYATDA
INTERNET-MAKON
RESURSLARIDAN FOYDALANISH SOHALARI.
MODERN PROBLEMS IN
EDUCATION AND THEIR SCIENTIFIC SOLUTIONS
,
1
(2), 113-118.
11.
O’G’Li,
Nomozov
Xurshid
Shavkat.
"YUKSAK
AXBOROT
MADANIYATI–INTERNET-MAKON
RESURSLARIDAN
RATSIONAL
FOYDALANISH SHARTI."
Research Focus
2.6 (2023): 105-110.
12.
Nomozov, Xurshid (2022). THREATS TO INFORMATION SECURITY IN
EDUCATIONAL INSTITUTIONS.
Gospodarka i Innowacje.
,
22
, 229-231.
13.
Nоmоzоv Xurshid. "AXBOROT XURUJLARINING MANBALARI,
ULARNING IJTIMOIY MUHITDA AMALGA OSHISH USULLARI."
Ta'limda
raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish
omillari
41.1 (2025): 632-636.
14.
Shаvkаt о’g’li, Nоmоzоv Xurshid. "AXBOROTNING ZAMONAVIY
TARKIBI."
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy
tendensiyalari va rivojlanish omillari
41.1 (2025): 628-631.
Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi
19-to’plam 1-son may 2025
303
15.
Nomozov Xurshid. "INTERNET-MAKON MOHIYATI, GENEZISI VA
ZAMONAVIY TARKIBI."
TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA
INNOVATSION G ‘OYALAR
1.2 (2024): 48-51.
16.
Nomozov Xurshid. "AXBOROT XURUJINING O ‘SMIRLAR HAYOTIGA
TA’SIRI."
QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
(2023): 1285-1287.
